logo

Qadimgi Baqtriya sivilizatsiyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

63.5634765625 KB
Kurs ishi
Mavzu: Qadimgi Baqtriya sivilizatsiyasi
1 REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Baqtriyaning bronza va temir davri madaniyatlari.
2.Baqtriyaning Axamoniylar davri yodgorliklari.
3.Yunon-Baqtriya podshohligi davri yodgorliklari.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2 KIRISH
O ʻ zbekiston   hududidagi   eng   qadimgi   davlatlar   haqidagi   asosiy
manbalar   –   “Avesto”   kitobi,   ahamoniylarning   mixxat   yozuvlari,   yunon-
rim tarixchilarining ma ʼ lumotlari hisoblanadi. So ʻ nggi yillarda Baqtriya,
Xorazm   va   So ʻ g ʻ d   hududlarida   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   bu
ma ʼ lumotlarni   tasdiqlash   bilan   birga   yangi   ma ʼ lumotlar   bilan
boyitmoqda.   Sopolli,   Kuchuktepa,   Qadimgi   Baqtriya,   Qadimgi   So ʻ g ʻ d
madaniyatlarining   ochilishi   O ʻ zbekiston   hududida   davlatchilikning
shakllanishi   va   rivojlanishi   bo ʻ yicha   yangi   ma ʼ lumotlar     bermoqda.
Jahon   tarixshunosligida   ilk   davlatlarning   shakllanishi   borasida   ko ʻ plab
nazariyalar mavjud:
- davlatlar mulkiy tabaqalanish mahsuli bo ʻ lib, uning kurtaklari qadimgi
jamoalar davrida paydo bo ʻ lgan (QadimgiSharq);
- rivojlangan jamoalarda sinfiy differensiya va davlatchilik bo ʻ lgan yoki
harbiylashgan   jamoalar   bosqinidan   o ʻ zlarini   himoya   qilish   yo ʻ lida
himoya vositalari va davlat boshqaruv tizimini rivojlantirib borgan, aks
holda   varvarlar   hujumining   qurboniga   aylangan.   Bu   holatda
rivojlangan   jamoa   uchun   davlatchilik   ikkilamchi,   urug ʻ jamoa   tuzumi
darajasida  bo ʻ lgan  xalqlar uchun   davlatchilik  birlamchi hisoblanadi  (V-
VI asrlarda Rim imperiyasining Varvarlar tomonidan bosibolinishi); 
-   sinfiy   differensiyasiz   jamiyatda   davlatlarning   paydo   bo ʻ lishi   (Shan-In,
Maya,   Inklar,   Asteklar   –   Kolumbgacha   bo ʻ lgan   Amerikaxalqlari).   Bu
xalqlarda     yerga   egalik   qilish,   jamoa   mulki   yoki   sinfiy   stratifikatsiya
sezilmaydi.   Avval   primitiv   davlatlarning   shakllanishi   va   keyin   esa
sinflarning shakllanishi yuzbergan; 
-   to ʻ rtinchi   holatda   sinfiy   differensiya   va   davlatchilik   bir   vaqtda
shakllanadi.   Albatta,   bu   jamoada   davlatchilik   qo ʻ shni   xalqlarning   –
davlatlarning ta ʼ sirida (Attika) paydo bo ʻ ladi.
O ʻ zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka   erishganidan   so ʻ ng,
o ʻ zbek davlatchiligi tarixini o ʻ rganish Prezident tashabbusi bilan davlat
3 siyosati   darajasiga   ko ʻ tarildi.   Tadqiqotchilar   tomonidan   qadimgi
tarixning   asosiy   xususiyatlari   va   davlatchilikning   vujudga   kelishi
masalalari   tahlil   etilmoqda.   Ilk   davlatlarning   paydo   bo ʻ lishi   va   turlari,
hukmdorlar   unvonlari   kabi   masalalar   akademik   E.V.   Rtveladze,   ilk
davlatlarning   shakllari   va   xronologiyasi,   boshqaruv   shakllari,   etnik
migratsiya va bosqinchilik natijasida yangi davlatlarning paydo bo ʻ lishi
A.S.   Sagdullayev,   ilk   davlatchilikning   boshlanishi   T.Sh.   Shirinov,   o ʻ zbek
davlatchiligining   uzluksiz   tadrijiy   rivojlanishi   Azamat   Ziyo   asarlarida
tahlil   etildi.   A.S.Sagdullayev   va   O ʻ .   Mavlonovlarning     “O ʻ zbekistonda
davlat   boshqaruvi   tarixi   (qadimgi   davrlardan   XIX   asrning   o ʻ rtalariga
qadar)”     nomli   o ʻ quv   qo ʻ llanmasi     nashrdan   chiqdi.   Qo ʻ llanmada
boshqaruvning   iqtisodiy,     ijtimoiy,     harbiy-siyosiy   va   hududiy
funksiyalari,   davlatchilikning   ilk   bosqichlaridan   boshlab   XIX   asrning
o ʻ rtalarigacha   bo ʻ lgan   tarixiy   davrda   davlatchilikning   rivojlanish
qonuniyatlari   va   xususiyatlari,   davlat   boshqaruvining   mazmun   va
mohiyatlari   ochib   berildi.   O ʻ .I.   Abdullayev   O ʻ rta   Osiyoda   qadimgi
boshqaruv   va   ilk   davlatchilik   tarixshunosligiga   bag ʻ ishlangan   kitobida
davlatchilikning   shakllanishi   bo ʻ yicha   umumlashgan   xulosalar
chiqargan: - bronza davrida “voha-davlatlar”; 
- mil.av. I ming yillikning boshlarida “voha-davlatlar” vadastlabki siyosiy
uyushmalar; 
-   ilk   temir   davrida   hududiy   jihatdan   o ʻ rtamiyona   davlatlar   paydo
bo ʻ lgan deyilgan.
Bu   O ʻ rta   Osiyoning   barcha   mintaqasi   uchun   bronza   davrida   voha-
davlatlar   shakllangan   degan   xulosani   beradi.   Vohalanki,   Qadimgi
Sharq   dunyosi   bilan   doimiy   madaniy   aloqada   bo ʻ lgan   O ʻ rta   Osiyoning
janubiy   mintaqalari   uchun   bronza   davrida   boshqaruv,   davlatchilik
terminlarini ishlatish mumkin, xolos. Mil.av. I ming yillikning boshlarida
Xorazm,   Toshkent   yoki   Ustrushona   kabi   mintaqalarda   siyosiy
uyushmalar   yoki   ilk   temir   davrida   o ʻ rta   miyona   davlatlar   shakllangan
edimi?   Ma ʼ lumki,   O ʻ rta   Osiyoda   davlatchilikning   paydo   bo ʻ lishi
4 birvaqtda   kechmagan,   shu   sababli   uning   tarixshunosligi   tarixiy
mintaqalar   bo ʻ yicha   tadqiq   etilganda,   harbir   mintaqa   davlatchiligi
uchun to ʻ g ʻ ri tarixiy xulosalar chiqarilgan bo ʻ lar edi.
5 6 I. Baqtriyaning Bronza va Ilk temir davri sivilizatsiyasi 
shakillanishi.
O’rta   Osiyoning   bronza   va   ilk   temir   davri   yodgorliklarini
davrlashtirish   masalasi   arxeologiya   fanida   eng   dolzarb   muammolarni
biri   xisoblanadi.   Bu   masalada   tadqiqotchilarning   fikrlari   ham   har   xil.
Uzoq   yillar   fanda   V.   M.   Massonning   Nomozgoh   va   Yoztepa
yodgorliklari   asosida   ishlab   chiqilgan   xronologik   jadvali   O’rta
Osiyoning   bronza   va   ilk   temir   davri   yodgorliklarining   xronologiyasini
aniqlashda   asosiy   “dastur   ul   amal”   sifatida   qo’lanib   kelindi.   Shu   jadval
asosida   O’rta   Osiyoning   boshqa   bronza   va   ilk   temir   davri
yodgorliklarining   xronologik   davri   aiqlanadi.   Har   bir   yodgorlik   yoki
madaniyatning   xronologik   davrini   aniqlashda   yodgorlikning   ichki
stratigiyasi   asosoida   ketma-ket   madaniy   qatlamlaridan   olingan
namunalarni   boshqa   madaniyat   ashiyolari   bilan   taqqoslash   tufayli
obeyktning   xronologik   davri   aniqlanadi.   Bu   arxeologiya   amaliyotida
keng   qo’llanib   kelingan   eng   eng   ishonchli   usullardan   biri   xisoblanadi.
Sopoli   Kuchuk   va   Qadimgi   Baqtariya   madaniyatlarining   xronologiyasi
xuddi   shu   usulda   ishlab   chiqilgan.   Qadimgi   madaniyatlarning   yoshini
aniqlashda keng qo’lanib keliniyotgan yana bir usul – bu radiouglerod
uslidir   (C/14).   Madaniyatlararo   keng   tarqalgan     ashiyolarr   yordamida
yodgorlik   xronologiyasi   aniqlash   ishonchli   usullaridan   xisoblanadi.
Masalan,   Qadimgi   sharq   madaniyatlarida   keng   tarqalgan   xlorid
(steotit),  lazurit,  argilet,  toshlaridan  yasalgan  bejirim  buyumlarni aytib
utishimiz   mumkin.   Ushbu   usul   Sopolli   madaniyati   madaniyati
xronologiyasi   uchun   birinchi   idishlar   Jarqo’ton   yodgorligidan   so’nggi
yillarda topildi.
Ma’lumki,   Sopolli   va   Kuchuktepa   madaniyatlari   yodgorliklarining
xronologik   davrini   aniqlashda   asosan   Nomozgoh   va   Yoz   depening
xronologik   davrini   asos   qilib   olgan   edi.   A.   A.   Asqarov   va   u   yaratgan
arxeologiya   maktabi   a’zolari   tomonidan   so’nggi   yillarda   Shimoliy
Baqtriyaning   bronza   va   ilk   temir   davri   uchun   o’ziga   xos   xronologik
davirlashtirish jadvali taklif etildi. Bu jadvalga ko’ra Sopolli madaniyati 5
7 ta bosqichga bo’lindi: Sopolli, Jarqo’ton, Ko’zali, Mo’lali va Bo’ston. Davr
jihatidan bu xronologik jadval mil. avv. XVII – X asrlarini o’z ichiga oladi.
O’z     navbatida   Shimoliy   Baqtriyaning   bronza   va   ilk   temir   davri   4   ta
bosqichga   bo’lingan,   ya’ni   Kuchuk   I,   Kuchuk   II,   Kuchuk   III,   Kuchuk   IV.
Davr   jihatidan   ilk   temir   davri   mil.avv.   X   -   IV   aslarni   o’z   ichiga   oladi.
Bronza va ilk temir davri yodgorliklarida ikki xil – gorizontal va vertikal
stratigrafiya   kuzatilgan.   Sopollitepa   yodgorligida   3   ta,   Jarqo’ton
yodgorligining Jarqo’ton bosqichiga  oid   3 ta, Ko’zali, Mo’lali va Bo’ston
bosqichlariga   tegishli   bittadan   qurilish   davri   xosligi   kuzatilgan.
Ma’lumki,   A.   S.   Sagdullaev   Baqtriyaning   ilk   temir   davri   yodgorliklarida
bir   qurlish   davrini   o’rtacha   75-100   yil   davom   etgan   deb   xisoblaydi.
Bundan tashqari Altin-depening yuqori 10 ta qurilish bosqichli mil. avv.
3000-2000   yillar   oralig’ida   faoliyat   ko’rsatgani,   ya’ni   xar   bir   qurilish
bosqichning   xraonologik   davri   100   yil   atrofida   davom   etganligi   qayd
etilgan.
A.   A.   Asqarov   arxeologiya   maktabi   a’zolari   taklif   etgan   Sopolli
madaniyatning umumiy davom etgan xronologik davri 800 yilni tashkil
etadi.   Har   bir   qurilish   davrini   A.S.   Sagdullaevning   minimal   hisobi
buyicha   75   yil   deb   oladigan   bo’lsak,   Sopolli   madaniyatning   umumiy
davom   etgan   vaqti   to’g’ri   olinganligi   ko’rinadi.   Lekin,   har   bir   davrning
davom   etgan   vaqtini   aniqlashda   Sopolli   madaniyati   tadqiqotchilari
tomonidan   aniqlangan   qurilish   davri   bo’yicha   Xisoblaydigon   bo’lsak,
Sopolli   davri   225-300,   Jarqo’ton   davri   225-300,   qolgan   davrlar   esa   bir
qurilish   davridan,   ya’ni   75-100   yildan   davom   etgan.   Qurilish   davri
qanchalik ko’p davom etgan bo’lsa, olingan ma’lum bir qabristonda shu
davrga oid shuncha ko’p qabrlar o’chragan. Masalan, to’liq o’rganilgan
Jarqo’ton   IV   qabristonida   jami     719   ta   qabr   ochilgan   bo’lib,   shundan
350   tasi   Jarqo’ton,   161   tasi   Ko’zali,   220   tasi   Mo’lali   davriga   oidligi
aniqlangan.   Shuni   aytib   o’tish   joizki   Jarqo’ton   IV   a   qabristoni
o’rganilgan   vaqtda   Bo’ston   davri   Mo’lali   davridan   ajratilmagan   edi.
Shuning   uchun   Mo’lali   davri   qabrlari   statistik   jihatidan   Ko’zali   davri
qabrlaridan   biroz   ko’proq   uchragan.   Demak,   Jarqo’ton   IV   a
8 qabristonida     eng   uzoq   davom   etgan   Jarqo’ton   davri   qabrlari   son
jihatidan   eng   ko’p,   qolgan   davrlar   qabrlari   soni   ham   qurilish   davri
sonlariga monand ravishda uchraydi.
So’nggi   yillarda   Amerika   va   Yevropa   olimlari   O’rta   Osiyoning
bronza   davri   yodgorliklari   yoshini   300-400   yilga   qadimiylashtirish
g’oyasi   bilan   chiqdilar.   Bu   g’oyaning   asosida   O’rta   Osiyo
yodgorliklaridan   olingan   (C/14)   radiokarbon   analizlari   natijalari   va
moddiy   madaniyat   namunalarini   Qadimgi   Sharqning   eng   rivojlangan
madaniyat markazlari moddiy manbalari bilan taqqoslash yotadi. O’rta
Osiyo   arxeologiyasi   bilan   shug’ulanayotgan   tadqiqotdchilar   o’rtasida
ushbu   g’oya,   ya’ni   madaniyatlarni   “qadimiylashtirish”   g’oyasi
tarafdorlari   ham   paydo   bo’lgan   bo’lsa,   ayrim   tadqiqotchilar   eng   avval
ichki   stratigrafiyaga   tayanish   kerakligi   xususida   gapirib,   C/14   usulini
yanada   takomillashtirishga,   bu   borada   arxeologlar   bilan   aniq   fanlar
vakillarini hamkorlikka chaqiradi.
A.A. Asqarov tomonidan Sopolli madaniyati yodgorliklari madaniy
qatlamlaridan   olingan   organik   qoldiqlar   radiokarbon   (C/14)   analizi
qilingan.   Sopollitepadan   olingan   analiz   mil.avv.   1690   yilini,
Jarqo’tondan olingan analiz esa mil.avv. 1560 yilini ko’rsatgan. Shundan
so’ng C/14 usuli ancha takomillashib, aniqlangan yoshini kaliblashtirish
ham   bashlandi.   F.   Koll   Sopollitepaning   yoshini   kalbrlashtirish   buyicha
mil.avv. 2190-1880 yillar deb belgilangan bo’lsa, F. Xibert mil.avv. 2277-
1745 yillar oralig’ida deb hisoblaydi.
O’zbek-German   Baqtriya   ekspiditsiyasi   tomonidan   Jarqo’ton
yodgorligi   yoshini   aniqlash   uchun   23   ta   radiokarbon   (C/14)   analizi
o’tkazildi.   Radiokarbon   anlizlar   Germaniya   arxeologiya   instituti
Yervoosiyo   bo’limi   qoshidagi   labaratoriytada   amalga   oshirildi.   O’zbek-
German   Baqtriya   arxeologik   otriyadi   a’zolari   Mayk   Toyfer   va   Kay
Kanyutlar   Sopolli   madaniyatning   xronologik   davrlari   ketma-ketligi
xususida   yangi   fikriga   kelishgan,   eslatib   o’tganimizdek,   tadqiqotchilar
Sopolli   madaniyatini   davr   jihatidan   5   ta   bosqichga   bo’linishini   tan
9 olishgan:   Sopolli,   Jarqo’ton,   Ko’zali,   Mo’lali   va   Bo’ston.   Ammo,
germaniyalik olimlar Jarqo’ton davridan so’ng Mo’lali, Bo’ston va undan
so’ng Ko’zali davri keladi degan, xato fikrga kelishgan. Ularning bunday
fikrga   kelishga   asosiy   sabab   Jarqo’ton   3   qabristonini   qazish   davomida
stratigrafik   jihatidan   Ko’zali   davri   qabri   Mo’lali   davri   qabridan   tepada
uchraganligini birinchi faktor deb xisoblasalar, ikkinchi faktor qilib, N.A.
Avanesova   tadqiqotlar   olib   borayotgan   Bo’ston   6   qabristonida
Jarqo’ton   va   Mo’lali   davri   sopollari   bilan   Mo’lali   davri   sopollarining
shakli jihatidan o’xshashligi (vazalari) va qizil angobning ilk Jarqo’ton va
Mo’lali   darvlarida   uchrashi   va   Ko’zali   davrida   o’chramasligi   alomatlari
asos qilib olingan. 1
Jarqo’ton   va   Mo’lali   davri   sopollarining   shakl   va   yasalish
uslublaridagi   o’xshashliklar   xususida   A.A.   Asqarov   o’z   asarlarida
to’xtalib o’tgan va bu holatni kulolchilik an’analarida eski urf-odatlarga
qaytish   degan   fikrga   kelgan.   A.A.   Asqarov   va   uning   shogirdlari
yaratgan Sopolli madaniyati xronologiyasi bosqichlari minglab qabr va
keng ko’lamli qazishmalar natijasida yaratilganligini aytib o’tish joizdir.
Bu   xronologik   bosqichlarni   faqatgina   yangi   ma’lumotlar  bilan   boyitish
mumkin,   xolos.   O’zbek-Olmon   arxeologik   ekspeditsiyasi   Jarqo’ton
yodgorligida   olib   borgan   tadqiqotlari   davomida   Mo’lali   va   Bo’ston
davriga oid madaniy qatlamlardan C/14 analizi uchun ashyolar olishga
muvaffaq bo’la olmadi. Yodgorlikning madaniy qatlamlari bo’yicha fikr
yuritadigan bo’lsak, Mo’lali hamda Bo’ston bosqichlari bir qurilish davri
davomida faoliyat etgan. Demak, 200 yil davomida, ya’ni mil. avv. 1300
yilgacha.   O’rta   Osiyo   arxeologiyasida   Nomozgoh   –   Yoz   I,   Sopolli   –
Kuchuktepa,   Dashtli   –   Tilla   I   madaniyatlari   o’rtasidagi   davomiylik
xususida xam ilmiy adabiyotlarda yangi firklar paydo bo’ldi. Bu borada
shuni   aytib   o’tish   joizki   bevosita   shu   madaniyatlar   o’rtasida   bo’shliq,
“xaos”   borligi   xususida   fikr   yuritadilar.   Boshqa   olimlar,   jumladan   B.
Lionnet   va   F.   Xibertlar   esa   Yoz   I   madaniyatini   mil.avv.   XV   asrgacha
qadimiylahtirish   g’oyasi   bilan   chiqdilar   va   butun   Qadimgi   Sharqdagi
1
 SH. Shaydullaev-O’zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo’lishi: Desstrtatsiya
10 ayrim   muamoli   savollarni,   ya’ni   Xarappa   madaniyatining   masalalarini
ham yechib quyishni oldiga quyadilar.Yoz I  davri eng uzog’I bilan to’rta
qurilish   davri   davomida   faoliyat   etgan.   Shu   davr   ashyolari   Bandixon   I
yodgorligida     3,1-3,6   m,   Tilla   tepada   3   m,   Kuchuk   tepada   3   m,
Sangirtepada 1-2,7 metrni tashkil etadi. Yoz davrining yoshi masalasida
ham   fanda   ko’plab   tortishuvlar   davom   etmoqda.   Chet   el   axeologlari
O’rta   Osiyo   arxeologiyasi   bilan   shug’ulanayotgan   tadqiqotchilarni
ushbu davr madaniyati bir xil davrbilan ya’ni, mil.avv. II ming yillik oxiri
va   I   ming   yillik   boshlari   bilan   sanalishda   ayblaydilar.   Vaxolanki,   shu
davr   madaniyatlarining   yoshini   belgilashda   olimlar   o’rtasida
tortishuvlar   borligini   yevropaliklar   eslashmaydi.   Ular   A.A
Marushinkoning       Elken   II   ashiyolarini   Yoz   I   moddiy   madaniyati   bilan
solishtirib, mil.avv. XII-VII asrlar bilan sanaganligini bilmaydilar.
Shuni   aytib   o’tishimiz   lozimki,   Kuchuk   I   davrining   boshlanish
davrini V.M. Masson, V.I. Sarianidi va A.A. Asqarovlarning izidan borib,
mil.avv.   X   asr   bilan   belgilagan   edi.   Jarqo’ton   yodgorligidan   olingan
(C/14) analizlari, Shimoliy Baqtriyaning so’nggi brona va ilk temir davri
yodgorliklarining   ichki   stratigrafiyalari     bu   masalaga   yangicha
yondashishga majbur etmoqda. Kezi kelganida shuni ham aytish joizki
V.M.   Masson   va   V.I.   Sarianidilar   ham   Yoz   I   davrini   qadimiylashtirish
tarafdori   bo’dilar.   Shimoliy   Baqtriyada   Kuchuk   I   davrida   eng   uzoq
davom etgan yodgorlik Kuchuktepa bo’lib, A.A. Asqarov bu yerda uchta
qurilish davrini kuzatgan. Har bir qurilish davrini 100 yil oralig’ida vaqt
bilan   xisoblaydigan   bo’lsak,   Kuchuk   I   davri     300   yil   vaqtini,   ya’ni   mil.
avv.   XII-X   asrlarni   o’z   ichiga   oladi.   Mil.avv.   IX   asrdan   boshlab   Qadimgi
Baqtriya madaniyati shakillangan va u Axamoniylar imperiyasiga qadar
300   yil   davomida   mustaqil   rivojlanish   davrini   boshidan   kechirgan
(Kuchuk   II-III).   Kuchuk   II   davriga   oid   madaniy   qatlamlar   Shimoliy
Baqtriyaning   Kuchuktepa,   Qiziltepa,   Janubiy   Baqtriyaning   Tillatepa
yodgorliklari   orqali   o’rganilgan.   Kuchuk   II   davri   moddiy   madaniyati
faqat   Baqtriya   va   Marg’iyona   xududlaridagina,   ya’ni   bronza   davrida
qadimgi   dexqonchilik   madaniyatlari   tarqalgan     hududlarda   uchraydi.
11 Shu   davr   moddiy   madaniyati   Kuchuktepada   1,5   metrlik   qatlamda
uchragan. Kuchuk II davrini 1150 yillik vaqt bilan, ya’ni mil.avv. IX asr va
VIII   asrning   birinchi   yarimi   bilan   sanalishini   taklif   etamiz.   Kuchuk   III
davri   moddiy   madaniyati   Shimoliy   Baqtriyaning   Kuchuktepa,
Pshaktepa,   Talashqontepa,   Xayitobodtepa,   Qiziltepa,   G’ozimulla,
Bandixon II, Janubiy Baqtriyaning Tillatepa, Qumli, Qutlug’tepa, Janubiy
turkmanistoning   Marv,   Shimoliy   Parfiya,   Seraxs   o’lkalaridagi   ko’plab
yodgarliklarida   uchrasa,   Sug’diyonanig   Daratepa   va   Afrosiyob   kabi
yodgorliklarda   ham   tarqalganligini   kuzatish   mumkin.   A.S.
Sagdullaevning   kuzatuvlariga   qaraganda,   Janubiy   Sug’diyonaning   shu
davr   yodgorliklari   Baqtriya   bilan   chegaradosh   hududlarda   yoki
Baqtriya   bilan   madaniy   aloqa   yo’llari   ustida   joylashgan.   Demak
Qadimgi   Baqtriya     moddiy   madaniyati   Kuchuk   III   davriga   kelib,   o’z
sarhadlaridan   oshib,   quruqlik   yo’li   orqali   Sug’diyonaga   ham
tarqalganini kuzatishimiz mumkin. Kuchuk III davri moddiy madaniyati
Kuchuktepada   ikki   metr   qalinlikdagi   madaniy   qatlamda   kuzatilsa,
Talashqontepaning   asosiy   inshootlari   shu   davrda   qurilgan.   Ikki   metr
madaniy   qatlamni   200   yil   oralig’idagi   vaqt   bilan   belgilash   haqiqtga
to’g’ri   keladi   deb   uylaymiz   va   Kuchuk   III   davrini   mil.avv.   VIII   asrning
ikkinchi   yarimidan   VI   asrning   o’rtasigacha   bo’lgan   vaqt   bilan
belgilanishni taklif etamiz.
Kuchuk   IV   davri   moddiy   madaniyati   Shimoliy   Baqtriyaning
Kuchuktepa,   Talashqontepa   I,   Qiziltepa,   Bandixon   I,   Xayitobod,
Jondavlattepa   va   yana   judda   ko’plab   yodgorliklarda   qayd
etilgan.Shimoliy   Baqtriya   yodgorliklari   orasida   shu   davr   moddiy
madaniyati   eng   uzoq   davom   etgan   yodgorlik   G’ozimulla   tepa
hisoblanadi.   E.V.   Rtveladzening   yozishicha,   unda   uchta   qurilish   davri
davomida shu davr ashiyolari kuzatilgan. Kuchuktepada esa Kuchuk IV
davri sopollari 2 metrga yaqin qalinlikdagi madaniy qatlamda uchraydi.
Tarqalish   Jug’rofiyasi   juda   kengayib,   shimolda   quruqlik   yo’li   orqali
Buxoro   vohasigacha   va   suv   yo’li   bo’ylab   Xorazmgacha,   Janubda   Eron
hududlarigacha   tarqaladi.   Kuchuktepada   kuzatilgan   2   metr   madaniy
12 qatlam   va   G’ozimullada   kuzatilgan   3  ta   qurilish   davri   misolida   Kuchuk
IV   davrini   mil.avv   VI   asrning   o’rtasidan   V   asr   oxirigacha   vaqt   bilan
sanalishini   taklif   etamiz.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   kulolchilik
buyumlarining   shunday   keng   hududda   tarqalishini   Baqtriyaning
qo’shni   hududlar   o’rtasida   nufuzi   baland   bo’lganligi   bilan   izohlaymiz.
Bu   o’rinda   Baqtriyaning   nafaqat   kulolchilikda   balki,   harbiy   sohada
yutuqlarning   Ahamoniylar   imperiyasining   ta’sir   etganligi   yozma
manbalarda ham saqlanib qolgan.
Ilk   antik   davrga   o’tish   davri   moddiy   madaniyati   namunalari   va
xronologiyasi   masalasi   birinchi   marotaba   o’tgan   nashlarimizda
yoritilgan   edi.   Shu   davr   moddiy   madaniyati   Termiz   shahri   hududidagi
Nomsiztepa,   Xayitobodtepa,   Boburtepa  kabi yodgorliklarda  kuzatilgan
bo’lib,   0,5-0,6   metr   qalinlikdagi   madaniy   qatlamdan   olingan   qo’lga
kiritilgan moddiy madaniyat namunalari Xorazmdagi Dengilji qo’rg’oni,
Janubiy   Tojikistondagi   Boldaytepa,   Turkmanistondagi   Ekqal’a,
Afg’onistondagi   Oyxonim   yodgorliklar   moddiy   madaniyatlari
namunalari   bilan   taqqoslangan   va   mil.avv.   IV   asrning   birinchi   yarimi
bilan belgilangan shu davr moddiy madaniyatining yoshini aniqlashda
usha   fikrimizda   qolamiz.   Shunday   qilib   so’nggi   yillarda   Jarqo’g’on
yodgorligi bo’yicha 23 ta radiokarbon analizi o’tqazildi. Bu analizlarning
davriy   xronologiyasi   Germaniya   arxeologik   inistituti   radiokarbon
analizlari   labaratoriyasida   aniqlandi.   Bu   analizlar   Sopolli
madaniyatining   umumiy   yoshini   qadimiylashtirish   uchun   yangi
ma’lumotlar   berdi.   Qadimgi   Sharq   yodgorliklarda   madaniyatlararo
tarqalgan   arxeologik  manbalar,   ya’ni xlorid toshlaridan,   albastrlardan,
fil   suyagidan   yasalgan   topilmalar   yordamida   ham   Sopolli   madaniyati
yoshini qadimiylashtirish imkoniyati tug’ildi. Sopolli madaniyati mil.avv.
XIII   asrda   inqirozga   yuz   tutgan   va   shu   davrdan   boshlab   bu   yerda
Kuchuktepa   madaniyatining   tarqalganligi   yangi   arxeologik   manbalar
asosida tasdiqlandi. Kuchuk I davri 3 ta qurilish davri davomida faoliyat
etadi.   Mil.avv.   X   asrda   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining   to’lin
13 shakllanganligini  ko’ramiz.  Kuchuk  II,   Kuchuk  III  va  Kuchuk  IV davrlari
ham yangi stratigrafik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqildi.  2
Janubiy Baqtriyaning shahar davlatlari.
V.I.   Sarianidining   fikricha,   so’nggi   Mundugak   tomonidan   kuchib
kelgan   aholi   Janubiy   Baqtriyaning   4   ta   sug’orilish   rayoniga   daryolar
bo’ylariga   joylashgan.   Bular   Davlatobod,   Farruxobod,   Dashtli   va
Nechkin   hududiy   dexqonchilik   vohalari   bo’lib,   ko’chib   kelgan   aholi
tabiiy   sug’orishga   qulay   bo’lgan   joylarga   urnashgan   Davlatobod
dexqonchilik   vohasida   bronza   davriga   oid   4   ta   yodgorlik   aniqlangan.
Bular Tekar I, Tekar II, Tekar III va Tekar IV (Gerday tepa) yodgorliklari
bo’lib   ular   topografik   jihatidan   bir-biridan   unchalik   farq   qilmaydi.
O’lchamlari   bo’yicha   Tekar   I   yodgorligi   75x65   m,   Tekar   II   yodgorligi
80x50   m,   Tekar   III   yodgorligi   65x55   m,   Tekar   IV   (Gerday   tepa)
yodgorligi esa 100x95 metrni tashkil etadi. Yodgorliklarning balandligi
2   –   3,8   metrgacha   yetadi.   Ushbu   dexqonchilik   voxasining   siyosiy
markazi  vazifasini Tekar IV yodgorligi bajaradi. 3
Cho’l va taqir hududlardan iborat bo’lgan Faruxobod o’lkasida bir
qator   bronza   davri   yodgorliklari   va   qabristonlari   joylashganligi
aniqlangan bo’lib ularda maqsadli arxeologik tadqiqotlar o’tkazilmagan
Faruxobod   I   va   II   yodgorliklari   yuzasidan   bronza   davriga   oid   sopol
buyumlar   terib   olingan   xolos   Akcha   shahridan   30   km   shimolda
joylashgan   Dashtli   dexqonchilik   voxasida   40   dan   ortiq   bronza   davri
yodgorliklari   joylashganligi   aniqlangan.   Topilgan   yodgorliklarni
topografik   jihatidan   ikki   turga   bo’linish   mumkin.   Bular   –   mudofaa
devoriga   ega   bo’lmagan   qishloq   tipidagi   yodgorliklar,   kuchli
mudofaalangan   yodgorliklaridir.   V.I.   Sarianidining   fikriga   ko’ra
mudofalangan   yodgorliklar   nufuzli   oilalarga   tegishli   bo’lsa,   qishloq
tipidagi   yodgorliklarda   esa   jamoaning   quyi   tabaqa   a’zolari   istiqomat
qilishgan. 
2
 SH. Shaydullaev-O’zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo’lishi: Desstrtatsiya
3
 Сарианиди В.И. Древние земледелыцы Афгфнистана. –С. 22-26
14 Dashtli dexqonchilik voxasi yodgorliklari orasida harbiy  istehkom
– qal’alaridan Dashtli I yodgorligi to’liq qazib o’rganilgan. U to’g’ri to’rt
burchak   shaklida   bo’lib   3   metr   qalinlikdagi   mudofaa   devori   bilan
o’ralgan   qal’a   burchaklari  qalin   aylana   devor  bo’ylab   esa   yarim   aylana
shalkdagi   burjlar   bilan   mudofaa   usuli   kuchaytirilgan   qal’a   ichida
patriarxal   oilalarga   muljalangan   yashash   va   xo’jalik   xonalari   qurilgan.
Baqtriya   ilk   davlatchiligi   tarixini   yoritishda   Dashtli   o’lkasida   V.I.
Sarianidi   tomonidan   o’rganilgan   Dashtli   III   ibodatxonasi   va   Dashtli   III
saroyining   ochilishi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   yodgorliklar
me’moriy qurilish jihatidan Dashtli voxasining boshqa yodgorliklaridan
tubdan   farq   qiladi.   Dashtli   III   ibodatxonasi   doira   shaklida   bo’liib
mudofaa  devori  bilan  o’ralgan to’g’ri  to’rt burchak  shalikdagi 9 ta burj
uning   me’moriy   va   mudofaa   saloxiyatini   yanada   oshirgan.
Tadqiqotchining   fikricha   aylana   shaklli   ibodatxona   ichida   ibodatxona
xizmatchilari   doimiy   isteqomat   qilishgan   va   ibodatxona   xizmatida
bo’lishgan   shahar   aholisi   ibodatxonadan   tashqarida   to’g’ri   to’rt
burchak   va   ikki   qator   aylana   shaklli   devor   bilan   o’ralgan   shahar
qismida yashashgan. Dashtli III ibodatxonasi yonida kvadrat shaklidagi
mudofaa   inshootlari  Sopollitepa   mudofaa   usulini  eslatuvchi  Dashtli  III
saroyining   ochilishi   Baqtriya   ilk   davlatchiligini   davlat   hukmdorlarining
shakllanishini   o’rganishda   muhim   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Kvadrat
shaklidagi   saroyichida   yirik   va   kechik   patriarxal   oilalarga   mujallangan
uy   qoldiqlari   ochilgan.   Saroy   o’zinig   monumental   qurilish   uslubi   bilan
ya’ni   rivojlangan   fortifekatsiya   devorlari   va   yagona   me’moriy   yechimi
bilan   Dashtli   voxasining   boshqa   yodgorliklaridan   tubdan   farq   qiladi.
Dashtli   ibodatxonasi   va   saroyida   topilgan   ashyoviy   manbalar   asosida
V.I.   Sarianidi   bu   ikki   monumental   bino   bir   vaqtda   qurilgan   va   ijtimoiy
jihatidan   bir-birini   to’ldirgan   ya’ni   biri   diniy   idiologik   markaz   bo’lsa
Baqtriya   “Aristokratiya”sining   shakillanganligini   ko’rsatuvchi   manba
baho   beradi.   Nechin   dexqonchilik   voxasida   esa   moddiy   madaniyati
Dashtli   madaniyatiga   bo’lgan   bronza   davri   yodgorligi   borligi   xususida
ma’lumotlar   bor   xolos   V.I.   Sarianidining   Janubiy   Baqtriya   hududlarida
olib  borgan  tadqiqotlari shuni  ko’rsatadiki, ayrim dexqonchilik  voxalar
15 Davlatobod, Faruxobod yagona siyosiy tizimga ega bo’lmagan, ulardan
bir-biridan   ijtimoiy   jihatidan   farq   qilmaydigan   yodgorliklar   uyushmasi
joylashgan   bo’lib   Dashtli   dexqonchilik   voxasini   esa   to’liq   shakllangan
tipidagi   ilk   davlat   deb   baholash   mumkin.   Bu   ulkan   o’zining   siyosiy
markaz atrofida jamlangan qal’a va qishloqlariga ega bo’lgan. Qadimgi
Sharqda ilk davlatchilikning shakllanishi yozma va arxeologik manbalar
asosida   o’rganilgan.   Davlatchilikning   shakillanishi   borasida   kechgan
tarixiy   jarayonni     chuqurroq   anglash,   mavzuni   yoritishda   mazkur
manbalaridan qiyosiy foydalanish, ilmiy muammoni tarixiy retrospektiv
o’rganish   maqsadida   qadimgi   sivilizatsiya   o’choqlarida   ushbu   mavzu
bo’yicha   qilingan   ishlarning   bayoniga   qisqacha   to’xtaldik   boz   ustiga
O’zbekiston hududida ilk davlatlarning paydo bo’lishi masalasi birimchi
marotaba   mavzu   sifatida   o’rganilayotganini   inobatga   olib   ilk
davlatchilikga iod manabalarni analitik taqqoslash maqsadida Qadimgi
Sharqning   sivilizatsiya   markazlarida   shahar   davlatlarining   shakllanish
jarayoni   qisqacha   yoritiladi.   Natijada   O’zbekistonda   davlatchilikning
paydo   bo’lishi       jarayonini   Qadimgi   sharq   dunyosi   davlatchiligi   bilan
qiyosiy taqqoslab o’rganildi. 4
Mil.avv.   IV   ming   yillik   so’ngida   insoniyat   tarixida   ilk   marotaba
shakllangan   ilk   davlatchilik   munosabatlari   jarayoni   mil.avv.   III   ming
yillikda   sharqa   –   Eron   Hindiston   tomonidan   kengayadi.   Ilk   davlatchilik
munosabatlari   mil.avv.   III   ming   yillik   so’ngida   Janubiy
Turkmanistonning   Tejin,   Murg’ob   voxalarida,   II   ming   yillik   boshlarida
esa   Baqtriyada   ham   shakllanganligini   Sopolli   madaniyatiga   turdosh
dashtli   madaniyati   misolida   tanishdik.   Qadimgi   sharqda   kechgan
ushbu   tarixiy   jarayonni   Jarqo’ton   misolida   qarab   chiqish   imkoniyati
to’g’ildi.   Albatta   davlatchilikning   shaklllanishida   umumiy   yo’nalishlar
bilan   birga   har   bir   hududning   o’ziga   xosligi   ham   kuzatiladi   manashu
o’ziga   xoslikni   aniqlash   maqsadida   Qadimgi   Sharq   va   Sopolli
madaniyati shahr davlarlarini taqqoslash va yangi ilmiy xulosalar olish
imkoniyati   to’g’ildi.     O ʻ rta   Osiyoning   bronza   va   ilk   temir   davri
4
 Сарианиди В.И. Древние земледелыцы Афгфнистана. –С. 22-26
16 yodgorliklarini   davrlashtirish   masalasi   arxeologiya   fanida   eng   dolzarb
muammolardan   biri   hisoblanadi.   Bu   masalada   tadqiqotchilarning
fikrlari   ham   har   xil.   Uzoq   yillar   fanda   V.M.   Massonning   namozgoh   va
Yoz depe yodgorliklari asosida ishlab chiqilgan xronologik jadvali O ʻ rta
Osiyoning   bronza   va   ilk   temir   davri   yodgorliklarining   xronologiyasini
aniqlashda asosiy “dastur ul amal” sifatida qo ʻ llanib kelindi. Shu jadval
asosida   O ʻ rta   Osiyoning   boshqa   bronza   va   ilk   temir   davri
yodgorliklarining   xronologik   davri   aniqlandi.   Har   bir   yodgorlik   yoki
madaniyatning   xronologik   davrini   aniqlashda   yodgorlikning   ichki
stratigrafiyasi   asosida   ketma-ket   madaniy   qatlamlardan   olingan
namunalarni   boshqa   madaniyat   ashyolari   bilan   taqqoslash   tufayli
obyektning   xronologik   davri   aniqlanadi.   Bu   arxeologiya   amaliyotida
keng   qo ʻ llanib   kelingan   eng   ishonchli   usullardan   biri   hisoblanadi.
Sopolli,   Kuchuk   va   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatlarining   xronologiyasi
xuddi   shu   usulda   shlab   chiqilgan.     Qadimgi   madaniyatlarning   yoshini
aniqlashda keng qo ʻ llanib kelinayotgan yana bir usul – bu radiouglerod
usulidir   (C/14).   Madaniyatlararo   keng   tarqalgan   ashyolar   yordamida
yodgorlik   xronologiyasini   aniqlash   ishonchli   usullardan   hisoblanadi.
Masalan,   Qadimgi   Sharq   madaniyatlarida   keng   tarqalgan   xlorid
(steotit),   lazurit,   argelit   toshlardan   yasalgan   bejirim   buyumlarni   aytib
o ʻ tishimiz mumkin. Ushbu usul Sopolli madaniyati xronologiyasi uchun
birinchi   marta   qo ʻ llanilmoqda.   Negaki,   shu   Singari   idishlar   Jarqo ʻ ton
yodgorligidan so ʻ nggi yillarda topildi. Ma ʼ lumki, Sopolli va Kuchuktepa
madaniyatlari   yodgorliklarining   Xronologik   davrini   aniqlashda   asosan
Nomozgoh   va   Yoz   depening   xronologik   davri   asos   qilib   olingan   edi.
A.A.   Asqarov   va   u   yaratgan   arxeologiya   maktabi   a’zolari   tomonidan
so ʻ nggi  yillarda   Shimoliy  Baqtriyaning  bronza   va   ilk   temir  davri  uchun
o ʻ ziga   xos   xronologik   davrlashtirish   jadvali   taklif   etildi.   Bu   jadvalga
ko ʻ ra Sopolli madaniyati 5 ta bosqichga bo ʻ lindi:
1) Sopolli
2)  Jarqo ʻ ton
3)  Ko ʻ zali
17 4)  Mo ʻ lali
5) Bo ʻ ston
. Davr jihatidan bu xronologik jadval mil.av. XVII – X asrlarni o ʻ z ichiga
oladi.   O ʻ z   navbatida   Shimoliy   Baqtriyaning   ilk   temir   davri   4   ta
bosqichga:
1) Kuchuk I
2) Kuchuk II
3)  Kuchuk III
4)  Kuchuk IV 5
  Davr   jihatidan   ilk   temir   davri   mil . avv .   X - IV   asrlarni   o ʻ z   ichiga   oladi .
Bronza va ilk temir davri yodgorliklarida ikki xil – gorizontal va vertikal
stratigrafiya kuzatilgan.
II.   Qadimgi   Baqtriya   podshohligi   va   Axamoniylar     davri
yodgorliklari. 
Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar   Baqtriya   podshohligining   mavjud
bo ʻ lganligi Ktesiy ma ʼ lumotlariga borib taqalishini birinchi bobda eslab
oʻtgan   edik.   Ahamoniylar   imperiyasi   o ʻ rnatilishiga   qadar   Baqtriya
podshohligi   bo ʻ lgan   yoki   bo ʻ lmaganligi   xususidagi   munozaralar   tarix
fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu
masala   bo ʻ yicha   yozma   va   arxeologik   manbalar   asosida   jo ʻ yali   gapni
aytish lozim deb hisoblaymiz. Qadimgi Baqtriya podshohligi masalasini
yoritishda   Baqtriya   Ossuriya   munosabatlariga   qaytsak,   negaki
Ktesiyning   Ossuriya   shohi   Nin   va   Semiramidaning   Baqtriyaga   yurishi
voqealari   va   bu   yurishlar   tafsilotlari   natijasida   tarix   fanida   Qadimgi
Baqtriya   podshohligi   nazariyasi   paydo   bo ʻ lgan.   Ahamoniylar
imperiyasiga   qadar   Qadimgi   Baqtriya   podshohligining   bo ʻ lgan   yoki
bo ʻ lmaganligi   ikki   xil   –   yozma   va   arxeologik   manbalar   asosida   o ʻ z
yechimini   topadi.   Eng   ishonchsiz   yozma   manbalar   sifatida   yoritilib
kelinayotgan   Sisamitra   va   Ninning   Baqtriyaga   yurishi   voqealari   tarix
faniga   kirib   kelishi   bilan   olimlar   o ʻ rtasida   bu   manbaga   qiziqish   ortib
5
 А. Аскаров, Алъбаум И. Последние Кучуктепе..-С.37-41.
18 borgan   va   bu   masala   dissertatsiyaning   birinchi   bobida   yetarlicha
yoritilgan   deb   hisoblaymiz.   O ʻ zbek   davlatchiligi   tarixshunosligida
Ktesiyning   ushbu   ma ʼ lumoti   to ʻ liq   yoritilmagan.   Quyida   shu
ma ʼ lumotni to ʻ liq keltirib oʻtamiz: 
- “Bu qurilish ishlari (Niniya shahri qurilishlari nazarda tutilmoqda)
Ninning janglarga bo ʻ lgan ishtiyoqini birmuncha ham so ʻ ndirgani
yo ʻ q.   UBaqtriyaga   bir   necha   marotaba   bosqinchilik   yurishlarini
amalga   oshirgan   bo ʻ lsa-da,   ammo   Baqtriya   yerlarini   egallay
olmagan.   Nin,   Baqtriyani   bosib   olish   rejasini   tuza   boshladi.   Bu
urush   davomida   birinchi   marotaba   Semiramida   ham   hamrohlik
qildi.   U   Askolonda   eng   obro ʻ li   hisoblangan   yaratuvchi   tabiat
xudosi Derketoning (Atergati) qizi bo ʻ lib, Derketo bu bola (qiz) ni
o ʻ limga   mahkum   etilgan   mahbus   bilan   sirli   sevgi   natijasida
dunyoga   keltirgan,   Sim   ismli   boshqa   bir   shaharlik   bolani   topib
oladi   va   o ʻ z   tarbiyasiga   oldi.   Shundan   so ʻ ng   Suriya   hukmdori
Oannes   Semiramidaning   go ʻ zalligiga   oshiq   bo ʻ lib   uylandi,
Baqtriyaga   qilingan   urushda   ular   jangchilarga   hamkorlik   qildi.
Semiramidaning   bir   mardonavar   harakati   uni   shohlik
darajasigacha   ko ʻ tardi.   Nin   ochiq   maydonda   Baqtriyaliklarni
mag ʻ lub   etgandan   so ʻ ng,   ularning   poytaxtini   uzoq   vaqt   natijasiz
qamal   qiladi,   shunda   Semiramida   oddiy   jangchi   kiyimini   kiyib,
sotqin   ayg ʻ oqchilar   yordamida   shaharga   kiradi   va   dushman
qoʻshinlari   bilan   til   biriktirgani   haqida   Ninga   habar   beradi,
shundan   so ʻ ng   Nin   shaharni   egallaydi,   Nin   Oannesdan
Semiramidani   tortib   olib,   xotin   qilib   oladi,   hech   qancha   o ʻ tmay
Nin  o ʻ ladi va  o ʻ limi  oldidan  Semiramidani saltanatning hukmdori
etib tayinlaydi” 6
Fanda   bu   manba   Ktesiyning   to ʻ qimalari,   hech   qanday   tarixiy   haqiqat
yo ʻ qligi   xususida   yozilib,   Ossuriya   tarixida   Nin   va   Semiramida   kabi
shohlar   umuman   bo ʻ lmaganligi   yevropa   olimlari   tomonidan   XVII   asr
oʻrtalaridayoq   aytib   o ʻ tilgan   bo ʻ lsa,   bu   masala   rus   adabiyotida   o ʻ tgan
asrning   oʻrtalarida   eng   qizg ʻ in   masalaga   aylangan.   Ushbu   masala
6
 Sh. Shaydullaev-O’zbekiston davltchiligi paydo bo’lishi: Dessrtatsiya 217-b
19 bo ʻ yicha   Ossuriya   shohlari   keltiriladigan   habarlarning,   ya ʼ ni   lazurit
bilan   bog ʻ liq   bo ʻ lgan   ma ʼ lumotlar   va   bunga   qarshi   xalq   qo ʻ zg ʻ olonlari
va   Ossuriya   shohidan   yordam   so ʻ rab   yozgan   ayg ʻ oqchining   nomalari
haqidagi   ma ʼ lumotlarning   Baqtriyaga   taalluqli   joyi   yo ʻ qligi
tadqiqotchilar   tomonidan   ta ʼ kidlanmoqda   va   ishonchli   dalillar   bilan
inkor   etilmoqda.   Eslab   o ʻ tilgan   yozma   manbalarning   Baqtriyaga
taalluqli   emasligi   vaziyatni   o ʻ zgartirmaydi,   ya ʼ ni   Ahamoniylar
imperiyasiga   qadar   Baqtriya   podshohligining   faoliyat   etganligini
“Báhlika”   (Baxlika)   to ʻ g ʻ risidagi   hind   manbalari   orqali   isbotlash
mumkin.   E.A.   Grantovskiy   ushbu   qadimgi   hind   manbasining   Mil.av.   V
asrdan oldingi davrlarga oidligini aytib “Báhlika” terminini “Avesta”dagi
“Baxtis”, qadimgi fors manbalaridagi “BaxtriŠ” yoki “Balx”-“Baxl” so ʻ zlari
bilan   taqqoslaydi   va   ushbu   geografik   va   etnik   terminni   qat ʼ iy   tarzda
Baqtriya   bilan   bog ʻ laydi.   So ʻ nggi   yillarda   fan   olamiga   kirib   kelgan
ushbu   manba   haqiqatan   ham   Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar
Baqtriya podshohligining mavjud bo ʻ lganligini ko ʻ rsatadi. Ahamoniylar
imperiyasining   O ʻ rta   Osiyoda   egallagan   hududlari   va   Sarhadlari
masalasini   A.S.   Sagdullayev   silindrsimon   shaklli   idishlarning   tarqalish
hududlari   bilan   belgilashni   taklif   etadi.   Xuddi   shu   usul   bilan   Qadimgi
Baqtriya   podshohligi   hududlari   va   sarhadlarini   aniqlasak   maqsadga
muvofiq bo ʻ ladi. Negaki, silindrsimon idishlar tayyorlash faqat Baqtriya
va Marg ʻ iyonaga xos bo ʻ lib, davr o ʻ tishi bilan shu idishlarning tarqalish
geografiyasi kengayib borishi kuzatilgan, ya ʼ ni Kuchuk II davrida faqat
Baqtriya va Marg ʻ iyona hududlari, Kuchuk III davrida karvon yo ʻ li orqali
So ʻ g ʻ diyonaning   Baqtriyaga   chegaradosh   hududlarida,   Kuchuk   IV
davrida   butun   So ʻ gʻd   hududi   va   suv   yo ʻ li   orqali   qadimgi   Xorazm
hududlariga tarqalishi kuzatiladi. 
Qadimgi Baqtriya madaniyatining shakllanishi. 
Shimoliy   Baqtriya   hududidagi   ilk   temir   davri   yodgorliklarining
stratigrafik   qatlamlari   shuni   ko ʻ rsatadiki,   Kuchuktepa   madaniyati
(Kuchuk   I)   eng   uzog ʻ i   bilan   uchta   qurilish   davri   davomida   faoliyat
etgan.   Kuchuk   II   davriga   kelib,   kulolchilik   sohasida   Sopolli   madaniyati
20 an ʼ analarining   qayta   tiklanish   jarayoni   kechadi.   Endi   barcha   sopol
buyumlar   kulolchilik   charxida   yasaladigan   bo ʻ lgan.   Sopol   buyumlari
shakl   jihatidan   Sopolli   madaniyati   sopollaridan   tubdan   farq   qilsa-da,
yasalish   texnikasi   va   uslubi   bo ʻ yicha   deyarli   farq   qilmaydi. 7
Kuchuktepada   o ʻ tkazilgan   tadqiqotlar   shuni   tasdiqlaydiki,   sopol
charxiga   o ʻ tish   evolyutsion   yo ʻ l   bilan   amalga   oshgan.   Agar
Kuchuktepaning   eng  quyi   qatlamlarida   72   foiz  sopollar  qo ʻ lda,   28   foiz
sopollar   charxda   yasalganligi   kuzatilgan   bo ʻ lsa,   vaqt   o ʻ tishi   bilan
charxda   yasalgan   sopollarning   nisbati   oshib,   Kuchuk   II   davriga   kelib
sopollar   100   foiz   charxda   yasalganligi   kuzatilgan.   Hattoki,   oshxona
idishlari – qozonlar ham yasalib bo ʻ lgandan so ʻ ng charxlarda ularga jilo
berilganligi qayd etildi. Kuchuk II davridan boshlab Baqtriya hududida
Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining   shakllanganligini   akademik   A.A.
Asqarov   o ʻ z   asarlarida   ko ʻ rsatib   bergan.   Yuqorida   eslab   o ʻ tilgan
yodgorliklar stratigrafiyasi va madaniy qatlamlaridan topilgan sopollar
statistikasi   shuni   tasdiqlaydiki,   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati
Kuchuktepa   madaniyati   tarkibida,   Sopolli   madaniyati   an ʼ analarining
tiklanishi   asosida   paydo   bo ʻ lgan.   Biz   o ʻ z   tadqiqotlarimiz   davomida
masalaning   hech   kim   etibor   bermagan   tomoniga,   ya ʼ ni   Kuchuk   I
davrida  charxda ishlangan  sopollar majmuasiga  etiborimizni  qaratdik.
Natijada,   Kuchuktepa   madaniyatining(qo ʻ lda   ishlangan   sopollar
majmuasi)   eng   rivojlangan   paytida   ham   ayrim   yodgorliklarda,
jumladan   Kuchuktepa,   Jarqo ʻ tonda   sopollarni   charxda   yasash
udumining   unutilmaganligining,   hayot   tarzidan   to ʻ liq   chiqarib
yuborilmaganligining guvohi bo ʻ ldik. Agar Kuchuk Ia, ya ʼ ni Kuchuktepa
madaniyatining   ilk   davrida   sopol   idishlarning   4   ta   tipi   sopol   charxida
yasalgan   bo ʻ lsa,   Kuchuk   Ib   davriga   kelib,   umum   sopollarning   70   foizi
charxlarda   yasalganligining   guvohi   bo ʻ ldik   va   ular   7   ta   tipni   tashkil
etadi. Kuchuk I davridagi, charxda yasalgan sopollar shakli oddiylikdan
murakkablikka   tomon   o ʻ sgan.   Uning   ilk   davrida   eng   oddiy   shaklli
idishlar   (kosa,   chapya)   charxda   yasalgan   bo ʻ lsa,   so ʻ nggi   davrga   kelib,
geometrik   shaklli   silindrsimon   idishlarning   yasalganligini   ko ʻ rishimiz
7
 А. Аскаров, Алъбаум И. Поселение Кучуктепа ..-С 8
21 mumkin.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   geometrik   shaklli
silindrsimon   idishlar   ushbu   madaniyat   kulolchiligining   eng   xarakterli
tomoni bo ʻ lib qoladi. Bu ma ʼ lumotlar Qadimgi Baqtriya madaniyatining
shakllanishi borasidagi statistik va ashyoviy dalillar bo ʻ lib xizmat qiladi.
Uchta   qurilish   davri   davomida   faoliyat   etgan   Kuchuktepa   madaniyati
Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   bilan   almashadi.   Yangi   paydo   bo ʻ lgan
madaniyat   evolyutsion   yo ʻ l   bilan,   Kuchuktepa   madaniyati   tarkibidan
o ʻ sib   chiqqan.   Biz   taklif   etayotgan   xronologik   davrlashtirishga   ko ʻ ra
Qadimgi  Baqtriya   madaniyatining  shakllanishi   mil.av.   I   ming   yillikning
boshlari   bilan   sanalanadi.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining   ilk   davri
moddiy madaniyati ashyolari (Kuchuk II, Kuchuk III) faqatgina Baqtriya
va   Marg ʻ iyona   hududlaridagina   uchraydi   (Kuchuktepa,   Qiziltepa,
Tillatepa,   Yoz   depe   va   boshqalar).   Bundan   shunday   xulosa   qilsa
bo ʻ ladiki,   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   Baqtriya   va   Marg ʻ iyona
hududlarida shakllangan. 
  Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   yodgorliklari,   tipologiyasi   va
joylashishi. 
Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davri   yodgorliklarini   o ʻ rganish   metodik
jihatdan   biroz   qiyinchiliklar   tug ʻ diradi,   negaki   shu   davr   yodgorliklari
so ʻ nggi   davrlar,   ya ʼ ni   Ahamoniylar   va   ilk   antik   davrlar   madaniy
qatlamlari   bilan   qoplanib   qolgan.   Shunday   bo ʻ lsa-da,   o ʻ tkazilgan
arxeologik   tadqiqotlar   natijasi   o ʻ laroq,   yodgorliklarning   joylashish
uslublari   va   tipologiyasini   yoritishni   va   shu   usul   orqali   Qadimgi
Baqtriya   shohligining   shakllanish   jarayonini   kuzatishni   maqsad   qildik.
Qadimgi Baqtriya madaniyatining ilk davri madaniy qatlamlari (Kuchuk
II)   faqat   Kuchuk   I   davri   yodgorliklarida   uchraydi.   Ular   Shimoliy
Baqtriyaning   yettita   va   janubiy   Baqtriyaning   quyidagi   to ʻ rtta
dehqonchilik o ʻ lkalarida joylashgan:
1) Sherobod dehqonchilik o ʻ lkasi. Ko ʻ hitangtog ʻ  yon bag ʻ ri yaylovlari
va   Ulanbuloqsoy   va   Sherobod   daryolari   havzalarini   o ʻ z   ichiga
oladi.   Kuchuk   I   davrida   vohaning   markazi   rolini   Kuchuktepa
22 yodgorligi  bajargan  bo ʻ lsa,  Qadimgi  Baqtriya  madaniyati  davriga
kelib   bu   o ʻ lkada   Jondavlattepa   shahri   bunyod   etiladi   va   u
vohaning   markazi   vazifasini   o ʻ taydi.   Agar   Kuchuktepa   strategik
jihatdan   noqulay,   kichik   suv   o ʻ zani   bo ʻ yida   joylashgan
bo ʻ lsa,Jondavlattepa   Sherobod   daryo   o ʻ zanida,   xalqaro   savdo,
ya ʼ ni   Maroqand   –   Baqtra   yo ʻ li   ustida   joylashganligi   bilan
xarakterlanadi.  Jondavlattepaning umumiy  maydoni  8 gektardan
iborat   bo ʻ lib,   ark   va   shahar   qismlaridan   iborat.   Yodgorlikda
o ʻ tkazilgan   stratigrafik   tadqiqotlar   bu   yerda   mil.av.   VIII   asrdan
boshlab,   eramizning   IV   asrigacha   shahar   hayoti   davom
etganligini   ko ʻ rsatdi.   Sherobod   dehqonchilik   o ʻ lkasida
Jondavlattepadan   tashqari   Kuchuktepa,   Talashqontepa   I   kabi
yodgorliklar joylashgan.
2) Boysun   dehqonchilik   o ʻ lkasi   o ʻ z   tarkibiga   Boysuntog ʻ   yon   bag ʻ ri
yaylovlari,   Bandixonsoy,   Mirshodi   suv   havzalarini   birlashtiradi.
Hamma   suv   havzalari   Boysuntog ʻ dan   boshlanishi   bilan
xarakterlanadi.   Vohaning   markazi   maydoni   22   gektardan   iborat
bo ʻ lgan   Qiziltepa   yodgorligidir.   Qiziltepa   qizil   I   (Kuchuk   I)
davridan   faoliyat   etgan.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davridan
boshlab   u   ikki   qismdan   –   ark   va   shahar   qismdan   iborat   bo ʻ lgan.
O ʻ z   davrining   eng   rivojlangan   fortifikatsiya   elementlari   bu
yodgorlikda   namoyon   bo ʻ lgan.   Qiziltepa   atrofida   kichik
yodgorliklar guruh-uruh bo ʻ lib joylashgan.
3) Surxon   dehqonchilik   o ʻ lkasi   Surxondaryoning   o ʻ rta   oqimi
hududlarini   birlashtirgan.   Bu   yerda   Xaitobodtepa   vohaning
markazi   vazifasini   bajargan.   Xaitobodtepa   tashqi   tuzilishi
jihatidan   Sherobod   vohasining   markazi   Jondavlattepadan   deyarli
farq qilmaydi.   U ham ark va shahar qismdan iborat bo ʻ lib, kuchli
mudofaalangan   shaharlar   toifasiga   kiradi.   Xaitobodtepa
yodgorligiga   ham   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   asos
solingan.   Xaitobodtepa   shahristonining   mudofaa   devorlari
hududida   olib   borilgan   tadqiqotlar   shuni   ko ʻ rsatdiki,   uning
mudofaa   devori   5   metr   qalinlikda   bo ʻ lib,   yirik   to ʻ g ʻ ri   to ʻ rt
burchakli   g ʻ ishtlardan   terilgan   (50-58x30x12-14   sm).   Mudofaa
devor   8   metr   qalinlikdagi,   1,5   metr   balandlikdagi,   paxsadan
23 qurilgan   poydevor   ustida   qurilganligi   Qadimgi   Baqtriya
madaniyati   fortifikatsiyasida   yangilik   sifatida   e ʼ tirof   etilgan.
Xaitobodtepa atrofida ham Bandixonsoytepa kabi qishloq tipidagi
yodgorliklar joylashgan.
4) Kofirnihon   dehqonchilik   o ʻ lkasida   ikkita   sug ʻ orilish   rayoni   bo ʻ lib,
birinchisi   Kofirnihon   daryosining   Changob   o ʻ zani   hududlarini
birlashtiradi. Bu yerda Hisor qal ʼ asining quyi qatlamlari, Tupxona
sopollari   uyumi   yodgorliklari   joylashgan.   Ikkinchi   sug ʻ orilish
rayoniga   Kofirnihon   daryosi   o ʻ zanlari   kiradi.   Bu   yerda   Kalai-Mir
yodgorligi   va   Naxri-kalon   kanali   joylashgan.   O ʻ lkaning   markazi
Kalai-Mir yodgorligi hisoblanadi.
5) Vaxsh   dehqonchilik   o ʻ lkasida   ham   ikkita   sug ʻ orilish   rayoni
kuzatiladi.   Bular   Vaxsh   daryosining   Yavan-su   o ʻ zani   bo ʻ lsa,
ikkinchisi   Vaxsh   daryosining   chap   qirg ʻ oq   hududlarini   o ʻ z   ichiga
oladi.   Yavan-suda   Tomoshotepa   va   Sho ʻ raisoy   yodgorliklari,
Vaxshda   esa   Bolday   tepa   yodgorligi   va   Bolday   kanallari   shu
davrga oid.
6) Panj   dehqonchilik   o ʻ lkasi   shu   nomli   daryo   o ʻ zanlarini   o ʻ z   ichiga
olib, bu o ʻ lkada Baydudasht yodgorliklari joylashgan ( Baytudasht
I-VI).  Vohaning markazi Baytudasht IV yodgorligi hisoblanadi.
7) Qizil-su   dehqonchilik   o ʻ lkasi   hududi   Qizil-su   daryosining   quyi
oqimlarini   o ʻ z   ichiga   oladi.   Bu   yerda   Makoni-mor   yodgorligi
joylashgan. 8
 
Janubiy   Baqtriya   hududida   shu   davr   yodgorliklari   to ʻ rtta   dehqonchilik
oʻlkasida   joylashgan   bo ʻ lib,   bular   Dashtli,   Faruxobod,   Oltin-Dilyor   va
Naibobod   o ʻ lkalaridir.   Har   bir   dehqonchilik   o ʻ lkasi   alohida   joylashgan
mustaqil   iqtisodiy   rayon   bo ʻ lib   hisoblanadi.   Negaki,   har   bir   o ʻ lka
o ʻ zining tabiiy yoki sun ʼ iy suv bazasiga ega ekanligi shu fikrga kelishga
asos   bo ʻ ladi.   Yana   shuni   ham   aytish   mumkinki,   har   bir   dehqonchilik
o ʻ lkasi   Qadimgi   Baqtriya   podshohligi   tarkibidagi   kichik-kichik   siyosiy
hududlar   bo ʻ lib   hisoblangan.   Bu   fikrga   kelishimizga   sabab   shuki,   har
bir   dehqonchilik   o ʻ lkasi   o ʻ zining   siyosiy   markaziga   –   bosh   shahar
yodgorligi   va   uning   atrofida   uyushgan   qishloqlar   tipidagi
8
 Абдуллаев А.Л. Памиятники раннежелезного века Южного Тажикистана…-Б.3
24 yodgorliklarning   jamlanganligidir.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati
yodgorliklarini quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
1) Shaharlar. Ular har bir dehqonchilik o ʻ lkasida bittadan joylashgan
bo ʻ lib,   ikki   qismdan   (ark   va   shahar)   iborat.   Umumiy   maydoni   22
gektargacha   boradi.   Ark   ham,   shahar   qism   ham   yuqori
rivojlangan mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan (Qiziltepa,
Xaitobodtepa, Jondavlattepa va boshqalar). Mudofaa devorlari 5-8
metr qalinlikda bo ʻ lib, Xaitobodtepada mudofaa devori platforma
ustida  qurilganligi  kuzatilgan.   Hamma   mudofaa   devorlari  burjlar
bilan   mustahkamlangan.   Xuddi   shu   davrda   Baqtriyada   mudofaa
devorlari   va   burjlarga   shinaklar   o ʻ rnatish   boshlangan.   Shinaklar
uzunchoq, to ʻ g ʻ rito ʻ rtburchak shaklida yasalgan.
2) Qishloqlar.   Tarqoq   holda   joylashgan   tepaliklar   majmuasidan
iborat   bo ʻ lgan   yodgorliklar   (Bandixon   II   yodgorligi   atrofida
joylashgan yodgorliklar majmuasi).
3) Harbiy   istehkomlar.   Doira   va   kvadrat   shaklida   qurilgan   qal ʼ alar.
Ushbu   tipga   oid   yodgorliklar  kuchli   mudofaalanganligi   va   harbiy
xarakterga   egaligi   bilan   xarakterlanadi   (Talashqontepa   I,
Bandixon   II).   Qal ʼ aning   ichki   qismi   ochiq   hovlidan   iborat   bo ʻ lib,
yashash   uylari   faqat   mudofaa   devorlari   bo ʻ ylab   qurilganligi
kuzatilgan.
4) Qo ʻ rg ʻ onlar.   Shaharlar   va   qishloqlar   atrofida   joylashgan,   kichik
yodgorliklar (Qizilcha I, VI). 9
 
Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   harbiy   ishlar   va   harbiy
qurilishlarga   alohida   e ʼ tibor   berilgan.   Bunday   deyishimizga   yetarlicha
arxeologik   ma ʼ lumotlar   to ʻ plangan.   Shaharlar   eng   rivojlangan
fortifikatsiya   bilan   mudofaa   qilingan   bo ʻ lsa   (Qiziltepa,   Xaitobodtepa),
harbiy   istehkomlar   alohida   mudofaa   inshootlari   sifatida   shakllanadi
(Talashqontepa   I,   Bandixontepa   II).   Qadimgi   Baqtriya   podsholigi
davrida harbiy ishlar sohasida fortifikatsiya ilmi rivojiga alohida e ʼ tibor
beriladi.   Eng   oddiy   planirovkaga   ega   bo ʻ lgan   qo ʻ rg ʻ onlar   ham   o ʻ ziga
xos   fortifikatsiyaga   –   mudofaa   inshootiga   ega   bo ʻ lgan   (   Qizilcha   VI,
9
 Sh. Shaydullaev-O’zbekiston davlatchiligining paydo bo’lishi: Dessrtatsiya 22-b
25 Qizilcha   I).   Bu   davrga   kelib   baland   platforma   ustiga   uy   qurilishiga
barham   berilgan   bo ʻ lsa-da,   Kuchuk   Idavrida   qurilgan   shunday
inshootlardan   foydalanib   kelinadi   va   ular   ham   qo ʻ shimcha   mudofaa
devorlari   bilan   o ʻ raladi   (Kuchuktepa,   Qiziltepa   arki).   Oltindilyor
yodgorligi   planirovkasiga   alohida   yondashishga   to ʻ g ʻ ri   keladi.   U   keng
hududni   mudofaa   qilishga   mo ʻ ljallangan   inshootga   ega   bo ʻ lib,   bir
necha   qator   mudofaa   devoriga   ega,   devorlar   yarim   aylana   shaklidagi
burjlar bilan mustahkamlangan.
Shaharlarning  ark   va   shahar  qismi   ham  mudofaa   devorlari   bilan
o ʻ rab   olinganligi   va   ayni   vaqtda   chuqur   va   keng   handaqlarning   ham
qazilganligining   guvohi   bo ʻ lamiz   (Xaitobodtepa,   Qiziltepa).
Shaharlarning   mudofaa   devorlari   poydevorlar   ustiga   qurilib,   devor
qalinligi   5   metrgacha   boradi.   Mudofaa   devorlariga   burjlar   o ʻ rnatilib,
Shaharlarning   mudofaa   qudrati   yanada   oshirilgan.   Devorlar   ham,
burjlar   ham   shinaklar   bilan   ta ʼ minlangan.   O ʻ rta   Osiyo   arxeologiyasida
mudofaa devorilarga burjlar o ʻ rnatish bronza davridan ma ʼ lum bo ʻ lsa-
da, ularga shinaklar qo ʻ yish ilk marotaba Qadimgi Baqtriya madaniyati
davrida   kashf   etilganligi  shu   davrda   mudofaa   ishlariga   alohida   e ʼ tibor
berilganligiga   yana   bir   bor   ishoradir.   Mudofaa   inshootlarining
takomillashuvi   jang   qurollarining   takomillashuvi   bilan   mutanosib
ravishda   kechgan.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   ilk   marotaba
uch   qirrali   paykonlarning   kashf   etilganligini   kuzatishimiz   mumkin
(Talashqontepa).   Uch   parrakli   paykonlarning   paydo   bo ʻ lishi   va
tarqalishi   borasida   izlanishlar   olib   borgan   tadqiqotchi   T.
Sulimirskiyning   yozishicha   bunday   paykonlar   Old   Osiyoda   VII   asrda,
Misrda VI-V asrlarda, Gretsiyada V asrda paydo bo ʻ lsa, Erondagi mil.av.
I   ming   yillikning   birinchi   yarmiga   oid   quyidagi   8   ta   yodgorlikda
topilgan: 
1) Sialk
2) Zindoni-Sulaymon
3) Xasanlu
4) Zeviye
26 5) Bobojontepa
6) Suz
7) Persopol
8) Amlash
Ushbu   taqqoslashdan   bilinadiki,   harbiy   bilimlarning   rivojini
ko ʻ rsatuvchi   uch   parrakli   paykon   Baqtriyada   ham   Qadimgi   Sharqning
madaniyat   markazlari   bilan   bir   vaqtda   paydo   bo ʻ lgan.   Nafaqat   harbiy
ishlar,   balki  sun ʼ iy  sug ʻ orishga  asoslangan   dehqonchilik   ham  Qadimgi
Baqtriya   madaniyati   davrida   o ʻ zining   eng   rivojlangan   cho ʻ qqisiga
yetgan.   Bandixon   dehqonchilik   o ʻ lkasidagi   Bandixon   kanali,   Vaxsh
dehqonchilik   o ʻ lkasidagi   Bolday   kanali,   Kofirnihon   dehqonchilik
o ʻ lkasidagi   Naxri-kalon   kanallari   fikrimizning   isbotidir.   Eslab   o ʻ tilgan
kanallar   bo ʻ ylarida   Qadimgi   Baqtriyaning   ilk   davriga   oid   moddiy
madaniyat   ashyolari   uchragan   va   shu   kanallar   faoliyatisiz   bu
yodgorliklarda ham hayotning bo ʻ lishi mumkin emas edi.
Shimoliy   Afg ʻ oniston   hududidagi   qadimgi   dehqonchilik   o ʻ lkalari
asosan   Balxob   daryosining   quyi   oqimlarida   joylashgan   va   doimiy   suv
bilan   ta ʼ minlangan.   Faqat   Naibobod   dehqonchilik   o ʻ lkasi   bundan
mustasno, bu oʻlka qisqa muddatli tabiiy suv bilan ta ʼ minlangan, xolos.
Dashtli,   Oltindilyor   dehqonchilik   o ʻ lkalarida   Qadimgi   Baqtriya
madaniyati   davrida   ilk   marotaba   kanallar   qazilgan.   Qadimgi   Baqtriya
madaniyati   yuqorida   ta ʼ kidlab   o ʻ tganimizdek   Kuchuktepa   madaniyati
tarkibida   shakllangan,   shuning   uchun   ham   uning   moddiy   madaniyati
Kuchuktepa   madaniyati   tarqalgan   hududlardagina   uchraydi.   Ushbu
madaniyat   ashyolari   o ʻ zining   ilk   davrida   boshqa   hududlarda
uchramaydi .   Shu   ma ʼ noda   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining
shakllangan   hududi   sifatida   Baqtriya   va   Marg ʻ iyonani   ko ʻ rsatib
o ʻ tishimiz   mumkin .   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   rivojlanib ,   Kuchuk   III
davriga   kelganda   yodgorliklar   soni   oshib   boradi   va   butun   Baqtriya   va
So ʻ g ʻ dning   Baqtriyaga   qo ʻ shni   hududlari   bo ʻ ylab   tarqaladi .   Kuchuk   IV
davriga   kelib   esa ,  bu   madaniyat   Baqtriya   sarhadlaridan   oshib ,  suv   yo ʻ li
27 orqali   Quyi   Amudaryo   ( Quyisoy   madaniyati ),   quruqlik   yo ʻ li   orqali   esa
butun   So ʻ g ʻ d   hududlariga   tarqaladi .
  Baqtriyaning   Ahamoniylar   davri   yodgorliklari,   tipologiyasi   va
ularni rayonlashtirish.
Baqtriya mil.av. VI-IV asrlarda Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan
bo ʻ lsa-da,   uning   moddiy   madaniyatida,   me ʼ morchilik,   shaharsozlik
sohalarida   ahamoniylarning   madaniy   ta ʼ siri   sezilmaganligi,   ya ʼ ni   o ʻ z
yo ʻ lida   rivojlanganligi   ko ʻ plab   tadqiqotchilar   tomonidan   qayd   etilgan.
O ʻ zgarishlar   geografik   bo ʻ linish   va   siyosiy   boshqaruv   sohalarida
amalga   oshirilganligi   xususida   ham   tadqiqotchilar   o ʻ z   fikrlarini
aytishgan.   Ahamoniylar   imperiyasining   XII   catrapi   hisoblangan
Baqtriya   oʻlkasida   arxeologlar   tomonidan   o ʻ tgan   asrning   50   yillaridan
boshlabAhamoniylar davri yodgorliklari o ʻ rganilib kelinmoqda. Dastlab,
Janubiy   Tojikiston   hududidagi   Qalai   Mir,   Bolday   tepa3   yodgorliklari
o ʻ rganilib, Shu tadqiqotlar asosida M.M. Dyakonov Baqtriyada ilk sinfiy
munosabatlar   va   davlatchilik   bo ʻ yicha   dastlabki   fikrlarni   aytdi.   Surxon
vohasida   esa   60   yillardan   boshlab   Ahamoniylar   davri   yodgorliklari
aniqlanib   o ʻ rganila   boshlandi.   Hozirgi   kunda   esa   faqat   Surxon   va
Sherobod   vohalarida   shu   davrga   oid   o ʻ nlab   yodgorliklar   aniqlangan
bo ʻ lib, ayrim yodgorliklar to ʻ liq
Ochib o ʻ rganildi. Ahamoniylar davri yodgorliklarining soni ortib borishi
bilan   tadqiqotchilar   ularni   sug ʻ orilish   shoxobchalariga   qarab
rayonlashtirish   masalasini   ham   yechishga   kirishganlar.   E.V.   Rtveladze
shu   davr   yodgorliklarini   5   ta   sug ʻ orilish   rayoniga   (Ulanbuloqsoy,
Sherobod,   Bandixonsoy,   Mirshodi,   Vaxshuvar)   bo ʻ lgan   bo ʻ lsa,   A.S.
Sagdullayev   8   ta   rayonga   ajratgan.   Ahamoniylar   davrida   davlat
boshqaruvi  usullarining  takomillashgan   formasining  joriy   etilganligini,
yodgorliklarni   sug ʻ orish   inshootlariga   qarab   rayonlashtirish   siyosiy   va
ijtimoiy   tarix   uchun   kam   ma ʼ lumotlar   berishini   inobatga   olib,
Baqtriyaning   Ahamoniylar   davri   yodgorliklarini   dehqonchilik   o ʻ lkalari
bo ʻ yicha   rayonlashtirishni   taklif   etmoqchimiz.   Shu   uslub   bo ʻ yicha
28 Shimoliy   Baqtriya   hududida   7   ta   dehqonchilik   o ʻ lkasi,   har   bir
dehqonchilik   o ʻ lkasida   esa   2-3   tadan   sug ʻ orilish   rayonlarining
mavjudligi kuzatilmoqda.
1) Sherobod   dehqonchilik   o ʻ lkasi   o ʻ z   tarkibiga   Ulanbuloqsoy   va
Sherobod   sug ʻ orilish   rayonlarini   birlashtirib,   Sherobod   vohasi   va
Ko ʻ hitangtog ʻ   yaylovlarini   o ʻ z   ichiga   olgan.   O ʻ lkaning   siyosiy
markazi   vazifasini   Jondavlattepa   yodgorligi   bajargan.
Jondavlattepa   shahridan   tashqari   bu   yerda   Kuchuktepa,
Pshaktepa, Talashqon I kabi yodgorliklar joylashgan.
2) Boysun dehqonchilik o ʻ lkasi o ʻ z tarkibiga Surxondaryoning yuqori
oqimlari hududlarini va Boysun yaylovlarini birlashtirib, bu yerda
uchta   tabiiy   sug ʻ orilish   inshooti   joylashgan.   Barcha   suv   o ʻ zanlari
Boysuntog ʻ dan   boshlanib,   o ʻ z   suvlarini   Surxondaryoga   quyadi.
Bular   Bandixon,   Mirshodi   va   Sangardak-To ʻ polang   daryolaridir.
Ushbu   dehqonchilik   o ʻ lkaning   madaniy   va   siyosiy   markazi
vazifasini Qiziltepa yodgorligi o ʻ tagan.
3) Surxon   dehqonchilik   o ʻ lkasi   o ʻ z   tarkibiga   Surxondaryoning   o ʻ rta
va   quyi   oqimlari   o ʻ zanlari   va   yaylovlarini   o ʻ z   tarkibiga   oladi.
Markazi Xaitobod tepa. 
4) Kofirnihon   dehqonchilik   o ʻ lkasida   ikkita   sug ʻ orilish   rayoni   bo ʻ lib,
birinchisi   Kofirnihon   daryosining   Changob   o ʻ zani   hududlarini
birlashtiradi. Bu yerda Hisor qal ʼ asining quyi qatlamlari, Tupxona
sopollari   uyumi   yodgorliklari   joylashgan.   Ikkinchi   sug ʻ orilish
rayonig   Kofirnihon   daryosi   o ʻ zanlari   kiradi.   Bu   yerda   Kalai-Mir
yodgorligi   va   Naxri-kalon   kanali   joylashgan.   O ʻ lkaning   markazi
Kalai-Mir yodgorligi hisoblanadi. 
5) Vaxsh   dehqonchilik   o ʻ lkasida   ham   ikkita   sug ʻ orilish   rayoni
kuzatiladi.   Bular   Vaxsh   daryosining   Yavan-su   o ʻ zani   bo ʻ lsa,
ikkinchisi   Vaxsh   daryosining   chap   qirg ʻ oq   hududlarini   o ʻ z   ichiga
oladi.   Yavan-suda   Tomoshotepa   va   Sho ʻ raisoy   yodgorliklari,
Vaxshda   esa   Bolday   tepa   yodgorligi   va   Bolday   kanallari   shu
davrga oid. 
29 6) Panj   dehqonchilik   o ʻ lkasi   shu   nomli   daryo   o ʻ zanlarini   o ʻ z   ichiga
olib, bu o ʻ lkada Baydudasht yodgorliklari joylashgan (Baytudasht
I-VI).  Vohaning markazi Baytudasht IV yodgorligi hisoblanadi. 
7) Qizil-su   dehqonchilik   o ʻ lkasi   Qizil-su   daryosining   quyi   oqimlarini
oʻz ichiga oladi. Bu yerda Mokini-mor yodgorligi joylashgan. 10
 
Z.   Hakimov   Janubiy   Baqtriyaning   shu   davr   yodgorliklari   to ʻ rtta
dehqonchilik   o ʻ lkasida   joylashganligini   kuzatgan   bo ʻ lsa   (Dashtli,
Faruxobod,   Oltin-Dilyor   va   Naibobod),   V.I.  Sarianidi  quyidagi   oʻlkalarni
ko ʻ rsatgan:   Shibirg ʻ on,   Qunduz,   Naibobod,   Sho ʻ rto ʻ g ʻ ay.   Har   bir
dehqonchilik   o ʻ lkasini   Baqtriya   satrapligi   hududidagi   mahalliy
amaldorlar   boshqargan   kichik   iqtisodiy   birlashma   sifatida   eʼtirof   etish
mumkin. Negaki, har bir dehqonchilik o ʻ lkasida bittadan shahar va shu
shaharlar   atrofida   4-11   tagacha   qishloq   tipidagi   yodgorliklarning
joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Baqtriyaning Ahamoniylar davri
yodgorliklari A.S. Sagdullayev tomonidan beshta tipga bo ʻ lingan: 
1) Tarqoq holda joylashgan qal ʼ li qishloqlar; 
2) Tarqoq holda joylashgan katta qishloqlar; 
3) Mudofaa devori bo ʻ lmagan kichik qishloqlar;
4) Mudofaa devorlari bilan o ʻ ralgan kichik qo ʻ rg ʻ onlar; 
5) Shaharlar. 11
 
E.V.   Rtveladze   ham   xuddi   shunga   o ʻ xshash   tipologiyani   taklif   etgan,
lekin u harbiy istehkomlarni (qal ʼ a) alohida tip sifatida ajratgan. 
  Y uqorida   eslab   o ʻ tilgan   yodgorliklar   tipologiyasida
yodgorliklarning   funksiyasi   e ʼ tiborga   olinmagan.   Masalan,   to ʻ liq   ochib
oʻrganilgan   Pishaktepa   yoki   Pachmaktepani   ular   taklif   etgan
tipologiyaning   qaysi   tipiga   mansub   ekanligini   aytish   qiyin.   Yoki,
A.S.Sagdullayev   Kuchuktepa   va   Qizilcha   VI   yodgorliklarini   bir   tipga,
ya ʼ ni   mudofaa   devorlari   bilan   o ʻ ralgan   qo ʻ rg ʻ onlar   toifasiga
kiritilganligini   qanday   tushunish   mumkin?   Birinchisi   to ʻ rt   metr
qalinlikdagi platforma ustiga qurilgan, uch qator mudofaa devori bilan
10
 Абдуллаев А.Л. Памиятники раннежелезного века Южного Тажикистана…-Б.3
11
 Сагдуллаев А.С. Культура Северной Бактрии в эпоху бронзы и раннего железа ..-С.7
30 o ʻ ralgan   bo ʻ lsa,   ikkinchisi   hovlili   kichik   qo ʻ rg ʻ ondan   iborat   bo ʻ lgan
yodgorliklar   bir   toifaga   kiritilganligi   kabi   masalalar   bizni   ushbu
masalaga   yana   bir   bor   qaytishga   undadi.   Shimoliy   Baqtriyaning
Ahamoniylar davri yodgorliklarini quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
1) Ark   va   shahriston   qismdan   iborat   bo ʻ lgan,   mudofaa
devorlar   bilan   oʻralgan,   umumiy   maydoni   22   gektargacha
bo ʻ lgan   shaharlar.   Shimoliy   Baqtriya   hududida   Qiziltepa,
Xaitobodtepa,   Jondavlattepa,   Baytudasht   IV,   Qalai   Mir   kabi
yodgorliklar   shaharlar   toifasiga   kiradi.   Shimoliy   Baqtriya
hududida   joylashgan   Qiziltepa   shahridan   boshqa   bironta
shahar   tipidagi   yodgorlikni   Baqtr   shahri   yodgorligi   bilan
taqqoslab   bo ʻ lmaydi.   Ahamoniylar   imperiyasi   XII
satrapligining   poytaxti   bo ʻ lgan   Baqtr   shahri   Baqtriya
hududidagi   eng   yirik,   poytaxt   shahar   xarobasidir.   Qolgan
shaharlar   dehqonchilik   oʻlkalarining   markazi   vazifasini
bajargan.   Ahamoniylar   davrida   har   bir   dehqonchilik
o ʻ lkasida bittadan shaharning joylashishi kuzatilmoqda.
2) Arkli qishloqlar. Shaharlardan hududiy jihatdan kichik bo ʻ lib,
tarqoq   holda   joylashgan.   Shu   tipdagi   yodgorliklar
irrigatsion  rayonlarning markazi vazifasini  bajargan  bo ʻ lishi
mumkin.   Ular   hududiy   jihatdan   dehqonchilik   o ʻ lkasidan
uzoqroq   joylashgan   irrigatsion   rayonlarda   uchraydi.
Shunday   yodgorliklar   toifasiga   Obishirtepa,   Dobilqo ʻ rg ʻ on
tepaliklari kiradi. 
3) Arksiz   qishloqlar.   Bir   va   bir   necha   tepaliklar   majmuasidan
tashkil topgan, mudofaa devorlariga ega bo ʻ lmagan, tarqoq
holda   joylashgan   yodgorliklar.   Shu   tipdagi   yodgorliklarga
Termiz   shahri   hududidagi   Nomsiztepa,   Bandixonsoytepa,
Bobirtepa,   Boldaytepa,   Baytudasht   I   tepaliklarini   kiritish
mumkin. 
4) Qo ʻ rg ʻ onlar. Bir va bir necha patriarxal oilaga mo ʻ ljallangan,
hududiy   jihatdan   eng   kichik   bo ʻ lgan,   alohida   joylashgan
qo ʻ rg ʻ onlar   (Qizilcha   I-XI,   Baytudasht   II-III).   Ushbu   tipdagi
31 yodgorliklar   Qizilcha   VI   misolida   A.S.   Sagdullayev
tomonidan batafsil o ʻ rganilgan. 
5) Harbiy   istehkom,   qal ʼ alar.   Alohida   joylashgan,   o ʻ z
zamonasining eng mukammal mudofaa inshootlariga, ya ʼ ni
5   metr   qalinlikdagi   mudofaa   devorlari   va   burjlariga   ega
bo ʻ lgan   yodgorliklar   toifasi.   Doira   shaklida   qurilgan
Talashqon   I,   kvadrat   shaklidagi   Bandixon   II   yodgorliklari
harbiy istehkomlar toifasiga kiradi. 
6) Ibodatxonalar.   Ushbu   toifadagi   yodgorliklarga
Pachmaktepani   kiritish   mumkin.   U   pillapoya   uslubida,
kvadrat   shaklida   qurilgan   platforma   bo ʻ lib,   Sh.R.   Pidayev
tomonidan   platforma   ustida   qurilma   qoldiqlari   aniqlangan.
Tadqiqotchi   ushbu   yodgorlikni   olov   ibodatxonasining   o ʻ rni
deb hisoblaydi.
7) Ma ʼ lum   maqsadga   yo ʻ naltirib   qurilgan   yodgorliklar
majmuasiga   Pshaktepani   kiritish   mumkin.   U   A.A.   Asqarov
tomonidan   o ʻ rganilgan.   Yodgorlikning   markaziy   qismida
koridor   shaklli   uzun   ikkita   xona   joylashgan   bo ʻ lib,   ular   ark
uslubida   yopilgan.   Ushbu   xonalarning   ikki  yonida   hovlisifat
katta   xonalar   joylashgan.   Ushbu   majmuaning   atroflarida
ham   koridorsimon,   uzun   xonalar   joylashgan.   A.A.   Asqarov
ushbu   yodgorlikni   Kuchuktepa   hukmdorlarining   xilxonasi
bo ʻ lgan deb hisoblaydi.  12
Geografik   jihatdan   Pachmaktepa   Jondavlattepaning,   Pishaktepa   esa
Kuchuktepaning   yonida   joylashgan.   Jondavlattepa   va   Kuchuktepa
Baqtriyaning   Ahamoniylar   davriga   oid   eng   asosiy,   seraholi
yodgorliklaridan   hisoblanadi.   Fikrimizcha,   Pachmaktepa   va   Pishaktepa
yonidagi   yodgorliklar   –   Jondavlattepa   va   Kuchuktepa   yodgorliklari
aholisining ma ʼ naviy ehtiyojlari uchun hizmat qilgan.
Ahamoniylar   davri   yodgorliklarini   tiplarga   ajratish   shuni
ko ʻ rsatadiki, bu davrga kelib ikki qismli shaharlarning paydo bo ʻ lishi va
ularning   joylashishi   ma ʼ lum   bir   qonuniyatga   asoslangan.   Har   bir
12
 Аскаров А.А. Пшактепа:- Т,1982 –С.33-37
32 dehqonchilik   o ʻ lkasida   bittadan   shaharning   joylashishi   va   shu   shahar
atrofida   qishloqlarning   jamlanish   jarayonini   kuzatishimiz   mumkin.
Qishloqlar ham  topografik   jihatdan   ikki  tipga  ajraladi.  Shaharga   yaqin
qishloqlar   tarqoq   holda   joylashgan   uylar   majmuasidan   iborat   bo ʻ lsa,
shahardan   uzoqda,   alohida   irrigatsion   rayonda   joylashgan   qishloqlar
arkli   bo ʻ lib,   shakllanib   kelayotgan   aristokratlarni   eslatadi.   Shu   davr
yodgorliklari misolida zardushtiylikning rivojlanganligini ko ʻ rsatuvchi –
alohida   qurilgan,   Pachmaktepa   kabi   ibodatxonalarni   ham   ko ʻ rishimiz
mumkin.   Ahamoniylar   imperiyasi   tuzumining   harbiy   dispotizm
ekanligini   tasdiqlovchi   har   bir   dehqonchilik   o ʻ lkasida   alohida   qurilgan
harbiy   istehkomlar   –   qal ʼ alarning   vujudga   kelganligini   ko ʻ rishimiz
mumkin(Talashqon   I,   Bandixon   II).   Baqtriyaning   ahamoniylar   davri
yodgorliklarini,   uning   moddiy   madaniyatini   o ʻ rganish   va   boshqa
hududlar   bilan   taqqoslash   natijasida   shunday   xulosaga   keldikki,
Baqtriyaning   Ahamoniylar   imperiyasi   tarkibida   oʻz   o ʻ rni   bo ʻ lgan.
Baqtriyaliklar Eron Ahamoniylari harbiy qurollarining takomillashuviga
katta   hissa   qo ʻ shishgan.   O ʻ rta   Osiyo   qurollarining,   har   xil
taqinchoqlarning   va   metalldan   ishlangan   idishlarning   Eronga   olib
borilganligi   Persepol   releflarida   ifodalangan   rasmlarda   ko ʻ rinadi.
Undan   tashqari   metall   qalqonli,   otlari   ham   qalqon   bilan   himoya
qilingan   jangchilarning,   ya ʼ ni   shu   tarzda   qurollanish   odatining
Ahamoniylar   davrida   Eronga,   undan   old   Osiyoga   va   Hindistonga
tarqalganligi   ko ʻ plab   tadqiqotchilar   tomonidan   zikr   etiladi.   Bu
ma ʼ lumotlar   harbiy   sohaning   rivojlanganligini   ko ʻ rsatadi.
Yaratilayotgan   ilmiy   asarlarda  Ahamoniylar  davrida   sun ʼ iy   sug ʻ orishga
asoslangan   dehqonchilikning   har   tomonlama   rivojlanganligi   xususida
fikrlar   mavjud.   Bunga   misol   qilib   tadqiqotchilar   Kofirnihon   va   Vaxsh
daryolaridan   vohalar   tomon   qazilgan   kanallarni,   Sariqamish   deltasi
bo ʻ ylarida   o ʻ rganilgan,   Ko ʻ zaliqir   yodgorligi   atrofida   joylashgan
QadimgiXorazm   kanallarini   yoki   Kunyauaz   kanallarini   misol   qilib
ko ʻ rsatadilar.   Bizgacha   yetib   kelgan   yozma   manbalar   asosida   aytish
mumkinki,   Ahamoniy   shohlar   va   satraplar   dehqonchilikni   har
tomonlama   rivojlantirish   tarafdori   bo ʻ lgan.   Ksenofontning   xabariga
33 ko ʻ ra “ ... shoh har yili imperiya hududidagi dehqonchilik dalalarini o ʻ zi
aylanib   chiqishga   harakat   qilgan,   ko ʻ rmagan   yerlarni   esa   ishonchli
odamlari   orqali   tekshirtirgan.   Yaxshi   hosil   yetishtirgan   dehqonlar
shahanshohdan   har   xil   q immatbaho   sovg ʻ alar   olishga   muyassar
bo ʻ lgan”.   Sun ʼ iy   sug ʻ orishning   yana   bir   turi   –   koriz   qazish   usuliga
Ahamoniylar   davrida   asos   solinganligini   I.V.   Pyankov   ishonchli
manbalar   asosida   isbotlagan.   U   Polibiy   xabarlari   asosida,   ya ʼ ni   uning
Salavkiylar   shohi   Antiox   III   ning   Parfiya   cho ʻ llaridan   o ʻ tish   davrida   yer
osti   kanallariga   duch   kelganligi   va   bu   kanallarning   forsiylar   davrida
qazilganligi   va   bu     yangilik   uchun   parfiyaliklarning   fors   shohidan
sovg ʻ alar   olganligi   xususida   ma ʼ lumotlar   qoldirgan.   Ma ʼ lumki,
Sherobod   vohasidagi   Ulanbuloqsoy   o ʻ zanining   boshlang ʻ ich   oqimlari
Dobilsoy   deb   ataladi.   Dobilsoyning   o ʻ ng   sohilida   Dobilqo ʻ rg ʻ on
Yodgorligi   joylashgan   bo ʻ lib,   bu   yodgorlikka   ilk   temir   davrida   asos
solinganligi   E.V.   Rtveladze   tomonidan   qayd   etilgan.   Dobilsoy
Yodgorligidan   10-12   km   quyida   G’oz   qishlog ʻ i   joylashgan.   Shu   qishloq
hududida   4   ta   koriz   uslubida   qurilgan   sun ʼ iy   sug ʻ orish   shoxobchalari
joylashgan.   Ushbu   korizlarning   yoshini   albatta   shu   yerda   joylashgan
yodgorliklar   yordamida   aniqlashimiz   mumkin.   Bu   yerda   uchta
yodgorlik   joylashgan   bo ʻ lib,   eng   qadimgisi   G’oz   tepa   bo ʻ lib,   ilk   temir
davriga oid. Shu yodgorlikdan ilk temir davriga oid sopollar majmualari
va   toshdan   yasalgan   keli   topildiki,   shu   topilmalar   asosida   G’oz
qishlog ʻ ida joylashgan korizlarni ilk temir davri bilan sanalash mumkin.
Ahamoniylar   davrida   dehqonchilikning   yanada   rivojlanganligini   yana
bir arxeologik manba – temirdan yasalgan mehnat qurollarining paydo
bo ʻ lishi   va   keng   yoyilishi   misolida   ko ʻ rishimiz   mumkin.   Shimoliy
Baqtriyadagi   Qizilcha   VI   qo ʻ rg ʻ onidan   topilgan   temir   o ʻ roq,   Qadimgi
Xorazmdagi   Ko ʻ zaliqir,   Dingilje,   So ʻ g ʻ d   hududidagi   Afrosiyob   kabi
yodgorliklardan   topilgan,   temirdan   yasalgan   mehnat   qurollari   bunga
misol bo ʻ ladi. 13
13
 Ртвеладзе Э.В Древняя Бактрия…-Л,1974 –С.13-18.
34   I.V.   Pyankov   tadqiqotlariga   ko ʻ ra   Ahamoniylar   davrida   yer
egaligining   “patbajik”   va   “uzbarya”   kabi   turlari   mavjud   bo ʻ lgan.   Agar
patbajik   yerlaridan   olingan   hosil   to ʻ liq   shahanshoh   saroyi   xo ʻ jaligi
uchun sarflangan bo ʻ lsa, uzbarya yerlaridan olingan hosilning bir qismi
saroy   gʻaznasiga   jo ʻ natilgan.   Ahamoniylar   davrida   hunarmandchilik
Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   qay   yo ʻ sinda   rivojlangan   bo ʻ lsa,
shu   tarzda   davom   etgan.   Hunarmandchilik   sohalarining   biror
tarmog ʻ ida  Eron Ahamoniylari an ʼ anasining ta ʼ siri sezilmaydi. Baqtriya
va Marg ʻ iyonada Qadimgi Baqtriya madaniyati kulolchiligi o ʻ zining eng
rivojlangan   pallasiga   kiradi.   Kuchuk   IV   davri   sopollarining   14   ta   tipga
va   ko ʻ plab   variantlarga   bo ʻ linishi   fikrimiz   dalilidir.   Shu   davrga   kelib,
Sopolli   madaniyatiga   xarakterli   bo ʻ lgan   vazalarning   tiklanishi   ham
kulolchilikning   rivojlanganligidan   dalolatdir.   Kuchuk   IV   davri   sopollari
imperiyaning   katta   qismiga   yoyiladi.   Eron   Ahamoniylarining   asosiy
yodgorliklari   bo ʻ lgan   Nadi   Ali   yoki   Svat   yodgorliklari   dan   quchuk   IV
davri kulolchiligi Ashyolarining topilishi Baqtriya-Marg ʻ iyona kulolchilik
an ʼ analarining   Ahamoniylar   davrida   uning   eng   rivojlangan
shaharlarigacha   yoyilganligidan   guvohlik   beradi.   Svat   yodgorligida
tadqiqotlar   olib   borgan   Kiara   Silvi   Antonini   Svat   kulolchiligidagi   bu
o ʻ zgarishlarni   Baqtriya   va   Marg ʻ iyonadan   izlaydi   va   O ʻ rta   Osiyo
kulolchiligi an ʼ analarining Eron kulolchiligiga ta ʼ siri deb baholaydi. 14
  Ahamoniylar   imperiyasida,   umuman   Eronda   toshtaroshlik,
toshga   ishlov   berish   bronza   davridan   boshlab   eng   rivojlangan
hunarmandchilik   turi   bo ʻ lgan.   Ahamoniylar   imperiyasi   davrida
toshtaroshlik   san ʼ at   darajasiga   ko ʻ tarilgan.   Suza,   Persopol   saroylari
qurilishi,   Persopol   qoya   tosh   suratlari   bunga   misol.   Hattoki,   Eron
Ahamoniylarida   eng  rivojlangan   toshtaroshlikning  O ʻ rta   Osiyoga   ta ʼ sir
etmaganligi Ahamoniylarning imperiya hududi bo ʻ ylab madaniy yurish
qilmaganligidan   dalolatdir.   Ahamoniylar   davrida   Baqtriyada
toshtaroshlik   ham   o ʻ z   an ʼ analari   bo ʻ yicha   rivojlangan.   Toshdan
tegirmon   tosh,   o ʻ g ʻ ir,   qayroqlar,   munchoqlar   yasalgan.   Bu   borada
14
 Пьянков И.В. Средния Азия в Ахаменидеую эпоху… -С.267.
35 Fozdan   topilgan   o ʻ g ʻ irga   to ʻ xtalib   o ʻ tishni   lozim   ko ʻ rdik,   negaki   bu
topilma,   O ʻ zbekiston   hududida   yozuvning   paydo   bo ʻ lishi   xususida
yangi   ma ʼ lumotlar   beradi.   Keli   yumshoq   tarkibli   monolit   toshdan
yasalgan bo ʻ lib, balandligi 22 sm, eni 20 sm. Keli kosasining chuqurligi
12   sm.   Idishning   tashqi   tarafida   13   ta   piktografik   belgili   yozuvlar
majmuasi   joylashgan.   Ma ʼ lumki,   Sopolli   madaniyatining   ilk   davrida
piktografik belgi-yozuvlarning tarqalganligi xususida fikr yuritgan edik.
Foz   qishlog ʻ i-   yodgorligidan   ushbu   topilmaning   topilishi   Baqtriyada
piktografik  yozuvning  rivojlanishi to ʻ g ʻ risida  yangi  ma ʼ lumotlar  beradi.
O ʻ g ʻ ir   (keli)   fors   tilida   “hovana”   deb   atalib,   mazdaparastlikda
otashkadaning eng muhim ashyolaridan biri hisoblangan. Havm giyohi
hovanada   yanchilgan   va   undan   havm   urf-odatida   ishlatiladigan
sharbatlar   tayyorlangan.   Zardushtiylikda   bomdoddan   choshgohgacha
bo ʻ lgan   vaqtda   o ʻ qiladigan   duolar   –   nomoz   “hovangoh”   deb   ataladi.
Hovana   termini   yana   bir   dindorlar   guruhi,   zardushtiylikdagi   din
peshvolari – “hovan”lar bilan ham bog ʻ lanadi. Hovanlar ilohiy yazishna
marosimini   o ʻ tkazishda   mas ʼ ul   kishilar   hisoblanib,   havm   sharbatini
tayyorlash   ularning   zimmasida   bo ʻ lgan.   Kelining   yasalishi   ilk   temir
davriga   oid   toshtaroshlikdan   guvohlik   bersa,   vazifasi   xususida   uning
zardushtiylik dinida ilohiylik ma ʼ no kasb etishi yuqorida keltirib o ʻ tilgan
ma ʼ lumotlardan   ma ʼ lum   bo ʻ ladi.   So ʻ nggi   bobga   xulosa   qilib   shuni
aytish   mumkinki,   birinchidan   Ahamoniylarning   davlatni   idora   qilish
usuli haqiqiy harbiy dispotizm bo ʻ lgan. Negaki, Ahamoniylarga davlatni
idora   qilishning   qonun   chiqaruvchi,   ijro   yoki   sud   organlari   kabi
boshqaruv  usullari  umuman   begona  bo ʻ lgan.   Shoh   yoki shohlar-shohi
barcha hokimiyat egasi hisoblangan. Ikkinchidan, yangi ma ʼ lumotlarga
ko ʻ ra   Kichik   Osiyoda   konselyariya   ishlari   grek   tilida,   Kappadokiya,
Kilikiya,   Suriya   va   Falastinda   oromiy   tilida   olib   borilgan,   Misrda   esa
Fir ʼ avnlar   zamonidan   qo ʻ llanib   kelinayotgan   iyeroglifika   davom   etgan
bo ʻ lsa,   forslarda   va   O ʻ rta   Osiyoda   mixxatsimon   va   oromiy   yozuvlari
qo ʻ llanilgan.   Bu   ma ʼ lumotdan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,
imperiya   hududida   yagona   oromiy   tili   konselyariya   tili   vazifasini
bajarmagan.   Uchinchidan,   Ahamoniylar   imperiyasi   davrida   Baqtriya
36 hududida 11 ta dehqonchilik o ʻ lkasining faoliyat etganligi kuzatildi. Har
bir   dehqonchilik   oʻlkasini   Baqtriya   satrapligi   hududidagi   mahalliy
amaldorlar   boshqargan   kichik   iqtisodiy   birlashma   sifatida   e ʼ tirof   etish
mumkin. Negaki, har bir dehqonchilik o ʻ lkasida bittadan shahar va shu
shaharlar   atrofida   4-11   tagacha   qishloq   tipidagi   yodgorliklarning
joylashganligini   kuzatishimiz   mumkin.   To ʻ rtinchidan,   O ʻ rta   Osiyo
xalqlari   mil.av.   VI-IV   asrlarda   Ahamoniylar   imperiyasi   tarkibiga   kirgan
bo ʻ lsa-da,   uning   moddiy   madaniyati   namunalarida,   me ʼ morchilik,
shaharsozlik   sohalarida   Ahamoniylarning   madaniy   ta ʼ siri   sezilmaydi.
O ʻ zgarishlar   geografik   bo ʻ linish   va   siyosiy   boshqaruv   sohalarida
amalga oshirilgan.  15
III. Yunon-Baqtriya podsholigi davri sivilizatsiyasi.
Miloddan   avvalgi   III   asrning   o‘rtalarida   Parfiya   va   Baqtriya
taxminan   250-yilda   salavkiylar   tob е ligidan   chiqib   k е tdilar.   Bu   davrda
Baqtriya satrapi Diodot qaram edi. Baqtriyaning salavkiylardan   ajralib
chiqishini   Yevtid е m   ham   qo‘llagan   edi.   Yevtid е m   Sug‘diyona   yoki
Marg‘iyonaning   hokimi   bo‘lib,   u   Diodotga   qaram   edi,   Diodot
Baqtriyada   salavkiylarga   qarshi   ko‘tarilgan   xalq   qo‘zg‘olonidan
foydalangan.   Yerli   xalq   qo‘zg‘oloniga   yunon-mak е don   hokimlari
rahbarlik   qilganlar.   Chunki   yunon-mak е don   hokimlari   mahalli
aholining ikki tomonlama zulmdan norozi ekanligini yaxshi bilar edilar.
Ular mahalliy xalq Baqtriyaning salavkiylarga qarshi mustaqillik uchun
kurashini   qo‘llab-quvvatlashini   ham   bilar   edilar.   Chunki   aholiga   ham
katta   y е ngilliklar   berishi.   Shu   boisdan   ham   Baqtriyada   salavkiylarga
qarshi harakat yunonlarga qarshi harakatga aylanmadi.   Mustaqillikka
erishgan   Baqtriya   Diodot   I   davrida   qudratli     davlatga   aylanadi.   Bu
davlatning   poytaxti   hozirgi   Afg‘onistonning   Mozori   Sharif   shahriga   90
km   yaqin   qadimgi   Balh   shahri   bo‘lgan.   Dastlab,   u   Salavka   I   tomonida
turib,   Parfiyaga   qarshi   bo‘ldi.   Ammo   Arshak   II   podsholigi   davrida
Baqtriyadagi vaziyat Parfiya foydasiga o‘zgardi. Natijada Arshak II bilan
Diodot   II   harbiy   ittifoq   tuzdilar.   L е kin   Diodot   II   Arshak   II   bilan   tuzgan
15
 Sh. Shaydullaev-O’zbekiston davlatchiligining paydo bo’lishi: Dessrtatsiya 22-b
37 harbiy   ittifoqdan   o‘z   mavq е yini   mustahkamlashda   foydalanishni   eplay
olmadi.   Sababi,   viloyat   hokimlaridan   biri   bo‘lgan   Sug‘diyona   hokimi
yunon   Yevtid е m   Diodot   II   ga   qarshi   kurash   boshladi.   Bu   kurashda
Yevtid е m   g‘olib   chiqdi.   U   miloddan   avvalgi   250-yilda   Yunon-Baqtriya
davlatiga   asos   soldi.   Yevtid е m   Baqtriyada   o‘z     hukmronlik   mavqeyini
mustahkamlashga harakat qildi. Chunki u kutilmaganda sak-massag е t
ko‘chmanchi   qabilalarining   hujumga   o‘tishlari   mumkinligini   yaxshi
bilardi.   Ayniqsa,   u   Parfiya   bilan   ch е garadosh   tumanlarga   e’tiborini
qaratdi.   Buning   boisi   Parfiya   tomonidan   xavf   ehtimoli   bor   edi.   Xuddi
kutilganid е k   208-yilda   Parfiya   podshosi   Antiox   III   Yevtid е mga   —
Yunon-Baqtriyaga   Qarshi   urush   harakatlarini   boshlab   yubordi.   Bu
jangda   Yevdidemning     10   ming   kishilik   qo‘shini   tor-mor   qilindi,
Yevtid е mning   o‘zi   esa     Baqtriya   harbiy   qal’asiga   yashirindi.   Bu   qal’a
kuchli   ist е hkomga   ega   edi.   Antiox   III   qal’ani   yil   davomida   qamal
holatida   saqladi.   Ammo   Baqtriyani   egallay   olmadi.     Oqibatda   ikki
o‘rtada   207-yilda   tinchlik   muzokaralari   boshlandi,     Yevtid е m   Antiox   III
ni Baqtriya podshosi d е b tan oldi. Ayni paytda Yevtid е m ham podsholik
unvonini   saqlab   qoldi.   Yevtidem   bitimga   ko‘ra   Antiox   III   ga   bir   n е cha
jangovar fillar berish va tashqi siyosatda u bilan bamaslahat ish tutish
majburiyatini   ham     o‘z   bo‘yniga   oldi.   O‘z   imkoniyati   va   kuchiga
ishongan   Antiox   III   Yevtid е m   Hindistonga   urush   e’lon   qildi.   U
salavkiylar   davlatining   viloyatlarini     o‘ziga   tob е   etishni   maqsad   qilgan
edi.   Ammo   salavkiylar   uchun   Markaziy   Osiyo   abadiy   yo‘qotilgan   edi.
Miloddan   avvalgi   206-yildan   e’tiboran   Yunon-Baqtriya   davlati   uchun
salavkiylar   xavfi   yo‘qoldi.   Chunki   bu   davrga   k е lib   Antiox   III     G‘arbda
Suriya uchun misrliklar bilan jang olib borar edi. Biroq shimoldan sak-
massag е tlar   xavfi   kuchaygan   edi.   Shu   bois   Yevtid е m   o‘z   davlat
ch е garalarini k е ngaytirish uchun harakat qilishdan cho‘chidi. Yevtid е m
boshliq davlat tarkibiga Baqtriya, Sug‘d, Ar е ya va Marg‘iyona hududlari
qarar   edi.   Markaziy   Osiyoning   bu   serunum   yerlari,   shaharlarga   boy
viloyatlarida   hunarmandchilik   k е ng   tarmoq   bo‘ylab   rivojlangan,
d е hqonchilik   madaniyati   qadimdan   sun’iy   sug‘orishga   asoslangan   edi.
Cho‘l   zonalarida   chorvachilik   ham   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgandi.   Yevtid е m
38 o‘z   davlatining   hududiy   ch е garalarini   Hindiston   yerlari   hisobidan
k е ngaytirishni   orzu   qilar   edi.   Ammo   bu   ishni   Yevtid е mning   o‘g‘li
D е m е triy   (miloddan   avvalgi   199–167-yillarda)   amalga   oshirishga
harakat   qildi.   U  Hindistondagi  f е odal   b е boshliklardan   foydalanmoqchi
bo‘ldi.   D е m е triy   ichki   siyosatda   Aleksandr   va   Antiox   I   larning   yo‘lidan
borib,   yerli   aslzodalar   bilan   umumiy   til   topish   yo‘lini   tutdi.   Natijada
Baqtriyaning   davlat   ch е garalari   k е ngayib,   har   jihatdan   taraqqiy   etdi.
Uning   nomi   bilan   ko‘plab   tangalar   zarb   etildi.   Davlatni   boshqarish
bobida qator islohotlar o‘tkazildi. U davlatni mayda hokimliklarga bo‘lib
boshqarishni   joriy   etadi.   Mahalliy   aslzoda   vakillarini   davlatni
boshqarish   ishlariga   k е ng   jalb   qildi.   D е m е triy   davrida   ko‘plab   harbiy
qal’alar   qurildi.   Ana   shunday   qal’alardan   biri   Amudaryo   sohilida   qad
ko‘targan   Termiz   shahridir.   Bu   shahar   o‘z   joylashgan   mavq е yiga   ko‘ra
davlatning   iqtisodiy     va   savdo   aloqalarini   rivojlantirishda   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Davlat   ch е garalarining   Hindiston   hisobiga
k е ngayishi   munosabati   bilan   D е m е triy   davatining   markazi   janubga   —
Taksilaga   ko‘chirildi.   Miloddan   avvalgi   174-yilda   Baqtriyada   davlat
to‘ntarishi   yuz   berdi.   Bu   ishning   boshida   yunon   harbiy   qo‘mondoni
Yevkratit   turgan   edi.   U   D е m е triyning   Hindistonda   bo‘lganligidan
foydalandi.     Davlat   to‘ntarishining   asosiy   sababi   Yunon-Baqtriyadagi
mahalliy     hokimlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   nizolar   edi.   D е m е triy   davlat
to‘ntarishi   haqidagi   xabarni   eshitgach,   t е zda   Baqtriyaga   qaytadi   va
Yevkratit   askarlari   bilan   jangga   kiradi.   Bu   jangda   D е m е triy   halok
bo‘ladi.   hokimiyat   miloddan   avvalgi   167-yilda   Yevkratit   qo‘liga   o‘tadi.
Shimoli-Sharqiy   Hindistonda   esa   hokimiyatni   M е nandra   egallaydi.
Hindistonning   janubi-g‘arbiy   viloyatlarida   Apollodot   o‘zini   podsho   d е b
e’lon   qiladi   va   uning   nomidan   tanga   pullar   zarb   etiladi.   Ammo   shuni
ta’kidlash   kerakki,   Yevkratit   Baqtriyada   tinchlikni   saqlab   qololmadi.
Hindiston   yerlari   qo‘ldan   k е tdi.   Buning   sababi   shunda   ediki,   Yunon-
Baqtriya   davlatiga   g‘arbdan   Parfiya   xavf   solmoqda   edi.   Parfiyada
hokimiyat  t е pasiga  Mitridat  I k е lgan  edi. U  qisqa muddat  ichida  biror-
bir   qiyinchiliklarsiz   Marg‘iyonani   egallab   oladi.   Baqtriya   esa   borgan
sayin   siyosiy   maydondan   ch е tlashib   bormoqda     edi.   Bu   hol
39 Sug‘diyonaga   Yunon-Baqtriya   podsholigi   tasarrufidan     chiqib   olishiga
qulay   sharoit   yaratdi.   Ko‘zdan   k е chirilayotgan   bu   davrdagi   siyosiy
vaziyatni Zarafshon vohasida olib borilgan arx е ologiyaga oid qazishma
topilmalari ham yaqqol ko‘rsatdi. Jumladan, miloddan avvalgi II asrning
80-yillaridan   boshlab   Zarafshon   vohasida   Yevtid е m   zarb   etgan
tangalarga   taqlid   qilingan   mis   chaqalar   zarb   etilgan.   Zikr   etilgan
tangalarning   ikkinchi   yuzida   Geraklning   o‘tirgan   holdagi   rasmi   va
Yevtid е mning   nomi   chalasavodlik   bilan   yunon   tilida   bitilgan.   Bu
ashyolar   Zarafshon   vohasida   mahalliy   hokimlarning   mustaqillikka
harakat   qilganliklarini   ko‘rsatadi.   Binobarin,   t е z   orada   Sug‘diyona
Yunon-Baqtriya   davlatidan   mustaqil   ajralib   chiqdi.   Parfiya   Yunon-
Baqtriyadan   Marg‘iyonani   tortib   olgach,   uning   siyosiy   maydondagi
mavq е yi yana ham pasayib k е tdi. Bu davrga k е lib, endi Yunon-Baqtriya
davlati   uchun   shimoldan   ko‘chmanchilar   xavfi   kuchaydi.   Albatta   bu
ishlarning   hammasi   davlatda   ichki   siyosiy   tanglikni   k е ltirib   chiqardi,
qo‘shinlar   orasida   norozilik   paydo   bo‘ldi.   Oqibatda   miloddan   avvalgi
155-yilda   Yunon-Baqtriya   davlatining   podshosi     Yevkratid   og‘li   G е liokl
tomonidan   o‘ldiriladi.   Bu   bilan   G е liokl   Yunon-Baqtriya   davlatining
qudratini   saqlab   qola   olmadi.   Uning   ixtiyorida   faqat   Baqtriya   yerlari
qoldi,   xolos.   Yunon-Baqtriya   davlatining   katta   hududini   Parfiya   bosib
oldi va sharqda antik dunyoning jahon ahamiyatiga molik bo‘lgan yirik
saltanatlaridan   biriga aylandi. Baqtriyaga esa tobora yu е chji qabilalari
tahdidi kuchayib bordi. Miloddan avvalgi III asrda Sharqiy Turkiston va
Shimoli-Sharqiy   Tib е tda   yashagan   katta   qabilalar   Xitoy   manbalarida
katta   yu е chjilar   «da   yu е chji»   d е b   atalganlar.   Xitoyning   shimolida
yashab   k е layotgan   Xuni   qabilalari   miloddan   avvalgi   II   asrda   kuchayib
k е tib,   yu е chjilar   bilan   bo‘lgan   jangda   ularni   mag‘lub     qiladilar   (165-
yilda).   Yu е chjilar   O‘rta   Osiyoga   o‘tib   saklarni   mag‘lub   etadilar   va   ular
bilan   birgalikda   Yunon-Baqtriyaga   zarba   beradilar.   Nihoyat   miloddan
avvalgi   140   va   130-yillar   orasida   Yunon-Baqtriya     davlatining   taqdiri
uzil-k е sil   hal   qilindi.   Shunday   qilib,   Yunon-Baqtriya   davlati   120-yildan
ortiqroq   davr     yashadi.   Ana   shu   davrda   uning   iqtisodiyoti   va
madaniyati   rivojlandi.   Bunday   rivojlanish   uchun   o‘lkada   barcha   zarur
40 shart-sharoitlar   bor   edi.   Rim   tarixchisi   va   g е ografi   Kvint   Kursiy   Ruf
Baqtriyani   tabiati   turli-tuman   va   go‘zal,   unumdor   yerlari   ko‘p,   sersuv,
ekinzorlarga boy mamlakat d е b hikoya qiladi. Uning fikricha, o‘lkaning
aholisi ko‘p, ular bug‘doy va arpani ko‘p ekadilar, uzumzorlari b е poyon.
O‘lkada   m е valarning   barcha   turlari   o‘sadi.   Chorva   mollarini   boqishga
qulay,   yilqisi   ko‘p,   chopar   otlarga   boy   mamlakat.   Ayni   paytda   o‘lka
hududida   qumloq   va   ekin   bitmaydigan   yerlar   ham   anchagina.     Pliniy
esa bu o‘lkani unumdor yerlarga, bug‘doy ekinzorlariga boy mamlakat,
u   yerda   sholi   va   d е hqonchilikning   qator   boshqa   sohalari   yuksak
rivojlangan,   d е b   ta’riflaydi.   Muarrixlar   Baqtriya   bilan   yonma-yon
bo‘lgan   Sug‘diyona   to‘g‘risida   ham   qimmatli   fikrlarni   bayon   qiladilar.
Sug‘diyonaning   Baqtriyaga   nisbatan     cho‘l   zonasi   ko‘proq   ammo   u
yerda aholi ancha zich joylashgan,   unumdor yerlar, ekinzorlar, bog‘-u
rog‘lar   ko‘p,   u   Zarafshondan   suv   ichadi.   Sug‘diyona   yerlarining
Zarafshondan   olingan   kanallar   orqali   sug‘orilishi   haqida   ham
ma’lumotlar   bor.   Yunon   muarrihlari   Marg‘iyonada   sug‘orma
d е hqonchilik k е ng rivojlanganligi, mamlakatning hosildor bog‘larga va
unumdor   boshoqli   ekinzorlarga   burkang‘anligini   hikoya   qiladilar.
Binobarin, Yunon-Baqtriya davlatiga asos bo‘lgan Baqtriya,  Sug‘diyona,
Marg‘iyona   qadim   zamonlardan   iqtisodiy   jihatdan   o‘ziga     To‘q,
shaharlari ko‘p, tabiiy boyliklari mo‘l va iqlimi qulayliklarga ega o‘lkalar
bo‘lgan.   Bu   viloyatlarda   d е hqonchilik   madaniyati   asosan     sun’iy
sug‘orishga   asoslangan,   boshoqli   ekinlardan   sholi,   bug‘doy,   arpa   va
boshqa   ekinlar   ko‘p   ekilgan.   Arx е olog   olimlar   k е yingi   30–40   yillar
davomida   Baqtriyaning     Afg‘oniston   hududidagi   B е gram,   Baqtra,
Oyxonum,   Tojikiston     hududiga   qarashli   Qobadshoh,   Qayqobod,
Ko‘hna   qal’a,   O‘zb е kiston   hududidagi   Dalvarzint е pa,   Dunyot е pa   kabi
qadimgi   shahar   harobalarini   ochib   o‘rgandilar   va   qimmatli
ma’lumotlarga   ega   bo‘ldilar.   Sug‘diyonada   Yerqo‘rg‘on,   Afrosiyob,
Buxoro,   Tali   Barzu,   Marg‘iyonada   Govurqal’a   kabi   qadimgi   shahar
qoldiq   topilmalari   o‘rganildi.   Bu   izlanishlar   Yunon-Baqtriya   davlati
davrida   milodan   avvalgi   III–II   asrlarda   o‘lkamiz   xalqlari   madaniyati
yuksak   bo‘lganligini,   ular   d е hqonchilik,   chorvachilikdan   tashqari   ko‘p
41 tarmoqli   hunarmandchilik   xo‘jaligi   bilan   ham   k е ng
shug‘ullanganliklarini ko‘rsatadi. Bu davrda saroy tili yunon tili bo‘lgan.
Strabon   ma’lumotlariga   qaraganda   Baqtriya,   Sug‘diyona,   Midiya   va
Eron   aholisi   so‘zlashadigan   til   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan.   Topilgan
ashyolar     shuni   ko‘rsatadiki,   bobokalonlarimiz   hunarmandchilikning
kulolchilik   sohasida   antik   olamda   t е ngi   yo‘q   ustalar   bo‘lganlar.
Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona kulol ustalari yasagan sopol idishlar
o‘ziga   xos   san’at   asarlari   darajasiga   ko‘tarilgan.   Bundan   tashqari,
shohona   saroylar,   ibodatxonalar,   mudofaa   inshootlari   va   uy-joy
qurishda   o‘lkamiz   xalqlari   antik   davr   olamida   t е ngsiz   darajaga
ko‘tarilganlar.   Ayni   paytda   tasviriy   san’at,   amaliy   san’at,   m е ’morchilik,
zargarlik   san’ati   sohasida   katta   yutuqlarga   erishildi.   Jumladan,
Baqtriyaning   qadimgi   B е grom   shahrida   olib   borilgan   qazish   ishlari
vaqtida   yuksak   mahorat   bilan   fil   suyagiga   ishlangan   san’at   asarlari
topildi.   1978–1979-yillarda   Tillat е pada   olib   borilgan   qazish   ishlari
chog‘ida   (Janubiy   Baqtriya)   25   ming   donadan   ortiq   oltindan   ishlangan
san’at asari topildi. Bu topilmalarning ko‘pchiligi Yunon-Baqtriya davlati
davriga   ta’lluqlidir.   Yoki   Dalvarzintepada   olib     borilgan   qazish   ishlari
vaqtida   (1972-yil)   34   kg   og‘irlikda   tilladan   ishlangan   215   dona   san’at
asarlari   topildi.   Qazish   ishlari   jarayonida   topilgan   ashyolar   dalillar   bu
davrda toshga ishlov berish san’ati yuksak darajada rivojlanganligidan
guvohlik   beradi.   Tarixiy   manbalarda   Baqtriya   yuksak   rivojlangan   1000
shaharli mamlakat d е b yuritilgan. Bu davrda avlod-ajdodlarimiz asosan
zardushtiylik   diniga   sig‘inganlar.   Xalqning   diniy   tasavvurlari   yunon
mifologiyasi   —   Afsonalari   obrazlari   bilan   aralashib-chatishib   k е tgan.
Buni   D е m е triy   zarb   ettirgan   tangalarda   ham   ko‘rish   mumkin.   Bu
tangalarda   Naxid   va   Artamida   suratlari   birgalikda   tasvirlanganligini
ko‘ramiz.   O‘rta   Osiyoda   k е ng   tarqalgan   va   xalq   e’tiqod   qilgan   Quyosh
xudosi   Mitra   tangalarda   o‘z   aksini   topgan.   Bunday   tasvirlar   ko‘proq
D е m е triy   va   Yevdit е m   I   tangalarida   uchraydi.   Ammo   mahalliy
xudolardan   hosildorlik   xudosi   Naxid   timsoli   alohida   e’tiborda   bo‘lgan.
Unga   atab   maxsus   ibodatxonalar   qurganlar.   Unga   atab   ishlangan
haykalchalar   ibodatxonalarni   b е zab   turgan.   Xalqning   diniy   nazdida
42 suvga,   yerga,   quyoshga   hurmat   va   e’tiqod  alohida   diqqat   va   e’tiborga
loyiq bo‘lgan . 16
16
 А. Зие.  Узбек давлатчилиги тарихи. Т: 2000. 34-40 б
43 X ulosa
So ʻ nggi   yillarda   bronza   va   ilk   temir   davri   yodgorliklarida   olib   borilgan
ilmiy   izlanishlar   shuni   ko ʻ rsatmoqdaki,   ilk   shaharlar   ilk   davlatlarning
markazi   sifatida   paydo   bo ʻ lgan.   Ularning   rivojlanishi   ham   bir-biriga
bog ʻ liq   holda   kechgan.   Shaharlar   va   davlatlarning   paydo   bo ʻ lishi   va
rivojlanishini yaxlit bir muammo sifatida o ʻ rganishni taklif qilgan holda
ularning rivojlanishini quyidagi davriy bosqichlarga bo ʻ lindi:
1) Ilk   dehqonchilik   vohalari   doirasida   tarkib   topgan   shahar-
davlatlar. Bu davr shahar-davlatlari mil.av. II. ming yillikda tashkil
topgan (Jarqo ʻ ton, Dashli I).
2)   Hududiy   davlat   markazi   rolini   bajargan   shaharlar.   Bu   davr
shaharlari   asosan   mil.av.   I   ming   yillik   boshlarida   tarkib   topgan.
Bu   davrda  bitta  hududiy  davlat  doirasida  faqat   bitta   shaharning
bo ʻ lishi xarakterlidir (Qiziltepa, Jondavlattepa, Xaitobodtepa).
3)   Markazlashgan   davlatlar,   imperiyalar   davri   shaharlari.   O ʻ rta
Osiyo   hududlarida   Qadimgi   Baqtriya,   “Katta   Xorazm”
podshohliklarining   vujudga   kelishi   va   bu   podshohliklarning
Ahamoniylar   imperiyasi   tarkibiga   kirishi   bilan   shaharlar
taraqqiyotining   ushbu   bosqichi   boshlanadi.   Markazlashgan
davlatlar   hududi   juda   keng   bo ʻ lib,   bir   va   bir   necha   o ʻ lkalarni   o ʻ z
ichiga   olgan.   Bu   davrga   kelib   shaharlar   toifalarga   ajrala
boshlaydi.
Markazlashgan   davlat   yoki   imperiya   poytaxtlari   sifatidagi   shaharlar
(Suza,   Persopol),   markazlashgan   davlat   hududidagi   satraplik
markazlari   (Baqtr).   Satrapliklar   hududidagi   shaharlarni   siyosiy
mavqeiga va iqtisodiy imkoniyatiga qarab katta yoki kichik shaharlarga
ajratish   mumkin   (Afrosiyob,   Qiziltepa,   Xaitobodtepa,   Ko ʻ ktepa
kabi).“Avesto”ni  tarixiy   manba   sifatida   fransuz,   nemis,   amerika,   rus  va
ingliz   olimlari   chuqur   o ʻ rganib   kelmoqda,   lekin   unda   keltiriladigan
moddiy   madaniyat   haqidagi   ma ʼ lumotlarni   faqat   O ʻ rta   Osiyo
arxeologlari   arxeologiya   ma ʼ lumotlari   bilan   taqqoslab   o ʻ rganish
44 imkoniyatiga   ega.   Bu   bilan   “Avesto”   davri   tarixini   o ʻ rganishda   yangi
yo ʻ nalish boshlandi. Natijada, “Avesto”ning eng qadimgi qismlarida Yoz
I   davri   voqeliklari   kuylanganligi   oydinlashdi.   “Avesto”ning   Yasht
kitobida   eslanadigan   Paradata   (Paretaka),   Atviya,   Xyana,   Kavi   va   Tur
kabi   yurt   nomlarini   shakllanib   kelayotgan   “nom”   tipidagi   hududiy
davlatlar   sifatida   qabul   qilishni   taklif   etdi.   Shu   kabi   hududiy   davlatlar
asosida Vandidotda yozilgan Aryana-Vaydja (Ariylar yurti), Gava Sugda
(So ʻ g ʻ d),   Moru   (Marg ʻ iyona),   Baxdi   (Baqtriya),   Xoroyu   (Xvarazm)   kabi
shohliklar-davlatlar   paydo   bo ʻ lgan.   Bugungi   kunga   kelib,   mavjud
yozma   manbalar   va   arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   olingan   ilmiy
ma ʼ lumotlar   asosida   ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   Ahamoniylar
imperiyasiga   qadar   Baqtriya,   Xvarazm   kabi   podshohliklar   mavjud
bo ʻ lgan.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining   shakllanishi   mobaynida
“nom”   tipidagi   hududiy   davlatlarning   takomillashuv   jarayoni   kechadi.
Yirik,   kuchli   mudofaalangan   shaharlar   paydo   bo ʻ ladi   (Jondavlat,
Hayitobod,   Qiziltepa),   bu   shaharlar   savdo   yo ʻ llari   ustida   joylashganligi
bilan xarakterlanadi. Agar Kuchuk Idavrida shakllangan “nom” tipidagi
davlatlar kichik daryo o ʻ zanlarida yashagan aholini birlashtirgan bo ʻ lsa,
Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davriga   kelib,   hududiy   davlatlar   yirik,
ya ʼ ni   butun   bir   dehqonchilik   o ʻ lkasi   hududlarini   birlashtirgan   (Surxon,
Sherobod,Kofirnihon,   Vaxsh).   Shu   dehqonchilik   o ʻ lkalari   siyosiy
jihatdan   birikib,   Qadimgi   Baqtriya   kabi   yirik   podshohliklarning   paydo
bo ʻ lishiga   olibkelgan.   Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davrida   ko ʻ plab
yirik   kanallarning   qazilganligi   markazlashgan   davlatning   paydo
bo ʻ lganligini   yana   bir   bor   tasdiqlaydi.   Baqtriyaning   so ʻ nggi   bronza   va
ilk temir davri yodgorliklari stratigrafiyasi shuni tasdiqlaydiki, Qadimgi
Baqtriya   madaniyati   (Kuchuk   II-III   Kuchuktepa   madaniyati   asosida,
Sopolli madaniyati an ʼ analarining tiklanishi natijasida paydo bo ʻ lgan.
45 Foy dalanilgan adabiy ot lar  ro’y xat i.
1. SH. Shaydullaev-O’zbekiston hududida davlatchilikning paydo 
bo’lishi (Baqtriya Misolida): Desstrtatsiya 2009 y.
2. Сарианиди   В . И .  Древние   земледелыцы   Афгфнистана .  Наука , 1977  г
3. Сарианиди   В . И .  Бактрия   в   эпоху   бронзы  .. СА  1974  г
4.   Аскаров   А . А ,   Алъбаум   Л . И .   Последние   Кучуктепе .  Т :  Фан   1979  г
5. Аскаров   А . А .   Сапаллитепа  – Т :  Фан , 1973  г
6. Аскаров   А . А .   Пшактепа  – Т :  Фан , 1982  г
7. А .  Зие .  Узбек   давлатчилиги   тарихи .- Т : 2000  й
8. Ртвеладзе   Э . В   Древняя   Бактрия …- Л ,1974  г
9. Пьянков   И . В .  Средния   Азия   в   Ахаменидскую   эпоху …  Душанбе  1998 
г
10. Сагдуллаев   А . С .  Культура   Северной   Бактрии   в   эпоху   бронзы   и  
раннего   железа .  С :- 1981   г
11. Абдуллаев   А . Л .  Памиятники   раннежелезного   века   Южного  
Тажикистана .  М : 1983  г
46

Kurs ishi Mavzu: Qadimgi Baqtriya sivilizatsiyasi 1

REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1.Baqtriyaning bronza va temir davri madaniyatlari. 2.Baqtriyaning Axamoniylar davri yodgorliklari. 3.Yunon-Baqtriya podshohligi davri yodgorliklari. III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 2

KIRISH O ʻ zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar haqidagi asosiy manbalar – “Avesto” kitobi, ahamoniylarning mixxat yozuvlari, yunon- rim tarixchilarining ma ʼ lumotlari hisoblanadi. So ʻ nggi yillarda Baqtriya, Xorazm va So ʻ g ʻ d hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu ma ʼ lumotlarni tasdiqlash bilan birga yangi ma ʼ lumotlar bilan boyitmoqda. Sopolli, Kuchuktepa, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi So ʻ g ʻ d madaniyatlarining ochilishi O ʻ zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi bo ʻ yicha yangi ma ʼ lumotlar bermoqda. Jahon tarixshunosligida ilk davlatlarning shakllanishi borasida ko ʻ plab nazariyalar mavjud: - davlatlar mulkiy tabaqalanish mahsuli bo ʻ lib, uning kurtaklari qadimgi jamoalar davrida paydo bo ʻ lgan (QadimgiSharq); - rivojlangan jamoalarda sinfiy differensiya va davlatchilik bo ʻ lgan yoki harbiylashgan jamoalar bosqinidan o ʻ zlarini himoya qilish yo ʻ lida himoya vositalari va davlat boshqaruv tizimini rivojlantirib borgan, aks holda varvarlar hujumining qurboniga aylangan. Bu holatda rivojlangan jamoa uchun davlatchilik ikkilamchi, urug ʻ jamoa tuzumi darajasida bo ʻ lgan xalqlar uchun davlatchilik birlamchi hisoblanadi (V- VI asrlarda Rim imperiyasining Varvarlar tomonidan bosibolinishi); - sinfiy differensiyasiz jamiyatda davlatlarning paydo bo ʻ lishi (Shan-In, Maya, Inklar, Asteklar – Kolumbgacha bo ʻ lgan Amerikaxalqlari). Bu xalqlarda yerga egalik qilish, jamoa mulki yoki sinfiy stratifikatsiya sezilmaydi. Avval primitiv davlatlarning shakllanishi va keyin esa sinflarning shakllanishi yuzbergan; - to ʻ rtinchi holatda sinfiy differensiya va davlatchilik bir vaqtda shakllanadi. Albatta, bu jamoada davlatchilik qo ʻ shni xalqlarning – davlatlarning ta ʼ sirida (Attika) paydo bo ʻ ladi. O ʻ zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so ʻ ng, o ʻ zbek davlatchiligi tarixini o ʻ rganish Prezident tashabbusi bilan davlat 3

siyosati darajasiga ko ʻ tarildi. Tadqiqotchilar tomonidan qadimgi tarixning asosiy xususiyatlari va davlatchilikning vujudga kelishi masalalari tahlil etilmoqda. Ilk davlatlarning paydo bo ʻ lishi va turlari, hukmdorlar unvonlari kabi masalalar akademik E.V. Rtveladze, ilk davlatlarning shakllari va xronologiyasi, boshqaruv shakllari, etnik migratsiya va bosqinchilik natijasida yangi davlatlarning paydo bo ʻ lishi A.S. Sagdullayev, ilk davlatchilikning boshlanishi T.Sh. Shirinov, o ʻ zbek davlatchiligining uzluksiz tadrijiy rivojlanishi Azamat Ziyo asarlarida tahlil etildi. A.S.Sagdullayev va O ʻ . Mavlonovlarning “O ʻ zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi (qadimgi davrlardan XIX asrning o ʻ rtalariga qadar)” nomli o ʻ quv qo ʻ llanmasi nashrdan chiqdi. Qo ʻ llanmada boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalari, davlatchilikning ilk bosqichlaridan boshlab XIX asrning o ʻ rtalarigacha bo ʻ lgan tarixiy davrda davlatchilikning rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, davlat boshqaruvining mazmun va mohiyatlari ochib berildi. O ʻ .I. Abdullayev O ʻ rta Osiyoda qadimgi boshqaruv va ilk davlatchilik tarixshunosligiga bag ʻ ishlangan kitobida davlatchilikning shakllanishi bo ʻ yicha umumlashgan xulosalar chiqargan: - bronza davrida “voha-davlatlar”; - mil.av. I ming yillikning boshlarida “voha-davlatlar” vadastlabki siyosiy uyushmalar; - ilk temir davrida hududiy jihatdan o ʻ rtamiyona davlatlar paydo bo ʻ lgan deyilgan. Bu O ʻ rta Osiyoning barcha mintaqasi uchun bronza davrida voha- davlatlar shakllangan degan xulosani beradi. Vohalanki, Qadimgi Sharq dunyosi bilan doimiy madaniy aloqada bo ʻ lgan O ʻ rta Osiyoning janubiy mintaqalari uchun bronza davrida boshqaruv, davlatchilik terminlarini ishlatish mumkin, xolos. Mil.av. I ming yillikning boshlarida Xorazm, Toshkent yoki Ustrushona kabi mintaqalarda siyosiy uyushmalar yoki ilk temir davrida o ʻ rta miyona davlatlar shakllangan edimi? Ma ʼ lumki, O ʻ rta Osiyoda davlatchilikning paydo bo ʻ lishi 4

birvaqtda kechmagan, shu sababli uning tarixshunosligi tarixiy mintaqalar bo ʻ yicha tadqiq etilganda, harbir mintaqa davlatchiligi uchun to ʻ g ʻ ri tarixiy xulosalar chiqarilgan bo ʻ lar edi. 5