Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vazifalari va taqqiqot metodlari.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vazifalari va taqqiqot metodlari. Reja: 1. Yosh psixologiyasi fani predmeti va vazifalari. 2. Sharq allomalari asarlarida yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi 3. Yosh psixologiyasi fanining asosiy metodologik tamoyillari. 4. Yosh psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari. 5. Psixologik tadqiqotlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.
1.1 Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari. Komil insonni, ya’ni o‘zida ruhiy boylik, ahloqiy poklik va jismoniy yetuklikni to‘la mujassamlashtirgan talabalarni kelgusi faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash uchun umumta’lim maktablarida ta’lim- tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni bilishlari muhim sanaladi. Buning uchun bolalarning psixik taraqqiyoti qonunlarini, ularning yosh davrlari va individual xususiyatlarini bilish muhimdir. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Ontogenez ~ ( yunoncha ,. op tos- mavjud , jon , zot ; genezis- kelib chiish , paydo bo‘lish ) - individning paydo bo‘lishidan , umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni . Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar -yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Yosh psixologiyasi fani – psixologiya fanining tarmoqlaridan biri bo‘lib, u insonning ontogenezdagi psixik rivojlanishiga xos xususiyatlarni o‘rganadi.
Yosh psixologiyasi fanining predmeti – inson psixikasining ontogenezda taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xususiyatlarining yosh jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular : 1.Bolalar psixologiyasi 2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi. 3.O‘smir psixologiyasi. 4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi. 5.Katta yoshdagilar psixologiyasi. 6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi. 2-rasm. Yosh psixologiyasi bo‘limlari. Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Yosh davrlar psixologiyasi Bolalar ps ixologiyasi O'smirlik davri psixologiyasi Ка tta yoshdagilar psixologiyasi Kichik makt ab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi O'spirinlik davri psixologiysi Qarilik psixologiyasi
1) Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish. 2) Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. 3) Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish. 4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim -tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro munosabat xarakterini bilish kerak. O‘tilgan materiallarni qanday yo‘l bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? O‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to‘g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa ma’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanish xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi). Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas. 1.2 Sharq allomalari asarlarida yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi Yuksak tafakkur namoyondalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qaerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo‘llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va