logo

Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.3642578125 KB
Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti,
vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi
Reja:
1.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan
2.Pedologiya tanqidi
3.Psixik rivojlanish va ta’lim
4.Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining 
asosiy   yo’llari
Yosh davrlari psixologiyasi   – psixologiya fanining inson rivojlanishining 
yosh davrlari xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasidir.
          Uning tadqiqot predmeti   – inson psixikasining yosh bilan bog‘liq 
o‘zgarishlari, psixik jarayonlar ontogenezi (organizmning individual rivojlanishi) 
va rivojlanayotgan odam shaxsiyatining psixologik sifatlari. Yosh psixologiyasi 
psixik jarayonlardagi yosh xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, 
shaxs kamolotining asosiy omillari va boshqalarni o‘rganadi.  Y o sh psixologiyasi 
pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq.
            Pedagogik psixologiya fani predmeti   – ta’lim va tarbiyaning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Y o sh va pedagogik psixologiya umumiyligi bola, o‘smir, o‘spirin kabi umumiy 
o‘rganish ob’ektlari bilan izohlanadi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya 
ta’lim va tarbiya jarayonida bolani o‘rganish bilan o‘zaro uzviy birlikni tashkil 
etadi.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan
Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi 
davrlardan buyon o‘rganiladi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida 
XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik 
g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik 
fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning 
«CHelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan 
asari katta hissa qo‘shgan edi. YOsh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz 
olimi CHarl’z Darvinning evolYusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya 
tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik
faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. 
YOsh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, 
Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining 
psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va 
harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega. XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki 
asosiy:   biologik va ijtimoiy   yo‘nalish ajratilgan .
          Biologik ,   biogenetik   yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xusu-siyatlar, 
«irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga 
intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik 
qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning 
o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – 
Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolYusiya qonunlarini 
yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. ²omila ona qornidaligida bir 
hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib 
o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. 
SHunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov 
davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur 
davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-
ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, 
ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi.
Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi   sirtqi ta’sir emas,
ichki sabab natijasida Yuzaga keladi   degan g‘oya yotadi. Tarbiyaga qaramay, u 
tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy–shartli psixik sifatlarining 
namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm 
o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – «erkin tarbiya» pedagogik nazariyasi-ning psixologik
asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning g‘ayriilmiy
mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida anglab 
etishdi.
Pedagogik psixologiyadagi   ijtimoiy genetik   yo‘nalish ham xatolardan xoli 
emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. 
Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil 
sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning 
muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson 
shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.
Biogenetizm xulq rivojlanishini gentik moyillikning amalga oshishiga taqab,
shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika ham hamma narsani 
ijtimoiy muhitga taqab, shaxs faolligini inkor qildi.
Psixologiyadagi biogenetik va ijtimoiy genetik yo‘nalishlar XX asrning 30-
yillaridayoq psixolog va pedagoglar uchun tanqid ob’ektiga aylanib qoldi.
Na biogenetika va na ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va 
mexanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi.   Bu 
vazifani   pedologiya   nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum 
bo‘ldi.
Pedologiya tanqidi
«PEDOLOGIYA»   – («paydos» – go‘dak va «logos» – fan) – bolalar 
haqidagi fan demakdir.
Pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va 
biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XIX asr oxiri va 
XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G‘arbda,  V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossolimo – Rossiyada) evolYusion 
g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30-yillarida 
bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi 
pedagogikasi va fiziologiyasini siqib chiqarib, bolalarni o‘rganish huquqini 
monopolizasiya qilib oldi.
Pedologiyaning g‘oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, 
o‘quvchilarning «aqliy qobiliyati koeffisien-ti»ni asoslanmagan testlar bilan 
aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va 
maktabga ko‘p zarar etkazdi.
Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan
ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi 
muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi.
20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini 
o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: 
N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar 
jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan 
bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik 
funksiyalar rivojlanishi nazariyasi.   Shuningdek, psixolog olimlarning XX asr 
ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, 
V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.KostYuk, N.A.Men-chinskaya, 
N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika 
psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala 
shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda.
PSIXIK RIVOJLANISH VA TA’LIM
Psixik rivojlanish shartlari
           Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida 
jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar 
tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning 
psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, 
ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga 
asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda 
ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, 
mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, 
murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun 
shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z 
ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar
bilan munosabat), 2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, 
maqsad, ob’ekt) va 3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.
SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin: 
1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) egallangan 
usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs umumiy 
xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi,  anglash va fikrlash). Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu 
yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina   psixik 
rivojlanish   deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik   rivojlanishining asosiy   yo’l lari
Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy shartliligi rivojlanish jarayonini bilim va 
ko‘nikmalarning oddiy to‘planib borishiga bog‘lash mumkinligini anglatmaydi. 
Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy tabiatini hisobga olish mazkur jarayonning 
murakkabligi va ko‘pqirraliligini tushunish imkonini beradi, chunki faqat shunday 
yondashuvdagina rivojlanish u yoki bu alohida vazifalarning miqdoriy ortishi 
emas, aksincha insonning umuman rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi.
           Ta’lim va psixik rivojlanish mazmuni.   Bilim va faoliyat uslubining 
murakkablashishi ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi 
tomonini tashkil etadi. Masalan, shveysariyalik psixolog J.Piaja o‘zi olib borgan 
tadqiqotlar asosida ta’kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog‘liq 
faoliyatga qodir emas. SHuningdek, bolaning psixik rivojlanishiga ta’lim 
mazmunining o‘zgarishi va uning ta’siri haqida L.A.Venger, P.YA.Gal’perin, 
D.B.El’konin, V.V.Davidov va boshqalar yozgan.
          Usul va bilimlarni qo‘llash psixologik mexanizmlarining 
rivojlanishi.   Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayni 
usullar turli darajada qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilar faoliyatning nisbatan 
Yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt 
bilimlarni bog‘lay olish va o‘zaro nisbatini aniqlay bilishga o‘rgatilishi lozim.
           Shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi.   Rivojlanish jarayonida 
faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib 
qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni
shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish 
jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va 
o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim
va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va 
belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ular quyidagilar:
          1. Bolaning shaxsiy yo‘naltirilganlik xususiyatining umumiy 
rivojlanishi . Unga uch turni kiritish mumkin: a) ta’limiy yo‘nalganlik (yaxshi 
o‘qish, yaxshi baho olish), b) bilim olishga yo‘nalganlik (masalalarni hal etish, 
yangi vazifalar olish), v) atrofdagilar bilan munosabat.
SHunday qilib, shaxsiy yo‘nalganlikni hisobga olish maktab o‘quvchilari ta’limi 
(bilim va usullarni egallash) va tarbiyasini (shaxsiyat rivojlanishi) yanada samarali 
amalga oshirish uchun birinchi va zarur shartdir.
2. Faoliyat psixik tuzilishining rivojlanishi (motiv, maqsad, 
ob’ekt).   Masalan, maktab o‘quvchilari bog‘chaga sovg‘a uchun archa 
o‘yinchoqlarini tayyorlashadi.   Motiv   – turlicha (bolakaylar ko‘nglini olish, 
o‘qituvchi talabini bajarish, jarayonning o‘zidan qoniqish).   Maqsad   – archa uchun 
o‘yinchoqlar tayyorlash.   Ob’ekt   – o‘yinchoqlar tayyorlanadigan materiallar.
²ar qanday faoliyat o‘z ichiga qator unsurlarni (motiv, maqsad, ob’ekt) oladi. 
²ammasi birgalikda faoliyat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatini yaqqol ko‘rsatib 
beradi. 3. Ong mexanizmining rivojlanishi.   Bu fikriy faoliyatning ko‘rgazmali-
harakatli, ko‘rgazmali-obrazlidan abstrakt, nazariyga o‘zgarishidir. Bolada 
tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash
va fikrlashining rivojlanishi darajasi qancha Yuqori bo‘lsa, u o‘zlashtirgan, 
foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo‘ladi.
SHu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy 
yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining 
rivojlanishi, 2) o‘zlashtirilgan usullar qo‘llash psixologik mexanizmlarining 
rivojlanishi, 3) shaxsning umumiy xususiyatlarining rivojlanishi.
  Ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining pedagogik   shartlari va 
qonuniyatlari 
            Bilim, uni qo‘llash mexanizmlari va shaxs umumiy xususiyatlari 
rivojlanishining pedagogik shartlari ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining 
umumiy qonuniyatlariga bog‘liq. Bola psixik rivojlanishining turli taraflari uchun 
alohida, aniq pedagogik shartlarni ham inobatga olish muhim. O‘qish jarayonida 
o‘quvchilar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha bilim va harakat usullarini 
egallaydilar. O‘qishning har xil turlari bo‘yicha yangi bilim va mahoratlarni 
egallab borish bilan bir qatorda bu shartlar bilan muvofiq ravishda bola psixikasi 
ham rivojlanib boradi.
           4. YOsh bo‘yicha rivojlanishning davriylashtirilishi
YOshning umumiy xususiyati . Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat 
bosqichiga ega.
YOsh xususiyatlari ko‘plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola 
hayotidagi har bir bosqichda unga qo‘yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar 
bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash
usullaridir. YOsh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy 
rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‘daklikda ma’lum bir morfologik 
shakl hosil qiluvchi ma’lumotlarni egallash, o‘smirlikda organizmning o‘zgarish 
xususiyatlari va boshqalar).
YOsh davrlarida rivojlanishning asosiy o‘zgarish mexanizmlari.   YOsh 
davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan 
bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o‘rtasidagi aloqani belgilab beradi. 
Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o‘zgarishi keyingi yosh 
bosqichlariga o‘tishning muhim ichki asosi («harakatlantiruvchi kuch»)ni tashkil 
etadi.
Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta’lim olish sharoitining o‘zgartirilishi 
rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir.
So‘nggi vaqtlarda yosh va pedagogik psixologiyada ko‘proq pedagogik 
mezonlarga asoslangan davrlashtirish qo‘llanilmoqda.
Maktabgacha yosh
Go‘daklik (3 yoshgacha) – yasli;
Bog‘chaning kichik guruhi – uch yosh;
Bog‘chaning o‘rta guruhi – to‘rt yosh; Bog‘chaning katta guruhi – besh yosh;
Bog‘chaning tayyorlov guruhi – olti yosh.
Maktab yoshi
Kichik (1-4-sinf) – boshlang‘ich maktab – 7-10 yosh;
O‘rta (5-9-sinf) – o‘rta maktab – 11-15 yosh;
Katta(10-12-sinf) – akademik lisey yoki maxsus ta’limda – kasb-hunar kollejlar – 
16-18 yosh. Fo ydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi: 0 ‘quv qoilanma.  Mas’ul 
muharrir: AXolbekov. T., DJQA „Rahbar“ markazi; „YUNAKS-PRINT“ MChJ, 
2006. 230- b.
  2 . Mayers D. Sosialnaya psixologiya / Perev.s angl. -SPb., „Piter“ , 1999. 
688- s.
  3 . Merlin V.S. Struktura lichnosti. Xarakter, sposobnosti, samosoznaniye. 
Perm, 1990. 
4 . Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., „ 0 ‘zbekiston“,
2001. 
5 . Nemov RS. Psixologiya. Uchebnik dlya studentov visshch. ped. ucheb. 
zavedeniy: V 3-xt. M., Gumanit. izd. sentr „VLADOS“, 2003. 576-s. 
6 . Prikladnaya sosialnaya psixologiya / Pod red. A.N.Suxova i 
A.A.Derkacha. M., Izd-vo „Institut prakticheskoy psixologii“ ; Voronej: Izd-vo 
NPO „MODEK“, 1998. 688- s.
  7 . Platonov Yu.P. Psixologicheskiye tipologii: Posobiye dlya menedjerov i 
prakticheskix psixologov. M., Izd-vo. Rech. 2005. 512- s. 
8 .Psixodiagnostika i proforiyentasiya v obrazovatelnix uchrejdeniyax / Red. 
sost. L.D. Stolvarenko. Rostov n/D : „Feniks“, 2005. - 416 s. 
9 . Psixogigiyena detey i podrostkov. M.: 1985. 17-34.
  10 . Psixologiya. Uchebnik. Otv. red. prof. A A Krilov. - 2-e izd., pererab. 
idop.  M., Izd-vo: PROSPEKT (TKVelbi). 2004. 752 s. 
11 . Psixologiya. Uchebnik dlya ekonomicheskix vuzov / Pod obsh. red. 
V.N.Drujinina. SPb., Piter, 2002. 672 s.

Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi Reja: 1.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan 2.Pedologiya tanqidi 3.Psixik rivojlanish va ta’lim 4.Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo’llari Yosh davrlari psixologiyasi – psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh davrlari xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasidir. Uning tadqiqot predmeti – inson psixikasining yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlari, psixik jarayonlar ontogenezi (organizmning individual rivojlanishi) va rivojlanayotgan odam shaxsiyatining psixologik sifatlari. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlardagi yosh xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy omillari va boshqalarni o‘rganadi. Y o sh psixologiyasi pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik psixologiya fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Y o sh va pedagogik psixologiya umumiyligi bola, o‘smir, o‘spirin kabi umumiy o‘rganish ob’ektlari bilan izohlanadi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bolani o‘rganish bilan o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning «CHelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan asari katta hissa qo‘shgan edi. YOsh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi CHarl’z Darvinning evolYusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. YOsh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.

XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy: biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan . Biologik , biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xusu-siyatlar, «irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolYusiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. ²omila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. SHunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin- ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi. Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi sirtqi ta’sir emas, ichki sabab natijasida Yuzaga keladi degan g‘oya yotadi. Tarbiyaga qaramay, u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy–shartli psixik sifatlarining namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – «erkin tarbiya» pedagogik nazariyasi-ning psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning g‘ayriilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida anglab etishdi. Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi. Biogenetizm xulq rivojlanishini gentik moyillikning amalga oshishiga taqab, shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika ham hamma narsani ijtimoiy muhitga taqab, shaxs faolligini inkor qildi. Psixologiyadagi biogenetik va ijtimoiy genetik yo‘nalishlar XX asrning 30- yillaridayoq psixolog va pedagoglar uchun tanqid ob’ektiga aylanib qoldi. Na biogenetika va na ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va mexanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi. Bu vazifani pedologiya nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Pedologiya tanqidi «PEDOLOGIYA» – («paydos» – go‘dak va «logos» – fan) – bolalar haqidagi fan demakdir. Pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XIX asr oxiri va XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G‘arbda,

V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossolimo – Rossiyada) evolYusion g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30-yillarida bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi pedagogikasi va fiziologiyasini siqib chiqarib, bolalarni o‘rganish huquqini monopolizasiya qilib oldi. Pedologiyaning g‘oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, o‘quvchilarning «aqliy qobiliyati koeffisien-ti»ni asoslanmagan testlar bilan aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va maktabga ko‘p zarar etkazdi. Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi. 20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik funksiyalar rivojlanishi nazariyasi. Shuningdek, psixolog olimlarning XX asr ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.KostYuk, N.A.Men-chinskaya, N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda. PSIXIK RIVOJLANISH VA TA’LIM Psixik rivojlanish shartlari Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat), 2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt) va 3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi. SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi,

anglash va fikrlash). Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo’l lari Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy shartliligi rivojlanish jarayonini bilim va ko‘nikmalarning oddiy to‘planib borishiga bog‘lash mumkinligini anglatmaydi. Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy tabiatini hisobga olish mazkur jarayonning murakkabligi va ko‘pqirraliligini tushunish imkonini beradi, chunki faqat shunday yondashuvdagina rivojlanish u yoki bu alohida vazifalarning miqdoriy ortishi emas, aksincha insonning umuman rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim va psixik rivojlanish mazmuni. Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, shveysariyalik psixolog J.Piaja o‘zi olib borgan tadqiqotlar asosida ta’kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog‘liq faoliyatga qodir emas. SHuningdek, bolaning psixik rivojlanishiga ta’lim mazmunining o‘zgarishi va uning ta’siri haqida L.A.Venger, P.YA.Gal’perin, D.B.El’konin, V.V.Davidov va boshqalar yozgan. Usul va bilimlarni qo‘llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi. Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayni usullar turli darajada qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilar faoliyatning nisbatan Yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog‘lay olish va o‘zaro nisbatini aniqlay bilishga o‘rgatilishi lozim. Shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ular quyidagilar: 1. Bolaning shaxsiy yo‘naltirilganlik xususiyatining umumiy rivojlanishi . Unga uch turni kiritish mumkin: a) ta’limiy yo‘nalganlik (yaxshi o‘qish, yaxshi baho olish), b) bilim olishga yo‘nalganlik (masalalarni hal etish, yangi vazifalar olish), v) atrofdagilar bilan munosabat. SHunday qilib, shaxsiy yo‘nalganlikni hisobga olish maktab o‘quvchilari ta’limi (bilim va usullarni egallash) va tarbiyasini (shaxsiyat rivojlanishi) yanada samarali amalga oshirish uchun birinchi va zarur shartdir. 2. Faoliyat psixik tuzilishining rivojlanishi (motiv, maqsad, ob’ekt). Masalan, maktab o‘quvchilari bog‘chaga sovg‘a uchun archa o‘yinchoqlarini tayyorlashadi. Motiv – turlicha (bolakaylar ko‘nglini olish, o‘qituvchi talabini bajarish, jarayonning o‘zidan qoniqish). Maqsad – archa uchun o‘yinchoqlar tayyorlash. Ob’ekt – o‘yinchoqlar tayyorlanadigan materiallar. ²ar qanday faoliyat o‘z ichiga qator unsurlarni (motiv, maqsad, ob’ekt) oladi. ²ammasi birgalikda faoliyat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatini yaqqol ko‘rsatib beradi.

3. Ong mexanizmining rivojlanishi. Bu fikriy faoliyatning ko‘rgazmali- harakatli, ko‘rgazmali-obrazlidan abstrakt, nazariyga o‘zgarishidir. Bolada tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash va fikrlashining rivojlanishi darajasi qancha Yuqori bo‘lsa, u o‘zlashtirgan, foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo‘ladi. SHu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) o‘zlashtirilgan usullar qo‘llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi, 3) shaxsning umumiy xususiyatlarining rivojlanishi. Ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining pedagogik shartlari va qonuniyatlari Bilim, uni qo‘llash mexanizmlari va shaxs umumiy xususiyatlari rivojlanishining pedagogik shartlari ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlariga bog‘liq. Bola psixik rivojlanishining turli taraflari uchun alohida, aniq pedagogik shartlarni ham inobatga olish muhim. O‘qish jarayonida o‘quvchilar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha bilim va harakat usullarini egallaydilar. O‘qishning har xil turlari bo‘yicha yangi bilim va mahoratlarni egallab borish bilan bir qatorda bu shartlar bilan muvofiq ravishda bola psixikasi ham rivojlanib boradi. 4. YOsh bo‘yicha rivojlanishning davriylashtirilishi YOshning umumiy xususiyati . Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat bosqichiga ega. YOsh xususiyatlari ko‘plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola hayotidagi har bir bosqichda unga qo‘yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash usullaridir. YOsh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‘daklikda ma’lum bir morfologik shakl hosil qiluvchi ma’lumotlarni egallash, o‘smirlikda organizmning o‘zgarish xususiyatlari va boshqalar). YOsh davrlarida rivojlanishning asosiy o‘zgarish mexanizmlari. YOsh davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o‘rtasidagi aloqani belgilab beradi. Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o‘zgarishi keyingi yosh bosqichlariga o‘tishning muhim ichki asosi («harakatlantiruvchi kuch»)ni tashkil etadi. Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta’lim olish sharoitining o‘zgartirilishi rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir. So‘nggi vaqtlarda yosh va pedagogik psixologiyada ko‘proq pedagogik mezonlarga asoslangan davrlashtirish qo‘llanilmoqda. Maktabgacha yosh Go‘daklik (3 yoshgacha) – yasli; Bog‘chaning kichik guruhi – uch yosh; Bog‘chaning o‘rta guruhi – to‘rt yosh;