logo

Raqamli iqtisodiyot va innovatsion lizing xizmatlari bozorida raqamli texnologiyalarni joriy etish

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

40.8310546875 KB
Raqamli iqtisodiyot va innovatsion lizing xizmatlari bozorida raqamli
texnologiyalarni joriy etis h
                                           Reja:
1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati va ahamiyati .
2. Innovatsion lizing  xizmatlarining nazariy asoslari.
3.Hududiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovatsion lizingning ahamiyati va uni
moliyalashtirish vositalari.
4.Innovatsion lizing xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni O‘zbekiston   bugun   xalqaro   hamjamiyatning   ajralmas   tarkibiy   qismi
hisoblanar ekan, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha qabul
qilingan   Harakatlar   strategiyasi   asosida   uning   raqobatbardoshligini   oshirish,
shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Parlamentga
Murojaatnomasida keltirilgan fikrlar doirasida innovatsiyalarni keng joriy etish va
bu   orqali   mavjud   resurslardan   samarali   foydalanish   talab   etilmoqda.   Xususan,
Prezidentimizning   bu   borada   bildirgan   quyidagi   fikrlari   diqqatga   molikdir:
“Taraqqiyotga   erishish   uchun   raqamli   bilimlar   va   zamonaviy   axborot
texnologiyalarini   egallashimiz   zarur   va   shart.   Bu   bizga   yuksalishning   eng   qisqa
yo‘lidan   borish   imkoniyatini   beradi.   Zero,   bugun   dunyoda   barcha   sohalarga
axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda...
Raqamli   texnologiyalar   nafaqat   mahsulot   va   xizmatlar   sifatini   oshiradi,
ortiqcha harajatlarni kamaytiradi”.
Bundan   tashqari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   19
fevraldagi   “Axborot   texnologiyalari   va   kommunikatsiyalari   sohasini   yanada
rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-5349   sonli   Farmoni,   2018   yil   3
iyuldagi   “O‘zbekiston   Resbublikasida   raqamli   iqtisodni   rivojlantirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risidXa”gi   PQ-3832   qarori   va   2020   yil   28   apreldagi   “ Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”  PQ-
4699-sonli   qarorining   qabul qilinishi mamlakatimizda raqamlashtirish jarayoniga
alohida e’tibor qaratilayotganligini anglatadi.
Ko‘rinib   turibdiki,   yuqorida   belgilangan   maqsadlarga   erishishda   raqamli
iqtisodiyotni   shakllantirish   bugungi   kunning   dolzarb   masalalaridan   biri   bo‘lib
hisoblanmoqda.   Ayniqsa   moliya   xizmatlarini   taqdim   etishda   raqamli
iqtisodiyotdan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (korxona)lar faoliyatini ham
rivojlantirishga sabab bo‘ladi.
Raqamli   iqtisodiyot   tushunchasiga   olimlar   tomonidan   turlicha   ta’riflar
berilgan. Jumladan bir guruh olimlarimiz raqamli iqtisodiyotga jarayonlarni  tahlil
qilish   natijalaridan   foydalanish   va   katta   hajmdagi   ma’lumotlarni   qayta   ishlash
asosida   turli   xildagi   ishlab   chiqarishlar,   texnologiyalar,   asbob-uskunalar,   tovarlar
va   hizmatlarni   saqlash,   sotish   va   yetkazib   berish   samaradorligini   jiddiy   ravishda
oshirishga   imkon   beradigan   va   raqamli   ko‘rinishdagi   ma’lumotlar   asosiy   ishlab
chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyati sifatida ta’rif berishgan.
Raqamli   iqtisodiyot   –   bu   rivojlanishning   zamonaviy   bosqichi   hisoblanib,   u
ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Raqamli
iqtisodiyot   –   bu   o‘ziga   xos   tushuncha   bo‘lib,   uning   o‘rganish   ob’ekti
axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
Xorijiy   ilmiy   ishlarda   ham   raqamli   iqtisodiyotga   turli   ta’riflar   berilgan.
Jumladan,   raqamli   iqtisodiyot   –   bu   ishlab   chiqarishning   asosiy   omillari   raqamli
ko‘rinishda   taqdim   etilgan,   shuningdek,   qayta   ishlangan   va   katta   hajmlarda
foydalanilgan   faoliyat   turi   tushunilib,   bunda   turli   xil   sifatli   mahsulotlar,
texnologiyalar,   asbob-uskunalarni   ko‘plab   ishlab   chiqarish,   ularni   saqlash,   sotish,
yetkazib berish va iste’mol qilish samaradorligi oshadi . Ma’lumotlar,   hisoblash   texnikasi   va   aloqaning   o‘zgaruvchan   xususiyatlari
bilan   tavsiflanadigan   raqamli   iqtisodiyot   bugungi   kunda   iqtisodiy   o‘sish   hamda
ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lib hisoblanadi 1
.
Iqtisodiyotning  bu  yangi   turi   nafaqat   texnologik  jarayonlarni,  balki  mavjud
muammo va uni bartaraf etishning tarkibiy tuzilmasini ham o‘z ichiga olib, uning
o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin:
 Raqamli iqtisodiyotning muhim xususiyatlari 2
.
Raqamli   iqtisodiyotga   elektron   biznes   va   elektron   tijorat   bilan   bog‘liq   raqamli
texnologiyalarga asoslangan va ular orqali raqamli tovarlar hamda xizmatlar ishlab
chiqaradigan   va   sotadigan   iqtisodiy   faoliyat   sifatida   ta’rif   berishimiz   mumkin,
ya’ni   raqamli   iqtisodiyot   bu   raqamli   texnologiyalar   va   ular   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
mahsulotlar   va   xizmatlarni   yaratish,   ularni   tarqatish   va   foydalanish   bilan   bog‘liq
faoliyatdir.   Raqamli   iqtisodiyot   orqali   mamlakatda   iqtisodiy   o‘sish   ta’minlanadi.
Aynan   u   orqali   raqobat,   investitsiya   va   innovatsiyalar   rag‘batlantiriladi.   Natijada
esa xizmatlar sifati oshadi, iste’molchilar tanlovi kengayadi va qo‘shimcha ishchi
o‘rinlar yaratiladi.
Ilm-fan   shiddat   bilan   taraqqiy   etayotgan   bir   paytda   raqobatbardosh
iqtisodiyotni   shakllantirish   uchun   korxona   aktivlari   tarkibini   intellektual   mulk
bozorini   rivojlantirmasdan   turib   rag‘batlantirish   imkonsizdir.   Buning   natijasida
intellektual   mulk   ob’ektlarini   tijoratlashtirishning   samaradorligini   oshirish
masalasi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor vazifasiga aylanadi. Bu esa:
- ushbu tarmoqni moliyalashtirish hajmining oshishiga;
- ilm-fan   va   texnikaning   yangi   yutuqlarini   qo‘lga   kiritishning   shakl   hamda
usullarini kengaytirishni talab etadi.   
Shu   sababli   xorijiy   mamlakatlarda   intellektual   mulk   ob’ektlarini
tijoratlashtirishning   noan’anaviy   samarali   usullaridan   biri   bo‘lgan   innovatsion
1
2Маҳсулот	
Инфратузилма	Жараёнлар Platforma va xizmatlar         lizingni   rivojlantirish   talab   etiladi.   Aksariyat   taraqqiy   etgan   mamlakatlarda   lizing
bozorining rivojlanishi va uning yuqori bosqichga ko‘tarilishi uskunalar lizingi va
intellektual   mulkni   tijoratlashtirishning   integratsiyalashuvi   uchun   zarur   shart-
sharoit   yaratdi.   Natijada   esa   lizingning   yangi   shakli   –   intellektual   mulk   lizingi
shakllandi. 
Innovatsion lizingning paydo bo‘lishi lizing bozori rivojlanishining mantiqiy
bosqichi   bo‘lgani   kabi   intellektual   mulk   bozori   rivojlanishining   ham   mantiqiy
bosqichi hisoblanadi.
Shu   sababli   milliy   lizing   bozorida   innovatsion   lizingni   shakllantirish   va
undan   foydalanish   uchun   lizingning   ushbu   turi   rivojlanishga   ulgurgan   Yevropa
davlatlari va AQSH tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion   faoliyatda   lizingning   dolzarbligi,   fikrimizcha,   birinchidan,
innovatsion   faoliyatni   rivojlantirishda   moliya-kredit   resurslarining   taqchilligi,
ikkinchidan,   lizingning   iqtisodiy   faoliyat   shakli   sifatidagi   foydaliligi   hamda
innovatsion   jarayonning   har   bir   bosqichida   kuzatiladigan   moliyalashtirishning
samarali shakli sifatidagi ahamiyati bilan belgilanadi.   Bunga asosiy sabab sifatida
quyidagi omillarni keltirishimiz mumkin:
- xo‘jalik   yuritishning   zamonaviy   sharoitida   lizingning   sanoat   sohasidagi
innovatsion   loyihalarni   moliyalashtirishning   eng   maqbul   usuli   sifatida
asoslanmaganligi;
- mamlakat sanoat  sohasida lizing munosabatlarining rivojlanish darajasining
tahlil qilinmaganligi;
- mamlakat sanoat sohasida lizing munosabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik
qilayotgan   asosiy   muammolarni   aniqlash   va   bir   vaqtning   o‘zida   salbiy   omillar
ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning kam ta’sirchanligi.   
Rivojlangan   mamlakatlar   amaliyotidan   shu   narsa   ma’lumki,   taraqqiyotning
innovatsion   yo‘lini   raqobatbardosh   bilim   va   texnologiyalarga   ilmiy   g‘oyalarni
yo‘naltiradigan mukammal innovatsion tizimsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan
bir   qatorda,   innovatsion   rivojlanish   nafaqat   innovatsion   jarayonlarning   natijasini
amaliyotga   tadbiq   etish,   balki   innovatsion   faol   korxonalarni   moddiy   texnik   baza
bilan ta’minlash bilan ham bog‘liq bo‘ladi.   
Ma’lumki,   lizing   jarayoni   deganda   loyiha   bo‘yicha   konseptual   g‘oyaning
shakllanishidan   boshlab,   uning   amalga   oshirilishigacha   bo‘lgan   jarayon
tushuniladi.   Ushbu   jarayon   lizing   ob’ekti   bo‘lgan   asosiy   vositalardan   foydalanib
mahsulot   ishlab   chiqarish   va   uni   sotish   hamda   shartnomaning   tugatilishi   bilan
bog‘liq   munosabatlarni   o‘z   ichiga   olgan   uchta   asosiy   bosqich   (dastlabki,   ya’ni
tayyorgarlik   (investitsiyadan   oldingi),   tashkiliy   (investitsion)   va   ob’ektdan
foydalanish bosqich)larda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, innovatsion faoliyatda
lizingdan an’anaviy foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, lizing xizmati
ma’lum bir imkoniyatlar doirasida qayd etilgan uch bosqich orqali raqobatbardosh
bilim   va   texnologiyalarni   oxirgi   iste’molchiga   yetib   borishini   ta’minlovchi   ishlab
chiqaruvchining  barcha   imkoniyatlarini  ishga   solishga   ko‘maklashadi.   Aynan  ana
shunday holatda “innovatsion lizing” yuzaga keladi.
Innovatsion lizing tushunchasi so‘nggi yillarda iqtisodchilar tomonidan keng
qo‘llanilib,   unga   turlicha   ta’rif   berilgan.   Xususan,   N.G.Korol   tomonidan innovatsion lizingga innovatsion faoliyatni ta’minlovchi moliyaviy resurslarni jalb
qilish va joylashtirish sifatida ta’rif berilgan.
A.A.Ayupov   o‘zining   ilmiy   ishlarida   “innovatsion   lizing”ga   iqtisodiy
munosabatlar sub’ektlari (lizingga oluvchi, lizingga beruvchi va sotuvchi) o‘rtasida
yuzaga keladigan aniq, maxsus iqtisodiy munosabatlar shakli  sifatida yondashadi.
Bunda   lizing   innovatsion   mahsulotni   bozorga   kirib   borish   usuli   sifatida,   bir
paytning o‘zida innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga zamin yaratadi yoki
lizingning   o‘zi   shaklan   hamda   mohiyatan   innovatsiya   sifatida   yoki
yuqoridagilarning   kombinatsiyasi   bo‘lib   maydonga   chiqadi.   Innovatsion   lizing
lizingga   beruvchining   investitsion   portfelida   mavjud   bo‘lgan   murakkab
vositalardan   biri   bo‘lib,   undan   to‘g‘ri   va   samarali   foydalanishgina   lizingga
beruvchi va lizingga oluvchi uchun ijobiy bo‘lishi mumkin. 
Agarda lizingdan innovatsion faoliyatni  ta’minlash maqsadida  foydalanilsa,
unda u innovatsion lizing hisoblanadi.
I.A.Jilyakovaning   fikricha,   foyda   olish   uchun   innovatsion   mahsulotni
keyinchalik uni  ishlab chiqarish  jarayoniga  joriy etish  maqsadida egalik  qilish  va
foydalanish huquqi asosida sotib olish innovatsion lizing deyiladi. 
O.A.Kazankina   innovatsion   lizingga   investitsion   usul   sifatida   yondashgan.
Uning   fikricha,   innovatsion   lizing   deganda   innovatsion   faoliyatni   ta’minlaydigan
yoki   innovatsion   mahsulotni   bozorga   yo‘naltiradigan   investitsiyalash   usuli
tushuniladi.   Xuddi   shunga   o‘xshash   ta’rif   N.G.Korolning   ham   ilmiy   ishlarida
keltirilgan.   Uning   fikricha,   innovatsion   lizing   deganda   innovatsion   mahsulotni
bozorga chiqarish usuli, innovatsion faoliyatni  amalga oshirishga imkon beruvchi
moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirish usuli tushuniladi.
Yuqorida   keltirilgan   fikrlarga   tayanib   aytishimiz   mumkinki,   rus   iqtisodiy
adabiyotlarida “innovatsion lizing” atamasini yoritishda uning quyidagi jihatlariga
alohida e’tibor qaratilgan:
1. Innovatsion   faoliyatni   ta’minlashga   xizmat   qilganligi   sababli   lizingning   bu
turi   innovatsion   lizing   deb   yuritiladi   va   uning   moliyalashtirish   ob’ekti   sifatida
mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatini endigina boshlagan korxona – yangi
biznes   vakili   maydonga   chiqadi.   Lizing   predmeti   sifatida   yuqori   texnologiyali
uskunalarni keltirishimiz mumkinki, buning natijasida lizing shartnomasi bo‘yicha
to‘lovlarni   olish   doirasida   lizingga   beruvchida   risk   darajasi   ortadi.   Bu   holatda
lizing   innovatsion   faoliyatning   mustaqil   shakli   sifatida   e’tirof   etilib,   “venchurli
lizing” nomini oladi.
2. Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish usuli sifatida lizingning ushbu turi
mahsulotning paydo bo‘lish vaqtida yuzaga kelib, quyidagi shartlarga ega bo‘ladi:
- Mahsulot iste’molchi uchun no’malumligi, qimmatligi kabi sabablarga ko‘ra
bozorda lizing orqali realizatsiya qilinishi mumkin;
- Lizingdan   foydalanish   natijasida   mahsulotni   realizatsiya   qilishning
maksimal samaradorligi taminlanadi.
3. Intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish shakllaridan biri ekanligi.
Rus   olimi   S.Yu.Glazevning   fikricha,   raqamli   iqtisodiyot   sharoitida   lizing
kompaniyalari,   banklar   hamda   sug‘urta   tashkilotlari   YAIMning   o‘sishi   va   aholi
turmush   darajasining   oshishiga   olib   keluvchi   iqtisodiy   taraqqiyotni   ta’minlovchi takror   ishlab   chiqarish   jarayonining   drayverlari   bo‘lib   hisoblanadi.   Ushbu
tashkilotlar   moliyaviy   mexanizm   va   vositalar   orqali   real   sektorda   ishlab
chiqarishning  innovatsion   faolligini   oshirish   uchun   sharoit   yaratishadi.   Shu   yerda
lizing iqtisodiy o‘sish vositasi sifatida innovatsion funksiyani bajaradi. 
Innovatsion   lizing   bilan   klassik   moliyaviy   lizing   o‘rtasidagi   asosiy   farqlar
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- shartnoma   sub’ektlari   nuqtai   nazaridan.   Klassik   moliyaviy   lizing   doirasida
moliyaviy   munosabatlar   mulkni   sotuvchisi   bilan   lizingga   beruvchi   (oldi-sotdi
shartnomasi)   hamda   lizingga   beruvchi   bilan   lizingga   oluvchi   o‘rtasida   (lizing
shartnomasi)  kuzatiladi. Bundan tashqari, ushbu jarayonda bilvosita ishtirokchilar
ham   ishtirok   etishi   kuzatilishi   mumkin.     Innovatsion   lizingda   esa   lizingga
oluvchilar ikkita bo‘ladi.
- Ishtirok   etuvchi   sub’ektlarning   o‘zaro   ta’sir   etish   maqsadlari   nuqtai
nazaridan.   Klassik   moliyaviy   lizingda   lizingga   beruvchining   maqsadi   lizing
ob’ektini   lizingga   oluvchiga   haq   to‘lash   evaziga   berishdan   daromad   olish   bo‘lsa,
lizingga   oluvchi   lizing   orqali   ma’lum   bir   soliq   imtiyozlariga   ega   bo‘lishni
xohlaydi.   Lizing   ob’ektini   sotuvchisi   esa   o‘zining   mahsulotini   lizing   orqali
realizatsiya   qilish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.     Innovatsion   lizingda   esa
ishtirokchilarning asosiy maqsadi  lizingga beruvchining vositachi sifatida faoliyat
yuritishi   orqali   innovatsion   mahsulotni   yaratish   va   uni   realizatsiya   qilishda
namoyon bo‘ladi. 
- Shartnoma   ob’ekti   nuqtai   nazaridan.   Klassik   moliyaviy   lizingda
shartnomada   lizing   ob’ekti   sifatida   tadbirkorlik   faoliyati   uchun   foydalaniladigan
iste’mol   qilinmaydigan   har   qanday   ashyolar,   shu   jumladan   korxonalar,   mulkiy
komplekslar,   binolar,   inshootlar,   uskunalar,   transport   vositalari   hamda   boshqa
ko‘char va ko‘chmas mulk belgilanishi mumkin. Klassik moliyaviy lizingdan farqli
o‘laroq,   innovatsion     lizingda   sub’ektni     maxsus   asbob-uskuna 3
  bilan   ta’minlash
maqsadi   qo‘yiladi.   Bunda   o‘ziga   xos   jihati   shundaki,   ishlab   chiqaruvchi   lizingga
beruvchi tomonidan shartnoma ob’ekti  sifatida   asbob-uskuna sifatida intellektual
mulk (nou-xau, ma’lum  bir  faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya)larni  olib,
yangi   mahsulotni   ishlab   chiqarishda   qo‘llaydi   va   bu   mahsulot   lizingga   oluvchiga
lizing ob’ekti sifatida taqdim etiladi.
- Shartnoma   ishtirokchilarining   o‘zaro   munosabatlari   nuqtai   nazaridan.
Klassik   moliyaviy   lizingda   bir   shartnoma   orqali   lizingga   beruvchi   lizingga
oluvchining   topshirig‘iga   asosan   ma’lum   bir   mulkni   sotib   oladi   va   undan
foydalanish   hamda   keyinchalik   o‘z   balansiga   olish   (to‘lovlilik   tamoyili)   sharti
asosida   lizingga   oluvchiga   taqdim   etadi   (mulkchilik   huquqi   o‘zgaradi).
Innovatsion   lizingda   esa   shartnoma   to‘rt   tomonlama   (ishlab   chiqaruvchi-lizingga
beruvchi-lizingga   oluvchi-lizingga   oluvchi)   harakterdagi   munosabatlarni   o‘zida
aks ettiradi .
  Innovatsion   lizing   shartnomasida   ishtirok   etuvchi   sub’ektlar   shartnomada
ishtirok   etishdan   oldin   shartnomaning   moliyaviy   modeliga   alohida   e’tibor
berishlari   talab   etiladi.   Sababi   moliyaviy   model   shartnomada   ishtirok   etuvchi
sub’ektlarining qanchalik maqsadga muvofiqliklarini baholay olishi lozim. Bunday
3 baholash   esa   avvalo,   shartnoma   bo‘yicha   sof   diskontlangan   daromad   (SDD)ni
aniqlash   orqali   amalga   oshiriladi.   Ushbu   ko‘rsatkichni   aniqlash   uchun   quyidagi
formuladan foydalanishimiz mumkin (1-formulaga qaralsin):
SDD =  ∑
n = 1N
( ЛТи(
1 + d	) n ) − Қиау
            
Bu yerda:
LTi
  –  asbob-uskunadan foydalanganlik uchun to‘lov;
d – shartnoma bo‘yicha qo‘llaniladigan diskont stavkasi;
Qiau –  asbob-uskuna qiymati;
n –  asbob-uskuna lizingi bo‘yicha shartnoma muddati.
Ushbu   formuladan   foydalangan   holda   lizingga   oluvchi   shartnomani
tuzishdan oldin lizing hamda kredit mexanizmlarining afzalliklarini aniqlab olishi
mumkin bo‘ladi.
Innovatsion   lizing   tushunchasining   mazmunini   ko‘rib   o‘tganimizda   lizing
munosabatlari sohasida innovatsion faollikning rivojlanish yo‘nalishlariga tayanish
lozim. Dastlabki yo‘nalish iste’mol va vositachilik xizmatlari bozoriga yangi lizing
mahsulotlarini   joriy   qilishda   namoyon   bo‘lsa,   ikkinchi   yo‘nalish   lizing
munosabatlari   ishtirokchilari   tomonidan   qo‘shimcha   raqobat   ustunliklariga   ega
bo‘lish   uchun   innovatsion   lizing   dasturlarini   ishlab   chiqish   imkonini   beradigan
mavjud   vositalar,   usullar,   uslub   va   tartiblarning   innovatsion   jamlanmasidan
foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Bir qator rus iqtisodchilarining fikricha, lizing xizmatlarining barqaror rivojlanishi
hamda   uning   takror   ishlab   chiqarish   jarayoniga   ta’siri   lizing   kompaniyalarining
innovatsion   faolligiga   bog‘liq   ravishda   iste’molchilarga   taqdim   etilayotgan   lizing
xizmatlarining   sifat   va   miqdor   jihatdan   yaxshilanganligini   anglatadi.   Lizingning
oxirgi iste’molchiga ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida lizing innovatsiyalarini
ma’lum bir belgilari bo‘yicha turlarga ajratish maqsadga muvofiq .
Innovatsion   lizingni   moliyaviy   qo‘llab-quvvatlash   vositalarini   ma’lum   bir
mezonlar   asosida   ko‘rib   chiqish   lozim.   Dastlabki   mezon   lizing   loyihalarini
bevosita   moliyalashtirish   vositalari   orqali   lizingga   oluvchining   innovatsion
faoliyatini rag‘batlantirish darajasini aniqlashga asoslanadi.
So‘nggi   paytlarda   bozor   munosabatlarining   takomillashuvi   hamda   moliya
tizimida kuzatilayotgan o‘zgarishlar  natijasida korxonalarda moliyaviy resurslarni
taqsimlash  imkoniyati   va raqobat   sharoitida faoliyat  yuritish,  potensial   mijozlarni
jalb   etish   va   yuqori   bo‘lmagan   moliyaviy   natijalar   bilan   ham   rivojlanish,
mahsulotga belgilangan narx siyosatini hamda mavjud debitorlik qarzlarini hisobga
olish, kontragentlarning qarzlarini hisobga olgan holda debitorlik qarzlarini imkon
darajada   kamaytirish,   asbob-uskunalarni   topish   va   harid   qilish   bo‘yicha   yetkazib
beruvchilarni   jalb   qilish   masalalarini   hal   qilish   borasida   ko‘plab   muammolar
yuzaga kelmoqda. Ana shunday sharoitda mahalliy korxonalar faoliyati davomida
talab   etiladigan   asosiy   vositalar   va   aylanma   mablag‘larni   modernizatsiyalash   va
yangilash,   mavjud   aktivlarni   sotish   hamda   ilmiy-texnik   taraqqiyot   natijalarini
mijozlarga   taklif   etish   murakkabligicha   qolmoqda.   Shu   sababli   korxonalar
qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida moliya-kredit institutlariga murojaat qilishib, qarz mablag‘laridan foydalanishni afzal ko‘rinmoqda. Ammo bu
har   doim   ham   o‘zining   ijobiy   natijasini   bermaydi.   Korxonalar   uchun   kredit
resurslarini   jalb   qilish   og‘irlik   qilgan   bir   paytda   uning   muqobili   sifatida   lizing
xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Respublikamizda  lizing  xizmatlarining  rivojlanishiga   ta’sir  ko‘rsatuvchi  bir
qator omillar mavjud:
- korxonalar   asosiy   fondlarining   eskirganligi   va   ularni   modernizatsiyalash
lozimligi;
- lizing xizmatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
- davlat-xususiy   sheriklik   loyihalarida   lizingdan   foydalanish.   Bunda   davlat-
xususiy   sheriklikning   shakllaridan   biri   sifatida   lizingdan   foydalanilishi.   Bunda
shartnoma  bilan  belgilangan  shartlar  asosida,   davlat   yoki   mahalliy hokimiyatning
infrastruktura   ob’ektlarini   vaqtinchalik   foydalanish   uchun   va   ma’lum   bir   haq
evaziga xususiy sherikka o‘tkazadi. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi har
doim davlat yoki mahalliy hokimiyat mulkini sotib olish huquqiga ega. Davlat yoki
mahalliy   hokimiyat   va   xususiy   sherik   o‘rtasidagi   ijara   munosabatlarining   saqlab
qolinishi   mulkni   vaqtinchalik   ishlatish   va   muayyan   haq   evaziga   o‘tkazish
hisoblanadi ;    
- Iqtisodiyotni   liberallashtirish   sharoitida   korxonalar   qarz   mablag‘larining
yuqoriligi   va  kreditga  layoqatliligining   pasayishi   natijasida   moliyaviy   mustaqillik
darajasining pastligi va h.k.
Ko‘rinib   turibdiki,   lizing   xizmatlarini   amalga   oshirish   jarayonini
takomillashtirish   korxonalarga   qo‘shimcha   moiyaviy   resurslarni   jalb   qilish
imkonini   beradi.   Ammo   shuni   ta’kidlashimiz   kerakki,   garchi   iqtisodiyotimizda
raqamli   iqtisodiyot   elementlari   qo‘llanilayotgan   bo‘lsada,   lizing   xizmatlari
bozorida   undan   foydalanish   imkoniyatlari   yetarlicha   shakllantirilmagan.   Xorijiy
davlatlar   moliya-kredit   sohasi   (lizing   kompaniyalari   faoliyati)   hamda   xo‘jalik
yurituvchi   sub’ektlar   faoliyatida   raqamlashtirish   jarayonidan   keng
foydalanilayotgan bugungi kunda O‘zbekiston lizing bozori haqida bunday xulosa
qilib bo‘lmaydi.
Shuni   alohida   ta’kidlashimiz   kerakki,   iqtisodiyotimizda   ko‘plab   ishlab
chiqaruvchilar,   bank   sohasi   hamda   savdo   sohasi   xodimlari   yetakchi   raqamli
texnologiyalardan   foydalangan   bir   paytda   lizing   kompaniyalari   o‘zlarining
tadbirkorlik   faoliyatlarini   barcha   imkoniyatlarini   keng   qo‘llamagan   holda   olib
borishmoqda. Buni lizing xizmatlarining mamlakat YAIMdagi ulushining hattoki 1
foizga   ham   yetmaganligi   orqali   ifodalashimiz   mumkin.Lizing   bozorida   lizingga
beruvchilar tomonidan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi lizingga oluvchilar
talablaridan   alohida   amalga   oshirilganligini   ham   bunga   sabab   bo‘lgan   asosiy
omillardan   biri   sifatida   keltirishimiz   mumkin.   Lizingga   oluvchilar   esa,   o‘z
navbatida,   lizingga   beruvchilarning   imkoniyatlari   hamda   lizing   predmetidan
foydalanish   huquqini   qo‘lga   kiritish   shartlari   bo‘yicha   to‘liq   tasavvurga   ega
bo‘lishmaydi.   Lizing   shartnomalarining   katta   qismi   potensial   lizingga   oluvchilar
tomonidan uzoq vaqt davomida ularning talablarini qondira oladigan va ikki tomon uchun   manfaatli   bo‘lgan   shartlarni   taqdim   etuvchi   lizing   kompaniyalarini   qidirib
topish   natijasida   tuziladi.   Milliy   hamda   xalqaro   darajada   lizing   kompaniyalari
taqdim   etadigan   xizmatlar   haqida   yagona   ma’lumotlar   bazasining   yo‘qligi   lizing
xizmatining rivojlanishiga to‘sqinlik qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.    
Shunday   ekan,   lizing   bozorida   mavjud   muammolarni   bartaraf   etish
maqsadida   raqamli   texnologiyalardan   foydalanish   lozim.   Buning   uchun   esa   eng
avvalo   barcha   lizingga   beruvchilar   haqidagi   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   olgan   va
potensial   mijoz   (lizingga   oluvchi)lar   foydalana   oladigan   ma’lumotlar   bazasini
yaratishdan   boshlanishi   lozim.   O‘zbekiston   Respublikasi   Lizingga   beruvchilar
uyushmasi   tomonidan   moliya   bozorida   faoliyat   yurituvchi   barcha   lizingga
beruvchilar   haqidagi   ma’lumotlarni   qamrab   olgan   ma’lumotlar   bazasi   yaratilishi
lozim. 
Xorijiy   mamlakatlar   amaliyotiga   nazar   tashlasak,   raqamli   texnologiyalarni
qo‘llaganda   big   data   ma’lumotlar   tarmog‘idan   foydalanilayotganligiga   guvoh
bo‘lamiz.   Xorijiy   olimlarning   fikricha,   katta   ma’lumotlar   bo‘shliqda   foydasiz
bo‘ladi. Uning potensial ahamiyati qaror qabul qilishda foydalanilganda namoyon
bo‘ladi.   Buning   uchun   esa   tashkilotlarda   katta   ma’lumotlarni   tez   o‘zgartira
oladigan samarali tizimlar bo‘lishi kerak .
Big data zamonaviy texnologiyalar   asosida ma’lumotlar bazasini yangilash
imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   raqamlashtirilgan   tarmoq   sifatida   mijozlar   fikrini
o‘rganish   asosida   faoliyatni   tashkil   etishga   xizmat   qiladi.   Milliy   lizing   bozorida
shunga   o‘xshash   “big   lease   data”   ma’lumotlar   bazasini   yaratib,   unda   barcha
lizingga   beruvchilar   haqidagi   ma’lumotlar,   lizingga   beriladigan   ob’ektlar   va
shartlarining  barchasi   to‘liq  aks  ettirilishi  lozim.  Mahalliy  olimlarimiz tomonidan
katta ma’lumotlar – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan
va   strukturalanmagan   (jumladan,   mustaqil   manbalardan   olingan)   ma’lumotlarni
qayta   ishlash   uchun   mo‘ljallangan   usullar,   vositalar   va   yondashuvlar   yig‘indisi
sifatida   tavsiflangan.   Olimlarning   fikricha,   katta   ma’lumotlar   texnologiyasi   bu   –
katta   hajmdagi   axborot   asosida   qaror   qabul   qilish   vositasidir.   U   boshlang‘ich
ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi.
Shu   o‘rinda   aytib   o‘tishimiz   kerakki,   yaratiladigan   ma’lumotlar   bazasini
lizingga   beriladigan   ob’ektlar   nuqtai   nazaridan   ikki   guruhga   ajratish   lozim.
Birinchi guruhda mamlakatimizda ishlab chiqarilib, lizingga beriladigan ob’ektlar
keltirilsa,   ikkinchi   guruhda   esa   xalqaro   lizing   munosabatlari   aks   ettirilishi   lozim,
ya’ni  xorijda ishlab  chiqarilgan asbob-uskunalar  o‘z aksini  topishi  kerak. Xorijda
ishlab   chiqarilgan   asbob-uskunalarni   mamlakatimiz   lizing   bozoriga   jalb   qilishda
uning   ahamiyati,   ijtimoiy-iqtisodiy   samarasi,   mamlakatimizda   ishlab
chiqarilmasligi   (yoki   o‘rnini   bosuvchi   asbob-uskunalarning   ishlab
chiqarilmasligi)ga ham e’tibor berilishi lozim. Mijoz elektron (onlayn) ko‘rinishda
lizing ob’ektini olish uchun lizing shartnomasi  talablariga javob berishini  aniqlab
olishi   muhim.   Ya’ni   mijoz   o‘zining   moliyaviy   holatidan   kelib   chiqib,   lizingga
olishi   mumkin   bo‘lgan   ob’ekt   qiymatining   maksimal   miqdorigacha   bo‘lgan imkoniyatini   aniqlab   oladi.   Bu   borada   Lizingga   beruvchilar   uyushmasi   mijozga
turli   lizingga   beruvchilarning   tijorat   takliflarini   onlayn   shaklda   taqdim   qilishi
mijozga qulaylik yaratib berishi lozim.
Lizing   bozorini   raqamli   texnologiyalar   orqali   rivojlantirishning   yana   bir   yo‘li
sifatida   “sharing   economy”   tushunchasini   joriy   etishga   e’tibor   berish   kerak.
“Sharing   economy”   tushunchasi   ingliz   tilidan   tarjima   qilinganda   “raqamli
transformatsiya”   yoki   “o‘zaro   (birgalikda)   foydalanish   iqtisodiyoti”   degan
ma’nolarni   anglatadi.   Bunda   asosiy   e’tibor   ma’lum   bir   vaqt   davomida   lizing
ob’ektidan   birgalikda   foydalanishga   qaratiladi.   Lizing   amaliyotida   ushbu   jarayon
operativ   lizingning   bir   turi   sifatida   on-line   ma’lumotlar   bazasi   orqali   amalga
oshiriladi,   ya’ni   shartnoma   muddati   tugagach,   mulkchilik   huquqi   o‘zgarmaydi.
Ma’lumki,   O‘zbekiston   Respublikasining   “Lizing   to‘g‘risida”gi   qonunining   6-
moddasida   qo‘shimcha   lizing   tushunchasi   keltirilgan.   Qo‘shimcha   lizing   asosida
lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib
qolgani   holda,   lizing   shartnomasi   bo‘yicha   olgan   lizing   ob’ektini   lizing
beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun
uchinchi   shaxsga   qo‘shimcha   lizingga   topshirishga   haqli.   Bunda   Qonunda
keltirilgan   qoidalar   qo‘shimcha   lizing   shartnomasida   qo‘shimcha   lizing
beruvchiga, qo‘shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda
lizing   beruvchiga,   lizing   oluvchiga   va   sotuvchiga   bo‘lganidek   qo‘llanilishi,
qo‘shimcha   lizing   shartnomasining   amal   qilish   muddati   lizing   shartnomasining
amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi qayd etilgan

Raqamli iqtisodiyot va innovatsion lizing xizmatlari bozorida raqamli texnologiyalarni joriy etis h Reja: 1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati va ahamiyati . 2. Innovatsion lizing xizmatlarining nazariy asoslari. 3.Hududiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovatsion lizingning ahamiyati va uni moliyalashtirish vositalari. 4.Innovatsion lizing xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni

O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanar ekan, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida uning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida keltirilgan fikrlar doirasida innovatsiyalarni keng joriy etish va bu orqali mavjud resurslardan samarali foydalanish talab etilmoqda. Xususan, Prezidentimizning bu borada bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga molikdir: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda... Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi”. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349 sonli Farmoni, 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risidXa”gi PQ-3832 qarori va 2020 yil 28 apreldagi “ Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” PQ- 4699-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda raqamlashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratilayotganligini anglatadi. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida belgilangan maqsadlarga erishishda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Ayniqsa moliya xizmatlarini taqdim etishda raqamli iqtisodiyotdan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (korxona)lar faoliyatini ham rivojlantirishga sabab bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan bir guruh olimlarimiz raqamli iqtisodiyotga jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyati sifatida ta’rif berishgan. Raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Xorijiy ilmiy ishlarda ham raqamli iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan. Jumladan, raqamli iqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning asosiy omillari raqamli ko‘rinishda taqdim etilgan, shuningdek, qayta ishlangan va katta hajmlarda foydalanilgan faoliyat turi tushunilib, bunda turli xil sifatli mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalarni ko‘plab ishlab chiqarish, ularni saqlash, sotish, yetkazib berish va iste’mol qilish samaradorligi oshadi .

Ma’lumotlar, hisoblash texnikasi va aloqaning o‘zgaruvchan xususiyatlari bilan tavsiflanadigan raqamli iqtisodiyot bugungi kunda iqtisodiy o‘sish hamda ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lib hisoblanadi 1 . Iqtisodiyotning bu yangi turi nafaqat texnologik jarayonlarni, balki mavjud muammo va uni bartaraf etishning tarkibiy tuzilmasini ham o‘z ichiga olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin: Raqamli iqtisodiyotning muhim xususiyatlari 2 . Raqamli iqtisodiyotga elektron biznes va elektron tijorat bilan bog‘liq raqamli texnologiyalarga asoslangan va ular orqali raqamli tovarlar hamda xizmatlar ishlab chiqaradigan va sotadigan iqtisodiy faoliyat sifatida ta’rif berishimiz mumkin, ya’ni raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, ularni tarqatish va foydalanish bilan bog‘liq faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot orqali mamlakatda iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi. Aynan u orqali raqobat, investitsiya va innovatsiyalar rag‘batlantiriladi. Natijada esa xizmatlar sifati oshadi, iste’molchilar tanlovi kengayadi va qo‘shimcha ishchi o‘rinlar yaratiladi. Ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etayotgan bir paytda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish uchun korxona aktivlari tarkibini intellektual mulk bozorini rivojlantirmasdan turib rag‘batlantirish imkonsizdir. Buning natijasida intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirishning samaradorligini oshirish masalasi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor vazifasiga aylanadi. Bu esa: - ushbu tarmoqni moliyalashtirish hajmining oshishiga; - ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini qo‘lga kiritishning shakl hamda usullarini kengaytirishni talab etadi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirishning noan’anaviy samarali usullaridan biri bo‘lgan innovatsion 1 2Маҳсулот Инфратузилма Жараёнлар Platforma va xizmatlar

lizingni rivojlantirish talab etiladi. Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda lizing bozorining rivojlanishi va uning yuqori bosqichga ko‘tarilishi uskunalar lizingi va intellektual mulkni tijoratlashtirishning integratsiyalashuvi uchun zarur shart- sharoit yaratdi. Natijada esa lizingning yangi shakli – intellektual mulk lizingi shakllandi. Innovatsion lizingning paydo bo‘lishi lizing bozori rivojlanishining mantiqiy bosqichi bo‘lgani kabi intellektual mulk bozori rivojlanishining ham mantiqiy bosqichi hisoblanadi. Shu sababli milliy lizing bozorida innovatsion lizingni shakllantirish va undan foydalanish uchun lizingning ushbu turi rivojlanishga ulgurgan Yevropa davlatlari va AQSH tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion faoliyatda lizingning dolzarbligi, fikrimizcha, birinchidan, innovatsion faoliyatni rivojlantirishda moliya-kredit resurslarining taqchilligi, ikkinchidan, lizingning iqtisodiy faoliyat shakli sifatidagi foydaliligi hamda innovatsion jarayonning har bir bosqichida kuzatiladigan moliyalashtirishning samarali shakli sifatidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Bunga asosiy sabab sifatida quyidagi omillarni keltirishimiz mumkin: - xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitida lizingning sanoat sohasidagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning eng maqbul usuli sifatida asoslanmaganligi; - mamlakat sanoat sohasida lizing munosabatlarining rivojlanish darajasining tahlil qilinmaganligi; - mamlakat sanoat sohasida lizing munosabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni aniqlash va bir vaqtning o‘zida salbiy omillar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning kam ta’sirchanligi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ma’lumki, taraqqiyotning innovatsion yo‘lini raqobatbardosh bilim va texnologiyalarga ilmiy g‘oyalarni yo‘naltiradigan mukammal innovatsion tizimsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, innovatsion rivojlanish nafaqat innovatsion jarayonlarning natijasini amaliyotga tadbiq etish, balki innovatsion faol korxonalarni moddiy texnik baza bilan ta’minlash bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, lizing jarayoni deganda loyiha bo‘yicha konseptual g‘oyaning shakllanishidan boshlab, uning amalga oshirilishigacha bo‘lgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayon lizing ob’ekti bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish hamda shartnomaning tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga olgan uchta asosiy bosqich (dastlabki, ya’ni tayyorgarlik (investitsiyadan oldingi), tashkiliy (investitsion) va ob’ektdan foydalanish bosqich)larda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, innovatsion faoliyatda lizingdan an’anaviy foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, lizing xizmati ma’lum bir imkoniyatlar doirasida qayd etilgan uch bosqich orqali raqobatbardosh bilim va texnologiyalarni oxirgi iste’molchiga yetib borishini ta’minlovchi ishlab chiqaruvchining barcha imkoniyatlarini ishga solishga ko‘maklashadi. Aynan ana shunday holatda “innovatsion lizing” yuzaga keladi. Innovatsion lizing tushunchasi so‘nggi yillarda iqtisodchilar tomonidan keng qo‘llanilib, unga turlicha ta’rif berilgan. Xususan, N.G.Korol tomonidan

innovatsion lizingga innovatsion faoliyatni ta’minlovchi moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirish sifatida ta’rif berilgan. A.A.Ayupov o‘zining ilmiy ishlarida “innovatsion lizing”ga iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari (lizingga oluvchi, lizingga beruvchi va sotuvchi) o‘rtasida yuzaga keladigan aniq, maxsus iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida yondashadi. Bunda lizing innovatsion mahsulotni bozorga kirib borish usuli sifatida, bir paytning o‘zida innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga zamin yaratadi yoki lizingning o‘zi shaklan hamda mohiyatan innovatsiya sifatida yoki yuqoridagilarning kombinatsiyasi bo‘lib maydonga chiqadi. Innovatsion lizing lizingga beruvchining investitsion portfelida mavjud bo‘lgan murakkab vositalardan biri bo‘lib, undan to‘g‘ri va samarali foydalanishgina lizingga beruvchi va lizingga oluvchi uchun ijobiy bo‘lishi mumkin. Agarda lizingdan innovatsion faoliyatni ta’minlash maqsadida foydalanilsa, unda u innovatsion lizing hisoblanadi. I.A.Jilyakovaning fikricha, foyda olish uchun innovatsion mahsulotni keyinchalik uni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish maqsadida egalik qilish va foydalanish huquqi asosida sotib olish innovatsion lizing deyiladi. O.A.Kazankina innovatsion lizingga investitsion usul sifatida yondashgan. Uning fikricha, innovatsion lizing deganda innovatsion faoliyatni ta’minlaydigan yoki innovatsion mahsulotni bozorga yo‘naltiradigan investitsiyalash usuli tushuniladi. Xuddi shunga o‘xshash ta’rif N.G.Korolning ham ilmiy ishlarida keltirilgan. Uning fikricha, innovatsion lizing deganda innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish usuli, innovatsion faoliyatni amalga oshirishga imkon beruvchi moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirish usuli tushuniladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga tayanib aytishimiz mumkinki, rus iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsion lizing” atamasini yoritishda uning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan: 1. Innovatsion faoliyatni ta’minlashga xizmat qilganligi sababli lizingning bu turi innovatsion lizing deb yuritiladi va uning moliyalashtirish ob’ekti sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatini endigina boshlagan korxona – yangi biznes vakili maydonga chiqadi. Lizing predmeti sifatida yuqori texnologiyali uskunalarni keltirishimiz mumkinki, buning natijasida lizing shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni olish doirasida lizingga beruvchida risk darajasi ortadi. Bu holatda lizing innovatsion faoliyatning mustaqil shakli sifatida e’tirof etilib, “venchurli lizing” nomini oladi. 2. Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish usuli sifatida lizingning ushbu turi mahsulotning paydo bo‘lish vaqtida yuzaga kelib, quyidagi shartlarga ega bo‘ladi: - Mahsulot iste’molchi uchun no’malumligi, qimmatligi kabi sabablarga ko‘ra bozorda lizing orqali realizatsiya qilinishi mumkin; - Lizingdan foydalanish natijasida mahsulotni realizatsiya qilishning maksimal samaradorligi taminlanadi. 3. Intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish shakllaridan biri ekanligi. Rus olimi S.Yu.Glazevning fikricha, raqamli iqtisodiyot sharoitida lizing kompaniyalari, banklar hamda sug‘urta tashkilotlari YAIMning o‘sishi va aholi turmush darajasining oshishiga olib keluvchi iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi