logo

O I L A V I Y H U Q U Q L A R N I A M A L G A O S H I R I S H V A H I M O Y A Q I L I Sh

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

20.7177734375 KB
 M A V Z U :  O I L A V I Y   H U Q U Q L A R N I   A M A L G
A   O S H I R I S H   V A   H I M O Y A   Q I L I S  H .
R E J A :
Kirish:
Oila tushunchasi
Asosiy qism:
1.  Oilada er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari
2.  Oilaviy huquqlarni amalga oshirish  va himoya qilish 
3. Oilaviy munosabatlarda da’vo muddatining qo‘llanilishi .
Xulosa Oila   –   murakkab   ijtimoiy   hodisa.   U   er-xotin,   ota-ona,
farzandlar   va   oilaning   boshqa   a’zolari   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, kishilik jamiyatida
eng   muhim   o‘rinni   egalab   kelgan.   Jamiyatda   oilaning   roli
beqiyos.   Hozirgi   paytda   jamiyat   va   davlatni   mustaqil
oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan,
davlatning   rivoji   va   mustaqilligi   ko‘p   jihatdan   jamiyatning
asosiy   bo‘g‘ini   bo‘lmish   oilalarga   bog‘liq.   Oilalar   qanchalik
mustahkam   bo‘lsa,   jamiyat   hamda   davlat   ham   shunchalik
mustahkam bo‘ladi. Oila jamiyat va davlatning kelajagi, ravnaqi
va   rivojlanishini   ta’minlaydigan   yosh   avlodni   komil   inson   qilib
yetishtirib,   tarbiyalab   beruvchi   asosiy   va   muqaddas   makon
hisoblanadi.
Nikoh   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   etish
organlarida   ro‘yxatga   olingan   paytdan   boshlab,   nikohni
tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran
ular   o‘rtasida   er-xotinlik   huquq   va   majburiyatlari   vujudga
keladi.
Qonunga   binoan   faqat   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini
yozish  organida  qayd etilgan nikohnigina  er xotinlik huquq va
majburiyatlarining   kelib   chiqishiga   asos   bo‘ladi.   Oila
quruvchilarning   qonuniy   nikoh   munosabatiga   kirishi   ularning
huquqiy holatini o‘zgartirib yuboradi. Nikohga  kirgunga qadar
ularning   biri   qiz   yoki   ayol,   ikkinchisi   yigit   yoki   erkak   deb
nomlanib kelingan bo‘lsa, nikoh tufayli ular er xotinga aylanib,
ular   o‘rtasidagi   munosabatlar   axlokiy   qoidalar   bilan   birga
huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
FHDYO   organlarida   qayd   etilgan   nikoh   natijasida   er-xotinlik
ular   o‘rtasida   esa   shaxsiy,   mulkiy   huquq   va   majburiyatlar
vujudga keladi.
Oila nikohlanuvchi yigit bilan qiz yoki erkak bilan ayolning
shaxsiy huquqlariga asoslangan holda vujudga keladi. Shuning   uchun   oila   a’zolarining   shaxsiy   huquqlari   ularning
mulkiy   huquqlariga   qaraganda   ustunlikka   ega   va   birinchi
o‘rinda turadi.
Oilaviy   munosabatlarda   er-xotinning   shaxsiy   huquqlari   mulkiy
huquqlariga   nisbatan   ustuvor   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   ularning
hajmi,mazmuni,   harakteri,   er   va   xotinning   oilaviy   huquqiy
munosabatlarda   qatnashuvchi   sifatidagi   huquqiy   holatini
belgilab   beradi.Fuqarolar   oilaviy   munosabatlardan   kelib
chiqadigan huquqlarni o‘z xohishlari bo‘yicha tasarruf etadilar.
Oila   a’zolarning   o‘z   huquqlarini   amalga   oshirishlari   hamda   o‘z
majburiyatlarini   bajarishida   oilaning   boshqa   a’zolari   va   o‘zga
shaxslarning   huquq   va   erkinliklari,   ularning   manfaatlarini
buzmasligi shart.12
Oila   qonunchiligida   er   xotinning   teng   huquqga   ega
ekanligi   ko‘rsatilgan:   “Er-xotin   oilada   teng   huquqlardan
foydalanadilar   va   ikkala   taraf   ya’ni,   er-xotin   teng
majburiyatlarga   egadirlar”.Er   xotin   o‘rtasidagi   munosabat
qanchalik   barqaror   bo‘lsa,   oila   ham   shunchalik   mustahkam
bo‘ladi,  bolalarni tarbiyalash ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan
bo‘ladi.
Er   va   xotin   o‘rtasida   huquq   hamda   majburiyatlar   FHDYO
organlarida   ular   o‘rtasidagi   nikoh   rasmiylashtirilganidan   keyin
vujudga   keladi.   Er   va   xotinga   tegishli   bo‘lgan   huquq   hamda
burchlarni ikki turga ajratish mumkin:
1) shaxsiy huquq va burchlar;
2) mulkiy huquq va majburiyatlar.
Shaxsiy   huquqlar   iqtisodiy   mazmunga   ega   bo‘lmaydi.   Mulkiy
huquqlar   esa,   iqtisodiy   mazmunga   ega   bo‘ladi.   Shaxsiy
huquqlarni   uning   egasidan   ajratib   bo‘lmaydi.   Daraxtning
tanasi   uning   ildizi   bilan   qanchalik   bog‘liq   bo‘lsa,   shaxsiy
huquqlar ham uning egasi bilan shunchalik bog‘liq bo‘ladi.
Oila   kodeksining   19   –   22   -   moddalarida   er   va   xotinning
quyidagi shaxsiy huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan:
1) Oilada er va xotinning tenghuquqlarga ega ekanligi;
2) Er va xotinning familiya tanlash huquqidir;
3) Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi;
4)  Erxotinning   mashg‘ulot   turi,   kasb   va   turar   joy   tanlash
huquqi.
Er   va   xotin   oilada   va   oilaviy   ishlarni   yuritishda,   barcha
masalalarni   hal   qilishda   teng   huquqlardan   foydalanadilar   va
ular   teng   majburiyatlarga   egadirlar.   Bu   holat   fuqaroning
millati,   irqi,   dinga   munosabatidan   qat’iy   nazar   teng
huquqlidirlar degan Konstitutsiyamiz normalariga asoslangan.
Er   xotin   oilada   bolalar   tarbiyasi   va   oilaviy   turmushning
boshqa   shaxsiy   masalalarini   birgalikda   hal   qiladilar.   Er   xotin
oilada   vujudga   kelgan   har   qanday   oilaviy   masalalarni   o‘zaro
kelishuv asosida halqilinadilar. Aks holda oilaviy muammolarni
hal   qilishda   tenglik   prinsipiga   amal   qilmasalar   er   va   xotin
o‘rtasida   nizo   kelib   chiqishi   mumkin.   Vujudga   kelgan   er   xotin
o‘rtasidagi nizolar xarakteriga qarab sud tartibida yoki vakolatli
davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Er va xotinning har
biri,   kasb   va   yashash   joyini   tanlashda   erkindir.   Amaldagi
qonunchilikda   er   xotin   o‘zaro   kelishuvi   asosida   oilada
mashg‘ulot   turini   tanlashda   teng   huquqqa   ega   ekanligini
bildiradi.   Er-xotindan   har   biri   o‘z   qiziqishi,   hislati,   ijobiy
qobiliyati,   jismoniy   rivojlanishiga   qarab,   o‘ziga   mos   keladigan
faoliyat   turini   tanlaydi.   Er-xotinning   erkin   kasb   va   yashash
joiyni   tanlash   huquqi   qonun   bilan   mustahkamlangan.
Binobarin,   mamlakatimizda   insonparvar,   demokratik   huquqiy
davlatni qurishga o‘tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga
solishga   qaratilgan   huquqiy   normalarning   ahamiyati   tobora
oshib borayapti.
Oilaviy   huquqlarni   amalga   oshirish   va   oilaviy
majburiyatlarni   bajarish   to’g’risida   O’zbekiston   Respublikasi
Oila   kodeksining   10   hamda   11-moddalarida   belgilab   qo’yilgan
bo’lib   unga   ko’ra   “Fuqarolar   oilaviy   munosabatlardan   kelib
chiqadigan   huquqlarini   o‘z   xohishlariga   ko‘ra   tasarruf
etadilar.Oila   a’zolarining   o‘z   huquqlarini   amalga   oshirishlari
hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari
va   o‘zga   shaxslarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy
manfaatlarini   buzmasligi   shart   va   Oilaviy   huquqlarni   himoya qilish   sud   tomonidan   fuqarolik   sud   ishlarini   yuritish   qoidalari
bo‘yicha,   ushbu   Kodeksda   nazarda   tutilgan   hollarda   esa,
vasiylik   va   homiylik   organlari   yoki   boshqa   davlat   organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy   huquqlarni   himoya   qilish   ushbu   Kodeksning
tegishli   moddalarida   nazarda   tutilgan   usullarda   amalga
oshiriladi”.
Oilaviy   subyektiv   huquqlami   amalga   oshirish   huquqda
amalda   bo'lgan   umumiy   tamoyillar   (prinsiplarni)   qonunchilik,
milliy   istiqlol   mafkurasi,   axloq   normalari,   jamiyat   turmush
qoidalari,   ijtimoiy   va   daviat   manfaatlari   va   boshqalarga   rioya
qilinishi   lozim.   Biroq   oila   huquqida   ham   subyektiv   huquqlami
amalga   oshirishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   mavjud.   Bu
xususiyatlardan   biri   oilaviy   subyektiv   hu   quqlami   oila   bilan
aloqada   bo‘lishidir.   Ularning   ko‘rinishi   oilada   ifoda   etiladi.
Amaldagi   qonunchilikda   oilaviy   huquqlami   amalga   oshirishda
subyektlar   uning   huquqiy   oqibatlarini   nazarda   tutishi   kerak
degan umumiy qoidalami belgilamaydi. Ammo oila qonunining
bir   qator   normalaridan   shunday   mazmun   kelib   chiqadi.   Oila
kodeksini   «Umumiy   qoidalari»dan.   Oila   to‘g‘risidagi   qonun
hujjatlari hamda ulaming vazifalari, oila manfaatlarining daviat
va   jamiyat   tomonidan   ta’min-   lanishi   va   boshqalar   to‘g‘risida
fikr   yuritiladi.   Qonunda   oila   huquqi   ning   aniq   qoidalarini
amalga   oshirish   vaqtida   oila   manfaatlarini   nazarda   tutish
belgilangan. Masalan, Oila kodeksining 28-moddasi 2- qismiga
binoan,   sud   voyaga   etmagan   bolalar   manfaatlaridan   va   (yoki)
er va xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib,
jumladan,   agar   er   yoki   xotin   uzrsiz   sabablarga   ko‘ra   daromad
olmagan bo‘Isa yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila
manfaatlariga   zarar   etkazgan   holda   sarflagan   bo‘Isa,   er   va
xotinning   umumiy   mol-   mulkidagi   ulushlari   tengligidan
chekinishga haqlidir.
Qonunchilik   ayollami   homiladorlik   vaqtida   va   bola
tug‘ilganidan   keyin   bir   yil   mobaynida   manfaatlarini   himoya
qilishni   qo‘riqlashni   belgilaydi.   Ayrim   vaqtlarda   qonun   erning
ayrim   subyektiv   oila   huquq-larini   amalga   oshirishini   cheklab qo‘yishi   ham   mumkin.   Masalan,   Oila   kodeksining   39-
moddasiga   binoan   xotinining   homiladorlik   vaqtida   va   bola
tug'ilganidan   keyin   bir   yil   mobaynida   er   xotinining   roziligisiz
nikohdan ajratish to‘g‘risida ish    qo‘zg‘atishga haqli emas.
Voyaga   yetmagan   bolalar   oila   huquqining   alohida
subyektlaridir.   Ular   ruhiy   holatlari   bo‘yicha   o‘zlarining
manfaatlarini   har   taraflama   qo‘riqlay   olmaydilar.   Shuning
uchun   ularning   huquqlarini   himoya   qilish   va   qo‘riqlashga
alohida   e’tibor   beriladi.   Bu   masala   bo‘yicha   har   taraflama
umumiy   qoida   Oila   kodeksining   75-moddasi   1-qismida   bel
gilangan.   Unda   shunday   deyiladi:   “ota-onalik   huquqi   bolalar
manfaat-   lariga   zid   tarzda   amalga   oshirilishi   mumkin   emas”.
Bir   qator   moddalar   bu   qoidani   aniq   qoidalar   bilan   to‘ldiradi.
Shunday, Oila kodeksining 82-moddasini 1-qismiga binoan ota-
ona   (ulardan   biri)   o‘z   xulq-atv-   orini,   turmush   tarzini   va   (yoki)
bola tarbiyasiga bo'lgan munosabatini           o‘zgartirgan hollarda
ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.
Subyektiv   oila   huquqi   harakat   shuningdek,   harakatsizlik
natija-   sida   amalga   oshirishlik   va   majburiyatlami   bajarishlik
mumkin.   Masalan,   er-xotin   o‘zlarining   shaxsiy   huquqlarini
amalga oshirishlarida (uy-joy, kasb-mashg‘ulot va boshqalarda)
ikkinchi tomondan bu hu quqni amalga oshirishda harakatdan
saqlanishini   talab   etadi.Ayrim   oila   huquqlari   faqat   harakat
natijasida   amalga   oshiriladi.   Avvalo,   shunday   huquqlar
doirasiga   tarbiyalash   huquqini   amalga   oshirishga   qaratilgan
aktiv va doimiy ravishda olib boriladigan birqa- tor harakatlami
(bolani   maktabga   yuborish,   ma’lumotini   tekshirish,   unga
yordam   berish,   dam   olish   vaqtini   tashkil   etish,   shu   vaqtda
nazorat qilib turish va boshqalar) bajarishi lozim.
Amaldagi   oila   qonunchiligida   huquqini   himoya   qiladigan
va   qo‘riqlaydigan   bir   qator   tadbirlar   belgilangan.Subyektiv
oilaviy   huquqiy   munosabatlami   qo‘riqlashga   qara   tilgan
ta’sirchan   cnoralardan   bid   huquqni   buzuvchilarga   nisbatan
jamoat   ta’sirini   ko‘rsatishdir.   Oilaviy-huquqiy   munosabatlarida
ishti-   rok   etayotgan   voyaga   yetmaganlarni,   homilador
ayollami,   bolali   ona-   laming   huquq   va   manfaatlarini qo'riqlashda   jamoat   ta’siri   alohida   o‘rin   tutadi.   Bunday
vositalarga   aybdor   shaxsning   huquqini   tiklash   va   himoya
etishga   qaratilgan   materiallami   voyaga   yetmaganlar   ishlari
bo‘yicha komissiyalarga topshirish va boshqalar.
Oilaviy-huquqiy   chora-tadbirlar   bu   qonunga   qarshi
harakatlarga   va   aybli   xatti-harakatlarga   nisbatan   oila   qonuni
bilan   belgilangan   tadbirlardir.   Ularga   ota-onalik   huquqidan
mahrum   qilish,   ota-onalik   huquqining   cheklanishi,   nikohni
haqiqiy   emas   deb   topish   va   qonun   bo‘yicha   undan   kelib
chiqadigan   huquqiy   oqibatlar,   farzandlikka   olishni   haqiqiy
emas deb topish yoki uni bekor qilish, ota-onani bolalari bilan
uchrashish   huquqidan   mahrum   qilish,   bobo,   buvi,   aka-uka,
opa-singil   va   boshqa   yaqin   qarindoshlaming   bola   bilan
ko‘rishib turish huquqini himoya qilishdan iborat.
Oila-huquqiy   kafolati   bu   huquq   buzilishining   tegishli
oqibatidir.   Ular   faqat   qonunga   qarshi   aybli   qilingan   xulqqa
nisbatan   tatbiq   etiladi.   Oila   huquqini   huquqiy   himoya   qilishni
ta’minlashga   boshqa   qo-   nuniy   uslublar   orqali   ham   erishiladi.
Shunday,  oila   doirasidagi muhim  huquq  va   manfaatlar jinoyat
qonunlarini   tegishli   normalari   ya’ni,   oila   ga,   yoshlarga   va
axloqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarga, shuningdek, shaxsning
ozodligi,   sha’ni   va   qadr-qimmatini   qo‘riqlash   bilan
belgilanadi.Ularga,   ayolni   erga   tegishga   majbur   qilish   yoki
uning   erga   tegishiga   to‘sqinlik   qilish   (136-modda),   ko‘p   xotinli
bo'lish   (126-   modda)   jinoiy   ravishda   homila   tushuriSh   (abort),
ayolning   homilasini   sun’iy   ravishda   tushurishga   majburlash
(115-modda),   voyaga   etmagan   yoki   mehnatga   layoqatsiz
shaxslami   moddiy   ta’minlashdan   bo'yin   tovlash   (122-modda),
ota-onani   moddiy   ta’minlashdan   bo‘yin   tovlash   (123-modda),
bolani almashtirib qo‘yish (124-modda), farzandlikka olish sirini
oshkor qilish, ayolning homiladorligi yoki yosh bolani parvarish
qilayotganligini   bila   turib,   uni   ishga   olishdan   g‘ayriqonuniy
ravishda   bosh   tortish   yoki   ishdan   bo‘shatish   (148-modda,   2-
qism).
Oila   huquqlari   va   manfaatlari   mehnat   va   fuqarolik
qonunlari   bilan   qo'riqlanadi.   Masalan,   FKning   31-moddasiga muvofiq   spirtli   ichimliklami   yoki   giyohvandlik   vositalarini
suiiste’mol   qilish   natijasida   o‘z   oilasini   og‘ir   ahvolga   solib
qo'yayotgan   fuqaroning   muomala   layoqati   sud   tomonidan
fuqarolik protsessual qonun huj- jatlarida belgilangan tartibda
cheklab qo‘yilishi mumkin.   
Da’vo muddati shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo 
qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'lgan muddatdir
(FKning 149-moddasi).Da’vo muddati o'tishi davrida shaxs 
buzilgan subyektiv huquqini majburlash tartibi bilan tiklashi 
mumkin.
Da’vo   muddati   sud   tomonidan   faqat   nizodagi   tarafning
sud qaror chiqargunicha  bergan  arizasiga  muvofiq qo‘llaniladi
(FKning   153-   moddasini   2-qismi).Da’vo   muddati   fuqarolik
huquqida   mulkiy   huquqiy   munosa   batlarda   juda   keng
qollaniladi,   bu   ulami   barqaror   bo‘lishi,   shartnoma   intizomini
mustahkamlash   undan   tashqari   grajdanlik   oborotida
qatnashuvchilami   rag‘batlantirish,   o‘zlariga   tegishli   bo'lgan
huquq- larini o‘z vaqtida amalga oshirish, sudlarga ish bo‘yicha
obyektiv   haqiqatni   o'matishni   engillashtirish   uchun   yordam
beradi.
Oila   huquqida   da’vo   muddatiga   bunday   katta   ahamiyat
beril-   maydi.   Oila   kodeksining   12-moddasi   1-qismida   oilaviy
munosabatlar-   dan   kelib   chiqadigan   talablarga   nisbatan   da’vo
muddati   joriy   qilinmaydi,   ushbu   kodeks   bilan   belgilangan
hollar   bundan   mustasno-   dir,   degan   umumiy   qoida
belgilangan   oilaviy   munosabatlardan   kelib   chiqadigan
talablarga nisbatan da’vo muddatini joriy qilmaslik qoidasi, har
qanday   buzilgan   oilaviy-huquqiy   munosabatni   fuqarolik   ish
yuritish   tartibi   qoidasiga   binoan   tiklanishi   mumkin.   Bu   oila
huquqida   uzoq   muddat   davom   etadigan   shaxsiy   huquq   bilan
bog‘liq bo‘lib, ulami hamma vaqt himoya qilish tabiatidan kelib
chiqadi.   Shunday   qilib,   oila   munosabatining   ishtirokchilari
amalda   buzilgan   oila   huquqin'   Jinoyat   qilishda   vaqtinchalik
o‘tkinchi   vaqt   bilan   cheklanmagan.   Shundaylarga   nikohdan
ajralish  talabi;  nikohni haqiqiy emas deb topish talabi;  otalikni
belgilash   talabi   nikoh   shartnomasini   haqiqiy   emas   deb   topish talabi;   alimentni   olish   huquqi   uni   hamma   muddat   davomida
undirish talabi va boshqalar kiradi.
Oila   munosabatlarida   da’vo   muddati   qat’iy   aniq,
belgilangan   holatlarda   tatbiq   etiladi.   Xususan,   buzilgan   oila
huquqlari   OKning   o‘zida   ko‘rsatilgan   bo‘lishi   lozim.   Bunday
holatlar bir qancha.
Birinchidan, bir yillik da’vo muddati OKning 24-moddasi 3-
bandida   ko‘rsatilingan.   Er   (xotin)   o‘zining   mol-mulkni   tasarruf
etish   bo‘yieha   bitim   tuzishi   uchun   xotin   (er)   ning   notarial
tartibda   tasdiq-   langan   roziligini   olishi   lozim.   Ko'rsatilgan
bitimni   tuzishga   notarial   tartibda   tasdiqlangan   roziligi
olinmagan   er   yoki   xotin   mazkur   bitim   amalga   oshirilganligini
bilgan   yoki   bilishi   lozim   bo‘lgan   kundan   boshlab   bir   yil
davomida   bu   bitimni   sud   tartibida   haqiqiy   emas   deb   topishni
talab qilishga haqlidir.
Ikkinchidan,   uch   yiilik   da’vo   muddati   OKning   27-moddasi
9- bandiga binoan, nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy
mol-mul-   kini   bo‘lish   to‘g‘risidagi   talablariga   nisbatan
qo‘llaniladi.
Bunda  da’vo  muddatini o‘tashi ajralgan  er  yoki  xotinning umu
miy   mol-mulkka   bo‘lgan   huquqining   buzilganligini   boshqasi
tomoni dan bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlanadi
(OKning 12- moddasi 2-qismi)
Ushbu   mavzuda   asosiy   e'tibor   oila   huquqlarini   amalga
oshirish va himoya qilishga qaratilgan. Unda oilalarning asosiy
huquqlari   ta'minlanishini   ta'minlash   muhimligi   va   ushbu
huquqlarni   himoya   qilishga   qaratilgan   tegishli   qonunchilik
choralari   oila   huquqlarini   amalga   oshirish   va   himoya   qilish,
yondashuvlar   va   muammolarni   har   tomonlama   ko'rib
chiqishga qaratilgan.
Shaxsiy daxlsizlik, ishtirok etish va asosiy ehtiyojlarni qondirish
huquqi   kabi   oilaviy   huquqlarning   asosiy   elementlarini
ta'kidlaydi.Bundan   tashqari,   referatda   oila   huquqlarini  amalga
oshirish   va   himoya   qilishdagi   ba'zi   amaliy   muammolar
yoritilgan.   Bu   muammolarga   madaniy   va   ijtimoiy   normalar, iqtisodiy   nomutanosibliklar,   er   va   xotinning   tengsizliklari  
kiradi.
Oila   huquqlarini   himoya   qilish   va   amalga   oshirish   har
qanday   jamiyatda   oilalar   farovonligi   va   barqarorligini
ta’minlashning g‘oyat muhim jihati hisoblanadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
 
 O’zbekiston   Respublikasining   Oila   kodeksi   1998-yil   30-aprelda
qabul qilingan; 
 O’zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik   kodeksi       1995-yil   21-
dekabrda qabul qilingan;
 F.M.   Otaxo'jayev   ,,Oila   huquqi’’O'zbekiston   Respublikasi   Adliya
vazirligi huzuridagi “Adolat”nashriyoti, 2007-yil;  Darslik “Oila huquqi”  O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
2018-yil

 M A V Z U : O I L A V I Y H U Q U Q L A R N I A M A L G A O S H I R I S H V A H I M O Y A Q I L I S H . R E J A : Kirish: Oila tushunchasi Asosiy qism: 1. Oilada er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari 2. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish 3. Oilaviy munosabatlarda da’vo muddatining qo‘llanilishi . Xulosa

Oila – murakkab ijtimoiy hodisa. U er-xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, kishilik jamiyatida eng muhim o‘rinni egalab kelgan. Jamiyatda oilaning roli beqiyos. Hozirgi paytda jamiyat va davlatni mustaqil oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, davlatning rivoji va mustaqilligi ko‘p jihatdan jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish oilalarga bog‘liq. Oilalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat hamda davlat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Oila jamiyat va davlatning kelajagi, ravnaqi va rivojlanishini ta’minlaydigan yosh avlodni komil inson qilib yetishtirib, tarbiyalab beruvchi asosiy va muqaddas makon hisoblanadi. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Qonunga binoan faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etilgan nikohnigina er xotinlik huquq va majburiyatlarining kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning huquqiy holatini o‘zgartirib yuboradi. Nikohga kirgunga qadar ularning biri qiz yoki ayol, ikkinchisi yigit yoki erkak deb nomlanib kelingan bo‘lsa, nikoh tufayli ular er xotinga aylanib, ular o‘rtasidagi munosabatlar axlokiy qoidalar bilan birga huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. FHDYO organlarida qayd etilgan nikoh natijasida er-xotinlik ular o‘rtasida esa shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Oila nikohlanuvchi yigit bilan qiz yoki erkak bilan ayolning shaxsiy huquqlariga asoslangan holda vujudga keladi.

Shuning uchun oila a’zolarining shaxsiy huquqlari ularning mulkiy huquqlariga qaraganda ustunlikka ega va birinchi o‘rinda turadi. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi,mazmuni, harakteri, er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni o‘z xohishlari bo‘yicha tasarruf etadilar. Oila a’zolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishida oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquq va erkinliklari, ularning manfaatlarini buzmasligi shart.12 Oila qonunchiligida er xotinning teng huquqga ega ekanligi ko‘rsatilgan: “Er-xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf ya’ni, er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar”.Er xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. Er va xotin o‘rtasida huquq hamda majburiyatlar FHDYO organlarida ular o‘rtasidagi nikoh rasmiylashtirilganidan keyin vujudga keladi. Er va xotinga tegishli bo‘lgan huquq hamda burchlarni ikki turga ajratish mumkin: 1) shaxsiy huquq va burchlar; 2) mulkiy huquq va majburiyatlar. Shaxsiy huquqlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi. Mulkiy huquqlar esa, iqtisodiy mazmunga ega bo‘ladi. Shaxsiy huquqlarni uning egasidan ajratib bo‘lmaydi. Daraxtning tanasi uning ildizi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, shaxsiy huquqlar ham uning egasi bilan shunchalik bog‘liq bo‘ladi. Oila kodeksining 19 – 22 - moddalarida er va xotinning quyidagi shaxsiy huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan: 1) Oilada er va xotinning tenghuquqlarga ega ekanligi; 2) Er va xotinning familiya tanlash huquqidir; 3) Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini

hal qilishi; 4) Erxotinning mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqi. Er va xotin oilada va oilaviy ishlarni yuritishda, barcha masalalarni hal qilishda teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar. Bu holat fuqaroning millati, irqi, dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar degan Konstitutsiyamiz normalariga asoslangan. Er xotin oilada bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa shaxsiy masalalarini birgalikda hal qiladilar. Er xotin oilada vujudga kelgan har qanday oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida halqilinadilar. Aks holda oilaviy muammolarni hal qilishda tenglik prinsipiga amal qilmasalar er va xotin o‘rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Vujudga kelgan er xotin o‘rtasidagi nizolar xarakteriga qarab sud tartibida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Er va xotinning har biri, kasb va yashash joyini tanlashda erkindir. Amaldagi qonunchilikda er xotin o‘zaro kelishuvi asosida oilada mashg‘ulot turini tanlashda teng huquqqa ega ekanligini bildiradi. Er-xotindan har biri o‘z qiziqishi, hislati, ijobiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o‘ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er-xotinning erkin kasb va yashash joiyni tanlash huquqi qonun bilan mustahkamlangan. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni qurishga o‘tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarning ahamiyati tobora oshib borayapti. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 10 hamda 11-moddalarida belgilab qo’yilgan bo’lib unga ko’ra “Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar.Oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart va Oilaviy huquqlarni himoya

qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo‘yicha, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oilaviy huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan usullarda amalga oshiriladi”. Oilaviy subyektiv huquqlami amalga oshirish huquqda amalda bo'lgan umumiy tamoyillar (prinsiplarni) qonunchilik, milliy istiqlol mafkurasi, axloq normalari, jamiyat turmush qoidalari, ijtimoiy va daviat manfaatlari va boshqalarga rioya qilinishi lozim. Biroq oila huquqida ham subyektiv huquqlami amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlardan biri oilaviy subyektiv hu quqlami oila bilan aloqada bo‘lishidir. Ularning ko‘rinishi oilada ifoda etiladi. Amaldagi qonunchilikda oilaviy huquqlami amalga oshirishda subyektlar uning huquqiy oqibatlarini nazarda tutishi kerak degan umumiy qoidalami belgilamaydi. Ammo oila qonunining bir qator normalaridan shunday mazmun kelib chiqadi. Oila kodeksini «Umumiy qoidalari»dan. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ulaming vazifalari, oila manfaatlarining daviat va jamiyat tomonidan ta’min- lanishi va boshqalar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Qonunda oila huquqi ning aniq qoidalarini amalga oshirish vaqtida oila manfaatlarini nazarda tutish belgilangan. Masalan, Oila kodeksining 28-moddasi 2- qismiga binoan, sud voyaga etmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga ko‘ra daromad olmagan bo‘Isa yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar etkazgan holda sarflagan bo‘Isa, er va xotinning umumiy mol- mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir. Qonunchilik ayollami homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida manfaatlarini himoya qilishni qo‘riqlashni belgilaydi. Ayrim vaqtlarda qonun erning ayrim subyektiv oila huquq-larini amalga oshirishini cheklab