“Dunyoning eng buyuk savdogari ”asari haqida mulohazalar
“Dunyoning eng buyuk savdogari ”asari haqida mulohazalar Reja: 1.Og Mandio hayot yo’li. 2.Og Mandioning ,,Dunyoning eng buyuk savdogari’’asari badiiyati. 3.Og Mandioning ,,Dunyoning eng buyuk savdogari’’asaridan chiqargan xulosam. Asosiy so’z va iboralar: motivatsiya, Og Mandio,Dunyoning eng savdogari, yashash siri Og Mandino (1923-1996) – amerikalik yozuvchi. Onasi vafot etgach, u 17 yoshida qog‘oz fabrikasiga ishga kirdi, so‘ngra harbiy uchuvchilik o‘quv yurtida tahsil oldi, Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyin “Bu ishni bugun bajar!” so‘zlarini o‘ziga shior qilgan Mandino dastavval notiq sifatida tanildi. Aynan uning notiqlik san’ati tufayli minglab tinglovchilar hayotini qaytadan boshlashdi, ma’naviyatini boyitish mo‘‘jizasini kashf etishdi. Keng omma bilan muloqot uning vujudida bolalikdagi yozuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini uyg‘otdi va ijodga kirishdi. Yozgan asarlari mavzusi qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lgani uchun kitoblari qo‘lma-qo‘l o‘qildi, dunyo bo‘ylab tarqaldi. Uning “Buyuk savdogar”, “Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyo-dagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan. Og Mandino savdo bo yicha mutaxassis va „The Greatest Salesman inʻ the World“ („Dunyoning eng buyuk sotuvchisi“) kitobining muallifi. U bugungi kunda ham eng hurmatli mualliflar qatorida hisoblanadi. U 1976-yilgacha Success Unlimited jurnalining prezidenti bo lgan va barcha davrlarning jumladan ʻ Milliy notiqlar uyushmasining eng yaxshi ma ruzachilaridan biri hisoblangan. ʼ Og Mandino dunyodagi shaxsiy rivojlanishga oid fikrlarining eng yaxshi yetakchisidir. U o nlab kitoblarni yozgan, jumladan, dunyodagi eng ko p sotilgan ʻ ʻ kitoblar ro yxatida birinchi o rinni egallagan „Dunyoning eng buyuk sotuvchisi“ ʻ ʻ asari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, u professional notiq edi. Mandino W. Clemet Stone bilan yaqin do st edi. U ko p yillar davomida Amw y ʻ ʻ ɑ kompaniyasida motivatsion seminarlar tashkil etdi. Asarga quyidagi taqriz yoziladi: “Sen nimagadir urinib ko‘rsang va bundan hech narsa chiqara olmasang,aslo uyalib o‘tirma.Sening bu xarakating hech narsa qilmasdan vaqtini bekorga o‘tkazgan odamga nisbatan ming chandon yaxshiroq” Og Mandio-Amerikalik yozuvchi.Aslida ko‘p yozuvchilarning tarjimayi holini o‘qiganimizda ularda qandaydir oldindan tayyorlangan buyuklikning belgilari,o‘zgacha hislatlar bo‘ladi.Yozuvchi qismatidan farqli o‘laroq ushbu
iqtidorni o‘zida shakllantirgan Og Mandio jahon adabiyotidagi umumiy“ko‘rinmas yo‘l”ni barcha uchun oshkor etadi! Uning dunyo yuzini ko‘rgan asarlari o‘zgacha muvaffaqiyat bilan qarshi olinadi.Mashxur asarlari:“Buyuk savdogar”, m“Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyodagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan. Asar haqida Asar bu har bir kitobxon uchun - qo‘llanma! Unda YAShASh SIRI aytiladi. Asarda voqealar rivoji asosiy planda qo‘yilmaydi. Markaziy obraz orqali yozuvchining insoniyatga yetkazmoqchi bo‘lgan tavsiyalari , yo‘l -yo‘riqlari izohlab , tushuntirib beriladi. Yozuvchi asar syujetini bitta ipga teradi. Ya‘ni obrazlarning taqdiri bir -biriga bog‘langan holda davom ettiriladi. Boy savdogar Patrosning hayot yo‘li - Xafidning hayot yo‘li - Pavelning hayot yo‘li ( Garchi Pavelning hayot yo‘li Xafidning oldiga kelgunicha yaratilgani aytilsa-da , uning keyingi taqdiri kitobxonga ma‘lum bo‘ladi!) Har bir voqealikda yozuvchi keyingi voqealik uchun bittada luqma tashlab ketadi. Buni asarni ikkinchi marotaba o‘qigan odam ko‘proq his qilib, tushunadi. Asardagi qahramonlarni birlashtirib ,hayot yo‘lini o‘xshashligiga sabab : “Dunyoning eng buyuk savdogari” maqomi va “Nomalar”dir! Ruhiyat . Asarda yozuvchi har bir qahramonga alohida xarakter va ruhiyat yuklaydi.Insonni iymonini yuzaga chiqaradigan narsa bu - DINdir. Mana shu iymon ,ishonch, e‘tiqod har bir qahramonga singdirilgan. Asarda Iso payg‘ambarning hayot yo‘li bilan bog‘liq voqea atrofida mana shu 3 shaxs ( Patros, Xafid, Pavel) gavdalantiriladi. Ya‘ni Iso payg‘ambar tug‘ilgan kechada Xafidning chaqaloqni o‘ragan yopinchig‘i ( bu voqeadan keyin, Xafid Alloh tomonidan xoslar ichidan joy oladi) , Pavelning o‘sha yopinchiqni oradan ancha yillardan keyin topib, Iso payg‘ambar dinini targ‘ib qilishi.( Yopinchiq esa Patrosga tegishli) Har uchchala shaxsning “dunyoning eng buyuk savdogari ” bo‘lishiga aynan shu voqealar sabab bo‘ladi.Inson nimagaki erishmoqchi bo‘lsa, unga kuchli ruhiyat va iroda kerak bo‘ladi: Asarning“ mag‘zi ” Asardagi “mag‘z” bu - nomalar! Insonni to‘g‘ri yashashga o‘rgatadigan , iymonini butun, irodasini mustahkam , o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradigan bu -nomalar! Har bir nomada ko‘rilgan, kuzatilgan hikmatlar, qarashlar berib boriladi. Garchi asarda savdo soxasida -dunyoning eng buyuk savdogari bo‘lish tavsiyalari yozilgan bo‘lsa-da , bu asarni turli kasb vakillari, butun insoniyat o‘zining olamini qayta yaratish uchun ham o‘qishi kerak! Asardagi hikmatlar va dalilga ega bo‘lgan fikrlar insonni qaytadan kashf qiladi:“Mingta donishmanddan "omad nima?" deb so‘rasang, ularning xar biri ayricha javob
qaytaradi. Ammo, ulardan omadsizlik nima, deb so‘rasang, hammasi bir xil javob beradi: "Omadsizlik — bu katta yo kichik bo‘lishidan qat'i nazar hayotiy maqsadlarga yeta olish qobiliyatiga ega bo‘lmaslikdir".Asardan kitobxon o‘ziga nima oladi? Eng avvalo , hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgaradi. Muhabbat, mag‘lubiyat, qat‘iyat, ishonch, g‘alaba, mehnat, hissiyot harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi!Eng muhimi, yozuvchi aytganidek, “Men bugun yangi hayot boshlayman” deya o‘ziga baralla ayta oladi!«Meni harorati bilan isitgani uchun Quyoshni yana boshqatdan sevaman. Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag‘rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u xayotimni yanada go‘zallashtiradi.» «Men qayg‘udan xam ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Xar bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaniki qilmay, xammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.» «Men quyoshni ham yana boshqatdan sevaman.Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag’rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u hayotimni yanada go‘zallashtiradi. Men qayg‘udan ham ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Har bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaiki qilmay, hammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.» !Asarni o'z hayotini o'zgartirmoqchi bo'lgan , nimagadir erishmoqni niyat qilgan barcha kitobxonlarga o'qishni tavsiya qilaman! Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Suvlar oqib keladi suvlar oqib ketadi. Qish tugaydi va yoz keladi. Yoz chekina boshlasa yana qish xukmronlik qila boshlaydi. Quyosh chiqadi va quyosh botadi. Qushlar uchib keladi va uchib ketadi. Gullar ochiladi va gullar so'ladi. Urug'larni ekadilar va hosilni yig'ishtirib oladilar. Tabiat bu hodisalarning aylanib turishidir. Men ham tabiatning bir qismiman. Shuning uchun mening kayfiyatim ham goh ko'tariladi- goh tushadi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Quyidagi holat tabiatning sirlaridan biridir: men har kuni kechagidan ko'ra boshqacha kayfiyatda uyg'onaman. Kechagi xushchaqchaqlik bugungig'amga
aylanadi, bugungi g'am esa ertangi xursandchilikka aylanadi. Mening ichimda allaqanday g'aroyib aylana bordek. U doimo g'amdan -xursandchlikka, tushkunlikdan -taajjubga baxtsizlikdan- baxtga qarab aylanaveradi. Bugungi xushvaqtlikning g'unchalari ertaga so'ladi. Lekin men bir narsani esimdan chiqarmayman. So'lgan g'unchalar o'z ichiga kelajakda unishi mumkin bo'lgan gulning urug'ini saqlaydigandek, mening ham bugungi g'amim ertangi kun xursandchiligini saqlaydi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Har kunim serhosil bo'lishi uchun men nima qilishim kerak?Agar mening kayfiyatim yomon bo'lsa, kunim ham unumsiz bo'ladi. Gullar va daraxtlarning o'sib unishi tabiatga bog'liq. Men esa ob -havoni o'zim yarataman, chunki u mening ichimda. Agar men xaridorlarimga yomg'ir, zulmat va tushkunlik keltirsam, ular ham menga shu bilan javob beradilar va mendan hech narsa sotib olmaydilar. Ammo men xaridorlarga xursandchilik, xushvaqtlik keltirsam, ular ham ilhomlanib ketadilar va mening savdoyim juda omadli bo'ladi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Men o'z his tuyg'ularimni qanday jilovlashim kerak?Men qadimdan qolgan bir sirni bilib oldim: qatiyatsiz odamning fikrlari, uning harakatlari ustidan hukmronlik qiladi, dovyurak odam esa fikrini harakatiga bo'ysundiradi.Har ertalab uyqudan uyg'ongach, men mana shu qoidaga bo'ysunaman. Aks holda g'am va omadsizlik meni o'z iskanjasiga oladi.Agar men o'zimni g'amgin sezsam, men qo'shiq aytaman. Agar men hafa bo'lsam, men kula boshlayman. Agar men o'zimni yomon his qilsam. Men ikki baravar ko'p harakat qilaman. Agar men qo'rquv sezsam, o'zimni oldinga tashlanishga majbur qilaman. Agar men tushkunlikka tushsam, mening ovozim balandroq chiqadi. Kambag'allikni seza boshlasam, kelajakdagi boyligim haqida o'ylayman. Agar men o'zimni nodon sezsam, oldingi yutuqlarimni eslayman. Agar men o'zimni keraksiz den his qilsam, o'zimni maqsadlarimni eslayman. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Men doimo bir fikrni yodda saqlayman. Faqat bo'ysunishni biladiganlar muvaffaqiyat cho'qqisida turib qolishlari mumkin. Lekin men bo'ysunuvchi emasman. Meni yo'q qilmoqchi bo'lgan kuchlar bilan kurashishim kerak bo'ladigan kunlar keladi. G'am va ishonchsizlik kabi dushmanlarimni tez tanib olaman. Lekin shunaqa yovuz kuchlar ham borki, ular menga jilmayib qo'l uzatib yaqinlashadi. Lekin men doimo sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.
Mag'rurlikni his qilsam - omadsizlikni eslayman. To'qlikni his qilsam och yurgan kunlarimni eslayman. Rohatlanish sezsam- kurashgan davrim ko'z oldimga keladi. Kuch - qudratni his qilsam- xo'rliklar esimga tushadi. Manmanlikni his qilsam- shamolni jilovlashga harakat qilaman. Badavlat bo'lganimda - men qashshoqligimni eslayman Mansabimga aqida qilsam- men nochorligimni eslayman. Meno'zimni dunyoda tengsiz deb o'ylasam- osmondagi yulduzlarga boqaman. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Bu o'rgangan yangi bilimlarim bilan men kimga murojat qilsam, o'sha odamning his tuyg'ularini tushuna olaman. Men u odamning serzardaligi vaqo'polligidan xafa bo'lmayman. Chunki u o'zini tuta bilish sirini bilmaydi. Men uning barcha sovuq muomalasiga chidayman, chunki u ertaga o'zgaradi. Men odam haqida bitta suhbatdan keyin xulosa chiqarmayman. Besamar uchrashuv, hamsuhbatimning nafrati ertaga menga qaytarilmaydi. Bugun u oltin arava uchun sariq chaqa ham bermadi, ertaga esa u quruq taxta uchun uyini ham berishga tayyor bo'ladi. Bu sirni bilish katta boylikka eltuvchi kalit. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Odamlarda va o'zimda ro'y beradigan kayfiyat o'zgarishini men endi tushunaman. Bundan buyon men har bur qadamim uchun javobgarlikni his qilaman. Men taqdirim xukmdoriga aylanaman. Bugun men taqdirimning egasiman. Mening kelajagim buyuk savdogar bo'lish. Men o'z o'zimningsultonim bo'laman. Men buyuk bo'laman. Zamonaviy adabiy tanqidda "motiv" atamasi turli uslubiy sharoitlarda va turli maqsadlarda qo'llaniladi, bu asosan kontseptsiya talqinidagi farqlarni va uning eng muhim xususiyatlarini tushuntiradi. Motivning umumiy qabul qilingan ko'rsatkichi uning takrorlanuvchanligidir. «... Asarda motiv sifatida, - deydi B.Gasparov, - har qanday hodisa, har qanday semantik« nuqta »- hodisa, xarakterning o'ziga xos xususiyati, manzara elementi, har qanday predmet, og'zaki so'z, bo'yoq, tovush va boshqalar; motivni belgilaydigan yagona narsa bu uning matnda takrorlanishi, shuning uchun an'anaviy hikoyachilikdan farqli o'laroq, u diskret komponentlar ("belgilar" yoki "voqealar") deb hisoblanishi mumkin bo'lgan oldindan yoki kamroq aniqlanganligi sababli, berilgan "alifbo" mavjud emas "- bu to'g'ridan-to'g'ri strukturani joylashtirishda va struktura