MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI O‘STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI
![MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NING
NUTQINI O‘STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI
Reja
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o‘sishida bolalar
adabiyotining o‘rni
2. Bolalarni badiiy nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni hamda
vazifalari
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni badiiy adabiyotni hikoya qilib
berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_1.png)
![Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta
o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar.
Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining
go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga
quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk
rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya –
buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi.
Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir
ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning
mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan
qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari,
ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki
dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini,
shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy
adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki
ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror
narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir
yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik,
mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari
estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin
obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi,
tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his
etadilar, uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va
osongina eslab qoladilar.
Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola
bog‘chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan
adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar,
maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq
qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq
ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_2.png)
![Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday
qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan
ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy
qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka,
qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi.
O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi
boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi.
Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N.
Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga
kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar
yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q.
Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan
asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga
bag‘ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V.
Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va
boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el
yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi.
Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va
povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari,
topishmoqlar, masallar kiradi.
Bolalar bog‘chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar
adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr
etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi,
jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama
etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p
bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar
bog‘chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib
olishlariga, ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir
qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari
lozim.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_3.png)
![Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib
toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki
muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar
bog‘chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari
ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan
asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning
nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r,
hikoya, ertak) lozim.
Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga
javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat
bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini
tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan
asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi
lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib
borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his
eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar
bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh
guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning
uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini
belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga
o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda
his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni
tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi.
Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini
kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-
atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim,
deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish
kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_4.png)
![Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini
aniqlab olishi kerak. Notanish so‘zlari ko‘p bo‘lgani uchun bolalar mazmunini
tushuna olmaydigan asarni o‘qimagan ma’qul. O‘tmishda tarixiy davr bilan bog‘liq
bo‘lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin
ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko‘p notanish so‘zlarni tushuntirish
kerakmi? degan savol tug‘iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini tushunib
olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo‘ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit
yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi
lozim. Mashg‘ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom,
optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni
xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday
o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq
bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish
(«Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima
so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga
qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa
bo‘ladi. Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib
boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi
muqaddima so‘zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi.
Masalan, «Bugun men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib
qizg‘anchiq boyni aldagani»ni o‘qib beraman. Mashg‘ulotni muqaddima suhbati
bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib
berishdan oldin:
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning
javoblarini tuzatadi.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_5.png)
![Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hyech
qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o‘tmagan.
Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo
odamlar tog‘lik o‘lka – Begimiyada bir qiz bir vaqtning o‘zida o‘n ikki oyning
hammasini ko‘rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo‘lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi.
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n ikki oyni
qanday ko‘rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va
boshqalar haqida suhbat o‘tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish
mazmuniga ega bo‘lgan kitoblarni o‘qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi.
Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning
ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq
qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so‘z» degan asarlari
va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g‘oyaviy
mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o‘ynaydi,
tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb
etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini
o‘qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab
o‘ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to‘g‘risida –
yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz
deyilishini to‘g‘ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida
yozilagan she’rni o‘qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga
Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq
qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so‘ng tarbiyachi she’rni o‘qiy boshlaydi.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_6.png)
![Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o‘qishdan oldin o‘tkaziladigan
muqaddima suhbati qisqa bo‘lishi – 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar
tajribasi bilan bog‘lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar
tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o‘qib bo‘lingandan keyin ham suhbat
o‘tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko‘p savol va tushuntirishlar
bo‘lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o‘qish paytidayoq qahramonlar xatti-
harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O‘qilgan asar haqida
o‘tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri
baholashga o‘rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o‘z
munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh. Sa’dullaning she’rini o‘qigandan so‘ng o‘tkaziladigan suhbatda
bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko‘maklashadigan savollar berish
kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo‘ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do‘st bo‘lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo‘lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g‘amxo‘rlik qilishingiz va
yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar
mukaddima suhbati va o‘qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda
bo‘lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari,
mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo‘lib xizmat etadi.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_7.png)
![Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, balki
kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar
tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni
shunday yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar
tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik»
she’rini o‘qishda).
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo‘lub, bu bitta
odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutq(hikoya qilishda)da
bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaudilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata
aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik
jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.
Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va
mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monologik
nutq tafakkurga tayanadi.
Monologik nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab
hisobianadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo‘lishi ushun yoyiq
gaplardan, aniq lug‘atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati
kishilarning muloqotda bo‘lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu
qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi
hisoblanadi. Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy
tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Vundan tashqari, bola nutqi mohologik
nutqqa aulanishi uchun u tilning lug‘atini va grammatik tomonini yerkin egallagan
bo‘lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan
boshlab paydo bo'ladi. Ruhshunos D. V. Elkanin bu haqda shunday yozadi: "Bola
hauot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan uangi munosabatlarning va uangi turdagi
faoliuatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga
olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini,
kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning
yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_8.png)
![hikoya qilish paydo bo'ladi", bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida
barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga
uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq
grammatik jihatdan shakllangan bo‘lib, o'zini tutish, jamoa oldida so‘zga chiqish
malakasi hosil bo‘ladi”.
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni
hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va
mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni
(tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil)
so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani
(3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan
parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_9.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tog‘rida”gi PF-4947-son Farmoni .
2017 -yil 7 -fevral .
2. Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent, 2017. B.56.
3. Sh.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent, 2017. B.592.
4. R.N.Nurmatov, X.N.Muzaffarova, G.X.Temurova. Nutq o‘stirish
nazariyasi va metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma. - Jizzax , 2009 .
5. G.Nasriddonova, S.Xo‘jaahmedov. Nutq o‘stirish nazariyasi va
metodikasi . -Toshkent, 2011.-B.320.
6. M.R.Qodirova, F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006.
7. M.Asqarxo‘jayeva, N.Hakimova. Bog‘chalarda o‘zbek tilini
o‘rgatish. -Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.126.
8. S.G‘oziyeva, D.Ochilova, L.Dolimova. Badiiy terma kitob. -
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.222.](/data/documents/f2c8163e-0b69-41fe-8204-fb926eac791d/page_10.png)
MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NING NUTQINI O‘STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI Reja 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o‘sishida bolalar adabiyotining o‘rni 2. Bolalarni badiiy nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni hamda vazifalari 3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni badiiy adabiyotni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar
Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his etadilar, uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog‘chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.
Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi. O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Bolalar bog‘chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog‘chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib olishlariga, ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog‘chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak- atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so‘zlari ko‘p bo‘lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o‘qimagan ma’qul. O‘tmishda tarixiy davr bilan bog‘liq bo‘lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko‘p notanish so‘zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug‘iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo‘ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi lozim. Mashg‘ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi. Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so‘zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg‘anchiq boyni aldagani»ni o‘qib beraman. Mashg‘ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin: Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning javoblarini tuzatadi.