logo

Photoshopda mashtablar bilan ishlash hamda photoshop imkonyatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.0419921875 KB
            
Photoshopda mashtablar bilan ishlash hamda photoshop imkonyatlari
                                                             Reja:
1.Photoshop imkonyatlari 
2.Photoshop versiyalari
3.Mashtablar bilan ishlash             
Kompyuter   grafikasi   tasvirlarni   yaratish   va   qayta   ishlashda   vosita   sifatida
kompyuter   qo‘llaniladigan   faoliyat   sohasi   hisoblanadi.   Kompyuter   grafikasini
qo‘llash   sohasiga   qarab   ilmiy   grafika,   biznes   grafika,   konstruktorlik   grafika,
tasviriy   grafika,   badiiy   grafika,   kompyuter   animatsiyasi,   multimediya   va
boshqalarga   ajratadi.   Kompyuter   grafikasining   turiga   qarab   rastrli,   vektorli   va
fraktal   kompyuter   grafikalarini   ajratish   mumkin.   Adobe   Photoshop   dasturi   rastrli
grafik   muharriri   xisoblanib   Adobe   Inc.   kompaniyasi   tomonidan   Windows   va
MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli
rastrli   tasvirlarni   yaratish   va   tahrirlash,   maska   va   ko‘p   rang   modellarini   qo‘llash
imkoniyatini  beradi. Ushbu xususiyatlarni  qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va
PSB  fayl  formatlarini  ishlatadi.  Rastrli  grafikadan  tashqari  dastur  vektorli  grafika
va 3D grafikalar bilan ishlash uchun cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop
dasturi   tasvirlarni   piksellar   to‘plami   sifatida   yaratadi.   Photoshop   dasturining
mo‘yqalam,   aerograf,   pero   va   qalam   kabi   uskunalari   yordamida   tasvirni   rassom
kabi   xolstda   yaratib   olish   mumkin.   Dasturdagi   barcha   uskunalarning
xususiyatlarini   foydalanuvchi   talabiga   mos   ravishda   o‘zgartirib   olish   mumkin.
Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu qavatlarning qo‘llanilishi. Har
bir   qavatni   tasvirning   qolgan   qismiga   ta’sir   qilmagan   holda   mustaqil   ravishda
o‘zgartirish   va   xususiyatlarini   belgilab   olish   mumkin.   Photoshop   dasturining
asosiy   qo‘llanilish   sohasiga   tasvirlarni   retushlash,   matn   bo‘laklarini   o‘z   ichiga
oluvchi   kompozitsiyalarni   yaratish,   boshqa   grafik   muharrirlarda   yaratilgan
tasvirlarni   tahrirlash,   dasturning   uskunalari   va   vositalaridan   foydalanib   chizish
texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop dasturining asosiy
imkoniyatlariga   raqamli   tasvirlarni   qayta   ishlash,   ranglarni   sozlash,   tasvir
nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj, fotokollajlarni
yaratish,   retushlash   va   eski   rasmlarni   tiklash,   eskizlar   yaratish,   matnlar   bilan
ishlash, teksturalar  yaratish, tasvirlarni  chop etishga tayyorlash, tasvirlarning turli
standartlari   va   formatlarini   qo‘llash   kiradi.   4   PHOTOSHOP   DASTURI   BILAN
TANISHISH   Yangi   hujjat   yaratish   Photoshop   dasturida   hujjat   yaratishda   bo‘sh
xolst   o‘rniga   Adobe   Stock   ning   keng   ko‘lamdagi   andozalaridan   foydalanish             
mumkin.   Andozalar   loyiha   uchun   tayyor   tasvir   va   boshqa   elementlardan   tashkil
topadi.   Photoshop   dasturida   andozalar   bilan   ishlash   odatiy   hujjatlar   bilan
ishlagandek   amalga   oshiriladi.   Bundan   tashqari   yangi   hujjat   yaratishda   tayyor
hujjat   o‘lcham   andozalaridan   ham   foydalanish   yoki   hujjat   o‘lchamini   mustaqil
berish   ham   mumkin.   Keyin   foydalanish   uchun   foydalanuvchi   hujjat   o‘lchamini
saqlab olish imkoniyati mavjud. Andozalar va o‘lcham andozalari Andozalar hujjat
uchun andoza va qayta ishlanadigan elementlarni taqdim etadi. Sifatli tasvirlar va
grafiklardan   tashkil   topgan   andozalarni   Photoshop   dasturi   ichidan   Adobe   Stock
dan   yuklab   olish   mumkin.   Ushbu   andozalar   asosida   belgilangan   xususiyat   va
dizayn   elementlariga   ega   hujjat   yaratib   olish   mumkin.   Andozalar   .psd
kengaytmasiga   ega.   Bo‘sh   hujjat   o‘lcham   andozalari   -   oldindan   belgilangan
o‘lcham   va   xususiyatga   ega   bo‘sh   hujjat.   O‘lcham   andozalari   ma’lum   qurilmalar
uchun   hujjat   yaratishni   osonlashtiradi.   Bo‘sh   hujjat   o‘lcham   andozasi   oldindan
belgilangan   o‘lcham,   rang   rejimi,   o‘lchov   birligi,   yo‘nalishi,   joylashishi   va
nuqtalar   zichligi   kabi   xususiyatlariga   ega.   Andozalar   va   o‘lcham   andozalarni
quyidagi   guruhlarga   bo‘lish   mumkin:   -   tasvir;   -   chop   etiluvchi;   -   grafik;   -   veb;   -
mobil;   -   video.   Yangi   hujjat   yaratish   dialog   oynasi   Yangi   hujjat   yaratish   dialog
oynasini   ochish   uchun   Photoshop   dasturini   ishga   tushirib   quyidagilardan   birini
amalga   oshirish   kerak:   5   -   Ctrl+N   tugmalar   kombinatsiyasini   bosish;   -   File
menyusidan   New   qatorini   tanlash;   -   Start   ishchi   sohasida   New   yoki   Start   New
tugmalarini bosish; - Ochiq hujjatning sarlavha qismi ustiga sichqon ko‘rsatkichini
joylab   o‘ng   tugmasini   bosish   va   ochilgan   kontekst   menyusidan   New   Document
qatorini   tanlash:   O‘lcham   andozasidan   foydalanib   hujjat   yaratish   O‘lcham
andozasidan   foydalanib   hujjat   yaratish   uchun   quyidagilarni   bajarish   kerak:   1.
Yangi   hujjat   yaratish   dialog   oynasida   kerakli   kategoriya   bo‘limi   tanlanadi;   2.
O‘lcham   andozasi   tanlanadi;   3.   Zarur   hollarda   o‘lcham   andozasi   qiymatlariga
o‘zgartirishlar   kiritiladi;   4.   Dialog   oynasining   Create   tugmasi   bosiladi   va   dastur
o‘lcham   andozasi   asosida   yangi   hujjat   yaratadi.   O‘lcham   andozasi   qiymatlarini
o‘zgartirish   O‘lcham   andozasi   asosida   yangi   hijjat   yaratishdan   oldin   yangi   hujjat
yaratish   dialog   oynasining   o‘ng   qismida   joylashgan   O‘lcham   andozasi             
xususiyatlari   panelidan   andozaning   quyidagi   qiymatlarini   o‘zgartirib   olish
mumkin:   1.   Yangi   hujjatning   nomini   belgilash;   2.   Width   va   Height:   hujjatning
o‘lchamlarini   belgilash;   ochiluvchi   menyudan   o‘lchov   birligini   belgilash;   3.
Orientation:   hujjat   varog‘ining   yo‘nalishini   belgilash;   4.   Artboards:   hujjatga
artboard   elementlarini   qo‘shish;   5.   Resolution:   hujjatning   nuqtalar   zichligini
belgilash;   6.   Color   Mode:   hujjatning   ranglar   rejimini   belgilash;   7.   Background
Contents:   hujjatning   orqa   fon   rangini   belgilash   mumkin.   Foydalanuvchi   o‘lcham
andozasini saqlash Mavjud o‘lcham andozasini yangi qiymatlar bilan saqlash yoki
yangi   o‘lcham   andozasi   sifatida   saqlash   mumkin.   Yangi   o‘lcham   andozasini
yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. O‘lcham andozasining qiymatlarini
belgilagandan keying o‘lcham andozasi xususiyatlari panelida tugmasi bosiladi; 2.
Yangi   o‘lcham   andozasi   uchun   nom   beriladi;   3.   Saqlash   tugmasi   bosiladi.
Yaratilgan   o‘lcham   andozasiga   Yangi   hujjat   yaratish   dialog   oynasining   Saved
bo‘limidan   murojaat   qilish   mumkin.   Stock   andozalari   yordamida   yangi   hujjat
yaratish   Photoshop   dasturida   Adobe   Stockdan   turli   hujjat   andozalari   mavjud.
Andoza   yordamida   hujjat   yaratish   uchun   quyidagilarni   bajarish   kerak:   1.   Yangi
hujjat   yaratish   dialog   oynasida   tasvir,   chop   etiluvchi,   grafik,   veb,   mobil,   video
bo‘limi   tanlanadi;   2.   Bo‘limdan   kerakli   andoza   tanlanadi;   3.   Hujjat   andozasini
ko‘rib olish uchun dialog oynasining o‘ng qismidan See Preview tugmasi bosiladi;
4. Andoza Download tugmasi yordamida yuklab olinadi; 5. Hujjat andozasi yuklab
olinganidan   so‘ng   Open   tugmasi   bosiladi.   8   Adobe   Stockdan   hujjat   andozalarini
izlash   Adobe   Stockdan   oldindan   tanlangan   hujjat   andozalaridan   tashqari   Yangi
hujjat yaratish dialog oynasidan boshqa hujjat andozalarini izlash va yuklab olish
mumkin. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida Adobe Stockdan hujjat andozalarini
qidirish   uchun   matn   kiritib   Go   tugmasi   bosiladi.   Photoshop   dasturi   Adobe   Stock
vebsahifasini   brauzer   yordamida   ochib   beradi.   Kiritilgan   matn   asosida   topilgan
hujjat andozalarini ko‘rib kerakligini yuklab olish mumkin. Muxtahkamlash uchun
savol   va   topshiriqlar:   1.   Andozalar   nimalardan   iborat?   2.   Andozalar   qanday
fayllarda   saqlanadi?   3.   O‘lcham   andozalari   deganda   nimalar   tushiniladi?   4.
Andozalar   qanday   guruhlarga   bo‘lingan?   5.   Photoshop   dasturida   yangi   hujjat             
qanday   yaratilishi   mumkin?   6.   Yangi   o‘lcham   andozalari   qanday   yaratiladi?   7.
Mavjud   andoza   yordamida   yangu   hujjat   qanday   yaratiladi?   8.   Adobe   Stock
yordamida   yangi   hujjat   yarating.   ISH   SOHASI   Ish   sohasi   asoslari   Hujjatlar   va
fayllarning   yaratilishi   va   ular   bilan   ishlashda   oyna,   panel,   uskunalar   kabi
elementlrdan foydalaniladi. Ushbu elementlarning ixtiyoriy majmuasiga ish sohasi
deyiladi. Foydalanuvchi Photoshop dasturini o‘z ehtiyojlarida kelib chiqqan holda
oldindan   belgilangan   ish   soha   andozalaridan   foydalanib   yoki   yangi   ish   soha
andozasini   yaratib   sozlab   olishi   mumkin.   Boshlang‘ich   ish   sohasi   Photoshop
dasturining   boshlang‘ich   ish   sohasi   foydalanuvchining   oxirgi   ishlatgan   fayllari,
bibliotekalari   va   o‘lcham   andozalariga   tezda   murojaat   qilish   imkonini   beradi.
Photoshop dasturia boshlang‘ich ish sohasi dastur ishga 9 tushirilganda yoki xech
qanday hujjat ochiq bo‘lmaganda aks ettiriladi. Boshlang‘ich ish sohasidan chiqib
ketish uchun klaviaturaning Esc tugmasini bosish kerak. Boshlang‘ich ish sohasini
aks   ettirishni   boshqarish   dasturning   Edit   menyusining   Preferences   bo‘limidan
General   qatori   tanlanadi.   Natijada   ochilgan   dialog   oynasida   Disable   the   Home
Screen elementini  belgilash kerak. Photoshop dasturining ish maydoni  Photoshop
dasturining   ish   maydoni   quyidagi   ko‘rinishga   ega:   Dasturning   ish   maydoni
quyidagilardan   tashkil   topadi:   1.   Dastur   oynasining   yuqori   qismida   dasturning
menyusi   joylashgan;   2.   Dastur   oynasining   chap   qismida   rasm   va   hujjat
elementlarini   yaratish   va   tahrirlash   uchun   mo‘ljallangan   uskunalar   paneli
joylashgan. Bog‘liq uskunalar guruhlangan; 10 3. Dastur menyusining ostida joriy
tanlangan   uskunaning   xususiyatlarni   boshqarish   paneli   joylashgan;   4.   Dastur
oynasining   markaziy   qismida   joriy   ishlanib   turilgan   faylni   aks   ettiruvchi   hujjat
oynasi joylashgan; 5. Dastur oynasining o‘ng qismida ish bajarilishini kuzatish va
o‘zgartirish   imkonini   beruvchi   panellar   joylashgan.   Photoshop   dasturida   barcha
panellarni   yashirish   yoki   aks   ettirish   uchun   klaviaturaning   Tab   tugmasini   bosish
kerak.   Uskunalar   paneli   va   uskuna   xususiyatlarini   boshqarish   panelidan   tashqari
barcha   panellarni   yashirish   yoki   aks   ettirish   uchun   klaviaturadan   Shift+Tab
tugmalar   kombinatsiyasini   bosish   kerak.   Panel   xususiyatlarini   aks   ettirish   uchun
panelning   yuqori-o‘ng   qismida   joylashgan   tugmasini   bosish   kearak.   Oynalar   va             
panellarni   boshqarish   Foydalanuvchi   hujjat   oynasi   va   panellar   joylashishini
o‘zgartirib   o‘zi   istagan   ko‘rinishdagi   ish   maydonini   hosil   qilib   olishi   mumkin.
Hosil   qilib   olingan   ish   maydonini   saqlab   olish   va   bir   nechta   ish   maydonlar
o‘rtasida   o‘tish   mumkin.   Ish   sohalarni   saqlash   va   almashtirish   Photoshop   dasturi
joriy   ochilgan   panellar,   ularning   o‘lchamlari   va   joylashishini   saqlab   olish
imkoniyatini   beradi.   Saqlab   olingan   ish   sohasini   istalgan   vaqtda   qayta   11   tiklab
olish   mumkin.   Saqlangan   ish   sohalar   nomlari   dasturing   Windows   menyusi
Workspace   bo‘limida   aks   ettiriladi.   Foydalanuvchi   ish   sohasini   saqlash   uchun
quyidagilarni   bajarish   kerak:   1.   Dastur   Windows   menyusining   Workspace
bo‘limidan New Workspace  qatorini tanlash;  2. Ochilgan New Workspace dialog
oynasida   ish   soha   nomi   kiritiladi:   3.   Qo‘shimcha   sifatida   joriy   klavishlar
kombinatsiyalari, menyular va uskunalar panellari to‘plamlarini dialog oynasidagi
tegishli   Keyboard   Shortcuts,   Menus,   Toolbar   elementlarini   belgilab   saqlab   olish
mumkin.   Joriy   ish   sohasini   almashtirish   uchun   dastur   Windows   menyusining
Workspace   bo‘limidan   kearkli   ish   soha   nomi   tanlanadi.   Biror   bir   saqlangan   ish
sohasini   o‘chirish   uchun   dastur   Windows   menusining   Workspace   bo‘limidan
Delete   Workspace   qatorini   tanlash   kerak.   Ochilgan   dialog   oynasidan   o‘chirish
kerak   bo‘lgan   ish   soha   nomi   tanlanadi:   Dastur   bilan   ishlash   vaqtida   foydalanish
uchun   turli   panellar   ochiladi.   Photoshop   dasturi   ish   sohasida   bajarilgan   oxirgi
o‘zgarishlarni   saqlab   qoladi   va   navbatdagi   ishga   tushirilganda   ish   sohasini   ushbu
o‘zgarishlar bilan aks ettiradi. Joriy ish sohasida panellar joylashishining dastlabki
holatiga qaytarish uchun dastur  12 Windows  menyusining Workspace  bo‘limidan
Reset   [ish   soha   nomi]   qatorini   tanlash   kerak.   Uskuna   yo‘riqnomasi   Photoshop
dasturida   muayyan   bir   uskuna   qanday   vazifa   bajarishini   bilib   olish   uchun
uskunalar   panelida   joylashgan   uskuna   ustiga   sichqon   ko‘rsatkichi   joylashtirib
turilsa   dastur   ushbu   uskuna   bajaradigan   amallar   to‘g‘risidagi   qisqa   animatsion
videoni namoyish etadi. Ushbu yo‘riqnoma animatsiyalarini aks ettirmaslik uchun
dasturning Edit menyusi Preferences bo‘limidan Tools qatori tanlanadi va ochilgan
xususiyatlar   dialog   oynasidan   Enable   Rich   Tooltips   elementidan   belgilashni   olib
tashlash   kerak   bo‘ladi.   13   Photoshop   dasturida   izlash   Photoshop   dasturi   yagona             
izlash   dialogi   orqali   foydalanuvchi   interfeysi   elementlari,   hujjatlar,   yordamchi
materiallar,   Stock   elementlarini   izlash   imkoniyatini   beradi.   Izlashni   dastur   ishga
tushirilganidan   so‘ng   yoki   biror   bir   hujjat   ochilgandan   so‘ng   boshlash   mumkin.
Izlashni   boshlash   uchun   quyidagilardan   birini   bajarish   kerak:   -   dasturning   Edit
menyusidan   Search   qatorini   tanlash;   -   klaviaturadan   Ctrl+F   tugmalar
kombinatsiyasini bosish; - dastur oynasining hususiyatlar panelining o‘ng qismida
joylashgan tugmani bosish  kerak bo‘ladi. Photoshop dasturining izlash funksiyasi
yordamida quyidagilarni topish mumkin: - Foydalanuvchi interfeysi elementlari: -
uskunalar;   -   panellar;   -   menyu   elementlari;   -   yangi   hujjat   andozalari;   -   ochilgan
hujjatlar; - so‘nggi fayllar; - qavatlar; - smart obyektlar; - Yordamchi materiallar; -
Stock   elementlari.   Photoshop   dasturining   izlash   funksiyasi   faollashtirilganda
quyidagi dialog oynasi aks ettiriladi: Dialog oynasida izlash natijalari quyidagicha
tartiblanadi:   14   -   All:   izlash   natijalarini   barchasini   Foydalanuvchi   interfeysi
elementlari,   Yordamchi   materiallar,   Adobe   Stock   elementlari   ketma-ketligida
tartiblaydi:   -   Photoshop:   izlash   natijalarida   dasturning   foydalanuvchi   interfeysi
elementlarini  aks  ettiradi:  -  Learn:  izlash  natijalarida  yordamchi   materiallarni   aks
ettiradi;   15   -   Stock:   kiritilgan   so‘zga   mos   Adobe   Stock   tasvirlarini   aks   ettiradi;   -
Lr(Lightroom)Photos: kiritilgan so‘zga mos keluvchi Lightroom tasvirlarini izlash,
filtrlash,   tartiblash   va   import   qilish   imkonini   beradi;   Izlash   natijalari   tanlanganda
Photoshop   dasturi   tanlangan   element   turiga   qarab   quyidagi   amallarni   bajaradi:   -
Qavat:   qavatni   tanlaydi   va   qavatlar   panelida   uni   aks   ettiradi;   -   Uskuna:   uskunani
faollashtiradi   va   foydalanuvchi   interfeysida   uning   elementini   ajratadi;   -   Panel:
panelni   aks   ettiradi   va   faollashtiradi,   uni   ajratadi   va   ochadi;   -   Menyu   buyruqlari:
buyruqni   bajaradi;   -   Yaqin   orada   ishlangan   fayl:   faylni   ochadi;   -   Ochiq   hujjat:
hujjatni   joriy   qiladi;   -   Yordamchi   materiallar:   brauzerda   yordamchi   materialni
ochadi;   -   Stock   elementi:   tasvir   elementini   yuklab   oladi   va   faol   Creative   Cloud
bibliotekasiga   qo‘shadi.   Uskunalar   paneli   Photoshop   dasturi   ishga   tushirilganda
dastur  oynasining  chap  qismida  uskunalar  paneli   joylashadi.  Uskuna  tugmasining
ustida sichqon  ko‘rsatkichi  joylashtirib turilsa ushbu  uskuna  to‘g‘risida  ma’lumot
aks   ettiriladi:   17   Uskuna   tugmasining   pastki   o‘ng   burchagida   uchburchak   bo‘lsa             
ushbu   tugmasining   ostida   yashirilgan   uskunalar   tugmalari   joylashganligini
bildiradi.   Pastki   o‘ng   burchagida   uchburchak   mavjud   uskuna   tugmasi   sichqon
tugmasi bilan bosib turilganda uning ostida yashirilgan uskunalar  tugmalarini aks
ettiriladi:   Uskunalar   panelida   joylashgan   uskunalarni   shartli   ravishda   yettita
guruhga bo‘lish mumkin: 1. Tanlash uskunalari; 2. Kesish uskunalari; 3. O‘lchash
uskunalari;   4.   Retush   uskunalari;   5.   Bo‘yash   uskunalari;   6.   Chizish   va   yozish
uskunalari;   7.   Navigatsiya   uskunalari.   18   1.   Tanlash   uskunalar   guruhiga
quyidagilar kiradi: - siljitish uskunasi;  - belgilash uskunalari; - ixtiyoriy belgilash
uskunalari;   1   2   3   4   5   6   7   19   -   tez   belgilash   uskunalari;   2.   Kesish   uskunalar
guruhiga quyidagilar  kiradi: - kesish  va qirqish uskunalari;  3. O‘lchash uskunalar
guruhiga   quyidagilar   kiradi:   -   o‘lchash   uskunalari;   4.   Retush   uskunalar   guruhiga
quyidagilar   kiradi:   -   tiklash   uskunalari;   -   klonlash   uskunalari;   -   o‘chirg‘ich
uskunalari; - bulash uskunalari; Uskunalar panelidagi uskuna to‘g‘risida ma’lumot
beruvchi   yordamchi   oynani   aks   ettirilishini   bekor   qilish   uchun   dasturning   Edit
menyusi Preferences bo‘limidan Tools qatori tanlanadi. Ochilgan dialog oynasidan
Use   Rich   Tooltips   elementidan   belgilanishni   olib   tashlash   kerak:   Ushbu   dialog
oynasida   quyidagilarni   bajarish   mumkin:   -   uskuna   va   uskunalar   guruhlarini
sichqon   ko‘rsatkichi   bilan   ushlab   uskunalar   panelidagi   joyini   o‘zgartirish;   -
ortiqcha,   ishlatilmaydigan   va   kam   ishlatiladigan   uskunalarni   Extra   Tools
qo‘shimcha   uskunalar   bo‘limiga   o‘tkazish;   -   qo‘shimcha   uskunalar   bo‘limidagi
uskunalarni   ishlatish   uchun   uskunalar   panelining   pastki   qismida   joylashgan
tugmani   bosib   turish   kerak;   23   -   o‘zgartirilgan   uskunalar   panelini   saqlab   olish
uchun   dialog   oynasining   Save   Preset   tugmasi   bosiladi;   -   oldin   o‘zgartirilgan
uskunalar panelini ochish uchun dialog oynasining Load Preset tugmasi bosiladi; -
uskunalar panelining birlamchi ko‘rinishini qayta tiklash uchun dialog oynasining
Restore   Defaults   tugmasi   bosiladi;   -   uskunalar   panelidagi   barcha   uskunalar
tugmalarini   qo‘shimcha   uskunalar   bo‘limiga   ko‘chirish   uchun   dialog   oynasining
Clear   Tools   tugmasini   bosish   kerak;   -   uskunalar   panelining   pastki   qismida
joylashgan   maxsus   tugmalarni   aks   ettirish   uchun   dialog   oynasining   ushbu
tugmalarini bosish kerak: Uskunalar bajaradigan amallar 1. Tanlash uskunalari The             
Marquee tools – to‘rtburchak, ellips, bir qator, bir ustun ko‘rinishida belgilanishlar
bajaradi   The   Move   tool   –   belgilanishlarni,   qavatlarni,   yo‘nalish   elementlarini
siljitadi   The   Lasso   tools   –   ixtiyoriy,   poligonal   va   yopishuvchi   belgilanishlar
bajaradi   The   Quick   Selection   tool   –   belgilanishlarni   o‘zgartiriladigan   mo‘yqalam
yordamida   tez   bajaradi   24   The   Magic   Wand   tool   –   o‘xshash   rangdagi   sohalarni
belgilaydi   2.   Kesish   uskunalari   The   Crop   tool   –   tasvirlarni   kesib   oladi   The   Slice
tool   –   tasvirni   bo‘laklaydi   The   Slice   Select   tool   –   tasvir   bo‘lagini   belgilaydi   3.
Retush uskunalari The Spot Healing Brush tool – nuqson va obyektlarni o‘chiradi
The   Healing   Brush   tool   –   tasvirdagi   kamchiliklarni   tuzatish   uchun   namuna   yoki
andoza   asosida   chizadi   The   Patch   tool   –   tasvirning   belgilangan   maydonidagi
kamchiliklarni   namuna   yoki   andoza   yordamida   tuzatadi   25   The   Red   Eye   tool   –
qizil   ko‘z   effektini   o‘chiradi   The   Clone   Stamp   tool   –   tasvirning   namunasi   bilan
chizadi The Pattern Stamp tool – tasvirning qismini andoza sifatida ishlatib chizadi
The   Eraser   tool   –   piksellarni   o‘chiradi   va   tasvirning   qismini   avvalgi   saqlangan
ko‘rinishiga   qaytaradi   The   Background   Eraser   tool   –   tasvir   sohalarini   shaffof
ko‘rinishga keltirib o‘chiradi The Magic Eraser tool – bir xil rangga ega sohalarni
yagona   klik   yordamida   shaffof   ko‘rinishga   keltirib   o‘chiradi   The   Blur   tool   –
tasvirning o‘tkir burchaklarni xiralashtiradi  26 The Sharpen tool – tasvirning xira
burchaklarni o‘tkirlashtiradi The Smudge tool – tasvirni bulaydi The Dodge tool –
tasvir   sohalarini   oqartiradi   The   Burn   tool   –   tasvir   sohalarini   qoraytiradi   The
Sponge tool – tasvir sohalarining rang zichligini o‘zgartiradi 4. Bo‘yash uskunalari
The   Brush   tool   –   mo‘yqalam   bilan   chizadi   The   Pencil   tool   –   o‘tkir   chegarali
chiziqlarni   chizadi   27   The   Color   Replacement   tool   –   belgilangan   rangni   yangi
rangga   o‘zgartiradi   The   Mixer   Brush   tool   –   ranglarni   aralashishi   va   bo‘yoq
namligini   kabi   real   bo‘yash   texnikasini   takrorlaydi   The   History   Brush   tool   –
belgilangan tasvir holatini joriy tasvir oynasiga chizadi The Art History Brush tool
–   belgilangan   tasvir   holatidan   foydalanib   tasvirni   turli   bo‘yash   stillarini
takrorlaydigan   ko‘rinishida   bo‘yaydi   The   Gradient   tools   –   to‘g‘ri   chiziqli,   radial,
burchakli, akslangan va brilliant ko‘rinishida ranglar aralashmalarini yaratadi The
Paint   Bucket   tool   –   o‘xshash   rangdagi   sohalarni   old   fon   rangi   bilan   to‘ldiradi   5.             
Chizish va yozish uskunalari The Path Selection tools – langar nuqtalari, yo‘nalish
chiziqlari   va   yo‘nalish   nuqtalarini   ko‘rsatuvchi   shakl   yoki   segment   belgilashlarni
yaratadi 28 The Type tools – tasvirda yozuvlarni hosil qiladi The Type Mask tools
–   matn   ko‘rinishdagi   belgilanishlarni   yaratadi   The   Pen   tools   –   silliq   chegarali
yo‘llarni   yaratish   imkonini   beradi   The   Shape   tools,   Line   tool   –   oddiy   qavat   yoki
figura qavatga geometrik figuralarni va chiziqlarni chizadi The Custom Shape tool
– belgilangan figuralar ro‘yxatidan tanlangan figurani chizadi 6. Navigatsiya, izoh
va o‘lchash uskunalari The Hand tool – tasvirni o‘z oynasi ichida siljitish imkonini
beradi   The   Rotate   View   tool   –   xolstni   aylantirib   ko‘rish   imkonini   beradi   29   The
Zoom   tool   –   tasvirni   ko‘rinish   masshtabini   o‘zgartiradi   The   Note   tool   –   tasvirga
biriktiriladigan   izohlarni   yaratadi   The   Eyedropper   tool   –   tasvirdan   rang   tanlaydi
The   Color   Sampler   tool   –   to‘rtagacha   bo‘lgan   nuqtalarning   rang   qiymatini   aks
ettirish imkonini beradi The Ruler tool – masofa, joylashish va burchakni o‘lchash
imkonini   beradi   The   Count   tool   –   tasvirdagi   obyektlar   sonini   sanaydi   7.   3D
uskunalari The 3D Object Rotate tool – obyektni x o‘qi atrofida aylantiradi 30 The
3D Object Roll tool – obyektni z o‘qi atrofida aylantiradi The 3D Object Pan tool –
obyektni x va y o‘qlari yo‘nalishida siljitadi The 3D Object Slide tool – obyektni x
va   z   o‘qlari   yo‘nalishida   siljitadi   The   3D   Object   Scale   tool   –   obyektni
kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi The 3D Rotate Camera tool – kamerani x va y
o‘qlari   yo‘nalishida   aylantiradi   The   3D   Roll   Camera   tool   –   kamerani   z   o‘qi
atrofida   aylantiradi   The   3D   Pan   Camera   tool   –   kamerani   x   va   y   o‘qlari   bo‘ylab
siljitadi   Uskunalardan   foydalanish   Photoshop   dasturi   ishga   tushirilganidan   so‘ng
dastur   oynasining   chap   qismida   uskunalar   paneli   aks   ettiriladi.   Uskunalar
panelidagi   ba’zi   uskunalarning   xususiyatlari   o‘zgaruvchan   xususiyatlar   panelida
aks  ettiriladi.  Ba’zi   uskunalarni  kengaytirib  ostida  berkitilgan  boshqa  uskunalarni
aks   ettirish   mumkin.   Uskuna   tugmasining   pastki   o‘ng   qismida   joylashgan
uchburchak   ushbu   tugma   ostida   berkitilgan   uskunalar   mavjudligidan   dalolat
beradi:   Uskuna   tugmasi   ustiga   sichqon   ko‘rsatkichini   joylashtirib   bir   oz   bosib
turilsa   uning   ostida   berkitilgan   uskunalar   aks   ettirilad   Uskunani   tanlash   uchun
quyidagilarning   birini   bajarish   kerak:   -   uskunalar   panelidan   uskuna   tugmasini             
bosish.   Agar   uskuna   tugmasining   pastki   o‘ng   qismida   uchburchak   mavjud   bo‘lsa
tugma   ustiga   sichqon   ko‘rsatkichini   joylashtirib   bir   oz   bosib   turiladi   va   uskuna
tugmasining   ostida   berkitilgan   uskunalar   aks   ettiriladi.   Aks   ettirilgan   uskunalar
ro‘yxatidan   kerakli   uskuna   tugmasi   bosiladi;   -   uskunaga   biriktirilgan   klaviatura
tugmalar   kombinatsiyasi   bosish.   Uskunaga   biriktirilgan   tugmalar   kombinatsiyasi
uskuna to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi izohda ko‘rsatiladi: 32 Berkitilgan
uskunalar to‘plami o‘rtasida o‘tishlarni amalga oshirish uchun klaviaturaning Shift
tugmasini bosib turgan holda uskunaga biriktirilgan tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Uskuna   ko‘rsatkichini   o‘zgartirish   Turli   uskunalar   turlicha   ta’sir   doirasi,   ya’ni
effekt yoki amal tasvirga ta’sir qilish nuqtasiga ega. Aksariyat hollarda uskunaning
kursori   uskuna   tugmasidagi   yorliq   bilan  bir   xil   ko‘rinishga   ega   bo‘ladi.   Masalan,
marquee uskunasi uchun kursor + ko‘rinishiga, matn uskunasi uchun I ko‘rinishga,
mo‘yqalam   uskunasi   uchun   moyqalam   uchi   ko‘rinishiga   ega.   Uskunalar   bilan
ishlashda   aniqlilikni   oshirish   maqsadida   uning   kursorini   +   ko‘rinishga   ega   aniq
kursorga o‘zgartirib olish mumkin. Uskunalar kursorining ko‘rinishini o‘zgartirish
uchun   quyidagilarni   bajarish   kerak:   1.   Dasturning   Edit   menyusi   Preferences
bo‘linmasidan Cursors qatori tanlanadi va kursor xususiyatlarini o‘zgartirish dialog
oynasi ochiladi              
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Adobe Photoshop CC Help, http://help.adobe.com, 2018 
2. Rafael Concepcion, Adobe Photoshop CC and Lightroom CC for Photographers,
Second Edition, Classroom in a Book, 2019 
3. Andrew Faulkner, Conrad Chaves, Adobe Photoshop CC, Classroom in a Book,
2019 
4. Роберт Шаффлботэм,  Photoshop   CC  для начинающих, Эксмо, 2017 
5.   Mark   Myers,   Adobe   Photoshop   CC   Advanced   and   basics   of   photo   editing
techniques, Independently published, 2018 
6. Katherine A. Hughes, Graphic Design: Learn It, Do It, CRC Press, 2019
  7.   Jeff   Carlson,   Adobe   Photoshop   Elements   2019   Classroom   in   a   Book,   Adobe
Press, 2019 
8. Martin Evening, Adobe Photoshop CC for Photographers, Routledge, 2018 
9.   Scott   Kelby,   The   Adobe   Photoshop   CC,   book   for   digital   photographers,   2014
10.   Scott   Kelby,   The   Photoshop   Elements   2020   Book   for   Digital   Photographers,
New Riders, 2019

Photoshopda mashtablar bilan ishlash hamda photoshop imkonyatlari Reja: 1.Photoshop imkonyatlari 2.Photoshop versiyalari 3.Mashtablar bilan ishlash

Kompyuter grafikasi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda vosita sifatida kompyuter qo‘llaniladigan faoliyat sohasi hisoblanadi. Kompyuter grafikasini qo‘llash sohasiga qarab ilmiy grafika, biznes grafika, konstruktorlik grafika, tasviriy grafika, badiiy grafika, kompyuter animatsiyasi, multimediya va boshqalarga ajratadi. Kompyuter grafikasining turiga qarab rastrli, vektorli va fraktal kompyuter grafikalarini ajratish mumkin. Adobe Photoshop dasturi rastrli grafik muharriri xisoblanib Adobe Inc. kompaniyasi tomonidan Windows va MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli rastrli tasvirlarni yaratish va tahrirlash, maska va ko‘p rang modellarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyatlarni qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va PSB fayl formatlarini ishlatadi. Rastrli grafikadan tashqari dastur vektorli grafika va 3D grafikalar bilan ishlash uchun cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop dasturi tasvirlarni piksellar to‘plami sifatida yaratadi. Photoshop dasturining mo‘yqalam, aerograf, pero va qalam kabi uskunalari yordamida tasvirni rassom kabi xolstda yaratib olish mumkin. Dasturdagi barcha uskunalarning xususiyatlarini foydalanuvchi talabiga mos ravishda o‘zgartirib olish mumkin. Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu qavatlarning qo‘llanilishi. Har bir qavatni tasvirning qolgan qismiga ta’sir qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zgartirish va xususiyatlarini belgilab olish mumkin. Photoshop dasturining asosiy qo‘llanilish sohasiga tasvirlarni retushlash, matn bo‘laklarini o‘z ichiga oluvchi kompozitsiyalarni yaratish, boshqa grafik muharrirlarda yaratilgan tasvirlarni tahrirlash, dasturning uskunalari va vositalaridan foydalanib chizish texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlariga raqamli tasvirlarni qayta ishlash, ranglarni sozlash, tasvir nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj, fotokollajlarni yaratish, retushlash va eski rasmlarni tiklash, eskizlar yaratish, matnlar bilan ishlash, teksturalar yaratish, tasvirlarni chop etishga tayyorlash, tasvirlarning turli standartlari va formatlarini qo‘llash kiradi. 4 PHOTOSHOP DASTURI BILAN TANISHISH Yangi hujjat yaratish Photoshop dasturida hujjat yaratishda bo‘sh xolst o‘rniga Adobe Stock ning keng ko‘lamdagi andozalaridan foydalanish

mumkin. Andozalar loyiha uchun tayyor tasvir va boshqa elementlardan tashkil topadi. Photoshop dasturida andozalar bilan ishlash odatiy hujjatlar bilan ishlagandek amalga oshiriladi. Bundan tashqari yangi hujjat yaratishda tayyor hujjat o‘lcham andozalaridan ham foydalanish yoki hujjat o‘lchamini mustaqil berish ham mumkin. Keyin foydalanish uchun foydalanuvchi hujjat o‘lchamini saqlab olish imkoniyati mavjud. Andozalar va o‘lcham andozalari Andozalar hujjat uchun andoza va qayta ishlanadigan elementlarni taqdim etadi. Sifatli tasvirlar va grafiklardan tashkil topgan andozalarni Photoshop dasturi ichidan Adobe Stock dan yuklab olish mumkin. Ushbu andozalar asosida belgilangan xususiyat va dizayn elementlariga ega hujjat yaratib olish mumkin. Andozalar .psd kengaytmasiga ega. Bo‘sh hujjat o‘lcham andozalari - oldindan belgilangan o‘lcham va xususiyatga ega bo‘sh hujjat. O‘lcham andozalari ma’lum qurilmalar uchun hujjat yaratishni osonlashtiradi. Bo‘sh hujjat o‘lcham andozasi oldindan belgilangan o‘lcham, rang rejimi, o‘lchov birligi, yo‘nalishi, joylashishi va nuqtalar zichligi kabi xususiyatlariga ega. Andozalar va o‘lcham andozalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: - tasvir; - chop etiluvchi; - grafik; - veb; - mobil; - video. Yangi hujjat yaratish dialog oynasi Yangi hujjat yaratish dialog oynasini ochish uchun Photoshop dasturini ishga tushirib quyidagilardan birini amalga oshirish kerak: 5 - Ctrl+N tugmalar kombinatsiyasini bosish; - File menyusidan New qatorini tanlash; - Start ishchi sohasida New yoki Start New tugmalarini bosish; - Ochiq hujjatning sarlavha qismi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylab o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan New Document qatorini tanlash: O‘lcham andozasidan foydalanib hujjat yaratish O‘lcham andozasidan foydalanib hujjat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida kerakli kategoriya bo‘limi tanlanadi; 2. O‘lcham andozasi tanlanadi; 3. Zarur hollarda o‘lcham andozasi qiymatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi; 4. Dialog oynasining Create tugmasi bosiladi va dastur o‘lcham andozasi asosida yangi hujjat yaratadi. O‘lcham andozasi qiymatlarini o‘zgartirish O‘lcham andozasi asosida yangi hijjat yaratishdan oldin yangi hujjat yaratish dialog oynasining o‘ng qismida joylashgan O‘lcham andozasi

xususiyatlari panelidan andozaning quyidagi qiymatlarini o‘zgartirib olish mumkin: 1. Yangi hujjatning nomini belgilash; 2. Width va Height: hujjatning o‘lchamlarini belgilash; ochiluvchi menyudan o‘lchov birligini belgilash; 3. Orientation: hujjat varog‘ining yo‘nalishini belgilash; 4. Artboards: hujjatga artboard elementlarini qo‘shish; 5. Resolution: hujjatning nuqtalar zichligini belgilash; 6. Color Mode: hujjatning ranglar rejimini belgilash; 7. Background Contents: hujjatning orqa fon rangini belgilash mumkin. Foydalanuvchi o‘lcham andozasini saqlash Mavjud o‘lcham andozasini yangi qiymatlar bilan saqlash yoki yangi o‘lcham andozasi sifatida saqlash mumkin. Yangi o‘lcham andozasini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. O‘lcham andozasining qiymatlarini belgilagandan keying o‘lcham andozasi xususiyatlari panelida tugmasi bosiladi; 2. Yangi o‘lcham andozasi uchun nom beriladi; 3. Saqlash tugmasi bosiladi. Yaratilgan o‘lcham andozasiga Yangi hujjat yaratish dialog oynasining Saved bo‘limidan murojaat qilish mumkin. Stock andozalari yordamida yangi hujjat yaratish Photoshop dasturida Adobe Stockdan turli hujjat andozalari mavjud. Andoza yordamida hujjat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida tasvir, chop etiluvchi, grafik, veb, mobil, video bo‘limi tanlanadi; 2. Bo‘limdan kerakli andoza tanlanadi; 3. Hujjat andozasini ko‘rib olish uchun dialog oynasining o‘ng qismidan See Preview tugmasi bosiladi; 4. Andoza Download tugmasi yordamida yuklab olinadi; 5. Hujjat andozasi yuklab olinganidan so‘ng Open tugmasi bosiladi. 8 Adobe Stockdan hujjat andozalarini izlash Adobe Stockdan oldindan tanlangan hujjat andozalaridan tashqari Yangi hujjat yaratish dialog oynasidan boshqa hujjat andozalarini izlash va yuklab olish mumkin. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida Adobe Stockdan hujjat andozalarini qidirish uchun matn kiritib Go tugmasi bosiladi. Photoshop dasturi Adobe Stock vebsahifasini brauzer yordamida ochib beradi. Kiritilgan matn asosida topilgan hujjat andozalarini ko‘rib kerakligini yuklab olish mumkin. Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Andozalar nimalardan iborat? 2. Andozalar qanday fayllarda saqlanadi? 3. O‘lcham andozalari deganda nimalar tushiniladi? 4. Andozalar qanday guruhlarga bo‘lingan? 5. Photoshop dasturida yangi hujjat

qanday yaratilishi mumkin? 6. Yangi o‘lcham andozalari qanday yaratiladi? 7. Mavjud andoza yordamida yangu hujjat qanday yaratiladi? 8. Adobe Stock yordamida yangi hujjat yarating. ISH SOHASI Ish sohasi asoslari Hujjatlar va fayllarning yaratilishi va ular bilan ishlashda oyna, panel, uskunalar kabi elementlrdan foydalaniladi. Ushbu elementlarning ixtiyoriy majmuasiga ish sohasi deyiladi. Foydalanuvchi Photoshop dasturini o‘z ehtiyojlarida kelib chiqqan holda oldindan belgilangan ish soha andozalaridan foydalanib yoki yangi ish soha andozasini yaratib sozlab olishi mumkin. Boshlang‘ich ish sohasi Photoshop dasturining boshlang‘ich ish sohasi foydalanuvchining oxirgi ishlatgan fayllari, bibliotekalari va o‘lcham andozalariga tezda murojaat qilish imkonini beradi. Photoshop dasturia boshlang‘ich ish sohasi dastur ishga 9 tushirilganda yoki xech qanday hujjat ochiq bo‘lmaganda aks ettiriladi. Boshlang‘ich ish sohasidan chiqib ketish uchun klaviaturaning Esc tugmasini bosish kerak. Boshlang‘ich ish sohasini aks ettirishni boshqarish dasturning Edit menyusining Preferences bo‘limidan General qatori tanlanadi. Natijada ochilgan dialog oynasida Disable the Home Screen elementini belgilash kerak. Photoshop dasturining ish maydoni Photoshop dasturining ish maydoni quyidagi ko‘rinishga ega: Dasturning ish maydoni quyidagilardan tashkil topadi: 1. Dastur oynasining yuqori qismida dasturning menyusi joylashgan; 2. Dastur oynasining chap qismida rasm va hujjat elementlarini yaratish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan uskunalar paneli joylashgan. Bog‘liq uskunalar guruhlangan; 10 3. Dastur menyusining ostida joriy tanlangan uskunaning xususiyatlarni boshqarish paneli joylashgan; 4. Dastur oynasining markaziy qismida joriy ishlanib turilgan faylni aks ettiruvchi hujjat oynasi joylashgan; 5. Dastur oynasining o‘ng qismida ish bajarilishini kuzatish va o‘zgartirish imkonini beruvchi panellar joylashgan. Photoshop dasturida barcha panellarni yashirish yoki aks ettirish uchun klaviaturaning Tab tugmasini bosish kerak. Uskunalar paneli va uskuna xususiyatlarini boshqarish panelidan tashqari barcha panellarni yashirish yoki aks ettirish uchun klaviaturadan Shift+Tab tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak. Panel xususiyatlarini aks ettirish uchun panelning yuqori-o‘ng qismida joylashgan tugmasini bosish kearak. Oynalar va