Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
![Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Reja:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
2.1. Pedagogik dasturiy vositalar
2.2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning
psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish.
2.3. Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_1.png)
![Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq
didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar .
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish
maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik
guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar
kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda
(pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini,
zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini
qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan
bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik,
muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik
xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi,
muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning
yaxlit birligi.](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_2.png)
![Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),
tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko`rgazmali-amaliy), diqqati (qat`iyliligi,
boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada
ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida o`quvchilarning yuqori
darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag`batlantirish), xotira, tasavvuri,
yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim,
ko`nikma va malakalarini hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv
masalalari murakkablik darajasi o`quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual
xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha his-
hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test
o`tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar,
tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o`qitish
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari,
joylashishi, o`lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik
talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo`nalganlik,
mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko`rgazmalilik, kirish nazorati,
intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik,
qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do`stonalik, foydalanuvchiga
moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan
o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_3.png)
![metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish
imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik
dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning
tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan
holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma
ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini
bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish
asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik
hususiyatlarini hisobga olish . Pedagogik dasturiy vositalarni qo`llash asosida
o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikma va malakalarini shakllantirishda
o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart.
Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq
ma`lumotlarni yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi
mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni
o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga,
o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda
ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o`zlashtiriladigan ma`lumotlar
hajmiga teskari proporsional ravishda o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
- ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy
ko`tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy
hissiyotlarning yig`ilib borishi;](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_4.png)
![- katta miqdordagi ta`limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot
resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi.
Bu holat ta`lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va
joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga
olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi
birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik
darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib,
o`qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan rasional
foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror
motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
1. Mualliflik dasturlari
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli
o`rgatuvchi dasturiy vosi talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali
dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim
jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda,
sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va
vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi.
Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita
hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vosi tasi
sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar
yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan
holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni
maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta`minotlarining
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate,
CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_5.png)
![Articulate Storyline kurslar
yaratish uchun mo`ljallangan eng
mashhur dasturlardan biri bo`lib, u
moslashuvchan, foydalanishda
qulay va turli maqsadli kurslar
yaratish uchun ishlab chiqilgan.
Articulate Storyline — uch utilitli
(Presenter, Quizmaker, Engage)
paket, o`rgatuvchi kurslarni,
taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko`rish va masofali
ta`lim tizimlariga integ rallanishi mumkin bo`lgan Flash va HTML5 formatlarda
yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga
oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o`quv kursining
murakkab interfaol senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni
qo`llashni bilish shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif
etadi. Ushbu dasturning xusu siyati oson o`zlashtirilishida, shuningdek,
yaratilayotgan loyihalar ning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida
ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan ko`ra yanada zamonaviyroq
va dinamikroq ko`rinadi. Dastur Microsoft Office 2007ga o`xshash interfeysga
ega, ishlab chiquvchilar, foydalanuvchilar, o`rganichlari oson bo`lishi maqsadida
tashqi ko`rinishini PowerPointga maksimal o`xshashligini ta`minlangan. YUqorida
buyruqlar to`plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan.
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-ob`yektlarni
qo`yishni qo`llab-quvvatlaydi. Barcha ko`p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov,
mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari
importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-
kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo`yish mumkin. SWF —
roliklari ham muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya
muharrirlarining loyihalari bilan integrasiyalash bo`yicha cheksiz imkoniyatlarni](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_6.png)
![ochadi. Veb-sahifalar slaydlarda freymlar ko`ri nishida aks etadi. Ulardan
foydalanish mumkin va bu ham roliklarni lo yihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Adobe Captivate— Mic rosoft
Windows va dasturiy ta`minotni namoyish
etish, video-darslarni yozish, dastur
simulyasiyasini yaratish, o`quv
taqdimotlarni yara tish va .swf formatda
turli testlarni yaratish uchun qo`llanilishi
mumkin bo`lgan Mac OS Xning 5
versiyalari uchun elektron ta`limda
qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe
Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya
qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulya siyalarini yaratish uchun Captivateda
chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin.
SHuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft
PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun
qo`llash mumkin.
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar,
yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar yaratish va tahrirlash
mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga
nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga
effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari
mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish, shuningdek,
tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni,
PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni
qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish
etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi:
Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_7.png)
![yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish
imkoniyatli testlar yaratish.
CourseLab dasturi : CourseLab — bu kuchli va shu bilan birga
foydalanuvchiga oddiy bo`lganb i nternet tizimida, masofaviy ta`lim tizimlarida,
kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun
mo`ljallangan interaktiv ta`lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun
mo`ljallangan kuchli va ishlatish oson bo`lgan dasturiy vositadir.
CourseLab ning asosiy imkoniyatlari:
WYSIWYG tizimida ko`rish va natijalarni olish mumkin bo`lgan ta`lim
materiallarini yaratish va tahrir qilish.
Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni ta lab qilmaydi.
Ob e` ktiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta`lim mat e riallarini
yaratish imkonini b e radi.
S e nariylardan foydalanish
murakkab ko`p «Ob e` kt»li bog`liq -
liklarni yaratishni osonlashtiradi.
T e stlarni avtomatik yaratish
m e xanizmiga ega.
Ochiq ob e` ktiv int e rf e ys ob e` kt
va shablonlar kutubxonasi va
foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni
osonlikcha k e ngaytirish imkonini
b e radi.
Ob e` ktlar anima s iyasi m e xanizmiga ega.
CourseLab dasturining interfeysi
CourseLab yordamida yaratilgan ta`lim materiallari ishla tilish turiga qarab,
elektron ta`limning quyidagi: AICC ( http://www.aicc.org ), SCORM 1.2
( http://www.adlnet.org ) standart lariga mos keladi.](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_8.png)
![iSpringPro dasturi : iSpringPro dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX
formatdagi fayllarni Flash (.swf) va HTML formatiga konvertasiyalash
imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.
Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni
PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.
Хususan:
• YAratiladigan elektron o`quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga
o`tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system)
bilan integrasiyalashtirish mumkin degani.
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha
siqish imkoniyati mavjud
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini
ta`minlaydi
Ushbu paket o`z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio,
video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari
va o`quv kurslari, har xil so`rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi
bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
2. Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar (SCORM,
TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish
SCORM standart paketlari : SCORM (angl. Sharable Content Object
Reference Model -birgalikda foydalanish uchun ob`yekt tarkibidagi namunali
model.
Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv kontent
ustida bajaradigan xarakatlarini o`qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning
misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi
kontentda mavjud bo`lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki
tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni o`quvchi qancha vaqt davomida
o`rganganligini, bu standartda (ya`niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv
kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_9.png)
![vaqtda mavjud bo`lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools)
ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti
ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta`lim
resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida
yaratish tavsiya etiladi
Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish.
Moodle – Web muhitida o`qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student
tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari
IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni
ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va
modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi
hisoblanadi.
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o`qituvchi hamda ta`lim oluvchi
o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni
joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p davlatlarining o`quv muassasalarida
masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan
holda tashkillashtirilmoqda.
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti
sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web
ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet tarmog`ida foydalanishga
mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan
foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi
(MySQL yoki PostgreSQL), PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki
IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan
tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_10.png)
![Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle
2.5.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
LMS/LCMS tizimlari elektron ta`limni (masofaviy ta`lim jarayonini) tashkil
etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga
o`quvchilarning(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa
roldagilarni) ro`yihatga olishi, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish,
o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va
o`qituvchilarning o`zaro individual yoki/va guruh bo`lib hamkorlikda ishlashini
(Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni
boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron
nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq
turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh
qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy
so`rovlar tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish,
sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron
kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish
imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar(tyutorlar),
kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv
kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi
davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi
operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini
maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi(tyutor) (yoki
elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv resurslarni
yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida
yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, umumiy
elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali)
muloqatini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha
foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi,](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_11.png)
![iqtisodiy va marketingga oid operasiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni
sanab o`tish mumkin.](/data/documents/1e01479d-fd6d-4452-bd8d-2c6a12167098/page_12.png)
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha Reja: 1.Kirish. 2.Asosiy qism. 2.1. Pedagogik dasturiy vositalar 2.2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. 2.3. Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish. 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: - o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi; - test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi; - mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; - o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar . Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli- tumanligi, amalga oshirilishi. Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko`rgazmali-amaliy), diqqati (qat`iyliligi, boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida o`quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag`batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv masalalari murakkablik darajasi o`quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha his- hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi. Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o`tkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o`qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o`lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo`nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko`rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do`stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish
metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi. 3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish . Pedagogik dasturiy vositalarni qo`llash asosida o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikma va malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq ma`lumotlarni yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o`zlashtiriladigan ma`lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: - ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; - yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko`tarinkilikning tinib qolishi; - yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig`ilib borishi;
- katta miqdordagi ta`limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi. Bu holat ta`lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib, o`qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan rasional foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. 1. Mualliflik dasturlari Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vosi talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vosi tasi sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta`minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.