logo

RAQAMLI BIZNESDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDINGNING YANGI IMKONIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

94 KB
RAQAMLI  BIZNESDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDINGNING  YANGI
IMKONIYATLARI
Reja:
12.1.   Raqamli   biznesda   kraudsorsing   va   kraudfandingning   nazariy-
uslubiy asoslari 
12.2.   Kraudsorsing   va   kraudfanding   –   kompaniyalarni
kapitallashtirish texnologiyasi sifatida 
12.3.   Kraudsorsing va kraudfandingning yangi imkoniyatlaridan samarali
foydalanish
O‘quv   maqsadi: innovatsion   loyihalarni   amalga   oshirishda   kraudsorsing
va   kraudfandingdan   foydalanish   masalalarini o‘rganishdan   iborat.
Tayanch   iboralar: kraudsorsing,   kraudfanding,   tijorat   kraudsorsing,
ijtimoiy   kraudsorsing,   innovatsiyalar   kraudsorsingi,   Kouz   nazariyasi,   kraud-
loyihalar
12.1. Biznesda   kraudsorsing   va   kraudfandingning   nazariy-uslubiy
asoslari
Kraudfanding   (ingl.   crowd   fundings   crowd   –   «olomon»;   funding   -
«moliyalashtirish»)   kompaniyalar   kapitallashuvini   oshirish   innovatsion
texnologiyasi   hisoblanadi.   Kraudfan-   ding   innovatsion   loyihalarni   moliya-   lashtirish
maqsadida   ko‘ngillilardan   ayrim mablag‘lari to‘plashga qaratiladi.   Ushbu   samarali
texnologiya   paydo   bo‘lishi   tufayli   biznes   nafaqat   investitsiya   loyihalariga   pul
mablag‘lari   jalb qilish, balki ularni ilgari surish   imkoniyatiga   ham   ega bo‘ldi.
2016 yil kraudfanding bozori atigi 880 mln dollar deb baholangan, 2015   yil
yakunlariga   ko‘ra   sanoatning   kapitallashuvi   16   mlrd   dollarni   tashkil   qildi,   2019
yilga   kraudfanding   bozori   bashorat   hajmi   esa   34   mlrd   dollarni   tashkil   qiladi.   Har
bir   kraudfanding   platformasi   u   yoki   bu   segmentga:   musiqiy,   ijodiy,   IT,   dasturiy
ta’minot,   ijtimoiy   va   boshqa   loyihalarga   ixtisoslashadi.
Aksiyadorlik   kraudfandingi   –   onlayn-platformalar   yordamida   korporativ
aksiyalar xarid   qilishdir.   2012   yil   ishga   tushirilgan.
Makroiqtisodchilar   uzoq   vaqt   hamda  katta   moddiy   va   moliyaviy   resurslar
talab   qiladigan   sermashaqqat   vazifalarni   hal   qilish   maqsadida   mamlakatning
innovatsion   salohiyatini   oshirish   va   jamiyat   vakillarida   yangicha   iqtisodiy   fikrlashni
shakllantirishda   kraudsorsing   rolini   o‘rganishlari   mumkin.   Bunday   vazifalar,
masalan,   inson   genomini   o‘rganish,   yangi   dori   vositalarini   ishlab   chiqish,
individuallashtirilgan   tibbiyotga   o‘tish,   shuningdek,   "olomonni"   ishlarni   bepul
bajarishga   jalb   qilish   jarayonlari   ortida   turgan   risk   va   tahdidlarni   baholash bo‘lishi
mumkin.
Bugungi   kunda   ishbilarmonlar   kraudsorsing   texnologiyalarini   nafaqat
alohida   ahamiyatga   ega   vazifa   bo ‘ lgan   inson   genomini   o ‘ rganish   va   dori
vositalarini   ishlab   chiqarish   jarayonida ,   balki   ularni   bozorda   mahsulotni rag ‘ batlantirish   uchun   ham   tez - tez   ishlatib   turishadi .   Asosiy   maqsad   –
kraudsorserslar ,   ya ’ ni   bu   mahsulotnii   ishlab   chiquvchilarning   bevosita   ishtirokida
barqaror   talab   shakllanishi   tufayli   yuqori   foyda   olishdir . 
Kraudsorsing   keng   ma’noda   bu   –   kraudsorsing   platformasidan   foydalangan
holda   kapital,   mehnat   va   bilim   sig‘imi   katta   bo‘lgan   ijtimoiy   ahamiyatga   molik
vazifalarni   hal   qilish   yoki   loyiha/mahsulot/xizmatga   qo‘shimcha   talab
shakllantirish   hisobiga   foyda   olish   vakt   qiymatini   qo‘shish   maqsadida   ko‘ngilli
asosda   odamlarni   (olomonni)   loyiha/mahsulot/   xizmat   yaratish,   moliyalashtirish,
ishlab   chiqarish,   ilgari   surish   jarayoniga   jalb   qilishdir.
Kraudsorsing   tor   ma’noda   ishlab   chiqarish   operatsiyalarining   bir   qismini
dunyoning   turli   burchaklaridan   internetga   24/7   (haftasiga   7   kun   24   soat)   qulay
vaqt   o‘ziga   yuklangan   funksiyalarni   bajarish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   zamon   va
makon bo‘yicha   cheklanmagan   «olomonga»   (ko‘ngilli   odamlarga)   o‘tkazish   tufayli
sinergetika   samarasiga   olib   keladigan   jamoaviy   ongdan   foydalanishga   asoslangan
ishlab   chiqarishning   yangi turi   sifatida ko‘rib   chiqilishi mumkin.
Quyidagilar   kraudsorsingning   muhim   va   boshqalardan   ajratib   turadigan
jihati   hisoblanadi:   «olomon»   xilma-xilligi   ishlarni   bajarish   uchun   nomzodlar
tanlashda   hech   qanday   cheklovlar   yo‘qligi   bilan   izohlanadi.   S h u   nuqtai   nazardan,
«olomon»   ishlab   chiqarishga   ko‘ngilli   asosda   qo‘shiladiganlar   xilma-xilligi
sifatida  ko‘rib   chiqiladi.  Milliy   belgi  –  professional  mahorat   va  ma’lumot   darajasi
bo‘yicha   cheklovlar   yo‘q.   Sinergetik   samara   qraud-loyihalar   qatnashchilarining har
xilligi   hisobiga   ta’minlanadi.   «Olomonni»   ishga   jalb   qilish   faqat   internet-
texnologiyalardan   foydalanish   asosida   amalga   oshirish   mumkin.
Kraudsorsing   platformasi   (kraud-platforma)   deganda   maxsus   ishlab
chiqilgan,   o‘ziniki   bo‘lgan   yoki   ijaraga   olingan,   internet   tarmog‘i   orqali
kraudsorserlardan   olingan   katta   hajmdagi   ma’lumotlar   va   moliyaviy   vositalarni
to‘plash,   qayta   ishlash,   saqlash   va   uzatish   mumkin   bo‘lgan   texnologik   servisni
tushunish   lozim.   Gap   ko‘ngilli   xayriyalarni   to‘plash,   saqlash   va   qayta   taqsimlash
haqida   borganda   platforma   Kraudsorsing   hisoblanadi.
Kraudsorser   -   kraudsorsing   loyihasida   (kraud-loyihada)   ko‘ngilli   ravishda
ishtirok   etadigan   «olomon»   vakili   bo‘lgan   kishi.   Kraudsorsing   mahsuloti   deganda
«olomon»   yaratgan,   ya’ni   «kraudsorserlar»   mehnatidan   foydalangan   holda   va
kraudsorsing   platformasi   asosida   yaratilgan   mahsulot   tushuniladi.   Kraudsorsing
mahsuloti   sifatida   loyiha,   mahsulot   yoki   xizmat   namoyon   bo‘lishi   mumkin.
Kraudsorsing   deb   veb-saytda   mijozlar   taassurotlarini   to‘plash   bo‘yicha
so‘rovnomani   joylashtirishdan   tortib   ishlab   chiqarish   jarayonining   asosiy   biznes
jarayonlariga   ko‘ngillilarni   kiritishgacha   bo‘lgan   har   bir   narsa   deb   atash   mumkin,
deb   hisoblash   xato   bo‘lardi.   Ushbu   masalaga   aniqlik   kiritish   uchun,   har   xil
kraudsorsing   turlarini   ko‘rib   chiqamiz   va   ularning   xususiyatlarini   ta’riflaymiz.
Internet   tarmog‘ida   kraudsorsing   platformasidan   foydalangan   holda
kraudsorserslar   tomonidan   yaratilgan   loyiha,   mahsulot   va   xizmatga   qo‘shimcha
talab   shakllantirish   va   iste’mol   qiymati   qo‘shish   hisobiga   foyda   olish   maqsadida ko‘ngilli   ravishda   odamlarni   («olomon»,   kraudsorserlar)   loyiha,   mahsulot,   xizmat
yaratish,   moliyalashtirish,   ishlab   chiqarish   va   ilgari   surish   jarayoniga   jalb   qilish
tijorat kraudsorsingi.
Quyidagilar   tijorat   kraudsorsingi   majburiy   belgilari   hisoblanadi:
 odamlar   (kraudsorserlar)   ishni   ko‘ngilli   asosda   bajaradi;
 kraudsorserlar   faolligi   Internetda   amalga   oshiriladi;
 kraudsorserlar   rang-barang   «olomon»ni   ifodalaydi;
 kraudsorserlar   mahsulot/xizmatga   iste’mol   qiymati   qo‘shadi;
 kraudsorserlar   bitta   yoki   bir   nechta   jarayonda:
loyiha/mahsulot/xizmat   yaratish,   moliyalashtirish,   ishlab   chiqarish,   ilgari   surish,
taqsimlashda ishtirok   etadi;
 kraud-loyiha   ishlab   chiquvchilar   tijorat   maqsadini   –   kattaroq   foyda
olishni   ko‘zlaydi;
 kraudsorsing   kraudsorserlar   ishtirokida   yaratilgan
loyiha/mahsulot/xizmatni   ilgari   surish   elektron   marketing   vositasi   sifatida
namoyon   bo‘ladi;
 kraudsorserlar   ishtirkoida   yaratilgan   mahsulot/xizmatga   qo‘shimcha
talab   shakllanishi   ro‘y beradi.
Ijtimoiy   (notijorat)   kraudsorsing   –   tijorat   maqsadlarini   ko‘zlamasdan,
ko‘ngilli   asosda   Internet   tarmog‘ida   kraudsorsing   platformasidan   foydalangan
holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) kapital, mehnat va bilim sig‘imi   katta
bo‘lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qilishga   jalb   qilishdir.
Ijtimoiy   (notijorat)   kraudsorsingi   belgilari   orasida   quyidagilarni   ajratib
ko‘rsatish   mumkin:
 odamlar   (kraudsorserlar)   ishni   ko‘ngilli   asosda   bajaradi;
 kraudsorserlar   faolligi   Internetda   amalga   oshiriladi;
 kraudsorserlar   rang-barang   «olomon»ni   ifodalaydi;
 kapital,   mehnat   va   bilim   sig‘imi   katta   bo‘lgan   (jumladan,   ijtimoiy
ahamiyatga   molik) vazifalarni hal   qiladi;
 kraud-loyiha   ishlab   chiquvichlar   tijorat   maqsadlarini   ko‘zlamaydi.
Masalan, mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, «Faol fuqaro» kraudsorsing
maydonchasi.
Ta’kidlash   joizki,   volonterlikni   ijtimoiy   kraudsorsing   qatoriga   volonterlar
internet   tarmog‘i   imkoniyatlaridan   foydalangan   holda   ishlarni   bajarishi   shartida
qo‘shish mumkin.
12.2. Kraudsorsing vakraudfanding kompaniyalarni kapitallashtirish
texnologiyasi   sifatida
Innovatsiyalar   kraudsorsingi   tijorat   va   notidorat   kraudsorsingi   xususiy
holati   hisoblanadi.   Innovatsiyalar   kraudsorsingi   -   ko‘ngilli   asosda   internet
tarmog‘ida   kraudsorsing   platformasidan   foydalangan   holda   odamlarni   («olomon», kraudsorserlar)   innovatsion   g‘oya/echim/loyiha/mahsulot/xizmat   topish
jarayoniga   jalb   qilishdir.   Amaliyotchilar   tobora   ko‘proq   «ochiq   innovatsiyalar»
atamasidan   foydalanmoqda,  buni  innovatsiyalar   kraudsorsingi  yakuniy  mahsuloti
sifatida   ko‘rib   chiqish mumkin.
Quyidagilar   innovatsiyalar   kraudsorsingining   majburiy   belgilari
hisoblanadi:
 odamlar   (kraudsorserlar)   ishni   ko‘ngilli   asosda   bajaradi;
 kraudsorserlar   faolligi   Internetda   amalga   oshiriladi;
 kraudsorserlar   rang-barang   «olomon»ni   ifodalaydi;
 kraudsorserlar   faoliyati   natijsi   loyiha/mahsulot/xizmat   hisoblanadi;
 kraud-loyiha   ham   tijorat   maqsadlarini,   ham   notijorat   maqsadlarini
ko‘zlashi   mumkin.
Masalan,   mahsulot   (xizmat)   sifatini   takomillashtirish   bo‘yicha   innovatsion
g‘oyalar   izlab   topishga   yo‘naltirilgan   «g‘oyalar   birjasi»,   tijorat   kraudsorsingining
xususiy   holati   bo‘lgan,   ya’ni   kompaniya   foydasini   oshirishga   qaratilgan
innovatsiyalar   kraudsorsingi   texnologiyasi   sifatida   ko‘rib   chiqilishi   mumkin.   Agar
davlat hukumat organi innovatsion transport turini ishlab chiqish   bo‘yicha   g‘oyalar
to‘plash   bo‘yicha   kraud-loyihani   ishga   tushirgan   bo‘lsa,   gap   innovatsiyalar
notijorat kraudsorsingi   haqida boradi.
Kraudfanding   (crowdfunding)   deganda   innovatsion   loyihalarni   birgalikda
moliyalashtirish   maqsadida   ixtisoslashgan   kraudfanding   platformalarida   ko‘ngilli
xayriyalar   to‘plash,   ta’kidlash   joizki,   kraudfanding   kraudsorsing   texnologiyalaridan
birini   ifodalaydi.   Muallifning   fikriga   ko‘ra,   kraudfanding   va   kraudsorsing   bir-biri
bilan   yaxlit   bir   butunlik   va   uning   bir   qismi   kabi   munosabatda   bo‘ladi,   ya’ni
kraudfanding   kraudsorsing   turlaridan   biri   hisoblanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
kraudfanding   –   moliyaviy   kraudsorsing,   internet   tarmog‘ida   kraudfanding
platformasi yordamida ko‘ngilli   xafriyalar   to‘plash.
Ishlab   chiqarish   funksiyalarini   kraudsorserlarga   to‘liq   o‘tkazish   «sof
kraudsorsing»   biznes-modeliga   xos   bo‘lgan   xususiyat   hisoblanadi.   Bu   shtatdagi
personal   soni   qisqarishiga   olib   kelishi   muqarrar.   Kompaniyalar   kam   sonli   bo‘lib
qoladi va rasmiy belgilari bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari qatoriga   kirishi   mumkin
bo‘ladi,   bunda   ularni   ishga   rasmiylashtirish,   ularning   ish   layoqatini saqlash uchun
ijtimoiy javobgar bo‘lish va ta’til uchun pul to‘lash shart   bo‘lmagan   yuzlab   va   hatto
minglab   kraudsorserlarni   jalb   qilish   mumkin.   Zamonaviy   kompaniyalar
rivojlanishida   ushbu   trend   boshqaruv   darajalari   sonini kamaytirish va boshqaruv
tashkiliy   strukturalarini   soddalashtirishga   yo‘naltirish   bilan   birga   hattoki   yirik
korporatsiyalarda   ham   kuzatilmoqda.
Kraudsorsing   nafaqat   tijorat   kompaniyalarining   biznes-modellarini
o‘zgartiradi.   Kelajakda   notijorat   sohasida   ham   zamon   va   makon   bo‘ylab
cheklanmagan   ochiq   tashkilotlar   barpo   etish   asosida   mehnatni   tashkil   qilishga
o‘tish   bilan birgalikda   kuzatiladigan o‘zgarishlar   ro‘y beradi.
Kraudsorsing taibati va mohiyati biznes, kraudsorserning o‘zi va mamlakat iqtisodiyoti   oladigan   foydani   belgilab   beradi.   Bugungi   kunda   kraudsorsing
loyihalarini   amalga   oshirayotgan   biznes   namoyish   etayotgan   iqtisodiy   va   ijtimoiy
foyda   orasida   xarajatlarni   pasaytirish;   innovatsion   ishlanmalarni   rag‘batlantirish;
meritokratiya;   «olomon»   ishtirokida   yaratilgan   mahsulotga   talabning   ortishini
sanab   o‘tish mumkin.
Hozirgi   paytda   kraudsorsing   tibbiyot,   farmatsevtika,   dasturlash,   axborot
izmatlari   bozori,   ilmiy   tadqiqot   va   ishlanmalar   o‘tkazish   sohasida   keng   tarqalgan.
Kraudsorsing   va   kraudfanding   asta-sekinlik   bilan   ommaviylashib
bormoqda.   Kraudsorsing   loyihalari   amalga   oshirilishini   birinchi   navbatda,   ochiq
kodli   dasturiy   ta’minot   ishlab   chiqish   sohasida   kuzatish   mumkin   bo‘lib,   bunda
istalgan   shaxs   dunyoning   istalgan   nuqtasidan   turib   kompyuter   ortiga   o‘tirishi,
mahsulot ishlab chiqishi va eng yaxshi bo‘lishi mumkin.
Bir tomondan, kraudsorsing ommaviylashuv jarayoni davom etadi, chunki
biznes iqtisodiy samara beradigan har narsaga ochiq bo‘ladi. Boshqa  tomondan –
bu   jarayonlar   rivojlanishi   ko‘plab   kasblar   vakillari,   masalan,   jurnalistlar,
fotograflar   hozirdanoq   ishga   joylashish   borasida   muammolar   his   qiladigan
holatning   namoyon   bo‘lishi   bilan   birgalikda   kuzatiladi,   chunki   istalgan   shaxs
ularning ishini ko‘ngilli asosda bajarishi mumkin.
Kraudsorsing   texnologiyalari   –   kelajak   texnologiyalari   ekanligi   haqida
xulosa   shak-shubha   uyg‘otmaydi.   Kraudsorsing   instituti   kraudsorser   yo‘lini
tanlagan   shaxslarning   ijtimoiy   himoyalanmaganligi   va   ishsizlik   muammosini
yuzaga   keltirmaydimi   degan   savolga   javob   berishdan   oldin   ko‘plab   ilmiy
masalalarni   hal   qilish   zarur.   Bu   makroiqtisodchilarning   vazifasi,   zamonaviy
rahbarlar   uchun   esa   bir   narsa   aniq   –   kompaniyalarga   tijorat   qudratini   oshirishga
imkon   beradigan   bakrcha   innovatsion   marketing   vositalari   biznes   hamjamiyati
tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi.
Kraudsorsing   ishlab   chiqarish   modellarining   ham,   iste’mol   modellarining
ham o‘zgarishga ta’sir etdi. Mahsulot va xizmatlar iste’molchilari ishlab chiqarish
jarayoniga   jalb   qilinishi   uchun   kompaniyalar   tobora   ko‘proq   u   yoki   bu   ishlab
chiqarish   funksiyalarini   «olomon»ga   uzatishga   harakat   qilmoqda.   Ochiq
boshlang‘ich   kodli   dasturiy   ta’minot   mahsulotlari   tobora   ommaviylashmoqda.
Kraudsorserlarning o‘zi  qo‘shimcha iste’mol  talabini  faollashtiruvchi  hisoblanadi.
Aynan shu olimlar va mutaxassislarga kraudsorsingni mahsulot/xizmat/loyihalarni
marketing asosida ilgari surish vositasi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Kompaniyalarni   «100%   kraudsorsing»   biznes-modeliga   o‘tkazish   trendi
barcha tarmoqlar uchun ham dolzarb emas. Lekin shunga qaramay, alohida tarmoq
vazifalarini   hal   qilish   uchun   kraudsorsing   texnologiyalaridan   foydalanish   deyarli
barcha   kompaniyalar   uchun   ochiqdir.   Kranud-loyihalar   ishlab   chiqish   va   joriy
qilish   sohasida   boshqaruv   vakolatlarini   kengaytirish   ularning   barcha   iqtisodiyot
tarmoqlarida ommaviyligi yanada o‘sishiga xizmat qiladi.
Agar   kraudsorsing   bu   –   jamoaviy   ong   bo‘lsa,   kraudfanding   –jamoaviy
hamyon   hisoblanadi.   Kraudfanding   turli   loyihalarni   moliyalashtirish   uchun   pul
mablag‘lari   jalb   qilish   texnologiyasisifatida   barcha   kompaniyalar   uchun,   ularning
hajmi va faoliyat sohasidan qat’i nazar, katta qiziqish uyg‘otadi. Kraudsorsing keltiradigan foyda. Kompaniya uchun foyda:
1.Transaksiya xarajatlari qisqarishi 
2.Mahsulot yoki xizmatga qo‘shimcha qiymat qo‘shish 
3.Innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish 
4.Iste’molchi bilan o‘zaro aloqalar 
5.Mahsulot/xizmat/loyihani ilgari surish
6.«Olomon»   ishtirokida   yaratilgan   mahsulot/xizmat/loyihaga   talabni
oshirish 
7.Mahsulot/xizmat/loyihaga qo‘shimcha talab shakllantirish hisobiga foyda
olish
8. Ijtimoiylashuv – boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshirish
9.Sevimli ish bilan shug‘ullanish imkoniyati
10.O‘zini ifodalash 
11.Internetda imidj yaratish
12.Rezyume kapitallashuvini oshirish 
13.Nufuzni kuchaytirish
Mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda:
• Ijtimoiy   ahamiyatga   molik   kapital,   mehnat   va   bilim   sig‘imi   katta
bo‘lgan vazifalarni hal qilish
• Meritokratiya
• Kraudsorsing   mahsulot/xizmat/loyihasiga   qo‘shimcha   talab
iste’molning o‘sishiga olib keladi
• Jamiyat a ’ zolarida innovatsion fikrlash rivojlanadi 
• Innovatsiyalar tezlashuvi ro‘y beradi.
12.3. Kraudsorsing va kraudfandingning yangi imkoniyatlaridan
samarali foydalanish
Kraudfanding   platformalari   tufayli   kichik   biznes   internet   orqali   kapitalga
yo‘l topdi. Oculus Rift va Pebble Watch – bu modelning birinchi qadamlari. Lekin
avvalgidek, qatnashchilar kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qila omlaydi. AQSHda
startaplarga   ko‘maklashish   haqida   yangi   qonun   mayda   investorlarga   bevosita
kraudfanding   kampaniyalari   orqali   mablag‘   kiritishga   imkon   beradi,   lekin
investorlar va tadbirkorlarga buning uchun avvalgidek Kickstarter yoki Indiegogo
kabi vositachilar hamda an’anaviy to‘lov usuli, odatda bank kartalari PayPal zarur.
Vositachi   bu   ishlarning   hakami   hisoblanadi,   jumladan,   kimga   nima   tegishli
ekanligini hal qiladi.
Blokcheynda   aksiyadorlashtirish   (bu   bir   variant)   ushbu   konsepsiyani
rivojlantiradi.   Endi   kompaniyalar   «blokcheynda»   moliyalashtirish   to‘plashi,
kompaniyaning moddiy qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli
qog‘ozlar chiqarishi mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki Augur bilan bog‘liq
holatda   bo‘lgani   kabi,   ularning   egalariga   kompaniya   qaysi   bashorat   bozorlarini
ochishini hal qilish  huquqini  bergan holda platformada kotirovka qiladigan  bozor qatnashchilari   pozitsiyalarini   aks   ettirishi   mumkin.   Ethereum   oldindan   berilgan
buyurtmalar   bo‘yicha   o‘z   tokeni,   ether   sotish   uchun   tamomila   yangi   blokcheyn
rivojlantirishni   moliyalashtirib,   yanada   katta   muvaffaqiyatga   erishdi.   Hozirda
Ethereum – uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish  s ur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinda
turadigan   ommaviy   blokcheyn   hisoblanadi.   Augur   kraudfandingida  investitsiyalar
o‘rtacha   summasi   750   dollarni   tashkil   qildi,   lekin   1   dollar   yoki   hatto   10   sentlik
minimal   obunalarni   tasavvur   qilish   qiyin   emas.   Dunyoda   istalgan   kishi   –   hatto
aholining   eng   qashshoq   qatlamlari   va   eng   uzoq   mintaqalar   aholisi   ham   –   fond
bozorinig   investoriga   aylanishi   mumkin.
Axborot   texnologiyalarining   jadal   rivojlanishi   zamonaviy   tadbirkorlarga
moliyalashtirishning   yangi   imkoniyatlari   taqdim   etdi.   Tadbirkorlik   loyihalarini
samarali   tashkillashtirish   kraudfanding,   kraudsorsing   va   fandrayzing
texnologiyalari   va   vositalaridan   foydalanish   orqali   amalga   oshirish   mumkin.
Ishbilarmonlik muhitining raqamli o‘zgarishi   “O‘z   ko‘chimiz   bilan   bajaramiz”   biznes
modelidan   "o‘z   ko‘chimiz   bilan   plyus   autsorsing”   biznes   modeliga,   “o‘z   ko‘chimiz
va   ixtiyoriy   “olomon””   biznes   modelidan   “toza   kraudsorcing   (ixtiyoriy   “olomon”
kuchlari   bilan)   biznes   modeliga   o‘tishga olib   keldi.
Hozirgi   kunda   biznesda   asosan   “o‘z   ko‘chimiz   va   ixtiyoriy   “olomon””
modelidan   foydalanishmoqda.   Fotobank,   YouTube,   video-xosting,   Vikipediya,
ijtimoiy tarmoqlar va hokazolar “toza kraudsorsing” biznes modeliga misol   bo‘lib,
Internetda to‘liq ish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarga xosdir. Ushbu   turdagi
kompaniyalar   birinchi   navbatda   Internet   auditoriyasi   uchun   raqobatlashadi,
chunki   u   barqaror   o‘sishni   ta’minlashda   muhim   rol   o‘ynaydi.   S h uni   ta’kidlash
kerakki,   ularni   kapitallashtirish   ishlab   chiqaruvchilar   va   iste’molchilar   kontenti,
hamjamiyat   a’zolari,   lidlar   (ingliz   tilidagi   lead   –   potensial   mijoz)   soniga   va   ularni
sonining   o‘sish   sur’atlariga   bevosita   bog‘liq.   Masalan,   Google   kompaniyasi   atigi
to‘qqiz   oy   davomida   faoliyat   ko‘rsatib   kelayotgan   YouTube   video-servisini   1650
million   dollarga   sotib   oldi   va   shu   orqali   faqat   krodsoursing   texnologiyasiga
asoslangan   marketing   modelining   yuqori   sarmoyaviy   jozibadorligini   namoyish
etdi.
Biznes   oldida   birinchi   navbatda   kraudsorserlar   sonini   ko‘paytirish,   axborot
kompaniyalarining   narxini   boshqarish,   trafikni   ko‘paytirish   orqali   ularning
samaradorligini   oshirish,   qamrab   olish   ko‘rsatkichlari   orqali   lidogeneratsiyalash
(aniq   aloqa   ma’lumotlari   bo‘lgan   potensial   mijozlarni   topishga   qaratilgan   lid-
menejmentining elementi bo‘lgan marketing taktikasi)   va   (geo)   targetirolash   (veb-
ishlanma   va   internet-marketingda,   tashrif   buyuruvchiga   uning   geografik
joylashuviga   mos   keladigan   tarkibni   etkazib   berish   usuli)   ko‘rsatkichlarini,
tranzaksiyalar   bo‘yicha   konversiyalash   (Transaction   Conversion   Rate,   TCR),
mijozlarning   bir   umrlik   qiymati   (Customer   Lifetime   Value, CLTV)   va boshqa mijoz
ko‘rsatkichlari ko‘paytirish   vazifasi quyilgan.   “Sof   krodsourcing”   biznes   modelining
o‘ziga   xos   xususiyati   ishlab   chiqarish   funksiyalarini   krodsourcerslarga   to‘liq
yuklashdir.   Bu   muqarrar   ravishda   xodimlar   sonining   qisqarishiga   olib   keladi. Kompaniyalarda   xodimlar   soni   kamayib, xuquqiy jihatdan kichik biznes sub’ektlari
vakili   hisoblanadi,   shu   bilan   birga  rasmiy   ravishda   ishga   yollash   kerak   bo‘lmagan
yuzlab   va   hatto   minglab   odamlarni   jalb   qilish,   ularning   ish   qobiliyatini   saqlab
qolish   va   ta’tilni   to‘lash   uchun   ijtimoiy   javobgar   bo‘lish   shart   emas.   Bu   holat
zamonaviy   kompaniyalarning   rivojlanish   tendensiyasi   va   hatto   yirik
korporatsiyalarda   ham   boshqaruv   boshqaruvini   soddalashtirish   va   boshqaruv
darajalarini   qisqartirishga   qaratilgan.
Kraudsourcing   nafaqat   tijorat   kompaniyalarining   biznes   modellarini
o‘zgartirmoqda.   Kelgusida   notijorat   sohada   ham   o‘zgarishlar   bo‘ladi,   bu   vaqt   va
makonda   cheklanmagan   ochiq   jamoalarni   tashkil   etishga   asoslangan   mehnatni
tashkil etishga o‘tish bilan birga keladi. Masalan, tadqiqot muammolarini hal   qilish
va   ilmiy   ishlarni   tashkil   etishda   hamfikr   odamlarni   jalb   qilish   orqali   kraudsorsing
tadqiqotchilar uchun yanada jozibador bo‘lib qoladi. Bu, ayniqsa,   ilmiy muammoni
hal qilishda turli kasb sohalaridan mutaxassislarni talab   qilishda   muhimdir.
Kraudsorsing   funksiya   va   foydalari.  Krodsoursingning   tabiati   va   mohiyatini
biznes,   kraudsorser   o‘zi   va   mamlakat   iqtisodiyoti   oladigan   foyda   belgilab   beradi.
Kroudsorsing   loyihalarini   amalga   oshirayotgan   biznes   tomonidan   olinayotgan
iqtisodiy   va   ijtimoiy   manfaatlar   orasida   xarajatlarni   kamayishi;   innovatsion
ishlanmalarni   rag‘batlantirish;   meritokratiya;   "olomon"   ishtirokida   yaratilgan
mahsulotga   talabning oshishi.
Innovatitsion   marketing   vositalari.   Elektron   iqtisodiyot   korxonalar   uchun
tezkor   biznes   ma’lumotlarini   tahlil   qilish   asosida   yangi   g‘oyalarni   izlash   va   tezkor
aloqa   o‘rnatish   imkoniyatlarini   ochdi,   bu   esa   kompaniyalarga   potensial
mijozlarning   innovatsion   extiyojlariga   tezda   javob   berish   imkonini   berdi.   Bu   esa
yangi   bozor   turlari   shakllanishiga   olib   keldi:   tezkor   xabar   almashish,   Internet-
qidiruv,   onlayn   reklama,   onlayn   savdo,   elektron   ta’lim   va   hk.   Internet   va   axborot
texnologiyalarining   imkoniyatlari   innovatsion   mahsulotlarning   hayotiy   siklini
qisqartirdi,   bu   esa   mashhur   ishlab   chiqaruvchilar   o‘rtasida   bozorga   smartfonlar,
kompyuterlarning   yangi   modellarini,   yangi   mobil   ilovalarni,   yangi   kompyuter
o‘yinlarini   olib chiqish bo‘yicha   raqobatni   ko‘chayishiga olib keldi.
Internet   paydo   bo‘lganidan   beri   amaliyot   elektron   iqtisodiyotning   eng
ilg‘or   marketing   vositalarini   qo‘llash   yo‘lidan   bordi   va   xarajatlarni   pasaytirishga
olib   keladigan   yangi   biznes   texnologiyalarini   joriy   etish   samaradorligini   isbotladi.
Bularning barchasi internetda loyihalar, tovarlar   va   xizmatlarni   targ‘ib   qilish   uchun
innovatsion   marketing   vositasi   sifatida   kroudsorsing   va   kraudfanding
texnologiyalaridan foydalanishga imkon berdi.   Wikipedia,   Linux,   Procter&Gamble,
BBC,   Nike,   Best   Buy,   DuPont,   MySpace,   Starbucks   va   boshqalar   o‘zlarining   biznes
modellariga   kroudsorsing   texnologiyalarini muvaffaqiyatli kiritmoqdalar.  Ommaviy
ixtisoslashtirilgan   krodsourcing   platformalari   orasida   YourEncore,   InnoCentive,
eBird,   Flickr   foto   xizmati,  YouTube   video-xosting  xizmati,   iStockphoto   fotobanki,
Austrosurf.com   veb-sayti   va   boshqalar   mavjud.   SHunday   qilib,   dasturga   kiritilgan
barcha   o‘zgartirishlar,   yangilanishlar   va   yaxshilanishlar   ommaviydir   va   Linux tarmog‘ining   barcha   ishtirokchilari   uchun   bepuldir..   Google,   IBM,   US   Postal
Service   va   Conoco   kabi   yuzlab   global   kompaniyalar   ochiq   Linux   tarmog‘iga
qo‘shilib,   tobora   kengayib   boradigan   dasturchilar   va   foydalanuvchilar
hamjamiyatining   bir   qismiga   aylandi.
Massachusets   texnologiya   instituti   tomonidan   o‘tkazilgan   tadqiqot
natijalariga   ko‘ra,   Vikipediya   maqolasiga   tasodifan   kiritilgan   xato   o‘rtacha   1,7
daqiqadan   so‘ng   tuzatiladi.   Bunday   natijalarga   faqat   cheksiz   "olomon"
imkoniyatlaridan   foydalanish   orqali erishish   mumkin 23
.
Kraudsorsing   texnologiyalari   kelajakning   texnologiyasi   degan   xulosa
shubhasizdir,   shu   bilan   birga   krodsoursing   instituti   kraudsorser   yo‘lini   tanlaganlar
uchun   ishsizlik   va   ijtimoiy   himoyasizlik   muammosini   keltirib   chiqaradimi   degan
muhim   savolga   javob   berish   uchun   ko‘plab   ilmiy   muammolar   hal   qilinishi   kerak
(2007   yil   boshida   Vikipediyada   atigi   5   nafar   xodim   ishlagan.
«Britanika»   ensiklopediyani   yozishda   4000   ta   haq   to‘lanadigan   mualliflar
va   100   ga   yaqin   muharrirlar   ishtirok   etgan 24
).   Bu   esa   makroiqtisodchilar   uchun
vazifadir.   Bugungi rahbarlar uchun bitta narsa ayon bo‘lishi kerak: kompaniyalarga
tijorat   kuchini   oshirishga   imkon   beradigan   barcha   innovatsion   marketing   vositalari
biznes   hamjamiyati   tomonidan   qo‘llab-quvvatlanadi   va   amaliyotga   o‘tkaziladi.

RAQAMLI BIZNESDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDINGNING YANGI IMKONIYATLARI Reja: 12.1. Raqamli biznesda kraudsorsing va kraudfandingning nazariy- uslubiy asoslari 12.2. Kraudsorsing va kraudfanding – kompaniyalarni kapitallashtirish texnologiyasi sifatida 12.3. Kraudsorsing va kraudfandingning yangi imkoniyatlaridan samarali foydalanish O‘quv maqsadi: innovatsion loyihalarni amalga oshirishda kraudsorsing va kraudfandingdan foydalanish masalalarini o‘rganishdan iborat. Tayanch iboralar: kraudsorsing, kraudfanding, tijorat kraudsorsing, ijtimoiy kraudsorsing, innovatsiyalar kraudsorsingi, Kouz nazariyasi, kraud- loyihalar 12.1. Biznesda kraudsorsing va kraudfandingning nazariy-uslubiy asoslari Kraudfanding (ingl. crowd fundings crowd – «olomon»; funding - «moliyalashtirish») kompaniyalar kapitallashuvini oshirish innovatsion texnologiyasi hisoblanadi. Kraudfan- ding innovatsion loyihalarni moliya- lashtirish maqsadida ko‘ngillilardan ayrim mablag‘lari to‘plashga qaratiladi. Ushbu samarali texnologiya paydo bo‘lishi tufayli biznes nafaqat investitsiya loyihalariga pul mablag‘lari jalb qilish, balki ularni ilgari surish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 2016 yil kraudfanding bozori atigi 880 mln dollar deb baholangan, 2015 yil yakunlariga ko‘ra sanoatning kapitallashuvi 16 mlrd dollarni tashkil qildi, 2019 yilga kraudfanding bozori bashorat hajmi esa 34 mlrd dollarni tashkil qiladi. Har bir kraudfanding platformasi u yoki bu segmentga: musiqiy, ijodiy, IT, dasturiy ta’minot, ijtimoiy va boshqa loyihalarga ixtisoslashadi. Aksiyadorlik kraudfandingi – onlayn-platformalar yordamida korporativ aksiyalar xarid qilishdir. 2012 yil ishga tushirilgan. Makroiqtisodchilar uzoq vaqt hamda katta moddiy va moliyaviy resurslar talab qiladigan sermashaqqat vazifalarni hal qilish maqsadida mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirish va jamiyat vakillarida yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda kraudsorsing rolini o‘rganishlari mumkin. Bunday vazifalar, masalan, inson genomini o‘rganish, yangi dori vositalarini ishlab chiqish, individuallashtirilgan tibbiyotga o‘tish, shuningdek, "olomonni" ishlarni bepul bajarishga jalb qilish jarayonlari ortida turgan risk va tahdidlarni baholash bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda ishbilarmonlar kraudsorsing texnologiyalarini nafaqat alohida ahamiyatga ega vazifa bo ‘ lgan inson genomini o ‘ rganish va dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida , balki ularni bozorda mahsulotni

rag ‘ batlantirish uchun ham tez - tez ishlatib turishadi . Asosiy maqsad – kraudsorserslar , ya ’ ni bu mahsulotnii ishlab chiquvchilarning bevosita ishtirokida barqaror talab shakllanishi tufayli yuqori foyda olishdir . Kraudsorsing keng ma’noda bu – kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal qilish yoki loyiha/mahsulot/xizmatga qo‘shimcha talab shakllantirish hisobiga foyda olish vakt qiymatini qo‘shish maqsadida ko‘ngilli asosda odamlarni (olomonni) loyiha/mahsulot/ xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish jarayoniga jalb qilishdir. Kraudsorsing tor ma’noda ishlab chiqarish operatsiyalarining bir qismini dunyoning turli burchaklaridan internetga 24/7 (haftasiga 7 kun 24 soat) qulay vaqt o‘ziga yuklangan funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamon va makon bo‘yicha cheklanmagan «olomonga» (ko‘ngilli odamlarga) o‘tkazish tufayli sinergetika samarasiga olib keladigan jamoaviy ongdan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarishning yangi turi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Quyidagilar kraudsorsingning muhim va boshqalardan ajratib turadigan jihati hisoblanadi: «olomon» xilma-xilligi ishlarni bajarish uchun nomzodlar tanlashda hech qanday cheklovlar yo‘qligi bilan izohlanadi. S h u nuqtai nazardan, «olomon» ishlab chiqarishga ko‘ngilli asosda qo‘shiladiganlar xilma-xilligi sifatida ko‘rib chiqiladi. Milliy belgi – professional mahorat va ma’lumot darajasi bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Sinergetik samara qraud-loyihalar qatnashchilarining har xilligi hisobiga ta’minlanadi. «Olomonni» ishga jalb qilish faqat internet- texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirish mumkin. Kraudsorsing platformasi (kraud-platforma) deganda maxsus ishlab chiqilgan, o‘ziniki bo‘lgan yoki ijaraga olingan, internet tarmog‘i orqali kraudsorserlardan olingan katta hajmdagi ma’lumotlar va moliyaviy vositalarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo‘lgan texnologik servisni tushunish lozim. Gap ko‘ngilli xayriyalarni to‘plash, saqlash va qayta taqsimlash haqida borganda platforma Kraudsorsing hisoblanadi. Kraudsorser - kraudsorsing loyihasida (kraud-loyihada) ko‘ngilli ravishda ishtirok etadigan «olomon» vakili bo‘lgan kishi. Kraudsorsing mahsuloti deganda «olomon» yaratgan, ya’ni «kraudsorserlar» mehnatidan foydalangan holda va kraudsorsing platformasi asosida yaratilgan mahsulot tushuniladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki xizmat namoyon bo‘lishi mumkin. Kraudsorsing deb veb-saytda mijozlar taassurotlarini to‘plash bo‘yicha so‘rovnomani joylashtirishdan tortib ishlab chiqarish jarayonining asosiy biznes jarayonlariga ko‘ngillilarni kiritishgacha bo‘lgan har bir narsa deb atash mumkin, deb hisoblash xato bo‘lardi. Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun, har xil kraudsorsing turlarini ko‘rib chiqamiz va ularning xususiyatlarini ta’riflaymiz. Internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kraudsorserslar tomonidan yaratilgan loyiha, mahsulot va xizmatga qo‘shimcha talab shakllantirish va iste’mol qiymati qo‘shish hisobiga foyda olish maqsadida

ko‘ngilli ravishda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) loyiha, mahsulot, xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish va ilgari surish jarayoniga jalb qilish tijorat kraudsorsingi. Quyidagilar tijorat kraudsorsingi majburiy belgilari hisoblanadi:  odamlar (kraudsorserlar) ishni ko‘ngilli asosda bajaradi;  kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;  kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi;  kraudsorserlar mahsulot/xizmatga iste’mol qiymati qo‘shadi;  kraudsorserlar bitta yoki bir nechta jarayonda: loyiha/mahsulot/xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish, taqsimlashda ishtirok etadi;  kraud-loyiha ishlab chiquvchilar tijorat maqsadini – kattaroq foyda olishni ko‘zlaydi;  kraudsorsing kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan loyiha/mahsulot/xizmatni ilgari surish elektron marketing vositasi sifatida namoyon bo‘ladi;  kraudsorserlar ishtirkoida yaratilgan mahsulot/xizmatga qo‘shimcha talab shakllanishi ro‘y beradi. Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsing – tijorat maqsadlarini ko‘zlamasdan, ko‘ngilli asosda Internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qilishga jalb qilishdir. Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi belgilari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:  odamlar (kraudsorserlar) ishni ko‘ngilli asosda bajaradi;  kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;  kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi;  kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qiladi;  kraud-loyiha ishlab chiquvichlar tijorat maqsadlarini ko‘zlamaydi. Masalan, mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, «Faol fuqaro» kraudsorsing maydonchasi. Ta’kidlash joizki, volonterlikni ijtimoiy kraudsorsing qatoriga volonterlar internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlarni bajarishi shartida qo‘shish mumkin. 12.2. Kraudsorsing vakraudfanding kompaniyalarni kapitallashtirish texnologiyasi sifatida Innovatsiyalar kraudsorsingi tijorat va notidorat kraudsorsingi xususiy holati hisoblanadi. Innovatsiyalar kraudsorsingi - ko‘ngilli asosda internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon»,

kraudsorserlar) innovatsion g‘oya/echim/loyiha/mahsulot/xizmat topish jarayoniga jalb qilishdir. Amaliyotchilar tobora ko‘proq «ochiq innovatsiyalar» atamasidan foydalanmoqda, buni innovatsiyalar kraudsorsingi yakuniy mahsuloti sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Quyidagilar innovatsiyalar kraudsorsingining majburiy belgilari hisoblanadi:  odamlar (kraudsorserlar) ishni ko‘ngilli asosda bajaradi;  kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;  kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi;  kraudsorserlar faoliyati natijsi loyiha/mahsulot/xizmat hisoblanadi;  kraud-loyiha ham tijorat maqsadlarini, ham notijorat maqsadlarini ko‘zlashi mumkin. Masalan, mahsulot (xizmat) sifatini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar izlab topishga yo‘naltirilgan «g‘oyalar birjasi», tijorat kraudsorsingining xususiy holati bo‘lgan, ya’ni kompaniya foydasini oshirishga qaratilgan innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar davlat hukumat organi innovatsion transport turini ishlab chiqish bo‘yicha g‘oyalar to‘plash bo‘yicha kraud-loyihani ishga tushirgan bo‘lsa, gap innovatsiyalar notijorat kraudsorsingi haqida boradi. Kraudfanding (crowdfunding) deganda innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida ixtisoslashgan kraudfanding platformalarida ko‘ngilli xayriyalar to‘plash, ta’kidlash joizki, kraudfanding kraudsorsing texnologiyalaridan birini ifodalaydi. Muallifning fikriga ko‘ra, kraudfanding va kraudsorsing bir-biri bilan yaxlit bir butunlik va uning bir qismi kabi munosabatda bo‘ladi, ya’ni kraudfanding kraudsorsing turlaridan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kraudfanding – moliyaviy kraudsorsing, internet tarmog‘ida kraudfanding platformasi yordamida ko‘ngilli xafriyalar to‘plash. Ishlab chiqarish funksiyalarini kraudsorserlarga to‘liq o‘tkazish «sof kraudsorsing» biznes-modeliga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu shtatdagi personal soni qisqarishiga olib kelishi muqarrar. Kompaniyalar kam sonli bo‘lib qoladi va rasmiy belgilari bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari qatoriga kirishi mumkin bo‘ladi, bunda ularni ishga rasmiylashtirish, ularning ish layoqatini saqlash uchun ijtimoiy javobgar bo‘lish va ta’til uchun pul to‘lash shart bo‘lmagan yuzlab va hatto minglab kraudsorserlarni jalb qilish mumkin. Zamonaviy kompaniyalar rivojlanishida ushbu trend boshqaruv darajalari sonini kamaytirish va boshqaruv tashkiliy strukturalarini soddalashtirishga yo‘naltirish bilan birga hattoki yirik korporatsiyalarda ham kuzatilmoqda. Kraudsorsing nafaqat tijorat kompaniyalarining biznes-modellarini o‘zgartiradi. Kelajakda notijorat sohasida ham zamon va makon bo‘ylab cheklanmagan ochiq tashkilotlar barpo etish asosida mehnatni tashkil qilishga o‘tish bilan birgalikda kuzatiladigan o‘zgarishlar ro‘y beradi. Kraudsorsing taibati va mohiyati biznes, kraudsorserning o‘zi va mamlakat

iqtisodiyoti oladigan foydani belgilab beradi. Bugungi kunda kraudsorsing loyihalarini amalga oshirayotgan biznes namoyish etayotgan iqtisodiy va ijtimoiy foyda orasida xarajatlarni pasaytirish; innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish; meritokratiya; «olomon» ishtirokida yaratilgan mahsulotga talabning ortishini sanab o‘tish mumkin. Hozirgi paytda kraudsorsing tibbiyot, farmatsevtika, dasturlash, axborot izmatlari bozori, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar o‘tkazish sohasida keng tarqalgan. Kraudsorsing va kraudfanding asta-sekinlik bilan ommaviylashib bormoqda. Kraudsorsing loyihalari amalga oshirilishini birinchi navbatda, ochiq kodli dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida kuzatish mumkin bo‘lib, bunda istalgan shaxs dunyoning istalgan nuqtasidan turib kompyuter ortiga o‘tirishi, mahsulot ishlab chiqishi va eng yaxshi bo‘lishi mumkin. Bir tomondan, kraudsorsing ommaviylashuv jarayoni davom etadi, chunki biznes iqtisodiy samara beradigan har narsaga ochiq bo‘ladi. Boshqa tomondan – bu jarayonlar rivojlanishi ko‘plab kasblar vakillari, masalan, jurnalistlar, fotograflar hozirdanoq ishga joylashish borasida muammolar his qiladigan holatning namoyon bo‘lishi bilan birgalikda kuzatiladi, chunki istalgan shaxs ularning ishini ko‘ngilli asosda bajarishi mumkin. Kraudsorsing texnologiyalari – kelajak texnologiyalari ekanligi haqida xulosa shak-shubha uyg‘otmaydi. Kraudsorsing instituti kraudsorser yo‘lini tanlagan shaxslarning ijtimoiy himoyalanmaganligi va ishsizlik muammosini yuzaga keltirmaydimi degan savolga javob berishdan oldin ko‘plab ilmiy masalalarni hal qilish zarur. Bu makroiqtisodchilarning vazifasi, zamonaviy rahbarlar uchun esa bir narsa aniq – kompaniyalarga tijorat qudratini oshirishga imkon beradigan bakrcha innovatsion marketing vositalari biznes hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi. Kraudsorsing ishlab chiqarish modellarining ham, iste’mol modellarining ham o‘zgarishga ta’sir etdi. Mahsulot va xizmatlar iste’molchilari ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinishi uchun kompaniyalar tobora ko‘proq u yoki bu ishlab chiqarish funksiyalarini «olomon»ga uzatishga harakat qilmoqda. Ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot mahsulotlari tobora ommaviylashmoqda. Kraudsorserlarning o‘zi qo‘shimcha iste’mol talabini faollashtiruvchi hisoblanadi. Aynan shu olimlar va mutaxassislarga kraudsorsingni mahsulot/xizmat/loyihalarni marketing asosida ilgari surish vositasi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. Kompaniyalarni «100% kraudsorsing» biznes-modeliga o‘tkazish trendi barcha tarmoqlar uchun ham dolzarb emas. Lekin shunga qaramay, alohida tarmoq vazifalarini hal qilish uchun kraudsorsing texnologiyalaridan foydalanish deyarli barcha kompaniyalar uchun ochiqdir. Kranud-loyihalar ishlab chiqish va joriy qilish sohasida boshqaruv vakolatlarini kengaytirish ularning barcha iqtisodiyot tarmoqlarida ommaviyligi yanada o‘sishiga xizmat qiladi. Agar kraudsorsing bu – jamoaviy ong bo‘lsa, kraudfanding –jamoaviy hamyon hisoblanadi. Kraudfanding turli loyihalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari jalb qilish texnologiyasisifatida barcha kompaniyalar uchun, ularning hajmi va faoliyat sohasidan qat’i nazar, katta qiziqish uyg‘otadi.