MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
![MAVZU: MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR
NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLAMI
REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
Reja:
1. Katta yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari.
3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_1.png)
![Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllanti rish – uni to‘laqonli
nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning
grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy
bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi
bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni sonlar,
kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar
yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va
qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham
bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi
muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil
qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni
rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va
so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari;
sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish
muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z
navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi.
Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil
qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng
oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z
o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik
munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik
tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning
tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini
rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini
o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini
o‘rgatishi zarur.](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_2.png)
![Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni
yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi
esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir
turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini
qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish
zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning
uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar
o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni
hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
SHunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida
sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan
muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til
vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik
tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y
berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy
rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo, dialog
va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid
ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog
rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan
muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab
psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan
iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va
birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqni
rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy
ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad
og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa
kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va
rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_3.png)
![farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;
lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va
faollashtirish;
nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
ravon nutqni takomillashtirish;
badiiy asarlar bilan tanishtirish;
savod o‘rganishga tayyorlash.
Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi –
kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va
vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu
yoshda etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab
xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila»
boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning
atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosabati orqali
tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim
yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni,
hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim
yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga
aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo‘naltiriladi.
Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni
shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini
tarbiyalash;
uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab
qilishini qondirish;
kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi?“
Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foydalanish
usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish,](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_4.png)
![qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan
foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida
turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish asosida
nutqni egallashdan iborat bo‘ladi.
4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli
kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli
vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni
jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni
o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan
bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari
bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat-
e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni
hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga
intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga
kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin
ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib
chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga
intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va
faoliyatning boshqa turlarida
axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish,
ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga
ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. YOsh ulg‘aygani
sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning
tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida
namoyon bo‘ladi.
Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini
ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «YAxshi yuguradi», «Juda](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_5.png)
![yaxshi, kulgili» va h.k.).
Etti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasasida bir
guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha uyushgan bolalar
jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan
muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin guruhlarining barqarorligi ortadi,
ulardagi bolalarning o‘rtacha soni ikki-uch kishiga etadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g‘il
bolalarda 8-9 kishidan iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi. Maktabgacha katta
yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan
o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash
uchun keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada
takomillashib boradi. Bolalar hayotining ettinchi yilida tengdoshlari bilan
do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z
tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega
bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMdagi guruh
hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma
bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta
bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»).
Axloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada
shakllanadigan etik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga
munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan qo‘llash bilan
cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib
boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro
munosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari
va kamchiliklarini to‘liqroq anglab etish imkonini beradi. O‘zi haqidagi
bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan
va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va
maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ravishda, maktabgacha kata yoshdagi
bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va
tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo‘ladi.](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_6.png)
![Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib
olish uchun quyidagilar zarur:
katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan
badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish,
tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy
mazmunli muloqoti;
o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish,
emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard
bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar
bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional
holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, g‘azab, jahl,
tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida,
jamiyatdagi axloq qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun;
agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his
qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa unga
hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nutqiga, hazillarga
emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni
hosil qilish;
kishilarning teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, transportda, pochtada,
bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini ko‘rsatuvchi hamda bolalarning
axloq va nutqiy muloqot qoidalari, normalariga oid diafilmlar, shuningdek,
maxsus suratga olingan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar,
ular ishtirokidagi o‘yinlar, mashg‘ulotlar, bayramlar haqidagi videofilmlarni
namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqishni rivojlantirish
vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish;
katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga
intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash. Kattalar mehnatiga
bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini qadrlash, mehnat natijalarini
asrab-avaylash, kattalar bilan birgalikdagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish
qobilyatini shakllantirish. Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_7.png)
![va munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga
bo‘lgan munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy
layoqatlilik yoki etuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka
vako‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli
nutqnishakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga
e’tiborberishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona
Vatanhaqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda« Ilq
qadam » dasturida bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati
haqidagitushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar
bilantanishtirish. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi
tarixiyshaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991
yil 1 sentyabr), O‘zbekiston ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasi
bilantanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi
haqidama’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning
nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, er osti va er usti
boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi,
buyuksiymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari,
sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalarmehnati,
bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalqho‘jaligining turli
sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhimsohalari, aloqa vositasi
haqida bilim berish nazarda tutilgan. Anashularning barchasi bolalarning
tevarak-atrofdagi xodisalar haqidagibilimlarini aniqlash, mustahkamlash va
kengaytirish asosida bog‘lanishlinutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bizga
ma’lumki, juda ko‘p mashqlarsayr paytida uyushtiriladi.
Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat
tuyg‘usinishakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vujudi bilan
bolaniyaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini
vamuvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi zarur. Kattalarning
mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_8.png)
![nisbatanhurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs
sifatida o‘sishomili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini
ifodalashganisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi.](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_9.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tog‘rida”gi PF-4947-son Farmoni .
2017 -yil 7 -fevral .
2. Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent, 2017. B.56.
3. Sh.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent, 2017. B.592.
4. R.N.Nurmatov, X.N.Muzaffarova, G.X.Temurova. Nutq o‘stirish
nazariyasi va metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma. - Jizzax , 2009 .
5. G.Nasriddonova, S.Xo‘jaahmedov. Nutq o‘stirish nazariyasi va
metodikasi . -Toshkent, 2011.-B.320.
6. M.R.Qodirova, F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006.
7. M.Asqarxo‘jayeva, N.Hakimova. Bog‘chalarda o‘zbek tilini
o‘rgatish. -Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.126.
8. S.G‘oziyeva, D.Ochilova, L.Dolimova. Badiiy terma kitob. -
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.222.](/data/documents/8f5e1383-a540-4e6a-8c03-c8df049bb288/page_10.png)
MAVZU: MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH. Reja: 1. Katta yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. 3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.
Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllanti rish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. SHunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo, dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:
farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash; lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish; ravon nutqni takomillashtirish; badiiy asarlar bilan tanishtirish; savod o‘rganishga tayyorlash. Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi – kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu yoshda etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash; uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish; kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi?“ Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish,
qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi. 4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi. Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat- e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi. Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. YOsh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi. Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «YAxshi yuguradi», «Juda