Elektron raqamli imzo haqida
REJA: I.Kirish II. Asosiy qism 1. Elektron raqamli imzo haqida 2. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish 3. O‘zbekiston respublikasining “ Elektron raqamli imzo” to‘g‘risida qonuni III. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Chiroyli imzo bilan juda ozchilik maqtana oladi, boisi ko‘pincha uni 16 yoshga to‘liboq birinchi pasportingizni olayotganingizda o‘ylab topishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu kichik, ammo unchalik yoqimli bo‘lmagan muammoning yechimi bo‘lib elektron raqamli imzo bo‘lishi mumkin. Elektron raqamli imzo - bu an’anaviy qo‘l imzosiga zamonaviy alternativadir. Elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsingizni tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo kerak. E lektron raqamli imzo juda ko‘p afzalliklarga ega, ehtimol eng muhimlari quyidagilardir: - hujjatlarning haqiqiyligi kafolatlanganligi; - xizmatlarni olishga va hujjatlar almashinuviga ketadigan zarur bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqarishi. Birinchi elektron qurilmalar Rossiyada 1994 yilda ishlatilgan. Va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun 2002 yilda qabul qilingan. Terminologiyasida juda noaniq va noaniq edi. Imzo olish masalasi ham unda deyarli yoritilmagan. 2011 yildan boshlab davlat tuzilmalari elektron hujjat aylanishiga o'tdilar. Va barcha mansabdor shaxslar EDS olishdi. 2012 yilda ushbu jarayon global miqyosga ega bo'ldi va shu tufayli biz endi zamonaviy imzo egalariga aylanishimiz mumkin.
1. Elektron raqamli imzo haqida Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kalitiʻ yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo qligini aniqlash va elektron ʻ raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog oz hujjatga shaxsan qo yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron ʻ ʻ ma lumotlarni kriptografik o zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma- ʼ ʻ ketligi. Elektron raqamli imzo ma lumotlar blokiga qo shib qo yiladi va blokni ʼ ʻ ʻ qabul qiluvchiga, manbani va ma lumotlarning butunligini tekshirish hamda ʼ soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo li bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini ʻ qonunlashtirib qo yganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro yxatga ʻ ʻ olish markazlari tomonidan beriladi. Elektron raqamli imzo nima? Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi. Elektron raqamli imzo nimaga kerak? Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir. Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha? Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: o Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; o Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti; o Davlat bojxona qo‘mitasi; o Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi;
o Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; o “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin? Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham topshiriladi. Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “ Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish ” xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu havola ga kirib, shu yerdan xizmat ko‘rsatuvchini tanlang. Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? 1. O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza; 2. Arizachining pasport nusxasi; 3. Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolagan shartnoma; 4. Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi. Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.