logo

QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.0087890625 KB
QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI.
Reja:
Kirish.
1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar.
3.Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati.
4.Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.
Xulosa. 1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Hindiston   Osiyoning   janubida   joylashgan   mamlakat.   Uning   shimol   tomoni
Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal
ko`rfazi   suvlari   bilan   o`ralgan.   Mamlakatning   markaziy   qismini   Dekan   tog`lari
egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar
oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi.
Uning   janubiga   tushilgan   sari   iqlim   issiqlashib,   chekka   janubda   hatto   qish
bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida
jala   quyib   tez-tez   toshqinlar   bo`lib   turadi.   Hindistonning   o`simlik   va   hayvonot
dunyosi   boy.   Hindiston   odamzodning   ilk   vatanlaridan   biri   hisoblanadi.   U   yerda
600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda
dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik
bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib
joylashganlar.Hindiston   yarim   orolining   shimoli-g`arbidan   Hind   daryosi   oqib
o`tadi.   Bu   daryo   sanskrit   tilida   Sindxu,   pushtu   tilida   esa   Abbasin   –   «daryolar
otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob – Beshsuv
deyiladi.   Hind   daryosi,   ayniqsa   uning   yuqori   qismi   Panjobda   ibtidoiy   davrdan
boshlab   odamlar   yashab   kelishgan.   Hindistonda   yashagan   aholi   tirikchiligining
asosini   dehqonchilik   tashkil   etgan.   Dehqonlar   vohadagi   unumdor   yerlarni
o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan.
Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqonlar datalarga
bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za –
paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik
va  bog`dorchilik  bilan  ham  shug`uilanganlar.  Dalalarda  har   turli  sabzavotlar   ham
yetishtirilgan.   Dehqonchilikda   tosh,   mis   va   jezdan   qilingan   qurollardan
foydalanganlar.   Hind   vohasida,   ayniqsa   Panjobda   sero`t   yaylovlar   ko`p   bo`lgan.
Shu   bois   aholi   qoramol,   qo`tos,   zubr,   qo`y,   echki,   cho`chqa   va   eshak   boqib,
chorvachilik bilan shug`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib,
ulardan   xo`jalik   va   harbiy   maqsadlarda   foydalanganlar.   Dehqonchilik   va   chorva
mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan. Eng   Qadimgi   Hindistonda   hunarmandchilik   ham   rivoj   topgan   edi.   Hind   ustalari
tosh,   mis,   jez,   kumush,   oltin   va   qimmatbaho   toshlardan   mehnat   va   jangovar
qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar.
U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj
topgan   edi.Qadimgi   Hindistonning   «Manu   qonunlari»da   (m.a.   IV-III   asrlar)
ijtimoiy   mehnat   taqsimotining,   hukmronlik   va   bo'ysunish   institutlarining
mavjudligi   aytiladi.   Hindistondagi   iqtisodiy   g'oyalarni   aks   ettiruvchi   qadimgi
yodgorlik   «Artxashastra»   (m.a.   IV-III   asrlar   oralig'ida)dir   (tom   ma'nosi   bo'yicha
ifoda,   amaliy   hayot   to'g'risidagi   fan,   bu   asar   m.a.   III-II   asrlarda   to'ldirilgan).   Bu
qadimiy   va   muhim   tarixiy   yodgorlikdir   (u   Chandragupta   I   podsholigi   davrida
podsho   maslahatchisi   Kautile   Bishnugupta   tomonidan   yozilgan   degan   fikr   bor).
Unda qulchilikni  mustahkamlash  asosiy  vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past
tabaqalarga   xos   narsa   deb   sanaladi.   Bu   asarda   «buyumning   qiymati»   muammosi
ko'tarilgan,   qiymat   miqdori   «ish   kunlari»   bilan   be   lgilangan,   rag'batlantirish   esa
mehnat   natijalariga   mos   ravishda   belgilanishi   kerak,   deyilgan.Bu   asarda   davlatni
boshqarish   bo'yicha   takliflar   berilgan   bo'lib,   bir   qancha   iqtisodiy   g'oyalar   ham
ilgari   surilgan.   Masalan,   unda   mahsulotning   bozor   bahosi   bilan   uning   tabiiy
qiymati   o'rtasidagi   farq   aytilgan.   Tovarga   bo'lgan   ehtiyoj   ortganda,   uning   bahosi
qiymatdan   oshib   ketishi   mumkin,   deyilgan.   Savdo   bilan   shug'ullanuvchilarga
alohida urg'u  berilgan  bo'lib,  foyda  masalasi   ko'tarilgan,  foydaning miqdori  tovar
bahosiga   (boshqa   harajatlar   qatorida)   qo'shilib,   mahalliy   mahsulot   uchun   5,
chetdan   kelgan   tovarlar   uchun   10   foiz   (import   o'sha   davrda   ham   afzal)   qilib
belgilangan.   Davlatning   iqtisodiy   ishlarga   aralashuvi   qo'llab-quvvatlangan.
Qishloq   xo'jaligiga   alohida   e'tibor   berilgan,   bo'sh   erlar   xalqqa   bo'lib   berilishi   va
soliq   to'lash   zarurligi,   sug'orish   inshootlari   qurishga   e'tibor   haqida   so'z   yuritiladi.
Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak,
degan   g'oya   markaziy   o'rinni   egallaydi.   Moliya   sohasida   daromad   solig'iga   katta
e'tibor   berilgan.   Davlat   ba'zi   ishlarni   rivojlantirishi   uchun   moddiy   va   ma'naviy
yordam   berishi   kerak,   deyilgan.   Mahsulotga   baho   belgilash,   davlatning   boyishini
ta'minlash   (foydani   oshirib,   sarf-harajatni   kamaytirish),   hisob-kitobni   tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni
amalga   oshirish   tufayli   jamiyatdagi   norozilik,   tengsizlik   yo'qoladi,
deyilgan.Qadimgi   Hindistonda   yaratilgan   «Veda»larda   ham   bir   qancha   muhim
iqtisodiy   g'oyalar   keltirilgan.   Respublikamiz   olimlarining   tadqiqotlariga   ko'ra,
zardushtiylik   (zoroastrizm)   dinining   (islomgacha)   muqaddas   kitobi   bo'lgan
«Avesto»   ya'ni   «hayot   yo'riqnomasi»   (asli   «Ovasta»)   da   ham   muhim   iqtisodiy
fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona
tabiatni   e'zozlash,   hayvonlarni   asrash,   noo'rin   so'ymaslik,   unga   zug'um   qilmaslik,
tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan.
2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar.
Moddiy   yodgorliklar,   manbalar   va   ilmiy   adabiyotlar.   Eng   Qadimgi   Hindiston
madaniyatining   vujudga   kelishi   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davriga   borib   taqaladi.
Qadimgi   Hind   madaniyati   ularning   xo`jaligi   bilan   chambarchas   bog`liq   bo`lgan.
Hind   va   Panjob   viloyati   eng   qadimgi   hind   madaniyatining   beshigi   hisoblanadi.
Yozuv   eng   qadimgi   hind   madaniyatining   ajralmas   qismi   bo`lgan.   Arxeologlar
Xarappa,   Moxenjo-Doro   va   boshqa   joylardagi   yodgorliklardan   sopol   parchalari,
muhrlar   sathi   va   toshlarga   bitilgan   g`alati   yozuvlar   topishgan.   Bu   yozuvlar   ba`zi
jihatlari   bilan   misr   va   shumeriylarning   iyerogliflariga   o`xshab   ketadi.   Qadimgi
hind   alifbosining   700   ga   yaqin   rasm-belgilardan   iborat   ekanligi   aniqlangan.
Tekshiruvchilar bu yozuvni o`qishga urinib ko`rganlar. Lekin bu urinish hozircha
yaxshi natija bergani yo`q. Qadimgi Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgan.
Bu   jihatdan   Xarappa   va   Moxenjo-Dorodan   topilgan   erkak   kishi,   raqqosa   ayol   va
boshqa   haykallar   diqqatga   loyiqdir.   Eng   qadimgi   Hindistonda   rassomchilik   ham
rivoj topgan ekan. Hind vohasi va Panjobdagi eng qadimgi-yodgorliklardan, hatto
uzoq   Mesopotamiyadan   odam,   odam   qiyofasidagi   xudolar,   zubr,   karkidon,   buqa,
fil,   qo`tos,   shuningdek   eng   qadimgi   rasm-belgili   yozuv   tushirilgan   tosh   muhrlar
topilgan.   Sopol   va   tosh   muhrdagi   qabartma   rasm   tasvirlar   o`sha   qadimiy,   ko`hna
davrdagi   rassomchilikning   qay   darajada   rivojlanganligini   ko`rsatadi.Miloddan
avvalgi  III–II  mingyilliklarda Hind vohasida  hisob-sananing  o`nlik tizimi  mavjud ekan.   Bir,   ikki,   uch,   besh,   to`qqiz   va   boshqa   katta-kichik   sonlarga   yonma-yon
qo`yiladigan nol (0)ni, shuningdek birdan to`qqizgacha bo`lgan sonlar va ularning
belgisini hindlar kashf etishgan. Bu raqamlar keyinchalik vatandoshimiz ulug` al-
Xorazmiy tomonidan biroz isloh qilingach, arablar dunyosiga o`tgan. Bu ikki xalq
madaniyati   mevasining   yorqin   namunasidir.   Eng   Qadimgi   Hindistonda
me`morchilik ham rivoj topgan edi. Qadimgi hind ustalari zargarlik, naqqoshlik va
tasviriy   san`atning   boshqa   sohalarida   ham   katta   yutuqlarga   erishganlar.   Eng
qadimgi   Hindistonda   alifbo,   hisobning   o`nlik   tizimi   mavjud   bo   `lgan.   Demak   u
yerda   matematika,   geometriya,   astronomiya,   tabobat   va   boshqa   ilmiy-amaliy
bilimlar rivoj topgan.Eng qadimgi hindlar o`zlariga xos madaniyat yaratib, bu bilan
jahon madaniyati xazinasiga o`zlarining barakali hissalarini qo`shganlar. Hindiston
haqli   ravishda   qadimgi   Sharqning   yuksak   madaniyatli   mamlakatlaridan   biridir.
Hindiston   yarim   oroli   qadimdan   tabiiy   rang-baranglik,   boy   o'simlik,   hayvanot   va
qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang
kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab
Hind   daryosi   vodiysida   sun'iy   sug'orishga   asoslangan   dehqonchilik   vujudga
kelgan.Qadimgi   Hindiston   ham   insoniyat   madaniyatining   beshiklaridan   biridir.
Unga   xos   dastlabki   ta'limotlar   yozma   manba   —   «Veda»larda   o'z   aksini   topgan.
«Veda»lar   eramizdan   bir   yarim   ming   yil   oldin   yozilgan   bo'lib,   mutaassib   dindor
hindu   uchun   oliy   muqaddas   ilm   va   bashorat   kitobidir.   Hindular   «Veda»ni   oliy
tangri   Braxma   tomonidan   aytilgan   so'zlar   deb   biladi.   «Veda»da   hindularning
qadimgi   tarixi,   iqtisodiyoti,   dini,   falsafasi,   axloq   va   nafosatiga   oid   fikrlari   aks
etgan. «Veda»lar  bizgacha  to'rtta to'plam  (samxitlar)  shaklida  yetib kelgan. Bular
—   «Rigveda»,   «Samaveda»,   «Yajurveda»,   «Adxarvaveda»dir.Hind   falsafasi
asoslari   «Upanishadalar»   nomi   bilan   mashhur   bo'lgan   manbalarda   ham   o'z   aksini
topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy
qismini   tashkil   etadi.   «Upanishadalar»   yaxlit   kitob   yoki   falsafiy   risola   bo'lmay,
balki   turli   vaqtda   turli   mavzuda   ijod   etgan   noma'lum   mualliflarning   matnlaridan
iboratdir.   Ularning   mazmuni   va   uslubi   har   xil   va   turlicha   falsafiy   qarashlar
mahsulidir.   «Upanishadalar»dagi   falsafiy   mavzular,   asosan,   insonni   o'rab   turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti
va   ruhiyatining   mohiyati,   bilish   imkoniyatining   chegaralari,   axloq   me'yorlari
haqidadir.   Falsafiy   muammolar   asosan   diniy-mifologik   nuqtai   nazardan   bayon
etilgan.   Qadimgi   hind   falsafiy   maktablar   ikki   guruhga   bo'linadi.   Hindistonlik
faylasuflar   bu   guruhlarni   astika   va   nastika   deb   ataydi.   Vedanta,   sankx ь ya,   yoga,
vaysheshika,   n'yaya   va   mimansa   —   astika   guruhiga   kiruvchi   falsafiy   maktablar.
Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini  tan olib, birdan-bir
haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm
—  nastika   guruhiga   kiradi.   Chorvaka-lokayata  tarafdorlari   materialistik   ta'limotni
ilgari   surganlari   uchun   «Veda»ning   muqaddasligini   tan   olishmaydi   hamda   olam
ilohiy   kuch   tomonidan   yaratilmagan,   «Veda»   haqiqiy   bilim   bermaydi,   deb
ta'kidlashadi.   Buddizm   va   Jaynizm   diniy-falsafiy   maktablar   bo'lishiga   qaramay,
ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. «Oltin yoruq» turkiy adabiyot
tarixidagi   nodir   tarjima   asaridir.   U   turkiy   adabiyotda   badiiy   tarjima   tarixi   juda
qadim   davrlardan   boshlanganligini   ko’rsatadi.   «Oltin   yoruq»   asli   sanskrit   tilida
yaratilgan.   М a’lumki,   sanskrit   qadimgi   hind   adabiy   tili   hisoblanadi.   U   miloddan
avvalgi   birinchi   asrda   Shimoliy   Hindistonda   tarqalgan.   Sanskrit   tilida   ko’plab
diniy,   falsafiy,   badiiy   va   ilmiy   asarlar   yaratilgan.Sanskrit   adabiyoti   qadimgi   hind
adabiyotining   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Jahon   adabiyotning   « М axabxarata»,
«Ramayana», «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To’tining yetmish hikoyasi»
kabi   nodir  asarlari  sanskrit   tilida  yaratilgan.   Sanskrit   adabiyotining  namunalari  X
asrdayoq   М arkaziy   Osiyoda   sevib   o’qilgan   va   tarjima   qilingan.   Abu   Rayhon
Beruniy   «Kalila   va   Dimna»ning   tarjimalari   haqida   fikr   yuritgan.   «Oltin   yoruq»
turkiy   tilga   o’girilishining   ikki   asosi   mavjud.   Birinchisi,   adabiy   hayot   talab-
taqozosi   hisoblansa,   ikkinchidan   bu   asarda   budda  dinining   ta’limoti   o’z   mantiqiy
ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilinganga qadar
budda ta’limoti turkiy xalqlar o’rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar
mavjud edi. 3.Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati.
.Xarappa   sivilizatsiyasi   —   Qadimgi   Misr   va   Shumer   sivilizatsiyalari   singari
insoniyatning eng qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri.Hududiy jihatdan ikkala
sivilizatsiylardan   ham   katta   hisoblanadi.   Hududiy   kattalik   jihatidan   Misr,
Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Eron, Suriya, Finikiya va Falastin yerlarini qo‘shib
hisoblaganda   ular   bilan   teng   bo‘ladi.Xarappa   sivilizatsiyasi   Hind   daryosi   bo‘yida
mil.avv.   XXIII   –   XIX   asrlarda   ariylarning   kirib   kelguniga   qadar
rivojlangan.Qadimgi   Hind   sivilizatsiyasini   shartli   ravishda   quyidagi   bosqichlarga
bo‘lish mumkin:
Eng   qadimgi   hind   sivilizatsiyasi   mil.avv.   XXIII   –   XVIII   asrlar   bilan
davrlashtiriladi   (dastlabki   shaharlarning   vujudga   kelishi,   ilk   davlatlarning
shakllanishi);Mil.avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida «ariylar» deb nomlangan
hind-yevropa   qabilalarining   paydo   bo‘lish   davridir.II   mingyillikning   oxiridan   I
mingyillikning  o‘rtalarigacha  bo‘lgan  davr   – «veda  davri» deb  ataladi,  bu davrda
yaratilgan   muqaddas   adabiyot   veda   nomi   bilan.   Uning   ikkita   asosiy   bosqichini
ko‘rsatish   mumkin:   dastlabki   (mil.avv.   XIII   —   Х   asrlar)   ariylarning   Shimoliy
Hindistonda   tarqalishi   bilan   xarakterlanadi,   so‘nggi   –   ijtimoiy   va   siyosiy
tabaqalanish   oqibatida   ilk   davlatlarning   vujudga   kelish   davri   (mil.avv.   IX   —   VI
asrlar)   hisoblanadi.«Buddizm   davri»   (mil.avv.   V   —   III   asrlar)   —   buddaviylik
dinining   vujudga   kelishi   va   tarqalishi   davri   hisoblanadi.   Buddizm   bilan   bog‘liq
bo‘lgan yodgorliklar, eng asosiy tarixiy manbalar hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu davrda umumhind davlati – Mauryaning
vujudga   kelishigacha   bo‘lgan   yirik   davlatlar   vujudga   keldi.Mil.avv.   II   —   mil.   V
asrlarni   qadimgi   hind   sivilizatsiyasining   «mumtoz   davri»   deb   hisoblash   mumkin.
Bu   davrda   hind   madaniyati   va   ijtimoiy   tuzumini   o‘ziga   xos   tuzilishining
shakllanishi   bilan   xarakterlanadi.Bu   sivilizatsiyaning   markazlari   –   Xarappa,
Lothal, Moxenjo-Daro hisoblanadi. Eng rivojlangan paytida uning aholisi 5 million kishini   tashkil   qilgan.   Shumer   mixxat   yozuvlarida   Xarappa   sivilizatsiyasi   taxmin
qilishlaricha   «Meluxxa»   nomi   bilan   tilga   olinadi.G‘arbiy   Hindistonda   ariylarga
qadar   sivilizatsiya   bo‘lganligi   to‘g‘risidagi   birinchi   ma’lumotlarni   XIX   asrda
Aleksandr   Kanningem   chop   qilgan   edi.   Jon   Marshal   tomonidan   1921   –   1922
yillarda   amalga   oshirilgan   ekspeditsiyalar   orqali   Hind   sivilizatsiyasining
mavjudligi isbotlandi.
Hind sivilizatsiyasining tanazzuli mil.avv. XVIII – XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, bu
davrda   dravidlarning   asosiy   qismi   janubi-sharqqa   (Pokiston   hududida   braui
xalqining   ajdodlari   qoladilar)   ko‘chib   o‘tadi   va   erishgan   taraqqiyot   darajalarini
yo‘qotadilar.   Ehtimol,   buning   sababi   tabiiy   sharoitlarning   yomonlashuvi   bilan
bog‘liqdir.   Bu   sivilizatsiyaga   yakun   topishiga   ariylarning   ko‘chishlari   sabab
bo‘ldi.Qadimgi   Hind   sivilizatsiyasiga   xos   bo‘lgan   yodgorliklar   tasodifan
yevropaliklar   tomonidan   XIX   asrda   duch   kelina   boshlangan   bo‘lsa-da,   ammo
protohind   sivilizatsiyasi   1920   yillarda   hind   arxeologlari   R.B.   Sahni   va   R.D.
Banerjilar   tomonidan   ochilgan.   Shundan   so‘ng   Moxenjo-Daro   va   Xarappa
madaniyatlarini   keng   miqyosda   o‘rganish   boshlanib,   to   1960   yil   (Ikkinchi   jahon
urushida   vaqtinchalik   to‘xtab   qolgan)   ga   qadar   davom   etdi.   Hind   arxeologlari   R
Sahni   va   R   Banerjilar   egizak-shaharlarni   ochib   o‘rganganlar   va   ularda   yaxshi
rejalashtirilgan,   bir   xil   g‘ishtin   uylar   qurilgan   bir   xil   to‘g‘riburchakli   kvartallarni
aniqlashgan.   Deyarli   260   gektarni   egallagan   katta   hududda   ko‘plab   kvartallar   va
Mohenjo-Daron   –   “Murdalar   tepaligi”   ning   bir   qancha   inshootlari   qurilgan.1960
yillarning   o‘rtalarigacha   olimlar   Mohenjo-Daro   mudofaa   inshooti   bo‘lmagan   deb
hisoblab   kelgan   bo‘lsalar-da,   ammo   bungacha   15   yil   avval   ingliz   arxeologi   M.
Wiler   bir   inshootni   ochib   o‘rgangach,   bu   inshootni   mudofaa   inshooti   deb   qabul
qilishdi.   Mohenjo-Daroning   markazida   joylashgan   ark,   qachonlardir   9   metrli
mustahkam   mudofaa   devorlari   bilan   o‘ralgan.   Keyingi   qazishma   ishlari   shuni
ko‘rsatdiki,   shaharning   janubiy   qismida   ham   xomg‘ishtdan   qurilib,   ustki   qismi
pishiq g‘isht bilan qoplangan ulkan devor bo‘lganligidan dalolat beradi. Lekin bu
devor nima maqsadda qurilganligi aniqlanmagan: dushmanlardan himoya uchunmi
yoki shahrni suv toshqinlaridan himoya qilish uchunmi.Mohenjo-Daro arxitektura jihatidan j uda yaxshi rejalashtirilgan: shahar ko‘chalari qat’iy ravishda shimoldan
janubga va sharqdan g‘arbga tomon yo‘nalgan bo‘lib, shu orqali shahar shamoldan
juda   yaxshi   himoyaga   ega   bo‘lgan.   Qurilish   qoidalariga   ko‘ra   hech   qaysi   uy
umumiy   qatordan   chiqib   ketishi   mumkin   bo‘lmagan.   Aosiy   ko‘chalar   to‘g‘ri   tor
ko‘chalar bilan kesishganligi sababli shaharda berkko‘chalar bo‘lmagan. Mohenjo-
Daroning bosh ko‘chasining uzunligi 80 metrni, kengligi - 10 metrni tashkil qilgan,
bu   esa   o‘z   navbatida   bir   vaqtning   o‘zida   bir   nechta   aravalar   qatnash   imkonini
bergan.   Ark   devorlaridan   tashqarida   quyi   shahar   joylashgan   bo‘lib,   uylari
g‘ishtdan,   tomlari   tekis   qilib   qurilgan.   Inshootlar   bugungi   kungacha   hindlar
foydalanadigan   usulda   pishiq   g‘ishtdan   qurilgan.   Mohenjo-Daroning   uylari
balandligi 7,5 metrga yetgan bo‘lib, derazalar  o‘rniga loy va alebastrdan qilingan
havo almashadigan to‘siqlar o‘rnatilgan. Devor va pollarga bo‘yra osib qo‘yilgan,
uylarda   g‘ishtdan   qilingan   vannalar   bo‘lgan.   Mohenjo-Daro   aholisi   ro‘zg‘or
anjomlarini   asosan   mis   yoki   bronzadan   tayyorlaganlar.   Qishloq   xo‘jaligi   ishlari
uchun   o‘roq   va   omoch;   Hunarmandlar   uchun   boltalar,   arralar,   belkuraklar;
Jangchilar   uchun   qilichlar,   nayzalar,   xanjarlar   yasaganlar.Mohenjo-Daroning
tanazzulga   yuz   tutishi   mil.avv.   1500   yilga   borib   taqaladi.   Bu   sivilizatsiyasining
inqirozga uchrashi haqida dunyo olimlari tomonnidan turlicha farazlar bildirilgan.
Ayrim   tadqiqotchilar   fikricha,   kuchli   tektonik   o‘zgarishlar   orqali   Hind   daryosi
o‘zanining   keskin   o‘zgarishi   sabab   bo‘lgan.   Geologik   tadqiqotlar   yer   silkinishlari
va   zilzilalar   bir   necha   bor   Mohenjo-Daro   hayotini   buzganligini   va   yirik   ko‘l
vujudga   kelganligini   ko‘rsatadi.   Shaharni   tez-tez   suv   bosishi   oqibatida   undan
shaharni   himoya  qilish  uchun  mustahkam   devor   qurilgan.  Ammo bu  farazlar   hali
o‘z   isbotini   kutmoqda.   Boshqa   bir   olimlarning   ta’kidlashicha,   shahar   hayoti   va
uning   aholisi   ariylar   hujumi   natijasida   tushkunlikka   yuz   tutgan.Ariylar   Mohenjo-
Daroning barcha aholisini qirib yuborganlar va ularning uylarini  yakson etganlar.
Shaharning   mavjudligining   so‘nggi   yillarida   yashagan   insonlarning   topilgan
skeletlari   chet   ellik   bosqinchilarning   hujumi   borasidagi   fikrlarni   yo‘qqa
chiqaradi.Shunday   ekan,   Mohenjo-Daroning   inqirozga   yuz   tutishi   borasidagi
savollar   hali-hamon   ochiq   qolmoqdaHind   sivilizatsiyasining   madaniyati   va   ilm- fanining   ko‘tarilishi   va   gullab-yashnashi   mil.avv.   IV-II   asrlaridan   to   mil.   VIII
asriga   qadar   davom   etgan.   Bu   davrda   hind   olimlari   tomonidan   o‘nlik   sanoq
sistemasi   yaratiladi,   zamonaviy   harflarning   yozilishi   (keyinchalik   arab   raqamlari
deb   nomlangan),   kvadrat   va   kub   ildiz   chiqarish   yo‘llari,   π   soni   (3,1416…),
shuningdek, arifmetik va geometrik progressiya, trigonometriya va algebra asoslari
ma’lum   bo‘lgan.   Astronomlar   samoviy   jismlarning   harakatlasnishini   juda   aniqlik
bilan hisoblay olganlar. Yilning o‘n ikki  oyi  (har  birida 30 kundan)  6 mavsumga
bo‘lingan.   Har   besh   yilda   13   oy   qo‘shilgan.   Shuningdek,   qadimgi   hind
astronomlari   yerning   sfera   shaklida   ekanligi   to‘g‘risida   tasavvurga   ega
bo‘lganlar.Uni o‘z o‘qi atrofida aylanganligini taxmin qilganlar.Kimyo borasidagi
bilimlar   zamirida   kislotalar,   bo‘yoqlar,   metal,   tuzlar,   dori-darmonlar,   atirlar,
sement va boshqa narsalar yaratilgan.Olim braxman Panini (mil.avv. V - IV asrlar)
sanskrit   deb   nom   olgan   quyi   veda   adabiyoti   tilini   qayta   ishladi   va   keyinchalik
mamlakatning   turli   qabila   va   xalqlari   o‘rtasidagi   eng   asosiy   aloqa   vositasiga
aylandi.   II   minyillikning   oxiri   –   I   mingyillikning   boshlaridan   qadimgi   hind
adabiyoti   namunalari   –   vedalar(qadimgi   veda   tilida   yozilgan)   bizgacha   yetib
kelgan.   Veda   davri   adabiyoti   qurbonlik   marosimlari   va   madhlarning   to‘plamidan
iborat   hisoblanadi.   I   mingyillikning   birinchi   yarmida   qadimgi   hind   ijtimoiy-
iqtisodiy   aloqalarini,   shuningdek,   madaniyat   va   ilm-fanini   o‘rganishning   muhim
manabsi bo‘lib epik adabiyot xizmat qiladi. Ularning eng asosiylari sanskrit tilida
yozilgan   « Мах obxarat»   va   «Ramayana»   lar   hisoblanadi.Tarkibiy   jihatdan
« М axobxorat»   («Bxarat   avlodlarining   buyuk   urushlari»)   asari   107   ming   baytdan
iborat   bo‘lib,   Shimoliy   Hindist   ondagi,   afsonaviy   shoh   Bxaratning   avlodlari
o‘rtasidagi   sulolaviy   ichki   urushlari   haqida   hikoya   qilinadi.   Ramayana»   dostoni
o‘zining   izchilligi   va   sinchiklab   ishlanganligi   bilan   ajralib   turadi.   U   tarkibiy
jihatdan 24 ming baytni o‘z ichiga olib, bunda shahzoda Ramning devlar hukmdori
Ravan ustidan qozongan g‘alabasi  hikoya qilinadi. Ikki  ming yil o‘tgan bo‘lsa-da
bu   dostonlar   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmagan.   Ularning   qahramonlari   -   Krishna
(« Мах obxarat»)   va   Ram   («Ramayana»)   –   zamonaviy   induizmning   bosh
xudolaridan biri – Vishnu xudosining timsoli sifatida ilohiylashtirilgan.Mil.avv. VI asrda   xristian   va   islom   dinlari   bilan   birgalikda   dunyo   dinlari   qatorida   turuvchi
buddizm   dini   vujudga   keldi.   Buddizmning   asosida   -   «to‘rt   ulug‘vor   haqiqat»:
azob,uning   sabablari,   erkinlik   holati,unga   erishish   yo‘li   uning   asosini   tashkil
etadi.Qisqacha esa ular quyidagicha:
Hayotning   mohiyati   bu   azob   chekishdir.Azobning   sabablari   –   xohish   va
istaklar..Azoblardan   forig‘   bo‘lish   uchun   xohish   va   istaklarni   ildizi   bilan   yo‘q
qilish   darkor.Buning   uchun   esa   8   pog‘onali   («sakkiz   yo‘l»)   o‘z   -   o‘zini   ichki
tashkil   etish   va   u   orqali   nirvanaga   erishish   mumkin.Aj а ́nta   (dev.   अADIMG   HNS)   —   asosan
buddizmga   mansub   bo‘lgan   ibodatxona-cherkov   ko‘rinishidagi   Hindistonning
Maxorashtra   shtatida   joylashgan   g‘orlar   majmuasi.   Qiyalikda   29   g‘ordan   iborat
bo‘lgan arxitektura inshooti. Ular asosan ikki turga – chaytya (ibodat qilish zallari,
ikki   tomondan   ustunlar   bilan   o‘ralgan)   va   vixara   (zallar   kvadrat   shaklida,   uch
tomondan hujralar bilan yoki Budda haykali  o‘ralgan) — buddist  ruhoniylarining
turar   joyi   hisoblangan.   Freskalarda   saqlanib   qolgan   rasmlar   —   buddizm
afsonalariga   ishlangan   illustratsiyalar   bo‘lib,   aslida   esa   ular   jamiyat   hayotining
turli   tumanligini   ochib   berishga   qaratilgan   manzaralardir.Bu   ibodatxonalar
majmuasi   juda   uzoq   davr   mobaynida   qoyatoshlarda   bir   necha   asrlar   davomida   -
mil.avv.   II   asrdan   mil   VII   asrga   qadar   qurib   bitkazilgan.   Eng   katta   qurilishlar   V
asrda   markaziy   Hindiston   hukmdori   Xarishan   (462   -   483)   davrida   olib
borilgan.Amri—   bugungi   Pokistonda   joylashgan   arxeologiya   majmuasi.Qazilma
ishlari davomida manzilgohning beshta bosqichini ko‘rish mumkinI davr (mil.avv.
3600   —   2750   yillar)   Mis   buyumlari,   marjonlar,   tosh   qurollar   topilgan.   Imoratlar
havoda   quritilgan   g‘ishtdan   qurilgan.   Bu   davrning   oxirida   xarappa   madaniyati
elementlarining   paydo   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi:   avvalambor,   kulolchilik
buyumlarida ho‘kizlarning shaklli tasvirlari paydo bo‘ladi.
II davr (mil.avv. 2750—2450 yillar) xarappa madaniyati elementlari kuzatiladi.
III davr (mil.avv. 2450—1900 yillar) deyarli Xarappa madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Lothal — qadimgi hind sivilizatsiyasining asosiy shaharlaridan biri bo‘lib, hozirda
Hindistonning Gujarat shtati hududiga to‘g‘ri keladi. Mil.avv. XXIV asrda vujudga
kelgan   (   bungacha   shahar   o‘rnida   rivojlanayotgan   qishloq   bo‘lgan).   1954   yilda
aniqlangan bo‘lib, Hindiston Arxeologiya jamiyati tomonidan 1955 – 1960 yillarda
dastlabki  qazilma  sihlari  olib borilgan. Lothal  gujarat  tilida -  «Murdalar  tepaligi»
deb tarjima qilinadi.
Xarappa   madaniyati   vujudga   kelgunga   qadar   mil.avv.   XXIII   asrda   Lothal   kichik
bir   qishloq   bo‘lgan.   Bu   yerdan   mis   va   kulochilik   buyumlaridan   tashqari,
qimmatbaho   tosh   va   marjonlar   topilgan.   Lothal   aholisi   marjonlar   orqali   g‘arbiy
hududlar bilan savdo qilganlar. Mil.avv. 2350 yilda bo‘lib o‘tgan toshqin oqibatida
shaharning   ko‘lab   qismi   vayron   bo‘ladi.   Keyinchalik   Xarappaliklar   ularning
aksriyat   qismini   qaytadan   quradilar.Shahar   ark(   yoki   akropol)   va   quyi   shahrga
bo‘lingan. Akropolning o‘ziga xos jihatlari umumiy hammomlar, pishiq g‘ishtdan
qurilgan   yerosti   va   yerusti   vodoprovod   kanallari   bo‘lib,   arkda   hokim   yashar
edi.Lothal porti — qadimgi dunyoning rivojlangan tijorat markazlaridan biri, hind
sivilizatsiyasining   eng   qadimgi   va   asosiy   porti   hisoblanib,   Kambey   ko‘rfazida
joylashgan   (hozirgi   Mumbai   shahridan   shimolroqda).   U   shaharni   Sabarmati
daryosining   qadimgi   yo‘li   bilan   bog‘lagan.   Bu   esa   Sindhada   joylashgan   Xarappa
sivilizatsiyasi   shaharlari   bilan   Saurashastra   (Mohenjo-Daro   va   Xarappa)
yarimorolini   bog‘lashga   xizmat   qilgan.   Bundan   tashqari   Lothaldan   qimmatbaho
toshlar va zeb-ziynat buyumlariga to‘la kemalar g‘arbiy Osiyo (Shumer) va Afrika
(Qadim   Misr)   hududlari   tomon   yo‘l   olganlar.Shumerda   olib   borilgan   qazilma
ishlari davomida xarappa muhri tushirilgan matoning parchasi aniqlangan. Shumer
bilan   savdo   aloqalari   Bahrayn   orqali   amalga   oshirilgan.   Bu   yedan   ham   xarappa
madaniyatiga o‘xshash buyumlartopilganligi buning dalili bo‘lib xizmat qiladi.Kot
Diji   -   qadimgi   Hindistonning   arxeologik   obidasi   hisoblanib,   bugungi   Pokiston
hududida, aynan Sind provinsiyasida (sindhlar vatani) joylashgan.Davrlashtirilishi
—   bronza   davri   (mil.avv   3—2   mingyillik).Ayrim   olimlarning   fikricha   bu
madaniyat   Xarappa   madaniyatining   dastlabki   qismi   hisoblanadi.Nal-Naundar
bronza   davrining   qadimgi   Hindistonning   arxeologik   madaniyati,   bugungi   kunda Pokistonning   janubi-g‘arbiy   qismida   joylashgan.   Bu   madaniyat   mil.avv.   III
mingyillikning   ikkinchi   yarmi   va   II   mingyilliklarga   to‘g‘ri   keladi.   Asosan   ikkita
yodgorlik   (manzilgoh):   Nundara   va   Nal   (Soxr-Damb).   Bu   madaniyatlarda   pishiq
g‘ishtdan   ko‘p   xonali   uylar   qurilgan.   Ko‘mish   jarayoni   ham   yakka   va   jamoaviy
usulda   olib   borilgan.   Shuningdek,   bu   yerdan:   Ko‘plab   bronza   va   mis   buyumlar
(bilaguzuklar,   xanjarlar,   boltalar   va   hokazolar);   Kulolchiligi   –   loydan   yasalgan
ko‘prangli   turli   naqshlar   (turli   hayvonlar   tasviri)   bilan   bezatilgan.   Bu   yerdan
topilgan   artefaktlar   bu   madaniyatni   o‘troq   dehqonchilikmadaniyati   ekaligini   va
Xarappa madaniyati bilan yaqin aloqa qilganligidan dalolat beradi.Induizm - Hind
subkontinentida   vujudga   kelgan   din   hisoblanadi.   Bu   dinning   tarixiy   nomlanishi
sanskrit   tilida   –   sanatan-dxarma   –   tarjimasi   “abadiy   din“,   “abadiy   yo‘l“   yoki
“abadiy qonun“ degan ma’noni  bildiradi. Induizm” termini «xindu» Sindhu (hind
daryosi)   ning   forshca   variantidan   kelib   chiqqan.   Fors   tilida   Hind   daryosi   ortida
yashaydigan   odamlarni   shunday   nomlaganlar.   Arab   tilida   al-Hind   hozirgacha
zamonaviy   Hindistonda   istiqomat   qiluvchilar   uchun   ishlatiladi.   XVIII   asrning
oxirida   inglizlar   shimoli-g‘arbiy   Hindistonda   yashaydigan   aholini   “hindular"   deb
ataganlar.Induizmning mumtoz falsafasida insonning ikkita asosiy hayotiy dxarma
(hayotiy   burch):   grixastxa-draxma   va   sannyasa-dxarma   lardan   iborat.   Grixastxa-
dxarma (ya’ni  oilali inson dxarmasi) da purushartxi deb nomlangan to‘rtta asosiy
maqsad   mavjud:Artxa   moddiy   boylik   va   omad   Kama   rohatlanishDxarma
Muqaddas   bitiklarda   keltirilgan   nasihatlarga   muvofiq   ravishda   o‘z   burchini
bajarish,   to‘g‘ri   yo‘ldan   yurishMoksha   samsaradan   qutulish   Induizm   hayot
an’anaviy ravishda to‘rtta ashram (davr yoki bosqich)ga bo‘linadi.Braxmacharya –
hayotning birinchi bosqichi, barcha noz-nematlardan voz kechgan shogird monax
kabi   faoliyat   yuritadi,   asosan   guruning   xizmatida   bo‘lib,   undan   ma’naviy
bilimlarni egallaydiGrixastxa – oilaviy hayot, ish. Bu ashramda kama va artxining
purushartxisi   amalga   oshiriladi.   Oilali-hinduistning   burchi   o‘z   ota-onasi,
farzandlari,   mehmonlar   va   muqaddas   insonlarni   qo‘llab-quvvatlashi
hisoblanadi.Vanaprastxa   –   barcha   ishlardan   uzoqlashish   va   tarkidunyo   qilish.   Bu
bosqichda barhca moddiy majburiyatlar balog‘atga yetgan farzanlarga o‘tib, asosiy vaqt   ruhiy   amaliyotga   va   muqaddas   qadamjolarni   ziyorat   qilishga
qaratadi.Sannyasa   –   hayotning   so‘nggi   bosqichi,   moddiy   hayotdan   to‘la
uzoqlashish 4.Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.
.Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy
jamiyatga   asoslangan   quldorlik   davlati   edi.   Eng   Qadimgi   Hindistondagi   davlatlar
podsholar   tomonidan   boshqarilgan.   Podsholar   oqsoqollar   kengashi   va   qo`shinga
tayanib ish olib borgan. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand, mayda savdogar,
o`rtahol   dehqdn   va   ziyolilardan   iborat   o`rta   tabaqaga   hamda   kambag`allar,
qashshqqlar   va   qullarga   bo`lingan.   Milloddan   avvalgi   5   ming   yil   oxiri   4   ming
yillikda Hind daryosi vodiysida sun’iy dehqonchilik vujudga kelgan 4 ming yillik
oxiri   –   3   ming   yillik   o’rtalarida   Hind   vodiysida   eng   qadimgi   Hind   madaniyati
tashkil   topdi.   M.av.   2   ming   yillik   o’rtalarida   Hindistonda   Oriy   qabilalari   kirib
keldi.   Oriylar   o’zlari   bilan   temir,   ot   v   shqasiga   o`tishning   ham   iloji   bo`lmagan.
Turli   kastalarga   mansub   odamlar   o`rtasida   nikohga   ham   yo'1   qo`yilmagan.
Kastalardan   birortasiga   ham   mansub   bo`lmaganlar   esa   alohida   maqomga   ega
bo`lishgan.   Bundaylarni   "chandal",   ya'ni   "hazar   qilinadiganlar"   deyishgan.
"Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular
bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari,
kimdir   tasodifan   ularga   tegib   ketmasligi   uchun   "chandallar"   maxsus   libos   kiyib
yurishlari   kerak   edi.   Ular   qishloqlardan   tashqarida   yashashga   majbur   edi.Hindlar
dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan
kiyim   tikish,   qurolsozlik   ustaxona   qoldiqlarni   topilgan.   Xarappa   suv   yo'li   va
quruqlik   orqali   shumerlar   bilan   savdo   aloqalari   olib   borgan   ilk   quldorlik   davlati
edi. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari
va do`konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan.
Bu,   Hindistonda   ichki   va   tashqi   savdoning   rivojlanganligidan   dalolat   beradi.
Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar
bilan   suv   va   quruqlik   yo`llari   orqali   savdo-sotiq   ishlarini   olib   borganlar.
Dehqonchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   rivojlanishi,
shuningdek talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik
yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan. a tuyani
olib   kirdilar.   M.av.   VI   asrgacha   shimoliy   Hindistonda   20   dan   ortiq   mayda davlatchalar   bo’lgan.   Davlatchalar   o’rtasidagi   kurashda   Magatha   g’olib
kelgan.Magatha davlati Minbasara davrida ancha kengaygan. Ajattashatru davrida
esa  Gang  vohasi   markaziy Hindiston  markaziy  davlaga  birlashgan.  M.av.  345  yil
Nand   sulola   asoschilaridan   biri   Ugrase   Magathani   egallab   oldi.   M.avv   VI-IV
asrlarda   Panjob   viloyatida   tarqoqlik   hukm   surgan.   Yunon   –   Makedon
bosqinchilariga   qarshi   ozodlik   kurashiga   Chandra   Gupta   boshchilik   qilgan.   U
Magatha taxtini egallab m.av. 317 – 298 yillari podsholik qilgan. Manrea davlatiga
asos   solgan.   Poytaxti   Patalaputra.Chandra   Guptaning   o’g’li   Bindusara   (293-268)
va Ashoka (268-231) davrida Hindiston qudratli davlatga aylandi. M.avv. 180 yili
Mauria sulolasining so’ngi podshosi o’ldirildi. Milodning III asrida Magatha yana
kuchaydi.   Uning   asoschisi   Gupta   bo’lgan   Guptaning   nabirasi   Chandra   Gupta   I
davrida   (320-335)   Magatha   ancha   kuchaydi.   Uning   o’g’li   Samudra   Gupta   (335-
380)   Ximolayda   Madras   va   Kanchi   shaharlarigacha   bo’lgan   yerlarni   bosib   oldi.
Chandra Gupta II (380-415) Hind osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. VI asrga
kelib   Guptalar   davlati   yana   mayda   davlatlarga   bo’linib   ketdi.   Shu   bilan
Hindistonning  qadimgi   davri  tugadi.Mohenjon-doro –  Hind daryosi  o’rta  qismida
joylashgan 270 gektar yer maydoni bu shahardan xom va pishiq g’ishtdan qurilgan
binolar   va   shahar   yo’llari   topilgan.   Yo’llarga   g’isht   yotqizilgan.   Shaharga
korizlardan suvlar kelgan va chiqindi suvlar chiqarib tashlangan. Boy kishilarning
uylari, ibodatxona, qal’a va boshqa binolar ikki uch qavat qilib qurilgan.Harappa –
Panjob viloyatida joylashgan arxeologlar bu yerdan besh yuzga yaqin yodgorliklar
topishgan.   Shaharga   quvurlar   orqali   suvlar   kelgan   kanalizatsiya   tizimi   bo’lgan.
Shaharda   suv   saqlash   uchun   pishiq   g’ishtadan   koriz   va   quduqlar   qurilgan.
Umuman   aytganda   shaharda   me’morchilik,   zargarlik,   kulolchlik,   toshtaroshlik
qurolsozlik   ancha   rivojlangan.   Harappa   va   Mohenjon-doroliklar   uncha   katta
bo’lmagan   kemalarda   daryo   va   dengizlarda   suzganlar.Qadimgi   hindlar   xuddi
misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz
edilar:   tropik   jalalar,   suv   toshqinlari,   qurg`oqchilikdan   qo`rqardilar.   Hindlar
tasavvurida   tabiatni   xudolar   boshqarayotgandek   tuyulardi.   Qadimgi   hind
rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat
va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra
osmondagi   suvni   surlikdan   xalos   aylagach,   Yer   yuzida   qurg`oqchilik   poyoniga
yetibdi.
Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan,
filga   sig`inishgan:   Bosh   xudolardan   biri   boshi   filnikiga   o`xshash   donishmand
Ganesha   bo`lgan.   Sigir   esa   hindlar   orasida   alohida   ehtiromga   sazovordir.   Sigir
muqaddas   hayvon   hisoblangan.   Sigirni   o`ldirgan   kimsa   jinoyatchi   deb   e'lon
qilingan:   bunday   kishi   jamiyatdan   haydab   yuborilar,   hech   kim   u   bilan   muloqot
qilishga  haqli  bo`la  olmasdi.Hindlar   jon  bir  tanadan   boshqasiga  ko`chib  o`tishiga
e'tiqod   qilishgan.   Ular,   vafot   etganidan   keyin   odam   baribir   o`lmaydi,   balki   atigi
boshqa   bir   mavjudotga   evrilib,   o`z   tashqi   qiyofasini   o`zgartiradi,   hayvonga,
qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin
kimga   va   nimaga   aylanib   qolishi   esa   uning   bu   hayotdagi   xatti-harakatlari   va
amallariga   bog`liq.Hind   kastalari.   Qadimgi   hindlar   qanday   yumushlar   bilan
shug`ullanishiga   qarab   to`rt   guruhga   ajratilgan   edi.   Bu   guruhlar   kasta   yoki   varna
deb   atalgan,   jumladan:   kohinlar   —   braxmalar,   jangchilar   —   kshatriylar,   dehqon,
hunarmand   va   savdogarlar   —   vayshyalar,   xizmatkorlar   va   qullar   —
shudralar.Hindlarning   e'tiqodicha,   kastalardan   har   birini   oliy   xudo   Braxma   o`z
jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning
dahanidan,   jangchilar   qo`llaridan,   dehqonlar   quymichlaridan,   xizmatkorlar   esa
oyoqlari   tovonidan   yaratilgan.   Bolalar   hamisha   ota-onalari   kastasiga   mansub   deb
topilgan.

QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI. Reja: Kirish. 1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. 3.Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati. 4.Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari. Xulosa.

1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib joylashganlar.Hindiston yarim orolining shimoli-g`arbidan Hind daryosi oqib o`tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin – «daryolar otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob – Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab kelishgan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar vohadagi unumdor yerlarni o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqonlar datalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za – paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`uilanganlar. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan qilingan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan.

Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi.Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan be lgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga

solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. 2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Eng Qadimgi Hindiston madaniyatining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga borib taqaladi. Qadimgi Hind madaniyati ularning xo`jaligi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. Hind va Panjob viloyati eng qadimgi hind madaniyatining beshigi hisoblanadi. Yozuv eng qadimgi hind madaniyatining ajralmas qismi bo`lgan. Arxeologlar Xarappa, Moxenjo-Doro va boshqa joylardagi yodgorliklardan sopol parchalari, muhrlar sathi va toshlarga bitilgan g`alati yozuvlar topishgan. Bu yozuvlar ba`zi jihatlari bilan misr va shumeriylarning iyerogliflariga o`xshab ketadi. Qadimgi hind alifbosining 700 ga yaqin rasm-belgilardan iborat ekanligi aniqlangan. Tekshiruvchilar bu yozuvni o`qishga urinib ko`rganlar. Lekin bu urinish hozircha yaxshi natija bergani yo`q. Qadimgi Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgan. Bu jihatdan Xarappa va Moxenjo-Dorodan topilgan erkak kishi, raqqosa ayol va boshqa haykallar diqqatga loyiqdir. Eng qadimgi Hindistonda rassomchilik ham rivoj topgan ekan. Hind vohasi va Panjobdagi eng qadimgi-yodgorliklardan, hatto uzoq Mesopotamiyadan odam, odam qiyofasidagi xudolar, zubr, karkidon, buqa, fil, qo`tos, shuningdek eng qadimgi rasm-belgili yozuv tushirilgan tosh muhrlar topilgan. Sopol va tosh muhrdagi qabartma rasm tasvirlar o`sha qadimiy, ko`hna davrdagi rassomchilikning qay darajada rivojlanganligini ko`rsatadi.Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Hind vohasida hisob-sananing o`nlik tizimi mavjud

ekan. Bir, ikki, uch, besh, to`qqiz va boshqa katta-kichik sonlarga yonma-yon qo`yiladigan nol (0)ni, shuningdek birdan to`qqizgacha bo`lgan sonlar va ularning belgisini hindlar kashf etishgan. Bu raqamlar keyinchalik vatandoshimiz ulug` al- Xorazmiy tomonidan biroz isloh qilingach, arablar dunyosiga o`tgan. Bu ikki xalq madaniyati mevasining yorqin namunasidir. Eng Qadimgi Hindistonda me`morchilik ham rivoj topgan edi. Qadimgi hind ustalari zargarlik, naqqoshlik va tasviriy san`atning boshqa sohalarida ham katta yutuqlarga erishganlar. Eng qadimgi Hindistonda alifbo, hisobning o`nlik tizimi mavjud bo `lgan. Demak u yerda matematika, geometriya, astronomiya, tabobat va boshqa ilmiy-amaliy bilimlar rivoj topgan.Eng qadimgi hindlar o`zlariga xos madaniyat yaratib, bu bilan jahon madaniyati xazinasiga o`zlarining barakali hissalarini qo`shganlar. Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan.Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan