logo

Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

971.25390625 KB
 Mavzu:   Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar.
                         
                           Reja: 
1. Taqdimot haqida tushuncha 
2. MS Power Point dasturi 
3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish 
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida 
turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning 
ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan
chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va 
rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda 
osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta 
yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi
Power Point dasturini ishlab chiqargan.
 
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, 
tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, 
Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun 
beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini 
grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi.  Slayd     -   ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan  muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish 
el е m е ntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash 
jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti.   Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir 
betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan 
bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik
tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat. 
       Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha:  power 
pointpower point  — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga 
mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft 
Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan 
bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi 
o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta
ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan. 
        Microsoft Power Point — univ е rsal, imkoniyatlari k е ng bo`lgan, ko`rgazmali grafika 
amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya eff е ktlari, ovoz,
vid е orolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini b е radi. 
        MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har har bir foydalanuvchi yoki u 
yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan 
yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi 
taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam 
bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik 
muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan 
holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida 
belgilangan tartibda joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida 
ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga 
avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash; 5) 
taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va 
jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish.
          Taqdimot qilish t е xnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi 
shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham 
unutmaslik lozim. 
                         
                                             
                                                 Tarixi 
Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo'ladi. 1984-yil 
Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. 
Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis 
dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini 
Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi. 1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora 
formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va 
dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga 
ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi 
munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi. 
1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-
yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-
yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida 
ham tarqatilishi mumkin edi. 
      Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin: 
➢   .ppt (pptx) — PowerPoint taqdimoti 
➢   .pps  — faqatgina PowerPoint taqdimoti 
➢   .pot  — PowerPoint modeli 
PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) Office Open XML 
formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. 
Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini 
ishlatish zarur.
MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish 
Power Point dasturiga kirish:  
Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna hosil bo’ladi: Versiyalari  Yil  Versiya  Nom  Izoh 
1990  2.0  PowerPoint 2.0 
Windows 3.0 
uchun  MS Office 1.x 
tarkibida 
1992  3.0  PowerPoint 3.0 
Windows 3.1 
uchun  MS Office 3.0 
tarkibida 
1993  4.0  PowerPoint 4.0  MS Office 4.x 
tarkibida 
1995  7.0  PowerPoint 
Windows 95 
uchun  Office 95 tarkibida 
1997  8.0  PowerPoint 97  Office 97 tarkibida 
1999  9.0  PowerPoint 2000  Office 2000 
tarkibida 
2001  10  PowerPoint 2002  Office XP tarkibida 
2003  11  PowerPoint 2003  Office 2003 
tarkibida 
2007  12  PowerPoint 2007  Office 2007 
tarkibida 
2010  14  PowerPoint 2010  Office 2010 
tarkibida 
2013  15  PowerPoint 2013  Office 2013 
tarkibida 
2016  16  PowerPoint 2016  Office 2016 
tarkibida 
2018  17  PowerPoint 2019  Office 2019 
tarkibida  Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar 
to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga 
takil etayotgan hujjat yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan 
foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining 
quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi.  Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib 
turish elementlari joylashadi
Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 
10 bo’limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu 
bo’limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda 
boshqa istalgan obyektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin.  Endi bu bo’limlar 
bilan yaqinroq tanishaylik: 
Asosiy menyu ( Главная ) yordamida foydalanuvchilar slayd qo’shishlari, yozuvlarga ishlov 
berishlari, abzats va matn ko’rinishlari bilan ishlashlari mumkin: Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot yaratuvchining ism-
sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi.
Asosiy menyudagi uskunalarning har biri bilan tanishib chiqamiz:  
Qo’shish ( Вставка ) menyusidan prezentatsiyamiz uchun kerakli bo’lgan jadval, rasm, turli 
xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va multimediyalar joylashtirish imkoniyatiga 
egamiz: Masalan: Jadval yaratish 
1.Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini bosamiz. 
2. Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz. 
Murakkab jadvallarni yaratish: 
1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) tugmasini bosamiz. 
2. So'ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi. 
3. Sichqonning ko'rsatkichi qalam shakliga o’tadi: 
4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan tomonga 
harakatlantiriladi. Shu yo'l bilan har xil turdagi jadvallarni chizish mumkin. 
5. Jadvalning ortiqcha joylarini o'chirish uchun Lastik (o’chirg’ich) dan foydalanamiz. 
Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e’tibor qaratamiz: Kompyuter internetga bog’langan bo’lsa, dizaynlardan foydalanish imkoniyati kengayadi:
Переходы  bo’limidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va ularning boshlanish 
va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin:
Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo’lishiga xizmat qiladi.  Hozirgi 
kunda bu o’tishlarning turlari ko’payib bormoqda Animatsiya menyusida slaydga joylashtirilgan ma’lumotlarga: jadval, rasm, shakllar, 
formula, diagramma va matnlarga animatsiyalar tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida 
prezentatsiyaga bo’lgan diqqatni saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil 
animatsiyalarni tanlashimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Animatsiyalar 3 xil bo’ladi: 
1. Kirish (obyektning kirib keladi) 
2. Belgilash (slayd davomida e’tiborni o’ziga tortadi) 
3. Chiqish (obyekt chiqib ketadi)  Slayddagi obyektlarning ketma-ketligini tartiblash uchun « Область   анимации » parametri 
tanlanadi va oynaning o’ng tarafida quyidagi maydon hosil bo’ladi
« Слайд - шоу » - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish bo’lishini ko’rishda 
yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini ko’ra olamiz. Bu menyu quyidagi 
funksiyalarni o’z ichiga oladi: Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn translyatsiya qilish imkoniyatlari 
ham mavjud. 
Taqdimot yaratib bo’lingach uni saqlab qo’yish maqsadga muvoviq bo’lib, bu jarayon 
menyular qatoridagi « Файл » bo’limidan amalga oshiriladi. Bu bo’lim tanlangach boshqa 
oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan « Сохранить » tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu oynaning o’ng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan papka tanlanadi va 
taqdimot uchun nom tanlanadi: So’ngra « Сохранить » tugmasi bosiladi va taqdimot tanlangan papkaga saqlanadi. 
Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi 
tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan.  Power Point dasturidagi bu tugmalarning 
vazifalari quyidagicha:
Tugmacha  Rejim  Vazifasi 
Slaydlar  Bu rejim tanlanganda ekranda faqat 
bitta slayd tasvirlanadi. Slaydlar rejimi 
har bir slaydni ketma ketlik bilan 
jihozlab, unga kerakli matnlarni 
kiritishda juda qulay 
Slaydlarni saralash  Slaydlarni saralash rejimida hamma 
slaydlar ekranda kichiklashtirilgan 
holatda ko’rinadi. Bu rejim 
slaydlarning o’rnini almashtirish 
uslubini o’rnatishda va namoyish 
vaqtini belgilashda qo’llaniladi. 
Bundan tashqari bu rejimda 
slaydlarning o’rnini almashtirish va 
slaydlarni kerakli joyga ko’chirish 
imkoniyati mavjud.  O’qish  Varaq belgilari rejimi ma’ruza uchun 
kerak bo’lgan belgilarni tayyorlashda 
Power Pointga mansub yordamchi tugmalar: 
- taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish () Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda oyna 
orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi; 
- taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini (rangli 
jihozlanishini) o’zgartirish yordamchisini () ishga tushirish; 
- taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy matnlarni 
ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; 
- taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha matnlarning 
jihozlanishini (tashqi ko’rinishini) ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; 
- tanlangan matn obyektning harflarini soyali (s tenyu) tashqi ko’rinishiga o’tkazish; 
- tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kattalashtirish; - tanlangan matn 
obyektning harflarini bir qadamga kamaytirish; 
- slayd obyektlarining paydo bo’lishini aniqlaydigan animatsiya effektlarini sozlash muloqot
oynasini ekranga chiqarish; 
- slayd obyektlarining ung tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo bo’lishi 
animatsiya effekti;
- slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, hushtak ovozi bilan paydo bo’lishi 
animatsiya effekti; 
- slayd obyektlarining o’rtadan kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya
effekti; 
- slayd obyektlarining o’rtadan, yorug’lantirib paydo bo’lishi animatsiya effekti; 
- slayd obyektlarining o’ng burchakdan harfma harf paydo bo’lishi animatsiya effekti; 
- slayd obyektlarining harfma harf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya 
effekti; 
- slayd obyektlarining o’ng tomondan qarama qarshi paydo bo’lishi animatsiya effekti; 
- slayd obyektlarining yuqoridan so’zma so’z paydo bo’lishi animatsiya effekti. 
Pr е z е ntatsiyalarni turli ko’rinishlarda namoyish etish mumkin. Bu ko’rinishlar m е nyuning 
« Вид » qismidan tanlanadi. 
• « Слайды » – Pr е z е ntatsiyani slaydlar ko’rinishida ko’rsatish; 
• « Структура » – bu band tanlanganda pr е z е ntatsiya n е chta slayddan iborat bo’lsa ular 
ro’yxati nomlari va ularga tavsiflari bilan ko’rinadi; 
• « Сортировщик   слайдов » - bu band tanlanganda esa pr е z е ntatsiya n е chta slayddan iborat 
bo’lsa, ularning hammasi kichik ko’rinishda tartiblanib, nom е rlab joylashtiriladi. Bu 
ko’rinish slaydlar joylarini almashtirish, ularni joylashtirishda qulay; 
• « Страницы   заметок » - bu band tanlanganda pr е z е ntatsiyaning bir slaydi ekranning 
yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy b е riladi. Pr е z е ntatsiya haqidagi 
ma’lumotlarni eslash uchun qulay ko’rinish;  • « Показ   слайдов » – Slaydlarni birin k е tin, animatsiyalari bilan ko’rsatilish tartiblarini 
inobatga olib to’liq ekranda namoyish etadi.  Prеzеntatsiya tayyor bo’lganda uni namoyish 
qilish uchun qo’llaniladi.
       Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
 
1. Levin VI, "Axborot texnologiyalari tarixi".
2. Arkadiy Chastikov, "Kompyuter dunyosining me'morlari", BHV-Peterburg, 2002 yil.
3. Trofimov V.V., "Axborot texnologiyalari" 2007 yil.
4. Malinovskiy B.N., "Shaxslarda hisoblash texnologiyasining tarixi", Kiev, 1995 yil.

Mavzu: Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar. Reja: 1. Taqdimot haqida tushuncha 2. MS Power Point dasturi 3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan. Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan

muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish el е m е ntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat. Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan. Microsoft Power Point — univ е rsal, imkoniyatlari k е ng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya eff е ktlari, ovoz, vid е orolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini b е radi. MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish. Taqdimot qilish t е xnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim. Tarixi Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi.

1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi. 1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990- yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002- yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin: ➢ .ppt (pptx) — PowerPoint taqdimoti ➢ .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti ➢ .pot — PowerPoint modeli PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Power Point dasturiga kirish:

Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna hosil bo’ladi: Versiyalari Yil Versiya Nom Izoh 1990 2.0 PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun MS Office 1.x tarkibida 1992 3.0 PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun MS Office 3.0 tarkibida 1993 4.0 PowerPoint 4.0 MS Office 4.x tarkibida 1995 7.0 PowerPoint Windows 95 uchun Office 95 tarkibida 1997 8.0 PowerPoint 97 Office 97 tarkibida 1999 9.0 PowerPoint 2000 Office 2000 tarkibida 2001 10 PowerPoint 2002 Office XP tarkibida 2003 11 PowerPoint 2003 Office 2003 tarkibida 2007 12 PowerPoint 2007 Office 2007 tarkibida 2010 14 PowerPoint 2010 Office 2010 tarkibida 2013 15 PowerPoint 2013 Office 2013 tarkibida 2016 16 PowerPoint 2016 Office 2016 tarkibida 2018 17 PowerPoint 2019 Office 2019 tarkibida

Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi.