YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
O’ ZBEKISTON REPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI « PSIX OLOGIY A» KAFEDRASI Y OSH VA PEDAGOGIK PSIX OLOGIY A FAN IDAN MA’RUZALAR MATNI 1
Ushbu ma’ruzala matni institut ilmiy kengashining 2011 yil 27-iyundagi № 11-sonli bayonnomasi bilan chor etishga tavsiya etildi. M a’ruza matni Navoiy davlat pedagogika institutining bakalavriat yo’nalishidagi barcha fakultet talabalari uchun tavsiya etiladi. Tuzuvchi: katta o’qituvchi katta o`qituvchi D. Safarova Taqrizchilar: pedagogika fanlari nomzodi, dosent X.Bobomirzaev, psixologiya fanlari nomzodi dotsent. F.Ro’ziqulov Navoiy davlat pedagogika instituti 2
1- mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti Mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilish ko’p jixatdan o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish, o’quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, xar qaysi yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilgan mutaxassislarga bog’liq. Y u qorida sanalgan muammolarni hal qilishda qator gumanitar va maxsus fanlar yordam beradi. Pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, muhandislik (injenerlik) psixologiyasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi singari fanlar shular jumlasidandir. Psixologiya-psixika qanday kelib chiqqan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug‘ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi –ana shu savollarimizga javob beradi . Reja: 1. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti haqida tushuncha. 2. Fan sifatida yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi. 3 . Hozirgi zamon yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari. Tayanch so`z va iboralar: Ontogenez – organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish yo’li. Pedologiya – XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologiyaning amaliy tarmoqlari va eksperimental pedagogika asosida vujudga kelgan fan bo’lib, uning predmeti bolaning psixologik, anatomo – fiziologik, biologik taraqqiyotidir. OBZORLI MA’RUZA Aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi ma’lumotlarni bayon etish Fanlararo aloqalarni ochib berish Ilmiy ma’lumotlarni bayon etish va tushuntirish Butun kursning yoki bo`limning ilmiy tushunchali asosi Yuqori darajadagi ilmiy bilimlarni tizimlashtirish 3
1- ilova. Guruh bilan ishlash qoidalari - o’z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim; - berilgan topshiriqlar bo’yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim; - o’zlariga yordam kerak bo’lganda so’rashlari mumkin; - yordam so’raganlarga ko’mak berishlari lozim; - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim; - “Biz bir kemadamiz, birga cho’kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim 2- ilova. Bilis-so`rov 1. Psixik taraqqiyot deganda nimani tushiunasiz? 2. Pedagogik psixologiya haqida? 3. Shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit bilan bog`liq muammolar? 4. Shaxs deganda kimni tushunasiz? 5.Yosh davrlari bilan bog`liq qanday tushunchalarni bilasiz? 3- ilova. Taqdimot reglamentini o’tkazish tartibi 1. Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarin e’lon qiladi. 2. Ma’ruza 5 minut davom etadi. 3. Taqrizchi – 2 minut. 4. Jamoaviy muhokama – 5-10 minut. Y osh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot predmeti 4Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezidagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi. Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganishdir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqilva ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
Fanning rivojlanish bosqichlari. Rossiyada mazkur sohadagi tadqiqotchilar namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. 5XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yo’nalish yuzaga keldi. B iogenetik S osiogenetikY o sh va pedagogik psixologiya alohida predmet sifatida XIX asr boshlarida vujudga kelgan. O’tgan ajdodlarimizning ham qomusiy asarlarida bola taraqqiyoti va tarbiyasi masalalari katta o’rin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar mohiyati”, Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarlari, A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p asarlar shular jumlasidandir.P edagogik psixologiya-ta’lim va tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar,o’quv qurollari va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan-o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyati xususiyatlarini ham o’rganadi. Umuman sharq va G’arb madaniyatida ham psixologik – pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan. XVIII asrga kelibgina ma’lum uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga kela boshladi. Rus sosial-demokratlari A.N.Gersen, N.G.Cherkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar.