logo

OT VA ITLARNI MASHQ QILDIRISHDA QO’LLANADIGAN QURILMALAR VA OT ABZALLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.8662109375 KB
OT  VA ITLARNI   MASHQ QILDIRISHDA
QO’LLANADIGAN QURILMALAR VA OT
ABZALLARI
Reja: 1. Levada  
2.  Manej 
3.  Yo’lakcha 
4. Ippodrom 
5.  Ot abzallari  
6. Itlarni   o‘rgatishning   oliy   nerv   faoliyati   bilan
bog‘liqligi.
7. Nerv   sistemasi   va   uning   o‘rgatishdagi
ahamiyati
8. S ha rtli reflekslrni hosil bo‘lish shartlari
9. Itlarni dressirovka qilish ahamiyati 1. Levada  
Levadalar   madaniylashgan   zotli   otlarning   tarbiyasida   va   treningida   katta   va
muhim rol o’ynaydi, chunki ular yosh hayvonni erkin harakatlanishi, ochiq   havoda
xoxlagancha bo’lishini taminlaydi.
Levada   –   yaylovning   bir   chetini   to’rtburchak   shaklida   chegaralangan   joyi
bo’lib,   uni   to’sish   uchun   yog’ochdan   qurilgan   oddiy   to’siqlar   qo’llanadi.   Ayrim
hollarda to’siqlar ko’chirma bo’lishi mumkin. Levadalar otlarni  oziqlantiradigan joy
va otxona yonida qurilgan bo’lishi lozim.
Oziqlantiruvchi   levadada   ko’p   yillik   o’tlar   eqiladi,   chunki   ular   toptalishga
chidamli   bo’lib   otlar   oziqlanishiga   qulay   bo’ladi.   Oziqlantiruvchi   levada   turli
shaklda   bo’lishi   mumkin.   Kerak   paytda   uni   ko’chiradilar.   Ko’chirma   to’siqlar
kattaligi (uzunligi) 3–4   metrdan bo’lib, ular og’ir asosga biriktiriladi, shuning uchun
ularning   ustunlari   yerga   ko’milmaydi.   Levadani   zavod   ippodromining   aylanasi
ichiga qurish mumkin. Levada ichiga qo’yib yuborilgan hayvonlarga   to’liq erkinlik
berish tavsiya etiladi.
Otxona   yonida   qurilgan   levadaning   vazifasi   –   otlarni   mosion   bilan
ta’min lashdir. Bunday levadaning bir  devori otxonaga tutashgan bo’lib, unda hyech
narsa o’smaydi
Xo’jalikda   bir   nechta   levada   qurilishi   maqsadga   muvofik,   chunki   otlar
navbati   bilan   yoz   mobaynida   yangi,   xali   o’ti   bosilmagan,   to’silgan   yaylov
qismlariga o’tadi. :
2.  Manej  
Manej   –   usti   yopiq   yoki   ochik,   aylana   shaklida   bino   yoki   qurilma.   Manej
yosh   va   katta   yoshdagi   otlarni   ob–havo   yomon   bo’lgan   vaqtda   qo’llanadi.
Manejning diametri 30 metrga teng.
Yaqin paytlargacha manej otlarni trening qildirishda katta va muhim o’rinni
egallagan   edi.   Lekin   hozirgi   davrda   uning   moxiyati   pasaygan,   ayniqsa   yo’rtoqi
otlarning treningida.
Otlarni   manejda   trening   qildirishning   foydali   va   zararli   tomonlari   bor.   Bir
tomondan   manej   otlar   bilan   ishlashning   birinchi   jarayonlarini   osonlashtiradi;
manejdan   yil   buyi   foydalanish   mumkin;   ob–h avo   yomon   bo’lgan   fasllarda   otlarga
to’liq   kuch   bilan   ishlashga   imkoniyat   yaratadi.   Ikkinchi   tomondan   manej   aylanasi
bo’ylab harakatlanishlar yo’rtoqi  otlar tanasining ikki tomonini baravariga ishlashga
yo’l quymaydi  y a n i   og’irlik manej markaziga qaragan oyoqlarga tushadi.
          Otni yumaloq manejda trening qildirishning  i k k i n c h i   salbiy  xususiyati – ot
uzun   tizgin   orqali   boshqarilishida dir .   Uzun   tizgin   og’ir   bo’lib ,   ot   og’zini
shikastlaydi,   og’iz   burchaklari   sezuvchanligini   pasaytiradi   va   natijada   u   bilan
keyin chalik  ish lash da qiyinchilik yaratadi.
Uchinchi   kamchilik   –   qisqa   va   tor   joyda   aylana   bo’ylab   harakatlanish   ot
harakatlarini bog’laydi va qadamlar uzunligini qisqartiradi.
Bunday   kamchiliklarni   kamaytirish   uchun   marvin   tipdagi   manejni   qu rish
maqsadga muvofik – uning shakli uzunchoq bo’ladi.
Manej  aylanasining 1 ,8   m balandli kda   to’siqlar bilan   chegaralanadi.   Maydon
atrofdagi yer satxidan 15–20 sm balandlikka ko’tariladi.  Manej darvozalari ichkariga
ochiladi. Manej yuzasi yirik qum yoki yog’och qirindisi bilan qoplanadi.  Ishdan so’ng
manej   yuzasi   yer   tirnog’ichi   (grabli)   bilan   tekislanadi.   Ob   –   havo   quruq   paytida
chang ko’tarilmasligi uchun ustiga suv sepiladi.
3.  Yo’lakcha 
Yo’lakcha   yoki “aylana” otlarni trening qildiradigan asosiy joy  hisoblanadi.
Otchilik   xo’jaliklarida   ippodromlarning   yugurish   yo’lakchalari   oval   shaklda
quriladi.   Aylananing   uzun   qismi   1600   m,   qisqa   qismi   1067m   ga   teng.   Aylananing
eni   1067   metrdan   kam   bo’lmasligi   kerak,   chunki   otlar   tez   allyurlarda   qisqa
burumlardan   chopib   o’tishga   qiynaladi.   Yo’lakcha   yuzasida   qum   ko’p     yoki   loyli
bo’lishi   mumkin   emas,   chunki   qumlik   yerda   ot   paylariga   kata   og’irlik   tushadi,
yomg’irli kunlarda esa yo’lakcha balchiq bilan  qoplanadi.
Yo’lakcha o’lchamlari olingandan so’ng yuzasi haydaladi. Yo’lakcha kengligi
6–7   metrni   tashkil   qilishi   lozim.   Yo’lakcha   yuzasi   xaydalgandan   s o ’ n g   u   borona
bilan   ishlanadi   va   ustidan   mola   tortiladi.   Yoz   paytida   yo’lakcha   yuzasini   doim
yumshatib turish lozim. Qish faslida yo’lakchadan qor tozalanib turiladi. Otxonadan
to yo’lakchagacha yo’l alohida quriladi.
Yo’lakcha   ichidagi   maydonga   ekinlar   eqiladi,   ammo   bevosita   yo’lakcha
yonidagi joyga ekin ekilmaydi.
4. Ippodrom  
Ippodrom   har bir ot zavodida bo’lishi lozim. Ippodrom yo’lakchasining oddiy
yo’lakchadan   farqi   –   u   kaltarok   bo’ladi   –   1000   m,   aylana   ichiga   hyech   narsa
ekilmaydi,   chunki   unda   toylar   yurish   texnikasi,   burilish   qoidalari   va   boshqalarga
o’rgatiladi.
Zavod   ippodromini   qurish   uchun   birinchi   navbatda   tekis   joy   tanlanadi.
Maydon   yuzasida   notekisliklar   bo’lmasligi   lozim,   chunki   ular   toylarning   to’g’ri
harakatlanishiga   xalaqit   beradi   va   keyinchalik   zararli   reflekslar   paydo   bo’lishiga
sababchi bo’lishi mumkin.
  Ippodrom   maydoni   quruq,   qor   va   shamoldan   himoyalangan   bo’ladi.   Otxona
ippodromdan   uzoqroq  joyda   (0,3   km )   joylashishi   zarur.   Ippodrom   yo’lakchasining
yuzasi qumlik yoki balchiqli bo’lmasligi kerak. Ippodromga 8   gektar yer ajratiladi.
Yugurish  yo’lakchasining  uzunligi  1000 m, eni  15 m  ni  tashkil  qilishi  lozim. Ikki
to’g’ri   yo’nalishlar   uzunligi   340   metrdan,   ikki   burumlar   uzunligi   160   metrdan,
burilish radiusi  51 metr, yo’lakcha   en i   esa  15   metrdan kam bo’lmasligi  lozim. Aks
holda   yosh   otlarni   qarshisidan   keladigan   boshqa   otlar     hurkitish   mumkin,   boshqa
hollarda esa ular  yo’lakchadan tashqariga chikib ketadi.
Ippodrom   yo’lakchasiga   tashqaridan   istalgan   joydan   kirish   imkonstini
yaratish   lozim.   Ippodrom   yo’lakchasiga   oddiy   yo’lakchaga   nisbatan     ko’prok
ahamiyat beriladi.
5. Ot abzallari 
Qadimda odamlar  otlarni  hyech qanday abzalsiz  ishlatganlar  (don ekinlarini
yanchish, ot dumiga biror narsalarni bog’lab tortirish, egarsiz yuk   tortish va minish).
Xalq     xo’jaligi   taraqqiyoti,   madaniyatining   o’sishi,   ot   kuchidan   foydalanish   usullarini,
qishlok xo’jaligi qurollari va aravalarni, chanalar   va foytunlarni, ot abzallarini vujudga
keltirdi. Arava   anjomlari   va   otlarga   taqiladigan   moslamalar   ot   abzallari   deb   ataladi.
Abzallar   otlarni   egarlash   usullari   va   ishlatish   xarakteriga   qarab   uchta   asosiy   tipga
bo’linadi:   tortish   kuchi   orqali   bajariladigai   ishlar   uchun   va ,   salt   m i n i s h   uchun
muljallangan abzallar.  H amma abzallar ixcham,  taqilganda   ot tanasiga  yopishib turadigan,
ish   vaqtida   tanani   shikastla maydigan   va   otning   ish   qobiliyatiga   xalaqit   bermaydigan
bo’lishi   kerak.   Abzallarni   otning   katta   –   kichikligiga   qarab   tanlash   ayniqsa
muhimdir.   
Ot   abzallari   do’g’ali   va   do’g’asiz,   arava   uchun,   qishlok   xo’jaligi   ishlari
uchun,   salt   miniladigan   yakka   ot,   qo’sh   ot,   uch   ot   va   ko’p   otlarga   muljallangan
bo’lishi   mumkin.     Abzallarining   har   biri   aniq   o’lchovda,   ta’mirlash   va   esqilarini
yangilari bilan almashtirish uchun qulay bo’lishi kerak.
Otning ko’krak, yelka, qarchig’ay va orqasi abzal orqali ish bajaruvchi asosiy
organlari   hisoblanadi.   Abzal   tanlaganda   shu   organlarning   tuzilishi   va   o’lchamiga
alohida   e’tibor   berish   lozim.   Bir   ot   uchun   muljallangan   rus   do’g’ali   abzallar   –
yugan,   no’xta,   bo’yincha,   egarcha,   egarcha   qayishlari,   tizgin   (uzun   jilov)   va
do’g’adan iborat.
Yugan   –   otni boshqarish uchun xizmat qiladi. U ensa usti   ( c ha ka k) ,   pesh a na
usti,   ganash   osti   va   burun   ustidan   o’tadigan   kayishlardan   hamda   ikki   xalqali
suvliqdan   iborat.   Suvliqning   ikkala   xalqalariga   boshqarish   qayishlari   –   jilov
birikti ri ladi. Ensa usti va chakkadan o’tadigan kalta va uzun qayish lar  orqali suvliq
to’g’ri kiygiziladi. Suvliq tilni bosmasligi,  shuningdek juda erkin  b o ’ l m a s l i g i ,   og’iz
b o ’ s h l i g ’ i n i n g   tishsiz   joyida   –   til   ustida   (qirquvchi   tishlar   bilan   oziq   tishlar
oraligida) joylashishi kerak. Agar yugan kalta bo’lsa, suvliq og’iz chekkalarini yara
qiladi, uzun bo’lsa otni  boshqarishda tishlarga tegib, ularga zarar yetkazadi.
Yugan   xom   va   chayir   qayishdan,   suvliq   esa   metalldan   ikki   xil
o’lchamda   (№   1   va   №2)   tayyorlanadi.   Otni   oziqlantirish   vaqtida   yuganni   y e c h i b
qo’yish  kerak. .       
No’xta   – otni  bog’lash  yoki  bog’lab boqish  uchun xizmat  qiladi. U  qattiq va
keng qayishdan yasaladi. No’xta yuganga qaraganda mustahkam bo’ladi.
Yugan – no’xta     h am yugan, ham no’xta vazifasini o’taydi, qattiq qayishdan
yasaladi .
Bo’yincha   (xomut)   ot   abzallarining   asosiy   qismi   hisoblanadi.   U   ikkita
yog’och   qisqich,   xomutcha,   kigiz   astar,   charm   yopincha,   ustki   qismini   biriktirib
turuvchi   qayish,   tomoq   bog’   va   ikkita   qulo q bog’dan   tashkil   toptan.   Bo’yincha
mustahkam   bo’lib   ot   bo’yniga   yopishib   turishi,   ish   bajarganda   yelka   va
qarchig’ayni ortiqcha bosib yara qilmasligi  kerak. Mos ligi   bo’yincha tanlash uchun
mahsus   o’lchagich   bilan   yelkaning   kengligi   va   bo’yinning   enliligi   o’ lchanadi.   Ot
aravani   bo’yincha   orqali   tortadi.   Bo’yinchalar   har   xil   tipda:   yakka   otli,   standart
xomutlari   va   katta   –   kichik   qilinadigan   A.B.Voyeykov   konstruksiyali   bo’lishi
mumkin. Bo’yinchaning o’rtacha og’irligi 9–11 kg.
Tormoz tasma   (katta quyushqon)  – notekis yerlarda bo’yinchani normal tutib
turish   va   aravani   to’xtatish   uchun   xizmat   qiladi.   Tormoz   tasma   oldingi   tomondan
bo’yinchaga b i r i k tiri lib kolgan qismi ot gavdasi ustiga kiygiziladi.
Uzun   tizgin   –   qayishdan,   yoki   mustahkam   kanop   arqondan   yasaladi.
Tizginn ing   uchi   qayishdan   yasalgan   bo’lib   suvliqning   xalqalariga   biriktiriladi. Aravadan   turib   otni   normal   boshqarish   u c h u n   t i z g i n n i n g   uzunligi 10 metr bo’lishi
kerak. 
Do’g’a   rus anjom – abzallari qatoriga kiradi. Ot bajaradigan ishning   og’ir –
yengilligiga qarab do’g’alarning og’irligi 1,5–5 kg gacha bo’lishi mumkin.
Egarcha   – ma’lum darajada bo’yincha, do’g’a va shotini ko’tarib turish uchun
xizmat qiladi. Egarcha tik turuvchi (bukrasimon) va yassi shaklda bo’ladi.
   Bir   ot   uchun   muljallangan   do’g’asiz   abzallar   yugan,    b o ’ y i n c h a      va
postromkalar, tormoz tasma, egarcha, oraliq  va to’sh tasmasi, jilovdan iborat.   
                     Salt  minish va yuklarni ot  ustiga ortib tashish  uchun ishlatiladigan
abzallar   ichida   eng   muhimi   egar   hisoblanadi.   Egarlar   asosan   5   xil   bo’ladi:
kavaleriya, kazak (kavkaz) sport, yuk va osiyo egarlari.
Kavaleriya   egari   ikkita   chillik   va   yumshoq   charm   to’qim,   i k k i t a   q a n o t ,
uzangibog’,   o’tirgich,   ikkita   uzangi,   ikkita   ayil   tasma   va   qo’mildiriqdan   iborat.
Shuningdek,  bunday  egarlarda   4  ta  charm   sumka,  10  dona  yuk  bog’lash   tasmalari
bo’lishi kerak. Vazni 39–42 kg.
Sport   egarlari   poyga   va   ishchi   egarlariga,   maxsus   o’yinlar   va   xotin   –qizlar
minadigan egarlarga bo’linadi.   Ular kavaleriya va kazak egarlaridan yengil   ammo
katta. Cho’chqa terisidan yasaladi.
Osiyo egarlari qattiq toldan tayyorlanib, usti charm bilan qoplanadi.    Ba’zida
paylar   yopishtirib   yelimlanadi.   O’tirg’ichi   chuqur.   Uzoq   yurish,   ko’pkari   uchun
qulay.
Ot   aravalar  otlarning kuchidan rasional  foydalanishda  katta   ahamiyatga ega.
Yullardan yengil yuradigan, chidamli, g’adir – budir yerlarda ko’p   ishlatilganda tez
buzilmaydigan,   osonliq   bilan   buriladigan,   kam   silkinuvchan,   katta   xajmli   yuklarni
ortishga moslashgan aravalar eng yaxshi   aravalar hisoblanadi. Arava g’ildiragi katta
bo’lishi maqsadga muvofik.
Aravalar   tuzilishi   va   foydalanishiga   qarab   ikki   xil   bo’ladi:   yuk   aravalari   va
yengil aravalar. Ishlati li sh i   qarab bir otli,   i k k i   otli,   va ko’p otli; yurish yumshoqligi
bo’yicha   ressorsiz   va   ressorli;   yuk   ko’tarishi   bo’yicha   esa   ikki   g’ildirakli   va   to’rt
g’ildirakli bo’lishi mumkin.
O’zbekistonda   aravalar   g’ildirak   diametrining   katta   –   kichikligiga   qarab
mahalliy   tilda   " Q o’qon   arava",   "Toshkent   arava",   "Buxoro   arava"   nomlari   bilan
yuritiladi.
Sportda   musobaqalar   uchun   poyga   chanasi,   ishchi   kachalka   (aravacha),
poyga  kachalkasi va rekord kachalkasi qo’llanadi. 
Itlarni o‘rgatishning oliy nervfaoliyati bilan bog‘liqligi.
Hayvonlarning   individual   xususiyatlariga   ko‘ra,   itlarning   o‘zini   tutishi
hamda ulardagi oliy nerv faoliyatining turlari juda ham xilma-xildir.
Ayrim  itlarda shartli reflekslar  darhol  hosil  bo‘ladi, boshqalarida esa ularni
vujudga   keltirish   uchun   juda   katta   mehnat   talab   etiladi.   Bu   o‘z   navbatida
qo‘zg‘alish   va   tormozlanish   jarayonlarining   namoyon   bo‘lish   darajasi   bilan
chambarchas   bog‘liqdir.   Oliy   nerv   faoliyatining   tip   xususiyatlarini   hisobga
olmasdan   turib,   itlarni   o‘rgatish   katta   qiyinchiliklarga   olib   kelishi,   ba’zi   hollarda
esa   hayvonlarni   xizmatga   tayyorlash   jarayonini   butunlay   to‘xtatib   qo‘yishi
mumkin. I.P.   Pavlov   oliy   nerv   faoliyati   turlari   bo‘yicha   itlarni   guruhlarga   ajratish
tamoyillariga nerv sistemasining quyidagi uchta asosiy xususiyatlarini kiritgan:
1. Nerv jarayonlarining kuchlari – qo‘zg‘alish hamda tormozlanish, xususan,
differensiyalanishning paydo bo‘lish tezligi va uning doimiyligi;
2. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro tenglashish darajasi;
3.   Nerv   jarayonlarining   harakatchanligi,   ya’ni   bir   nerv   jarayonining
ikkinchisi bilan almashinish tezligidagi jadallik;
Oliy nerv faoliyati 4 ta asosiy turlarga bo‘linadi:
a) Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, nomutanosib-qiziqqon;
b) Kuchli, mutanosib, harakatchan – tez ta’sirlanuvchan;
v) Kuchli, mutanosib, bosiq-sovuqqon;
g) Zaif nerv tizimli – dilgir.
Qiziqqon   tipli   itlar   ancha   serg‘ayrat   va   serharakat   hisoblanib,   o‘rgatishga
jadal   kirishuvchan,   shartli   reflekslarni   tez   hosil   qilishda   farqlanuvchan   bo‘ladi
hamda bu kabi reflekslar ularda mustahkam saqlanib qolinib, hayvonning toliqishi
asta-sekinlik bilan ro‘y beradi.
Tormozlanish jarayoni bosh miyada qiyinchilik bilan yuzaga keladi va uning
barqaror saqlanib qolishi  qiyin kechadi, shu sababdan ham u taqiqlovchi buyruq  -
“fu!”   ni   bajarishga   hamda   bir   joyda   tik   turishga   salbiy   tarzda   aks   etadi,   masalan
“yot!”, “o‘tir!” va shu kabi boshqa buyruqlarni berganda ham itlar turgan joyidan
qo‘zg‘alib, yurib ketishi mumkin.
Kuchli qo‘zg‘aluvchan itlarda qo‘zg‘atuvchi omillarning tabaqalanishi ancha
sust,   noaniq   va   beqaror   bo‘lib,   asosan   hayvonni   engil   qidiruv   ishlari   va   umuman
qidiruv   xizmatlariga   tayyorlashda   o‘zining   salbiy   ta’sirini   namoyon   qilmasdan
qolmaydi.   Uning   asosiy   sababi   kuchli   qo‘zg‘aluvchanlik   va   tormozlanish
jarayonining   sustligi   hamda   tormozlanish   ko‘nikmasining   barqaror   bo‘lmasligi
hisoblanadi.
Qiziqqon   tipli   itlarning   beqiyos   qimmatli   sifati   jonivorlarning   ish
jarayonidagi faolligi va tez toliqmasligi bilan baholanadi.
Tez   ta’sirlanuvchan   tipli   itlar   qiziqqon   tipli   itlarning   ko‘plab   umumiy
xususiyatlariga   ega   bo‘lib,   ular   ham   o‘ta   serharakat   va   serg‘ayrat   hisoblanishadi,
bu   kabi   itlar   tabaqalanishning   aniqligi   va   pishiqligi,   ijobiy   shartli   reflekslarning
jadallik   bilan   hosil   bo‘lishi   hamda   ularning   mustahkamligi   va   doimiyligi   bilan
ajralib   turadi.   Bunday   itlar   juda   kam   hollarda   toliqadi.   Xizmat   jarayonida   ular
ishlashdan bosh tortishmaydi. Bularning hammasi itlarning bosh miya po‘stlog‘ida
ro‘y berayotgan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining nisbiy ravishda o‘zaro
tenglashishining natijasidir.
Sovuqqon   tipli   itlar   bosiqligi,   kamharakatligi   va   hatto   sustkashligi   bilan
ajralib turadi.
Itlarning   miyasidagi   qo‘zg‘olish   va   tormozlanish   jarayonlari   o‘zaro   nisbiy
tenglik   holatida   bo‘lib,   shartli   reflekslar   va   tormozlanish   ko‘nikmalarini   hosil
qilish   imkoniyatlarini   yaratadi,   mustahkam   saqlanib   qolinadi   hamda   doimiyliligi
bilan ajraladi.  Odatlantirilgan  tabaqalanishlar   shartli  reflekslarni  hosil  qilishi   kabi
bu   jarayon   ham   bir   muncha   sekinlik   bilan,   biroq   benuqson   ravishda   ro‘y   beradi.
Mutanosiblashgan,   bosiq   turdagi   itlar   it   o‘rgatuvchidan   qunt-matonat   bilan, astoydil   mehnat   qilishni   talab   etadi   va   mashq   qildirish   jarayonlarida   itoatkorlik
hamda chidamliligi bilan boshqa tiplardan farq qiladi.
Dilgir tipli itlar esa juda ko‘p hollarda ham salbiy, ham tormozlovchi shartli
reflekslarni   hosil   qildirishga   birmuncha   o‘jarlik   qilishadi.   Agarda   ular   hosil
qilingudek   bo‘lsa,   juda   sekin   ro‘y   beradi   va   barqarorligi   bilan   ajralib   turmaydi,
ya’ni   tashqi   ta’sirlar   natijasida   juda   tez   to‘xtab   (tormozlanib)   qoladi.   Bu   tipdagi
itlar   qo‘rqoqligi,   tez   toliquvchanligi   va   oliy   nerv   faoliyatining   sustligi   bilan   farq
qiladi.   Bunday   itlar   o‘rgatish   va   xizmat   ko‘rsatishga   hamma   vaqtda   ham   yaroqli
bo‘lavermaydi.
Itlarning   tur   xususiyatlarini   it   o‘rgatuvchilar   doimiy   ravishda   hisobga   olib
borishi lozim bo‘lib, u hayvonda shartli  reflekslarni hosil qilishni engillashtirishda
ancha-muncha   asqotadi.   Ayniqsa   tez   qo‘zg‘aluvchan   va   qiziqqon  itlarni   o‘rgatish
paytida   o‘rgatuvchining   o‘ta   ehtiyotkorlik   bilan   yondashishini   talab   etadi,   chunki
bu   kabi   itlarda   qo‘zg‘alish   jarayoni   tormozlanish   jarayonidan   bir   qadar   ustun
turadi.
Kuchli   nerv   qo‘zg‘aluvchanligiga   ega   bo‘lgan   itlarni   qiyin   masalalarni   hal
etishda, masalan yaqin qidiruv ishlariga o‘rgatishda nixtab turish, ya’ni bir usulni
3-5   va   undan   ham   ortiq   marotaba   bajarishga   majbur   qilish
yaramaydi.Qo‘zg‘aluvchan   tipdagi   itlar   tormozlanish   jarayonini   haddan   tashqari
zo‘riqtirib   iz,   buyum   va   boshqa   narsalarning   hidlarini   farqlash   va   toqat   qilib   bir
joyda   jim   turish   xususiyatlarini   yo‘qotadi.   Faqatgina   bosqima-bosqich   olib
boriladigan   mashq   jarayonlarigina   itlarni   chiniqtiradi   hamda   ularda   sabr   qilib
turish   va   mehnatga   layoqatlilik   xususiyatini   tarbiyalaydi,     ya’ni   tormozlanish
jarayonidan ustun bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayonini muvozanatlashtiradi.
Tez ta’sirlanuvchan tipdagi itlarni o‘rgatish jarayonida alohida yondashishni
talab   etmaydi,   faqatgina   oddiy   usullardan   murakkablariga   o‘tish   ketma-ketligiga
rioya qilinsa bas, ya’ni itlarning nerv sistemasini  zo‘riqtirmaslik va shuning bilan
birga ish jarayonida ro‘y beradigan uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Sovuqqon   itlarni   o‘rgatish   jarayonida   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   bunda   it
o‘rgatuvchisi   mazkur   itlarning   individual   xususiyatlarini   ya’ni     nerv
jarayonlarining  harakatsizligini  inobatga  olib buyruqlarni  tez-tez  almashtirmasligi
lozim.
YUqorida   bayon   etilganlardan   kelib   chiqqan   holda   it   o‘rgatuvchilari   itlarni
o‘rgatish   uslubini   hayvonlarning   individual   xususiyatlariga   bog‘lagan   holda,
o‘rgatish   jarayonida   vazminlik   va   sabr-bardoshni   saqlashlari   lozim,   ulardan
asabiylashmaslik,   itlarga   baqirib-chaqirish,   do‘q-po‘pisa   qilishga   va   umuman
itlarga   dag‘al   munosabatlarda   bo‘lishga   yo‘l   qo‘ymaslik   talab   etiladi.   It
o‘rgatuvchisi   hayvonni   o‘rgatish   jarayonida   chaqqon,   serg‘ayrat   va   kuzatuvchan
bo‘lishi   hamda   o‘rgatilayotgan   itlarning   kayfiyatini   izchil   nazorat   qilib   borishi
lozim. Bularning barchasi it o‘rgatuvchilarga o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni tez va
sifatli bajarishida qo‘l keladi.
2. Nerv sistemasi va uning o‘rgatishdagi ahamiyati
Itlarda   og‘ziga   go‘sht   solish   bilan   og‘iz   bo‘shlig‘ida   refleksli   so‘lak   va
boshqa   hazm   qiluvchi   suyuqliklar   ajrala   boshlaydi.   Birdaniga   yoqilgan   yorug‘
chiroq   ko‘zni   yumishga   majburlaydi.   Bu   reflekslar   hayvonlarda   tug‘ma   bo‘ladi yoki   bu   reflekslar   shartsiz   reflekslar   deyiladi,   chunki   bu   refleks   sodir   bo‘lishi
uchun hech qanday qo‘shimcha shartlar keragi yo‘q.
SHartsiz   reflekslar   tashqi   muhit   va   organizmning   ichidagi   qo‘zg‘atuvchilar
(ochlik, chanqoq, jinsiy aloqa va h.k.) ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Paydo   bo‘lishiga   qarab   ular   oddiy   va   murakkab   shartsiz   reflekslarga
bo‘linadi.  Oddiy to‘g‘ri  reaksiyalarga  ko‘z qorachig‘ining qisqarishi,  aks  etish  va
hokazolar   kiradi.   Murakkab   tug‘ma   shartsiz   reflekslar   ichiga   ko‘pgina   mayda
oddiy   tug‘ma   shartsiz   reflekslar   kiradi.   Masalan,   butun   organizmning
harakatlanishi   (itning   yugurishi).   SHuning   uchun   shartsiz   reflekslarning   oddiy   va
murakkablarga bo‘linishi nisbiy hisoblanadi.
Hayvonlarning xulqi va hayoti ko‘pgina oziq-ovqat, himoyalanish va boshqa
shartsiz reflekslar bilan belgilanadi.
Tug‘ma reflekslar bilan belgilangan hayvonlarning xulqi instinktiv deyiladi.
Instinkt   (tug‘ma   his)   –   bu   murakkab   shartsiz   refleks   bo‘lib,   hamma
instinktlar   ovqat,   havo   olish,   himoyalanish,   naslini   tarbiyalashga   qaratilgan.
Bularning   hammasi   doimiylik   maqsadga   muvofiqlik   bilan   ta’riflanadi.     Lekin
o‘rgatishda   o‘ziga   xos   individual   tomonlari   ham   bor.   Bitta   ota-onadan   tug‘ilgan,
bitta egadan tarbiya olgan xizmat (yoki ovchi) itlar biri oson, biri qiyin o‘rgatiladi.
SHartsiz   reflekslar,   shu   jumladan   instinktlar   organizmning   o‘zgarmas
shartlarga   moslashishini   ta’minlaydi.   Lekin   faqat   shartsiz   reflekslar   hayvonlarni
murakkab   va   o‘zgaruvchan   sharoitlarda   yashashini   ta’minlay   olmaydi.   Bunday
sharoitlarda muhit munosabati shartli reflekslar bilan amalga oshiriladi.
Instinktlar   ikkita   guruhga   bo‘linadi:   hayvonning   umrini   asrab   qoladigan
instinktlar (oziqlanish, himoyalanish, aniqlash) va o‘zini nasl turini asrash (jinsi va
ota-onalik).
Instinktlar   nasldan-naslga   o‘tadi,   lekin   ularning   yuzaga   chiqarilishining
shakli, darajasi va muhitning tashqi ta’siri hamda organizmining fiziologik holatiga
bog‘liq. Demak, odatlanish instinktlariga sezilarli o‘zgarishlar kiritadi.
SHartli   reflekslarni   ishlab   chiqarish   usulidan   foydalanib   instinktlarni
“to‘g‘rilash”   mumkin.   Eski   instinktlar   yo‘qolishi   va   yangi   instinktlar   rivojlanishi
hayotning   yangi   shartlari   bilan   yaqin   bog‘langan   yoki   inson   tomonidan   itga
qo‘yilgan yangi talablar bilan bog‘langan.
SHartli  refleks –   hayvon organizmining shartli qo‘zg‘atuvchining ta’siriga
javob reaksiyasi.
Qachon it o‘zini egasiga o‘rgansa shunda  egasini boshqa odamlardan ajratib
oladi.   SHunga   o‘xshab   it   birorta   buyruqni   bajarishi   uchun   oldindan   o‘rganishi
kerak.
SHartli   refleks   jiddiy   shaxsiy   va   doimiy   emas,   ular   sharoit   o‘zgarganda
yo‘qolib   ketadi.   Agarda   it   bilan   doim   amaliy   mashg‘ulotlar   o‘tilmasa,   ishlab
chiqarilgan shartli reflekslar yo‘qolib ketadi.
SHartli reflekslar shartsiz reflekslar bazasida hosil bo‘ladi va itning xulqiga
katta   ta’sir   etadi.   SHunday   qilib,   shartsiz   va   shartli   reflekslarning   yig‘indisi
itlarning hamma murakkab xulqiga sabab bo‘ladi.
SHartli   reflekslar   itlarni   tashqi   muhit   bilan   muloqotda   bo‘lganda   tug‘iladi.
SHartli   reflekslar   faqat   belgilangan   sharoitlarda   shaxsiy   reflekslar   bazasida   hosil bo‘ladi   va   o‘sha   belgilangan   sharoitlar   o‘zgarsa   shartli   reflekslar   yo‘qolib   ketadi,
bu yo‘qolish organizmni hayot sharoitiga yaxshiroq moslashishga imkon beradi.
Belgili   ta’sirlar   bilan   inson   itda   xoxlagan   shartli   refleks   ishlab   chiqarishi
mumkin   va   shu   reflekslar   bilan   odam   itning   xulqini   boshqaradi   va   xizmat
maqsadlarida ishlatadi.
Bu   shunday   amalga   oshiriladi:   buyruqni     va   qo‘zg‘atuvchini   birga   olib
borish kerak, shunda itda shartsiz refleks paydo bo‘ladi. Masalan, o‘rgatuvchi itni
ushlab “o‘tir” deb, bir vaqtda itning o‘zida tasmasidan ushlab,  orqaga tortib, chap
qo‘li   bilan   itni   beliga   o‘tadigan   joyga   bosib   turishi   kerak.   Bu   itni   o‘tirishga
majburlaydi.
It   tasmasini   qo‘pol   tortish   –   bu   shartsiz   qo‘zg‘atuvchi.   SHu   harakat
davomida itda shartsiz refleks paydo bo‘ladi va it o‘tiradi. Bir necha kun davomida
shu tartibda ish yuritilsa, it “o‘tir” degan buyruqga bo‘ysunadi. 
Bu   ko‘nikmaga   shartli   refleksni   tezroq   ishlab   chiqarish   uchun   it   bo‘ysunib
o‘tirgandan   so‘ng   unga   rag‘batlantirish   tariqasida   ozuqa   berish   kerak   (bir   bo‘lak
go‘sht,   non   va   hokazo).   SHu     usulda   har   xil   buyruqlarga   shartli   refleks   ishlab
chiqariladi.
SHartli   reflekslar,   nafaqat   alohida   qo‘zg‘atuvchilar   bilan   ishlab   chiqariladi,
balki qo‘zg‘atuvchilar to‘plami bilan shartli refleksni ishlab chiqarish mumkin.
O‘rgatuvchi -  bu     qo‘zg‘atuvchilar yig‘indisi. Mashg‘ulotlar davomida turli
xil   qo‘zg‘atuvchilar   bilan   ta’sir   qilinadi:   faqat   o‘ziga   xos   individual   hid,   ovoz
(buyruq, o‘q ovozi va h.k.), ishora harakati (tasmani tortish, beliga bosish va h.k.),
ozuqa (non, go‘sht) va h.k.
3. SHartli reflekslrni hosil bo‘lish shartlari
SHartli  refleksning  hosil  bo‘lishi  uchun ikkita qo‘zg‘atuvchi tanlab olinadi.
Biri shartli sifatida, ikkinchisi shartsiz sifatida. Bu ikkala qo‘zg‘atuvchi bir vaqtda
itga   ta’sir   qilinishi   kerak,   shunda   shartli   refleks   ishlab   chiqariladi,   masalan,
“YOnimga”   buyrug‘i   berilib,   1-2   sekunddan   keyin   shartsiz   qo‘zg‘atuvchi   bilan
ta’sir etish kerak, ya’ni itning bo‘ynidagi tasmani o‘rta me’yorda tortish kerak.
Boshida   “yonimga”   tovush   buyrug‘iga   it   quloq   solib,   mo‘ljallash   refleksi
paydo   bo‘ladi.   Bir   necha   marta   “yonimga”   degan   so‘z   bilan   itning   bo‘ynidagi   ip
tortilsa   mo‘ljallash   refleksi   yo‘qoladi   va   shu   buyruqdan   keyin   itda   o‘rgatuvchi
yonida harakatlanish refleksi tug‘iladi.
Refleks –   bu organizmning shartli va shartsiz qo‘zg‘atuvchilarning ta’siriga
javob reaksiyasidir.
SHartli qo‘zg‘atuvchilar etarli darajada kuchli bo‘lishi kerak. Kuchsiz shartli
qo‘zg‘atuvchilarga   reflekslar     sekin   ishlab   chiqariladi   va   reaksiya   bo‘sh,   kuchsiz
bo‘ladi.   SHuning   uchun   it   o‘rgatilayotganda   (dressirovka)   buyruqlar   etarlicha
kuchsiz va aniq bo‘lishi kerak. SHunda shartli reflekslar paydo bo‘ladi va it ularni
g‘ayrat bilan bajaradi.
SHartli   qo‘zg‘atuvchilar   haddan   tashqari   ko‘p   bo‘lmasligi   kerak,   bu   asabi
yomon   itlarda   shartli   reflekslarni   ishlab   chiqarilishini   kechiktirishi   mumkin,
alohida hollarda umuman refleks tug‘ilmasligi mumkin.
SHartsiz refleks asosida ishlab chiqarilgan shartli reflekslarni paydo bo‘lish
shartlaridan   biri   bu   asab   markazini   qo‘zg‘atilish   darajasi   hisoblanadi.   Masalan, chala   och   holatdagi   itda   oziq-ovqat   asab   markazi   qo‘zg‘atilgan,   shuning   uchun
shartli reflekslarni ovqat berish (bir bo‘lak go‘sht) bilan mahkamlansa, refleks tez
ishlab chiqariladi.
SHartli   reflekslarni   hosil   bo‘lishiga   atrof-muhit   sharoiti   katta   ta’sir   qiladi.
Juda   katta   miqdorda   tashqi   qo‘zg‘atuvchilar,   masalan   ko‘p   odamlarning
harakatlanishi,   hayvonlar,   transport,   har   xil   tovushlar,   signallar   va   boshqalar
kerakli   shartli   reflekslarni   ishlab   chiqarishni   qiyinlashtiradi.   CHunki   tashqi
qo‘zg‘atuvchilar itni chalg‘itadi, itning miyasi boshqa narsalar bilan band bo‘ladi.
Itni   o‘rgatishni   kuchli   tashqi   qo‘zg‘atuvchilar   yo‘q   joyda   boshlash   kerak.
Hatto   o‘rgatuvchilar   ham   bir-biridan   ancha   uzoqda   bo‘lishi   kerak.   Keyinchalik
shartli   reflekslar   ishlab   chiqarilgandan   keyin   atrof-muhit   sharoitini   sekin-asta
murakkablashtirish   kerak   va   shu   darajagacha   sharoitni   og‘irlashtirish   kerakki,   it
bemalol har qaysi og‘ir vaziyatda buyruqni bajara oladigan bo‘lishi kerak.
Itni   o‘rgatishda   organizmning   ichki   muhitini   hisobga   olish   kerak.
O‘rgatishdan   oldin   itni   biroz   aylantirish   kerak,   quvug‘ini   va   katta   ichagini
bo‘shatib olish kerak. Mabodo it kasal bo‘lsa mashg‘ulotni to‘xtatish lozim.
Itni   o‘rgatishdan   oldin   ob-havoga   e’tibor   berish   kerak.   CHunki   havoning
harorati   baland   yoki   pastligi,   qattiq   shamol,   yomg‘ir,   qor   va   boshqalar   it
o‘rgatishda salbiy ta’sir qiladi.
4. Tabiiy va sun’iy shartli reflekslar
YAxshi   mahkamlangan   shartli   reflekslarni   odat   yoki   tajriba   deb   aytsa   ham
bo‘ladi.   Hamma   hayvonlar   atrof-muhitga   qarab   o‘zlarining   odatlarini   yoki
tajribasini ishlatishadi. Hayot sharoitlari o‘zgarishi bilan odatlari ham o‘zgaradi, bu
tashqi muhitga yaxshiroq moslashishga imkon yaratadi.
Ovqatga,   ovqat   hidiga   bo‘lgan   refleks   bu   tabiiy   refleks     hisoblanadi.   Bu
bilan   shartli   qo‘zg‘atuvchilar   tabiiy   shaklda   shartsiz   qo‘zg‘atuvchilar   bilan
bog‘langan   deb   aytish   mumkin.   Bunday   reflekslar   juda   tez   rivojlanadi   va   uzoq
saqlanadi.
Tovushli   (buyruq,   qo‘ng‘iroq),   ko‘rish   qobiliyatiga   tegishli   (ishora,
lampochka   nuri),   hidli   va   boshqalar   orqali   ishlab   chiqarilgan   shartli   reflekslar
sun’iy hisoblanadi. 
Bunda   shartli   qo‘zg‘atuvchi   shartsiz   qo‘zg‘atuvchiga   to‘g‘ri   munosabatda
emas,   faqat  ular  bilan  bir   vaqtda  sodir   bo‘ladi.  Oddiy  o‘rgatish  orqali   it  hayotida
bunday sun’iy shartli  reflekslar  ko‘payib ketadi. Lekin bu sun’iy reflekslar  ancha
qiyinchiliklar   bilan   paydo   bo‘ladi   va     tabiiy   refleklarga   o‘xshab   u   darajada
mustahkam bo‘lmaydi.
Agar shartli  qo‘zg‘atuvchi 1-2 sekunddan keyin shartsiz qo‘zg‘atuvchi bilan
mahkamlansa   unda   to‘g‘ri   mos   keladigan   shartli   refleks   paydo   bo‘ladi.   SHunda
sharti qo‘zg‘atuvchi harakatlanishi natijasida shartli keskinlik bilan teskari harakat
paydo   bo‘ladi.   Itlarni   o‘rgatishda   ularda   har   xil   to‘g‘ri   mos   keladigan   shartli
reflekslar ishlab chiqarishga harakat qilinadi.
Masalan   “O‘tir”   degan   buyruqni   it   eshitishi   bilan   o‘tiradi.   Uzoq   (5
minutgacha) bo‘lgan shartli qo‘zg‘atuvchining ta’siri va uni shartsiz qo‘zg‘atuvchi
bilan   kechroq   mahkamlansa,   itda   biroz   kechiktirilgan   shartli   refleks   ishlab
chiqariladi.   O‘rgatish   jarayonida   biroz   kechiktirilgan   shartli   refleks   birinchi buyruqni   emas,   balki   keyingi   buyruqni   ko‘p   marotaba   qaytarib,   keyin   shartsiz
qo‘zg‘atuvchi bilan mahkamlash uchun ishlab chiqarilgan. Masalan “O‘tir” degan
buyruqni   uch   marta   qaytarilgandan   keyin   shartsiz   qo‘zg‘atuvchi   bilan
mahkamlanadi.
Ma’lumki,   shartli   refleks   shartsiz   refleks   asosida   ishlab   chiqariladi.   Lekin
oldin ishlab chiqarilgan shartli refleks asosida yangi shartli refleks ishlab chiqarilsa
bo‘ladi.   Bu   reflekslar   oliy   darajadagi   reflekslar   deb   ataladi   (birinchi,   ikkinchi,
uchinchi). Ularni ishlab chiqarish juda qiyin va ular tez yo‘qoladi.
Buning   uchun   boshida   “o‘tir”   degan   buyruqga   shartli   refleks   yaratiladi.
Keyin   “o‘tir”   degan   buyruqning   asosida   o‘tirish   refleksi   ishoraga   o‘rgatiladi.
Bunda   qo‘l   bilan   ishora   qilinadi   (ko‘rish   qobiliyatiga   tegishli   shartli
qo‘zg‘atuvchini keltiruvchi harakatlar) va “o‘tir” degan buyruq bilan tasdiqlanadi.
Agarda “o‘tir” degan ishora, og‘zaki buyruq bilan “o‘tir” deb va o‘rgatuvchi itning
bo‘ynidagi   tasmani   tortsa   yoki   itga   ozuqa   berilsa,   bunda     shartsiz   qo‘zg‘atuvchi
qo‘llanilgan   bo‘lib   hisoblanadi,   shu   paytda   qo‘l   ishorasiga   shartli   refleks   ishlab
chiqarilgan   bo‘lib,   bu   refleks   ikkinchi   emas,   balki   birinchi   toifali   refleks
hisoblanadi.
5. Ijobiy va tormozli shartli reflekslar.
Har   xil   qo‘zg‘atuvchilar   ta’sirida   asab   markazini   qo‘zg‘atish   yoki
tormozlanish   jarayoni   paydo   bo‘ladi.   Qo‘zg‘alish   jarayoni   itlarning   ushbu
harakatiga  asos  bo‘ladi.  Tormozlanish  jarayoni  esa   teskarisiga,   o‘sha   harakatlarni
to‘xtatadi. Tormozlanish jarayoni asosida shartli tormozlanish (manfiy) reflekslari
ishlab   chiqariladi   (“Fu”   buyrug‘iga   shartli   refleks   ishlab   chiqarish   va   boshqalar).
Tormozlanish   asosida   boshqa   shartli   reflekslar   ishlanadi,   ulardan   biri   har   xil
usullarni   tuzishda   chidamlilik,   bardoshlik   bilan   bog‘langan   shartli   reflekslar
(“o‘tkazish”,  “yotqizish”,  “turg‘izish”  va boshqalar)dir. Tormozlanish  asosida  har
xil usullar ishlab chiqariladi, bu   usullardan biri hidlarni ajratish (differensirovka-
kiyimlarni ajratish, kiyimga asosan odamni ajratish).
SHartli   reflekslarning   asosida   yotgan   qo‘zg‘alish   jarayoni   ijobiy   shartli
reflekslar  hisoblanadi.
O‘rganish davomida har bir ishlangan tajribada bir necha ijobiy va tormozli
reflekslar   birga   qo‘shilib   keladi.   Bu   qo‘shilish   itdagi   murakkab   harakati   shaklida
paydo   bo‘ladi   va   u   ko‘nikma   deyiladi.   Masalan,   o‘rgatuvchi   “oldimga”   deb
buyruq berganda itda bir necha refleks paydo bo‘ladi. Birinchidan eng qiyin refleks
ishga   tushadi,   bunda   it   o‘rgatuvchining   oldiga   yaqinlashadi,   keyin   it
o‘rgatuvchining   oldiga   o‘tiradi   va   nihoyat   shartli   refleks   paydo   bo‘ladi,   bunda   it
o‘tirgan holatni ushlab turadi.
Birin-ketin   o‘zaro   bog‘langan   shartli   reflekslar   tajribaga   kiradi.   Qancha
tajriba mustahkam bo‘lsa shuncha it o‘z vazifalarini aniq bajaradi. Tajriba ijobiy va
salbiy bo‘lishi mumkin. Masalan it o‘rgatuvchi ishida xato qilib, har bir darsda har
xil buyruqlarni belgili ketma-ketlikda talab qilganda itda salbiy tajriba rivojlanadi.
Keyinchalik   it   birinchi   buyruqni   eshitgandan   keyin   uni   tajribali   bajaradi.   Qolgan
tajribalarini buyruqsiz ketma-ket bajaradi.
SHuning   uchun   it   o‘rgatilganda   buyruqlarni   ketma-ket   emas,   balki
aralashtirib berish kerak. Tajribani   bajarishdan   oldin   amalda,   masalan,   lanj,   kam   qo‘zg‘aladigan   itni
1-2   minutga   o‘tqizib   qo‘yish   kerak,   keyin   “hidla”   deb   buyruq   berish   tavsiya
qilinadi.   It   qizg‘in   ravishda   ishlaydi,   chunki   oxirgi   buyruqni   miya   baland
qo‘zg‘algan   holatida   bajaradi.     SHunday   qilib,   miyada   ikkita   jarayon   kechadi:
qo‘zg‘alish   va   tormozlanish.   Ular   bir-biriga   o‘tadi,   bu   ikkita   jarayon   doimiy
harakatda bo‘lib, hayvonning oliy asab faoliyatiga shart qo‘yiladi.
Itlarni dressirovka qilish ahamiyati
It   o‘rgatish   va   xizmat   itlarining   ishi   atrof-muhit   sharoitlaridan   ajralmas   holda
o‘tadi.
Xizmat   itlari   ishlaydigan   sharoit   doim   o‘zgaradi   va   doim   itlarga   har   xil   tashqi
qo‘zg‘atuvchilar bilan ta’sir etadi va bu ta’sir itning xulqini o‘zgartiradi.
SHu   bilan   birgalikda   organizm     hujayralarida,   organlarida   va   umuman
organizmda   o‘tayotgan   fiziko-kimyoviy   jarayonlar   butun   organizm   holatini
funksional o‘zgaruvchanligiga sabab bo‘ladi va shu bilan itning xulqiga ham ta’sir
etadi.   Lekin,   bu   tashqi   va   ichki   o‘zgarishlar   noma’qul   og‘irlashuvchi   omillar   va
itlarning   ishini   qiyinlashtiruvchi   omillar   deyish   shart   emas.   Teskarisiga,   it
o‘rgatishda   yordam   beruvchi,   itlarning   ishini   engillashtiruvchi   faktorlar   ham   bor.
SHuning   uchun   qaysi   sharoitlar   qiyinlashtiradi   va   qaysilari   itlarning   ishini
engilashtirishini bilish kerak. 
1. Ustunlik qiluvchi reaksiyalarning tavsifi.
Itlarning individual xususiyatlari ularda u yoki bu ustunliklarga ega bo‘lgan
reaksiyalarni hosil qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Ustunlik   qiluvchi   reaksiyalar   deganda,   itlarga   u   yoki   bu
qo‘zg‘atuvchilarning   ta’sir   qilishida   hayvonning   aniq   namoyon   bo‘lgan   hamda
uning javob hatti-harakatlaridagi ustunliklar tushuniladi.
Katta yoshli itlarda ustunlik qiluvchi reaksiyalarning   5 ta asosiy shakllarini
qayd etilishi qabul qilingan:
1. Faol shakldagi himoyalanuvchi;
2. Sust shakldagi himoyalanuvchi;
3. Ozuqaviy;
4. Mo‘ljal oluvchi;
5. Jinsiy - uning ustunlik qilishi qanjiqlarda kuyikish davrida, ko‘ppaklarda
esa yaqin orada kuyikayotgan qanjiq bo‘lgan paytlarda ro‘y beradi.
Itlarning   individual   xususiyatlaridan   tashqari   ustunlik   qilish   reaksiyasini
hosil   qilishda   hayvon   parvarish   qilinayotgan   shart-sharoitlar   katta   ahamiyat   kasb
etadi.   Masalan,   it   bolalari   do‘q   urish   va   tepkilash   (xo‘rlash)   sharoitlarida
tarbiyalansa,   ularda   sust   shakllanuvchi   himoyalanuvchi   reaksiya   hosil   qilinadi.
Agarda tarbiyalash sharoitlari o‘zgartirilmasa, it bolalariga singdirilgan qo‘rqoqlik
hissi   bir   umrga   saqlanib   qoladi.   SHaroitlarning   o‘zgartirilishi   bilan     ustunlik
qiluvchi reaksiyalar xususiyatlari ham o‘zgarishi mumkin.
Itlardagi   ustunlik   qiluvchi   reaksiyalar   xarakterini   bilgan   holda   it
o‘rgatuvchisining     jonivorlarda   u   yoki   bu   shartli   reflekslarni   hosil   qilishi   oson
kechadi.   Itlardagi   ustunlik   qiluvchi   reaksiyasi   tavsifini   aniqlashning   ko‘plab
usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan usul quyidagi: it o‘rgatuvchisi  maxsus xizmat
bo‘limi boshlig‘i bilan sinash vaqti (eng qulayi ertalab) va joyini belgilaydi hamda ikkita   yordamchi   tayinlaydi.Tegishli   yo‘riqnoma   berilganidan   keyin   maxsus
xizmat   bo‘limi   boshlig‘i   o‘z   yordamchilari   bilan   birgalikda   belgilangan   tadqiqot
sinash? o‘tkazish joyiga boradi va biror pana erga (pichan g‘arami, tig‘iz butalar,
tepalik   va   boshqalar   ortiga)   yashirinib   oladi.   10-12   daqiqalardan   keyin   it
o‘rgatuvchisi   o‘rgatilayotgan   it   bilan   keladi   va   hayvonni   daraxt   yoki   erga
ko‘milgan   to‘singa   bog‘lab   qo‘yadi   hamda   it   yoniga   ovqat   solingan   idishni
qoldirib, o‘zi pana joyga borib yashirinadi.
It   o‘zini   yangi   joyga   moslashib,   ovqat   eyishga   kirishgan   paytda
yordamchilardan   biri   pana   joydan   chiqadi   va   itga   4-6   metr   yaqin   bo‘lgan   joydan
o‘tib,   ikkinchi   bir   pana   joyga   borib   turadi.   So‘ng   qo‘liga   xivich   ushlab   olgan
ikkinchi   yordamchi   pana   joydan   chiqib   keladi   va   itga   faol   hujum   qilib,   ovqat
solingan   idishni   tortib   olish   harakatiga   tushadi.   Bu   kabi   urinishlarni   ikki-uch
marotaba qaytargan yordamchi pana joyga borib turadi. 
Bu   tadqiqot   natijasida   ustunlik   qilish   reaksiyasining   quyidagi   asosiy
belgilarni aniqlsh mumkin:
1. It o‘rgatuvchisining pana joyga yashirinishidan so‘ng it o‘zi uchun begona
bo‘lgan   yangi   joy   sharoitiga   tez   moslashib,   ovqat   eyishga   kirishadi.   Birinchi
yordamchining   it   yonidan   o‘tishini   faol   ravishda   vovillash   bilan   kuzatib   qoladi.
Ikkinchi   yordamchining   hamla   qilishiga   javoban   it   ham   faol   hujumga   o‘tadi   va
darg‘azab holda vovillaydi. Bu – faol shakldagi himoyalanish reaksiyasidir.
SHunday   holatlar   ham   bo‘lishi   mumkinki,   ikkinchi   yordamchi   itga   hamla
qilganda,   hayvon   unga   darg‘azab   vovillab   tashlanishi   va   bir   vaqtning   o‘zida
ovqatni    o‘qtin-o‘qtin og‘ziga olishi  va   eyishi  mumkin. Bu esa  – ozuqaviy bilan
birgalikda kelgan faol himoyalanish reaksiyasi.
2.   It   o‘rgatuvchisi   pana   joyga   ketishi   bilan   it   atrofga   hadiksiragan   holda
nazar tashlay boshlaydi va o‘qtin-o‘qtin uvlab, ovqatdan tanovvul qiladi. Birinchi
yordamchining o‘tishi bilan it ovqatlanishdan to‘xtab, hadik aralash tevarak atrofga
qaraydi.   Ikkinchi   yordamchi   yaqinlashganda   esa,   o‘zini   yon   tomonga   tashlab,
dumini   oyoqlari   orasiga   qisgan   holda   juftakni   rostlab   qolish   harakatiga   tushadi.
Ikkinchi   yordamchi   uzoqlasha   boshlasada,   it   yon   atrofga   qo‘rqinch   aralash   nazar
tashlashda davom etadi. Bu – sust shakldagi himoyalanish reaksiyasi.
3.   O‘rgatuvchining   uzoqlashishi   hamon   hayvon   tezkorlik   bilan   idishga
yaqinlashib,   ovqatni   qizg‘anish   aralash   eyishga   tushadi.   Birinchi   yordamchining
yaqinlishishi bilan ovqatlanish sur’ati tezlashib, yonidan o‘tguvchini nigohi orqali
kuzatib qoladi. Ikkinchi yordamchining hamlaga javoban it keskin irillab, idishdan
ajralmagan   holda   ovqatlanishda   qizg‘in   davom   etadi.   YOrdamchi   idishni   tortib
olishga   harakat   qilganda   esa   it   darg‘azab   irillab   panjalari   bilan   ovqat   solingan
idishni   hamla   qiluvchidan   uzoqlashtirishga   kirishadi.   Ikkinchi   yordamchining
qorasi   o‘chishi   bilan   it   ovqatlanishda   davom   etadi.   Bu   –   ozuqaviy   reaksiyaning
ustunlik belgisidir.
Itlarni   o‘rgatishda   hamda   qorovullik,   soqchilik,   qo‘riqchilik,   cho‘ponlik   va
qidiruv   xizmatlarini   o‘tashi   uchun   eng   yaxshi   it   sifatida   faol   shakldagi
himoyalanish   reaksiyasiga   ega   bo‘lgan,   ya’ni   vazmin   va   badjahl   itlar
hisoblanishadi. Ozuqaviy reaksiya belgilariga ega bo‘lgan itlarni o‘rgatish jarayonida oziq-
ovqatlar   bilan   ta’sir   etib,   shartli   reflekslarni   osonlik   bilan   shakllantirish   mumkin.
Ammo   bu   kabi   itlarda   erdan   yoki   begona   kimsalarning   qo‘lidan   ozuqa   olishdan
o‘zini tiyish usulini o‘rgatish juda mushkul bo‘ladi.
Sust   himoyalanish   reaksiyasiga   ega   bo‘lgan   itlar   o‘ziga   alohida   individual
yondashishni talab etadi. O‘zida sust himoyalanish reaksiyasini namoyon qiladigan
itlarni   zaif   tipli   nerv   faoliyatiga   ajratish   qabul   qilingan.   Bunday   itlarni
o‘rgatishning   ilojisi   bo‘lmasdan   ular   ayrim   xizmat   turlarini   o‘tash   uchun
yaramaydi   deb   hisoblanadi.   Ammo   akademik   I.P.   Pavlov   bu   kabi   qarashlarning
noto‘g‘ri ekanligini laboratoriya usulida isbot qilgan.
Akademik   I.P.   Pavlov   nomidagi   Evolyusion   fiziologiya   va   patologiya
institutida   o‘tkazilgan   tadqiqotlar   quyidagi   natijalarni   bergan:   35   nafar   sust
himoyalanish reaksiyasiga ega bo‘lgan itlarning 16 tasi zaif tiplilarga, 19 nafari esa
kuchli   tipga   mansub   ekanligi     ma’lum   bo‘lgan.   Binobarin,   sust   himoyalanish
reaksiyasi,   biroq   kuchli   nerv   sistemasiga   ega   bo‘lgan   itlardan,   ularga     mashq
vaqtida     to‘g‘ri   yondoshilganda   yaxshigina   xizmat   itlarini   tarbiyalash   mumkin
bo‘ladi.   Bunday   itlarda   nafaqat   umumiy-intizomiy,   davriy   buyruqlarga   shartli
reflekslarni   hosil   qilish,   balki   mashq   qildirish   yo‘li   bilan   oliy   nerv   faoliyati
negizida   yotgan   nerv   sistemasining   asosiy   jarayonlarini   va   hayvonning   tipologik
xususiyatlarini yaxshilash nazarda tutiladi. 
2 . It  o‘rgatuvchining roli va uning hatolari.
Xizmat   turlarining   ko‘p   qirraligi   (qorovullik,   soqchilik,   qidiruv,   sanitar   va
boshq.) itlardan salomatlik va munosib tayyorgarlikni talab etadi. Bundan tashqari,
it o‘rgatuvchisi bergan og‘zaki buyruqlar va o‘rgatish usullarining to‘g‘ri tuzilishi,
tip xususiyatlarining ahamiyatlari va boshqalarga qattiq rioya qilish lozim.
It   o‘rgatuvchilar   tomonidan   yo‘l   qo‘yiladigan   xato   va   nuqsonlar   nafaqat
o‘rgatilayotgan   itlarning   xizmat   ko‘rsatish   sifatini   pasaytiradi,   balki   uni   butunlay
izdan chiqarishi ham mumkin.
Amaliyotda o‘rgatuvchi tomonidan tez-tez yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlar:
1.   It   o‘rgatuvchining   “o‘tir!”   degan   buyrug‘ini   it   bajarishdan   bosh   tortishi
mumkin   qachonki,   shartli   qo‘zg‘atuvchi   (ovoz   bilan   beriladigan   buyruq,   test)   ga
nisbatan   shartsiz   qo‘zg‘atuvchi,   ya’ni   o‘tirish   vaqtida   itning   belidan   qo‘l   bilan
pastga bosish harakati oldinroq yuz bersa va shu kabilar.
2.   O‘rgatilayotgan   itlarda   u   yoki   bu   usulni   ko‘p   marotaba   va   uzluksiz
takrorlash.
3.   Agarda   itga   bajarish   mumkin   bo‘lmagan   talablar   qo‘yilsa,   hayvon   ish
jarayonidan butunlay bosh tortadi.
4. Majburiy va taqiqlovchi talablarni noto‘g‘ri qo‘llanganda itlar sustkash va
kamharakat bo‘lib qoladi.
5.   Itlarning   tip   xususiyatlarini   hisobga   olmagan   holda,   it   o‘rgatuvchisi
hayvonni majburlash va taqiqlash jarayonida it tizginidan kuchli tortish, siltash va
boshqa   qo‘zg‘atuvchilarni   qo‘llashi   natijasida   jonivorda   qo‘rqoqlik   hissi
o‘yg‘onadi yoki u ish jarayonidan butunlay bosh tortadi. 6.  Ovoz   va   ko‘rish   qo‘zg‘atuvchilari   (ovoz   chiqarib   va   qo‘l   bilan   ko‘rsatib
beriladigan   buyruqlar)ning   bir   xilligi   buzilganligi   va   buyruq   berish   jarayoni   aniq
ijro etilmaganligi hayvon tomonidan buyruqning bajarilmasligiga olib kelinadi.
7.   Itning   jismoniy   imkoniyatlari   va   salomatligini   hisobga   olmagan   holda,
jonivor   majburlanganda   va   yoki   unga   nisbatan   dag‘al   munosabatda   bo‘linganda
hayvon buyruqni bajarishdan butunlay bosh tortadi.
8.   Buyruqlarning   aniq   ijro   etilmasligi   yoki   ularni   ma’nodosh   va   hamohang
so‘zlarga almashtirish natijasida.
9.   Itga   nisbatan   g‘amxo‘r   va   e’tiborli   bo‘lmaslik   oqibatida   it   o‘rgatuvchisi
jonivorning   panjalarini   noxosdan   bosib   olsa   yoki   mashq   jarayonida   usullarni
bajarish   vaqtida   it   tasmasi   bilan   hayvonning   boshiga   ursa,   unga   kuchli   og‘riq
etkazish   mumkin.   Bu   esa   o‘z   navbatida   hayvonda   qo‘rqoqlik   yoki   it
o‘rgatuvchisiga   nisbatan   ishonchsizlik   hissini   uyg‘otadi,   ya’ni   itni   to‘g‘ri
o‘rgatishga   salbiy   ta’sir   etadigan   noo‘rin   harakatlarning   vujudga   kelishini
chaqiradi.
10. It hali buyruqni bajarmasidan turib, uni rag‘batlantirish mutlaqo mumkin
emas!   Masalan,   “yot!”   degan   buyruq   berilsa-yu,   ammo   it   o‘tirsa,   it   o‘rgatuvchi
hayvonga biron-bir shirinlik hadya etmasligi lozim. Agarda bu paytda itga shirinlik
berilsa, u holda bunday harakat itda “yot!” buyrug‘iga nisbatan shartli refleksning
noto‘g‘ri   shakllanishiga   olib   keladi.   Itdan   berilgan   buyruqqa   nisbatan   usulni
bajarishni   do‘q   urgan   holda   qayta   buyruq   berib   mustahkamlab   borish   lozim
bo‘ladi. Agar it uni bajarmasa, it o‘rgatuvchisi bevosita boshqa bir usulni qo‘llashi,
ya’ni itning yag‘rinidan pastga bosgan holda, jonivorni talab etilgan buyruqni ijro
etishga majbur etish kerak.
11.   Aniq,   ishlab   chiqilgan   buyruqlarni   boshqa   bir   o‘ylab   topilgan
buyruqlarga   almashtirmaslik,   masalan   “yot!”   degan   buyruq   o‘rniga   “uzala   tush!”
yoki   “yonimga!”   degan   buyruq   o‘rniga   “bu   yoqqa   kel!”   buyruqlarini   qo‘llash
tavsiya etilmaydi.
Itlarni   o‘rgatish   jarayonida   tajribasiz   o‘rgatuvchilar   tomonidan   yo‘l
qo‘yiladigan xatolar uslubiy yoki texnik turlarga ajratiladi.
Uslubiy xatolar:
a) itlarni o‘rgatish sistemasini yoki alohida usullarini noto‘g‘ri tuzish;
b)   u   yoki   bu   usullar   talabini   it   tomonidan   bajarmaslik   sabablarini   to‘g‘ri
tahlil qilmaslik va ularni bartaraf etish uchun muhim qaror qabul qilinmasligi;
v)  itlarning oliy nerv faoliyati tip xususiyatlarini  bilmaslik va bundan kelib
chiqqan   holda,   uning   yoqimsiz   harakatlarini   o‘z   vaqtida   bartaraf   etishni   eplay
olmaslik.
It   o‘rgatuvchisining   noto‘g‘ri   xatti-harakatlari   itda   yoqimsiz
munosabatlarning   kelib   chiqishiga   zamin   yaratishi   mumkin.   Masalan,   it   biron-bir
molni   to‘daga   qo‘shish   uchun   haydab   borayotgan   bir   paytda   ancha   kuchliroq
bo‘lgan   qo‘zg‘atuvchi,   ya’ni   butalar   orasidan   otilib   chiqqan   tovushqon   izidan
quvlab   ketishi.   It   o‘rgatuvchisi   “fu!”   buyrug‘ini   berar   ekan,   bir   vaqtning   o‘zida
“yonimga!”   degan   buyruqni   ham   behosdan   aytib   yuboradi.   It   o‘rgatuvchining
oldiga chopib keladi va u jonivorni rag‘batlantiradi. Bu paytda taqiqlovchi buyruq
“fu!”   go‘yoki   “yonimga!”   degan   buyruq   bilan   uyg‘unlashib   ketganday   tuyuladi. Xuddi   shu   juftlikda   mazkur   buyruqlar   bir     necha   marotaba   takrorlansa,   “fu!”
buyrug‘i jonivor uchun “yonimga!” buyrug‘ining ahamiyatini kasb etadi va buning
natijasida   taqiqlovchi   “fu!”   buyrug‘i   berilganda   it   o‘z   xo‘jayini   oldiga   yugurib
keladigan bo‘lib qoladi.
Hayvon   u   yoki   bu   buyruqni   ikki   marotaba   bajarganidan   keyin   uchinchi
marta   aynan   shu   buyruqni   bajarishdan   bosh   tortishi   kabi   holatlar   ham   bo‘lishi
mumkin.
d)   itlarda   noo‘rin   xatti-harakatlarni   bartaraf   etishda   ularni   haddan   tashqari
kuchli   siltash     hamda   “fu!”   buyrug‘ini   ortig‘idan   ko‘proq   qo‘llash   itlarning
cho‘chib qolishiga olib keladi.
Og‘riqli   qo‘zg‘atuvchi   bilan   uyg‘unlashmagan   “fu!”   buyrug‘i   hayvonda
shartli   tormozlanishning   so‘nishini   vujudga   keltiradi.   “Fu!”   buyrug‘ini   haddan
ziyod   ko‘p   ishlatish     itlarda   reaksiyaning   susayishiga   olib   keladi.   Bu   buyruq
og‘riqli     qo‘zg‘atuvchi   bilan   hamohang   qo‘llangan   holda   va   zarurat   tug‘ilgan
paytlardagina qo‘llanishi mumkin.
e)   itda   “yonimda”   buyrug‘iga   nisbatan   shartli   refleksni   shakllantirishda
jonivorni   uzun   arqonda   etaklab   yurish   tavsiya   etilmaydi,   chunki   bu   hol   itda
faqatgina   uzun   arqonda   yurish   shartli   refleksini   hosil   bo‘lishiga   olib   keladi.
Birgalikda yonma-yon harakat qilinganda, itning panjalarini noxosdan bosib olish
hayvonda   og‘riqqa   shartli   aloqadorlikning   hosil   bo‘lishini   va   keyinchalik
“yonimda” degan buyruq unda og‘riq xosil bo‘lishini kutishiga va o‘rgatuvchining
yonida yurishga hadiksirashiga olib keladi.
j)   “Erkin!”   buyrug‘iga   nisbatan   usullarni   ishlab   chiqishda   it   o‘rgatuvchisi
sekinlik   va   sustkashlik   bilan   harakat   qilsa,   bu   ham   o‘z   navbatida   hayvonda
sustkashlikni   uyg‘otib,   uning   o‘zini   tutishi   va   buyruqlarni   ijro   etishida   o‘z   aksini
topmasdan   qolmaydi.   Buyruqning   aniq   ijro   etilmasligi   esa,   hayvonda   shartli
reflekslarning jadallik bilan shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va shuningdek, undagi
intizomning pasayishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar:1. Tashtemirov R. M., 	Narziyev B.D., 3. 	Uzakova D.P. 	Ot treningi asoslari	.	
O’
quv qo’llanma. Samarqand, 2009

OT VA ITLARNI MASHQ QILDIRISHDA QO’LLANADIGAN QURILMALAR VA OT ABZALLARI Reja: 1. Levada 2. Manej 3. Yo’lakcha 4. Ippodrom 5. Ot abzallari 6. Itlarni o‘rgatishning oliy nerv faoliyati bilan bog‘liqligi. 7. Nerv sistemasi va uning o‘rgatishdagi ahamiyati 8. S ha rtli reflekslrni hosil bo‘lish shartlari 9. Itlarni dressirovka qilish ahamiyati

1. Levada Levadalar madaniylashgan zotli otlarning tarbiyasida va treningida katta va muhim rol o’ynaydi, chunki ular yosh hayvonni erkin harakatlanishi, ochiq havoda xoxlagancha bo’lishini taminlaydi. Levada – yaylovning bir chetini to’rtburchak shaklida chegaralangan joyi bo’lib, uni to’sish uchun yog’ochdan qurilgan oddiy to’siqlar qo’llanadi. Ayrim hollarda to’siqlar ko’chirma bo’lishi mumkin. Levadalar otlarni oziqlantiradigan joy va otxona yonida qurilgan bo’lishi lozim. Oziqlantiruvchi levadada ko’p yillik o’tlar eqiladi, chunki ular toptalishga chidamli bo’lib otlar oziqlanishiga qulay bo’ladi. Oziqlantiruvchi levada turli shaklda bo’lishi mumkin. Kerak paytda uni ko’chiradilar. Ko’chirma to’siqlar kattaligi (uzunligi) 3–4 metrdan bo’lib, ular og’ir asosga biriktiriladi, shuning uchun ularning ustunlari yerga ko’milmaydi. Levadani zavod ippodromining aylanasi ichiga qurish mumkin. Levada ichiga qo’yib yuborilgan hayvonlarga to’liq erkinlik berish tavsiya etiladi. Otxona yonida qurilgan levadaning vazifasi – otlarni mosion bilan ta’min lashdir. Bunday levadaning bir devori otxonaga tutashgan bo’lib, unda hyech narsa o’smaydi Xo’jalikda bir nechta levada qurilishi maqsadga muvofik, chunki otlar navbati bilan yoz mobaynida yangi, xali o’ti bosilmagan, to’silgan yaylov qismlariga o’tadi. : 2. Manej Manej – usti yopiq yoki ochik, aylana shaklida bino yoki qurilma. Manej yosh va katta yoshdagi otlarni ob–havo yomon bo’lgan vaqtda qo’llanadi. Manejning diametri 30 metrga teng. Yaqin paytlargacha manej otlarni trening qildirishda katta va muhim o’rinni egallagan edi. Lekin hozirgi davrda uning moxiyati pasaygan, ayniqsa yo’rtoqi otlarning treningida. Otlarni manejda trening qildirishning foydali va zararli tomonlari bor. Bir tomondan manej otlar bilan ishlashning birinchi jarayonlarini osonlashtiradi; manejdan yil buyi foydalanish mumkin; ob–h avo yomon bo’lgan fasllarda otlarga to’liq kuch bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Ikkinchi tomondan manej aylanasi bo’ylab harakatlanishlar yo’rtoqi otlar tanasining ikki tomonini baravariga ishlashga yo’l quymaydi y a n i og’irlik manej markaziga qaragan oyoqlarga tushadi. Otni yumaloq manejda trening qildirishning i k k i n c h i salbiy xususiyati – ot uzun tizgin orqali boshqarilishida dir . Uzun tizgin og’ir bo’lib , ot og’zini shikastlaydi, og’iz burchaklari sezuvchanligini pasaytiradi va natijada u bilan keyin chalik ish lash da qiyinchilik yaratadi. Uchinchi kamchilik – qisqa va tor joyda aylana bo’ylab harakatlanish ot harakatlarini bog’laydi va qadamlar uzunligini qisqartiradi. Bunday kamchiliklarni kamaytirish uchun marvin tipdagi manejni qu rish maqsadga muvofik – uning shakli uzunchoq bo’ladi. Manej aylanasining 1 ,8 m balandli kda to’siqlar bilan chegaralanadi. Maydon atrofdagi yer satxidan 15–20 sm balandlikka ko’tariladi. Manej darvozalari ichkariga ochiladi.

Manej yuzasi yirik qum yoki yog’och qirindisi bilan qoplanadi. Ishdan so’ng manej yuzasi yer tirnog’ichi (grabli) bilan tekislanadi. Ob – havo quruq paytida chang ko’tarilmasligi uchun ustiga suv sepiladi. 3. Yo’lakcha Yo’lakcha yoki “aylana” otlarni trening qildiradigan asosiy joy hisoblanadi. Otchilik xo’jaliklarida ippodromlarning yugurish yo’lakchalari oval shaklda quriladi. Aylananing uzun qismi 1600 m, qisqa qismi 1067m ga teng. Aylananing eni 1067 metrdan kam bo’lmasligi kerak, chunki otlar tez allyurlarda qisqa burumlardan chopib o’tishga qiynaladi. Yo’lakcha yuzasida qum ko’p yoki loyli bo’lishi mumkin emas, chunki qumlik yerda ot paylariga kata og’irlik tushadi, yomg’irli kunlarda esa yo’lakcha balchiq bilan qoplanadi. Yo’lakcha o’lchamlari olingandan so’ng yuzasi haydaladi. Yo’lakcha kengligi 6–7 metrni tashkil qilishi lozim. Yo’lakcha yuzasi xaydalgandan s o ’ n g u borona bilan ishlanadi va ustidan mola tortiladi. Yoz paytida yo’lakcha yuzasini doim yumshatib turish lozim. Qish faslida yo’lakchadan qor tozalanib turiladi. Otxonadan to yo’lakchagacha yo’l alohida quriladi. Yo’lakcha ichidagi maydonga ekinlar eqiladi, ammo bevosita yo’lakcha yonidagi joyga ekin ekilmaydi. 4. Ippodrom Ippodrom har bir ot zavodida bo’lishi lozim. Ippodrom yo’lakchasining oddiy yo’lakchadan farqi – u kaltarok bo’ladi – 1000 m, aylana ichiga hyech narsa ekilmaydi, chunki unda toylar yurish texnikasi, burilish qoidalari va boshqalarga o’rgatiladi. Zavod ippodromini qurish uchun birinchi navbatda tekis joy tanlanadi. Maydon yuzasida notekisliklar bo’lmasligi lozim, chunki ular toylarning to’g’ri harakatlanishiga xalaqit beradi va keyinchalik zararli reflekslar paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Ippodrom maydoni quruq, qor va shamoldan himoyalangan bo’ladi. Otxona ippodromdan uzoqroq joyda (0,3 km ) joylashishi zarur. Ippodrom yo’lakchasining yuzasi qumlik yoki balchiqli bo’lmasligi kerak. Ippodromga 8 gektar yer ajratiladi. Yugurish yo’lakchasining uzunligi 1000 m, eni 15 m ni tashkil qilishi lozim. Ikki to’g’ri yo’nalishlar uzunligi 340 metrdan, ikki burumlar uzunligi 160 metrdan, burilish radiusi 51 metr, yo’lakcha en i esa 15 metrdan kam bo’lmasligi lozim. Aks holda yosh otlarni qarshisidan keladigan boshqa otlar hurkitish mumkin, boshqa hollarda esa ular yo’lakchadan tashqariga chikib ketadi. Ippodrom yo’lakchasiga tashqaridan istalgan joydan kirish imkonstini yaratish lozim. Ippodrom yo’lakchasiga oddiy yo’lakchaga nisbatan ko’prok ahamiyat beriladi. 5. Ot abzallari Qadimda odamlar otlarni hyech qanday abzalsiz ishlatganlar (don ekinlarini yanchish, ot dumiga biror narsalarni bog’lab tortirish, egarsiz yuk tortish va minish). Xalq xo’jaligi taraqqiyoti, madaniyatining o’sishi, ot kuchidan foydalanish usullarini, qishlok xo’jaligi qurollari va aravalarni, chanalar va foytunlarni, ot abzallarini vujudga keltirdi.

Arava anjomlari va otlarga taqiladigan moslamalar ot abzallari deb ataladi. Abzallar otlarni egarlash usullari va ishlatish xarakteriga qarab uchta asosiy tipga bo’linadi: tortish kuchi orqali bajariladigai ishlar uchun va , salt m i n i s h uchun muljallangan abzallar. H amma abzallar ixcham, taqilganda ot tanasiga yopishib turadigan, ish vaqtida tanani shikastla maydigan va otning ish qobiliyatiga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak. Abzallarni otning katta – kichikligiga qarab tanlash ayniqsa muhimdir. Ot abzallari do’g’ali va do’g’asiz, arava uchun, qishlok xo’jaligi ishlari uchun, salt miniladigan yakka ot, qo’sh ot, uch ot va ko’p otlarga muljallangan bo’lishi mumkin. Abzallarining har biri aniq o’lchovda, ta’mirlash va esqilarini yangilari bilan almashtirish uchun qulay bo’lishi kerak. Otning ko’krak, yelka, qarchig’ay va orqasi abzal orqali ish bajaruvchi asosiy organlari hisoblanadi. Abzal tanlaganda shu organlarning tuzilishi va o’lchamiga alohida e’tibor berish lozim. Bir ot uchun muljallangan rus do’g’ali abzallar – yugan, no’xta, bo’yincha, egarcha, egarcha qayishlari, tizgin (uzun jilov) va do’g’adan iborat. Yugan – otni boshqarish uchun xizmat qiladi. U ensa usti ( c ha ka k) , pesh a na usti, ganash osti va burun ustidan o’tadigan kayishlardan hamda ikki xalqali suvliqdan iborat. Suvliqning ikkala xalqalariga boshqarish qayishlari – jilov birikti ri ladi. Ensa usti va chakkadan o’tadigan kalta va uzun qayish lar orqali suvliq to’g’ri kiygiziladi. Suvliq tilni bosmasligi, shuningdek juda erkin b o ’ l m a s l i g i , og’iz b o ’ s h l i g ’ i n i n g tishsiz joyida – til ustida (qirquvchi tishlar bilan oziq tishlar oraligida) joylashishi kerak. Agar yugan kalta bo’lsa, suvliq og’iz chekkalarini yara qiladi, uzun bo’lsa otni boshqarishda tishlarga tegib, ularga zarar yetkazadi. Yugan xom va chayir qayishdan, suvliq esa metalldan ikki xil o’lchamda (№ 1 va №2) tayyorlanadi. Otni oziqlantirish vaqtida yuganni y e c h i b qo’yish kerak. . No’xta – otni bog’lash yoki bog’lab boqish uchun xizmat qiladi. U qattiq va keng qayishdan yasaladi. No’xta yuganga qaraganda mustahkam bo’ladi. Yugan – no’xta h am yugan, ham no’xta vazifasini o’taydi, qattiq qayishdan yasaladi . Bo’yincha (xomut) ot abzallarining asosiy qismi hisoblanadi. U ikkita yog’och qisqich, xomutcha, kigiz astar, charm yopincha, ustki qismini biriktirib turuvchi qayish, tomoq bog’ va ikkita qulo q bog’dan tashkil toptan. Bo’yincha mustahkam bo’lib ot bo’yniga yopishib turishi, ish bajarganda yelka va qarchig’ayni ortiqcha bosib yara qilmasligi kerak. Mos ligi bo’yincha tanlash uchun mahsus o’lchagich bilan yelkaning kengligi va bo’yinning enliligi o’ lchanadi. Ot aravani bo’yincha orqali tortadi. Bo’yinchalar har xil tipda: yakka otli, standart xomutlari va katta – kichik qilinadigan A.B.Voyeykov konstruksiyali bo’lishi mumkin. Bo’yinchaning o’rtacha og’irligi 9–11 kg. Tormoz tasma (katta quyushqon) – notekis yerlarda bo’yinchani normal tutib turish va aravani to’xtatish uchun xizmat qiladi. Tormoz tasma oldingi tomondan bo’yinchaga b i r i k tiri lib kolgan qismi ot gavdasi ustiga kiygiziladi. Uzun tizgin – qayishdan, yoki mustahkam kanop arqondan yasaladi. Tizginn ing uchi qayishdan yasalgan bo’lib suvliqning xalqalariga biriktiriladi.

Aravadan turib otni normal boshqarish u c h u n t i z g i n n i n g uzunligi 10 metr bo’lishi kerak. Do’g’a rus anjom – abzallari qatoriga kiradi. Ot bajaradigan ishning og’ir – yengilligiga qarab do’g’alarning og’irligi 1,5–5 kg gacha bo’lishi mumkin. Egarcha – ma’lum darajada bo’yincha, do’g’a va shotini ko’tarib turish uchun xizmat qiladi. Egarcha tik turuvchi (bukrasimon) va yassi shaklda bo’ladi. Bir ot uchun muljallangan do’g’asiz abzallar yugan, b o ’ y i n c h a va postromkalar, tormoz tasma, egarcha, oraliq va to’sh tasmasi, jilovdan iborat. Salt minish va yuklarni ot ustiga ortib tashish uchun ishlatiladigan abzallar ichida eng muhimi egar hisoblanadi. Egarlar asosan 5 xil bo’ladi: kavaleriya, kazak (kavkaz) sport, yuk va osiyo egarlari. Kavaleriya egari ikkita chillik va yumshoq charm to’qim, i k k i t a q a n o t , uzangibog’, o’tirgich, ikkita uzangi, ikkita ayil tasma va qo’mildiriqdan iborat. Shuningdek, bunday egarlarda 4 ta charm sumka, 10 dona yuk bog’lash tasmalari bo’lishi kerak. Vazni 39–42 kg. Sport egarlari poyga va ishchi egarlariga, maxsus o’yinlar va xotin –qizlar minadigan egarlarga bo’linadi. Ular kavaleriya va kazak egarlaridan yengil ammo katta. Cho’chqa terisidan yasaladi. Osiyo egarlari qattiq toldan tayyorlanib, usti charm bilan qoplanadi. Ba’zida paylar yopishtirib yelimlanadi. O’tirg’ichi chuqur. Uzoq yurish, ko’pkari uchun qulay. Ot aravalar otlarning kuchidan rasional foydalanishda katta ahamiyatga ega. Yullardan yengil yuradigan, chidamli, g’adir – budir yerlarda ko’p ishlatilganda tez buzilmaydigan, osonliq bilan buriladigan, kam silkinuvchan, katta xajmli yuklarni ortishga moslashgan aravalar eng yaxshi aravalar hisoblanadi. Arava g’ildiragi katta bo’lishi maqsadga muvofik. Aravalar tuzilishi va foydalanishiga qarab ikki xil bo’ladi: yuk aravalari va yengil aravalar. Ishlati li sh i qarab bir otli, i k k i otli, va ko’p otli; yurish yumshoqligi bo’yicha ressorsiz va ressorli; yuk ko’tarishi bo’yicha esa ikki g’ildirakli va to’rt g’ildirakli bo’lishi mumkin. O’zbekistonda aravalar g’ildirak diametrining katta – kichikligiga qarab mahalliy tilda " Q o’qon arava", "Toshkent arava", "Buxoro arava" nomlari bilan yuritiladi. Sportda musobaqalar uchun poyga chanasi, ishchi kachalka (aravacha), poyga kachalkasi va rekord kachalkasi qo’llanadi. Itlarni o‘rgatishning oliy nervfaoliyati bilan bog‘liqligi. Hayvonlarning individual xususiyatlariga ko‘ra, itlarning o‘zini tutishi hamda ulardagi oliy nerv faoliyatining turlari juda ham xilma-xildir. Ayrim itlarda shartli reflekslar darhol hosil bo‘ladi, boshqalarida esa ularni vujudga keltirish uchun juda katta mehnat talab etiladi. Bu o‘z navbatida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining namoyon bo‘lish darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Oliy nerv faoliyatining tip xususiyatlarini hisobga olmasdan turib, itlarni o‘rgatish katta qiyinchiliklarga olib kelishi, ba’zi hollarda esa hayvonlarni xizmatga tayyorlash jarayonini butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin.