logo

Qutadg'u bilig Ishlanma

Загружено в:

09.12.2024

Скачано:

0

Размер:

37.353515625 KB
                  DARS ISHL ANMA
                 ( 2 SOATGA MO’LJALLANGAN )
DARS MAVZUSI :YUSUF  XOS  XOJIB. ‘Qutadg’u   bilig’. Tarixiy davr.Muallif haqida.
‘Qutadg’u bilig’ asari. Asar tili.Asar matni bilan ishlash.
      Darsning maqsadlari: 
Ta’limiy maqsadi : O‘tilgan mavzuni takrorlash, Yusuf Xos Xojibning   hayoti
va ijodini o’rganish,Qutadg’u bilig  asari tahlili,timsollar tasnifi.
II. Rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash  
ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqiy tafakkurini oshirish, mumtoz  
she’riyatimiz namoyondalaridan faxrlanish tuyg‘usini  
shakllantirish; 
III.   Tarbiyaviy   maqsadi:   Talabalarning   qalbida   mumtoz   adabiyotimiz
vakillariga  
bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirish, vatanni sevish va uni qadriga  
yetish va komil inson ruhida tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish.  
     Dars shiori:
Oz -oz o'rganib dono bo'lur,
Qatra-qatra yig ilib daryo bo lur.ʻ ʻ
    Dars turi:  bahs – munozara, musobaqa, savol- javob, suhbat,sharh 
    Dars jihozi:  darslik, badiiy asarlar, taqdimot, ko'rgazmali metodlar.
    Darsning borishi:
1-soatda:
1.Tashkliy qism.
2.O'tilgan mavzuni so'rash.
3.O'quvchilarni baholash.
4.Yangi mavzu haqida gapirish.
5.Yusuf Xos Xojibning.  6.Asardagi timsollar tasnifi.
7. Uyga vazifa berish.
    Tashkiliy qism :
*salomlashish
*davomat
*xonaning tozaligi
*o'quvchilar diqqatini darsga qaratish.
*darsga   qanday   kayfiyatda   keldingiz?(shundan   keyin   3ta   smaylik
xursand,o'rtacha va xafa qo'yiladi)
     Reja:
1.1-Yusuf   Xos   Xojib   hayot,’Qutadg’u   bilig’   dostonining   qo’l
yozmalari,o’rganilish nashlari.
2.2-Dostondagi rasmiy timsollar,asarning g’oyaviy mundarijasi.
3.3-Xulosa.
        Yangi mavzuni o'tish:
1-soatda: Yusuf   Xos   Xojib   portreti   yoki   qisqa   videorolik   namoyish
etiladi.Asarining yozilish tarixiga oid manbalar ko’rsatiladi.
“Ma’naviyatimizning   buyuk   siymolari”   nomli   loyihamizning   navbatdagi
qismida   ulug‘   turkigo‘y   shoir,   mutafakkir,   davlat   arbobi   Yusuf   Xos   Hojib
haqida so‘z yuritamiz.
Yusuf   Xos   Hojib   (asl   ismi   Yusuf   bo’lgan,   Yusuf   Bolasog’uniy   1020/21-yilda
tug’ulgan,   vafot   etgan   yili   noma’lum)   -ulug’   shoir,   mutafakkir,   davlat   arbobi
bo’lgan. Yusuf Xos Hojib ”Qutadg‘u bilig” dostoni muallifi bo’lib, uning hayoti
va faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi yagona manba ham “Qutadg‘u bilig”
asaridir.   Ushbu   asarga   ko‘ra,   Yusuf   Xos   Hojib   zamonasining   barcha   asosiy
ilmlarini   atroflicha   o‘rgangan,   arab   va   fors   tillarini   mukammal   bilgan.   Ulug’
olim   Yusuf   Xos   Hojib   mashhur   tilshunos   olim   Mahmud   al-Qoshg’ariy   kabi
turkiy   tilning   mavqeini   oshirish,   uning   madaniy-adabiy   hayotdan   o‘ziga
munosib o‘rin egallashi uchun kurashgan.
Yusuf Xos Hojib haqida ma’lumotlar ko‘p emas. U “Qutadg‘u bilig” asarini 50
yoshlarida,   1070-yilda   yozib   tugatgan.   Muallif   o‘zi   haqida     mazkur   asar muqaddimasida   shunday   ma’lumot   beradi:   “Bu   kitobni   tartib   beruvchi
Balasog‘unda   tug‘ilgan,   sabr-qanoatli   kishidir.   Ammo   bu   kitobni   Koshg‘arda
tugal   qilib,   Mashriq   maliki   Tavg‘achxon   dargohiga   keltiribdir.   Malik   uni
yorlaqab,   ulug‘lab,   o‘z   saroyida   Xos   Hojiblik   lavozimini   beribdi.   Shuning
uchun   Yusuf   Ulug‘   Xos   Hojib   deb   mashhur   nomi   tarqalibdi”.   Kitobda   nomi
tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg‘ach ulug‘ Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasan
Xorunxon   binni   Arslonxon   bo‘lib,   1070–1103-yillar   davomida   qoraxoniylar
davlatini boshqargan.
Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg’u   bilig”   asarining   bizning   qo‘limizga   yetib
kelgan nusxasi oxirgi tahrir bo‘lib, u xoqonga taqdim etilgan.
Asosiy   qism   oxirida   (6261-6286   baytlar)   shoir   kitobning   yozilish   yili,   nima
maqsadda   yozilgani,   o‘quvchiga   murojaat,   Allohga   munojot,   Payg‘ambar   va
chahoryorlarga   salomlar   bilan   asarni   xotimalaydi   va   alohida   xotima   qismga
hojat   qoldirmaydi.   Ammo   bundan   so‘ng   yana   2   qasida   (yigitlikka   achinib,
qarilikdan   shikoyat   qilish-44   bayt   va   zamon   buzuqligi,   do’stlar   jafosidan
yozg‘irish   (xafa   bolib   gapirish)-40   bayt   qo‘shilib,   yana   1   masnaviy   bobda
muallif   o’ziga   o‘zi   nasihat   qiladi   (37   bayt),   asarning   turkcha   yozilganligi,
tugallanish  sanasi,   yana  munojot   va  salomlar   qaytariladi.  Shulardan  bilinadiki,
xotima   qismiga   ham   2   qasida   qo‘shilib,   qayta   tahrir   qilingan   paytda   yozilgan.
Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga ko‘ra “Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa
adabiyoti   shakllanishining   birinchi   bosqichida   turkiy   tilda   yozilgan   islom
ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb aytsak bo’ladi.
    Darsni   mustahkamlash:   Bunda   “   Sirli   raqamlar”   metodidan   foydalanamiz.
Doskaga   mavzuga   oid   muhim   deb   topilgan   raqamlar   yoziladi.   O‘quvchilar
birin-ketin  chiqishib, raqamlarda aks etgan ma’lumotlarni aytishadi.
            Baholash:   Barcha   darsda   ishtirok   etgan   o‘quvchilar   baholanadilar.
Baholashda, albatta, qo‘yilgan bahoning izohi berilishi kerak.
      Uyga vazifa:
1.Asar haqida nazariy ma lumotlarni o'qib kelish.ʼ
2.Darslikda   berilgan   timsollar   tasnifi   bilan   tanishish   va   ularni   sharhlashga
harakat qilish.
3.O‘ zingiz ga yoqqan qahramon haqida  gapirib berish.
2-soatda:           Tashkiliy   qism:   O‘quvchilar   bilan   salomlashiladi.   Navbatchi   hisoboti
tinglanadi.   Davomat   olinadi.   Sinf   doskasiga   sana   va   yangi   mavzu   yoziladi.
O‘quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi.
    Yangi mavzu:  Qutadg’u bilig asaridagi timsollar tasnifi.
        Uyga   vazifani   so‘rash: Bunda   quyidagi   metoddan     foydalangan   holda
so'raladi:
Savol-javob  metodi.Bu   metodda  har   bir  o’quvchi   savollarga    individual  tarzda
javob beradi.
Masalan;
1. Adib haqidagi tasavvurlaringizni aytib bering. 
2. Adib tarjimayi holidagi qaysi fakt va hodisalar siz uchun  
qiziqarli bo‘ldi? 
3.   Yusuf   Xos   Hojibga   zamondosh   bo‘lgan   mashhur   ijodkorlardan   kimlarni
bilasiz? 
4. Adibning «(qora) quzg‘un tusidek boshim (sochlarim) qug‘u  
(oqqush)» bo‘ldi, – degan gaplarini qanday tushunish ke rak? 
5. Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxon nima uchun adibga «Xos Hojib»  
mansabini bergan? 
6. «Qutadg‘u bilig»ning ma’nosi nima? Nega adib asariga  
shunday nom bergan? 
8. Oyto‘ldi o‘z harakatlarini qanday izohladi? 
9. Oyto‘ldining nutqida ayrim harakat va ramzlar (ko‘rsatilgan  
joyga o‘tirmaslik, to‘p, ko‘zning yumilishi, yuzni o‘girish va  
boshqalar)ning qanday izohlanganini tushuntirib bering?
                   Mavzu:Asardagi ramziy timsollar tasnifi o’rganish.
        Asar qahramonlari – Elig – Kuntug‘di – adolatli, insofli hukmdor, Oyto‘ldi
–   donishmand,   tadbirli,   tarjibali   alloma,   murakkab   xarakterli   shaxs,   yurt,
jamiyatga foydasi tegishini o‘ylab poytaxtga keladi va musofirparvar Ko‘salish
yordamida   Eligning   Xos   Hojibi   Ersig   bilan   tanishib,   u   tufayli   Kuntug‘di
saroyiga   kirib   boradi.   Elig   bilan   tanishadi.   Elig   va   Oyto‘ldi   orasida   ko‘p
suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Ular bir-birining botiniy qiyofasi, fe’l-atvorlarini yaxshi o‘rganib, asta-sekin umumiy til topishadi, orada ba’zi ginaxonliklar ham bo‘lib
o‘tadi.   Oyto‘ldining   xastaligi   va   o‘limi,   unga   Elig   va   O‘gdulmishning
qayg‘urishi, hamdardligi juda tabiiy, hayotiy kechinmalarda tasvirlanadi.
O‘gdulmish Aql timsoli bo‘lgani bilan, u avval o‘zini yosh yigitlarga xos tutadi.
Elig   unga   qancha   pand-nasihatlar   beradi,   tarbiyalaydi.   O‘zg‘urmish   bilan
bo‘lgan   keyingi   suhbatlar   ta’sirida   O‘gdulmishning   ongi   o‘zgarib,   rivojlanib
boradi.   U   ma’lum   vaqt   O‘zg‘urmish   ta’sirida   tavba-tazarruga   berilib,   moddiy
dunyo   tashvishlaridan   o‘zini   olib   qochmoqchi   bo‘ladi.   Ammo   O‘zg‘urmish   va
Kunto‘ldi uni bu niyatdan qaytaradi, el-yurt tashvishi bilan yashashga undaydi.
Shoir   Aql   va   Bilimni   el-yurt,   xalq   farovonligi   yo‘lida   xizmat   ettirishni   asosiy
burch   deb   hisoblaydi.   Aql   avvalo   Adolatga   himoyachi   va   maslahatgo‘y
bo‘lmog‘i   talab   etiladi.   O‘zg‘urmish   shaxsi   tarkidunyo   etgan,   zohidlik   va
taqvoni yashash tarziga aylantirgan so‘fiylarni eslatadi.   
Elig bir kuni o‘zi yolg‘iz o‘ltirib, 
Oyto‘ldini chorladi, u juda xursand edi. 
Oyto‘ldi kirib qarshisida tik turdi, 
Elig imladi: Kelgin, o‘tirgin, – dedi. 
Oyto‘ldi (yonidan) to‘p chiqardi, (ostiga) qo‘ydi, ko‘rgin, 
Uni bosib ro‘paraga o‘ltirdi, ko‘rgin. 
Elig turli-tuman bilimlar sohasidan savol qildi, 
Oyto‘ldi so‘zga til ochdi, javob berdi. 
Elig sevindi, ko‘rgin, uning chehrasi ochildi, 
Uni ko‘rgan Oyto‘ldi ko‘zlarini yumib oldi. 
Elig so‘zdan to‘xtadi, hech indamadi, 
Oyto‘ldi ham ko‘zini yumdi, hech ochmadi. 
Elig o‘z so‘zini davom qildirib yana so‘ray boshladi, 
Oyto‘ldi javob berdi, u yuzini tumurib oldi. 
Elig iltifot bilan boqdi, o‘zini mamnun qildi, 
Oyto‘ldi tezlikda yuzini o‘girdi. 
Eligning juda qahri keldi, yuzidan g‘azab yog‘di, 
Dedi: Ey, shoshqaloqlik kishi uchun yaramasdir.  Kuntug‘dining so‘zi 
Hali sendan xizmat ko‘rmasdan iltifot qildim, 
Senga (iltifot bilan) joy bersam, meni oyoq osti qilding. 
Sen to‘p qo‘yib darhol o‘ltirishga hozirlanding, 
Bu sen uchun o‘ltiradigan joymi, menga (shuni) aytib ber? 
Men senga so‘zladim va sening so‘zlaringni tingladim, 
Sen ko‘zingni yumgach, o‘zim hayratda qoldim. 
Seni kechirdim va yana senga so‘zladim, 
Nima uchun sen yuz o‘girding? Menga aytib ber. 
Donodan ushbu so‘zlarni eshitmagan edingmiki, 
Agar bekka yaqin bo‘lsang, o‘zingga juda ehtiyot bo‘l, (degan). 
Otang yoki onang senga aytmagan edimi, 
Ey o‘g‘lim, o‘zingni begingga teng qilma,
Yeturmadi-mu, ko‘r, senga xayl bashing: 
Basinma begingni, ko‘dazgil bashing... 
Ayto‘ldi eligka davlat sifatini ko‘rgitur 
Kula aydi Ayto‘ldi: Uqti o‘zum, 
Ayitting muni sen, eshitgil so‘zum, 
Uqub qoytum emdi bu ishlarni men, 
Kerak erdi sen ma muni uqsa sen. 
Munu men ma emdi senga keldugum,  
Mening qilqim erdi bu ko‘rguttugum. 
O‘run berding ashnu, men o‘ldurmadim,  
O‘run yo‘q menga, sen muni uq tedim. 
To‘biq yerda urdum bu so‘z berkitu, 
O‘zum yangzag‘ini senga ko‘rgitu. 
Ne-teg kim o‘runsuz to‘biq yuvlinur,  Aning-teg ma davlat o‘zum tezginur. 
Seva baqting ersa ko‘zum yumdugum, 
Senga ko‘rgiturmen neku erdugum. 
Bu kun men ma davlat qarag‘u sani, 
Menga kim ilinsa tutarmen ani. 
Yana so‘zlading sen, yema so‘zladim, 
Seva baqting ersa, yuzum kezladim. 
O‘zum ko‘rgitur o‘z qilinchin senga, 
Ayur qilqim irsal, inanma menga... 
Aqar suv, yo‘riq til, bu qut turmadi,  
Ajun tezginurlar yurib tinmadi. 
Inanchsiz turur qut, vafasiz, yayig‘, 
Yurirda uchar tark, adaqi tayig‘. 
Elig aydi: uqtum, achildi so‘zing,  
Yazuq uzri quldung, qutuldi o‘zing.  
* * * 
Elig aydi: Uqtum munung, erdaming, 
Bu Ayto‘ldi ating ne-ul bu sening? 
Bu Ayto‘ldi aydi: Mening atimi, 
Bo‘gu mengzatur ayqa bu qilqimi. 
 
         Darsni mustahkamlash:  Bunda “ Klaster” metodidan foydalanamiz.                 Baholash:   Darsda ishtirok etgan har bir o‘quvchi izohi bilan baholanadi.
Rag‘batlantiriladi.   Bunda   noan’anaviy   yondashish   mumkin.   Ya’ni   odatdagi
baholardan   emas,   balki   Yusuf   Xos   Xojibning   surati   tushirilgan   kichkina
qog‘ozchalardan. Ular o‘quvchilar daftariga yopishtirib qo‘yiladi.
       Uyga vazifa:
1.Asarni to’liq o’qish;
2.Asardagi qahramonlar tasnifiga qisqacha esse yozish.
  Asarda	 aks 	
etgan 
ijtimoiy-
axloqiqy 
masalalar	
...	
...	
...	
...

DARS ISHL ANMA ( 2 SOATGA MO’LJALLANGAN ) DARS MAVZUSI :YUSUF XOS XOJIB. ‘Qutadg’u bilig’. Tarixiy davr.Muallif haqida. ‘Qutadg’u bilig’ asari. Asar tili.Asar matni bilan ishlash. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsadi : O‘tilgan mavzuni takrorlash, Yusuf Xos Xojibning hayoti va ijodini o’rganish,Qutadg’u bilig asari tahlili,timsollar tasnifi. II. Rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqiy tafakkurini oshirish, mumtoz she’riyatimiz namoyondalaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish; III. Tarbiyaviy maqsadi: Talabalarning qalbida mumtoz adabiyotimiz vakillariga bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirish, vatanni sevish va uni qadriga yetish va komil inson ruhida tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish. Dars shiori: Oz -oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qatra yig ilib daryo bo lur.ʻ ʻ Dars turi: bahs – munozara, musobaqa, savol- javob, suhbat,sharh Dars jihozi: darslik, badiiy asarlar, taqdimot, ko'rgazmali metodlar. Darsning borishi: 1-soatda: 1.Tashkliy qism. 2.O'tilgan mavzuni so'rash. 3.O'quvchilarni baholash. 4.Yangi mavzu haqida gapirish. 5.Yusuf Xos Xojibning.

6.Asardagi timsollar tasnifi. 7. Uyga vazifa berish. Tashkiliy qism : *salomlashish *davomat *xonaning tozaligi *o'quvchilar diqqatini darsga qaratish. *darsga qanday kayfiyatda keldingiz?(shundan keyin 3ta smaylik xursand,o'rtacha va xafa qo'yiladi) Reja: 1.1-Yusuf Xos Xojib hayot,’Qutadg’u bilig’ dostonining qo’l yozmalari,o’rganilish nashlari. 2.2-Dostondagi rasmiy timsollar,asarning g’oyaviy mundarijasi. 3.3-Xulosa. Yangi mavzuni o'tish: 1-soatda: Yusuf Xos Xojib portreti yoki qisqa videorolik namoyish etiladi.Asarining yozilish tarixiga oid manbalar ko’rsatiladi. “Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning navbatdagi qismida ulug‘ turkigo‘y shoir, mutafakkir, davlat arbobi Yusuf Xos Hojib haqida so‘z yuritamiz. Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf bo’lgan, Yusuf Bolasog’uniy 1020/21-yilda tug’ulgan, vafot etgan yili noma’lum) -ulug’ shoir, mutafakkir, davlat arbobi bo’lgan. Yusuf Xos Hojib ”Qutadg‘u bilig” dostoni muallifi bo’lib, uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi yagona manba ham “Qutadg‘u bilig” asaridir. Ushbu asarga ko‘ra, Yusuf Xos Hojib zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o‘rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ulug’ olim Yusuf Xos Hojib mashhur tilshunos olim Mahmud al-Qoshg’ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy-adabiy hayotdan o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun kurashgan. Yusuf Xos Hojib haqida ma’lumotlar ko‘p emas. U “Qutadg‘u bilig” asarini 50 yoshlarida, 1070-yilda yozib tugatgan. Muallif o‘zi haqida mazkur asar

muqaddimasida shunday ma’lumot beradi: “Bu kitobni tartib beruvchi Balasog‘unda tug‘ilgan, sabr-qanoatli kishidir. Ammo bu kitobni Koshg‘arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulug‘lab, o‘z saroyida Xos Hojiblik lavozimini beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi”. Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg‘ach ulug‘ Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon bo‘lib, 1070–1103-yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarining bizning qo‘limizga yetib kelgan nusxasi oxirgi tahrir bo‘lib, u xoqonga taqdim etilgan. Asosiy qism oxirida (6261-6286 baytlar) shoir kitobning yozilish yili, nima maqsadda yozilgani, o‘quvchiga murojaat, Allohga munojot, Payg‘ambar va chahoryorlarga salomlar bilan asarni xotimalaydi va alohida xotima qismga hojat qoldirmaydi. Ammo bundan so‘ng yana 2 qasida (yigitlikka achinib, qarilikdan shikoyat qilish-44 bayt va zamon buzuqligi, do’stlar jafosidan yozg‘irish (xafa bolib gapirish)-40 bayt qo‘shilib, yana 1 masnaviy bobda muallif o’ziga o‘zi nasihat qiladi (37 bayt), asarning turkcha yozilganligi, tugallanish sanasi, yana munojot va salomlar qaytariladi. Shulardan bilinadiki, xotima qismiga ham 2 qasida qo‘shilib, qayta tahrir qilingan paytda yozilgan. Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga ko‘ra “Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa adabiyoti shakllanishining birinchi bosqichida turkiy tilda yozilgan islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb aytsak bo’ladi. Darsni mustahkamlash: Bunda “ Sirli raqamlar” metodidan foydalanamiz. Doskaga mavzuga oid muhim deb topilgan raqamlar yoziladi. O‘quvchilar birin-ketin chiqishib, raqamlarda aks etgan ma’lumotlarni aytishadi. Baholash: Barcha darsda ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadilar. Baholashda, albatta, qo‘yilgan bahoning izohi berilishi kerak. Uyga vazifa: 1.Asar haqida nazariy ma lumotlarni o'qib kelish.ʼ 2.Darslikda berilgan timsollar tasnifi bilan tanishish va ularni sharhlashga harakat qilish. 3.O‘ zingiz ga yoqqan qahramon haqida gapirib berish. 2-soatda:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Navbatchi hisoboti tinglanadi. Davomat olinadi. Sinf doskasiga sana va yangi mavzu yoziladi. O‘quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi. Yangi mavzu: Qutadg’u bilig asaridagi timsollar tasnifi. Uyga vazifani so‘rash: Bunda quyidagi metoddan foydalangan holda so'raladi: Savol-javob metodi.Bu metodda har bir o’quvchi savollarga individual tarzda javob beradi. Masalan; 1. Adib haqidagi tasavvurlaringizni aytib bering. 2. Adib tarjimayi holidagi qaysi fakt va hodisalar siz uchun qiziqarli bo‘ldi? 3. Yusuf Xos Hojibga zamondosh bo‘lgan mashhur ijodkorlardan kimlarni bilasiz? 4. Adibning «(qora) quzg‘un tusidek boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi, – degan gaplarini qanday tushunish ke rak? 5. Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxon nima uchun adibga «Xos Hojib» mansabini bergan? 6. «Qutadg‘u bilig»ning ma’nosi nima? Nega adib asariga shunday nom bergan? 8. Oyto‘ldi o‘z harakatlarini qanday izohladi? 9. Oyto‘ldining nutqida ayrim harakat va ramzlar (ko‘rsatilgan joyga o‘tirmaslik, to‘p, ko‘zning yumilishi, yuzni o‘girish va boshqalar)ning qanday izohlanganini tushuntirib bering? Mavzu:Asardagi ramziy timsollar tasnifi o’rganish. Asar qahramonlari – Elig – Kuntug‘di – adolatli, insofli hukmdor, Oyto‘ldi – donishmand, tadbirli, tarjibali alloma, murakkab xarakterli shaxs, yurt, jamiyatga foydasi tegishini o‘ylab poytaxtga keladi va musofirparvar Ko‘salish yordamida Eligning Xos Hojibi Ersig bilan tanishib, u tufayli Kuntug‘di saroyiga kirib boradi. Elig bilan tanishadi. Elig va Oyto‘ldi orasida ko‘p suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Ular bir-birining botiniy qiyofasi, fe’l-atvorlarini yaxshi

o‘rganib, asta-sekin umumiy til topishadi, orada ba’zi ginaxonliklar ham bo‘lib o‘tadi. Oyto‘ldining xastaligi va o‘limi, unga Elig va O‘gdulmishning qayg‘urishi, hamdardligi juda tabiiy, hayotiy kechinmalarda tasvirlanadi. O‘gdulmish Aql timsoli bo‘lgani bilan, u avval o‘zini yosh yigitlarga xos tutadi. Elig unga qancha pand-nasihatlar beradi, tarbiyalaydi. O‘zg‘urmish bilan bo‘lgan keyingi suhbatlar ta’sirida O‘gdulmishning ongi o‘zgarib, rivojlanib boradi. U ma’lum vaqt O‘zg‘urmish ta’sirida tavba-tazarruga berilib, moddiy dunyo tashvishlaridan o‘zini olib qochmoqchi bo‘ladi. Ammo O‘zg‘urmish va Kunto‘ldi uni bu niyatdan qaytaradi, el-yurt tashvishi bilan yashashga undaydi. Shoir Aql va Bilimni el-yurt, xalq farovonligi yo‘lida xizmat ettirishni asosiy burch deb hisoblaydi. Aql avvalo Adolatga himoyachi va maslahatgo‘y bo‘lmog‘i talab etiladi. O‘zg‘urmish shaxsi tarkidunyo etgan, zohidlik va taqvoni yashash tarziga aylantirgan so‘fiylarni eslatadi. Elig bir kuni o‘zi yolg‘iz o‘ltirib, Oyto‘ldini chorladi, u juda xursand edi. Oyto‘ldi kirib qarshisida tik turdi, Elig imladi: Kelgin, o‘tirgin, – dedi. Oyto‘ldi (yonidan) to‘p chiqardi, (ostiga) qo‘ydi, ko‘rgin, Uni bosib ro‘paraga o‘ltirdi, ko‘rgin. Elig turli-tuman bilimlar sohasidan savol qildi, Oyto‘ldi so‘zga til ochdi, javob berdi. Elig sevindi, ko‘rgin, uning chehrasi ochildi, Uni ko‘rgan Oyto‘ldi ko‘zlarini yumib oldi. Elig so‘zdan to‘xtadi, hech indamadi, Oyto‘ldi ham ko‘zini yumdi, hech ochmadi. Elig o‘z so‘zini davom qildirib yana so‘ray boshladi, Oyto‘ldi javob berdi, u yuzini tumurib oldi. Elig iltifot bilan boqdi, o‘zini mamnun qildi, Oyto‘ldi tezlikda yuzini o‘girdi. Eligning juda qahri keldi, yuzidan g‘azab yog‘di, Dedi: Ey, shoshqaloqlik kishi uchun yaramasdir.