logo

D YE S M U R G I YA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.0244140625 KB
D YE S M U R G I YA
Reja:
1.     Veterinariya   xirurgiyasida   desmurgiyaning   ahamiyati,   bog’lamlar
haqida tushuncha
2. Bog’lov materialining xarakteristikasi va ularning shakli.
3. Bog’lamlarning turlari va bog’lam texnikasi.
4. Maxsus bog’lamlar: karkasli va yelimli, ularni bajarish texnikasi.
5.   Qimirlamaydigan   yoki   immobilizasiyalashgan   bog’lamlar:   shinali,
gipsli, ularning turlari va bajarish texnikasi.
  Desmurgiya   –   bu   bog’lamlar   haqidagi   ta’limot   bo’lib,   yunoncha
desmos – bog’lov, ergon -  bajarish usullarini, bog’lov materiallarini qo’llash
shakllarini va ularning xususiyatini o’rgatadi.
Desmurgiya   fani   veterinariya   xirurgiyasida   katta   ahamiyatga   ega.
Chunki   to’g’ri   bog’langan   jarohat   ifloslik,   mikroblar   va   tashqi   muhitdagi
harorat,   namlik   ta’surotlaridan   va   qayta   shikastlanishdan   saqlaydi.   Bu   esa
operasiya   jarohatlarini   tezroq   bitishiga   yordam   beradi.   Mavjud   bo’lgan
asoratlarda esa ularni davolash uchun qo’llash mumkin.
Har bir bog’lam ikki qismdan iborat:
1.   asl   bog’lam   yoki   yaraning   ustiga   bevosita   qo’yiladigan   bog’lov
materiali.   Bu   sterillangan   doka,   antiseptik   eritmalar,   surtma   yoki   moyli
eritmalar va shu kabilar shimdirilgan dokadir;
2.   mahkamlovchi   qism,   u   gavda   yuzasidagi   bog’lam   materialini   (asl
bog’lamni) tutib, mahkamlab turadi.
Asl bog’lam quyidagi maqsadda ishlatiladi:
A) jarohatni mexanik ta’sirotdan saqlash;
B)   qon,   yara   suyuqligi   va   yiringni   sug’irmoq,   yuqorilarga   tarqamaslik
uchun;
V)   yallig’lanish   infiltratlarini   bo’shatib,   ularni   sug’irilishiga   yordam
berish uchun;
G) ikkilamchi yuqumlikdan ehtiyot qilish uchun.
Barcha bog’lamlar bajaradigan maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linishi
mumkin:   aseptik   va   antiseptik;   quruq,   moyli   va   namli;   qizituvchi   va   so’rib
oluvchi.
Bog’lamni bajarish uchun quyidagi talablarg a  javob beradigan material
kerak:   kapillyarlik   xossasiga   ega   bo’lgan,   gigroskopik   (ya’ni   namni   yaxshi
tortadigan)   elastik,   sifatini   sterilizasiyada   o’zgartirmaydigan   va   to’qimalarni
qitiqlamaydigan. Yuqoridagi   talablarga   quyidagilar   javob   beradi ganlardan :   doka,   paxta,
lignin, sellofan.
Doka   –   (tela)   p a xta   iplaridan   to’qiladigan   mato,   ikki   turga   bo’linadi:
yog’sizlantirilgan,   ya’ni   oq   va   yog’sizlantirilmagan,   ya’ni   sariq.   Birinchisi
suyuqlikni yaxshi shimiydi, bir soat ichida  1 99,7 %.
Paxta   -   (gossypium)   paxta   o’simligi   tolasidan   olinadi.   Har   bir   tolasi
kapillar   xususiyatiga   ega.   Qayta   ishlash   usuliga   qarab   ikki   turga   bo’linadi:
yog’sizlantirilgan (gigroskopik) oq paxta; yog’sizlantirilmagan sariq paxta.
Gigroskopik paxtaning suyuqlikni shimishi bir soatda 287,6 % ga teng.
U qon va ekssudatlarni shimish uchun ishlatiladi.
Sariq paxta esa issiqlikni yaxshi saqlaydi, shuning uchun uni isituvchi
kompresslar va issiq o’rash uchun ishlatiladi.
Lignin   –   oq   rangdagi   g’ovak   qog’oz.   Suyuqlikni   yaxshi   shimish
xususiyatiga ega, uch sutkada 650 % tashkil etadi.
Sellofan   –   Havoni   va   namlikni   o’tkazmaydigan   sintetik   material,
kompress qilish uchun ishlatiladi.
Yuqorida   aytib   o’tilgan   bog’lov   materiallaridan   quyidagi   bog’lam
shakllarini tayyorlash mumkin:
Kompress – to’rtburchak shaklida bukilgan doka, kattaligi 25-100 sm 2
.
Salfetka – katta razmerdagi kompress.
Kos ы nka – uchburchak shaklidagi doka yoki boshqa gazlama, uzunligi
180 sm, balandligi 65 sm.
Palaxmon   (prasha)   –   keng   lenta   shaklidagi   bir   parcha   doka   yoki
materiyaning ikki uchi o’rtasiga yetkazilmay kesiladi.
Tampon-   to’rtburchak   dokaga   qo’yilgan   paxtani   konvert   shaklida
yopish.
Doka   turundasi   –   qirrasi   ichkariga   qaytgan   uzun   doka,   eni   5-7   sm,
yaralarni drenaj qilish uchun ishlatiladi. Bint – valiksimon o’ralgan uzun doka yoki boshqa mato, standart bint
eni 10 sm, uzunligi 7 metr.
Bog’lamlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Yumshoq  bog’lam (yelimli, kos ы nkali va bintli).
2. Qattiq bog’lamlar (shinali, karkas, kraxmal, gips) ya’ni ishlatiladigan
materiallar bo’yicha.
Bog’lamlar   ko’rsatma   va   shakllar   bo’yicha   ham   bo’linadi.   Ular
ko’rsatmalar bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
1. Birinchi yordam bog’lam – jarohatlarni ikkilamchi shikastlanishdan
va yuqumliklardan saqlaydi.
2.   O’tkazmaydigan   (okklyuzion)   bog’lam   –   ko’ k rak   yoki   qorin
bo’shlig’idagi   teshik   jarohatlardan   havo,   yuqumliklar   va   changni
o’tkazmaslik   uchun   qo’llaniladi.   U   uch   qatlamdan   iborat:   birinchisi
emulsiyali   salfetka,   ikkinchisi   paxta,   uchinchisi   o’tkazmaydigan   material
(sellofan).
3.   Quruq   shimuvchi   bog’lam   –   uning   vazifasi   jarohatdan   to’xtovsiz
ajraladigan   yara   ekssudatini,   yuqumliklarni   va   o’lik   to’qimalarni   shimib
olishdir.   U   uch   qatlamdan   iborat:   birinchisi   shimuvchi   qatlam   –   doka
salfetkalari, tamponlar; ikkinchisi – qabul qiluvchi qatlam gigroskopik paxta
(1sm); uchinchisi qurituvchi qatlam namlikni tashqi muhitga bug’lantiradi –
siyrak doka.
4. Shimuvchi nam bog’lam – suyuqliklarni tez vaqtda shimib (sug’irib)
olish   uchun   ishlatiladi.   Birinchi   qatlam   tuzlarni   gipertonik   eritmalari   bilan
namlanadi   (5-10   %   Na   CI   va   qand,   20   %   magniy   sulfat)   qolgan   qatlamlari
yuqorida aytilganday.
5.   Siquvchi   bog’lam   –   hayvonlar   gavdasining   ma’lum   bir   qismida   bir
xil bosim hosil qilish uchun ishlatiladi, masalan qon to’xtatish uch u n. 6.   Qimirlatmaydigan   bog’lam   –   biror-bir   organni   harakatsiz   holda
saqlash uchun ishlatiladi.
7.   Isituvchi   kompress   –   bog’lam   mahalliy   haroratni   ko’taradi.   To’rt
qatlamdan   iborat:   nam,   o’tkazmaydigan,   issiq   saqlaydigan   va
mahkamlaydigan. 
Bog’lam shakliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
A)   kos ы nkali   bog’lamlar   –   hayvonlar   tanasining   barcha   joylariga
ishlatish mumkin. Ochiq yoki qatlangan holatda.
B)   Polaxmonsimon   bog’lam   –   qattiq,   lekin   uch   elastik   materialdan
yasaladi, organlarni o’rab turadi, oyoqlarda qo’llaniladi.
V)   Bintli   bog’lamlar   –   bog’lanish   shakli   bo’yicha   quyidagilarga
bo’linadi:   aylanma,   o’rmalovchi,   spiral,   burama   spiral,   toshbaqasimon,
sakkizsimon (krestsimon).
Yaxshilab   to’g’ri   qo’yilgan   bint   bog’lami   quyidagi   talablarga   javob
berishi shart:
1. Gavdaning kasal qismini yopishi;
2. Limfa, qon aylanishini buzmasligi;
3. Organ va to’qimalarning funksiyasini buzmasligi;
4. Hayvon uchun qulay bo’lishi.
  Bintning   o’ralgan   qismini   o’ng   qo’lda,   bo’sh   uchini   chap   qo’lda
ushlab, chapdan o’ng tarafga bintlanadi.
Maxsus   bog’lamlar   –   hayvonlarning   tanasidagi   maxsus   joylarida
ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo’linadi:
Si m li   bog’lam   –   o’zining   tarkibida   qattiq   moslamadan   iborat   (rezina
trubkasi   yoki   sim)   asl   bog’lamni   qimirlatmasdan   ushlash   uchun   ishlatiladi,
bilak, boldir oblastlarida, sakrash, bmlakuzuk bo’g’inida, yag’rin oblastida.
Yelimli bog’lamlar – biror - bir yelim yordamida hayvonlar gavdasining
barcha   joylariga   teri   yoki   juniga   berkitish   mumkin.   Ular     boshqa bog’lamlarga   nisbatan   qulay:   texnikasi   oddiy,   bog’lam   materiali   kam
ishlatiladi, qon va limfa oqimiga xalaqit bermaydi, asl bog’lamni almashtirish
ososnlashadi. Buning uchun quyidagi yelimlar ishlatiladi:
A)   kazein   yelimi,   markasi   SP-104,   SP-105,   1   qism   yelim   1,5   qism
suvda eritiladi. 15 kungacha saqlanadi.
B)   kanifol   –   parafin   yelimi   –   55   qism   kanifol   va   45   qism   parafindan
iborat.
V)   kollodiy   –   kolloksilina   moddasini   spirt   va   efirdagi   eritmasi.
Yaraning ustki qismiga surtiladi.
Bundan   tashqari   BF-6,   kleol,   plastubol   yelimlarini   ishlatish   mumkin.
Ular   quyidagi   turlarga   bo’lindi:   yopiqsimon,   ikki   tabaqali,   uch   tabaqali   va
shnurli.
Immobilizasiya bog’lami.
Immobilizasiya   –   shikastlangan   soxa   yoki   gavdaning   qaysidir   bir
qismining qimirlashini bartaraf qilish va tinch holat yaratishdir. Suyaklarning
sinishi,   bo’g’imlar,   nervlarning   shikastlanishi,   yumshoq   to’qimalar,   katta
tomirlarning   keng   ko’lamda   jarohatlanishi,   katta   yuzaning   kuyishi   va   oyoq-
qo’llarda o’tkir yallig’lanish jaryonlari (osteomiyelit) immobilizasiya qilishga
bo’lgan   ko’rsatmalardir.   Immobilizasiya   shikastlangan   sohaning
qimirlamaydigan bo’lishini ta’minla b , og’riqni kamaytiradi, yopiq sinishning
ochiq sinishiga aylanishi va jarohatda infeksiya rivojlanishining oldini oladi.
Ular ikki xilga bo’linadi: shinali va gipsli bog’lamlar.
Shina  bog’lami  – vaqtinchalik immobilizasiya  qilish uchun  ishl a tiladi.
Shina  qattiq mosl a madan iborat (taxtacha, sim,  fanera, karton  va boshqalar)
va   shuningdek   standart   shinalarni   ishlatish   mumkin   (setkasimon,   Kramer
shinasi).
Uzoq   vaqt   immobilizasiya   qilish   uchun   gips   bog’lamini   qo’llash
mumkin. Gips – Sa
2   SO
4 . N
2 O – tabiatdagi alebastr mineralidan olinadi, uni 130-140 0
 da qizdirish kerak va u gips holatiga o’tadi. Unga suv qo’shganda u
tez   qotadi.   Gips   bog’lamini   bajarish   uchun   quyidagilar   kerak:   gips ,
gipslangan   bintlar,   paxta,   shinalar,   issiq   suv.   Gips   bog’lamini   bajarishdan
oldin   hayvonlarga   narkoz,   neyroleptiklar   berish   yoki   mahalliy
og’riqsizlantirish   kerak.
    Shundan   keyin   singan,   shikastlangan   to’qimalarni
o’z   anatomik   holatiga   keltirish   kerak   va   gipslangan   bint   yordamida   pastdan
yuqoriga   gipslash   kerak.   Gips   bog’lami   quyidagilarga   bo’linadi:   yopiq,
derazachali,   ko’priksimon,   tabaqali.   Bular   to’qimalarning   shikastlanishiga
qarab qo’yiladi. Qotish jarayoni 5-10 minutdan keyin boshlanadi, 1-2 soatdan
keyintqotadi va 24 soatdan keyin butunlay qotadi.
Gipsli   bog’lam  katta  hayvonlarda  5-6   hafta,  maydalarida  3-4  haftadan
keyin yechib olinadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Operativ   xirurgiya   –   X.K.   Rustamov,   Ya.A.Axbutayev,
B.D.Narziyev –
      1997 .
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I.  – 1990 .
3. Desmurgiya. A.P. Yurixin. 1983.
4. Perivyazochnaya. N.S. Timofeyev. 1987 .
5. Gipsovaya texnika. N.A. Shitakova. 1987 .
6. Veterinarnaya desmurgiya. Andreyev. 1957.
7. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and
Lameness” USA, 
               2005

D YE S M U R G I YA Reja: 1. Veterinariya xirurgiyasida desmurgiyaning ahamiyati, bog’lamlar haqida tushuncha 2. Bog’lov materialining xarakteristikasi va ularning shakli. 3. Bog’lamlarning turlari va bog’lam texnikasi. 4. Maxsus bog’lamlar: karkasli va yelimli, ularni bajarish texnikasi. 5. Qimirlamaydigan yoki immobilizasiyalashgan bog’lamlar: shinali, gipsli, ularning turlari va bajarish texnikasi.

Desmurgiya – bu bog’lamlar haqidagi ta’limot bo’lib, yunoncha desmos – bog’lov, ergon - bajarish usullarini, bog’lov materiallarini qo’llash shakllarini va ularning xususiyatini o’rgatadi. Desmurgiya fani veterinariya xirurgiyasida katta ahamiyatga ega. Chunki to’g’ri bog’langan jarohat ifloslik, mikroblar va tashqi muhitdagi harorat, namlik ta’surotlaridan va qayta shikastlanishdan saqlaydi. Bu esa operasiya jarohatlarini tezroq bitishiga yordam beradi. Mavjud bo’lgan asoratlarda esa ularni davolash uchun qo’llash mumkin. Har bir bog’lam ikki qismdan iborat: 1. asl bog’lam yoki yaraning ustiga bevosita qo’yiladigan bog’lov materiali. Bu sterillangan doka, antiseptik eritmalar, surtma yoki moyli eritmalar va shu kabilar shimdirilgan dokadir; 2. mahkamlovchi qism, u gavda yuzasidagi bog’lam materialini (asl bog’lamni) tutib, mahkamlab turadi. Asl bog’lam quyidagi maqsadda ishlatiladi: A) jarohatni mexanik ta’sirotdan saqlash; B) qon, yara suyuqligi va yiringni sug’irmoq, yuqorilarga tarqamaslik uchun; V) yallig’lanish infiltratlarini bo’shatib, ularni sug’irilishiga yordam berish uchun; G) ikkilamchi yuqumlikdan ehtiyot qilish uchun. Barcha bog’lamlar bajaradigan maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linishi mumkin: aseptik va antiseptik; quruq, moyli va namli; qizituvchi va so’rib oluvchi. Bog’lamni bajarish uchun quyidagi talablarg a javob beradigan material kerak: kapillyarlik xossasiga ega bo’lgan, gigroskopik (ya’ni namni yaxshi tortadigan) elastik, sifatini sterilizasiyada o’zgartirmaydigan va to’qimalarni qitiqlamaydigan.

Yuqoridagi talablarga quyidagilar javob beradi ganlardan : doka, paxta, lignin, sellofan. Doka – (tela) p a xta iplaridan to’qiladigan mato, ikki turga bo’linadi: yog’sizlantirilgan, ya’ni oq va yog’sizlantirilmagan, ya’ni sariq. Birinchisi suyuqlikni yaxshi shimiydi, bir soat ichida 1 99,7 %. Paxta - (gossypium) paxta o’simligi tolasidan olinadi. Har bir tolasi kapillar xususiyatiga ega. Qayta ishlash usuliga qarab ikki turga bo’linadi: yog’sizlantirilgan (gigroskopik) oq paxta; yog’sizlantirilmagan sariq paxta. Gigroskopik paxtaning suyuqlikni shimishi bir soatda 287,6 % ga teng. U qon va ekssudatlarni shimish uchun ishlatiladi. Sariq paxta esa issiqlikni yaxshi saqlaydi, shuning uchun uni isituvchi kompresslar va issiq o’rash uchun ishlatiladi. Lignin – oq rangdagi g’ovak qog’oz. Suyuqlikni yaxshi shimish xususiyatiga ega, uch sutkada 650 % tashkil etadi. Sellofan – Havoni va namlikni o’tkazmaydigan sintetik material, kompress qilish uchun ishlatiladi. Yuqorida aytib o’tilgan bog’lov materiallaridan quyidagi bog’lam shakllarini tayyorlash mumkin: Kompress – to’rtburchak shaklida bukilgan doka, kattaligi 25-100 sm 2 . Salfetka – katta razmerdagi kompress. Kos ы nka – uchburchak shaklidagi doka yoki boshqa gazlama, uzunligi 180 sm, balandligi 65 sm. Palaxmon (prasha) – keng lenta shaklidagi bir parcha doka yoki materiyaning ikki uchi o’rtasiga yetkazilmay kesiladi. Tampon- to’rtburchak dokaga qo’yilgan paxtani konvert shaklida yopish. Doka turundasi – qirrasi ichkariga qaytgan uzun doka, eni 5-7 sm, yaralarni drenaj qilish uchun ishlatiladi.

Bint – valiksimon o’ralgan uzun doka yoki boshqa mato, standart bint eni 10 sm, uzunligi 7 metr. Bog’lamlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Yumshoq bog’lam (yelimli, kos ы nkali va bintli). 2. Qattiq bog’lamlar (shinali, karkas, kraxmal, gips) ya’ni ishlatiladigan materiallar bo’yicha. Bog’lamlar ko’rsatma va shakllar bo’yicha ham bo’linadi. Ular ko’rsatmalar bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: 1. Birinchi yordam bog’lam – jarohatlarni ikkilamchi shikastlanishdan va yuqumliklardan saqlaydi. 2. O’tkazmaydigan (okklyuzion) bog’lam – ko’ k rak yoki qorin bo’shlig’idagi teshik jarohatlardan havo, yuqumliklar va changni o’tkazmaslik uchun qo’llaniladi. U uch qatlamdan iborat: birinchisi emulsiyali salfetka, ikkinchisi paxta, uchinchisi o’tkazmaydigan material (sellofan). 3. Quruq shimuvchi bog’lam – uning vazifasi jarohatdan to’xtovsiz ajraladigan yara ekssudatini, yuqumliklarni va o’lik to’qimalarni shimib olishdir. U uch qatlamdan iborat: birinchisi shimuvchi qatlam – doka salfetkalari, tamponlar; ikkinchisi – qabul qiluvchi qatlam gigroskopik paxta (1sm); uchinchisi qurituvchi qatlam namlikni tashqi muhitga bug’lantiradi – siyrak doka. 4. Shimuvchi nam bog’lam – suyuqliklarni tez vaqtda shimib (sug’irib) olish uchun ishlatiladi. Birinchi qatlam tuzlarni gipertonik eritmalari bilan namlanadi (5-10 % Na CI va qand, 20 % magniy sulfat) qolgan qatlamlari yuqorida aytilganday. 5. Siquvchi bog’lam – hayvonlar gavdasining ma’lum bir qismida bir xil bosim hosil qilish uchun ishlatiladi, masalan qon to’xtatish uch u n.

6. Qimirlatmaydigan bog’lam – biror-bir organni harakatsiz holda saqlash uchun ishlatiladi. 7. Isituvchi kompress – bog’lam mahalliy haroratni ko’taradi. To’rt qatlamdan iborat: nam, o’tkazmaydigan, issiq saqlaydigan va mahkamlaydigan. Bog’lam shakliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: A) kos ы nkali bog’lamlar – hayvonlar tanasining barcha joylariga ishlatish mumkin. Ochiq yoki qatlangan holatda. B) Polaxmonsimon bog’lam – qattiq, lekin uch elastik materialdan yasaladi, organlarni o’rab turadi, oyoqlarda qo’llaniladi. V) Bintli bog’lamlar – bog’lanish shakli bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: aylanma, o’rmalovchi, spiral, burama spiral, toshbaqasimon, sakkizsimon (krestsimon). Yaxshilab to’g’ri qo’yilgan bint bog’lami quyidagi talablarga javob berishi shart: 1. Gavdaning kasal qismini yopishi; 2. Limfa, qon aylanishini buzmasligi; 3. Organ va to’qimalarning funksiyasini buzmasligi; 4. Hayvon uchun qulay bo’lishi. Bintning o’ralgan qismini o’ng qo’lda, bo’sh uchini chap qo’lda ushlab, chapdan o’ng tarafga bintlanadi. Maxsus bog’lamlar – hayvonlarning tanasidagi maxsus joylarida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo’linadi: Si m li bog’lam – o’zining tarkibida qattiq moslamadan iborat (rezina trubkasi yoki sim) asl bog’lamni qimirlatmasdan ushlash uchun ishlatiladi, bilak, boldir oblastlarida, sakrash, bmlakuzuk bo’g’inida, yag’rin oblastida. Yelimli bog’lamlar – biror - bir yelim yordamida hayvonlar gavdasining barcha joylariga teri yoki juniga berkitish mumkin. Ular boshqa