logo

PEDAGOG PSIXOLOGIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

54.587890625 KB
PEDAGOG PSIXOLOGIYA SI .
Reja:
1.Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. 
2.«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asosida o’qituvchi shaxsiga qoyiladigan
talablar  haqida tushuncha berish
3.O’qituvchi atamasi, uning shaxsi va kasbi haqida tushuncha 
4.O’qituvchilik   kasbining   jamiyatda   tutgan   o’rni   haqida   tushuncha
berish. O‘qituvchilik   inson   jamiyati   tarixi   boshlangandan   e’tiboran   davom   etib,
shu   bilan   birga   hamma   vaqt   jamiyat   va   jamoatchilik   tomonidan   e’tiborga   loyiq
e’zozlab kelingan kasbdir.
«O‘qituvchi-deydi   Al   Forobiy   -   aql-farosatga,   chiroyli   nutqqa   ega
bo‘lishi   va   o‘quvchilarga   aytmoqchi   bo‘lgan   fikrlarini   to‘la   va   aniq,
ifodalay   olishni   bilmog‘i   zarur».   U   o‘z   fikrini   davom   etirib,   «O‘qituvchi va
rahbarning   vazifasi   dono   davlat   rahbari   va zi f a si ga   o‘ xs ha yd i ,   s hu   s ab ab l i
o‘ q i t uv ch i   e sh i t ga n   v a   ko‘rganlarining   barchasini   eslab   qolishi,   aql-
farosatga,   chiroyli   nutqqa   ega   bo‘lishi   o‘quvchilarga   aytmoqchi   bo‘lgan
fikrlarini   to‘la  va   aniq,   ifodalab   berishni   bilmog‘i   lozim.   Shu   bilan   birga   o‘z
or- nomusini  qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u   insoniylikning
yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga  erishadi»  deb ta’kidlaydi.
Qomusiy   olim   Abu   Ali   ibn   Sino   fikricha,   «O‘qituvchi   matonatli,   sof
vijdonli,     rostgo‘y   va   bolani   tarbiyalash   metodlarini,     axloq-qo idalarini
yaxshi    biladigan    odam    bo‘lmog‘i    lozim.    O‘qituvchi o‘q uvchining   butun
ichki     va     tashqi     dunyosini     o‘rganib     uning     aql   qatlamlariga kira olmog‘i
lozim».
Nosiriddin Tusiy  o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida»     asarida
shunday   deydi:   «O‘qituvchi   munozaralarini   olib   borishda isbot qilishni bilishi,
o‘z   fikrlarining   to‘g‘riligiga   ishonishi,   nutqi   esa   mutlaqo   toza,   jumlalari
mantiqiy   ifodalanadigan   bo‘lishi   lozim.   O‘qituvchi   nutqi   hech   qachon   va   hech
qayerda   zaxarxandalik,   qo‘pol   yoki   qatiq   bo‘lishi   mumkin   emas.   Dapc   paytida
o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».
Yusuf   Xos   Xojib   Qoshqariy   «Men   a’zolar   kasalligini   davolashdan
oldin   odamlarning   ruhiyatini   davolashni   zarur   deb   topdim.   Bunga   men
o‘qituvchilik   yo‘li   bilan   erishamman,   bunga   mening   ishonchim   komil.   Chunki
a’zolar   kasalligi   bilan   yuzlarcha,   minglarcha   odamlar   halok   bo‘lsalar,   nodonlik
bilimsizlik tufayli o‘n ming va  yuz minglarcha odamlar halok bo‘ladilar....»
Jomiy   bola   dunyoqarashining   kamol   topishida     maktab   va   muallimning
roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda,   muallim  aqlli, adolatli,  o‘zida barcha   yuksak   fazilatlarni   mujassamlashtirgan   bo‘lishi   kerak.   O‘zini   nomunosib
tutgan odam,  hech   vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ulug‘   shoirimiz   Alisher   Navoiy   ham   o‘qituvchi   mehnatini   xolisona
baholab   «Agar   shogird   podsholikka   erishsa   ham   unga   (muallimga)  qulluq qilsa
arziydi». «Haq yo‘lida kim senga bir harf  o‘rgatmish ranj ila, aylamak bo‘lmas ado
oning haqqin yuz ganj ila»  kabi satrlarni bitgan.
Allomalarimiz   tomonidan   bildirilgan   qimatli   fikrlari   hozirgi   kungacha     o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan emas. Shuningdek ta’lim jarayonida o‘qituvchi  shaxsi, uning
kasbiy xususiyatlari borasidagi fikrlar atroflicha bayon qilingan.
O‘qituvchining  o‘rni va uning  vazifalari   o‘sib   kelayotgan   yosh  avlodni
tarbiyalash      ishiga      jamiyat  va jamoatchilik     tomonidan e’tibor  qaratilishining
naqadar   muhim   ahamiyatga   egaligi   bilan   belgilanadi.   Zamonaviy     o‘qituvchi
ijtimoiy   psixolog   bo‘lmasligi mumkin   emas. Shuning uchun ham u o‘qituvchilar
o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarni   yo‘lga   solish,   bolalar   jamoasida   ijtimoiy-
psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi   pedagogik   jamoa   a’zosi   sifatida   pedagogik   faoliyatni
uyushtirishda   bevosita   ishtirok   etib,   turli   fan   o‘qituvchilari   va   sinf
rahbarlarining   metodik birlashmalarida  ishlaydi,  topshiriqlarni bajaradi.   Har   bir
o‘qituvchi o‘quvchilarning ota- onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar   o‘qib,
suhbatlar     olib   borar ekan,     demak u pedagogik bilimlar targ‘ibotchisi      hamdir.
Vazifalarning   shu   qadar   ko‘pligi   uchun   ham   jamiyatning   o‘qituvchilar   oldiga
qo‘yadigan talablari  xilma-xildir.
Ma’lumki   pedagogik   faoliyat   —   kishi   mehnatining   eng   murakkab
sohalaridan   biridir.   Jamiyat   tomonidan   qo‘yiladigan   talablardan   eng   muhimi
o‘qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq. xislatlarga  qaratilgan.
O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari  qo‘yidagilardir:
  - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;
-olijanobligi,   aql-farosati,   ma’naviy   pok   va   ma’rifat   bo‘yicha   yuksak
maqsadlarga   mos   kelishi,   bunday   xislatlarni   jamiyat   xohishi   bo‘yicha   bolalarga
singdirib berishi; - o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli,  matonatligidir.
Jamiyatning     o‘qituvchilik       kasbiga     qo‘yadigan     asosiy     talablari
quyidagichadir:
- shaxsni   ma’naviy-ma’rifiy   tomondan   tarbiyalashning   milliy   uyg‘onish
mafkurasining   hamda   umuminsoniy   boyliklarining   mohiyatini   bilishi,   bolalarni
mustaqillik     g‘oyalariga sodiqlik   ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z vatani, tabiatiga
va oilasiga bo‘lgan  muhabbati;
- keng   bilim   saviyasiga   ega   bo‘lish ,   barcha   sohalarga   doir   bilimlar
bilan  kurollanishi;
-yosh   pedagogik   psixologik,   ijtimoiy   psixologiya   va   pedagogika   yosh
fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan   chuqur bilimlarga ega  bo‘lishi;
-o‘zi   dars   beradigan   fan   bo‘yicha   mustahkam   bilimga   ega   bo‘lib,   o‘ z
kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan x abardor bo‘lishi;
-ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o ‘z ishiga iqtisodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik   texnikani   (mantiq,   nutq;       ta’limning       ifodali   vositalari)   va
pedagogik taktga ega b o ‘lishi;
-o ‘qituvchining  o ‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy    ravishda oshirib
borishi;
                      K o ‘pchilik   psixologlar   shu   bilan   birga   o ‘zbekistonlik   psixolog   olimlar
tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlarda   zamonaviy   o ‘qituvchilar   uchun   zarur
xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini   beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina,
V.Slastenin,   F.N.Gonobolin   o‘zbek   psixologlaridan   R.Z.Gaynutdinov,
M.G.Davletshin,   S.Jalilova,   A.Jabborov,   M.Karejaova   va   boshqalar   tomonidan
olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlar   o‘qituvchilik   kasbining   turli   jixatlarini     atroflicha
keng   batafsil   ko‘rsatib   berish   imkoniyatini   yar at adi .   Bevosi t a   o‘ qi t uvchi
shaxsi ga   t aal l uql i   bo‘l gan   professiogramaga   asosiy   e’tibor   qaratilgan.
Professiograma   -   ma’lum   tizimga   keltirilgan,   mehnatni   psixologik   tomondan
o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga   qaratilgan qisqa va   har   tomonlama   batafsil   ko‘rsatib   berilgan   hujjat.   Professiograma   psixologik
jixatidan   ishlab   chiqarilgan   faoliyatni   tavsifnomasining   kelgusi   amaliy   ishlar
uchun zarur bo‘lgan  barcha tomonlarini o‘z ichiga  olishi kerak.
M.G.Davletshin   rahbarligida   psixologik   tadqiqot   ishlarini   olib   borgan
M.Abdullajonova,   YE.Gladkova,   A.Mashkurov,   T.Xamraqulov, E.Xidirov     va
boshqalarning   ilmiy   izlanishlari  o ‘ zbek tili va adabiyoti,  o ‘zbek maktablarida rus
tili   va   adabiyoti,   matematika,   jismoniy   tarbiya   o ‘qituvchilari   va   maktabgacha
tarbiya   muassasalarining   tarbiyachilari   kabi   qator   mutaxassisliklar   b o ‘yicha
o ‘qituvchi   professiogramasining   taxminiy   modelini   (namunasini)   aniqlab   olish
imkoniyatini berdi.
      Har bir mutaxassislik b o ‘yicha  o ‘qituvchining ixtisoslashgan  tavsifnomasini
nazarda   tutgan   professiogramasi   tuziladi,   Jumladan,   maktabning   o ‘qituvchi-
murabbiysi   professiogramasini   misol   qilib   keltiramiz.   Professiogramada   muhim
xislatlar borgan   sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda   o ‘qituvchining
quyidagi xislatlarini k o ‘rsatib  o ‘tish   lozim:
  1. O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:
- bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
- amaliy psixologik aql-farosatlilik;
- mehnatsevarlik;
- jamoat ishlarida faollik;
- mehribonlik;
- kamtarinlik;
- odamiylik, dilkashlik;
- uddaburonlik
:  mustahkam xarakterga ega bo‘lish;
- o ‘z bilimini oshirishga intilish.
2.Kasbga xos bilimi:
- ta’lim     va   tarbiya   jarayoni   mohiyati     bilan   uning   maqsad   va
vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslarini,  ayniqsa  yosh  psixologiyasi  pedagogik  psixologiya
asoslarini bilishi; - etnopsixologik bilimlarni egallash;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;
- ho zirgi   zamon   pedagogikasining   metodologik   asoslarini
egallaganligi;
-maktab   yoshidagi   bolalarning   psixologik-pedagogik   xususiyatlarini
tushunishi;
- o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
- o‘quvchilarga   tarbiyaviy   ta’sir   etishning   samaradorligini
bilishi;
- ota-onalar   va   jamoatchilik   bilan olib  boriladigan   tarbiyaviy  ishlarning
mazmunini bilishi.
3. O‘z kasbiga xos xislatlari:
- milliy       qayta     qurish     mafkurasi       bilan       mustaqil     davlat   mafkurasini
tushunishi;
- zamonaviy   maktabda   olib   boriladigan   o‘quv   tarbiya   jarayonida
umuminsoniy   boyliklar,   milliy   an’analar   va   urf-odatlarning   ahamiyatini
tushunishi;
- o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
- o‘z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi;
- pedagogik fantaziyalar (xayol)ning rivojlanishi;
- o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;
- o ‘zini q o ‘lga ola bilishi,  o ‘zini tuta olishi;
- pedagogik takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi.
4. Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:
- dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
- o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta’lim     va     tarbiya     jarayonida     o‘quvchilarning   taraqqiy       etib
borishini istiqbolli ravishda boshqara olishi;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni  rejalashtirishni bilishi;
-bolalar   jamoasiga   rahbarlik   qilishda   o‘z   faoliyatini
rejalashtirishni bilishi;
- o‘z maqsadlarini rejalashtira olishi;
- o‘zining     ta’lim     tarbiyaviy     ishlariga     tayyorlanish     tizimini
rejalashtira olishi.
5. Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli   sharoitlarda   bolalar   jamoasini   boshqara   olishi ;
- bolalarni   nimalardir   bilan   qiziqtirib ,  ularni   faollashtira   olishi ;
- amaliy   masalalarni   hal   etishda  o‘ zini   bilim   va   tajribalarini   ustalik   bilan   tez
q o‘ llay   olishi .
6. Komunikativ malakalari:
- bolalarni  o ‘ziga jalb etishni bilishi;
- bolalar       va       ota-onalar       bilan       maqsadga       muvofiq       pedagogik
munosabatlarni tiklashni bilishi;
-   bolalarni   jamoalararo   va   jamoa   ichidagi   o ‘zaro   munosabatlarini   tartibga
solishni bilishi;
-bolalar   va   ota-onalar   bilan   tashqaridan   aloqa   bog‘lashni  bilishi.
7. Gnostik malakalari:
- bolalarning   asab   psixik   taraqqiyot   darajasini   aniqlay  bilishi;
- o ‘zining     tajribasi       va       pedagogik       faoliyat     natijalarini   tanqidiy
tahlil qila olishi;
-boshqa        o ‘qituvchilarning       tajribalarini        o ‘rganib,       undan   (nazariy va
amaliy tomondan) t o ‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o ‘quvchilarni   t o ‘g‘ri   tushunib,   ularning   xulq-atvori   sabablarini
tushuntirishni bilishi;
8. Insoniy xislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi; - o‘quvchilarni   tarbiyalash   dasturini   ishlab   chiqish   va   uni   amalga   oshirish
qobiliyati;
- o‘zini,     o‘quvchi   o‘rniga   qo‘yib   bo‘lib   o‘tgan   hodisalarga   uning
nazari bilan qaray olishi;
- avvalgi   voqealar   hodisalar   va   tarbiyalanuvchi   shaxsiga   yangicha
qaray olishi;
- o‘zining   o‘quvchiga   pedagogik   ta’siri   natijalarini   oldindan
ko‘ra bilishga intilishi;
Shunday     qilib,     ko‘rsatib     o‘tilgan     modelning     asosiy   tuzilishi
tariqasida quyidagilar keltiriladi:
- shaxsning jamoatchiligi va kasbiy yo‘nalishi;
- pedagogik mahorat va qobiliyati;
- xarakterning psixologik xususiyatlari;
- bilish faoliyati;
- o‘qituvchi    shaxsining   bolalarni   kasbga   tayyorlash   ishlari darajasidagi
umumiy taraqqiyoti;
Professiograma   yoshlarga   o‘zlarining   kelgusida   o‘qituvchilik   kasbini
to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Pedagoglik   kasbi   ma’lumki   har   kimning   ham   qo‘lidan   kelavermaydi.
Pedagogik   faoliyatdagi   yutuqlarga   faqat   shu   kasbga   qiziqqan,   shu   faollik   bilan
shug‘ullanishga   moyil   oqibat   natijasida   esa   pedagogik   qobiliyatga   ega   bo‘lgan
kishilargina erisha oladi.
Qobiliyat   -   bu   kishining   biror   faoliyatga   yaroqliligi   va   shu   faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik   qobiliyat   -   bu   qobiliyat   turlaridan   biri   bo‘lib,   kishining
pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana
olishini aniqlab beradi.
Uzoq   yillar   olib   borilgan   tadqiqotlar,   pedagogik   qobiliyatlar   murakkab   va
ko‘p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini  ko‘rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan   foydalanib,   pedagogik   qobiliyat   tuzilishida   muhim   o‘rin
egallaydigan qator  komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Didaktik   qobiliyatlar   -   bu   bolalarga   o‘quv   materialini   aniq   va   ravshan
tushuntirib,   oson   qilib   yetkazib   berish,   bolalarda   fanga   qiziqish   uyg‘otib,   ularda
mustaqil   faol   fikrlashni   uyg‘ota   oladigan   qobiliyatdir.   Didaktik   qobiliyatga   ega
bo‘lgan   o‘qituvchi   zarurat   tug‘ilganda   qiyin   o‘quv   materialini   osonroq,
murakkabrog‘ini   soddaroq   tushunishi   qiyin   bo‘lganini   tushunarliroq   qilib
o‘quvchilarga moslashtirib bera   oladi.
Akademik   qobiliyatlar   -   matematika,   fizika,   biologiya,   ona   tili,
adabiyot,   tarix   va   boshqa   shu   kabi   fanlar   sohasiga   xos   q obiliyatlardir.
Qobiliyatli   o‘qituvchi   o‘z   fanini   faqat   kurs   xajmidagina   emas,   balki   atroflicha
keng,   chuqur   bilib   bu   sohada   erishilgan   yutuqlar   va   kashfiyotlarni   doimiy
ravishda kuzatib  borib, o‘quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish
bilan qaraydi, hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini olib  boradi.
Ko‘pchilik   tajribali   pedagoglarning   aytishlaricha,   o‘qituvchi   o‘z   fani
bo‘yicha   bunday   yuksak   bilim   saviyasiga   erishishi   boshqalarni   qoyil   qilib
hayratda   qoldirishi,   o‘quvchilarda   katta   qiziqish   uyg‘ota   olishi   uchun     yuksak
madaniyatli, har tomonlama keng  bilimdon  bo‘lishi lozim.
Perseptiv   qobiliyatlar   –   bu   o‘quvchining   tarbiyalanuvchining   ichki
dunyosiga   kira   bilish,   psixologik   kuzatuvchanlik,   o‘quvchi   shaxsini
vaqtinchalik,   psixik   holatlari   bilan   bog‘liq   nozik   tomonlarini   tushuna   bilishdan
iborat qobiliyatlardir.
Nutq qobiliyati   - kishining o‘z tuyg‘u hislarini nutq   yordamida shu bilan
birga   mimika   va   pantomimika   yordamida   aniq   va   ravshan   qilib   ifodalab   berish
qobiliyatidir.
Tashkilotchilik   qobiliyati   —   bu   birinchidan.   o‘quvchilar   jamoasini
uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va  ikkinchidan, o‘zining shaxsiy
ishini to‘g‘ri tashkil qila olish  qobiliyatidir.
Avtoritar   qobiliyat   -   o‘qituvchining   rostgo‘ylik,   irodaviy   uddaburonligi,
o‘zini  tuta bilishi,  farosatliligi, talabchanligi   kabi  irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy   hislatlarga   shu   bilan   birga   o‘quvchilarning   tarbiyasida   javobgarlikni   his
etish   uning   e’tiqodi,   o‘quvchilarga   ma’naviy   va   ma’rifiy   e’tiqodni   singdira
olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
Komunikativlik   qobiliyati   -   bu   bolalar   bilan   muloqotda   bo‘lishga
o‘quvchilarga   yondashish   uchun   to‘g‘ri   yo‘l   topa   bilishga   ular   bilan   pedagogik
nuqtai   nazardan   maqsadga   muvofiq   o‘zaro   aloqa   bog‘lashga   pedagogik
taktning mavjudligiga qaratilgan  qobiliyatdir.
Pedagogi k   t akt   psi xol ogi yasi ni   o‘ r gani shi da   psi xol og   I.V.Straxov
benihoya   katta   hissa   qo‘shgan.   Uning   fikricha,   bunda   muhimi   -   o‘quvchilarga
ta’sir   etishning   eng   qulay   usullarini   topa   bilish   tarbiyaviy   ta’sirni   qo‘llashda
maqsadga   muvofiq   pedagogik   choralarga   e’tibor   berish,   aniq   pedagogik
vazifalarni   hisobga   olgan   holda ,   o‘quvchi   shaxsining   psixologik   xususiyatlari
va  imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik xayol   - bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy   tomondan
loyhalashtirganda   o‘z   ish   harakatlarining   natijasini   oldindan   ko‘ra   bilishda
namoyon bo‘ladigan maxsus qobiliyatdir.
Diqqatni   taqsimlay   olish   qobiliyati   -   bu   qobiliyat   bir   vaqtning o‘zida
diqqatni   bir   qancha   faoliyatga   qarata   olishda   namoyon   bo‘lib,   o‘qituvchi   ishida
g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Yuqorida   ko‘rsatib   o‘tilgan   qobiliyatlardan   tashqari   o‘qituvchi   i nson
shaxsi ni ng   m aqsad   sar i   i nt i l i shi   uddabur onl i k,   mehnatsevarlik,   kamtarlik
kabi qator insoniy xislatlarga ega  bo‘lishi lozimdir.
Pe dagogik  kadrlarning ka s b i y  ko‘nikma lari .
                                                                                                                  
Pedagogik   jarayon   bevosita   pedagog   tomonidan   tashkil   etiladi.   Pedagogik
jarayon   qayerda   va   qanday   pedagog   tomonidan   tashkil   etilmasin,   u   baribir   bita
tuzilishga ega bo‘ladi: ya’ni maqsad-tamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli. Maqsad   -   pedagog   va   o‘quvchi   intilayotgan   birgalikdagi   pedagogik
harakatlarning yakuniy natijalarini aks etiradi. Tamoyillar-maqsadga   erishishning
asosiy yo‘nalishlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. 
Mazmuni   –   bu   tanlangan   yo‘nalish   bo‘yicha   qo‘yilgan   maqsadlariga
erishishi   uchun   o‘quvchilarga   beriladigan   ajdodlar   tajribasining   bir   qismidir.
Ta’lim   mazmuni   –   maxsus   tanlab   olingan   va   jamiyat   tomonidan   (davlat
tomonidan)   tan   olingan   ma’lum   sohada   muvaffaqiyatli   faoliyat   uchun
o‘zlashtirilishi   zarur   bo‘lgan   insoniyatning   obyektiv   tajribasi   elementlarining
tizimidir. 
Ta’lim   mazmuni   -   o‘quv   muassasasi   erishishga   intiladigan   yakuniy
natijadir,   bilimlar,   mahorati,   ko‘nikmalari,   shaxsiy   sifatlari   kategoriyalarida   ifoda
etiladigan   o‘sha   darajasi   va   o‘sha   yutuqlaridir.   Metodika   –   bu   mazmuni
yetkaziladigan   va   qabul   qilinadigan   pedagog   va   o‘quvchining   harakat   vositalari,
mazmuni   bilan   moddiylashtirilgan   predmetli   «ish»   usuli   sifatida   metod   bilan
birgalikda   foydalaniladi.   Pedagogik   jarayonni   tashkil   etish   shakli   unga   mantiqiy
yakunlanganlik,   tugallanganlikni   beradi.   Pedagogik   jarayonning   dinamikligiga
uning   uch   tarkibi   o‘zaro   bog‘liqligi   natijasida   erishiladi:   pedagogik,   metodik   va
psixologik. 
Pedagogik tuzilishning asosiy jarayonlarini tashkil etish masalalarini hal etib
ta’lim   va   tarbiya,   uning   maqsadlarini,   shaklini,   mazmunini   va   shu   kabilarni
aniqlashni   ta’minlaydi.   Metodik   tuzilishini     yaratish   uchun   maqsad   bir   qator
masalalarga   bo‘linadi,   unga   binoan   pedagog   va   o‘quvchilarning   faoliyat   bosqichi
ketma-ketligi tartibi aniqlanadi. Masalan, metodik tuzilishiga tayyorlanuvchi yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatishi, kuzatish joyiga harakatlanish, obyektni kuzatishni, ko‘rganlarini
qayd   etishni   o‘z   ichiga   oladi.   Pedagogik   jarayonlarning   pedagogik   va   metodik
tuzilishlari   uzviy   ravishda   bir-biri   bilan   bog‘liqdir.   Bu   ikki   tuzilishdan   tashqari
pedagogik   jarayon   yanada     murakkab   bo‘lgan   –   psixologik   tuzilishni   ham   o‘z
ichiga oladi. Psixologik tuzilish esa quyidagi komponentlarni qamrab oladi: 
1)idrok   etish,   fikrlash,   anglash,   eslash,   ma’lumotlarni   o‘zlashtirish
jarayonlarini; 2)o‘quvchilarning   qiziqishlari,   ishtiyoqlari,   o‘qish   sabablari,   hissiy
kayfiyatlari dinamikasini;
3)jismoniy   va   nerv   –   psixik   keskinlikni   kuchaytirish   va   pasaytirish,   faollik
dinamikasi, ishchanlik qobiliyati va toliqishini; 
Shunday qilib, darsning psixologik tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat:
1)  idrok etish jarayonlari;
2)  bilim olish sabablari;
3) keskinlik.
O‘qitish   metodlari   pedagogik   jarayon   tuzilishida   o‘zining   alohida   o‘rniga
ega.   Ularni   o‘quv   materiallarini   ishlab   chiqish   yordamida   ma’lum   maqsadga
erishishga   qaratilgan   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   o‘zaro   aloqalari   usullarini
navbatma   –   navbat   almashinishi   tushiniladi.   «Metod»   so‘zi   (grekcha   –   biror
narsaga yo‘l) – maqsadga erishish usuli, bilim olish usulidir.
O‘qitish shakli –   bu o‘qituvchi  va o‘quvchilarning bilim  olish davomidagi
uyushtirilgan   o‘zaro   aloqalaridir.   Adabiyotlarda   quyidagi   o‘qitish   shakllari
ko‘rsatiladi:   frontal,   individual,   guruhli,   sinfda   –   dars   paytida,   kechki   (hamda
shunday   shakllari   ham   mavjudki   dars,   ekskursiya,   seminar,   ma’ruza,   amaliy
mashg‘ulot,   ishlab   chiqarish   amaliyoti,   imtihonlar,     maslahat).   Metodni   shakldan
farq qiladigan asosiy ko‘rsatkichi bilim olish usuli ko‘rsatilganligi va o‘quvchining
o‘zi ishtirok etishga bog‘liqligidir. 
Pedagogik   adabiyotlarda   «o‘qitish   metodi»   tushunchasini   o‘rnini   aniqlash
borasida   hech   bir   fikr   aytilmagan.   Masalan,   Y.K.Babanskiy   shunday   deb
hisoblaydi:   «O‘qitish     metodi   deb   ta’lim   masalalarini   hal   etishga   qaratilgan
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   tartibga   solingan   va   o‘zaro   bog‘langan   faoliyati
usuliga   aytiladi».   T.A.Ilina   o‘qitish   metodi   deganda   «o‘quvchilarning   idrok   etish
faoliyatini tashkil etish usuli», deb tushunadi.
Didaktika   tarixida   o‘qitish   metodlarini   turlicha   guruhlarga   ajratish   yuzaga
kelgan   –   so‘z   bilan,   amaliy,   ko‘rgazmali   –   bu   usullar   eng   ko‘p   tarqalgan
hisoblanadi. Har   qanday   usullar     va   metodik   uslublar   pedagogika   amaliyotida   uslublar
bilan   amalga   oshiriladi.   Metodik   uslublar   -   o‘qitish   jarayonida   o‘qituvchi   va
o‘quvchilarning alohida harakatlarini ifoda etuvchi u yoki bu usulning elementidir.
Metodik   uslublarning   turli   –   tumanligi   ularni   tizimlashtirishni   talab   etadi.   Ular
mantiqiy,   tashkiliy   va   texnik   xususiyatlarga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Birinchi
navbatda turli usullarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uslublarga ajratish mumkin.
Barcha uslublarda ham bir xil mantiqiy uslublardan foydalaniladi: belgilarini
ajratish,   hodisalarni   (obyektlarni)   o‘xshashligi   va   farqi   bo‘yicha   taqqoslash,
xulosalar, umumlashtirish va boshqalar. Bu holat o‘quvchilar fikrlashi va ularning
ishdagi   mustaqilliklarini   rivojlantirishda   hamma   usullar   imkoniyatlarini   muhim
darajada   belgilaydi.   Tashkiliy   uslublar     o‘quvchilarning   e’tiborini,   idrok   etish   va
faoliyatlarga  yo‘naltiriladi. Texnik uslublarga turli uskunalar, yordamchi vositalar,
metodikalardan foydalanish kiradi.
Mashg‘ulotlarda   har   bir   usul   ko‘plab     xususiyat   va   turlarga   ega   bo‘lgan
metodik   uslublar   bilan   ochib   beriladi.   Idrok   etish   qiziqishlarini   uyg‘otish   va
rivojlantirish,   mehnat   madaniyatini   tarbiyalash   uslublarini   ko‘rsatish   mumkin,
lekin ular uchta asosiy guruh metodik uslublar bilan amalga oshiriladilar. Metodik
uslublarning   ko‘pligi   va   ayniqsa   ularning   birga   bo‘lishi   o‘qituvchilarning   ijodiy
tashabbuskorligini va pedagogik mahoratlarini ko‘rsatadi. Ijodiy ishlovchi pedagog
yangi   uslublar   kashf   etadi,   hammaga   ma’lum   uslublarni   o‘zgartiradi,   yanada
yaxshiroq ta’lim va tarbiyaviy samaraga erishadi. 
So‘zli   usullar .   Suhbat   masalalari   hal   etishda   o‘qituvchilar   va   o‘quvchilar
ham ishtirok etishi bilan ta’riflanadi. Suhbatning maqsadi  o‘quvchilarning bilimini
hal   etilishi   kerak   bo‘lgan   masalaga   yo‘naltirilishi   bilan   belgilanadi.   Suhbat
natijasida   o‘quvchilar   o‘qituvchi   rahbarligi   ostida   ma’lum   xulosaga   kelishlari,
umumlashtirishlari kerak. U o‘qituvchilarga noma’lum materiallardan qurilmasligi
kerak:   o‘quvchilarda   bo‘lmagan   bilimlarni   ulardan   qiynab   talab   etishga   vaqtni
bekorga   o‘tkazish   mumkin   emas.   Suhbat   yakunlovchi   yoki   umumlashtiruvchi
darslarga   va   ilgarigi   bilimlarini   yangilari   bilan   bog‘lovchi   darslarda,   ayniqsa,
ahamiyatga ega bo‘ladi.  Har   qanday   suhbatning   asosiy   tuzilish   elementi   o‘qituvchining   savollari
hisoblanadi.   Ular   bayon   etilayotgan   materialdan   tabiiy   kelib   chiqishi   va
o‘quvchilarning   diqqati   muhimlarini   o‘zlashtirishga   qaratilishi   kerak,   ilgarigi
tayyorgarligi   yoki   o‘quvchining   haqiqiy   mavjud   shaxsiy   tajribasiga   tayanishi
kerak.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   faolligini   ularga   beriladigan   savollarni
murakkablashtirib   borish   yordamida   suhbatda   ishtirok   etishlari   darajasini   asta
oshirib   boradi.   O‘qituvchining   savollari   o‘quvchilarning   bilimlaridan   o‘zlari
mustaqil   foydalanishlariga   o‘rgatishlari   kerak.   Savollarning   mos   ravishda   to‘g‘ri
qo‘yilishida   javoblar   ham   rivojlanadi,   murakkablashadi,   o‘quvchilar   yanada
mantiqiy masalalarni yechib boradilar. Bu esa aqliy rivojlanishning muhim tomoni
hisoblanadi.  
Savol – javob usulida   bayon etilganida o‘quvchiga o‘z diqqatini uzoq vaqt
jalb   etishi   kerak   bo‘lmaydi,   chunki   murakkab   fikrlar   uning   oldida   qismlarga
ajratilib ifoda etiladi, ularni o‘zlashtirish doimiy tekshirib boriladi. 
Hikoya qilish usuli   biror bir hodisalar yoki odamlar hayotidan hodisalarni,
buyuk   kashfiyotlar   tarixi,   olimlar   hayoti,   umuman   inson   ongi,   uning
psixologiyasini   o‘rganish   bilan   bog‘liq   ijodiy   faoliyati   haqida   bo‘lsa   psixologiya
mashg‘ulotlarida   qo‘llaniladi.   Ba’zi   hollarda   o‘qituvchining   hikoyalari
mashg‘ulotlarda   syujetli   va   obrazli   ko‘rinish   oladi.   Aynan   hikoyada   javob   yoki
pedagogikada shunday ataluvchi so‘z bilan tasvirlash qo‘llaniladi. 
Hikoya qilish boshqa usullar kabi induktiv qurilishi mumkin, bunda bir qator
ma’lumotlardan umumlashtirish kelib chiqadi yoki deduktiv, bunda umumiy holat
ma’lumotlar bilan tushuntiriladi.
Tushuntirish   -   hikoyadan   farq   qiladi   -   o‘quv   materiallarini   faktlarni   tahlil
qilish va xulosalar ifoda etib isbotlash asosida aniq bayon etish hisoblanadi. 
Amaliy   ishlarni   bajarish   bo‘yicha   qisqacha,   aniq   ko‘rsatmalar   o‘tkazish   ham
tushuntirish hisoblanadi. 
Maktab   ma’ruzasi   faqatgina   katta   sinflarda   (kollejlarda)   qo‘llaniladi.
Shunda   ham   o‘qituvchi   butun   dars   davomida   materialni   aytib   berish   bilan shug‘ullanmaydi:   dars   paytida   u   o‘quvchilardan   so‘raydi,   topshiriq   beradi   va   uy
vazifasini tushuntiradi. 
Har   qanday   usuldan   foydalanishda   ham   o‘qituvchi   o‘quvchilar   nutq
madaniyatiga   katta   e’tibor   beradi.   Ayniqsa,   so‘zli   usullarda   uning   rivojlanishini
ko‘zda   tutish   juda   muhim.   O‘quvchilarga   beriladigan   savollar   asta   –   sekin
murakkablashtiriladi.   O‘quvchilar avvaliga qisqacha, keyin esa keng javob berib,
mustaqil   ravishda   taqqoslaydilar,   xulosa   chiqaradilar,   mulohazalarni   bayon
etadilar. Keyinchalik o‘quvchilar ilmiy mavzularda qisqacha xabarlar va hisobotlar
bilan ishtirok etishga o‘rgatiladilar.
Ko‘rgazmali   usullar .   Ko‘rgazmali   usullarni   umumiy  yaqqollik,  pedagogik
tamoyil   bilan   aralashtirish   kerak   emas.   Darsni   ko‘rgazmali   usullar   bilan
o‘tkazganda ko‘rgazmali qurollarga yordamchi  emas, balki asosiy o‘rin beriladi. 
Amaliy   usullar .   Psixologiya   fanida   qo‘llaniladigan   ilmiy   tadqiqotlar   usuli
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, ilmiy psixologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan
ko‘plab   usullar   ichida,   eng   ko‘p   qo‘llaniladigani   aynan   kuzatish   va   tajriba
hisoblanadi,   ya’ni   narsa   va   hodisalar   inson   psixikasini   bevosita   laboratoriya   va
tabiiy sharoitlarda o‘rganish bilan bog‘liq usul hisoblanadi. 
Kuzatish   –   bu   hodisalar   berilishiga   aralashmay   turib,   psixik   jarayonlarni
tabiiy sharoitlarda maqsadga muvofiq bevosita  his etib qabul qilishdan iborat.
O‘quvchilar   kuzatishni   ko‘chada,   uyda   va   darsda   shu   bilan   birga   kuzatishni
o‘quvchilar   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligi   ostida,   mustaqil,   og‘zaki   yoki   yozma
topshiriqlar bo‘yicha olib borishlari mumkin. 
Psixologik   fan   sohasida   ilmiy   tadqiqot   vazifalarining   va   maktabda
psixologiya o‘qitishning turlicha bo‘lishiga qaramasdan (psixika va ongning yangi
faktlari va qonuniyatlarini ochish) maktabda (kollej, litseyda) psixologiyadan dars
o‘tish   usullari   o‘quvchilarni   ilmiy   tadqiqot   metodikasi   boshlanishi   bilan
tanishtirishi yaqqol ko‘rinib turadi.  Shuningdek, kuzatishlar ularni amalga oshirish
muddati bilan ikki guruhga ajratiladi. 
Qisqa   vaqt   va   uzoq   vaqt   davom   etadigan   usullar.   Qisqa   vaqtlilari
to‘laligicha   darsga   qaratiladi   va   tarqatilgan   materiallar   bilan   bajariladi.   Uzoq vaqtlilari   darsdan   tashqari   vaqtda   o‘tkaziladi,   lekin   ularning   olib   borilishi   va
natijalari   darsda   namoyish   etiladi.   Bu   jarayonda   o‘z-o‘zini   kuzatish   muhim   rol
o‘ynaydi.   Tajriba   ham   qisqa   vaqtli   va   uzoq   davom   etadigan   ko‘rinishda   bo‘ladi.
Tajriba   ishlarini   o‘quvchilar   odatda   mashg‘ulotlardan   tashqari   vaqtda   olib
boradilar.   O‘quvchilar   uylarida   oddiy   tajriba   o‘tkazishdan   boshlab   tajribalar   olib
borishga,   bog‘chada,   maktabda   yanada   murakkabroq   va   uzoq   davom
etadiganlariga tayyorlanib boradilar. 
Psixologiyani   o‘qitish   usulini   tanlash   tasodifiy   ixtiyoriy   bo‘lishi   mumkin
emas.   Uni   ikki   muhim   pedagogik   talablarga   rioya   qilib   amalga   oshiriladi:
birinchidan,   o‘quv   materiali;   ikkinchidan   o‘quvchilar   yosh   va   psixologik
xususiyatlari hisobga olinadi. 
Psixologiyadan   dars   o‘tishda   idrok   etish   faoliyati   turlari   va   fikrlash
shakllarini   yo‘naltirish   maqsadida   o‘qitishning   ko‘p   ko‘rinishli   usullaridan
foydalanish   zarurdir.   Hozirgi   zamonaviy   faol   o‘qitish   usullarida   ko‘rsatilgan
fikrlash   turlarini   shakllantirishni   boshqarish   maqsadida   foydalanish   uchun   eng
qiziqarli   bo‘lgan   uchta   usulini   ko‘rsatamiz.   Bular   dasturlashtirilgan   o‘qitish,
muamoli o‘qitish va interaktiv (komunikativ) o‘qitish usullaridir. Bu usullar ishlab
chiqilishi   va   tarqalishi   tarixiga   to‘xtalib   o‘tirmay,   ularning   har   biri   an’anaviy
o‘qitish usullarining cheklanmaganligini va yangi «faol» usullar bilan yaratiladigan
to‘siqlarni engib o‘tishga urinish sifatida paydo bo‘lganligini ta’kidlash mumkin.
  Masalan,   dasturlashgan   o‘qitish   metodlari   an’anaviy   o‘qitishning   maqsad,
vazifalarni   yechish   usullarini,   rag‘batlantirish   shaklini   va   darsni   bilishini   nazorat
qilishni   aniqlash   va   operatsiyalashtirishni   hisobiga   qayta   tashkil   etishni   ko‘zda
tutgan.   Muamoli   o‘qitish   usuli   o‘qitish   jarayonining   dasturlashtirish   metodlari
yo‘nalishida   haddan   tashqari   rasmiylashtirishga   ma’lum   miqdorda   javob   bergan.
Bu metodlar, dasturlashtirish aspektiga emas, balki o‘quvchi shaxsi  tushib qolgan
vaziyatga e’tibor beriladi. 
Ularni   tashkil   etilishi   va   boshqarish   markazida   o‘quvchining   muamoli
vaziyatda   ishtirok   etishi   hisobiga   ular   fikrlash   faoliyati   sababi   va   usullarini
qidiradilar.   Interaktiv   o‘qitish   usullari   bilimlarni   inson   o‘zaro   munosabatlari   va aloqalarini   tashkil   etish   yordamida   o‘zlashtirish   jarayonini   boshqarish   usullariga
murojaat etadi. Shu bilan o‘qitishni boshqaruv markaziga o‘qitilayotgan odamning
o‘zini, uning o‘quv jarayonining boshqa real ishtirokchilari bilan o‘zaro aloqalarini
qamrab oladi.  O‘qitish – bu ijtimoiy, jamoatchilik jarayoni bo‘lib, juda individual
emasligini tan olgan holda qo‘yilishi dastlabki qadam bo‘ldi.
Bu   usullardan   har   biri   o‘ziga   xos   harakatlar   yig‘indisi   yaratilib,   ular   bilan
o‘quvchilarning idrok etish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasi
sifatida usul mazmuni ifoda etiladi va uning ta’sir chegaralari belgilanadi. 
Dasturlashtirilgan   o‘qitish   metodlari   tizimi   –   bu   dasturning
dozalashtirilgan qadamidir. Muamoli o‘qitishning algoritmi – muamoli vaziyat va
uning turlari, evristik dasturlar va boshqalardan iborat. 
Interaktiv   o‘qitish   –   jamoa   bo‘lib   bahslashish,   o‘quv   –   rolli   o‘yinlar,
dialoglar   ssenariysi   va   muamoni   jamoa   bo‘lib   birgalikda   hal   etishda   poliloglar
(o‘zaro   munosabatlarni   bosqich   va   davrini   ko‘rsatib)   masalani   birgalikda   hal
etuvchilar   o‘rtasida   («mozgovoy   shturm»  misollaridan   biri)   o‘zaro  munosabatdan
iboratdir.   Muamoni   jamoa   bo‘lib   hal   etish   algoritmi,   evristika   va   ssenariysi,
ularning   har   birini   qo‘llanilishi   doirasiga   mosligini   hisobga   olgan   tizimidagina
o‘qitishni   boshqarish   maqsadida   amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lgan   ko‘p   turli
usullari sifatida qaralishi kerak. 
Rasmiy   va   norasmiy   fikrlashni   shakllantirish   uchun   faqatgina   algoritmlar
kamlik   qiladi   va   aksincha,   oddiy   ko‘nikmaga   o‘qitish   uchun   murakkab   evristika
mos   kelmaydi.   Muamoni   jamoa   bo‘lib   hal   etish   esa   «vaziyatni   hal   etish»   va
intuitsiyani yuzaga keltirish vazifasiga mos keladi. 
Birgalikdagi   o‘quv   faoliyatining   umumiy   xususiyatlari   shaxsni   tubdan
o‘zgartirish   hisoblanib,   shaxsning   rivojlanish   qonuniyatlarini   qayta   qurish
o‘zlashtirilgan mazmuniga munosabati sifatida, o‘zlashtirilgan o‘zaro aloqalar ham
qadriyatli   ko‘rsatmalar,   ma’noli   yo‘nalishlar,   o‘qitish   maqsadi   va   o‘qitish
ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar usullarini o‘zida ifoda etiladi.
Shaxsning   holatlardagi   o‘zgarishi   faoliyatni   o‘zlashtirishning   yangi
bosqichiga   va   o‘quvchi     talabalar   bilan   o‘zaro   aloqalarning   yangi   shakllariga o‘tishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘quvchilar,   talabalar   idrok   etish   faoliyatini
faollashtirishga  yordam   beruvchi   usullar   orasida   o‘quv  –  rolli   o‘yin  alohida   o‘rin
tutadi.   Bu   tushunchaning   mohiyati   bo‘yicha   o‘quvchilar,   talabalar   tomonidan
shartli   ravishda   va   o‘quv   maqsadida   odamlarning   haqiqiy   faoliyatlarini   qayta
takrorlash (o‘xshatish) dan iborat bo‘ladi. O‘quv – rolli metodni boshqa usullardan
farq   qiluvchi   muhim   belgisi,   unda   har   bir   o‘quvchining   jamoa   bo‘lib   -
o‘ynalayotgan   syujetning   ma’lum   rolini   qabul   qilib   olib   va   bajarishi   yo‘li   bilan
haqiqiy vaziyatni qayta tashkil etish, amalga oshirilish jarayoni hisoblanadi.
O‘quv – rolli o‘yinda quyidagi amaliy mahoratlar shakllantiriladi: 
1. Mustaqil bilimlarni egallash mahorati;
2. Masalani yechishdagi evristik, shu jumladan umumiy mahoratlari;
3. Sinflarda aniq – fan masalalarini mustaqil yechish mahorati. 
O‘quv – rolli o‘yinda   o‘quvchilarda ilgari salbiy yoki spetsefik munosabat
uyg‘otgan   nazariy   qoidalar   (qonunlar,   qoidalar,   tushunchalar)   yaxshi
o‘zlashtiriladi. O‘quv – rolli o‘yinning xususiyati unda masalani yechish jarayonini
jamoaviy   xarakterdaligi   ko‘zda   tutiladi.   Natijada   shunday   namunalarda   o‘qitish
uchun   sharoit   yaratiladiki,   bunda   bo‘sh   o‘quvchilar   kuchliroq   o‘quvchilarni
kuzatadilar  va o‘zlari  ham  ularning namunalari  bo‘yicha  harakat  qiladilar. Rolli  -
o‘yinda o‘quvchilarga javob aloqasi ahamiyatli bo‘ladi, unda ular haqiqiy hayotda
odamlar   o‘zlarining   qilmishlari   oqibatlari   haqida   qanday   qilib   bilib   olishlarini
tasavvur   qiladilar   va   bilib   oladilar.   Buning   natijasida   o‘quvchilarni   o‘z-o‘zini
boshqarish asosida o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi.
O‘quv   –   rolli   o‘yinlarning   samaraliligini   uning   ishtirokchi-larining   o‘yin
paytida   masalani   hal   etishda   faolliklari   keskin   o‘sib   borishi,   ishtirokchilarning
faolligini o‘sishi manbai esa  savollarning kuchliligi hisoblanadi.  A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z
13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

PEDAGOG PSIXOLOGIYA SI . Reja: 1.Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. 2.«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asosida o’qituvchi shaxsiga qoyiladigan talablar haqida tushuncha berish 3.O’qituvchi atamasi, uning shaxsi va kasbi haqida tushuncha 4.O’qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o’rni haqida tushuncha berish.

O‘qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir. «O‘qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom etirib, «O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari va zi f a si ga o‘ xs ha yd i , s hu s ab ab l i o‘ q i t uv ch i e sh i t ga n v a ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql- farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or- nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi» deb ta’kidlaydi. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qo idalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘q uvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Nosiriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaxarxandalik, qo‘pol yoki qatiq bo‘lishi mumkin emas. Dapc paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin». Yusuf Xos Xojib Qoshqariy «Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishamman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo‘ladilar....» Jomiy bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida

barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan. Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimatli fikrlari hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Shuningdek ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fikrlar atroflicha bayon qilingan. O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga solish, bolalar jamoasida ijtimoiy- psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O‘qituvchi pedagogik jamoa a’zosi sifatida pedagogik faoliyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarning ota- onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak u pedagogik bilimlar targ‘ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari xilma-xildir. Ma’lumki pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq. xislatlarga qaratilgan. O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari qo‘yidagilardir: - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish; -olijanobligi, aql-farosati, ma’naviy pok va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo‘yicha bolalarga singdirib berishi;

- o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir. Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir: - shaxsni ma’naviy-ma’rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z vatani, tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati; - keng bilim saviyasiga ega bo‘lish , barcha sohalarga doir bilimlar bilan kurollanishi; -yosh pedagogik psixologik, ijtimoiy psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi; -o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘ z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan x abardor bo‘lishi; -ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o ‘z ishiga iqtisodiy yondashishi; - bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi; - pedagogik texnikani (mantiq, nutq; ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega b o ‘lishi; -o ‘qituvchining o ‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi; K o ‘pchilik psixologlar shu bilan birga o ‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy o ‘qituvchilar uchun zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin o‘zbek psixologlaridan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Karejaova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbining turli jixatlarini atroflicha keng batafsil ko‘rsatib berish imkoniyatini yar at adi . Bevosi t a o‘ qi t uvchi shaxsi ga t aal l uql i bo‘l gan professiogramaga asosiy e’tibor qaratilgan. Professiograma - ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa

va har tomonlama batafsil ko‘rsatib berilgan hujjat. Professiograma psixologik jixatidan ishlab chiqarilgan faoliyatni tavsifnomasining kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak. M.G.Davletshin rahbarligida psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, YE.Gladkova, A.Mashkurov, T.Xamraqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o ‘ zbek tili va adabiyoti, o ‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o ‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar b o ‘yicha o ‘qituvchi professiogramasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi. Har bir mutaxassislik b o ‘yicha o ‘qituvchining ixtisoslashgan tavsifnomasini nazarda tutgan professiogramasi tuziladi, Jumladan, maktabning o ‘qituvchi- murabbiysi professiogramasini misol qilib keltiramiz. Professiogramada muhim xislatlar borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o ‘qituvchining quyidagi xislatlarini k o ‘rsatib o ‘tish lozim: 1. O‘qituvchining shaxsiy xislatlari: - bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish; - amaliy psixologik aql-farosatlilik; - mehnatsevarlik; - jamoat ishlarida faollik; - mehribonlik; - kamtarinlik; - odamiylik, dilkashlik; - uddaburonlik : mustahkam xarakterga ega bo‘lish; - o ‘z bilimini oshirishga intilish. 2.Kasbga xos bilimi: - ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; - psixologiya asoslarini, ayniqsa yosh psixologiyasi pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;