Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi
Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi Reja: 1.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan 2.Pedologiya tanqidi 3.Psixik rivojlanish va ta’lim 4.Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo’llari
Yosh davrlari psixologiyasi – psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh davrlari xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasidir. Uning tadqiqot predmeti – inson psixikasining yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlari, psixik jarayonlar ontogenezi (organizmning individual rivojlanishi) va rivojlanayotgan odam shaxsiyatining psixologik sifatlari. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlardagi yosh xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy omillari va boshqalarni o‘rganadi. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik psixologiya fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Yosh va pedagogik psixologiya umumiyligi bola, o‘smir, o‘spirin kabi umumiy o‘rganish ob’ektlari bilan izohlanadi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bolani o‘rganish bilan o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning «CHelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan asari katta hissa qo‘shgan edi. YOsh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi CHarl’z Darvinning evolYusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. YOsh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy: biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan . Biologik , biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xusu-siyatlar, «irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolYusiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. ²omila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. SHunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin- ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi. Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi sirtqi ta’sir emas, ichki sabab natijasida Yuzaga keladi degan g‘oya yotadi. Tarbiyaga qaramay, u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy–shartli psixik sifatlarining namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – «erkin tarbiya» pedagogik nazariyasi-ning psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning g‘ayriilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida anglab etishdi. Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.
Biogenetizm xulq rivojlanishini gentik moyillikning amalga oshishiga taqab, shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika ham hamma narsani ijtimoiy muhitga taqab, shaxs faolligini inkor qildi. Psixologiyadagi biogenetik va ijtimoiy genetik yo‘nalishlar XX asrning 30- yillaridayoq psixolog va pedagoglar uchun tanqid ob’ektiga aylanib qoldi. Na biogenetika va na ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va mexanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi. Bu vazifani pedologiya nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Pedologiya tanqidi «PEDOLOGIYA» – («paydos» – go‘dak va «logos» – fan) – bolalar haqidagi fan demakdir. Pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XIX asr oxiri va XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G‘arbda, V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossolimo – Rossiyada) evolYusion g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30-yillarida bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi pedagogikasi va fiziologiyasini siqib chiqarib, bolalarni o‘rganish huquqini monopolizasiya qilib oldi. Pedologiyaning g‘oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, o‘quvchilarning «aqliy qobiliyati koeffisien-ti»ni asoslanmagan testlar bilan aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va maktabga ko‘p zarar etkazdi. Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi. 20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar
jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik funksiyalar rivojlanishi nazariyasi. Shuningdek, psixolog olimlarning XX asr ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.KostYuk, N.A.Men-chinskaya, N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda. PSIXIK RIVOJLANISH VA TA’LIM Psixik rivojlanish shartlari Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat), 2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt) va 3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi. SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi,