logo

Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.4912109375 KB
Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi.
Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish
Rеja:
1. Savod o‘rgatish metodlari.
2. Metodning umumiy xususiyatlari:
a) metodning dastlabki o‘ziga xos xususiyatlari; 
b) metodning keyingi davrlarda shakllanish xususiyatlari.
3. Savod o‘rgatishning ta’lim-tarbiyaviy tavsifi.
4. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish. Analitik-sintetik   tovush   metodiga   K.D.Ushinskiy   asos   solgan.   Bu   metod
hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi
an’anaviy   tamoyillarga   va   shakllanish,   tashkil   topish   jarayonida   bo‘lgan
tamoyillarga ega. Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilar;
1.Savod   o‘rgatishda   analitik-sintetik   tovush   metodi   shaxsan   shakllantirish
maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi harakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar orqali
aqlning o‘sishini ta’minlaydi, o‘qitishning ongli bo‘lishini talab etadi.
1. Bu metod tashkiliy tomondan ikki davrga;
A) Alifbegacha tayyorlov davri
B)   Alifbo   davri ga   bo‘linadi.   Ikkinchidan,   yozuvga   o‘rgatish,   o‘qishga
o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
So‘zni   analiz   qilish   bilan   o‘quvchi   so‘zni   l е ksik   ma’noga   ega   bo‘lgan   bir
butun   sifatida   anglaydi,   bu   -   sint е zdir;   so‘z   sint е z   qilinganda   uning   tovush
tarkibiga dikkat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan,
savod   o‘rgatish   bolalarning   jonli   nutqiga,   ular   egallagan   nutq   malakasiga
asoslanadi; Ikkinchidan, savod o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni
ajratishga,   analiz   va   sintez   qilishga,   tovushlar   artikulyasiyasiga,   bolalarda
fonematik   eshitishni   rivojlantirishga   katta   ahamiyat   beriladi;   uchinchidan,   o‘qish
birligi sifatida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillari:
1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o‘rgatish jarayonida
o‘quvchilarga differensial va individual yondashish;
2. O‘qitishning   istiqbolli   nuqtai   nazaridan:   grammatika,   so‘z   yasalishi,
imlo,leksikologiyaga   oid   bilimlarni   nazariyasiz   amaliy   asosda   muntazam   berib
borish;
3. Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o‘qitishning qulay usulini
izlash,   tovush   va   harflarning   mosligini,   osonligini,   ikkinchidan,   ta’limning
tarbiyaviy va o‘stiruvchi xarakteri hisobga olinadi. Ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarga   tarbiya   ham   berib   boriladi.   Tarbiyalash
didaktikaning muhim prinsiplaridandir.
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi.
Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida
do‘stlik,  baynalmilal   munosabat,  bolalar  mehnati,  tabiat, kattalar   mehnati, bolalar
o‘yinlari,   oila,   maktab   hayoti   kabi   rasmlar   berilgan.   Turli   mavzularda   matn
berilgan.     Bular   bolalarda   o‘zaro   do‘stlik,   mehnatsevarlik,   mehnatni   qarlash,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga
qiziqish,   ularni   muhofaza   qilish,   maktab   va   o‘qishni   sevish   –   umuman,   estetik
tarbiyani  shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga,
orzulariga,   muvaffaqiyatlariga   ruhlantiradi.   Demak,   bolalarga   axloqiy,   g‘oyaviy-
siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o‘rgatish vazifasiga kiradi.
Savod   o‘rgatishni   to‘g‘ri   tashkil   etish   uchun   bolalarning   unga   nutqiy
tayyorgarligi   maxsus   o‘rganish   talab   etiladi.   Maxsus   o‘rganish   avgustda,   hatto
undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki
bolalar bog‘chasiga boriladi, suhbat o‘tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi
aniqlanadi.
1.O‘qish ko‘nikmasini aniqlash:
a) so‘zni sidirg‘a o‘qiydi;
b) bo‘g‘inlab o‘qiydi;
v) harflab o‘qiydi (noto‘g‘ri o‘qish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin o‘qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. Y o zuv ko‘nikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, so‘z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;
b) so‘z yoki bo‘g‘indagi tovushni ajratadi; v) hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
g)   ayrim   tovushlarni   noto‘g‘ri   talaffuz   qiladi   (qaysi   tovushlar   ekanini
xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. SHe’rni yoddan o‘qish:
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan o‘qishni bilmaydi.
5. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Ertak aytish:
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi; 
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi; 
v) ertak aytishni bilmaydi, o‘rganishga ham harakat qilmaydi.
6.   Og‘zaki   bog‘lanishli   nutq.   Fikr   bayon   qilish.   (“Rasmda   nimalar
ko‘rayotganingni aytib ber”):
a) 20 so‘zdan ortiq bog‘lanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha so‘z, bir necha gap;
v) 10 tagacha so‘zli bog‘lanishli javob;
g) 3-4 so‘zli qisqa javob.
SHuningdek,   bola   nutqining   sintaktik   qurilishi   ham   foydalanadigan   so‘zlar
doirasi ham o‘rganiladi, to‘plangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a)   har   bir   o‘quvchi   haqida   alohida   ma’lumot,   bu   bolaga   yakka   yoki
differensial yondashish uchun kerak bo‘ladi;
b)   sinf   o‘quvchilari   uchun   umumiy   ma’lumot,   bu   ma’lumotdan   darsda   sinf
o‘quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v)   ma’lumotning   bittasi   maktab   ma’lumotida,   ikkinchi   nushasi   sinf
o‘qituvchisida qoladi.
Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorligini o‘rganish Savod   o‘rgatishni   to‘g‘ri   tashkil   etish   uchun   bolalarning   unga   nutqiy
tayyorgarligini   maxsus   o‘rganish   talab   etiladi.   Maxsus   o‘rganish   avgust   oyida,
hatto undan oldin  bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o‘quvchining
oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga boriladi, suhbat o‘tkaziladi, bolalarning umumiy
bilim saviyasi aniqlanadi.
Tanishish  natijasini   hisobga  olish   va  nutqiy  tayyorgarlikni   o‘rganish   uchun
quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. O‘qish ko‘nikmasini aniqlash.
a) so‘zni sidirg‘a o‘qiydi;
b) bo‘g‘inlab o‘qiydi;
2. Yozuv ko‘nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so‘z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; 
b) so‘z yoki bo‘g‘indagi tovushni ajratadi;
4. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. She’rni yoddan o‘qish.
a)  3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2   ta she ’ rni biladi, aytishga uyaladi ;
5.   O g‘ zaki bo g‘ lanishli nutq i . Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi  va  ayti b bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
6.   Og‘zaki   bog‘lanishli   nutqi.   Fikr   bayon   qilish   (“Rasmda   nimalar
ko‘rayotganingni aytib ber”).
a) 20 so‘zdan ortiq bo g‘ lanishli hikoya, bir necha gap  tuza oladi;
b) 10   tadan 20 tagacha so‘z, bir necha gap  tuza oladi;
S h uningdek,   bu   jarayonda   bola   nutqining   sintaktik   qurilishi   ham,
foydalanadigan   so‘zlar   doirasi   ham   o‘rganiladi,   to‘plangan   materiallar   ikki
variantda yoziladi. Ma’lumki,   o‘quvchilar   1-sinfga   har   xil   tayyorgarlik   bilan   keladi.   O‘quv
materiallari   1-sinf   o‘quvchilari   saviyasiga   mos,   izchil   ravishda   beriladi.   Shunga
qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari turlicha
bo‘ladi. 
O‘qituvchi   sinfda   frontal   ishlash   jarayonida   3   guru h dagi   o‘quvchilar   bilan
parallel   ish   olib boradi. 3 guruh uchun ham o‘quv materiali  “A lifbe ”    hisoblanadi,
unga   qo‘shimcha   tarzda   tarqatma   materiallardan,   jadvallardan ,   mu st aqil   ishlardan
foydala nish mumkin .  
Savod o‘rgatish jarayoni
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy
davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi 1
:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri   (2 hafta);
b) alifbo  davr i  (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha   tayyorgarlik   davri.   Bu   davrning   asosiy   vazifasi   o‘quvchilarni
maktab,   sinf,   tartib-intizom   qoidalari   va   o‘quv   qurollari   bilan   tanishtirish,   nutq
o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir. 
Alifbogacha   tayyorgarlik   davri,   o‘z   navbatida,   quyidagi   2   bosqichga
bo‘linadi:
1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich  (1 hafta).
2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich  (1 hafta).  
Tayanch   so‘zlar   asosida   gap   tuzdirish,   “Alifbe”   sahifalaridagi   so‘zlarning
talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi
ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Bu   bosqichdagi   yozuv   darslarida   o‘quvchilar   yozuv   daftari   va   yozuv
chiziqlari   bilan   tanishtirilib,   harf   elementlarini   yozishga   o‘rgatiladi,   ularda
namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash  o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining
tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi.
1
  Баъзи   адабиётларда   бу   жараён   3   даврга   бўлинган.   Қаранг:   Ўзбекистон   Республикасида
умумий   ўрта   таълим   стратегияси   муаммолари   ва   таълим   мазмунининг   янги   моделлари,
уларни   татбиқ   этиш   йўллари/   Р.   Сафарова,   У.   Мусаев,   П.   Мусаев,   Ф.   Юсупова,   Р.
Нуржанова. – Т.: Фан, 2005. – 217-218-бетлар. 2-bosqichda   unli   tovush-harflar   o‘rgatiladi.   Bunda   ularning   quyidagi   uch
xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.
Shuningdek,   bu   bosqichda   tovush   bilan   harfni   farqlashga   o‘rgatish   ko‘zda
tutiladi.   Ushbu   bosqichdanoq   tovush   va   harf   o‘rtasidagi   chegaraga   qat’iy   rioya
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. 
Alifbo   davri.   Bu   davr   31   dekabrgacha   davom   etib,   unda   o‘quvchilar
alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. 
O‘quvchilarning   tovush   va   harfni   yaxshi   tanishlari,   elementar   o‘qishni
muvaffaqiyatli   egallashlari  uchun  bo‘g‘inga  bo‘lish,  bo‘g‘in  chegarasini   aniqlash,
bo‘g‘indan   tovushni   ajratish,   tovush   va   harf   munosabatini   aniqlash,   kesma
harflardan   bo‘g‘in   tuzish   va   o‘qish,   bo‘g‘in-tovush,   tovush-harf   tahlili   kabi
mashqlardan foydalaniladi. 
3)   o‘rganilganlar   takrorlanib,   harf   birikmalari   ng,   sh,   ch,   2   tovushni
ifodalaydigan   j,   tutuq   belgisi   (’)   va   jo‘ja,   jurnal,   jirafa,   tong,   so‘ng,   bodring,
choynak, shudring  va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich.
Fonetik   ishlar   sohasida   jarangli   va   jarangsiz   undoshlarni   taqqoslashga,
ularning   so‘z   ma’nosini   farqlashdagi   faoliyatini   aniqlashga   oid   mashqlar
o‘tkaziladi ( ziyrak-siyrak, dil-til  kabi). 
Asosiy   davrning   oxirlarida   jarangsiz   jufti   talaffuz   qilinadigan   undoshli
so‘zlar:  ko‘rib (ko‘rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib
(tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti). .
Yuqoridagi   kabi   so‘zlarni   o‘qish   bilan   bo‘g‘inlab   o‘qish   malakasi
takomillashadi:   o‘quvchilar   talaffuzi   va   yozilishida   farqlanadigan   so‘zlarni   ham
to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar.
1. Yozuvga o‘rgatishning texnik va  ta’limiy shartlari.
Yozuvga   o‘rgatish   murakkab   jarayon   bo‘lib,   u   o‘quvchining   xarakteriga,
kayfiyatiga,genetik imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan psixolingvistik jarayon sanaladi.
Maktabga   endigina   kelgan   bolalarni   yozuvga   o‘rgatish   nihoyatda   qiyin   kechadi.
Shuningdek,   bolalarni       yozuvga   o‘rgatish   bevosita   o‘qishga   o‘rgatish   jarayoni
bilan bog‘lab olib boriladi. Yozuvga   o‘rgatish   jismoniy   va   aqliy   mehnat   talab   etadigan   og‘ir   jarayon
hisoblanadi.   Yozuvga   o‘rgatish   jarayoni   o‘qituvchilar   zimmasiga   qator
mas`uliyatlar   yuklaydi   o‘qituvchi   bu   jarayonda   o‘quvchilarning   grafik     va
orfografik ko‘nikmalarini yaxshi rivojlantirishga   harakat     qilmog‘i lozim. Grafik
malakalari   yaxshi   rivojlanmagan   o‘quvchilar   yozuv   jarayonida   tovushni   harfga
aylantirish,   harfni   yozish,   ularni   bir   -   biriga   ulashga   keragidan   ortiq   vaqt
sarflaydilar.   Grafik   malakalarsiz   to‘g‘ri   yozuvlar   bo‘lishi   mumkin   emas.   Bola
qanchalik   chiroyli   yozsa,   undagi   yangi   narsalarni   o‘zlashtirishga   qiziqish   ortadi,
o‘z   ishiga   sinchkovlik   va   diqqat   bilan   qaraydi,   yozuvini   kuzatib   boradi.   Yozuvni
dastlabki   vaqtlarda   grafik   jihatdangina   kuzatsa,   keyinchalik   orfografik   jihatdan
ham kuzata boshlaydi.
Yozuv   jarayonida   yozuvni   ifoda   qilishning   turli     usullaridan   foydalanish
mumkin. Masalan; hoshiya chizdirish, doskaga chizdirish, havoda mashq qildirish
kabilar.
O‘quvchilarni   yozuvga   o‘rgatishning   muvaffaqiyatli   natijasi   bir
qancha   vositalarga   bog‘liq   bo‘lib,   ularni   shartli   ravishda   2   turga   ajratish
mumkin:1-Texnik shartlar. 2-Ta`limiy shartlar.
Yozuvga orgatishning 
texnik shartlari
l.Sinf  jihozlarining  ketma-ketligi  (sinf  mebellari,  partalarning 
joylashuvi,  xattaxtaning  1-partadan  2,5-3  metr  masofada 
joylashishi)
2.Sinf xonasining talab darajasida yoritilishi.
3.Partada  o'quvchining  to'g'ri  o’tirishi  (“Yozavotganda  to’g’ri   
o’tir” nomli ilova berilgan  plakatning bo’lishi).
4.Ruchkani  to'g'ri  ushlashi.(ruchkani    uch  barmoqda  ushlash, 
daftar  bilan  barmoqlar  orasidagi  masofani  1,5-2  sm  bo’lishi  (2-
rasm)).
5.Daftarni 65˚ qiyalikda ushlash (1-rasm).
Daftar chiziqlarining aniq va ko'z tashlanib turishi.       Ta`limiy shartlar - o‘qituvchining faoliyati bilan bog‘liq     bo‘lgan
shartlar majmuasidir;
1-sinfga   qabul     qilingan   o‘quvchilar   o‘qishning   dastlabki   haftalarida
o‘qish   va   yozishga   bo‘lgan   qiziqishi   kuchli   bo‘ladi.   O‘qituvchi
o‘quvchilarning   mana     shu   qiziqishlarini   so‘ndirnasdan   maqsadga   to‘g‘ri
yo‘naltira bilishi    zarur.    Buning uchun bolalarning  fiziologik va psixologik
xususiyatlarini o‘rganish talab etiladi. 1-sinf o‘quvchisi     harfni yozayotganda
shu   harfning   qaysi   elementlardan   tuzilganini,   bu   elementlar   qayerdan   -
qayergacha davom etishini, ularning   chiziqlar   orasida joylashuvini, harfning
o‘lchamini o‘ylaydi. 
2. Yozuvga o‘rgatish jarayonida ko‘rgazmalilik.
Ma`lumki,  o‘quvchilarning  yozish   sur`ati  bir   xil   bo‘lmaydi.  Lekin  shunga
qaramasdan   butun       o‘quvchilarning   yozish   tezligini   barobarlash   chora   -
tadbirlarini   belgilash,   bir   darsda   yoziladigan   material     miqdorini   aniqlab     olish
mumkin.   O‘quvchilar     barmoq   muskullarining     erkin   harakatlanishini
rivojlantiruvchi   mashqlarni   doimiy   ravishda   o‘tkazib   turish   ham   yozuvga
o‘rgatishning   bir   uslubiy       shartidir.O‘quvchilarni   yozuvga   o‘rgatishning   ta'limiy
vositalaridan biri ko‘rgazmalilikdir. Ko‘rgazmalilik 2 xil bo‘ladi:
1.Ko‘rgazmali tasvir.
2.Ko‘rgazmali harakat.
Ko‘rgazmali   tasvir   -   bu   o‘qituvchi   tomonidan   birorta       harfning   yozma
shakli ifodalangan bo‘lsa, shu shakl  kichik hajmda, har bir o‘quvchining partasiga
beriladi.   O‘quvchilarning   o‘zlari   harfning   yozma   shaklini   ko‘rib,   daftarlariga
yozadilar.   Ammo   bunday   ko‘rgazmalarni   tayyorlashda   ortiqcha   bezaklarga   o‘rin
bermaslik lozim. Bu ularninq diqqatini chalg‘itishi mumkin. 
Ko‘rgazmali   harakat   o‘qituvchi   tomonidan   amalga   oshiriladi,   bunda
o‘qituvchi   har   bir   harfning   yozilish   shaklini   doskada   ko‘rsatib,   izohlaydi.
Ko‘rgazmali   harakatning   to‘g‘ri   bo‘lishi   uchun,   avvalo,   o‘qituvchining   o‘zi chiroyli yozuv qoidalarini, ya`ni har bir harfni yozishning nazariy qoidalarinigina
emas, balki amaliy yozilishini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Savod   o‘rgatish       davrida       husni xat   mashg‘ulotlari       katta   o‘rin       va
ahamiyat   egallaydi.   Savod   o‘rgatish   uchun       ajratilgan   140   soatdan   tashqari
umumta'lim   o‘rta   maktablarining   birinchi   sinfida   husnixat   ta'limi   uchun   (Yozuv
daftaridan   keyin,   III   chorakdan)   21   soat   ajratilgan.   Husnixat   dasturning   4   soati
alifbogacha bo‘lgan (tayyorgarlik)  davriga, to‘g‘ri keladi. 2-sinfda 32 soat, 3-
4   sinflarning   ona   tili   darslarining   8-10   daqiqasi   (mashq   ishlash   vaqtida)
ajratilgan.
Alfavitning   harflari   yozish   harakati   alomatlariga   ko‘ra   ba`zan   bir-birlarini
takrorlaydilar.   Masalan,    o, o‘, e, u, v, g, g‘, q.
“Alifbe”ning   ba`zi   sahifalarida   o‘xshash   unsurli   harflarga   doir   rasmlar,
yoki   tasvirlar   keltiriladiki,   biron   jihatdan     u   yoki   bu   harflar   silsilasiga   o‘xshaydi.
Agar ba`zi sabablarga ko‘ra bu talablar kitobda rioya etilmagan bo‘lsa, o‘qituvchi
mustaqil   ravishda   ushbu   ishni   amalga   oshiradi.   Ta`kidlab   o‘tish   lozimki,   ushbu
rasmlar   alohida   shaklda   emas,   balki   umumiy   tasvirlardan   ajratib   olinadi   va
o‘quvchilar   o‘qituvchilari   yordamida   uni   rangli   qalamlar   bilan       chizadilar.
O‘xshatishlar jarayonida harflar o‘quvchilarning xotirasiga naqshlanadi.
Ta`kidlaganimizdek,   alifbegacha   bo‘lgan   davrda   husnixat   ta`limi
uchun 4 soat ajratilgan.   Bu soatlar quyidagi talablar va qoidalarni o‘quvchilarga
tushuntirish va mashq qildirish uchun sarflanadi:
- partada to‘gri o‘tirishni o‘rgatish;
- barmoqlar mashqi;
- yozuv     qurollari - oddiy     qalam,     rangli qalamlar, ruchka, rasm daftari,
husnixat daftari haqida ma'lumot berish;
- qalamni to‘g‘ri ushlash;
-   to‘g‘ri,     egri,     changakli,     yarim   doira,   doira   shaklli,   zanjirli   yozuv   va
shakllarni mashq qilish.
Ko‘rinadiki,   o‘quvchilarni   chiroyli   yozuvga   o‘rgatish   ta'limi
o‘qituvchilardan samarali usullardan  oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
yozuv qiyaligini qanday saqlash mumkin? Izohlab bering. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari r o‘ yxati
Qo‘shimcha   adabiyotlar
1. Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti.     –T.:   Yangiy o‘ l   poligraf   servi s ,
2010. – 4 2-  46  b.
2. Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi.    –T.: Yangiy o‘ l poligraf servi s , 2010. –   46 -
68 b.
3. Abdullayeva   Q.   va   boshq.   O‘qish   kitobi   (2-sinf   uchun   darslik).   –T.:
O‘qituvchi, 2010. – 192 b.
4. Abdullayeva Q. va boshq. 2-sinfda o‘qish darslari.    –T.: O‘qituvchi, 2009.  –
266 b.
5. Matchonov S. va boshq. O‘qish kitobi (4-sinf uchun darslik). –T.: Yangiyo‘l
poligraf servis, 2009. – 266 b.
6. Umarova   M.,   Sh.Hakimova.   O‘qish   kitobi   (3-sinf   uchun   darslik).   –   T.:
Cho‘lpon, 2014. – 240 b.
7. Umarova   M,   Sh.Hakimova.   O‘qish   darslari   (3-sinf   uchun).   –T.:   Cho‘lpon,
2014. – 126 b.
8. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari.    -
T.: O‘qituvchi, 2003.
9. Qosimova Q. “2-sinflarda ona tili darslari”, T. “O‘qituvchi”, 1998 -  yil.
10. G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O‘qish kitobi (1-sinf uchun
darslik).  – T.:   Sharq,  2014. – 127 b.
11. G‘afforova T., G‘ulomova X. 1-sinfda o‘qish darslari. –T.:   Sharq, 2003. –
126 b.
12. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –
T.:Cho‘lpon, 2013. -127 b.

Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish Rеja: 1. Savod o‘rgatish metodlari. 2. Metodning umumiy xususiyatlari: a) metodning dastlabki o‘ziga xos xususiyatlari; b) metodning keyingi davrlarda shakllanish xususiyatlari. 3. Savod o‘rgatishning ta’lim-tarbiyaviy tavsifi. 4. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish.

Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillarga ega. Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilar; 1.Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsan shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi harakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar orqali aqlning o‘sishini ta’minlaydi, o‘qitishning ongli bo‘lishini talab etadi. 1. Bu metod tashkiliy tomondan ikki davrga; A) Alifbegacha tayyorlov davri B) Alifbo davri ga bo‘linadi. Ikkinchidan, yozuvga o‘rgatish, o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi. So‘zni analiz qilish bilan o‘quvchi so‘zni l е ksik ma’noga ega bo‘lgan bir butun sifatida anglaydi, bu - sint е zdir; so‘z sint е z qilinganda uning tovush tarkibiga dikkat jalb etiladi, bu esa analizdir. Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o‘qish birligi sifatida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillari: 1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarga differensial va individual yondashish; 2. O‘qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so‘z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish; 3. Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o‘qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o‘stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida do‘stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o‘yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o‘zaro do‘stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o‘qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g‘oyaviy- siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o‘rgatish vazifasiga kiradi. Savod o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o‘rganish talab etiladi. Maxsus o‘rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga boriladi, suhbat o‘tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. 1.O‘qish ko‘nikmasini aniqlash: a) so‘zni sidirg‘a o‘qiydi; b) bo‘g‘inlab o‘qiydi; v) harflab o‘qiydi (noto‘g‘ri o‘qish); g) anchagina harflarni biladi, lekin o‘qishni bilmaydi; d) ayrim harflarni biladi. 2. Y o zuv ko‘nikmasi: a) hamma harfni yozishni biladi, so‘z yozadi (bosma yoki yozma): b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma); v) yozishni umuman bilmaydi. 3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi: a) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; b) so‘z yoki bo‘g‘indagi tovushni ajratadi;

v) hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz qiladi; g) ayrim tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi); d) nutqning baland yoki pastligi. 4. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. SHe’rni yoddan o‘qish: a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi; b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi; v) birorta she’rni yoddan o‘qishni bilmaydi. 5. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Ertak aytish: a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi; b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi; v) ertak aytishni bilmaydi, o‘rganishga ham harakat qilmaydi. 6. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar ko‘rayotganingni aytib ber”): a) 20 so‘zdan ortiq bog‘lanishli hikoya, bir necha gap; b) 10 tadan 20 tagacha so‘z, bir necha gap; v) 10 tagacha so‘zli bog‘lanishli javob; g) 3-4 so‘zli qisqa javob. SHuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan so‘zlar doirasi ham o‘rganiladi, to‘plangan materiallar 2 variantda yoziladi. a) har bir o‘quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo‘ladi; b) sinf o‘quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf o‘quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi. v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf o‘qituvchisida qoladi. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorligini o‘rganish

Savod o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o‘rganish talab etiladi. Maxsus o‘rganish avgust oyida, hatto undan oldin  bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga boriladi, suhbat o‘tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni o‘rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi: 1. O‘qish ko‘nikmasini aniqlash. a) so‘zni sidirg‘a o‘qiydi; b) bo‘g‘inlab o‘qiydi; 2. Yozuv ko‘nikmasi. a) hamma harfni yozishni biladi, so‘z yozadi (bosma yoki yozma); b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma); 3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi. a) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; b) so‘z yoki bo‘g‘indagi tovushni ajratadi; 4. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. She’rni yoddan o‘qish. a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi; b) 1-2 ta she ’ rni biladi, aytishga uyaladi ; 5. O g‘ zaki bo g‘ lanishli nutq i . Ertak aytish. a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va ayti b bera oladi; b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi; 6. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. Fikr bayon qilish (“Rasmda nimalar ko‘rayotganingni aytib ber”). a) 20 so‘zdan ortiq bo g‘ lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi; b) 10 tadan 20 tagacha so‘z, bir necha gap tuza oladi; S h uningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so‘zlar doirasi ham o‘rganiladi, to‘plangan materiallar ikki variantda yoziladi.