logo

QARLUQ-CHIGIL-UYG’UR LAHJASINING MUHIM XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.220703125 KB
QARLUQ-CHIGIL-UYG’UR LAHJASINING MUHIM
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Qarluq lahjasi haqida qisqacha ma’lumot.
2. Qarluq guruh shevalarining unlilar tizimi.
3. Qarluq guruh shevalarining undoshlar tizimi.
4. Qarluq guruh shevalarining o‘zbek adabiy tili bilan fonetik munosabati. Qarluq lahjasi atamasi o‘rnida ShShoabdurahmonov bo‘yicha, V.V. Reshetov
bo‘yicha   «qarluq-chigil   uyg‘ur»,   E.D.   Polivanov   bo‘yicha   «chig‘atoy»,   G‘.O.
Yunusov bo‘yicha «turk-barlos», A.K. Borovkov bo‘yicha «o‘rta o‘zbek» atamalari
qo‘llaniladi.   Qipchoq va o‘g‘uz lahjalari bilan birga o‘zbek tilining shakllanishida
muhim o‘rin tutadi.
Qarluq lahjasini bir qancha guruhlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.
    1.   Farg‘ona   guruhi   —   Namangan   dialekti   (Namangan,   Uychi,   Chortoq
shevalari   kirib,   ular   uyg‘ur   tiliga   yaqin),   Andijon-Shahrixon   dialekti   (Andijon
shahar   shevasi,   Shahrixon   shevasi   kiradi),   O‘sh-   O‘zgan   dialekti,   Marg‘ilon-
Ko‘qon dialektlarini o‘z ichiga oladi.
    2.   Toshkent   guruhi   —   Toshkent   (Pskent,   Parkent,   Qoraxitoy   shevalari
kiradi), Jizzax dialektilarini o‘z ichiga oladi.
  3. Qarshi guruhi  — Qarshi dialekti (Qarshi, Shahrisabz, Kitob, YAkkabog‘
shevalari)   Samarqand-Buxoro   dialekti   (Samarqand,   Buxoro,   Xo‘jand,   Cho‘st,
Koson   shevalari)ni   o‘z   ichiga   oladi.   Qarluq   lahjasining   unlilar   tizimi   qipchoq   va
o‘g‘uz   lahjalarining   unlilar   tizimidan   birmuncha   farqi   ko‘zga   tashlanadi.   Buni
quyidagi jadvallardan aniq ilg‘ash mumkin.
Bu   unlilarni   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   unlilar   bilan   qiyoslaydigan
bo‘lsak,   mazkur   shevalarda   unlilar   adabiy   tildagidan   kamroq.   Chunki   hozirgi
o‘zbek   adabiy   tilida   xuddi   eski   o‘zbek   tilidagidek   9   unli   tovush   mavjud.  Ammo
ular 6 ta harf bilan ifodalanadi.
O‘zbek   shevalari   undosh   tovushlar   tizimi   jihatidan   ham   o‘zaro   farqlanadi.
Chunonchi,   Toshkent   va   Farg‘ona   guruh   lahjalarda   lab-   tish   f   va   v,   til   oldi
sirg‘aluvchi  j,  affrikat  s,  bo‘g‘iz h undoshlari yo‘q.
Bu   undoshlar   tabiatan   o‘ziga   yaqin   bo‘lgan   boshqa   tovushlar   bilan
almashadi:  foyda > peyde, vagon > vvegen, sirk > serk, hozir > xezir.
Lab-lab, jarangsiz {P} undoshi so‘zning barcha holatida kela oladi:   pexta /
paxta, ‘pek / ipak, qep / qop.   Farg‘ona lahjasida so‘z o‘rtasida ba’zan jarangiz   p
undosh jarangli  v  undoshiga o‘tishi mumkin: Tepa > teve.
Lab-lab,   portlovchi,   jarangli   {6}   undoshi   adabiy   tilda   so‘zning   barcha holatda   kela   olgani   holda,   lahjada   so‘z   oxirida   uchramaydi.So‘z   oxirida   va   so‘z
boshida   ko‘pincha   b   >   v   fonetik   jarayoni   yuz   beradi:   teshbaqa   >   teshveqe,   leb   >
lev, xeber > xever.
Toshkent,   Farg‘ona,  Andijon   shevalarida   b   >   m   fonetik   jarayoni   mavjud:
bun’  >  mun’, burui  >  murun.
Samarqand   -   Buxoro   guruh   shevalarda   lab-tish   [   F]   tovushi   mavjud:   aft,
hafta, safel.
Toshkent - Farg‘ona guruh shevalarda [F] tovushi[P] tovushiga o‘tadi:  k’ft >
k’pt, kasofat > kesepet.
Shahar   guruh   shevalarda   lab-lab,   sirg‘aluvchi,   jarangli   [v]   undoshi   adabiy
tildagi ushbu tovugsdan deyarli farq qilmaydi:  vedj //vadj, savug‘ // savuq, ‘kov //
‘kkav.
Lab-lab,   burun,   sonor   M   undoshi   Toshkent   lahjasida   ba’zan   «v»ga   o‘tadi:
ko‘rd’m’z  >  ko‘rd’vuz q ko‘rduvze.
Andijon shevasida  m>n  jarayonini ham uchratish mumkin:  momaguldrek >
nameguldrek.
Farg‘ona,   Andijon,   Qo‘qon   shevalarida   m>p   fonetik   jarayoni   mavjud:
boryepmen >boryeppen, ketyepmep> ketyeppen.
Til   oldi,   jarangsiz   t   undoshi   so‘zning   barcha   holatida   kela   oladi:   t’l-til,
qattug‘ // qattq-qattiq, tel-tol.
Ba’zan t>ch fonetik jarayoni uchraydi:  tush  >  chush, t’sh  >  ch’sh.
Lahjada   jarangli   [d]   undoshi   so‘z   oxirida   unlidan   so‘ng   ko‘pincha   tushadi
yoki jarangsiz [t]ga o‘tadi:  xursand  >  xursen, baland >belen, abad > evat.
Til   oldi,   jarangsiz,   affrikat   [ch]   undoshi   so‘zning   barcha   holatida
qo‘llaniladi.   Chel   ||   chol,   keche,   uch.   Lahjadagi   [ch]   o‘zbek   adabiy   tilida   [s]
undoshi   bilan   almashinadi:   chech,   chechug‘   (toshkent)//   chech,   chach’q
(Farg‘ona)//soch, sochiq (o‘zbek adabiy tilida).
Til,   oldi,   jarangli,   affrikat   [J]   undoshi   so‘zning   barcha   o‘rnida   kela   oladi:
jeg‘ // jaq, penje.
Til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz [S] so‘zning uch qolatida ham ishtirok etadi: seman (Toshkent), seman (Farg‘ona), samen (Buxoro).
Til   oldi,   sirg‘aluvchi,   jarangli   [3]   undoshi   shahar   guruh   shevalarda   so‘z
oxirida yarim jarangsizlashadi: yuz s
 (yuz), b’z s
 (biz).
Til   oldi,   sirg‘aluvchi,   jarangsiz   [sh]   undoshi   so‘zning   barcha   o‘rinlarida
qatnashadi: shemol (Toshkent) shemal (Farg‘ona) shamol (Buxoro) besh.
Til oldi, sonor, burun  (n)   undoshi so‘zning har uch holatida kela oladi:   nen,
ener   (Toshkent),   nen, enar   (Farg‘).Toshkent shevasida qo‘shimchaning boshidagi
[n]   o‘zak   oxiridagi   tovush   bilan   moslashadi:   tuzn’  >   tuzz’,   etn’>   ett,   temn’  >
temm’, temirn’ > tem’rr’, oqn’ >oqq’, oshn’ > eshsh’.
[q, g‘, k, g] tovushlaridan oldin [n>s] fonetik jarayoni yuz beradi: chenqesh
> chenqesh, qo‘ng‘iz > qong‘z, to‘pka > totska, senga > setsge.
[   6]   tovushi   oldidan   [n>m]   fonetik   jarayoni   ko‘zga   tashlanadi:   sheibe   >
shembe, onb’r > omb’r.
Til  oldi, yon, jarangli  [l] undoshi  so‘z boshi, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
legen, bele  //  bala, qol.
Toshkent   shevasida   bir   bo‘g‘inli   so‘zlarning   oxirida   (xususan   fe’llarda)   [l]
undoshi qat’iy emas: masalan :  el>o, bol>bo, qel>qe.
Sonor, titroq, til oldi  [r] undoshi  so‘z ichida ba’zan [n] ga o‘tadi: kerney >
kenney, turne > tunne.
Ba’zan [r>t]jarayoni uchraydi:  b’rte  >  b’tte.
Toshkent   shevasida   ko‘plik   qo‘shimchasidagi   [r]   ning   tushish   holati
uchraydi:  beleler  >  belele || belle.
Til   o‘rta,   sirg‘aluvchi,   jarangli   [y]   undoshi   so‘zning   hamma   holatida   kela
oladi:  yesh  //  yesh, suyug‘  //  suyu, soy.
Jarangsiz,   portlovchi,   til   orqa   [k]   undoshi   so‘z   boshi,   o‘rtasi,   oxirida
qo‘llaniladi:  kek, ‘kk’  //  ekk’.
Toshkent shevasida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda [e] va [‘] unlilardan so‘ng [k >
y// v] fonetik jarayoni yuz beradi:  terek  >  terey, b’lek> b’ley, kuchuk > kuchuv.
Til   orqa,   jarangli,   portlovchi   [g]   undoshi   so‘z   boshi,   so‘z   o‘rtasida   kelgani   holda,   so‘z   oxirida
qo‘llanilmaydi: gesh (go‘sht), eger (egar).
O‘zlashgan   so‘zlarda   so‘z   oxiridagi   [g]   tovushi   [k]   yoki   [y]ga   almashadi:   barg (fors)  bek > bey.
So‘z o‘rtasida [g>y] fonetik jarayoni uchraydi: s’g’r > s’y’r.
Chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz [q] undoshi so‘zning uch holatida ham
kela oladi:  qor // qar, teqe // taqa , oq.
Toshkent   shevasida   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarda   [q]   tovushi   so‘z   oxirida
kelmaydi.
So‘z   o‘rtasida   jarangsiz   undoshdan   oldin   ba’zan   [q>x]jarayoni   yuz   berishi
mumkin:  toqsan  >  toxsan  //  tohsan, ch’qs’n  >  ch’xs’n.
Ba’zan  [q] [g‘]  undoshlarning almashinib qo‘llanilishi, ba’zan  [q>g‘]  fonetik
jarayoni   ko‘zga   tashlanadi:   buloq   //   bulog‘   (Farg‘ona,  Andijon).   buleg‘   //   bule
(Toshkent);  buleq >bulag‘, ortaq  >  ortag‘.
Chuqur   til   orqa,   portlovchi,   jarangsiz   [x]   undoshi   ham   so‘zning   har   uch
holatida kela oladi:  xet  //  xat, zexche, m’x  (Samarqand, Buxoro).
Qarluq lahjasiga kiruvchi shevalarning leksikasi xilma-xil va boshqa.  Ayni paytda ularning leksik qatlamlari ham
turli-tuman.
Ular   turli   davrlarga   xos   bo‘lganidek,   barcha   sohalarga   tegishli.   Chunonchi,
lahjada   qavm-qarindoshlik   atamalari   o‘zbek   adabiy   tili   bilan   ba’zan   umumiylik
kasb etganidek, ayrim o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, ete// o‘zbek
adabiy   tilida   ota,   ene   //   adabiy   tilda   ona,   og‘sh   //.   O‘zbek   adabiy   tilida   o‘g‘il,
qz //O‘zbek adabiy tilida qiz va boshqalar.
Shuningdek, ayrim shevalarda ba’zi atamalar o‘ziga xos tarzida qo‘llaniladi.
Ketete > kette:   (<kette ete) (and.)-buve (Toshkent),   kettene   (<kette ene),   (And)-
buv’   (Toshkent),   epeq’,   teg‘e,   emek’,   xele,   kel’n,   kuyev,   j’yen,   qeynene,
qeynete, qeyn’n’, qeyn’s’sl, qeyneg‘e, qeynegech’  va boshqalar.
Turmush  tarzi  bilan  bog‘liq  holda  kishilarning  hududlarda  qaysi   soha  bilan
shug‘ullanishiga   qarab,   o‘sha   sohani   aks   ettiruvchi   atamalar   ko‘p   qo‘llaniladi.
Masalan,   qulun   (yilqining   bir   yoshgacha   bo‘lgan   bolasi),   keltatay   (bir   yoshdan
ikki   yoshgacha),   g‘unan   (ikkidan   uch   yoshgacha),   |   dunan   (uchdan   to‘rt
yoshgacha),   bota   (tuyaning   bir   yoshgacha   bolasi),   taylaq   (bir   yoshdan   ikki
yoshgacha),  nar  (to‘rt yoshgacha erkak tuya),  toqlu  (ikki yoshgacha bo‘lgan qo‘y),
h’shshek  (uch yoshgacha) va boshqalar. Farg‘ona   vodiysida   paxtachilik   rivojlanganligi   sababli   shu   sohaga   oid
atamalar   mo‘l.   Masalan,   pexta,   heppek//   leppek   (lo‘ppak),   g‘oza,   sheneberg
(shonabarg),   beshemek   (beshamak),   kesek,   kerek,   elaqaraq   (olaqaroq),
‘rdjaq(irjoq), chuv’me  (chuvima) va boshqalar.
O‘lchov   birliklari:   peyse   (paysa),   qadaq   (qadoq),   betmen   (botmon),   tesh
(tosh), chaqrm (chaqirim). Bu atamalar hozir asosan keksalar nutqida ishlatiladi,
xolos.
Lahja   leksikasi   turkiy  so‘zlar   (o‘z  qatlam)   va  o‘zlashgan   qatlamdan  tashkil
topgan.
Turkiy   qatlam:   Bash,   yo‘rek,   b’r,   bor   (Toshkent   Andijon),   men
(Toshkent),   men   (Andijon).   O‘g‘‘l   (Toshkent),   og‘ul   (Farg‘ona, Andijon),   o‘che
(Toshkent),   ochaq   (Farg‘ona),   o‘pke   (Toshkent),   epke   (Farg‘ona)   o‘re
(Toshkent),   oraq   (Farg‘ona),   o‘rdey   (Toshkent),   erdek   (Farg‘ona),   chech
(Toshkent),  chach // chech  (Farg‘ona, Andijon),  s’r  (Toshkent, Farg‘ona),  semen
(Toshkent),   seman   (Andijon),   ch’chqen   (Toshkent),   ch’chqan   (Andijon),   t’ley
(Toshkent),   tere   (Toshkent),   taraq   (Farg‘ona),   tuzlu   (Toshkent),   uz’m
(Toshkent),   o‘zo‘m   (Farg‘ona),   kekre   (Toshkent),   chug‘urchu   (Toshkent),
chg‘rchq   (Farg‘ona),   s’gr   //   s’y’r   (Toshkent,   Farg‘ona),'   sumey   (Toshkent),
shumek   (Farg‘ona),   chushey   (Toshkent),   toshek   (Farg‘ona),   qule   (Toshkent),
qulaq   (Farg‘ona   Andijon),   qudu   (Toshkent),   qudug‘   (Farg‘ona),   qar’sh
(Toshkent),   p’che   (Toshkent),   p’chaq   (Farg‘ona),   eru   (Toshkent),   ar’q
(Farg‘ona),   beshuv   (Toshkent),   besh’k   (Farg‘ona),   bute   (Toshkent),   butaq
//putaq   (Farg‘ona),   belchu   //   belchug‘   (Toshkent),   qepqe   (Toshkent),   qapqaq
(Farg‘ona),   elme   (Toshkent,   Farg‘ona),   emech//   emesh   (Toshkent,   Farg‘ona),
eye,   (Toshkent),   eyaq   (Farg‘ona),   eg‘z   (Toshkent,   Farg‘ona),   etuv   //   o‘tuv
(Toshkent),   enggey   (Toshkent),   ‘yek   (Farg‘ona),   k’gz   //   k’y’z   (Toshkent,
Farg‘ona),  k’prey  (Toshkent),  k’rp’k  (Farg‘ona),  yurpsh  (MK.  1,  443),  kepeley
(Toshkent),  kepelek  (Farg‘ona),  kepaN  (MK.1, 149),  ‘s’rug‘  (Toshkent),  Ksrxq
(MK.1.125),  jr  (Toshkent),  rr  (MK.1.313),  buk’r  (Toshkent),  bukr’
(Farg‘ona),   bo‘kr!   (MK.   1.366),   bute   (Toshkent),   butaq   (Farg‘ona),   butaq   //   butaq   (MK.1.358),   b’ley
(Toshkent),  b’lek  (Farg‘ona),  bshak (MK.1.366), chuchuv  (Toshkent),  such1k (MK, 1.382), uneld’  (Toshkent),  uyatt (Farg‘ona),   uyattx   (MK.1,   222),   unn’qt’   (Toshkent),   unuqt!   (MK.1.223),   ekt’   (Toshkent,   Farg‘ona),   eqgs   (MK.1.
180),   ‘shlend’   (Toshkent),   1 shlald 1   (MK.   1.290),   ye:lad’   //   y’g‘led’   //   y’g‘led’   (Toshkent),   1 g‘la§x(MK,   1,   283),
ber’sh-kel’sh  (Toshkent),  kelsh-baryn
Tabiiyki,   lahjadagi   o‘zaro   yoki   yodgorliklar   bilan   yuz   bergan   tafovutlar
so‘zlarda   fonetik   o‘zgarishlar,   fonetik   jarayonlar   bilan   ko‘proq   bog‘liq.   Ba’zan
so‘zlardagi semantik ma’no munosabati ham o‘zaro tafovutni yuzaga keltirgan.
O‘zlashgan   qatlam:   O‘zlashgan   qatlam   nafaqat   adabiy   tilda,   balki
lahjalarda   ham   anchagina   bo‘lib,   ba’zan   ularni   aniq   qaysi   qatlamga   tegishliligini
aniqlash ham qiyin. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va shahar guruh shevalarda shunday
o‘zlashgan   so‘zlar   mavjudki,   ular   xudsi   o‘z   qatlamiday   bo‘lib   ketgan.   Masalan,
mel  (Toshkent, Farg‘ona), adabiy imloda  mol  (arabcha),  m’xnet  (Toshkent) adabiy
imloda   mehnat   (arabcha),   g‘em   (Toshkent),   g‘am   (Farg‘ona)   (arabcha),   zer’l
(Toshkent)   adabiy   imloda   zarur   (arabcha),   ez’z   (Toshkent,   Farg‘ona),   adabiy
imloda  aziz  (arabcha),  ‘neg‘em  (Toshkent), adabiy imloda  in’om  (arabcha),  juvop
(Toshkent,   Farg‘ona)   adabiy   imloda   javob   (arabcha).   q’mat   (Toshkent),   adabiy
imloda   qimmat   (arabcha),   next   (Toshkent),   adabiy   imloda   naqs   (arabcha),   um’r
(Toshkent)   adabiy   imloda   umr   (arabcha),   me:lum   (Toshkent),   adabiy   imloda
ma’lum   (arabcha),   xever   (Toshkent),   adabiy   imloda   xabar   (arabcha),   heyven
(Toshkent),   adabiy   imloda   hayvon   (arabcha),   derex   (Toshkent),   daraq//   darax
(Andijon,   Farg‘ona),   adabiy   imloda   daraxt   (tojikcha),   leden-neden   (Toshkent,
Farg‘ona),   adabiy   imloda   nodon   (tojikcha),   tez   (Toshkent,   Andijon,   Farg‘ona).
Adabiy   imloda   tez   (tojikcha),   bechere   (Toshkent),   adabiy   imloda   bechora
(tojikcha),   darye   (Toshkent),   deyre   (Andijon).  Adabiy   imloda   daryo   (tojikcha),
sheher   //   sheer//   she:r   (Toshkent),   adabiy   imloda   shahar   (tojikcha),   dos
(Toshkent),   adabiy   imloda   do‘st   (tojikcha),   nerx   (Toshkent),   nex   (Andijon).
Adabiy imloda   narx   (tojikcha),   gosh   (Toshkent), adabiy imloda   go‘sht   (tojikcha),
meydon   (Toshkent)   adabiy   imloda   maydon   (tojikcha),   bezer   (Toshkent),   bezar
(Andijon).  Adabiy   imlode   bazor   (tojikcha),   dekan   (Toshkent),   deken   (Andijon).
Adabiy   imloda   do‘kon   (tojikcha),   ch’re   (Toshkent),   ch’raq   (Andijon),   adabiy
imloda chiroq (tojikcha),  she^ug  (Toshkent), adabiy imloda  shogird  (tojikcha).
Arab  tilidan o‘zlashgan  so‘zlar   sheva  vakillari  nutqida  xuddi  o‘zbekchadek singib   ketgan.   Masalan:   m’xnetch’   (Toshkent)   (<ar.mehnat+o‘zb-chi),   devletl’
(<ar.davlat+o‘zb-li),   g‘eyretl’   (<ar.g‘ayrat+o‘zb-li),   xeqs’z   (<ar.heq+o‘zb.-siz),
‘xt’yetl’y   (<ar.ehtiyot+o‘zb-lik),   rez’l’y   (<ar.   Rozi+o‘zb.-lik),   me:murch’l’y
(ar.ma’mur+o‘zb-lik),   shexepche   (<ar   shahob+o‘zb-cha),   hazirgi   (ar   hozir+o‘zb-
gi), en’qlesh(<ar.aniq+o‘zb-lash),  terb’yele  (<ar.tarbiya+ o‘zb.-la) va boshqalar.
Lahjada   arab   so‘zlari   o‘zagiga   tojikcha   qo‘shimchalar   yoki   arabcha   va
tojikcha aralash qo‘shimchalar qo‘shilgan so‘zlar ham uchraydi. Masalan:   beteqat
(Toshkent) (< toj. Be-+ ar.toqat),   bepah’m   (< toj.be- +ar.fahm),   belegerden   (<ar.
+toj.),  ves’yetneme  (< ar+ toj),  qvlegey  (< ar+ toj),  aslzede  (< ar+ toj),  qev’shdo‘z
(< ar+ toj) va boshqalar.
O‘zbek xalqi bilan tojik xalqi juda uzoq vaqtdan buyon yaqin munosabatda
bo‘lganligi sababli o‘zbek tiliga tojik tilidan juda ko‘p so‘zlar o‘zlashgan. SHahar
guruh   shevalarda   ism   guruhida   va   ravish   turkumida   arabcha   so‘zlar
anchagina.Masalan:  Toshkent  shevasida   evez   (adabiy imloda  ovoz),   eyne   (adabiy
imloda oyna),  ege:  (adabiy imloda ogoh),  erem  (adabiy imloda orom),  erz’  (adabiy
imloda   orzu),   eptev   (adabiy   imloda   oftob),   bednem   (adabiy   imloda   badnom),
better  (imloda battar),  bez’m  (imloda bazm),  bende  (imloda banda),  beng  (imloda
bangi),   bey   (imloda   barg),   b’yevon   (imloda   biyobon),   begene   (imloda   begona),
bemer   (imloda   bemor),   bechere   (imloda   bechora),   qelender   (imloda   qalandar),
deremat  (imloda daromad),  desh  (imloda dasht),  endeze  (imloda andoza),  end’she
(imloda   andisha),   ermen   (imloda   armon),   ze   (imloda   zog‘),   zeberdes   (imloda
zabardast),   nerven   (imloda   narvon),   kepter   (imloda   kaptar),   gerden   (imloda
gardon),   g’ye   (imloda   giyoh),   gevher   (imloda   gavhar),   lerze   (imloda   larza),
nezen’n   (imloda   nozanin),   nevro‘z   (imloda   navro‘z),   peyendez   (imloda
poyondoz),   peymen   (imloda   paymon),   reven   (imloda   ravon),   revshen   (imloda
ravshan),  teshne  (imloda tashna) va boshqalar.
Tojik   tilidan   o‘zlashgan   so‘zlardan   ba’zilari   ayrim   so‘zlarning   qosil
bo‘lishiga   asos   sifatida   ham   xizmat   qiladi.   Masalan,   duterch’   (<   toj.dutor+o‘zb-
chi),   rehberl’y   (toj.rahbar+o‘zb.-lik),   xursench’l’y   (<   toj.xursand+o‘zb-chilik),
evrel   (<toj.obru   +o‘zb-li),   peslesh’p   (<toj.past+o‘zb-la+sh+ib),   derexs’z   (<toj. daraxt +o‘zb-siz) va boshqalar.
Shahar   shevalarida   qaratqich   kelishigi   qo‘shimchasi   adabiy   tildan   farqli
ravishda   o‘zakning   tabiatiga   qarab   -n’  //   -d’  /-t’   shaklida   qo‘llaniladi.   Masalan:
qares’n’ ko‘rsetmay kett’  (Toshkent),  s’zn’ ez’y’zge munas’p  (And).  Ulard’ uch
og‘l bar  (Andijon)  n’chaqt sap’  (Farg‘ona). Adabiyotlar :
1. Шоабдураҳмонов Ш.   Карлукское наречие узбекского язжа. Т.: «Фан» 1983.
2. Шоабдураҳмонов   Ш.   Ўзбек   адабий   тили   ва   ўзбек   халқ   шевалари.
Тошкент. 1962.
3. Носиров Ш.  Ўзбек тилининг Қўқон шеваси.  Тошкент, 1980.
4. Иброҳимов С.И.  Ўзбек тилининг Андижон шеваси. Тошкент, 1967.
5. Шерматов А.  Қашқадарё ўзбек шевалари.  Тошкент, 1972 .
6. Алиева.Ю.  Ўзбек диалектологиясидан материаллар.  Тошкент, 1991 .

QARLUQ-CHIGIL-UYG’UR LAHJASINING MUHIM XUSUSIYATLARI Reja: 1. Qarluq lahjasi haqida qisqacha ma’lumot. 2. Qarluq guruh shevalarining unlilar tizimi. 3. Qarluq guruh shevalarining undoshlar tizimi. 4. Qarluq guruh shevalarining o‘zbek adabiy tili bilan fonetik munosabati.

Qarluq lahjasi atamasi o‘rnida ShShoabdurahmonov bo‘yicha, V.V. Reshetov bo‘yicha «qarluq-chigil uyg‘ur», E.D. Polivanov bo‘yicha «chig‘atoy», G‘.O. Yunusov bo‘yicha «turk-barlos», A.K. Borovkov bo‘yicha «o‘rta o‘zbek» atamalari qo‘llaniladi. Qipchoq va o‘g‘uz lahjalari bilan birga o‘zbek tilining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Qarluq lahjasini bir qancha guruhlarga ajratib ko‘rsatish mumkin. 1. Farg‘ona guruhi — Namangan dialekti (Namangan, Uychi, Chortoq shevalari kirib, ular uyg‘ur tiliga yaqin), Andijon-Shahrixon dialekti (Andijon shahar shevasi, Shahrixon shevasi kiradi), O‘sh- O‘zgan dialekti, Marg‘ilon- Ko‘qon dialektlarini o‘z ichiga oladi. 2. Toshkent guruhi — Toshkent (Pskent, Parkent, Qoraxitoy shevalari kiradi), Jizzax dialektilarini o‘z ichiga oladi. 3. Qarshi guruhi — Qarshi dialekti (Qarshi, Shahrisabz, Kitob, YAkkabog‘ shevalari) Samarqand-Buxoro dialekti (Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Cho‘st, Koson shevalari)ni o‘z ichiga oladi. Qarluq lahjasining unlilar tizimi qipchoq va o‘g‘uz lahjalarining unlilar tizimidan birmuncha farqi ko‘zga tashlanadi. Buni quyidagi jadvallardan aniq ilg‘ash mumkin. Bu unlilarni hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, mazkur shevalarda unlilar adabiy tildagidan kamroq. Chunki hozirgi o‘zbek adabiy tilida xuddi eski o‘zbek tilidagidek 9 unli tovush mavjud. Ammo ular 6 ta harf bilan ifodalanadi. O‘zbek shevalari undosh tovushlar tizimi jihatidan ham o‘zaro farqlanadi. Chunonchi, Toshkent va Farg‘ona guruh lahjalarda lab- tish f va v, til oldi sirg‘aluvchi j, affrikat s, bo‘g‘iz h undoshlari yo‘q. Bu undoshlar tabiatan o‘ziga yaqin bo‘lgan boshqa tovushlar bilan almashadi: foyda > peyde, vagon > vvegen, sirk > serk, hozir > xezir. Lab-lab, jarangsiz {P} undoshi so‘zning barcha holatida kela oladi: pexta / paxta, ‘pek / ipak, qep / qop. Farg‘ona lahjasida so‘z o‘rtasida ba’zan jarangiz p undosh jarangli v undoshiga o‘tishi mumkin: Tepa > teve. Lab-lab, portlovchi, jarangli {6} undoshi adabiy tilda so‘zning barcha

holatda kela olgani holda, lahjada so‘z oxirida uchramaydi.So‘z oxirida va so‘z boshida ko‘pincha b > v fonetik jarayoni yuz beradi: teshbaqa > teshveqe, leb > lev, xeber > xever. Toshkent, Farg‘ona, Andijon shevalarida b > m fonetik jarayoni mavjud: bun’ > mun’, burui > murun. Samarqand - Buxoro guruh shevalarda lab-tish [ F] tovushi mavjud: aft, hafta, safel. Toshkent - Farg‘ona guruh shevalarda [F] tovushi[P] tovushiga o‘tadi: k’ft > k’pt, kasofat > kesepet. Shahar guruh shevalarda lab-lab, sirg‘aluvchi, jarangli [v] undoshi adabiy tildagi ushbu tovugsdan deyarli farq qilmaydi: vedj //vadj, savug‘ // savuq, ‘kov // ‘kkav. Lab-lab, burun, sonor M undoshi Toshkent lahjasida ba’zan «v»ga o‘tadi: ko‘rd’m’z > ko‘rd’vuz q ko‘rduvze. Andijon shevasida m>n jarayonini ham uchratish mumkin: momaguldrek > nameguldrek. Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon shevalarida m>p fonetik jarayoni mavjud: boryepmen >boryeppen, ketyepmep> ketyeppen. Til oldi, jarangsiz t undoshi so‘zning barcha holatida kela oladi: t’l-til, qattug‘ // qattq-qattiq, tel-tol. Ba’zan t>ch fonetik jarayoni uchraydi: tush > chush, t’sh > ch’sh. Lahjada jarangli [d] undoshi so‘z oxirida unlidan so‘ng ko‘pincha tushadi yoki jarangsiz [t]ga o‘tadi: xursand > xursen, baland >belen, abad > evat. Til oldi, jarangsiz, affrikat [ch] undoshi so‘zning barcha holatida qo‘llaniladi. Chel || chol, keche, uch. Lahjadagi [ch] o‘zbek adabiy tilida [s] undoshi bilan almashinadi: chech, chechug‘ (toshkent)// chech, chach’q (Farg‘ona)//soch, sochiq (o‘zbek adabiy tilida). Til, oldi, jarangli, affrikat [J] undoshi so‘zning barcha o‘rnida kela oladi: jeg‘ // jaq, penje. Til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz [S] so‘zning uch qolatida ham ishtirok etadi:

seman (Toshkent), seman (Farg‘ona), samen (Buxoro). Til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli [3] undoshi shahar guruh shevalarda so‘z oxirida yarim jarangsizlashadi: yuz s (yuz), b’z s (biz). Til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz [sh] undoshi so‘zning barcha o‘rinlarida qatnashadi: shemol (Toshkent) shemal (Farg‘ona) shamol (Buxoro) besh. Til oldi, sonor, burun (n) undoshi so‘zning har uch holatida kela oladi: nen, ener (Toshkent), nen, enar (Farg‘).Toshkent shevasida qo‘shimchaning boshidagi [n] o‘zak oxiridagi tovush bilan moslashadi: tuzn’ > tuzz’, etn’> ett, temn’ > temm’, temirn’ > tem’rr’, oqn’ >oqq’, oshn’ > eshsh’. [q, g‘, k, g] tovushlaridan oldin [n>s] fonetik jarayoni yuz beradi: chenqesh > chenqesh, qo‘ng‘iz > qong‘z, to‘pka > totska, senga > setsge. [ 6] tovushi oldidan [n>m] fonetik jarayoni ko‘zga tashlanadi: sheibe > shembe, onb’r > omb’r. Til oldi, yon, jarangli [l] undoshi so‘z boshi, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi: legen, bele // bala, qol. Toshkent shevasida bir bo‘g‘inli so‘zlarning oxirida (xususan fe’llarda) [l] undoshi qat’iy emas: masalan : el>o, bol>bo, qel>qe. Sonor, titroq, til oldi [r] undoshi so‘z ichida ba’zan [n] ga o‘tadi: kerney > kenney, turne > tunne. Ba’zan [r>t]jarayoni uchraydi: b’rte > b’tte. Toshkent shevasida ko‘plik qo‘shimchasidagi [r] ning tushish holati uchraydi: beleler > belele || belle. Til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli [y] undoshi so‘zning hamma holatida kela oladi: yesh // yesh, suyug‘ // suyu, soy. Jarangsiz, portlovchi, til orqa [k] undoshi so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida qo‘llaniladi: kek, ‘kk’ // ekk’. Toshkent shevasida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda [e] va [‘] unlilardan so‘ng [k > y// v] fonetik jarayoni yuz beradi: terek > terey, b’lek> b’ley, kuchuk > kuchuv. Til orqa, jarangli, portlovchi [g] undoshi so‘z boshi, so‘z o‘rtasida kelgani holda, so‘z oxirida qo‘llanilmaydi: gesh (go‘sht), eger (egar). O‘zlashgan so‘zlarda so‘z oxiridagi [g] tovushi [k] yoki [y]ga almashadi: barg

(fors) bek > bey. So‘z o‘rtasida [g>y] fonetik jarayoni uchraydi: s’g’r > s’y’r. Chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz [q] undoshi so‘zning uch holatida ham kela oladi: qor // qar, teqe // taqa , oq. Toshkent shevasida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda [q] tovushi so‘z oxirida kelmaydi. So‘z o‘rtasida jarangsiz undoshdan oldin ba’zan [q>x]jarayoni yuz berishi mumkin: toqsan > toxsan // tohsan, ch’qs’n > ch’xs’n. Ba’zan [q] [g‘] undoshlarning almashinib qo‘llanilishi, ba’zan [q>g‘] fonetik jarayoni ko‘zga tashlanadi: buloq // bulog‘ (Farg‘ona, Andijon). buleg‘ // bule (Toshkent); buleq >bulag‘, ortaq > ortag‘. Chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz [x] undoshi ham so‘zning har uch holatida kela oladi: xet // xat, zexche, m’x (Samarqand, Buxoro). Qarluq lahjasiga kiruvchi shevalarning leksikasi xilma-xil va boshqa. Ayni paytda ularning leksik qatlamlari ham turli-tuman. Ular turli davrlarga xos bo‘lganidek, barcha sohalarga tegishli. Chunonchi, lahjada qavm-qarindoshlik atamalari o‘zbek adabiy tili bilan ba’zan umumiylik kasb etganidek, ayrim o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, ete// o‘zbek adabiy tilida ota, ene // adabiy tilda ona, og‘sh //. O‘zbek adabiy tilida o‘g‘il, qz //O‘zbek adabiy tilida qiz va boshqalar. Shuningdek, ayrim shevalarda ba’zi atamalar o‘ziga xos tarzida qo‘llaniladi. Ketete > kette: (<kette ete) (and.)-buve (Toshkent), kettene (<kette ene), (And)- buv’ (Toshkent), epeq’, teg‘e, emek’, xele, kel’n, kuyev, j’yen, qeynene, qeynete, qeyn’n’, qeyn’s’sl, qeyneg‘e, qeynegech’ va boshqalar. Turmush tarzi bilan bog‘liq holda kishilarning hududlarda qaysi soha bilan shug‘ullanishiga qarab, o‘sha sohani aks ettiruvchi atamalar ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, qulun (yilqining bir yoshgacha bo‘lgan bolasi), keltatay (bir yoshdan ikki yoshgacha), g‘unan (ikkidan uch yoshgacha), | dunan (uchdan to‘rt yoshgacha), bota (tuyaning bir yoshgacha bolasi), taylaq (bir yoshdan ikki yoshgacha), nar (to‘rt yoshgacha erkak tuya), toqlu (ikki yoshgacha bo‘lgan qo‘y), h’shshek (uch yoshgacha) va boshqalar.