M
MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarni she’riy asarlar bilan tanishtirish.Turli yosh guruhlaridagi bolalarni mustaqil badiiy nutq faoliyatiga o‘rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda bolalar adabiyotining ahamiyati Reja 1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. 2. Turli yosh guruhlarida matn bilan ishlash metodikasi
Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his etadilar, uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog‘chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.
Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi. O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Bolalar bog‘chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog‘chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib olishlariga, ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog‘chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak- atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so‘zlari ko‘p bo‘lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o‘qimagan ma’qul. O‘tmishda tarixiy davr bilan bog‘liq bo‘lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko‘p notanish so‘zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug‘iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo‘ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi lozim. Mashg‘ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi. Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so‘zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg‘anchiq boyni aldagani»ni o‘qib beraman. Mashg‘ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin: Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning javoblarini tuzatadi.