logo

PSIXOLINGVISTIK TADQIQOT METODLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.9931640625 KB
PSIXOLINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
Reja: 
1. Psixolingvistikada eksperimentning roli
2. Assotsiativ eksperiment
3. So‘z va so‘z guruhlarini ekperiment asosida o‘rganish 1. Psixolingvistikada eksperimentning roli
Psixolingvistika     birinchi   galda   eksperimental   fan   hisoblanadi.   Nutq
faoliyatini eksperiment asosida o‘rganish qator afzalliklarga ega. Tayyor matndagi
oddiy   nutqni   an’anaviy   metodlar   asosida   o‘rganayotgan   tadqiqotchi   passiv
kuzatuvchi   rolini   bajarsa,   eksperiment   asosida   o‘rganishda   u   faoliyatning   aktiv
qatnashuvchisiga aylanadi, eksperiment jarayoniga va uning xarakteriga ta’sir qila
oladi. Tadqiqotchi holatni modellashtirish mobaynida tayyor matnni tahlil qilishga
nisbatan   nozik   nutq   mexanizmlarini   ko‘proq   o‘rgana   oladi;   oddiy   kuzatish
metodiga nisbatan qisqa vaqt ichida ko‘proq materialga ega bo‘la oladi. 
Shu   bilan   birga,   eksperiment   an’anaviy   tilshunoslikda   quyidagi   e’tirozlarni
tug‘diradi: 
1.   Eksperiment     materiallari   juda   qiziqarli,   biroq   eksperimentda   haqiqatan
ham   til   qoidalari   aniqlanadimi?   Buni   eksperiment   olib   boruvchilar   qanday
isbotlashadi?
2.   Eksperimentda   oddiy,   tabiiy   nutq   uchun   xarakterli   bo‘lmagan   sun’iy
holatlar yuzaga keladi.
3. Oddiy nutqda hech qanday eksperiment  bilan tashkil  qilib bo‘lmaydigan
holatlar bo‘ladi, ya’ni eksperiment metodlarining imkoniyatlari cheklangandir.
Bunday e’tirozlarni psixolingvistika quyidagicha javoblaydi:
1. Avvalo, eksperimentda til yoki  nutq o‘rganiladimi? degan savolga javob
berish   kerak.   An’anaviy   tilshunoslik   tilga   faqat   nutq   orqaligina   chiqilishini   tan
oladi.   Agar   til   oddiy   matnlar   orqali   o‘rganiladigan   bo‘lsa,   u   holda,   nega   uni
eksperiment asosida olingan matnlar orqali o‘rganib bo‘lmaydi? 
2. Garchi eksperimentda sun’iy holatlarning mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lsa-
da,   eksperimentda   aniqlangan   nutq   faoliyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari
eksperimentdan tashqaridagi holatlar uchun ham xosdir.  Tipik va tipik bo‘lmagan,
tabiiy va sun’iy holatlar orasiga aniq chegara qo‘yish mumkin emas. 
3.   Eksperiment   psixolingvistik   tadqiqotning   yagona   metodi   emas.
Psixolingvistika an’anaviy tilshunoslikda qo‘llaniladigan materialni ham, kuzatish
metodini   ham   inkor   qilmaydi.   Psixolingvistika   bu   materialdan   foydalanadi,   biroq undan   boshqacharoq,   ya’ni   kengroq   kontekstda,   kengroq   material   va   metodlar
asosida foydalanadi. 
Eksperiment   natijalarining  to‘g‘riligini   tekshirish   uchun  turli   eksperimental
metodikalardan   foydalanish   so‘ngra   olingan   ma’lumotlarni   qiyoslash   tavsiya
etiladi.   Eksperiment   natijalari   bilan   eksperimentsiz   xulosalar   o‘rtasidagi   o‘zaro
bog‘lanishni aniqlashda ham foyda bor.   
Nihoyat,   o‘rganilayotgan   nutqiy   faoliyatning   qonuniyatlari   juda   murakkab
bo‘lgani uchun turli variantlardagi   eksperimentlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.   Masalan,   bir   xil   topshiriqni   bir   paytning   o‘zida   ham   talabalarga,   ham
o‘quvchilarga berish mumkin. 
Tilshunoslar   o‘rtasida   fonetika   bo‘yicha   eksperimental   ishlar   ancha   yaxshi
tanilgan.   Eksperimental   fonetika   nutq   tovushlarini   tadqiq   qilishda   eksperimental
metoddan   foydalaniladi.   Eksperimental   fonetik   metod   nutq   tovushlarini,
prosodemik hodisalarni (masalan, intonatsiya, pauza, ritm) o‘rganishda tovushlarni
yozib   oluvchi,   ularni,   mohiyatidan   kelib   chiqib,   tahlil   qiluvchi   maxsus   texnik
vositalardan, asboblardan foydalaniladi.   Eksperimental – fonetik metod o‘z ichida
somatik, pnevmatik va elektroakustik turlarga bo‘linadi.  
Semantika   sohasidagi   tadqiqotlarda   ham   qator   qiziqarli   eksperimental
metodikalar ishlab chiqilgan va yaxshi natijalar qo‘lga kiritilgan. Biroq semantika
sohasidagi   tadqiqotlar   oz   va   ular   fonetik   tadqiqotlar   singari   mashhur   emas.
Shuning   uchun   semantika   sohasidagi   eksperimentlar   xususida   to‘xtalish   joiz
bo‘ladi. 
 2. Assotsiativ eksperiment
So‘z sintagmatik munosabatga (til birliklarining nutq oqimida yuz beradigan
ketma-ketlik   xususiyatlari   asosidagi   munosabatlari:   U/   ertalabdan   kechgacha/
ishlaydi )   kirishi   bilan   birga,   nutqiy   jarayondan   tashqarida   boshqa   so‘zlar   bilan
umumiylik   belgisiga   ko‘ra   so‘zlovchi   til   xotirasida   assotsiatsiyalashadi   va   bu
assotsiatsiyalashgan birliklar xotirada muayyan guruhlarni hosil qiladi.  Guruh   birliklari   o‘rtasida   esa   xilma-xil   munosabatlar   mavjud   bo‘ladi.
Masalan,  ishla  so‘zini aytishimiz bilan beixtiyor xayolimizda bir tomondan  so‘zla,
tuzla,   muzla   singari   so‘zlar   guruhi,   ikkinchi   tomondan,   ishchi,   ishsiz,   ishli   kabi
so‘zlar  guruhi  keladi.  Yoki  rus  auditoriyasidan   poet   so‘ziga  harqanday  so‘z  bilan
tezda   javob   berishini   so‘rasangiz,   rus   auditoriyasining   taxminan   100dan   90tasi
shubhasiz   Pushkin   deb   javob   beradi.   Mohiyatan   stimul   (poet)   berildi   va   bu
stimulga reaksiya (Pushkin) olindi. 
Lisoniy birliklarning bunday munosabati  sintagmatik munosabatdan tubdan
farq   qiladi.   Bu   munosabat   sintagmatik   munosabatdan   farqli   ravishda   ketma-
ketlikka   asoslanmaydi.   Balki   so‘zlovchi   xotirasida   o‘zaro   bog‘langan   holda
joylashadi. 
Ongimizda hosil bo‘lgan assotsiativ guruhlar ma’lum umumiy belgisiga ega
bo‘lgan   munosabat   a’zolarining  yaqinlashuvi   bilan   chegaralanmaydi.  Ong   har   bir
munosabatda munosabat a’zolarining bog‘lovchilar xarakterini ham qamrab oladi.
Natijada   nechta   assotsiativ   qator   bo‘lsa,   shuncha   farqli   munosabatni   hosil   qiladi.
Masalan,   o‘zakdoshlik   asosida   birlashgan   so‘zlar   guruhi   qo‘shimchadoshlik
asosida   birlashgan   so‘zlar   guruhi.   Har   qanday   so‘z   o‘zi   bilan   assotsiatsiya
munosabatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zni doimo esga soladi. 
Sintagmatik   munosabatda   elementlar   ketma-ketligi   va   o‘zaro   almashinishi
haqida tasavvurga ega bo‘lsak, assotsiativ guruh a’zolarining esa xotiramizda aniq
miqdori va aniq ketma-ketligi mavjud bo‘lmaydi. 
Bir   qarashda   bunday   qorishiq   manzaradan   qandaydir   qonuniyatni   aniqlab
olish   qiyin   ko‘rinadi.   Shuning   uchun   ham   uzoq   vaqtgacha   tilshunoslar   tarafidan
assotsiativ strukturalarni tushunish qiyin bo‘lib kelgan.
Assotsiatsiyani   ma’lum   turlarga,   xususan,   paradigmatik   va   sintagmatik
assotsiatsiyalarga   ajratish   mumkin.   Paradigmatik   assotsiatsiyalarda   stimul   va
reaksiya     koordinatsiya   (stul-taburetka),   subordinatsiya   (meva-olma)   yoki
superordinatsiya   (stul-mebel)   munosabatida   bog‘langan   bo‘lishi   mumkin.
Koordinatsiyali   paradigmatik   assotsiatsiyalar   sinonim   (do‘st-o‘rtoq)   va   antonim
(do‘st-dushman)   munosabatlarga   ajratilishi   mumkin.   Sintagmatik   munosabatlarda turkumlarga ko‘ra bo‘lish mumkin: ot-fe’l (do‘st-kelmoq), ot-sifat (do‘st-sodiq) va
h.k.   Lekin assotsiatsiya  munosabatlarida bunday tasniflar ham yetarli bo‘lmaydi.
Ular yana mavzular bo‘yicha yosh, jins, kasb-kor va h.k. bo‘yicha davom ettirish
mumkin.   Shuningdek,   turli   xalqlarning   madaniy-tarixiy   ana’analari   bilan   bog‘liq
qiziqarli   assotsiatsiyalarni   kuzatish   mumkin:   non   stimuliga   ruslar   tuz ,   o‘zbeklar
choy , fransuzlar  vino , koreyslar  shirinlik ,  deb reaksiya qilishadi. 
Semantik   tadqiqot   metodlari   orasida   erkin   assotsiatsiya   metodikasi   alohida
o‘rin   tutadi.   1910-yilda   birinchi   lug‘at   –   “Ingliz   tilining   assotsiativ   me’yorlari”
nashr   qilinadi.   1977-yilda   Moskvada   “ “Slovarь   assotsiativnыx   norm   russkogo
yazыka”   kitobi   nashr   qilinadi.   Unda   birgina   drug   stimul-so‘ziga   209   ta   javob
berilgan:   tovari щ  -  39,   vrag -   30,   vern ы y  - 29,   xoroshiy -  16,   moy  -10,   nedrug  -
9,   blizkiy  -5 va h.k.
Assotsiativ   eksperiment   (associative   experiment)   semantikaning
psixolingvistik tahlili  eng ko‘p ishlangan texnika hisoblanadi.
Assotsiativ eksperimentning o‘tkazish tartibi . Tajriba o‘tkaziluvchilarga yoki
respondentlarga   muayyan   stimul   so‘zlarning   ro‘yxati   beriladi   va   ulardan
xayollariga   birinchi   kelgan   reaksiya   so‘zlarni   aytish   so‘raladi.   Odatda,   har   bir
respondentga 100ga yaqin so‘z beriladi va ularga 7-10 daqiqa ichida javob berish
so‘raladi.   Assotsiativ   lug‘atlardagi   reaksiya   so‘zlarning   aksariyati   universitet   va
kollejlardagi stimul til ona tili bo‘lgan 17-25 yosh orasidagi talabalardan olingan.
Eksperiment   maqsadi:   respondentning   internet   haqidagi   tasavvurlarini,
xususan,   internet   bilan   bog‘liq   o‘rtacha   assotsiativ   qatorlarni   tushunishi;   so‘zlar
orasidagi   assotsiativ   munosabatlarning   joylashuvi   va   tahlili,   ularning   obyektiv
qonuniyatlarga asoslanganligini aniqlash.
Eksperiment   sharti:   Auditoriyaga   anketa   ko‘rinishidagi   internetga   oid
stimul-so‘zlar   ro‘yxatini   o‘z   ichiga   olgan   stimul   material   tarqatiladi.   Anketani
olgan   respondentlar   stimul-so‘zlarni   o‘qishadi   va   bu   so‘zlarni   o‘qish   jarayonida
xayollariga   birinchi   kelgan   bitta   reaksiya-so‘zni   darhol   stimul-so‘zlarning
qarshisiga yozishadi. 
  Eksperiment vaqti:  3 daqiqa.  
A NKETA   
1. Ismi- sharifi   ___________________________
2.  Kursi ____________
3.  Yoshi     ____________
№ Stimul - so‘zlar Reaksiya - so‘zlar
1 internet
2 kompyuter  
3 tarmoq  
4 chat
5 forum  
6 e-mail 
7 veb - sahifa  
8 informatsiya
9 kommunikatsiya  
10 blog
11 skype
12 parol
Assotsiativ eksperimentning quyidagi turlari mavjud:
Erkin assotsiativ  eksperiment da respondentlarning reaksiyasiga hech qanday
chegara qo‘yilmaydi. 
Yo‘naltirilgan   assotsiativ   eksperiment da   respondentlardan   ma’lum
grammatik yoki semantik guruhdagi  assotsiatsiyalarni  (masalan,  otlarga mos sifat
topish) berish so‘raladi. 
Zanjirli   assotsiativ   eksperiment da   respondentlardan   bir   qancha   stimul
so‘zlarga   (masalan,   20   soniya   ichida   10   ta   reaksiya   so‘z   berish)   assotsiatsiyalar
berish so‘raladi. Xullas,   assotsiativ   eksperiment   ishonarli   lingvistik   va   psixolingvistik
informatsiya beradi. Ommaviy eksperiment materiallari tilning ma’lum assotsiativ
guruhlari,   madaniy   xususiyatlari,   ijtimoiy   differensiatsiyasini   aniqlashda,
sotsiologik va ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni amalga oshirishda qo‘l keladi. 
 3. So‘z va so‘z guruhlarini eksperiment asosida o‘rganish
Erkin   assotsiatsiya   metodikasi   ko‘p   narsalarni   belgilay   olsa-da,   u
cheklangandir. Chunonchi, u nomlarning standart, chastotali assotsiativ aloqalarini
yaxshi   aniqlarkan,   botiniy   aloqalarni   aniqlashda   yaxshi   ishlay   olmaydi.   U   holda,
botiniy   assotsiativ   aloqalarni   qanday   o‘rganish   mumkin?   degan   savol   tug‘iladi.
Bunga faqat bir yo‘l bilan, ya’ni assotsiatsiyani “erkin” emas, “yo‘naltirish” orqali
erish mumkin. Boshqacha  aytganda, assotsiativ  hududni  qisqartish orqali   botiniy
assotsiativ aloqalarni aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Bunda   so‘zning   antonimlari   qo‘l   keladi.   So‘zning   antonimini   berish
assotsiatsiyani   “yo‘naltirilgan”   qiladi.   Masalan,   sovuq   so‘zining   antonimi   turli
kontekstlarda olinadi: 
sovuq - issiq  63,  iliq  29,  va b. 8 ; 
sovuq suv – issiq suv 89, iliq suv 9, va b. 2
kostryulkadagi   sovuq   suv   –   kostryulkadagi   issiq   suv   84,   kostryulkadagi   iliq
suv 10, va b. 10;
daryodagi sovuq suv – daryodagi issiq suv 8, daryodagi iliq suv 85, va b. 7.
Xullas,   botiniy   assotsiativ   strukturalarda   ham   zohirda   bo‘lgani   kabi
assotsiativ   aloqalarning   qonuniyatlari   mavjudligini   ko‘rish   mumkin:   kuchli
aloqalar kuchsizlarni “unutadi”, shu bilan birga, assotsiatsiyalar “yo‘naltirilgan”da
kuchsiz aloqalar faollashishi ham mumkin.  
Kontekstlarni   kengaytirish   va   yo‘nalishni   kuchaytirish   orqali   botiniy
assotsiativ   strukturalarga   shunchalik   chuqur   kirib   borish   mumkin.   Biroq   bunday
assotsiatsiyalarning   xususiyatlari   ularning   shunchaki   oddiy   nutqiy   hodisalar
emasligini,   aksincha,   aniq,   ijtimoiy   mustahkamlangan   kontekst   tomondan
asoslangan strukturalar ekanligini ko‘rsatadi.  ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

PSIXOLINGVISTIK TADQIQOT METODLARI Reja: 1. Psixolingvistikada eksperimentning roli 2. Assotsiativ eksperiment 3. So‘z va so‘z guruhlarini ekperiment asosida o‘rganish

1. Psixolingvistikada eksperimentning roli Psixolingvistika birinchi galda eksperimental fan hisoblanadi. Nutq faoliyatini eksperiment asosida o‘rganish qator afzalliklarga ega. Tayyor matndagi oddiy nutqni an’anaviy metodlar asosida o‘rganayotgan tadqiqotchi passiv kuzatuvchi rolini bajarsa, eksperiment asosida o‘rganishda u faoliyatning aktiv qatnashuvchisiga aylanadi, eksperiment jarayoniga va uning xarakteriga ta’sir qila oladi. Tadqiqotchi holatni modellashtirish mobaynida tayyor matnni tahlil qilishga nisbatan nozik nutq mexanizmlarini ko‘proq o‘rgana oladi; oddiy kuzatish metodiga nisbatan qisqa vaqt ichida ko‘proq materialga ega bo‘la oladi. Shu bilan birga, eksperiment an’anaviy tilshunoslikda quyidagi e’tirozlarni tug‘diradi: 1. Eksperiment materiallari juda qiziqarli, biroq eksperimentda haqiqatan ham til qoidalari aniqlanadimi? Buni eksperiment olib boruvchilar qanday isbotlashadi? 2. Eksperimentda oddiy, tabiiy nutq uchun xarakterli bo‘lmagan sun’iy holatlar yuzaga keladi. 3. Oddiy nutqda hech qanday eksperiment bilan tashkil qilib bo‘lmaydigan holatlar bo‘ladi, ya’ni eksperiment metodlarining imkoniyatlari cheklangandir. Bunday e’tirozlarni psixolingvistika quyidagicha javoblaydi: 1. Avvalo, eksperimentda til yoki nutq o‘rganiladimi? degan savolga javob berish kerak. An’anaviy tilshunoslik tilga faqat nutq orqaligina chiqilishini tan oladi. Agar til oddiy matnlar orqali o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda, nega uni eksperiment asosida olingan matnlar orqali o‘rganib bo‘lmaydi? 2. Garchi eksperimentda sun’iy holatlarning mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lsa- da, eksperimentda aniqlangan nutq faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari eksperimentdan tashqaridagi holatlar uchun ham xosdir. Tipik va tipik bo‘lmagan, tabiiy va sun’iy holatlar orasiga aniq chegara qo‘yish mumkin emas. 3. Eksperiment psixolingvistik tadqiqotning yagona metodi emas. Psixolingvistika an’anaviy tilshunoslikda qo‘llaniladigan materialni ham, kuzatish metodini ham inkor qilmaydi. Psixolingvistika bu materialdan foydalanadi, biroq

undan boshqacharoq, ya’ni kengroq kontekstda, kengroq material va metodlar asosida foydalanadi. Eksperiment natijalarining to‘g‘riligini tekshirish uchun turli eksperimental metodikalardan foydalanish so‘ngra olingan ma’lumotlarni qiyoslash tavsiya etiladi. Eksperiment natijalari bilan eksperimentsiz xulosalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlashda ham foyda bor. Nihoyat, o‘rganilayotgan nutqiy faoliyatning qonuniyatlari juda murakkab bo‘lgani uchun turli variantlardagi eksperimentlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, bir xil topshiriqni bir paytning o‘zida ham talabalarga, ham o‘quvchilarga berish mumkin. Tilshunoslar o‘rtasida fonetika bo‘yicha eksperimental ishlar ancha yaxshi tanilgan. Eksperimental fonetika nutq tovushlarini tadqiq qilishda eksperimental metoddan foydalaniladi. Eksperimental fonetik metod nutq tovushlarini, prosodemik hodisalarni (masalan, intonatsiya, pauza, ritm) o‘rganishda tovushlarni yozib oluvchi, ularni, mohiyatidan kelib chiqib, tahlil qiluvchi maxsus texnik vositalardan, asboblardan foydalaniladi. Eksperimental – fonetik metod o‘z ichida somatik, pnevmatik va elektroakustik turlarga bo‘linadi. Semantika sohasidagi tadqiqotlarda ham qator qiziqarli eksperimental metodikalar ishlab chiqilgan va yaxshi natijalar qo‘lga kiritilgan. Biroq semantika sohasidagi tadqiqotlar oz va ular fonetik tadqiqotlar singari mashhur emas. Shuning uchun semantika sohasidagi eksperimentlar xususida to‘xtalish joiz bo‘ladi. 2. Assotsiativ eksperiment So‘z sintagmatik munosabatga (til birliklarining nutq oqimida yuz beradigan ketma-ketlik xususiyatlari asosidagi munosabatlari: U/ ertalabdan kechgacha/ ishlaydi ) kirishi bilan birga, nutqiy jarayondan tashqarida boshqa so‘zlar bilan umumiylik belgisiga ko‘ra so‘zlovchi til xotirasida assotsiatsiyalashadi va bu assotsiatsiyalashgan birliklar xotirada muayyan guruhlarni hosil qiladi.

Guruh birliklari o‘rtasida esa xilma-xil munosabatlar mavjud bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zini aytishimiz bilan beixtiyor xayolimizda bir tomondan so‘zla, tuzla, muzla singari so‘zlar guruhi, ikkinchi tomondan, ishchi, ishsiz, ishli kabi so‘zlar guruhi keladi. Yoki rus auditoriyasidan poet so‘ziga harqanday so‘z bilan tezda javob berishini so‘rasangiz, rus auditoriyasining taxminan 100dan 90tasi shubhasiz Pushkin deb javob beradi. Mohiyatan stimul (poet) berildi va bu stimulga reaksiya (Pushkin) olindi. Lisoniy birliklarning bunday munosabati sintagmatik munosabatdan tubdan farq qiladi. Bu munosabat sintagmatik munosabatdan farqli ravishda ketma- ketlikka asoslanmaydi. Balki so‘zlovchi xotirasida o‘zaro bog‘langan holda joylashadi. Ongimizda hosil bo‘lgan assotsiativ guruhlar ma’lum umumiy belgisiga ega bo‘lgan munosabat a’zolarining yaqinlashuvi bilan chegaralanmaydi. Ong har bir munosabatda munosabat a’zolarining bog‘lovchilar xarakterini ham qamrab oladi. Natijada nechta assotsiativ qator bo‘lsa, shuncha farqli munosabatni hosil qiladi. Masalan, o‘zakdoshlik asosida birlashgan so‘zlar guruhi qo‘shimchadoshlik asosida birlashgan so‘zlar guruhi. Har qanday so‘z o‘zi bilan assotsiatsiya munosabatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zni doimo esga soladi. Sintagmatik munosabatda elementlar ketma-ketligi va o‘zaro almashinishi haqida tasavvurga ega bo‘lsak, assotsiativ guruh a’zolarining esa xotiramizda aniq miqdori va aniq ketma-ketligi mavjud bo‘lmaydi. Bir qarashda bunday qorishiq manzaradan qandaydir qonuniyatni aniqlab olish qiyin ko‘rinadi. Shuning uchun ham uzoq vaqtgacha tilshunoslar tarafidan assotsiativ strukturalarni tushunish qiyin bo‘lib kelgan. Assotsiatsiyani ma’lum turlarga, xususan, paradigmatik va sintagmatik assotsiatsiyalarga ajratish mumkin. Paradigmatik assotsiatsiyalarda stimul va reaksiya koordinatsiya (stul-taburetka), subordinatsiya (meva-olma) yoki superordinatsiya (stul-mebel) munosabatida bog‘langan bo‘lishi mumkin. Koordinatsiyali paradigmatik assotsiatsiyalar sinonim (do‘st-o‘rtoq) va antonim (do‘st-dushman) munosabatlarga ajratilishi mumkin. Sintagmatik munosabatlarda

turkumlarga ko‘ra bo‘lish mumkin: ot-fe’l (do‘st-kelmoq), ot-sifat (do‘st-sodiq) va h.k. Lekin assotsiatsiya munosabatlarida bunday tasniflar ham yetarli bo‘lmaydi. Ular yana mavzular bo‘yicha yosh, jins, kasb-kor va h.k. bo‘yicha davom ettirish mumkin. Shuningdek, turli xalqlarning madaniy-tarixiy ana’analari bilan bog‘liq qiziqarli assotsiatsiyalarni kuzatish mumkin: non stimuliga ruslar tuz , o‘zbeklar choy , fransuzlar vino , koreyslar shirinlik , deb reaksiya qilishadi. Semantik tadqiqot metodlari orasida erkin assotsiatsiya metodikasi alohida o‘rin tutadi. 1910-yilda birinchi lug‘at – “Ingliz tilining assotsiativ me’yorlari” nashr qilinadi. 1977-yilda Moskvada “ “Slovarь assotsiativnыx norm russkogo yazыka” kitobi nashr qilinadi. Unda birgina drug stimul-so‘ziga 209 ta javob berilgan: tovari щ - 39, vrag - 30, vern ы y - 29, xoroshiy - 16, moy -10, nedrug - 9, blizkiy -5 va h.k. Assotsiativ eksperiment (associative experiment) semantikaning psixolingvistik tahlili eng ko‘p ishlangan texnika hisoblanadi. Assotsiativ eksperimentning o‘tkazish tartibi . Tajriba o‘tkaziluvchilarga yoki respondentlarga muayyan stimul so‘zlarning ro‘yxati beriladi va ulardan xayollariga birinchi kelgan reaksiya so‘zlarni aytish so‘raladi. Odatda, har bir respondentga 100ga yaqin so‘z beriladi va ularga 7-10 daqiqa ichida javob berish so‘raladi. Assotsiativ lug‘atlardagi reaksiya so‘zlarning aksariyati universitet va kollejlardagi stimul til ona tili bo‘lgan 17-25 yosh orasidagi talabalardan olingan. Eksperiment maqsadi: respondentning internet haqidagi tasavvurlarini, xususan, internet bilan bog‘liq o‘rtacha assotsiativ qatorlarni tushunishi; so‘zlar orasidagi assotsiativ munosabatlarning joylashuvi va tahlili, ularning obyektiv qonuniyatlarga asoslanganligini aniqlash. Eksperiment sharti: Auditoriyaga anketa ko‘rinishidagi internetga oid stimul-so‘zlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan stimul material tarqatiladi. Anketani olgan respondentlar stimul-so‘zlarni o‘qishadi va bu so‘zlarni o‘qish jarayonida xayollariga birinchi kelgan bitta reaksiya-so‘zni darhol stimul-so‘zlarning qarshisiga yozishadi. Eksperiment vaqti: 3 daqiqa.