logo

YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

233.923828125 KB
YOSH VA PEDAGOGIK  PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT
METODLARI.
Reja:
1. Yosh va pedagogik  psixologiyaning tadqiqot metodlari. 
2. Kuzatish metodi. 
3. Eksperiment metodi. 
4. Suhbat va so‘rovnoma metodi. 
5. Faoliyat mahsulini o‘rganish metodi. 
6. Test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi . Mazkur fan sohasi o’zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning
asosiy       prinsiplari   va   qoidalariga   tayangan   holda   belgilaydi.   Yosh   va   pedagogik
psixologiya quyidagi prinsiplarga rioya qiladi:
1. Ilmiy   dialektika   ta’limotiga   binoan   psixika   yuksak   darajada   tashkil   topgan
materiyaning   xususiyati   va   yoki   miyaning   mahsulidir.   Odatda   psixika   tashqi
dunyoning sezgi  organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida
vujudga   kelib,   sezgi,   idrok,   tasavvur,   xotira,   tafakkur,   nutq,   xayol   kabi   bilish
jarayonlarida,   shuningdek,   shaxsning   xususiyatlari   va   holatlarida,   diqqati,   his-
tuyg’usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi. 
2. Psixikaning   negizida   miyaning   reflektor   faoliyat   yotadi.   Tashqi   dunyodan
kirib   keladigan   qo’zg’atuvchilarga   ichki   yoki   tashqi   biologik   organlar   javob
reaksiyasini   bildiradi.   Bosh   miya   katta   yarim   sharlarida   vujudga   keladigan
muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   psixik   hodisalarning   fiziologik   asoslari   hisoblanadi
va   ular   tashqi   ta’sirning   natijasida   hosil   bo’ladi.   Bosh   miya   po’stlog’ida   vujudga
keladigan   mu vaqqat   nerv   bog’lanishlari   I.P.Pavlovning   nerv   jarayonlarining
irradiasiyasi,   konsentrasiyasi   hamda   induksiyasi   qonunlari   zamirida   ro’y   beradi.
Bu   qonunlar   turli   yo’sindagi   muvaqqat   bog’lanishlar,   assosiasiyalar   qanday   yuz
berayotganini,   qanday   shart-sharoitda   tormozlanishini   (qo’zg’alishini),   muvaqqat
bog’lanishlarning  yo’qolayottani  yoki  paydo  bo’layotganini  tushuntirish  imkonini
beradi.
Psixofiziologik   qonuniyatlarga   binoan   miyaning   funksiyasi   muvaqqat   nerv
bog’lanishlarining   birlashish   mexanizmi   hamda   analizatorlar   faoliyati
mexanizmlari   ta’sirida   hosil   bo’ladi.   Yuqoridagi   ta’limotga   ko’ra,   har   ikkala
mexanizm hayvonlarning tash qi olamga munosabatini aks ettiradi.   Shuning uchun
psixik   faoliyat   voqyelikni   aks   ettirishdan,   oliy   nerv   faoliyatining   tashqi   olamni
timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini —
uning   ham   nazariy,   ham   amaliy   hayot   faoliyatini   o’rganishdir.   Odam   zotining
ongliligi   uning   turli-tuman   faoliyatida   (o’yin,   mehnat,   o’qishda),   xatti-
harakatlarida   namoyon   bo’ladi.   Inson   shaxsi   har   xil   shakl   va   mazmunga   ega bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy
belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy
muhit   ta’siri   ostida   bilimlarni   o’zlashtirib   boradi,   ijtimoiylashadi,   tarixan
o’zgaradi.   Ontogenezda   uning   his-tuyg’ulari,   xarakteri,   qobiliyati,   iqtidori,
iste’dodi,   tafakkuri,   ehtiyojlari,   e’tiqodlari,   uni   faollikka   da’vat   qiluvch i   harakat
motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari, pozisiyasi ham asta-sekin o’zgarib boradi.
4. Insonning   bilish   faoliyati   (jarayonlar i )   rivojlanishi   unga   o’zini   qurshab
turgan   borliqni   yanada   chuqurroq,   to’g’riroq,   to’laroq   va   aniqroq   aks   ettirish
imkoniyatini   yaratadi   va   u   borliqning   asl   mohiyatini,   turli   yo’sindagi   o’zaro
bog’lanishlari, murakkab munosabatlar  va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu
bilan   birga   mazkur   jarayonlarda   shakllanib   kelayotgan   insonning   borliqqa,
voqyelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon
bo’ladi.   Ijtimoiy tarixiy   taraqqiyot   ta’limoticha,   insonning   moddiy   turmushi,   u
hayot   kechirayotgan   tuzumning   moddiy   asosigina   emas,   balki   uni   qurshab   olgan
odamlarning   turmush   tarzlari,   umuminsoniy   qiyofalari,   e’tiqodlari,
dunyoqarashlari,   ijtimoiy   voqyelikka   munosabatlari,   intilishlari,   faoliyatlari,   ijod
mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning   borliqni   (voqyelikni)   aks   ettirishi   —   faol   jarayondir.   Ma’lumki,
inson   zotining   rivojla nishi   obyektiv   borliqqa   (voqyelikka)   va   o’ziga   faol   ta’sir
ko’rsatishida   sodir   bo’ladi.   Bolaning   katta   yoshdagi   kishilar   tashkil   qiladigan
amaliy faoliyati, masalan, o’yini, kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa
qilishi   hamda   qiziqishining   barqarorlashuvi,     iqtidorining   takomillashishiga
boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Bola   tlmo ni dan   nutqni egallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur,
xotira, tafakkur va xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o’qish, o’yin va mehnatini)
keskin   o’zgartiradi.   Bu   o’zgarishlar ,   ayniqsa   ilk   bolalik   davrida   yaqqol   namoyon
bo’ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi, shaxslararo
muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko’taradi. Rivojlanish,   taraqqiyot,   kamolot   inson   shaxsining   tarkib   topishi   jarayonidir.
Rivojlanish   o’zaro   uzviy   bog’liq   qator   bosqichlarda   amalga   oshadi.   Bola   aql-
zakovatining ko’rsatkichi, sifati, xarakteri  uning atrofdagi  odamlar  bilan kundalik
munosabatlari   va   amaliy   faoliyatida   vujudga   keladi,   o’zaro   ta’sir   (savol-javob)
natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi
davrda   insonning   rivojlanishi   yanada   jadallashtiruvchi   vositalar   mavjud   va   uning
aqliy   o’sish   darajasini   test   (sinov)lar   bilan   aniqlash   mumkin.   Yosh   va   pedagogik
psixologiya   predmeti   talim   rivojlanishni   o’z   ketidan   ergashtirib   boradi
(L.S.Vigotskiyniki) , degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni
o’zgacha   tarzda   ifodalash   maqsadga   muvofiq:   taraqqiyot   ta’limni   o’z   ortidan
yetaklaydi   (E.G’oziyevniki) .
Yuqoridagi   mulohazalardan   kelib   chiqqan   holda   va   insonnnng   ontogenezida
psixik   rivojlanishini   mukammal   bo’lmasa-da,   ochib   berish   imkoniyatiga   ega
bo’lgan   umumiy,   nazariy   qoidalar,   ya’ni   prinsiplar   mavjud.   Ana   shu   prinsiplar
asosida   turli   yosh   va   jinsdagi   odamlarda  olib   boriladigan   ilmiy  tadqiqot   ishlarida
metodologik va metodik xatolarga kamroq yo’l qo’yiladi. Shunday ishlarda inson
tug’ilganidan   umrining   oxi ri gacha   qanday   o’zgarib   borishi   to’g’risida   ma’lumot
to’plash mumkin.
Umuman,   psixologiyada   inson   psixikasini   tadqiq   qilish   metodlarining   turli
tasnifi   mavjud.   Shular   to’g’risida   umumiy   psixologiya   kursida   keng   ma’lumotlar
berilgan.  Ontogenez  va  differensial   psixologiya  fani   ham  psixologiyaning  boshqa
sohalari   singari   o’ziga   xos   ilmiy   tadqiqot   metodlariga   ega.   Quyida   sobiq   ittifoq
psixolog i   B.G.Ananyevni   tavsiya   qilgan   klassifikasiyasiga   asoslan gan   holda
mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananyev   psixikani   o’rganish   metodlarini   to’rt   guruhga   ajratib,   ularni
tashkiliy,   empirik   (amaliy),   natijalarni   qayta   ishlash   yoki   statistik   natijalarni
sharhlash   metodlari   deb   nomlagan.   Bu   guruhlar   o’zining   maqsad   va   vazifasi
bo’yicha   yana   bir   nechta   toifa   hamda   turlarga   bo’linadi.   Quyida   mazkur
metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi. Tadqiqot   metodlarining   birinchisi,   ya’ni   tashkiliy   guruhi   o’z   ichiga   qiyoslash,
longityud   (uzluksiz),   kompleks   (ko’pyoqlama)   deb   atalgan   turlarni   oladi.
Qiyoslash   metodidan   umumiy   psixologiya,   sosial   psixologiya   (katta   yoki   kichik
guruhlarni   hamda   ularning   har   xil   toifalarini   o’zaro   taqqoslash),   tibbiyot
psixologiyasi   (sog’lom   va   bemor   kishilarning   psixik   xususiyatlarini   qiyoslash),
sport   psixologiyasi   (sportchilarning   holati,   uquvliligi   va   ishchanligini   o’zaro
taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Yosh   va   pedagogik     psixologiyada   esa   qiyoslash   metodi   turli   yoshdagi
odamlarning   bilish   jarayonlari,   shaxs   xusu siyatlari,   bilimlarni   o’zlashtirishi,   aqliy
qobiliyati,   salohiyati,   rivojlanish   dinamikasi,   jinslarning   tafovutlari   va   o’ziga
xosligi   kabilarni   o’rganishda   qo’llanadi.   Psixologlardan   L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy,   A.A.Smirnov,   B.G.Ananyev,   D.B.Elkonin,   P.Ya.Galperin   va
ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, ki -
chik   maktab   yoshi,   o’smirlik,   o’spirinlik   yosh   davrlarini   o’zaro   solishtirish)   shu
metoddan   foydalanib   amalga   oshirilgan.   Keyingi   yillarda   xalq   ta’limi   tizimi   va
ishlab   chiqarishda   «inson   omili»   muammosining   ko’tarilishi,   vaqt   taqchilligi,
ishchanlik   imkoniyati,   psi xologik   moslik   masalalarining   alohida   ahamiyat   kasb
etishi mazkur metodni keng qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada
olingan   ma’lumotlarning   ishonchliligini   oshirishda   ham   qiyoslash   metodi
qo’llanadi.   Ayniqsa,   sinaluvchilardagi   o’zgarishlarni   ajratib   olib   qarash,
tadqiqotning   bosqichlarini   alohida-alohida   tahlil   qilish,   masalan,   tajribaning
birinchi   bosqichi   turli   yoshdagi   va   jinsdagi   odamlarga   qanday   ta’sir   etganini
aniqlash va hokazolar bu metodga diqqat-e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Yosh va pedagogik   psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud
(uzluksiz)   metodi   ham   qo’llanadi.   Uning   boshqa   metodlardan   farqi   bir   yoki   bir
nechta   sinaluvchilar   uzoq   muddat,   hatto,   o’n   yillab   tekshirilishidir.   Longityud
metodidan   psixologlardan   nemis   V.Shtern,   fransuz   R.Zazzo,   rus   psixologlari
N.A.Mench inskaya,   A.N.Gvozdev,   N.S.Leytis,   V.S.Muxina   va   boshqalar   ko’p
yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur   metod   orqali   bir   xil   jinsli   (Hasan-Husan,   Fotima-Zuhra)   yoki   aralash
jinsli   (Hasan-Zuhra,   Fotima-Husan)   egizaklar   kuzatilgan.       Shuning   uchun   qator
tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi
bejiz   emas.   Uzoq   vaqt   bir   shaxsni   (kichik   guruhni)   kuzatish   unda   paydo
bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni
(xatti-harakat)   va   ularning   oldini   olish   tadbirlarini,   murakkab   psixologik
munosabatlari,   ichki   bog’lanish   qonuniyati,   mexanizmi   to’g’risida   mukammal,
ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Longityud   metodi   yordamida   subyektiv   omillarning   o’ziga   xosligini,   obyektiv
shart-sharoitlar  va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri  o’rganiladi. Chunonchi,
egizaklarning   o’xshashligi   va   tafovuti,   ta’sirlanishi,   his-tuyg’usining   o’zgarishi,
kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati
tizimi   va   hokazolar)   bo’yicha   ma’lumotlar   olish   longityud   metodi   bilan   amalga
oshadi.
Hozirgi   davrda   fan   va   texnika   taraqqiyoti   psixologik   tekshirishlarning
ilmiyligini   yanada   oshirish   uchun   (subyektiv   omillarning   ta’sirini   kamaytirish
maqsadida)   yaxlit   dastur   asosida   boshqa   fanlar   (tibbiyot,   fizika,   fiziologiya,
biologiya,   sosiologiya,   kibernetika,   statistika,   falsafa,   mantiq   va   hokazolar)   bilan
birgalikda   tadqiqot   ishlari   olib       borishni   taqozo   etmoqda.   Amaliy   yo’sindagi
ilmiy-tadqiqot   ana   shu   ko’p   qirrali   (kompleks)   yondashishni   talab   qiladi.
Psixologiya   sohalarida   (psixofiziologiya,   kosmos,   tibbiyot   psixologiyasi,
muhandislik   yoki   aviasiya   psixologiyasida   tadqiqot   obyektiga   tizimli   yondashish
tamoyili   amalga   oshirilmoqda.   Kompleks   metod   yordamida   o’rganilayotgan
obyektdagi   o’zgarishlar   turli   nuqtai   nazardan   tahlil   qilinadi   yoki   ularga   har   xil
yondash iladi.  Masalai,   bolada   oddiy  bilimlarni   o’zlashtirish   xususiyati   psixologik
jihatdan   tekshirilayotgan   bo’lsa,   kompleks   yondashish   ta’sirida   ana   shu
o’zlashtirishning   falsafiy,   mantiqiy,   fiziologik,   ijtimoiy,   biologik   xususiyatlari
yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish uning psixologik,
fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Kompleks   dastur   yordamida   amalga   oshirilgan   tadqiqot   natijalar i   ilmiy
ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo’lib,
bu guruhga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, labo ratoriya), test,
anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini
tahlil   qilish,   tarjimai   hol   (shaxsiy   guvohnoma,   hujjat,   turmush   faoliyati
voqyealarini   tahlil   qilish)   kabilar   kiradi   va   ular   sinash,   tekshirish,   diagnoz
(aniqlash)   va   prognoz   (oldindan   belgilash)   vazifalarini   bajaradi.   Insonda
tug’ilganidan   umrining   oxirigacha   sodir   bo’ladigan   psixologik   o’zgarishlarni
chuqurroq   va   obyektivroq   tadqiq   etish   uchun   empirik   metodlardan   navbati   bilan
foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy   tadqiqot   metodlarining   uchinchi   guruhi   natijalarni   qayta   ishlashga
mo’ljallangan   bo’lib,   ular   statistik   (miqdor)   va   psixologik   (sifat)   tahlil   turlariga
bo’linadi.   Psixologik-pedagogik   tadqiqotlarda   ko’pincha   quyidagi   statistik
metodlardan foydalaniladi.
To’plangan   miqdorlarni   ishlab   chiqishda   mana   bu   formulalarni   qo’llash
mumkin:
1 ) M ═  υ  ∕ n   formulasi o’rtacha arifmetik   qiy matni topish uchun ishlatiladi.  M
—yig’indi,  υ   —   va riasion miqdor,  n   — sinaluvchilar yoki obyektlarning sanog’ini
bildiradi.
2) σ   = √  c ∕ n − 1 formulasi  son qatoridagi  o’rta kvadrat  og’ishni  hisoblashda
yoki standart og’ishni aniqlashda ishlatiladi.  σ  — kvadratik og’ish, c  —  dispersiya,
n   — miqdor.
3) S=  Σ   ( υ  —   M) 2
  — son qatoridagi miqdorlar   tarqoqligini aniqlash formulasi.
U ba’zan   “S” —  dispersiya deb ham ataladi. 
4) Psixologik   tajribalarda         olingan         miqdorning,   qo’llangan   metodikaning
ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish mumkin: t
═ ( X − X ) ∕  σ Bunda t — ishonchlilik belgisi, X   — son   qatoridagi yuqori ball,   X   — o’rtacha
arifmetik miq dor,  σ  — kvadratik og’ish alomati.
Psixologik tajribalarda Myordokning   ko’chish   foizlarini aniqlovchi formula: (   ε
− S ) ∕ (  ε  − S ) ∙ 100;
bunda  ε  —   sinaluvchilarning to’g’ri   va noto’g’ri javoblarini hisoblashg a   xizmat
qiladi.   Ikkala   miqdorning   nisbati   birining   ikkinchisidan   qay   darajada   yuqori
ekanini   ko’rsatadi. Bunda “S” — nazorat, tajriba guruhni anglatadi.
Tafakkurning so’z-mantiq   tejamkorligi xususiyatini aniqlashda quyidagi formula
qo’llanadi   (3.I.Kalmikova tadqiqotlarida):
TST ═  ε  R1 ∕  ε  R2 ;
ε   R1  —  sinaluvchilar  topshiriqni  bajargani  uchun  olgan  ballar  yig’indisi;   ε   R2
— sinaluvchilar mak simal darajada ballar to’plashi mumkin bo’lgan imkoniyatlar.
Topshiriq   yechimi   uch   balli   shkala   bilan   o’lchanadi.   To’g’ri   yechgani   uchun   “2”
ball,   noto’g’ri   yechgani ,   yechishga   intilgani   uchun   “1”   ball   va,   nihoyat   mutlaqo
yechmagani uchun “0” ball qo’yiladi.
Yuqoridagi   statistik   metodlar   tajribalarda   olingan   qiymatlarning   ishonchlilik
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari ko’p va biz
ularning eng soddalariga to’xtab o’tdik, xolos.
To’plangan   materiallarni   psixologik   tahlil   qilish   metodi   mazkur   fan   uchun
alohida   ahamiyatga   ega.   Unda   aniqlovchi,   tarkib   toptiruvchi   (tarbiyalovchi),
tekshiruvchi   tajribalarda   olingan   har   xil   shakldagi   ma’lumotlar   turli   prinsip,
pozisiya,   ko’p   qirrali   (kom pleks)   va   yaxlit   (sistemali)   yondashishga   asoslanib
mantiq yordamida psixologik tahlil qilinadi.   B archa fikr va mulohazalar ishonchli
omillar   orqali   isbotlab   beriladi,   psixologik   qonuniyat,   qonun,   xususiyat,   xossa,
holat   va   kamolotning   o’ziga   xosligi   asoslanadi.   Material   alohida   guruhlar   va
sinflarga   ajratiladi,   psixologik   voqyelikning   boshqa   jihatlari   bilan   uzviy   sababiy
bog’liqligi,   ichki   murakkab   munosabati   bayon   qilinadi,   sinaluvchilar   muayyan
toifalarga kiritiladi va tadqiqotdan yakuniy xulosa chiqariladi.
Ilmiy   tadqiqot   metodlarining   to’rtinchisi   —   sharhlash   guruhi   genetik   va
donalash   metodlaridan   iboratdir.   Genetik   metod   bilan   tadqiqot   davomida to’plangan       ma’lumotlar       yaxlit       holda       maqsadga       muvofiq   yo’sinda
sharhlanadi.   Bu   metoddan   foydalanishning   aso siy   maqsadi   —   sinaluvchida
vujudga   kelayotgan   yangi   shaxs   fazilatlarining   rivojlanishi   va   bilish
jarayonlarining   o’zgarishiga   tajriba   natijasiga   suyan gan   holda   ta’rif   hamda   tavsif
berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo’lish
davri,   bosqichi   hamda   ba’zi   mashaqqatli   daqiqalarga,   paytlarga   qo’shimcha
sharhlar berish imkoniyati tug’iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining
bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot obyektiga
kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro
ta’sir   va   uyg’unlikning   o’zaro   bog’lanishlari   o’rganiladi.   Jumladan,   inson   nutqini
idrok   qilish   uchun   sezgi,   idrok,   xotira,   tafakkur   jarayonlarining   bir   paytda
birgalikda   qatnashishi   bunga   yorqin   misoldir.   Bunda   har   bir   bilish   jarayonining
ulushi   ifodalanadi   yoki   uning   ahamiyati   alohida   ta’kidlanadi,   ularning   o’zaro
bog’liqligi asoslab beriladi.
Lekin   tajribada   to’plangan   ma’lumotlarni   sharhlash   uchun   yuqoridagi
metodlarning o’zi  yetarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo’l qo’ymaslik uchun
yig’ilgan   materiallar   maxsus   bosqichlarga   ajratib   sharhlanadi.   Tadqiqotning
birinchi   —   tayyorlov   bosqichida   kashf   qilinadigan   psixologik   qonun   yoki
qonuniyat   to’g’risidagi   taxmin,   faraz   tahlil   qilinadi.   Tadqiqotning   ikkinchi
bosqichida   tajriba   o’tkazish   prinsipi,   sharoiti,   obyektiv   va   subyektiv   omillar
bo’yicha   mulohaza   yuritiladi.   Uchinchi   bosqichda   esa   olingan   miqdoriy   natijalar
qayta   ishlanadi   va   bu   ham   o’z   navbatida   to’rt   pog’onaga   bo’linadi:   a)   empirik
materialni   birlamchi   tahlil   qilish:   alohida   olin gan   yoki   topilgan   omil,   alomat,
ko’rsatkich,   mexanizm,   xususiyat   sharhlanadi;   b)   tahlil   qilingan   miqdoriy
materiallar   bilan   tadqiqot   gipotezasi   alohida   sharhlanadi;   v)   ikkilamchi   tahlil;
barqaror,   ustun   dalillar   ajratiladi;   g)   ik kilamchi   sintez:   psixologik   qonun,
qonuniyat,   topilgan   dalil   omil   bilan   tadqiqot   gipotezasini   birlashtirib   maxsus
xulosa chiqariladi. To’rtinchi   bosqich   —   sharhlashda   har   bir   fakt,   alo mat,   ko’rsatkich,
mexanizm,xossa,   psixologik   jihatdan   so’z-mantiq   orqali   tahlil   qilinadi.   Barcha
ilmiy-amaliy   mulohazalar   isbotlanadi,   buning   natijasida   hyech   bir   shubhaga,
e’tirozlarga   o’rin   qolmaydi.   Ana   shu   bosqichda   tadqiqot   yakunlanadi,   zarur
xulosalar   chiqariladi,   amaliy   tavsiyalar   beriladi,   o’rganilishi   zarur   muammoning
ahamiyati va istiqboli to’g’risida mulohaza qilinadi.
Endi tajribada eng ko’p qo’llanadigan empirik metodlar haqida kengroq ma’lumot
beramiz. Kuzatish   metodi.   Yosh   va   pedagogik     psixologiyada   bu   metodning   obyektiv
(tashqi)   va   subyektiv   (o’zini   o’zi)   kuzatish   turlari   bor.   Inson   psixikasidagi
o’zgarishlarni har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1)
kuzatishning   maqsadi,   vazifasi   belgilanadi;   2)   kuzatiladigan   obyekt   tanlanadi;   3)
sinaluvchining   yoshi,   jinsi,   kasbi   aniqlanadi;   4)   tadqiqot   o’tkazish   vaqti
rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish
insonning   qaysi   faoliyatida   (o’yin,   o’qish,   mehnat,   sportda)   amalga   oshirilishi
tavsiya   qilinadi;   7)   kuzatishning   shakli   (yakka,   guruh,   jamoa   bilan   o’tkazilishi)
tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari,
kuzatish   varaqasi,   magnitofon,   videomagnitofon,   kinokamera,   mobil   telefon   va
boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish   orqali   turli   yoshdagi   odamlarning   diqqati,   his-tuyg’ulari,   nerv
sistemasining   tashqi   ifodalari,   temperament   xususiyatlari,   imo-ishoralari,
sezgirligi,   xulq-atvori,   nutq   faoliyati   va   hokazolari   o’rganiladi.   Ammo   o’ta
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xo -
tira   va   aql-zakovatni   tadqiq   etishga   bu   metodning   imkoni   yetmaydi.   Masalan,
go’dak   bolani   kuzatishda   uning   harakatlari,   o’yinchoqlarga   munosabati,   his-
tuyg’usi,   talpinishi,   mayli,   xohishi   aniqlanadi.   O’quvchining   darsdagi   holatini
kuzatishda   esa   diqqatining   xususiyati,   tashqi   qo’zg’atuvchi   bilan   ta’sirlanishi,
temperamenti,   xatti-harakatining   sur’ati,   emosional   kechinmasining   o’zgarishi
to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport
faoliyatini  kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish
xususiyatlari,   g’alabaga   intilishi,   o’zining   harakatini   idora   qila   olishi   yuzasidan
materiallar   yig’ish   mumkin.   Ishchining   dastgoh   yonidagi   faoliyatini   kuzatish
natijasida   uning   o’z   diqqatini   taqsimlashi,   qiyin   damlarda   o’zini   tutishi,   imo-
ishoralari,   tashqi   qo’zg’atuvchidan   ta’sirlanish   darajasi   haqida   keng   ma’lumotlar
yig’iladi.   Keksalarning   muloqot   jarayonini   kuzatish   ularning   xarak teri,   nutq
faoliyati,   his-tuyg’usi,   ekstravertivligi   yoki   introvertivligi,   qiziquvchanligi   va
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi
kayfiyatini,   fikrning   muayyan   obyektga   yo’naltirilganini,   tashqi   qo’zg’atuvchilar
ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni,
shuningdek,   sinchkovlik,   teranlik,   termulish   kabi   ruhiy   holatlarni   kuzatib
tafakkurning   kechishidagi   o’zgarishni   aniqlash   mumkin.   Bulardan   tashqari,
qo’lning   titrashi,   asabiylashish,   nutqning   buzilishi,   hissiyotning   beqarorlashuvi
ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi.
Ko’pincha   tajribali   psixolog   yoki   o’rta,   maxsus   o’rta   va   oliy   ta’lim   tizimidagi
yuqori   malakali   mohir   o’qituvchi   o’zini   o’zi   kuzatish   orqali   ilmiy  xulosa   chiqara
biladi.   Masalan,   o’z   tafakkurini   kuzatib   o’zidagi   emosional   o’zgarish   haqida,
shuningdek,   tafakkurning   ichki   mexanizmlari   vujudga   kelishi   za   kechish i   haqida
ma’lumot   oladi.   Fikrlash   faoliyati   zaiflashganini   sezadi.   Natijada   tafakkurning
sifati,   mazmuni,   mohiyati   va   qay   tarzda,   qanday   tezlikda,   qay   shaklda   ro’y
berishini kuzatadi.
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning in son ruhiyatini
o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan. Introspeksiya
yo’nalishining   yirik   namoyandalari   o’zlarini   o’zlari   kuzatganlar   va   to’plagan
materiallarini   tahlil   qilib   umumiy   psixologik   qonuniyatlarni   yaratishga   harakat
qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va shuning
uchun   bu   metodning   ilmiy   ahamiyati   unchali   katta   emas,   lekin   hozirgi   zamon
elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Shunday   qilib,   kuzatish   metodining   qulay   va   samarali   jihatlari   bilan   birga   zaif
tomonlari   ham   mavjud.   Shu   sababli   insonning   murakkab   psixikasi   boshqa
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat   metodi.   Bu   metod   bilan   inson   psixikasini   o’rganishda   suhbatning
maqsadi   va   vazifasi   belgilanadi,   uning   obyekti   va   subyekti   tanlanadi,   mavzusi,
o’tkaziladigan   vaqti   aniqlanadi,   yakka   shaxslar,   guruh   va   jamoa   bilan   o’tkazish
rejalashtiriladi,   o’rganilayotgai   narsa   bilan   uzviy   bog’liq   sa v ol-javob   tartibi
tayyorlanadi.  Suhbatning bosh  maqsadi  muayyan bir  vaziyat  yoki  muammoni  hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli
yoshdagi   odamlarning   tafakkuri,   aql-zakovati,   xulq-atvori,   qiziqishi,   tiyrakligi,
bilim       saviyasi,   e’tiqodi,   dunyoqarashi,   irodasi   to’g’risida   ma’lumotlar   olinadi,
Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi:
− Xotira deb nimani aytiladi? 
−   Xotira   idrok   qilingan   narsa   va   hodisalarni   esda   qoldirish,   mustahkamlash
hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir.
− Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat?
−   Xotiraning   nerv   fiziogik   asoslari   bosh   miya   katta   yarim   sharlari   qobig’ida
muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik
faollashuvidir.
− Xotiraning samaradorligi nimalarga bog’liq? 
−   Esda   olib   qolishda   harakatning   tugallanmaganligiga,   shaxsning   qiziqishi   va
mayllariga,   faoliyatga   munosabati,   kayfiyati   va   irodaviy   zo’r   berishiga,
xarakterologik sifatlariga bog’liq.
− Xotiraning qanday turlari mavjud? 
−   Harakat,   obrazli,   so’z-mantiq,   emosional,   qisqa   va   uzoq   muddatli,   operativ,
ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv,  reproduktiv, faol va sust xotira turlari bor. 
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo’lishi shart. Biroq mashg’ulot
sinaluvchilarni   toliqtirib   qo’ymasligi,   ularning   yoshiga,   saviyasiga,
mutaxassisligiga mutlaqo mos bo’lishi zarur.
Dialog   shaklidagi   suhbatlar   ham   o’z   ko’lami,   mo hiyati,   mazmuni,   shakli,
xususiyati,   sur’ati,   mavzusi,   obyektga   yo’nalganligi   bilan   bir-biridan   farqlanadi.
Suhbatning yana bir turiga misol:
− Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi? 
− Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.
− Nechuk, qanday shamol uchirdi? 
− Ko’zimdan o’taverding, o’taverding,   keyin yo’lga otlandim.
− Qiynalmasdan yetib keldingizmi?  −   Aytarli   qiynalmadim.   Avval   avtobusga,   so’ng   tramvayga   o’tirdim,   lekin
metroga tushgim kelmadi.
Suhbat  metodining  yuqorida  ta’kidlangan  ijobiy jihat lari   bilan birga  ayrim   zaif
tomonlari   ham   mav jud.   Qaytariq   so’zlar,   «g’aliz»   iboralar,   nutqning   tezligi,
fikrning  mavhumligi,   zerikarligi   muvaffaqiyatsizlikka   sabab   bo’ladi.  Shuningdek,
savol-javobning   bir   xil   shaklda   emasligi,   sinaluvchida   o’ziga   xos   ishlash   uslubi,
oshkoralik   yetishmasligi,   iymanish,   uyalish   atroflicha   ma’lumotlar   olishni
qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish   metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va
xayolining   xususiyatlarini   aniqlash   maqsadida   bu   metod   Yosh   va   pedagogik
psixologiyada   keng   qo’llanadi.   Bolalar   chizgan   rasmlar,   yasagan   o’yinchoqlar,
modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri,
texnik,   badiiy   va   adabiy   qobiliyati,   ijodiy   xayoli   yuzasidan   materiallar   to’plash
mumkin.   Mazkur   metoddan   foydalanishda   mahsulotni   yaratgan   shaxs   bevosita
ishtirok   etmaydi.   Obyekt   bilan   subyekt   o’rtasida   muloqot   o’rnatish   uchun
shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy
faoliyat   mahsullariga   kundalik,   sxema,   ixtiro,   diag ramma,   kashfiyot,   qurilma,
asbob,   texnik   model,   moslama,   milliy   kashtachilik,   hunarmandchilik,   zargarlik
buyumlari,   referat,   kurs   va   malakaviy   bitiruv   ishlari,   ilmiy   ma’ruza,   konspekt,
taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyiha, magistrlik, nomzodlik, doktorlik
dissertasiyalari  va hokazolar  kiradi. Bular  turli  yoshdagi  va  jinsdagi  odamlar, har
xil   kasb   egalari   tomonidan   yaratilgan   bo’lishi   va   shunga   ko’ra   shakli,   mazmuni,
sifati,   originalligi,   katta-kichikligi,   xususiyati,   mazmun mohiyati   bilan   bir-biridan
keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy   faoliyat   mahsullarini   tahlil   qilish   orqali   bolalar,   o’quvchilar,   talabalar,
konstruktorlar,   olimlar,   hunarmandlar,   ishchilar,   keksa   yoshdagi   qariyalar   psixik
xususiyatlari,   mahorati,   salohiyati,   ijodiyoti   to’g’risida   ma’lumotlar   to’plash
mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini
ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shuning uchun inson   psixikasini   o’rganish   maqsadida   boshqa   metodlardan   ham   foydalanish
ma’qul.
Test   metodi.   Test   —   inglizcha   so’z   bo’lib,   sinash,   tekshirish,   demakdir.
Shaxsning   aqliy   o’sishini,   qobiliyatini,   irodaviy   sifatlari   va   boshqa   psixik
xususiyatlarini   tekshirishda   qo’llanadigan   qisqa   standart   masala,   topshiriq,   misol,
jumboqlar   test   deb   ataladi.   Test   ayniqsa   odamning   qanday   kasbni   egallash
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’ dodlilar va aqli zaiflarni
aniqlashda,   kishilarni   saralashda   keng   qo’llanadi.   Test   metodining   qimmati
tajribaning   ilmiylik   darajasiga,   tekshiruvchining   mahoratiga   va   qiziqishiga,
yig’ilgan   psixologik   ma’lumotlarning   obyektivligi   va   ularni   ilmiy   tahlil   qila
bilishga bog’liqdir.
1905   yildan,   ya’ni   fransuz   psixologi   A.Bine   va   uniig   shogirdi   T.Simon
insonning   aqliy   o’sish   va   iste’dod   darajalarini   o’lchash   imkoniyati   borligi
g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb
biladilar.   Biroq   test   tekshirilayotgan   hodisalarning   psixologik   mezoni
hisoblanmaydi.   Malumki,   bir   muammoning   yechimini   izlash   turli   psixologik
vositalar   bilai   amalga   oshiriladi.   Chet   el   testologlari   tadqiqot   obyektlarini
o’zgartirib   turadilar   va   qobiliyat,   tafakkur,   bilim,   ko’nikma   hamda   malakalarni
aralash   holda   o’rganishga   intiladilar.   Sinash   jarayonida   sinaluvchilarning
emosional   holati   va   salomatligiga   bog’liq   ruhiy   kechinmalarni   inobatga
olmaydilar.   Psixologlar   K.M.Gurevich,   V.A.Kruteskiy   va   boshqalar   qo’llaydigan
testlar   tubdan   boshqacha   prinsip   asosida   tuzilgan.   Ular   testlarning   tafakkur
ko’rsatkichi   (indikatori)   bo’lishi   uchun   harakat   qildilar   va   muayyan   yutuqlarga
erishdilar.   Shuningdek,   tafakkur   jarayonining   sifat   xususiyatlarini   bilmay   turib,
qobiliyatning   mohiyatini   yoritib   bo’lmaydi,   degan   qoidaga   amal   qilgan   holda
testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan G.Rorshax, S.Rozensveyg,
R.Kettel,   D.Veksler,   G.Meyli,   G.Ayzenk,   A.Anastazi,   Dj.Raven,   G.Myurrey,
R.Amtxaer,   M.Rokich,   Dj. R otter,   M.Lyusher,   Dj.Gilford   va   boshqalar   ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish
(maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini
baholashga   qaratilgan),   intellekt   testlari   (aqliy   rivojlanish   darajasini   o’lchashga
mo’ljallangan),   shaxs   testlari   (inson   irodasi,   emosiyasi,   qiziqishi,   motivasiyasi   va
xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs “loyihasi”
(proyektiv)   testlari   (savollarga   bitta   aniq   javob   berish   talab   qilinadi,   javoblarni
tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi.
Bizningcha, testlar quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq: 
1. natijaga   erishuv   testlari   (bilimlar,   ko’nikma   va   malakalar   aniqlanadi;   ular
harakat, yozma va og’zaki testlarga bo’linadi);
2. intellekt testlari;
3. kreativlik (ijodiyot) testlari;
4. kriterial oriyentir testlari (mezoniy mo’ljalga yo’naltirilgan);
5. shaxs testlari;
6. iste’dod (qobiliyat) testlari;
7. proyektiv   testlar   (syujetli   testlar,   rasm   testlari,   chizilgan   va   chizish   talab
qilinadigan testlar);
8. kognitiv testlar.
Psixologiya   fanida   testlashtirish   mana   bu   ijtimoiy   tuzilmalarga
yo’naltiriladi:   a)   uzluksiz   ta’lim   tizimiga;   b)   kasbiy   tayyorlash   va   saralashga;   v)
keng ko’lamli psixologik maslahatga. 
Tajri b a   (eksperiment)   metodi.   Bu   metod   turli   yoshdagi   odamlar   (chaqaloq,
bola,   o’spirin,   balog’atga   yetgan   va   qarilar)ning   psixikasini   chuqurroq,   aniqroq
tadqiq,   qilish   metodlari   ichida   eng   muhimi   hisoblanadi.   Eksperiment   metodi
yordamida   sun’iy   tushunchalarning   shakllanishi,   nutqning   o’sishi,   favquloddagi
holatdan   chiqish,   muammoli   vaziyatni   hal   qilish   jarayonlari,   shaxsning   his-
tuyg’ulari,   xarakteri   va   tipologik   xususiyatlari   o’rganiladi.   Inson   psixikasining
nozik   ichki   bog’lanishlari,   munosabatlari,   qonuniyatlari,   qonunlari,   xossalari,
murakkab   mexanizmlari   tekshiriladi.   Buning   uchun   eksperiment   materialini
tekshiruvchi   sinchkovlik   bilan   tanlashi,   obyektiv   tarzda   har   xil   holat   va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati,
his-tuyg’usi,   qiziqishi   va   saviyasiga,   turmush   tajribasiga,   ko’nikma   va
malakalariga e’tibor berishi lozim.
Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laborato riya metodlariga ajratiladi. Tabiiy
metod   psixologik-pedagogik   masalalarni   hal   qilishda   qo’llanadi.   Bu   metodning
ilmiy   asoslarini   1910   yilda   A.F.Lazurskiy   ta’riflagan.   Tabiiy   metoddan
foydalanishda   ishlab   chiqarish   jamoalari   a’zolarining,   ilmiy   muassasalar
xodimlarining,   o’qituvchilar,   keksaygan   kishilarning   psixologik   o’zgarishlari,
o’zaro   munosabatlari,   ish   qobiliyatlari,   mutaxassislikka   yaroqliligi   muammolarini
hal   qilish   nazarda   tutiladi.   Tabiiy   sharoitda   inson   psixikasini   o’rganishda
sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar
va hokazolar)ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar
tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir
o’tkazish   kundalik   mehnat   tarzi   doirasida   amalga   oshirilishi,   zavod   va   fabrikada
esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya   (klinika)   metodi   ko’pincha   individual   (goho   guruh   va   jamoa)
shaklida   sinaluvchilardan   yashirmay,   maxsus   psixologik   asboblar,   yo’l-yo’riqlar,
tavsiyalar,   ko’rsatma   va   ilovalardan   foydalanib   olib   boriladi.   Hozir   inson
psixikasidagi   o’zgarishlarni   aniqlaydigan   asboblar,   murakkab   elektron   hisoblash
mashinalari   (displeylar),  qurilmalar,  moslama   va   jihozlar   mavjud.  Ular   odamdagi
psixologik   jarayonlar,   holatlar,   funksiyalar,   vujudga   kelayotgan   yangi   sifatlarni
qayd   qilish   va   o’lchashda   qo’llanadi.   Ko’pincha   detektorlar,   elektron   va   radio
o’lchagichlar,   sekundomer,   refloksometr,   xronorefleksometr,   lyuksmetr,
anomaloskop,   taxistoskop,   audiometr,   esteziometr,   elektromiogramma,
elektroensefalogramma kabilardan  foydalaniladi .
Laboratoriya   metodi   yordami   bilan   diqqatning   sifatlari,   sezgi,   idrok,   xotira   va
tafakkurning   xususiyatlari   emosi onal   hamda   irodaviy   va   aqliy   zo’riqish   singarn
murakkab   psixik   holatlar   tekshiriladi.   Ko’pincha   laboratoriya   sharoitida   kishilar
(uchuvchi,   shofyor,   operator,   elektronchilar)   va   kutilmagan   tasodifiy   vaziyatlar
(halokat,   portlash,   izdan   chiqish,   shovqin   ko’tarilishi)ning   modellari   yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va
aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir
bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba   aniqlovchi,   tarkib   toptiruvchi   (tarbiyalovchi)   va   tekshirish   (nazorat)
qismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki
holat o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq kilinadi. Tadqikot obyektining
aynan   shu   paytdagi   holati,   imkoniyati   aniqlanadi,   lekin   tekshiruvchi   sinaluvchiga
subyektiv   ta’sir   o’tkazmaydi.   Shu   pallada   sinaluvchiga   hatto,   yo’llovchi   savollar
bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi.
Tarkib   toptiruvchi   tajribada   sinaluvchilarda   biror   fazilatni   shakllantirish,
shuningdek,   ularga   maqsadga   muvofiq   muayyan   malakani,   yo’l-yo’riq   va   usulni
o’rgatish   rejalashtiriladi.   Tajriba   yakka,   guruh   va   jamoa   tarzida   o’tkazilishi
mumkin.   Buning   uchun   tajriba   materialining   hajmi,   ko’lami,   qancha   vaqtga
mo’ljallanganligi,   nimalar   o’rgatilishi,   sinaluvchilarni   psixologik   jihatdan
tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish   (nazorat)   tajribasida   tarkib   toptiruvchi   bosqichda   shakllantirilgan
usul,   vosita,   yo’l-yo’riq,   ko’nikma,   malaka   va   shaxs   fazilatlarining   darajasini,
barqaror ligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil
mustaqil   topshiriqlar   beriladi.   Tekshirish   tajribasi   orqali   tarkib   toptiruvchi
eksperimentning   samarasi   o’lchanadi.   Mazkur   tajribada   ham   tekshiruvchi
sinaluvchiga  mutlaqo yordam  berishi  mumkin emas,  aks holda tadqiqot  o’tkazish
prinsipi buziladi.
Aniqlovchi,   tarkib   toptiruvchi   va   tekshiruvchi   tajribalarda   yig’ilgan
ma’lumotlar,   miqdor-statistik   metodlardan   foydalangan   holda   ishlab   chiqiladi,
shuningdek,   miqdor   tahlili   o’tkazishga   tayyorgarlik   ko’riladi.   Statistik   metodlar
yordamida   insonning   bilish   jarayonlari   bilan   uning   individual-tipologik
xususiyatlari   o’rtasidagi   o’zaro   bog’liqligi   va   ta’siri   (korrelyasiyasi)   bilish
jarayonlarining   his-tuyg’u   bi lan   boshqarilishi,   aql-zakovat   omillarini   tahlil   qilish
amalga   oshiriladi.   So’ngra   miqdorning   hamda   qo’llanilgan   metodikaning
ishonchlilik,   aniqlilik   darajasi   aniqlanadi.   Ungacha   ham   matematik   statistikaning sodda   metodlaridan   foydalanib   ayrim   hisoblashlar,   masalan,   o’rtacha   arifmetik
qiymat,   miqdorlarni   tartibga   solish   va   medianani   hisoblash,   kvadrat   chetga
og’ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir   injener   (muhandis)   psixologlar   matematiklar   bilan   hamkorlikda   inson
psixikasining   modelini   yaratish   ustida   tadqiqot   ishlarini   olib   bormoqdalar,
shuningdek,   mediklar,   fiziologlar,   kibernetiklar   psixikani   programmalashtirishni
nihoyasiga   yetkazmoqdalar.   Ish lab   chiqarishdagi   “sun’iy   intellektlar”,   robotlar,
EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Biografiya   (tarjimai   hol)   metodi.   Inson   psixikasini   tadqiq   qilish   uchun   uning
hayoti,   faoliyati,   ijodiyoti   to’g’risidagi   og’zaki   va   yozma   ma’lumotlar   muhim
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari,
o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu
bilan   birga   o’zgalar   tomonidan   to’plangan   tarjimai   hol   haqidagi   materiallar:
esdaliklar,   xatlar,   rasmlar,   tasniflar,   baholar,   magnitofon   ovozlari,   fotolavhalar,
hujjatli   filmlar,   mobil   telefon   tasvirlari   va   hokazolar   o’rganilayotgan   shaxsni
to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda,   uning
suhbat   va   tajriba   metodlari   bilan   o’rganib   bo’lmaydigan   jihatlarini   ochishda
yordam   beradi.   Masalan,   mazkur   ma’lumotlar   orqali   ijodiy   xayol   bilan   bog’liq
jarayonlar;   she’riyat,   musiqa,   nafosat,   tasviriy   san’at,   texnik   ijodiyotning   nozik
turlari   va   kashfiyotdagi   tafakkurning   o’ziga   xosligini,   shaxsning   ma’naviyat,
qadriyat,   qobiliyat,   iqtidor,   iste’dod   singari   fazilatlarini   o’rganish   mumkin.   Inson
ongining   xossasi,   namoyon   bo’lishi,   rivojlanishi,   o’ziga   xos   va   ijtimoiy
xususiyatlari   atoqli   odamlar   bildirgan   mulohazalarda   o’z   ifodasini   topadi.
Allomalar   to’g’risidagi   ma’lumotlar   zamondoshlari,   izdoshlari,   safdoshlarining
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora
etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna
vazifasini o’taydi. Yosh   va   pedagogik     psixologiyada   bolalarning   tarjimai   holi   asosidagi   ilmiy
tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinaning kuzatishlari “Ona kun -
daligi”   nomi   bilan   mashhurdir.   Shunday   tadqiqotlar   chet   el   psixologiyasida   ham
keng tarqalgan.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.Tolstoy, A. M.Gorkiy,
S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdalik lari tarjimai
hol   shaklida   bo’lib,   ular   bilan   tanishish   natijasida   mualliflarning   his-tuyg’usi,
temperamenti,   xarakteri,   qobiliyati,   iste’dodi,   qiziqishi,   intilishi,   mayli,   layoqati,
dunyoqarashi,   e’tiqodi,   nafosati,   axloq   va   odobi   to’g’risida   ma’lumotlar   olish
mumkin.
Anketa   metodi.   Yosh   va   pedagogik     psixologiyada   keng   qo’llanadigan
metodlardan   biridir.   Uning   yordamida   turli   yoshdagi   odamlarning   psixologik
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi.
Anketa   odatda   uch   shaklda   tuziladi.   Ularning   birinchi   xili   anglashilgan
motivlarni   aniqlashga   mo’ljallangan   savollardan   tuziladi.   Ikkinchisida   esa   har   bir
savolning   bir   nechtadan   tayyor   javoblari   beriladi.   Uchinchi   turdagi   anketada
sinaluvchiga   yozilgan   to’g’ri   javoblarni   ballar   bilan   baholash   tavsiya   etiladi.
Anketadan  turli   yoshdagi  odamlarning  layoqatlarini,  muayyan   sohaga   qiziqishlari
va   qobiliyatlarini,   o’ziga,   tengdoshlariga,   katta   va   kichiklarga   munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan   anketalar   yig’ishtiriladi   va   elektron   hisoblash   mashinalarida
hisoblanadi,   atroflicha   miqdoriy   tahlil   qilinadi,   so’ngra   tadqiqotga   yakun   yasalib,
ilmiy   va   amaliy   yo’sinda   xulosalar   chiqariladi.   An keta   metodi   inson   psixikasini
o’rganish   uchun   boy   material   to’plash   imkonini   beradi.   Lekin   unda   olinadigan
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bu kamchilikka yo’l
qo’ymaslik   uchun   anketa   ichidagi   nazorat   vazifasini   bajaruvchi   savollarni   puxta
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz.
Odatda   anketa   savollariga   to’liq   javob   beriladi   yoki   qisqacha   “ha”,   “yo’q”   deb
yozib   qo’yiladi;   shartli   belgilar   bilan   belgilanadi:   bunda   (   +   )   tasdiqlashni,   (—) inkor   qilishni   bildiradi;   ketma-ket   berilgan   bir   nechta   javobdan   faqat   bittasi
tanlanadi va tagiga chiziladi yoki tartib raqami aylana ichiga olinadi.
№ Javoblar Juda
to’g’ri Yo’q
unday
emas To’g’ri Shunday
desak   ham
bo’laveradi
1. Fikrim joyida, tinchman 1 2 3 4
2. Meni   hyech   narsa   bezovta
qilayotgani yo’q 1 2 3 4
3. Men   tanglik   (zo’riqish)
daman 1 2 3 4
4. Men afsus chekayotganimni
his qilyapman 1 2 3 4
5. Men   o’zimni   erkin   his
qilyapman 1 2 3 4
6. Men hafaman 1 2 3 4
7. Meni   bo’ladigan
omadsizliklar   bezovta
qilyapti 1 2 3 4
8. O’zimni   dam   olgandek   his
qilyapman 1 2 3 4
9. Men bezovtaman 1 2 3 4
10. Men juda xursandman 1 2 3 4
11. Men o’zimga ishonyapman 1 2 3 4
12. Men siqilyapman 1 2 3 4
13. O’zimni   qo’ygani   joy   topa
olmayapman 1 2 3 4
14. Juda   siqilganman,   o’zimni
yomon sezayapman 1 2 3 4
15. Men   o’zimni   yaxshi   his
qilaman 1 2 3 4
16. Men   asosan   tez 1 2 3 4 charchayman
17. Men tez yig’lab yuboraman  1 2 3 4
18. Men   boshqalar   kabi   baxtli,
xursand bo’lishni istayman 1 2 3 4
19. Men   yetarlicha   tez   qaror
qabul   qila   olmaganim
uchun,   ko’pincha   yutqazib
qo’yaman  1 2 3 4
20. Men   sovuqqon,   og’ir,
muloyimman 1 2 3 4
21. Kutiladigan   qiyinchiliklar
meni juda bezovta qildi 1 2 3 4
22. Bo’lar-bo’lmasga   kuyib,
pishaveraman 1 2 3 4
23. Men juda baxtliman 1 2 3 4
24. Men  har  narsani   yuragimga
yaqin olaveraman 1 2 3 4
25. Mening   o’zimga   ishonchim
yetarli emas 1 2 3 4
26. Men   o’zimni   aosan
xatardan   xoli   deb   his
qilaman 1 2 3 4
27. Tanqidiy   va   og’ir
vaziyatlardan   uzoqroq
yurishga harakat qilaman 1 2 3 4
28. Men   o’zim   yo’l   qo’ygan
xatolardan   juda   siqilaman
va   uzoq   esimdan   chiqara
olmayman 1 2 3 4
29. Men   ishlarim   to’g’risida
o’ylaganimda   tinchim 1 2 3 4 yo’qoladi
Sosiometrik   metod.   Bu   metod   kichik   guruh   a’zolari   o’rtasidagi   bevosita
emosional   munosabatlarni   o’rganish   va   ularning   darajasini   o’lchashda   qo’llanadi.
Unga   amerikalik   sosiolog   Djon   Moreno   asos   solgan.   Mazkur   metod   yordamida
muayyan   guruhdagi   har   bir   a’zoning   o’zaro   munosabatini   aniqlash   uchun   uning
qaysi   faoliyatda   kim   bilan   birga   qatnashishi   so’raladi.   Olingan   ma’lumotlar
matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari
guruhdagi   kishilarning   shaxslararo   munosabatlar   to’g’risida   tasavvur   hosil   qiladi.
Bu   ma’lumotlar   guruhiy   munosabatlarning   tashqi   ko’rinishini   aks   ettiradi,   xolos.
Shuning   uchun   hozir   Ya.L.Kolominskiy   va   I.P.Volkov   tomonidan
sosiometriyaning   yosh   davri   psixologiyasiga   moslab   o’zgartirilgan   turlari   ishlab
chiqilgan.   Bular   shaxslarning   bir-birini   tanlashi   motivlarini   keng   ifodalash
imkonini   beradi.   Ayniqsa   sosiometriyaning   Ya.L.Kolominskiy   ishlab   chiqqan
o’zgartirilgan   turi   bolalar   jamoasidagi   shaxslararo   munosabatlar   haqida   to’laroq
axborot beradi.
Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: “Sen
sayohatga   kim   bilan   birga   borishni   xohlaysan?”   “Sessiyaga   kim   bilan   birga
tayyorlanishni   istaysan?”,   “Kim   bilan   qo’shni   bo’lib   yashashni   yoqtirasan?”   Har
bir savol sosiometrik mezon (o’lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqyeligidan
olingan.   Sinaluvchi   har   bir   savolning   uchta   javobidan   bittasini   “eng   ma’qul”   deb
tanlashi   lozim.   Unga,   “avval,   hammadan   ko’ra   ko’proq   kim   bilan   birga   bo’lishni
xohlasang,   o’shaning   familiyasini   yoz”,   “agar   sen   istagan   shaxs   to’g’ri   kelmasa,
yana   kim   bilan   birga   bo’lishni   istasang,   shuning   familiyasini   yoz”,   “aytilgan
shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish lozim.
Guruhiy   tabaqalanishni   ko’rsatish   uchun   sosiogramma   to’rtta   “maydon”ga
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha   va   uchburchaklar   soni   familiyalar   soniga   to’g’ri   keladi.   Guruh
a’zolarining   o’zaro   munosabatlari   doiracha   va   uchburchaklar   strelkalar   bilan
bog’langanida o’z ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi
doiraning markazidan o’rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar   bi lan   aloqa   o’rnatmagan   sinaluvchi   doiraning   eng   chetidan   joy   oladi.
Oraliqdagi   “maydon”larga   o’rtacha   va   undan   kamroq   tanlangan   tekshiriluvchilar
joylashtiriladi.   Tekshirishda,   birinchidan,   shaxslararo   munosabatning   darajasi   va
ko’lami   aniqlanadi,   ikkinchidan,   qizlar   bilan   o’g’il   bolalar   o’rtasidagi
ko’rsatkichlar   taqqoslanadi.   Ko’rsatkichlarga   qarab   guruhdagi   munosabatlar   yoki
qizlar   bilan   o’g’il   bolalar   o’rtasidagi   muno sabatlar   va   ularning   o’ziga   xosligi,
psixologik   mexanizmlari   haqida   xulosa   chiqariladi.   Shu   bilan   birga   nazariy
ahamiyatga  molik  g’oyalar  olg’a  suriladi,  amaliy  ko’rsatmalar   beriladi,  tavsiyalar
bildiriladi.
Yosh   va   pedagogik     psixologiyada   tadqiqotning   sosiomet rik   metodi   sharoitga
muvofiqlashtirilgan   kichik   guruhlardagi   shaxslararo   munosabatni   o’lchash   usuli
hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-
ket   javob   qaytarish   orqali   guruh   a’zolarini   o’zaro   tanlash   jarayoni   vujudga
keltiriladi.   Maktabgacha   ta’lim   muassasalari,   maktab   sinflari,   o’quvchilar
munosabatlari,   dam   olish   manzillari,   oliy   maktablar,   mehnat   jamoalari   va   turli
muassasalarning xodimlari o’rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi,
shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida o’rganiladi. Turli ehtiyoj,
motiv,   qiziqish,   intilish,   harakat   va   hokazolar   muayyan   tartib   hamda   qoidaga
binoan   muvofiqlashtiriladi,   tizimlashtiriladi,   ularning   ijtimoiy-psixologik   hamda
umumpsixo logik   ildizlari   to’g’risida   ma’lumotlar   olinadi.   Shu   bilan   birga
guruhlardagi   shaxslarning   yaqqol,   aniq   nuqtai   nazari,   guruhbozlik,   og’machilik,
qarama-qarshilik,   his-tuyg’uning   zo’riqishi,   guruhiy   jipslik,   moslik,
munosabatning   motivlari,   qurilishi,   jinslar   o’rtasidagi   muloqotlarning   zamini
hamda  sehri   mana shu kalit bilan ochiladi.
Umuman   aytganda,   sosiometriya   metodidan   turli   yoshdagi,   ikki   xil   jinsdagi,
saviyasi   har   xil   kishilar   guruhlaridagi   psixologik   qonuniyatlarni   tadqiq   etishda
unumli foydalanish mumkin.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI. Reja: 1. Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari. 2. Kuzatish metodi. 3. Eksperiment metodi. 4. Suhbat va so‘rovnoma metodi. 5. Faoliyat mahsulini o‘rganish metodi. 6. Test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi .

Mazkur fan sohasi o’zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh va pedagogik psixologiya quyidagi prinsiplarga rioya qiladi: 1. Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his- tuyg’usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi. 2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida vujudga keladigan mu vaqqat nerv bog’lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiasiyasi, konsentrasiyasi hamda induksiyasi qonunlari zamirida ro’y beradi. Bu qonunlar turli yo’sindagi muvaqqat bog’lanishlar, assosiasiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo’zg’alishini), muvaqqat bog’lanishlarning yo’qolayottani yoki paydo bo’layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog’lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo’ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko’ra, har ikkala mexanizm hayvonlarning tash qi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqyelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir. 3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini — uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o’rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o’yin, mehnat, o’qishda), xatti- harakatlarida namoyon bo’ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega

bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi. Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o’zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, iste’dodi, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvch i harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari, pozisiyasi ham asta-sekin o’zgarib boradi. 4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlar i ) rivojlanishi unga o’zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to’g’riroq, to’laroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo’sindagi o’zaro bog’lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqyelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi. 5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqyelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. 6. Insonning borliqni (voqyelikni) aks ettirishi — faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojla nishi obyektiv borliqqa (voqyelikka) va o’ziga faol ta’sir ko’rsatishida sodir bo’ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o’yini, kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Bola tlmo ni dan nutqni egallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o’qish, o’yin va mehnatini) keskin o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar , ayniqsa ilk bolalik davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi, shaxslararo muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko’taradi.

Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o’zaro uzviy bog’liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql- zakovatining ko’rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o’zaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishi yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy o’sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Yosh va pedagogik psixologiya predmeti talim rivojlanishni o’z ketidan ergashtirib boradi (L.S.Vigotskiyniki) , degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni o’zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta’limni o’z ortidan yetaklaydi (E.G’oziyevniki) . Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal bo’lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga ega bo’lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni prinsiplar mavjud. Ana shu prinsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik va metodik xatolarga kamroq yo’l qo’yiladi. Shunday ishlarda inson tug’ilganidan umrining oxi ri gacha qanday o’zgarib borishi to’g’risida ma’lumot to’plash mumkin. Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to’g’risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Ontogenez va differensial psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o’ziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida sobiq ittifoq psixolog i B.G.Ananyevni tavsiya qilgan klassifikasiyasiga asoslan gan holda mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan. B.G.Ananyev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o’zining maqsad va vazifasi bo’yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.

Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), tibbiyot psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o’zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xusu siyatlari, bilimlarni o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llanadi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananyev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, ki - chik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili» muammosining ko’tarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psi xologik moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash metodi qo’llanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga diqqat-e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir. Yosh va pedagogik psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n yillab tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Mench inskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.