logo

QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI. YUSUF XOS HOJIB IJODI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.8330078125 KB
QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI. YUSUF XOS HOJIB IJODI
REJA:
1. X-XII asrlarda ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit, mustaqil davlatlar va 
ularning markazida adabiy muhit.
2.   Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi.
3. Yusuf Xos  H ojib hayoti, " Q utad g’ u bilig" dostonining  q o`lyozmalari, 
o`rganilishi, nashrlar i .
4.   Dostondagi ramziy timsollar, asarning g’oyaviy mundarijasi
5.   Asarning badiiy xususiyatlari.
  IX-X asrlarda arab xalifaligining Markaziy Osiyo hududidagi ta`siri susayib,
birin-ketin   mahalliy   davlatlar   yuzaga   kela   boshladi.   Dastlab   tohiriylar,   so`ngra
somoniylar,   qoraxoniylar,   g’aznaviylar,   saljuqiylar,   xorazmshohlar   davlati   X-XII
asrlar   mobaynida   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy
hayotida  muhim   ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Ularning  markazlari  bo`lgan  Samarqand,
Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un,  G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar
madaniy   markaz   maqomiga   ega   bo`lib,   ularda   ilm-fan,   san`at   va   madaniyat
rivojlandi.
  X-XII  asrlarda  turkiy  tildagi  adabiyot   ancha  rivojlandi.  Bir  qator  shoir   va adiblar
е tishib chiqdi. Ana shulardan biri Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U
haqdagi ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim ma'lumotlar uchraydi. Bu
asarini   50   yoshlarda   ijriy   462   yili   G`1069-1070G`   yozib   tugatgan.   Yusuf   o’zi
haqida  asar  muqaddimasida  shunday  ma'lumot b е radi: «Bu kitobni tasnif qilig’li
Balasag’un   mavludlig’   parqiz   idisi   er   turur.   Ammo   bu   kitobni   Qashg’arda   tugal
qilib,   Mashriq   maliki   Tavg’achxon   uskinga   k е churmish,   malik   ani   ag’irlab,
ulug’lab   o’z   Xas   Hojiblikni   anga   b е rmish   turur,   aning   uchun   Yusuf   ulug’   Xas
Hajib   t е b   atijavi   yozilmish   turur».   Kitobda   tilga   olingan   xoqon   Nasiriddin
Tavg’ach   Bug’ro   Qoraxon   1075-1103   yillar   davomida   qoraxoniylar   davlatini
boshqargan.   Asar   unga  bag’ishlangan.   Qoraxoniylar   davrida  mamlakat   mulklarga
taqsim   qilinib   idora   qilingan.   Mana   shu   ulushlarning   boshida   turgan   hukmdorlar
Eligxon nomi  bilan ataladi. Eligxonlar  ustidan  nazorat  qiluvchi  oliy hukmdor  esa
Tavg’achxon   nomi   bilan   yuritiladi.   Markazlashgan,   yagona   f е odal   davlatni   barpo
etish,   uni   mustahkamlash,   idora   qilish,   ulushlar   va   ulush   ichidagi   b е gliklar
o’rtasidagi   nizolarga   barham   b е rish   Tavg’achxonlarning   ezgu   orzusi   edi.   Xuddi
ana   shunday   davlatni   idora   qilish   usulini,   siyosatini,   qonun-qoidalarini,   rasmu
odatlarini,   axloq   m е 'yorlarini   o’zida   mujassamlashtirgan   nizomnoma,   qomus
sifatida   «Qutadg’u   bilig»   yuzaga   k е ldi.   Yusuf   Xos   Hojib   mana   shu   masalalarga
javob   b е rib,   o’z   asarini   yaratar   ekan,   u   bir   tomondan,   o’z   davrining   yirik   olimi,
fozili,   donishmandi,   faylasufi,   shoiri,   tarix,   tib,   riyoziyot,   nujum   va   shu   kabi
boshqa   fanlardan   xabardor   bo’lgan   barkamol   kishi   sifatida,   ikkinchi   tomondan, f е odal   sinfning   vakili,   yuqori   tabaqa   kishilarining   himoyachisi   sifatida   namoyon
bo’ladi.   Asar   mazmuni   muallifning   arab   va   fors   tillarini   mukammal   bilgan,   bu
tillardagi   diniy, ilmiy, badiiy  adabiyot  bilan  chuqur  tanishgan,  ayni   paytda  turkiy
yozma adabiyot, xalq og’zaki ijodi bilan ham yaxshi tanish bo’lganini ko’rsatadi.
Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo’lgan «Qutadg’u bilig» 6500 bayt yoki 13
ming   misraga   yaqin   sh е 'rdan   iborat.   Asar   18   oyda   yozib   tugatilgan.   Muallif   o’z
asariga   «Qutadg’u   bilig»   d е b   nom   b е radi.   Bu   baxt   va   saodatga   eltuvchi   bilim,
ta'lim d е makdir. Shoir shunday yozadi:
Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig»,
Qutadsu o’qug’lika tutsu elig
G`Kitob otini «Qutadg’u bilig» qo’ydim,
O’quvchiga baxt k е ltirsin, qo’lidan tutsinG`.
Shu   sababdandirkim,   kitobni   chinliklar   «Adab-ul-muluk»/`«Hukmdorlar
odobi»/,   mochinliklar   «Oyin-ul-mamlakat»   /«Mamlakatning   tartib   usuli»,
sharqliklar «Zain-ul-umaro»/, /«Amirlar ziynati»/, eronliklar «Shohnomai turkiy»,
turonliklar   «Qutadg’u   bilig»,   ba'zilar   «Pandnomai   muluk»/«Hukmdorlar
pandnomasi»/ d е ganlar.
«Qutadg’u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo
bo’ldi.   Bu   asarning   1439   yilda   Hirotda   uyg’ur   yozuvi   bilan   Hasan   Qara   Sayil
Shams tomonidan ko’chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug’ot shahriga, bu  е rdan esa,
1474 yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o’g’li Qozi Ali tomonidan
Istambulga k е ltirilgan. Uni sharqshunos olim Hamm е r Purgshtall Istambulda sotib
olib V е na saroy kutubxonasiga k е ltiradi. 1870 yilda v е ng е r olimi H е rman Vamb е ri
«Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur tili obidalari» va «Qutadg’u
bilig»   nomi   bilan   nashr   qildi.   G`1823   yilda   frantsuz   sharqshunosi   Jaub е rt   Am е di
ham   nashr   ettirganG`.   1890   yildan   boshlab   bu   asarni   o’rganishga   V.Radlov
kirishadi. 1896 yilda «Qutadg’u bilig»ning arab yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi
bir   nusxasi   Qohirada   topildi.   Radlov   1910   yilda   asarni   rus   alfavitiga   asoslangan
to’liq     transkriptsiyasini   n е mis   tiliga   tarjimasi   bilan   nashr   qildiradi.   Bu   asarning
arab   yozuvi   bilan   ko’chirilgan   uchinchi   nusxasi   1913   yilda   Namanganda   topildi. 1924   yilda   Fitrat   namanganlik   Muhammadhoji   eshon   Lolar е sh   ismli   kishidan   bu
nusxani oladi va Toshk е ntga Asosiy kutubxonaga k е ltiradi.
«Qutadg’u bilig» tarkibi quyidagicha: Uch bosqich muqaddima:
Nasriy muqaddima G`38 satrG`.
Sh е 'riy muqaddima G`77 baytG`.
Muqaddimaviy boblar G`11 bob. 390 baytG`.
Asosiy   qism   -   doston   mavzui   68   bobda   rivojlanadi.   Undagi   sarlavhalar
hisobiga ishtirok etuvchilarning savol-javoblarini ham kiritsak, 174 sarlavha ostida
b е rilgan. Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima qismi - 2 qismda va masnaviy bobdan
iborat bo’lib, masnaviy bob mazmunigina dostonga aloqador. 
Muqaddimada   tangriga   hamd,   payg’ambar   va   chahoryorlarga   na't   aytiladi.
«Qutadg’u   bilig»   180   ga   yaqin   to’rtlik,   masnaviy   va   uch   bob   qasidadan   iborat.
Asar aruzda yozilgan. Mutaqorib bahrida.
«Qutadg’u bilig» o’sha davrda Qoshg’ardan Kaspiygacha bo’lgan k е ng maydonga
yoyilgan   barcha   turkiy   qabilalar   uchun   tushunarli   bo’lgan   «Bug’raxon   tili»da
yozilgan. 
«Qutadg’u   bilig»-adabiy   asar,   badiiy   adabiyot   numunasi.   Asar   qahramonlari   4
timsoldan tashkil topgan:
Biri to’g’rilikka tayanch-Adolat
Biri Davlat erur, u qutli g’oyat.
Uchinchi-ulug’lik Aql ham Zako
To’rtinchi-Qanoat erur b е baho.
Birinchisi,   Adolat-u   bosh   hukmdor,   uning   nomi   Kuntug’di,   u   quyoshd е k
barchaga barobar nur taratadi. Ikkinchisi, Davlat-turkiyda  Qut, u bosh vazir, uning
nomi Oyto’ldi. Asarning bosh qahramoni O’gdulmish-Aql va Bilimdir. To’rtinchi
timsol-Qanoat.   Uning   ismi   O’zg’urmish.   Olimlarimiz   fikricha,   bular   islom
ma'naviyatining   bosh   timsollari   edi:   O’zg’urmish   obrazi   tarkidunyo   qilgan,
zohidlik   va   taqvoni   yashash   tarziga   aylantirgan   so’fiylarni   anglatadi.   Asarda
tasavvufiy g’oyalar ham ko’zga tashlanadi.  Muallif   Xudoni   e'tirof   etadi.   Din   va   shariat   yo’lini   unutmaslikka   chaqiradi.   Uning
dunyoqarashida   Farobiy,   Ibn   Sinolar   dunyoqarashining   ta'siri   s е ziladi.   U   е tti
plan е ta, o’n ikki burj haqida gapiradi. Yusuf Xos Hojibning davlat, uning qurilishi,
hokimiyatni   boshqarish,   moddiy,   siyosiy,   ijtimoiy   qarashlari   asardagi   to’rt
obrazning o’zaro munozara, bahs, savol-javoblari orqali namoyon bo’ladi.
Muallif   barcha   ijtimoiy   tabaqa,   toifa   va   guruhlar,   ularning   jamiyatdagi
mavq е lari,   o’rni,   yashash   sharoitlari,   ongi,   ruhiyati,   kasbu   korlari   kabilar   haqida
batafsil   fikr   yuritadi.   U   odamlarni   ikki   yo’nalish   asosida   guruhlarga   ajratadi:
1.Moddiy   boylikning   taqsimlanishi,   mulkka   egalik   jihatidan.   Bunga   ko’ra   uchga
ajratiladi: a) boylar, b) o’rta hollar,                          v) chig’aylar /kambag’allar/. 2.
Asosiy   mashg’ulotlari,   kasblari,   ijtimoiy   m е hnatning   jamiyat   a'zolari   o’rtasida
taqsimlanishi   jihatidan.   Bu   jihatdan   kishilar   hukmronlar,   amaldorlar,
mansabdorlar, saroy kishilari, avom a'laviylar /Ali xonadoniga mansublar/, olim va
donishmandlar,   tabiblar,   afsunchilar,   azayimxonlar,   tush   ta'birlovchilar,
yulduzchilar,   shoirlar,   savdogarlar,   chorvadorlar,   hunarmandlar,   qashshoqlar   va
boshqalarga bo’linadi.
Muallif   olimlar   haqida   alohida   gapiradi.   Ularni   ulug’laydi.   Ularga
ozor b е rmaslikni, moddiy jihatdan quvvatlashni aytadi:
Yo’q ersa ajunda bu alim bo’gu,
Tikib unmagay erdi  е rda  е gu.
Ularni qattiq s е v, ag’irla so’zin,
Biliglarin o’gran o’gush azin. 
Ular ilmi bo’ldi buzunga yo’la,
Yarusa yo’la tunla azmas yo’l-a.
Mazmuni:
Yo’q ersa jahonda gar olim, dono,
Ekib unmagay erdi  е rda dona.
Ularni juda s е v, qadrla so’zin
Bilimlarin o’rgan ko’pin yo ozin.
Ular ilmi xalqqa bo’ladi chiroq, Chiroq yonsa, tunda adashmas oyoq.
Shoirlar   juda   ulug’   kishilar,   ular   kishilarni   ham   madh,   ham   fosh   qiladilar.
Ularning tillari qilichdan o’tkir, xotiralari nozik va chuqur:
Yana k е ldi shoir-bu so’z t е rguvchi, 
Kishin madh etuvchi yo fosh qilguvchi.
Qilichdan ham o’tkir bularning tili,
Va qildan nozikroq xotirlash yo’li.
Nozik so’z, kalom kim eshitay d е sa, 
Bulardan eshitsin, qilar zavq rosa...
Yusuf   Xos   Hojib   d е hqonlarga   ham   yuqori   baho   b е rdi.   Ularning   m е hnati
halol, sharafli, barchaga manfaatli ekanligini ta'kidlaydi:
Bo’lar d е hqon ahli juda qo’li k е ng,
Xudo b е rganidan erur ko’ngli k е ng.
Qimirlaguvchidan  е r uzra hamon
Yuruvchiga osh, non, uchuvchiga don.
Ularga aralash, qo’shilish o’zing,
Shirin so’zla tilda, ochiq tut yuzing.
Chorvadorlar haqida:
Qimiz, sut, yungu yog’, qurut va qatiq,
Namat va kigiz ham to’qima tutiq.
Bular manfaatli kishilar turur,
Bularni juda yaxshi tut, ey unur.
Yusuf   Xos   Hojib   o’z   zamonasining   donishmandi,   turli   ilmlardan   bahs
yuritishga   qodir   olim   va   fozil   kishisi,,   faylasufi   edi.   Shuning   uchun   ham   u   o’z
asarida ilm-fan, bilim-zakovat, ma'rifat  targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi. U
kishilarni   tinmay   ilm   olishga,   bu   ilmni   amalda   tadbiq   qilishga   undaydi.   U   ilm
ahlini qadrlashga chaqiradi:
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik olar.
Bilimsiz kishilar bo’lar ko’r misol, Bilimsiz, bilimdan k е lib hissa ol.
Hamma xayrli ishlar bilim nafidur
Bilim hatto osmon sari yo’l ochur.
«Qutadg’u   bilig»da   muallif   odob-axloq   masalalariga   alohida   to’xtaladi.   U
turli   tabaqalar   o’rtasidagi   munosabat,   axloq,   muomala,   odamgarchilik,
to’g’rilik,soflik, m е hr-muhabbat, vafo, shafqat, adolat, insof, saxovat, aql, zakovat
kabi   xususiyatlarni   g’ayri   insoniy,   yolg’onchilik,   insofsizlik,   egrilik,   b е m е hrlik,
zulm, nomardlik, johillik kabi tomonlar bilan qiyoslaydi:
Yomonlikni qilma, e xulqi suzuk,
Bu kun ezgu ish qil, f е 'ling qil tuzuk.
Yomon ishni qilma, u koni zarar,
Yomonlik ilon bir, s е ni u chaqar.
Barcha   odob-axloqning   boshi   tildir.   Tilning   foyda   va   zarari   b е hisobdir.   Oz
so’zlash, ko’p tinglash k е rak. Qizil til qora boshning yovi:
Kishin til ulug’lar, topar qut kishi,
Kishin til tubanlar, yorilar boshi.
So’zing ehtiyot qil, boshing k е tmasin,
Tiling ehtiyot qil, tishing sinmasin.
Talay so’zlama so’z, biroz so’zla oz,
Talay sir-sinoatni oz so’zda yoz.
Qora bosh yovi bu qizil til erur,
Talay bosh  е gan u, yana  ham  е yur.
Muallif   farzand   tarbiyasi,   o’g’il-qiz   o’stirish,   ziyofatga   borish,   u   е rda
o’tirish, ovqatlanish odobi haqida o’git b е radi. 
«Qutadg’u bilig»da yozma adabiyot va xalq og’zaki ijodining chuqur ta'siri
s е ziladi. Muallif bu asarni yozishda epik asarlardan, tarixiy va diniy adabiyotlardan
o’rinli   foydalangan.   Asarda   «Shohnoma»ning   ta'siri   s е ziladi.   Asarda   Iskandar,
Kisra,   Qaysar,   Qorun,   Shaddod,   Od,   Faridun,   Zahhok   kabi   qirqqa   yaqin   obrazlar uchraydi.   Asarda   ko’pgina   maqollar,   hikmatli   so’zlar   ko’zga   tashlanadi.   Alp   Er
To’nga  marsiyasi uchraydi.
Agar nafs tiyilsa-bu bosh sog’lig’i
Fizo oz  е yilsa-og’iz totlig’i.
Qorinda yaralgan qiliq, o’rganik
Qora  е r tagida k е tar,ey t е tik.
Uy olmoqchi bo’lsang so’ra qo’shnisin
Е r olmoqchi bo’lsang so’ragin suvin.
Asarda   ko’plab   badiiy   tasvir   vositalari   uchraydi.   Turli   tashb е hlar,   omonimlar,
o’xshatishlar ishlatilgan. 
Umuman,   «Qutadg’u   bilig»   bundan   k е yin   ham   o’quvchilarimizni   axloqli   qilib
tarbiyalashda ahamiyat kasb etav е radi. Zaruriy adabiyotlar
1.  Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: 
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O`qituvchi, 1974.
3. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
    4. Yusuf Xos  H ojib. Qutadg’u bilig. (Nashrga tayyorlovchi va so`z boshi 
muallifi  Q.Karimov). - T.: Fan, 1971, 1972 (ikkinchi nashr).
    5. Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. - T.: Yulduzcha, 1987.
    6. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. - T.: Cho'lpon, 2007.

QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI. YUSUF XOS HOJIB IJODI REJA: 1. X-XII asrlarda ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit, mustaqil davlatlar va ularning markazida adabiy muhit. 2. Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi. 3. Yusuf Xos H ojib hayoti, " Q utad g’ u bilig" dostonining q o`lyozmalari, o`rganilishi, nashrlar i . 4. Dostondagi ramziy timsollar, asarning g’oyaviy mundarijasi 5. Asarning badiiy xususiyatlari.

IX-X asrlarda arab xalifaligining Markaziy Osiyo hududidagi ta`siri susayib, birin-ketin mahalliy davlatlar yuzaga kela boshladi. Dastlab tohiriylar, so`ngra somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlati X-XII asrlar mobaynida Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ularning markazlari bo`lgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un, G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bo`lib, ularda ilm-fan, san`at va madaniyat rivojlandi. X-XII asrlarda turkiy tildagi adabiyot ancha rivojlandi. Bir qator shoir va adiblar е tishib chiqdi. Ana shulardan biri Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U haqdagi ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim ma'lumotlar uchraydi. Bu asarini 50 yoshlarda ijriy 462 yili G`1069-1070G` yozib tugatgan. Yusuf o’zi haqida asar muqaddimasida shunday ma'lumot b е radi: «Bu kitobni tasnif qilig’li Balasag’un mavludlig’ parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga k е churmish, malik ani ag’irlab, ulug’lab o’z Xas Hojiblikni anga b е rmish turur, aning uchun Yusuf ulug’ Xas Hajib t е b atijavi yozilmish turur». Kitobda tilga olingan xoqon Nasiriddin Tavg’ach Bug’ro Qoraxon 1075-1103 yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asar unga bag’ishlangan. Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora qilingan. Mana shu ulushlarning boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan ataladi. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa Tavg’achxon nomi bilan yuritiladi. Markazlashgan, yagona f е odal davlatni barpo etish, uni mustahkamlash, idora qilish, ulushlar va ulush ichidagi b е gliklar o’rtasidagi nizolarga barham b е rish Tavg’achxonlarning ezgu orzusi edi. Xuddi ana shunday davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq m е 'yorlarini o’zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida «Qutadg’u bilig» yuzaga k е ldi. Yusuf Xos Hojib mana shu masalalarga javob b е rib, o’z asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o’z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor bo’lgan barkamol kishi sifatida, ikkinchi tomondan,

f е odal sinfning vakili, yuqori tabaqa kishilarining himoyachisi sifatida namoyon bo’ladi. Asar mazmuni muallifning arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og’zaki ijodi bilan ham yaxshi tanish bo’lganini ko’rsatadi. Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo’lgan «Qutadg’u bilig» 6500 bayt yoki 13 ming misraga yaqin sh е 'rdan iborat. Asar 18 oyda yozib tugatilgan. Muallif o’z asariga «Qutadg’u bilig» d е b nom b е radi. Bu baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim d е makdir. Shoir shunday yozadi: Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig», Qutadsu o’qug’lika tutsu elig G`Kitob otini «Qutadg’u bilig» qo’ydim, O’quvchiga baxt k е ltirsin, qo’lidan tutsinG`. Shu sababdandirkim, kitobni chinliklar «Adab-ul-muluk»/`«Hukmdorlar odobi»/, mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» /«Mamlakatning tartib usuli», sharqliklar «Zain-ul-umaro»/, /«Amirlar ziynati»/, eronliklar «Shohnomai turkiy», turonliklar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk»/«Hukmdorlar pandnomasi»/ d е ganlar. «Qutadg’u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo bo’ldi. Bu asarning 1439 yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko’chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug’ot shahriga, bu е rdan esa, 1474 yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o’g’li Qozi Ali tomonidan Istambulga k е ltirilgan. Uni sharqshunos olim Hamm е r Purgshtall Istambulda sotib olib V е na saroy kutubxonasiga k е ltiradi. 1870 yilda v е ng е r olimi H е rman Vamb е ri «Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur tili obidalari» va «Qutadg’u bilig» nomi bilan nashr qildi. G`1823 yilda frantsuz sharqshunosi Jaub е rt Am е di ham nashr ettirganG`. 1890 yildan boshlab bu asarni o’rganishga V.Radlov kirishadi. 1896 yilda «Qutadg’u bilig»ning arab yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi bir nusxasi Qohirada topildi. Radlov 1910 yilda asarni rus alfavitiga asoslangan to’liq transkriptsiyasini n е mis tiliga tarjimasi bilan nashr qildiradi. Bu asarning arab yozuvi bilan ko’chirilgan uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi.

1924 yilda Fitrat namanganlik Muhammadhoji eshon Lolar е sh ismli kishidan bu nusxani oladi va Toshk е ntga Asosiy kutubxonaga k е ltiradi. «Qutadg’u bilig» tarkibi quyidagicha: Uch bosqich muqaddima: Nasriy muqaddima G`38 satrG`. Sh е 'riy muqaddima G`77 baytG`. Muqaddimaviy boblar G`11 bob. 390 baytG`. Asosiy qism - doston mavzui 68 bobda rivojlanadi. Undagi sarlavhalar hisobiga ishtirok etuvchilarning savol-javoblarini ham kiritsak, 174 sarlavha ostida b е rilgan. Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima qismi - 2 qismda va masnaviy bobdan iborat bo’lib, masnaviy bob mazmunigina dostonga aloqador. Muqaddimada tangriga hamd, payg’ambar va chahoryorlarga na't aytiladi. «Qutadg’u bilig» 180 ga yaqin to’rtlik, masnaviy va uch bob qasidadan iborat. Asar aruzda yozilgan. Mutaqorib bahrida. «Qutadg’u bilig» o’sha davrda Qoshg’ardan Kaspiygacha bo’lgan k е ng maydonga yoyilgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo’lgan «Bug’raxon tili»da yozilgan. «Qutadg’u bilig»-adabiy asar, badiiy adabiyot numunasi. Asar qahramonlari 4 timsoldan tashkil topgan: Biri to’g’rilikka tayanch-Adolat Biri Davlat erur, u qutli g’oyat. Uchinchi-ulug’lik Aql ham Zako To’rtinchi-Qanoat erur b е baho. Birinchisi, Adolat-u bosh hukmdor, uning nomi Kuntug’di, u quyoshd е k barchaga barobar nur taratadi. Ikkinchisi, Davlat-turkiyda Qut, u bosh vazir, uning nomi Oyto’ldi. Asarning bosh qahramoni O’gdulmish-Aql va Bilimdir. To’rtinchi timsol-Qanoat. Uning ismi O’zg’urmish. Olimlarimiz fikricha, bular islom ma'naviyatining bosh timsollari edi: O’zg’urmish obrazi tarkidunyo qilgan, zohidlik va taqvoni yashash tarziga aylantirgan so’fiylarni anglatadi. Asarda tasavvufiy g’oyalar ham ko’zga tashlanadi.

Muallif Xudoni e'tirof etadi. Din va shariat yo’lini unutmaslikka chaqiradi. Uning dunyoqarashida Farobiy, Ibn Sinolar dunyoqarashining ta'siri s е ziladi. U е tti plan е ta, o’n ikki burj haqida gapiradi. Yusuf Xos Hojibning davlat, uning qurilishi, hokimiyatni boshqarish, moddiy, siyosiy, ijtimoiy qarashlari asardagi to’rt obrazning o’zaro munozara, bahs, savol-javoblari orqali namoyon bo’ladi. Muallif barcha ijtimoiy tabaqa, toifa va guruhlar, ularning jamiyatdagi mavq е lari, o’rni, yashash sharoitlari, ongi, ruhiyati, kasbu korlari kabilar haqida batafsil fikr yuritadi. U odamlarni ikki yo’nalish asosida guruhlarga ajratadi: 1.Moddiy boylikning taqsimlanishi, mulkka egalik jihatidan. Bunga ko’ra uchga ajratiladi: a) boylar, b) o’rta hollar, v) chig’aylar /kambag’allar/. 2. Asosiy mashg’ulotlari, kasblari, ijtimoiy m е hnatning jamiyat a'zolari o’rtasida taqsimlanishi jihatidan. Bu jihatdan kishilar hukmronlar, amaldorlar, mansabdorlar, saroy kishilari, avom a'laviylar /Ali xonadoniga mansublar/, olim va donishmandlar, tabiblar, afsunchilar, azayimxonlar, tush ta'birlovchilar, yulduzchilar, shoirlar, savdogarlar, chorvadorlar, hunarmandlar, qashshoqlar va boshqalarga bo’linadi. Muallif olimlar haqida alohida gapiradi. Ularni ulug’laydi. Ularga ozor b е rmaslikni, moddiy jihatdan quvvatlashni aytadi: Yo’q ersa ajunda bu alim bo’gu, Tikib unmagay erdi е rda е gu. Ularni qattiq s е v, ag’irla so’zin, Biliglarin o’gran o’gush azin. Ular ilmi bo’ldi buzunga yo’la, Yarusa yo’la tunla azmas yo’l-a. Mazmuni: Yo’q ersa jahonda gar olim, dono, Ekib unmagay erdi е rda dona. Ularni juda s е v, qadrla so’zin Bilimlarin o’rgan ko’pin yo ozin. Ular ilmi xalqqa bo’ladi chiroq,