Photoshopda surat sifatini yaxshilash
Mavzu:Photoshopda surat sifatini yaxshilash. Reja: 1.Tasvir formatlari, 2. «Adobe Photoshop» rasm tahrirlagichi, 3. “Adobe Photoshop” dasturini ishga tushirish,
Tasvir formatlari «Adobe Photoshop» dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko ’ p qo’llaniladigan formatlar: VMR (Windows Bitmap – Bitovaya karta Windows) Windows muhitida ishlovchi kompyuterlada ekran osti tasvirlarini qo’llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo„llaniladi. JPEG (Joint Phonographic Experts Group) Hozirgi kunda eng ko’p qo„llaniladigan formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzalliklaridan biri maxsus dastur yordamida yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o’zgarish bo„ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson. TIFF (Tagged Image File) bu formatdagi fayllar xam keng qo’llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. «Adobe Photoshop» dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. GIF (Graphics Interchage Format - grafik almashish formati). Ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida keng qo’llaniladi. «Adobe Photoshop» rasm tahrirlagichi «Adobe Photoshop» Windows muhitida ishlovchi elektron ko„rinishdagi foto tasvirlarni tahrirlovchi dasturdir. «Adobe Photoshop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo„lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. «Adobe Photoshop» tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar
kiritish, fotosuratdagi dog„larni o„chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo„shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe Photoshop» imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. «Adobe Photoshop» ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlariga yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo„shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. «Adobe Photoshop» tasvir tahrirlagichi juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar xolos. “Adobe Photoshop” dasturini ishga tushirish «Adobe Photoshop» dasturi quyidagi usullarning biri yordamida ishga tushiriladi: «Adobe Photoshop» dasturini ishga tushirish uchun «sichqoncha» chap tugmasi ish stolidagi «Adobe Photoshop» yorlig„i ustida ikki marta bosiladi;
«Adobe Photoshop» darchasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so„ng
tavsiyanoma satri joylashadi. Tavsiyanomadagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin. Quyida asosiy tavsiyanoma buyruqlari tavsifi keltirilgan. «Adobe Photoshop» dasturi tavsiyanomasi 10 banddan iborat. Har bir tavsiyanoma tarkibida ochiladigan tavsiyanoma bandlari mavjud. Ularni ko„rish kursor yordamida amalga oshiriladi. Quyida eng ko„p qo„llaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltirilib o„tiladi.