Qobiliyat (I tip) testlarini yaratish va Intellekt (I tip) testlarini yaratish
Mavzu: Q obiliyat ( I t ip ) testlari ni yaratish va Intellekt ( I t ip ) testlari ni yaratish Reja: 1. Intellekt testlari uchun topshiriqlar. 2. Analogiya, «ortiqchasiga duch kelindi-olib tashla» tipidagi topshiriqlar. 3. Ketma-ketlik. Ketma-ketlik variantlari. Ortiqchasidan tashqariga varinatlari. Anologiya variantlari. 4. Maxsus qobiliyatlar va erishganlik testlari. Topshiriqlar mazmuni. 5. Bir nesa variantlar bilan tanlash topshiriqlar. Alternativ topshiriqlar. 6. Topshiriq tiplarini tanlash. Test sinovi uchun topshiriqlarni tartibga keltirish. 7.To’g’ri javoblarni tasodifiy topish.
Asr o’rtalaridan boshlab psixologik test o’tkazishning asosiy yo’nalishini qobiliyatlarni testlash egallay boshladi. Psixologlar, pedagoglar tobora ijodiy qobiliyatlar o’qishga bo’lgan qobiliyatlarning sinonimi emas ekanligiga amin bo’la boshladilar. YA.Ternstoun ilmiy ishlarida ijodiy aktivlikda intellektual faktorlardan tashqari temperamentni muhim ahamiyat kasb etishini ko’rib, ijod turtkisi yangi g’oyalarni tanqid qilishda emas, balki ularni idrok eta olishda his eta olishda degan fikrga keldi. Uning fikricha ijodiy echim diqqatni muammo ustida to’planganida emas, balki realaksitsiya ya’ni diqqatni tarqalgan holatida yuz beradi Qobiliyat testlarini standartlashtirish ijod tabiatini ommaviy testlash dasturi asosida o’tkazilgan. Janubiy Kaliforniya shtati universitetining qobiliyatlarni tekshirish testi: (ARP) Dj. Gilford bo’yicha tafakkur - konvergent, tafakkur - divergent tafakkurni engilligi, egiluvchanligi, aniqligi. Torrans testlaridan misollar. Kasbiy testlash yo’nalishi asosan ishlab chiqarish persanali uchun mo’ljallangan testlardan, maxsus qobiliyat testlaridan va kasbiy tanlovda ishlatiladigan testlardan iborat. Maxsus qobiliyat testlari yordamida kishining texnik, musiqiy, badiy qobiliyatlari, harakat, tezlik koordinatsiyasi ko’nikmalari o’rganiladi. Klinik testlashda psixologlar testlardan individ kasalining kelib chiqishi sabablarini o’rganishda va tashxis qo’yishda foydalaniladilar. Masalan: Tashxis qo’yishda qo’llaniladigan intellekt testlari: Veksler shkalalari, benton testi va hokazolar.
Qobiliyatlar va intellektni amaliy o’rganish psixodiagnostika tarixida o’ziga xos tarixiy bosqichga va ilmiy qarashlarga tayaniladi. Qobiliyat -umumiy psixologik tushuncha bo’lib, psixologiyada uni ta’riflashda bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, B.M.Teplov qobiliyatni uchta belgisini sanab o’tadi: qobiliyat-bu bir odamni boshqasidan farq qiluvchi individual psixologik xususiyat; faoliyatni yoki bir nesa faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga munosabatini bildiruvchi xususiyat; qobiliyat -bilim, ko’nikma va malaka bilan bog’liq bo’lmagan holad. Ammo bilim, ko’nima va malakalarni tez va oson o’zlashtirishni shartlovchi xususiyat. V.D.SHadrikov esa qobiliyat tushunchasini psixologik konkretlashtirishga harakat qilib, uni individual o’lchamli, alohida psixik funksiyalarni sifatli va muvaffaqiyatli o’zlashtirishdan iborat psixikaning funksional tizimi xossasi sifatida ifodalashga harakat qildi. D.N.Zavalishin qobiliyat turlarini tahlil etar ekan, umumiy qobiliyat insonning umumiy sharoitlardagi etakchi faoliyati bilan, maxsus qobiliyatlarni esa alohida faoliyat sohasi bilan bog’laydi. Qobiliyat bilan intellekt orasidagi bog’liqlik va o’xshashlikni bilimning qo’llashdagi topshiriqlarni hal etish qobiliyati sifatida qaraganda kuzatiladi. Birgina insonning ijodik Kreativlik (umumiy ijodiy qobiliyat) va intellekt munosabatiga bog’liq minimal darajada uchta yondashuv mavjud:
Bunday kreativlik yo’q. SHaxsning ijodiy aktivligi uchun sharoit yo’q vaqtida intellektual iqtidor zarur. Bu erda ijodiy xulq-atvor uchun bosh determenant sifatida motivatsiya, qadriyatlar va shaxs xususiyatlari etakchi rol o’ynaydi( A.DJ.Tannenbaum, A.Maslou, O.B.Bogoyavlenskaya). ular ijodkor shaxsning asosiy xususiyatlariga kognitiv iqtidor, muamoga nisbatan sezgir, noaniq va murakkab vaziyatlarda mustaqil mulohaza yurituvchi sifatlarini kiritdi. Masalan, ijodiy qobiliyat (kreativlik) intellektga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud mustaqil omil sanaladi (Dj.Gilьford, K.Teylor, YA.A.Ponomarev). Bu konsepsiyaning yana bir tomoni intellekt bilan kreativlik o‘rtasida ahamiyatsiz darajada korrelyasiya borligi haqida so’z yuritiladi. E.Torrensning mulohazasicha, agar IQ qiymati 115-120 dan past bo’lsa, intellekt va kreativlik yagona omilni hosil qiladi, 120 dan yuqori bo’lsa ijodiy qobiliyat mustaqil sifati o’lchamiga ega bo’ladi, ya’ni quyi intellek bilan kreativlik o’rtasida bog’liqlik kuzatilmaydi, deyiladi. Ammo ushbu g’oyadan farqli o’laroq hayotiy kuzatishlarda quyi kreativli intellekt egalari bor. Intellektni yuqori darajada rivojlanishi ijodiy qobiliyatning yuqori yoki aksincha holati ham bo’lishi mumkin. Ijod jarayoning psixik faollikdagi singari spetsifik shakli yo’q (D.Veksler, G.Ayzenk, A.Termen va boshqalar). Intellektning faktorli nazariyasi asoschisi CH.Spirmen quyidagi g’oyani ilgari surdi: Intellekt qat’iy insonning shaxs xususiyatlariga bog’liq emas; Intellekt o’z tuzilmasiga intellektual bo’lmagan sifatlarni qo’shmaydi (qiziqish, erishish motivatsiyasi, bezovtalanish). U
intellektni to’rta turga ajratdi: birinchi tip intellekt-yangilikni tez tushunish, ikkinchisi-bilishning to’liqligi, uchinchisi-«sog’lom fikrga egalik», to’rtinchisi-echimlarning originalligiga bog’liq. Uning g’oyasiga ko’ra, umumiy qobiliyat -bosh faktor-G -faktorda, maxsus qobiliya -S -faktor tarzda ifodalanadi. G -faktor CH.Spirmen bo’yicha «aqliy quvvatni» belgilaydi. G.Ayzenk va Dj.Raven o’zlarini intellekt testlarini ishlab chiqishla G -faktor xususiyatiga tayandilar. Dj.Ravenning «Murakkablashib boruvchi matritsalari» 1936 yillarda yaratilgan bo’lib, unda har birida 12 ta topshiriqdan iborat 5 seriyali topshiriqlar mujassamlashtirilgan. Test to’plamlari to’g’ri burchak shaklidagi matritsalardan tashkil topgan bo’lib, o’zida mantiqiy yaxlitlikka, ma’lum qonuniyat va qoidalarga asoslanib tuzilgan har xil figura va figuralar to’plamidan iborat. Masalan, qandaydir qismida etishmovchilik mavjud bo’lgan rasm va tasvirlar berilganki, tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan 1 va 6 yoki 1dan 8 gacha bo’lgan javoblar variantidan birini mos o’ringa qo’yishi lozim bo’ladi. Har bir seriya engil topshiriqlardan boshlanib, keyinchalik murakkablashib boraveradi. Bu holat A seriyadan boshlanib, E seriyada yanada murakkabroq ko’rinish oladi. Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda ma’lum shakllarni idrok etishni, ularning xususiyatlarini qamrab olish lozimligini, munosabatlar yig’indisiga asoslanganligi tufayli har bir topshiriqni bajarishda ma’lum mantiqiy mulohazalashni talab etadi. Matritsaning perseptiv shkalasi ikkita nazariyaga tayanadi: