Qadimgi Baqtriya Kaviyligi haqida ayrim mulohazalar
Qadimgi Baqtriya Kaviyligi haqida ayrim mulohazalar Reja: 1. Qadimgi Baqtriya k aviyligi haqida ayrim mulohazalar 2. I lk yozuvlar tarixi va ularning o‘rganilishi
So‘nggi yillarda Baqtriya tarixi yanada yorqinroq o‘rganilmoqda ilgari noma’lum bo‘lgan qadimgi madaniyatlar fanga joriy etilmoqda. Ulardan eng mashxuri bulgan Sopolli madaniyati apiu bronza davrida Qadimgi Sharq xalqlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lib, Markaziy Osiyoda eng qadimgi sivilizatsiyaga asos solganlar. Shu madaniyatning tadrijiy rivojlanishi natijasida mil.avv. IX asr oxiri va VIII asr boshlarida Qadimgi Baqtriya madaniyatiga, qolaversa, Qadimgi Baqtriya davlatiga asos solingan. Yunonlar bosqini davrigacha hukm surgan bu davlatning Qadimgi Sharq dunyosida o‘z o‘rni bo‘lgan, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida, madaniy taraqqiyotida beshik rolini bajargan. Bu fikrni hech bir tarixchi inkor etmaydi. Garchi mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan qadimgi Baqtriya tarixiga doir ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bu borada hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Shunday masalalardan biri ilk Qaviylar davlati masalasidir. O‘rta Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida tashkil topgan eng qadimgi davlatlardan biri bo‘lgan Qaviylar to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlar «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» asarida saqlangan. «Avesto»ning Chixrdod naskida ilk Qaviylar Ushudau tog‘idan oqib keladigan Xaytumand daryosi va Kansavya ko‘li bo‘yida joylashgan. Avestoshunos G. Noli ushbu ma’lumotlarda keltirilgan Kansavya ko‘lini Xamun, Xaytumand daryosini Xilmend. Ushudau tog‘ini Ko‘xi Xvadja bilan bog‘laydi va xozirgi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi deb hisoblaydi. «Qaviy» so‘zining ma’nosi kelib chiqish tarixi nihoyatda munozarali bo‘lib, I.V. Pyankov bu so‘zning paydo bo‘lishish taraqqiyot bosqichlarini quyidagicha talkin qiladi: temirchi (sehrgar) — ilohiy shoir (olim, ustoz) — hukmdor . Fikrimizcha olimning so‘nggi, ya’ni xukmdor bosqichi tarixiy manbalar asosida keltirilgan, ammo temirchi sehrgar olim kabi bosqichlari isbotlanmagan va olimning fikrlash doirasidan kelib chiqqan. Ammo shuni ta’kidlash joizki, I.V. Pyankov juda ham ishonarli taklif kiritgan. U taklif etgan Qaviy so‘zining
evolyusion taraqqiyot yo‘lini bemalol qabul qilsa bo‘ladi, negaki, Qaviylar kuylanayotgan zamon O‘rta Osiyoda temirning paydo bolish davri hisoblanadi . O‘sha zamonda temirdan foydalanish sir tutilib, undan buyumlar yasash faqat «sehrgar»larning qo‘lidan kelishi mumkin bo‘lgan. Ikkinchi taklifi, ya’ni ilohiy shoir, olim odam yoki ustozlargina xalqni o‘z ta’limoti asosida boshqarishi va hukmdor darajasiga yetishishi mumkii bo‘lgan deb hisoblaymiz. Qaviylar haqidagi ma’lumotlar qadimgi zamonlardan ikkiga bo‘lingan. Birinchisida, Sam urug‘idan bo‘lgan Qaviylarning mardligi va qahramonliklari kuylangan bo‘lsa, ikkinchisida Q aviy Vishtaspaning diniy qahramonliklari kuylangan. Manbalarda Sam urug‘ining keyingi hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramasada, urug‘ boshlig‘i Krsasp keyingi davr manbalarida Gershasp shaklida keng tarqalgan. Qaviy hukmdorlar o‘rtasida o‘zaro nizolar paydo bo‘lganligi, buning natijasida Qaviylarning bo‘linib ketish voqealari ham manbalarda saqlangan. Sam urug‘i hukmdorlaridan biri bo‘lgan Syavarshanning (Siyavush) o‘g‘li Xausravning (Xishrav) Turon yurti - Qang‘ga ketib qolganligi, u yerda o‘z sulolasini, urug‘ jamoasini tashkil etganligi haqidagi ma’lumotlar ham saqlangan. Turon yurtiga Xishravning kelishi tarixiy haqiqatga juda yaqin, birinchidan, Toshkent vohasida miloddan avvalgi IX—VIII asrdan boshlab yangi, arxeologik madaniyat - Burgulyuk (Burg‘uluq, Burkanlik) madaniyati tarqaladi. Ushbu madaniyatning paydo bo‘lishi muammosi arxeologik jihatdan hal etilgan masala emas. O‘rta Osiyoda shu tipdagi madaniyatlarning paydo bo‘lishini (Yoz, Kuchuk, Tilla, Qizil) tadqiqotchilar asosan ko‘chmanchilarning o‘troqlashishi, shimoliy yoki janubiy mintaqalardan xalqlarning ko‘chib kelishi bilan bog‘laydilar. V. I. Sarianidining fikri bo‘yicha shu tipdagi madaniyatlar Eron, ya’ni, Seyistondan Afg‘oniston orqali Surhon, Zarafshon, Toshkent va Farg‘ona vodiysiga tarqalgan. V.I. Sarianidining bu fikrini tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchidan, bu hududlardan olingan arxeologik ma’lumotlar, yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi. Ikkinchidan, Qanqa ko‘hna shahrining Toshkent vohasida mavjudligi va bu shaharning voha markazi darajasigacha yetganligidir. Uchinchidan, Toshkent
vohasida «Xishrav» tari xiy toponimining mavjudligi va bu etnotoponimning bugungi kungacha e’zozlanib, xalqning yodidan ko‘tarilmay kelayotganligi tarixiy haqiqatdir. I.V. Pyankovning ta’kidlashicha, ilk Qaviylarning asoschisi Qaviy Kavata bo‘lib, uning merosxo‘ri Qaviy Apivaxu hisoblanadi. Uning turtta ugli b^lib, Kaviylarning xududi shu turtta ugillar Urtasida taqsimlangan. Qaviy Usan (Usadan) to‘rtta o‘g‘il orasida ajralib turgan. Usanning nabiraem Xausrav davrida Qaviylar yanada rivojlanishda bo‘lgan. Ilk Qaviylar Kansavya (Xamun), Xaytumant (Xelmand) daryosi bo‘ylarida, ya’ni tarixiy jihatdan Seyistonda - Drangianada yashashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xausrav zamonida ham mamlakat kichik Qaviyliklarga bo‘lib boshqarilgan, boshliqlari ham Qaviy unvonida bo‘lishgan. Shunday hukmdorlardan biri Qaviy Viptaspa bo‘lib, u Baqtriya hukmdori bo‘lgan. Uning saroyidan Zaratushtraning panoh topganligi voqeasi hammaga ma’lum. I.V. Pyankovning fikricha shu davrdan boshlab Qaviylar avlodi hukmronligining ikkinchi davri boshlanadi. Shu davrdan boshlab diniy qarashlar, ta’limotlar janggi boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qaviy Vishtaspaning qo‘llab-quvvatlashi, homiyligi natijasida Zaratushtra ta’limoti butun Baqtriya bo‘ylab tarqala boshlaydi. Shu davrdan boshlab Qadimgi Baqtriyaning Qadimgi Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlaganligi kuzatiladi. Qaviy Vishtaspaning hukmronligi va payg‘ambar Zaratushtraning yashash davri miloddan avvalgi VII asrning ikkinchi yarmi deb qaralsa xronologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi va hozirgi zamon sharqshunos va qadimshunos olimlari ham shu davrni e’tirof etishadi. Ma’lumki, «Avesto» asosida Qaviylar tarixi bilan birinchilardan bo‘lib shug‘ullangan, sharqshunos olim A.Kristensen o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida ilk Qaviylarning yashagan davrini miloddn avvalgi 900-775 yillar bilan belgilagan. Ilk Qaviylarning hukmronligi, mamlakatning joylashgan o‘rni Seyiston hududiga mos kelishini ham tarixiy va arxeologik manbalar asosida kuzatilgan. G. Nolining Kansavya ko‘lini Xamun, Xaytumand daryosini Xilmend, Ushudau
tog‘ini Kuxi Xvadja bilan bog‘laganligiga adabiyotlarda hech kim qarshi fikr bildirgani yo‘q. Bil’aks shu fikrga qo‘shimcha ilmiy ma’lumotlar to‘plangan. Jumladan, R. Girshman Nadiali qishlog‘i yonidan topgan, mil.av. VIII asrga oid Surxdag yodgorligini I.M. Dyako nov Qaviylar mamlakatining poytaxti bo‘lgan deb hisoblaydi. Qadimgi Baqtriya ham ilk Qaviylarning merosxo‘rlari hisoblanadi. Baqtriyada mahalliy Nautar urug‘idan bo‘lgan qabila hukmronlik qilgan. Shu urug‘ namoyandalaridan biri bo‘lgan Vishtasp (Goptasp, Gistasp) Qaviy unvonini qabul qilgan va Vishtasp Baqtriyada Qaviylar sulolasi va shajarasiga asos solgan. Yana shu narsa ayonki, Vishtaspning qo‘llab-quvvatlashi natijasida Zaratushtraning zardushtiylik ta’limoti keng yoyilib, bu ta’limot butun Sharqiy Eron va O‘rta Osiyoda hukmron mafkura darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qilgan bo‘lsa, zardush - tiylik esa eslab o‘tilgan hududlardan ham kengayib, Kavkaz hududlarigacha yoyilib jahon dinlari qatoriga kirdi. Demak, keltirilgan ma’lumotlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, Qaviylarning ilk Vatani Xamun ko‘li, Xil mend daryosi bo‘ylari, Kuxi Xvadja tog‘lari etaklarini, Qadimgi Baqtriya hududlarini o‘z ichiga olgan va miloddan avvalgi IX—VIII asrda hukm surgan. «Avesto»da qaviy so‘zi kohin-shohlarga, hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan. Xukmdorlarning ko‘pchiligi avval Zardusht ta’limotiga qarshi bo‘lishgan. Shu bois «Avesto»da devparast, kazzob kabi so‘zlar bilan ta’riflangan. Avestoshunos olimlarning aksariyati, jumladan M. Is’hoqovning fikricha, «Qaviy lar» so‘zi orqali berilgan bu tushuncha Zardushtga qadar hukmdor ha mda kohin vazifasini o‘zida birlashtirgan ijtimoiy qatlamni ifodalagan. Kaviy — kohinlar avval Zardusht ta’limotiga dush man bo‘lishgan. Keyinroq, Vishtasp Zardusht ta’limotini qabul qilgach, munosabat o‘zgarishi kerak edi. Lekin «Avesto» ga kirib qolgan eski an’ana - Qaviylar dushman degan qarash saqlanib qolavergan. Bu hol «Avesto» kitobining turli katlamlari Zardushtdan avvalgi davrlar maxsuli bulgan, degan fikrni yana bir bor tasdiqlaydi.