logo

Sharq dunyosida Shimoliy Koreyaning o`rni.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

744 KB
                
            Mavzu: Sharq dunyosida Shimoliy Koreyaning o`rni.
                                                       Reja:
1.   38-parallel.Koreya   Xalq   Demokratik   Respublikasi   (KXDR)   yoki
Shimoliy Koreya ning tashkil topishi.
2. Davlatning sanoati va iqtiodiyoti,madaniyati.
3. Davlatning tashqi siyosati, dunyo siyosiy maydonidagi ahvoli.
1 1. 38-parallel. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy
Koreya ning tashkil topishi.
1910-yildan   to   Ikkinchi   jahon   urushiga   qadar   yagona   Koreya   davlati   Yaponiyaning
mustamlakasi   bo‘lgan.   Yaponlar   bu   hududdan   turib   nafaqat   Koreyani,   balki
Xitoyning   katta   hududini   nazorat   qilishardi.   Koreyaning   bo‘linib   qolishida   aynan
mana   shu   jihat   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Ikkinchi   jahon   urushi   yakuniga   ko‘ra,   hududni
yaponlardan   ozod   qilish   zarurati   tug‘ildi.   Shimol   tomondan   sobiq   SSSR,   janubdan
AQSh   va   uning   ittifoqchilari   Koreya   yarimorolini   yapon   bosqinchilaridan   ozod
qilishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashdi. Ular mamlakat hududini 38-paralleldan qoq
ikkiga   ajratib,   ikki   tomonga   o‘z   askarlarini   joylashtirishdi   va   tozalash   ishlarini
boshlab   yuborishdi.   E'tiborli   jihati   keyinchalik   ikki   tuzumni   ajratuvchi   bu   chiziq
vaqtincha   va   shartli   ravishda   chizilgandi. O‘sha   paytlar   Koreya   davlati   uchun   ulkan
muammoni   yechib   berishni   ko‘zlagan   bu   ikki   qudratli   davlat   keyinchalik   bu   hudud
ulkan qirg‘inlar   maydoniga, ikki   tuzum  ziddiyati   markaziga  aylanishini  bilganlarida
balki   bu   davlatga   umuman   kirmasmidi?..Xullas,   Ikkinchi   Jahon   urushi   yakuniga
ko‘ra,   1949 - yilning   dekabrida   antigitlerchilar   koalitsiyasi   tomonidan   yaponlarni
quvish va Koreya mustaqilligini tiklash maqsadida 38-parallelning har ikki tomonida
muvaqqat hukumatlar tuzildi. Janub tomonda AQSh vasiyligida o‘tkazilgan saylovlar
natijasiga   ko‘ra   Li   Sin   Man   g‘olib   chiqqan   bo‘lsa,   shimolda   sovetlar   tomonidan
2 qo‘llab-quvvatlangan   Kim   Ir   Sen   davlat   boshqaruviga   keldi.Bir   qarashda   hammasi
reja   bo‘yicha   ketayotgan,   yaponlar   quvilib,   Koreya   mustaqillikka   erishgach,   barcha
murod maqsadiga yetadigandek edi.Ammo bu paytga kelib har biri o‘ziga xos tuzum
hamda mafkurani  targ‘ib qiluvchi  AQSh va  SSSR  o‘zaro sovuq  urush  davriga kirib
ulgurgan,   bir-birlarining   har   bir   harakatiga   shubha   bilan   qarashardi.   Bu   kayfiyat
Koreyaning   har  ikki  rahbari   qalbidan  joy  olib  ulgurgan,  undan  tashqari   Li  Sin  Man
ham,   Kim   Ir   Sen   ham   allaqachon   hokimiyat   mazasini   totib   bo‘lgan,   o‘z   o‘rnini
osonlikcha   berib   qo‘ya   qolmasdi.   SSSR   va   AQShning   yagona   Koreya   bo‘yicha
qarashlari avvalboshdan yagona va mustahkam kelishuvga ega bo‘lmagani uchun bir-
biriga   zid   kela   boshladi.   Ular   1947-yilga   qadar   bu   borada   yakdil   xulosaga   kela
olishmadi va masala yechimini yangi tuzilgan hamda ulkan umidlar bag‘ishlayotgan
tashkilot   –   BMTga   topshirishdi.   Shu   bilan   birga,   har   ikki   davlat   o‘ziga   tegishli
hududda harbiy kuchlarini saqlab qoldi. Janub va Shimol tom ma'noda ikki tomonga
qarab   keta   boshladi   hamda   38-parallel   davlatlar   o‘rtasidagi   ramziy   jarlikka   aylana
bordi.   1948-yilga   kelib   har   ikki   tomon   o‘z   konstitutsiyasini   qabul   qilib   oldi   va   bu
konstitutsiyalarda   o‘z   davlatining   mutlaq   hukmronligini   ta'kidlagan   holda
qo‘shnisining   hududlarini   egallab   olgan   «zolimlarni   quvib   solish   muqaddas   burch»
ekanligi aytib o‘tilgandi.   Shimoliy Koreya konstitutsiyasida hatto mamlakat poytaxti
sifatida   Seul   shahri   ko‘rsatilgan,   Pxenyan   esa   Seul   «ozod»   qilingunga   qadar
muvaqqat   hukumat   vaqtincha   faoliyat   yuritayotgan   shahar   maqomida   edi.   Har   ikki
davlat   qo‘shnisining   huquqlarini   tan   olmagan   holda   o‘z   mafkurasini
mustahkamlashga   kirishib   ketdi.   O‘sha   paytlarda   shimolda   amalda   bo‘lgan
kommunistik   tuzumning   davlat   boshqaruvida   muxoliflarni   shafqatsizlarcha   yo‘q
qilgani haqida ko‘p ma'lumotlar yoritilgan. Lekin tarix hozirgi natijalarga olib kelgan
demokratik davlat poydevori qurilayotgan o‘sha yillarda Janubiy Koreyada ham aksil
qarashdagi har qanday inson omadi kelsagina panjara ortiga ravona bo‘lgani, odatda
dahshatli   o‘lim   topgani   to‘g‘risida   yetarlicha   faktlarga   ega.   Li   Sin   Man   AQShning
qo‘llab-quvvatlashini   o‘z   bilganicha   tushundi   va   demokratiyani   mutlaq   hokimiyatni
egallash   yo‘lidagi   bir   vosita   deb   bildi.   Unga   qarshi   har   qanday   harakat   shafqatsiz
bostirilar, mamlakat hududidagi qamoqxonalarda minglab odamlar otilishi bilan birga
3 22   mingdan   ortiq   odam   faqat   siyosiy   mahbus   hisoblanardi.   Ma'lumot   uchun   aytish
mumkinki,   hatto   yapon   mustamlakasi   avjiga   chiqqan   mamlakatning   eng   qora
kunlarida   ham   yaxlit   Koreyadagi   siyosiy   mahbuslar   soni   12   ming   nafardan
oshmagan. 1949 - yilning 1 dekabrida qabul qilingan qonun hammasidan oshib tushdi.
«Dushman   (Shimoliya   Koreya)   tomonga   xayrixohlik   bildirgan   har   qanday   fuqaroni
shafqatsiz   jazo   kutadi»   degan   mazmunni   beruvchi   bu   qonunni   xohlagancha   talqin
qilish mumkin edi.
Li Sin Man 1947-yildayoq «Shimolda qo‘nim topgan xoinlarni quvish va separatistik
hukumatni   ag‘darib,   hududni   ozod   qilish   hamda   yagona   Koreya   davlatini   tuzish
shart»ligi   haqida   ochiq   da'vat   qilgandi.   Tabiiyki,   yagona   Koreya   rahbari   sifatida   u
yolg‘iz   o‘zini   ko‘rardi.Kim   Ir   Sen   ham   bunga   javoban   Koreya   respublikasi   degan
davlat aslida yo‘qligini, xalqni janubiy hududda imperialistlar ko‘magida uya qurib,
hokimiyatni   egallab   olganlardan   qutqarish   tez   orada   sodir   bo‘lishini   ta'kidlardi.
Shonli   chaqiriqlar   faqat   qog‘ozda   qolib   ketmadi,   har   ikki   tomon   tarafdorlari
ko‘magida zo‘r berib qurollanishga kirishib ketdi.
4 1950-yilning   25-iyunida   ochiqdan-ochiq   boshlangan   urushning   asl   sababchisi
kimligi, janglar olovini dastlab qaysi tomon yoqqani borasidagi tortishuvlar hali ham
davom etib kelmoqda va bu savollarga aniq javobni tarix o‘z qa'riga ko‘mib yuborgan
bo‘lsa ajab emas.Anig‘i shuki, har ikki tomon o‘z harbiy harakatlarini ilojsiz mudofaa
sifatida   ko‘rsatishga   urinar,   raqibining   to‘satdan   uyushtirgan   hujumlari   haqida   rad
etib   bo‘lmas   dalillar   taqdim   etardi.Muhimi   bu   emas.   Shunisi   muhimki,   kechagina
og‘a-ini  bo‘lib, yagona  dushmanga  qarshi  kurashlarda  qon to‘kkan bir  millat   ikkiga
bo‘linib   olib,   ikki   mafkura   ostida   bir-biriga   qarshi   shafqatsiz   urush   boshladz
Dastlab   Shimol   kuchlari   katta   suratda   janubga   qarab   siljiy   boshladi   va   tez   orada
poytaxt   Seul   egallandi.   Ammo   ularning   zudlik   bilan   g‘alabaga   erishish   hamda
janubdagi   hukumatdan   ko‘p   sonli   norozilarning   isyon   ko‘tarib   shimol   kuchlarini
qo‘llab-quvvatlashi rejasi amalga oshmadi. Shunday bo‘lsada, shimolliklar qadamba-
qadam   janub   tomonga   yurishda   davom   etdilar.1950-yilning   iyun-avgustiga   kelib,
Janubiy Koreyaning 90 foiz hududi Shimol tasarrufiga o‘tdi va janubliklar ixtiyorida
faqatgina bir yirik shahar – Busan (Pusan) qoldi.
5 Deyarli   hamma   shimolning   g‘alabasi   va   kommunizm   rejimining   butun   Koreya
yarimoroliga   tarqalishi   aniqligini   ta'kidlab   turgan   bir   paytda   urushga   shu   paytgacha
maslahatchi   maqomida   turgan   AQSh   va   uning   ittifoqchilari   aralashishdi.   Janubiy
Koreyaning 5, AQShning 5 diviziyasi, Buyuk Britaniyaning maxsus brigadasi, 500ta
tank, 1600dan ortiq turli kalibrdagi yirik o‘qotar qurollar, 1120ta samolyot birlashib,
avval   tasarrufida   40ta   tank   va   800dan   ortiq   o‘qotar   qurol   qolgan   shimol   kuchlarini
to‘xtatishdi, keyin esa ortga uloqtirib, 1950-yilning 15 sentabridayoq qarshi hujumni
boshlashdi. 
6 Kuchlar   teng   emasdi.   Tez   orada   ittifoqchilar   38-parallelni   ham   ortda   qoldirishdi.
Qarshi   hujum   juda   tez   natijalar   berdi,   kamiga   38-paralleldan   50-60   kilometr   nariga
5000 kishilik desant tashlandi va 20-oktabrga keliboq poytaxt Pxenyan zabt etildi.
Bu urushning o‘ziga xos jihati tomonlarning o‘ta shafqatsizligida edi. Bir millatning
ikki   mafkura   ta'siridagi   og‘a-inilari   bir-birlarini   asir   olish   mumkin   bo‘lgani   holda
ayovsiz   o‘ldirishar,   asirlar   hech   bir   sababsiz   otib   tashlanar,   tinch   aholi   vakillari   –
ayollar, bolalar uylarga qamab yoqib yuborilar, to‘da-to‘da qilib suvga cho‘ktirilardi.
Har   ikki   tomonda   raqibining   bunday   shafqatsizliklari   haqida   minglab   hujjatlar
to‘plangan va ommaga oshkor qilingan.1950-yilning sentabridayoq Shimoliy Koreya
urushning   bu   bosqichida   mag‘lub   bo‘lishi   aniq   bo‘lib   ulgurgandi.   Bu   paytga   kelib
kommunistik   rejim   uzil-kesil   hokimiyat   tizginini   o‘z   qo‘liga   olgan   Xitoy   va   uning
rahbari   Mao   Tszedun   ittifoqchilarning   38-paralleldan   har   qanday   shaklda   oshib
o‘tishini   Xitoyga   qarshi   agressiya   sifatida   qabul   qilishini   hamda   o‘z   davlatining   bu
urushga   qo‘shilishini   aytib   dag‘dag‘a   qildi.   Ammo   AQSh   prezidenti   Garri   Trumen
Maoning   bu   so‘zlarini   real   harakatlarga   olib   kelmaydigan   shunchaki   qo‘rqitish   deb
baholadi.Biroq   AQSh   qo‘shinlari   Shimoliy   Koreya   chegaralarini   bosib   o‘tgan   8
oktabrdayoq   Mao   Xitoy   qo‘shinlarini   chegaraga   yondosh   o‘z   hududlariga   to‘play
boshladi   va   chegaradan   o‘tib,   keyingi   harakatlarga   tayyor   turishni   buyurdi.
Shuningdek,   Xitoy   rahbari   bu   vaziyatda   qanday   yo‘l   tutish   bo‘yicha   SSSR   bilan
muzokaralar  o‘tkazishga   kirishdi.Mao  Tszedun   Stalinga   yo‘llagan  maktubida  «Agar
biz   AQSh   va   ittifoqchilarining   Koreya   yarimorolini   zabt   etishlariga   yo‘l   qo‘yib
bersak,   tez   orada   ularning   Xitoyga   ham   urush   ochishlariga   tayyor   turishimiz   kerak
7 bo‘ladi»   degandi.O‘z   navbatida   Trumen   ham   vaziyatni   «Biz   Chikago,   Nyu-Orlean
yoki   San-Frantsiskoda   jang   qilmaslik   uchun   ham   Koreya   yarimorolida   harbiy
harakatlar olib bormoqdamiz», deya izoh beradi.Mao Stalindan yordam kutib, Xitoy
kuchlarini 13-oktabrdan 19-oktabrga qadar urushga kirishdan to‘xtatib turdi.
Ammo   Ikkinchi   Jahon   urushida   g‘olib   bo‘lgan   bo‘lsada,   o‘ta   katta   talofatlar   bilan
chiqqan   SSSRning   yana   bir   mantiqsiz   urushga   ochiqdan-ochiq   qo‘shilishi   to‘g‘ri
bo‘lmasligini   Stalin   yaxshi   anglab   yetardi.   Qolaversa,   prezident   Trumen   general
Vandebergga   agar   sovetlar   ittifoqi   urushga   o‘z   kuchlarini   tashlaydigan   bo‘lsa,
Sibirdagi   harbiy   bazalarni   yadro   quroli   bilan   bombardimon   qilish   imkoniyatlarini
ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergandi.
Shunday   bo‘lsada,   SSSR   hududdagi   o‘z   mafkurasining   barbod   bo‘lishiga   ham   jim
qarab tura olmasdi. Stalinning maxfiy buyrug‘iga ko‘ra aniq soni ma'lum bo‘lmagan
ko‘plab   harbiylar   turli   niqob   ostida   yarimorolga   jo‘natila   boshlandi.   Shuningdek,
«Mig-15»   samolyotlari   havodan   turib   AQShning   «F-80»   samolyotlarini   tutday
to‘kishga   kirishdi.Tinchlik   shartnomasiga   keyinchalik   ham   erishishning   imkoni
bo‘lmadi va Shimol hamda Janub bugungi kungacha urush holatini saqlab turibdi.
8 2. Davlatning sanoati va iqtisodiyoti, madaniyati.
Sanoati. Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo
sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yog ochni qayta ishlovchi, kimyo vaʻ
neft   kimyosi,   to qimachilik,   oziq-ovqat   sanoat   tarmoqlari   bor.   Qishloq   xo jaligida	
ʻ ʻ
dehqonchilik   ustun   turadi.   Yerlarga   ishlov   beriladi   va   sug oriladi.   Sholi,   texnika	
ʻ
ekinlari,   dukkaklilar,   paxta,   tamaki   va   boshqalar   yetishtiriladi.   Plantatsiyalarda
jenshen,   bog dorchilik,   sabzavotchilik   rivojlangan.   Yirik   shoxli   qoramollar,	
ʻ
cho chqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yo llarning uzunligi	
ʻ ʻ
—   4915   km   dan   ortiq,   shundan   3500   km   elekrtlashtirilgan,   avtomobil   yo llari   —	
ʻ
31200   km   dan   ortiq.   Dengiz   portlari:   Vonsan,   Chxonjin,   Nampxo,   Xinnam.   Tashqi
aloqalar aylanmasining hissasi  80 % dan ortiq. Metallurgiya, kimyo, mashinasozlik,
tog -kon   sanoati   mahsulotlari,   baliq   mahsulotlari,   mevalar   eksport   qilinadi.	
ʻ
Hamkorlari:   Xitoy,   Yaponiya,   Rossiya,   Germaniya.   Pul   birligi-vona.KXDR   xalq
hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga
aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi.
Sanoat  xissasiga   sanoat   mahsulotlari  va  qishloq  xo jalikning  ¾ qismi   to g ri  keladi.	
ʻ ʻ ʻ
Elektr   energiyasi   ishlab   chiqariladi,   ko mir,   temir,   rux,   molibden,   volfram,	
ʻ
qo rg oshin, mis, alyuminiy, magniy, oltin, grafit, pirit, tuz qazib chiqariladi.	
ʻ ʻ
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   mamlakatda   og ir   industriya   asoslarini   yaratish:	
ʻ
metallurgiya,   energetika,   konchilik,   kimyo,   qurilish   materiallari,   avtomobilsozlik,
stanoksozlik korxonalarini barpo etish yo li tutildi. Qishloq xo jaligi sohasida davlat	
ʻ ʻ
va   kooperativ   xo jaliklari   tashqil   etildi.Oziq-ovqat   sanoati,   hunarmandchilik   va	
ʻ
mahalliy sanoat korxonalari mavjud.   Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshko mir,	
ʻ
temir rudasi, volfram, qo rg oshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit	
ʻ ʻ
va   boshqa   foydali   qazilmalarning   zahiralari   bor.   Iqtisodiyotining   asosi   og ir   sanoat,	
ʻ
yetakchi   tarmoqlari   —   elektr   energetika,   qora   va   rangli   metallurgiya,   konchilik   va
kimyo   sanoati,   qurilish   materiallari   ishlab   chiqarish,   mashinasozlik;   yengil   va   oziq-
ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga o rtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil	
ʻ
qilinadi. 1
 Lekin shunga karamay, 2000-yil arafasida xalq xo jaligi tang ahvolga tushib	
ʻ
1
V.S.Xan-“Korey tarixi”.Toshkent-2013
9 qoldi:   iqtisodiyot   boshi   berk   ko chaga   kirib   qolgan,   sanoat   notekis   rivojlangan,ʻ
texnikaning rivoji orqada qolgan, iste mol mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi past,	
ʼ
elektr   energiya,   yoqilgi,   xom   ashyo,   oziq-ovqat   tanqis.Don   yetishtirish   qishloq
xo jaligi   ishlab   chiqarishining   asosini   tashqil   etadi.   Sholi   (haydaladigan   yerlarning	
ʻ
50%)   va   makkajo xori   —   asosiy   qishloq   xo jaligi   ekinlaridir.   Bug doy,   arpa,   soya,	
ʻ ʻ ʻ
paxta,   qand   lavlagi,   kartoshka,   tamaki   va   boshqa   ham   ekiladi.   Sabzavotchilik,
bog dorchilik,   parrandachilik,   baliqchilik,   pillachilik   mavjud.   Kesonda   jenshen	
ʻ
plantatsiyalari   bor.   Chorvachilik   unchalik   rivojlanmagan.   Mamlakat   butun
hududining   18%,   ya ni   2,27   mln.   ga   yerda   dehqonchilik   qilinadi,   9   mln.   ga   yer	
ʼ
o rmon bilan qoplangan. 	
ʻ Keyingi yillarda qishloq xo jaligi ishlab chiqarishi surunkali	ʻ
inqirozga duchor bo ldi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot bo lmish sholi hosili	
ʻ ʻ
pasayishi aholini oziq-ovqat bilan ta minlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini	
ʼ
oziq-ovqat   va   xalq   iste mol   mollari   bilan   belgilangan   me yorda   ta minlash   tizimi	
ʼ ʼ ʼ
saqlangan.   Yuklarning 90% yaqini temir yo lda tashiladi. Transport yo lilar uzunligi	
ʻ ʻ
— 9 ming km, avtomobil yo llari uz. — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951	
ʻ
ming   t   dedveyt.   Dengiz   portlari:   Vonsan,   Chxonjin,   Nampxo   va   boshqa   Pxenyan
yaqinidagi   Sunan   degan   joyda   xalqaro   aeroport   bor.   Amnokkan,   Chxonchxongan,
Tedongan  va Tumangan  daryolarining quyi  oqimida  kema qatnaydi. Tashqi  savdosi
unchalik  rivojlanmagan.   Chetga,   asosan,   xom   ashyo   chiqaradi.   Chetdan   mashina   va
asbob-uskuna, suyuq yoqilg i, koks, prokat, paxta tolasi, o g it, xalq iste mol mollari
ʻ ʻ ʻ ʼ
sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va boshqa Pul birligi —
vona.Yaponiya hukmronligi  davrida maktabda  darslar  yapon tilida  o qitilgan. 1945-	
ʻ
yildan yangi 4 yillik maktablar ochildi. 
Madaniyat va maorif.  Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan bo ldi.	
ʻ
1958-yildan   o qish   bepul.   1975-yildan   majburiy   11   yillik   ta lim   joriy   etilgan.	
ʻ ʼ
KXDRda   10   mingdan   ko proq   umumiy   ta lim   maktabi,   600   texnika   bilim   yurti   va	
ʻ ʼ
200 dan ortiq oliy o quv yurti bor. Eng yirik oliy o quv yurti — Kim Ir Sen nomidagi	
ʻ ʻ
Pxenyan   universiteti.   Pxenyanda   KXDR   Fanlar   akademiyasi   va   Hamxinda   uning
filiali,   Tibbiyot   fanlari,   Qishloq   xo jaligi   fanlari,   Ijtimoiy   fanlar,   O rmon-tex-nika	
ʻ ʻ
akademiyalari   mavjud.   Kutubxona   va   muzeylari:   Davlat   markaziy   kutubxonasi
10 (1947),   Fanlar   akademiyasi   kutubxonasi   (1952),   Markaziy   tarix   muzeyi,   K.   inqilob
muzeyi   (1948),   Ozodlik   urushi   muzeyi   (1953),   Etn.   muzeyi   (1956),   Nafis   san atʼ
markaziy   muzeyi.   Vonsan,   Hamxin,   Sarivon   va   boshqa   shaharlarda   ham   muzeylar
bor.Asosiy gazeta va jurnallari: "Koreya" (koreys, rus, xitoy, ingliz, fransuz va ispan
tilida nashr etiladigan oylik jurnal, 1956-yildan), "Nodon Sinmun" ("Ishchi gazetasi",
kundalik   gazeta,   1945-yildan),   "Minchju   Choson"   ("Demokratik   Koreya",   kundalik
gazeta, 1946-yildan) "Choson inmingun" ("Koreya xalq, armiyasi", kundalik gazeta,
1948-yildan),   "Chxollima"   ("Qanotli   ot",   oylik   jurnal,   1959-yildan),   "Killochja"
("Mehnatkash",   oylik   jurnal,   1946-yildan),   "Choson   yesul"   ("Koreys   san ati",   oylik	
ʼ
jurnal) va boshqa K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashqil etilgan. K. Markaziy
radio   qo mitasi   va   Markaziy   televideniyesi   mavjud.   Radioeshittirishlar   koreys,	
ʻ
shuningdek, rus, ingliz, fransuz, ispan, yapon, xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda
telemarkaz   1967-yildan   ishlaydi.Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   Shimoliy   K.da
adabiyotni   sotsialistik   realizm   yo lidan   rivojlantirish   rag batlantirildi.   1946-yilda	
ʻ ʻ
koreys   yozuvchilari   Shimoliy   K.   Adabiyot   va   san at   arboblari   assotsiatsiyasiga	
ʼ
birlashdi.   Katta   avlod   bilan   bir   qatorda   yosh   shoirlar   adabiyotga   kirib   keldi.   Ular
"yangi   turmush"ni,   "SSSR   bilan   do stlik"ni   madh   etishdan   boshqa   ilojlari   yo q   edi.	
ʻ ʻ
Shunday   sharoitda   ham   iste dodli   qalam   sohiblari   xalq   tarixini   haqqoniy   yoritishga	
ʼ
intildilar.   Cho   Gi   Chxon   "Pektusan   tog i"   dostonida   yaponiyalik   bosqinchilarga	
ʻ
qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi
Yon   "Yer"   romanida   qishloq   turmushini   aks   ettirdi.   Li   Buk   Myon,   Xvan   Gon   va
boshqa yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan,
Min  Byon  Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950—53 yillar urushi
haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning
asosiy janri bo lib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va boshqa dolzarb zamonaviy	
ʻ
muammolarni   ko tarib   chikdi.   Li   Gi   Yon,   Chxve   Myon   Ik,   Pak   Txe   Von   tarixiy	
ʻ
romanlar   yaratishdi.   60-yillardan   esdalik   adabiyoti   keng   yoyildi.   Keyingi   yillarda
dunyo   yuzini   ko rgan   salmoqli   asarlar   orasida   ko pchilik   bo lib   yozilgan   "Qon
ʻ ʻ ʻ
dengizi",  "Soqchining taqsiri"  kabi  asarlarni   ko rsatish   mumkin.1940-yillar   oxiridan	
ʻ
shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950—53 yillardagi
11 urushda   vayron   bo lgan   shaharlar   (Hamxin,   Vonsan,   Sarivon,   Keson,   Nampxo   vaʻ
boshqalar)   qayta   tiklandi.   Sanoat   va   gidrotexnika   inshootlari,   maktab,   kasalxona,
madaniyat   saroylari   qurishga   kirishildi.   Dastlabki   paytlarda   o rta   asr   koreys	
ʻ
me morligi   an analaridan   foydalanildi   (Pxenyan   Katta   teatri).   60-yillarning   2-	
ʼ ʼ
yarmidan   yangi   qurilish   materiallari   va   konstruksiyalari   joriy   etildi,   ixcham
rejalangan, qulay va chiroyli binolar (Kim Ir Sen nomidagi universitet) qad ko tardi,	
ʻ
tipovoy loyihalar asosida ko p qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda kottejlar,	
ʻ
blokli   va   seksiyali   uylar   barpo   etilgan.   Kurortlar   qurilishiga   e tibor   berildi.	
ʼ
Me morlar   orasida   Kim   Jon   Xi,   Li   Xyon,   Pak   Ik   Xvan.   Sin   Sun   Gen   va	
ʼ
boshqalarlarni   ko rsatish   mumkin.   1954-yilda   K.   me morlar   uyushmasi	
ʻ ʼ
tuzilgan.1946-yilda tashqil etilgan Adabiyot va san at arboblari assotsiatsiyasi milliy	
ʼ
rangtasvirni   tiklashni   maqsad   qilib   olgan   edi.   1950—53   yillardagi   urush   davrida
rassomlar, asosan, tashviqot-targ ibot ruhidagi varaqa va plakatlar  yaratishdi. Milliy	
ʻ
an analarni   davom   ettirish   bilan   birga   zamonaviy   mavzularga   murojaat   etayotgan	
ʼ
rassomlar orasida Li Chxon, Chxve Gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man,
haykaltaroshlardan   Mun   Sok   O,   Cho   Gyu   Bonlar   bor.   Qad.   kulollik,   chinnisozlik,
suyak   va   yog och   o ymakorligi,   bambuk   tolasidan   to quvchilik,   kashtachilikda   xalq	
ʻ ʻ ʻ
amaliy   san ati   saqlanib   qolgan.   1953-yilda   rassomlar   uyushmasi   tuzilgan.K.   ozod	
ʼ
etilgandan   keyin   (1945)   dastlab   ommaviy   qo shiqlar   rivojlandi.   Xalq   qo shiqlarini	
ʻ ʻ
yig ish,   o rganish   va   ommalashtirishga   kirishildi.   1946-yil   Musiqachilar   uyushmasi	
ʻ ʻ
tuzildi. Katta shaharlarda musiqa o quv yurtlari (Pxenyanda konservatoriya), konsert	
ʻ
zallari,   musiqali   teatrlar   ochildi.   Filarmoniya,   katta   simfonik   orkestr   va   boshqa
musiqa jamoalari tashqil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janrlari, xalq mu-siqiy
dramasi  (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet  rivoj topdi (kompozitorlar  Li
Myon San, Xvan Haq Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu).1947—49 yillarda
Pxenyanda Davlat teatri (hozirgi "Chxollima" davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy
teatri   (hozirgi   Pxenyan   shahri   teatri),   K.   xalq   armiyasi   huzuridagi   truppa   ochildi.
Viloyatlarda   teatrlar   ishlab   turibdi.   Maishiy,   tarixiy   asarlardan   tashkari,   Yaponiya
mustamlaka   hukmronligi   yillaridagi   ozodlik   harakatiga   ba-g ishlangan   pyesalar	
ʻ
sahnalashtirilgan ("Pusan", "Pochxonbo mash ali", "Onamiz" kabi spektakllar).1947-	
ʼ
12 yil kinostudiya tashqil etildi, uning asosida badiiy va hujjatli filmlar studiyasi ochildi
(1958).   KXDRda   birinchi   badiiy   film   —   "Mening   vatanim"   1949-yilda   ishlab
chiqarildi. 1950-yilda "Domna pechi", "Chegarachilar" filmlari yaratildi. Shimoliy —
Janubiy   urushi   yillarida   "Yosh   partizanlar",   "Ona   yurt   himoyachilari"   va   boshqa
filmlar   suratga   olindi.   1957-yil   "Ogainilar"   rangli   filmi   yaratildi.   1959-yil   Pxenyan
teatr va kino instituti ochildi. 1961-yil KXDR kinematografchilar uyushmasi  tashqil
etildi.Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida "Sadoson qal asi haqidagiʼ
rivoyat",   "Ayriliqda   yashab   bo larmi",   "Humo   qushi",   "Qizil   gul",   "Besh   aka-uka",	
ʻ
"O rmon shovqini" va boshqa bor.	
ʻ
          3. Davlatning tashqi siyosati, dunyo siyosiy maydonidagi ahvoli.
13 Koreya: Bir millat, ikki davlat.
Dunyodagi g‘oyalar urushining yorqin misoli, o‘z davlatchilik uslubining xatoligiga
qaramay   qat'iyat,   har   qancha   rivojlanish   va   kuchli   tarafdorlar   bo‘lishiga   qaramay
ziddiyatga   to‘la   yechim   topa   olmaslik...   Mana   shu   so‘zlar   Shimoliy   va   Janubiy
Koreya   davlatlarining   bugungi   holatiga   qisqa   ta'rif   bo‘la   oladi.   Bir   millatdan   iborat
ikki   davlat   hamon   rasman   o‘zaro   urush   maqomini   saqlab   turibdi.Davlatlarning
nomlanishi   ham   juda   antiqa.   Janubiy   Koreya   rasman   Koreya   Respublikasi   deb
nomlansa,   Shimoliy   Koreya   demokratiyadan   asar   bo‘lmagani   holda   Koreya   Xalq
Demokratik   Respublikasi   (KXDR)   degan   jarangdor   nomni   bexijolat   qabul   qilib
olgan. Janubiy Koreya butun dunyoga o‘z eshiklarini ochib qo‘ygan, bu davlat haqida
istagancha axborot olish mumkin. KXDR esa buning butunlay aksi, boshqa davlatlar
muxbirlari   bu   mamlakatdan   erkin   faoliyat   olib   bora   olmagani   kamlik   qilgandek,
internet   ham   deyarli   uzib   qo‘yilgan. Mamlakatning   rasmiy   axborotnomalarida   esa
«AQSh   imperialistlarini   quvib   yuborgan   koreys   xalqi   millatning   «porloq   yulduzi»
rahnamoligida erishayotgan mislsiz yutuqlar, tez orada asli KXDRga tegishli bo‘lgan
mamlakatning   janubiy   hududlari   ham   ozod   qilinishi»   haqidagi   jarangdor   axborotlar
tarqatiladi.Janubiy   Koreya  va  qator   xorij   nashrlari  esa  Shimoliy Koreya  aholisi   o‘ta
abgor   ahvolda   yashayotgani,   hatto   ochlik   changalida   qolgani,   davlat   boshqaruvida
o‘ta shafqatsiz tizim minglab odamlarning yostig‘ini quritayotgani haqida bong uradi.
Qisqa qilib aytganda, har ikki tomon o‘z tuzumining mutlaq adolatli ekanligi haqida
jar solgani holda qo‘shnisining hududlari aslida o‘ziga tegishli ekanligini, ularni ozod
qilish   muqaddas   burchligini   ta'kidlashdan   to‘xtamaydi.Shimoliy   Koreya   uzoq
yillardan   buyon   o z   qo shnilari   va   AQSHga   raketa   sinovlari   orqali   po pisa   qilibʻ ʻ ʻ
keladi. Biroq bu yo l bilan Shimoliy Koreya o z maqsadiga erishadi  deb bo lmaydi.
ʻ ʻ ʻ
Pxenyan tahminiy yillik 28 milliard dollar daromadining asosiy qismini qurollanishga
sarflaydi.   Shu   sababli   mamlakat   iqtisodiyoti   boshi   berk   ko chaga   kirib   qolganiga	
ʻ
ancha   bo lgan.   Agar   qiynalib   qolsa,   AQSH,  Janubiy   Koreya,   Yaponiya,   Rossiya   va	
ʻ
Xitoy   kabi   davlatlar   bilan   muzokara   stoliga   o tirib,   ortiq   qurollanishni   davom	
ʻ
ettirmaslikka so z bergan holda, oziq-ovqat va boshqa ko maklarni olib keladi. O zini	
ʻ ʻ ʻ
biroz   tiklab   olgandan   so ng,   qurollar   ustida   ish   olib   borishni   yana   davom   ettiradi.	
ʻ
14 Shimoliy   Koreya   bu   manevrdan   ancha   vaqtdan   buyon   foydalanib   kelmoqda.   Aslida
esa   Pxenyan   biror   qurol   ustidagi   tadqiqotlarni   muvaffaqiyatli   yakunlamagan.
Mobodo,   biror   bir   sinovi   muvaqqiyatli   chiqsa,   bu   raketalar   AQSH   yoki   Janubiy
Koreyaga   qarshi   qaratilganini   da vo   qilib,   ularni   cho chitishga   harakat   qiladi.ʼ ʻ
Xaqiqatda esa bu sinovlar bilan o z boshiga faqat tashvish orttiradi.	
ʻ Shimoliy Koreya
bu   strategiyani   tanlashiga   sabab,   SSSR   qulagandan   so ng   pushti-panohidan   ajralib	
ʻ
qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik paydo bo ldi. Ko pchilik bu inqiroz	
ʻ ʻ
tez   orada   hukumatni   qulatib,   Koreya   yarimorolini   birlashishiga   sabab   bo ladi   deb	
ʻ
tahmin   qilgan   edi.   Hukumat   esa,   tabiiy   ravishda,   hokimiyatni   o z   qo lida   saqlab	
ʻ ʻ
qolish uchun har narsaga tayyor edi. Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror
tashqi   kuch   mamlakat   ichkarisiga   suqilib   kirib,   inqilob   ko tarishidan   doimo
ʻ
xavotirlanardi.   Janob   Kimga   tashqi   davlatlarni   Shimoliy   Koreya   ichki   ishlariga
aralashishdan  tiyilishiga  sabab  bo ladigan  o zgacha  strategiya  zarur  edi   va hukumat	
ʻ ʻ
hokimiyatdan ajrab  qolmaslik  uchun  yadro quroli  ustida  ish  boshlab  yubordi. Mana
20   yildirki,   Shimoliy   Koreyaning   o zini   qiynab   bo lsada   yuritayotgan   yovvoyi,   ojiz	
ʻ ʻ
va ahmoqona strategiyasi ish berib kelmoqda.O zbekiston — KXDR aloqalari. 1994-	
ʻ
yildan   buyon   O zbekiston   Respublikasi   bilan   KXDR   o rtasida   iqtisodiy,   ilmiy-	
ʻ ʻ
texnikaviy   va   madaniy   hamkorlikka   oid   huquqiy   negizni   yaratish   sohasidagi   ish
davom   etayotir.   1995-yilda   o zbek   va   koreys   tomonlari   "Havo   qatnovi   sohasida	
ʻ
hamkorlik to g risida bitim" va "Qishloq xo jaligi sohasida hamkorlik haqida bitim"	
ʻ ʻ ʻ
deb   atalgan   hujjatlarni   kelishib   oldilar.Ikki   mamlakat   o rtasida   savdo-sotiq   yo lga	
ʻ ʻ
qo yila   boshladi.  	
ʻ Tovar   aylanmasi   1998-yildagi   2,3   mln.   AKSH   dollaridan   1999-
yilda   6,7   mln.   dollarga   yetdi.   O zbekiston   Respublikasida   KXDR   sarmoyasi	
ʻ
ishtirokida   2   ta   sho ba   korxona   va   2   ta   qo shma   korxona   ro yxatga   olingan.	
ʻʼ ʻ ʻ
Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari
xalq iste mol mollari ishlab chiqarish, harid qilish va sotish bilan shug ullanadi.	
ʼ ʻ
Har   yili   O`zbekistonlik   yakkaxon   xonandalar   va   ijodiy   jamoa   Pxenyandagi   “Aprel
bahori” festivalida ishtirok etadi. 2
 Bugungi kunda ochiq siyosat va iqtisodni qo‘llagan
Janubiy   Koreya   dunyoning   eng   rivojlangan   davlatlaridan   biriga   aylangani   holda,
2
V.S.Xan-“Korey tarixi”.Toshkent-2013
15 Shimoliy   Koreya   o‘ziga   kommunistik   mafkurani   taqdim   qilgan   SSSR   degan   davlat
tarqab   ketganiga   qaramay,   totalitar   rejimdan   voz   kechmadi.Hozirda   70   yillik
sulolaning navbatdagi  vakili  Kim  Chen  In tinchlik yo‘lida ancha-muncha sammitlar
uyushtirgan   bo‘lsada,   hanuz   raketa   sinovlaridan   voz   kechmagan.   Hatto   turli
davlatlarning uzoq  yillik  iqtisodiy  sanksiyalari   ham  KXDRni   tutgan  yo‘lida  qaytara
olmadi.
Ko‘pchilik   «Nahotki   shuncha   qudratli   mamlakatlar   birgalashib   kichik   bir   davlatni
yenga olmasa?», degan savolni berishadi. Bir necha sabab tufayli amalda buning iloji
yo‘q.
1.   Xitoy   va   Rossiya   KXDRdagi   tuzum   qulab,   janubdagi   AQSh   kuchlarining   o‘z
chegaralariga kelib qolishlariga har qanday yo‘l bilan qarshilik qiladi;
2.   KXDR   va   Koreya   Respublikasi   o‘rtasidagi   siyosiy,   maishiy,   iqtisodiy   tafovut
shunchalik ulkanki, agar hamma qurollardan voz kechilib, do‘stona birlashuv bo‘lgan
taqdirda ham shimol o‘z «yuki» bilan janubning shuncha yillik taraqqiyotini osongina
yo‘qqa chiqarib qo‘yishi mumkin;
3.   Kim   Chen   In   tinchlik   yo‘lidagi   qadamlariga   qaramay   asosiy   quvvati   –   yadro
qurolidan voz kechmagan. Bu vosita bilan hazillashish yaxshilikka olib kelmaydi;
4.   Qachonlardir   bir   jonu-bir   tan   bo‘lgan   ikki   davlat   va   xalq   o‘zi   tutgan   yo‘ldan
shunchalar   olisga   ketib   qolganki,   endi   ularni   yagona   mafkura   ostida   birlashtirishni
hech kim tasavvur qila olmaydi;
5.   Koreya   muammosi   saqlanib   turishidan   manfaatdor   kuchlar   bor.   Chunki   ziddiyat
bo‘lgan   hududga   harbiy   kuchlar   olib   kirish,   o‘ziga   og‘dirish   va   ta'sir   doirasini
oshirish imkoniyati tug‘iladi. 3
3
V.S.Xan-“Korey tarixi”.Toshkent-2013
16 Joriy   yil   davomida   AQSh   prezidenti   Donald   Tramp   Shimoliy   Koreya   rahbari   Kim
Chen In bilan bevosita uchrashdi va qator muzokaralar o‘tkazdi.  Shuningdek, Janubiy
Koreya   yetakchisi   Mun   Chje   In   ham   KXDR   yetakchisi   bilan   tarixiy   sammitlar
uyushtirishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Umuman,   yuzlab   davlatlarning   yuzlab   rahbarlari
kunora   uchrashib   yurgan   hozirgi   davrda   Shimoliy   Koreya   bilan   o‘tkazilgan   har
qanday muzokara hamon «tarixiy» degan maqomni saqlab turibdi.
                      
                   Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.V.S.Xan-“Korey tarixi”.Toshkent-2013.
2.Temur Amirov. Yovvoyi,ojiz va ahmoqona:Shimoliy Koreyacha strategiya.
17 3.O`zbekiton milliy ensiklopediyasi birinchi jild.Toshkent-2000.
4.Internet ma`lumotlari.
18

Mavzu: Sharq dunyosida Shimoliy Koreyaning o`rni. Reja: 1. 38-parallel.Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya ning tashkil topishi. 2. Davlatning sanoati va iqtiodiyoti,madaniyati. 3. Davlatning tashqi siyosati, dunyo siyosiy maydonidagi ahvoli. 1

1. 38-parallel. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya ning tashkil topishi. 1910-yildan to Ikkinchi jahon urushiga qadar yagona Koreya davlati Yaponiyaning mustamlakasi bo‘lgan. Yaponlar bu hududdan turib nafaqat Koreyani, balki Xitoyning katta hududini nazorat qilishardi. Koreyaning bo‘linib qolishida aynan mana shu jihat asosiy rol o‘ynaydi. Ikkinchi jahon urushi yakuniga ko‘ra, hududni yaponlardan ozod qilish zarurati tug‘ildi. Shimol tomondan sobiq SSSR, janubdan AQSh va uning ittifoqchilari Koreya yarimorolini yapon bosqinchilaridan ozod qilishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashdi. Ular mamlakat hududini 38-paralleldan qoq ikkiga ajratib, ikki tomonga o‘z askarlarini joylashtirishdi va tozalash ishlarini boshlab yuborishdi. E'tiborli jihati keyinchalik ikki tuzumni ajratuvchi bu chiziq vaqtincha va shartli ravishda chizilgandi. O‘sha paytlar Koreya davlati uchun ulkan muammoni yechib berishni ko‘zlagan bu ikki qudratli davlat keyinchalik bu hudud ulkan qirg‘inlar maydoniga, ikki tuzum ziddiyati markaziga aylanishini bilganlarida balki bu davlatga umuman kirmasmidi?..Xullas, Ikkinchi Jahon urushi yakuniga ko‘ra, 1949 - yilning dekabrida antigitlerchilar koalitsiyasi tomonidan yaponlarni quvish va Koreya mustaqilligini tiklash maqsadida 38-parallelning har ikki tomonida muvaqqat hukumatlar tuzildi. Janub tomonda AQSh vasiyligida o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra Li Sin Man g‘olib chiqqan bo‘lsa, shimolda sovetlar tomonidan 2

qo‘llab-quvvatlangan Kim Ir Sen davlat boshqaruviga keldi.Bir qarashda hammasi reja bo‘yicha ketayotgan, yaponlar quvilib, Koreya mustaqillikka erishgach, barcha murod maqsadiga yetadigandek edi.Ammo bu paytga kelib har biri o‘ziga xos tuzum hamda mafkurani targ‘ib qiluvchi AQSh va SSSR o‘zaro sovuq urush davriga kirib ulgurgan, bir-birlarining har bir harakatiga shubha bilan qarashardi. Bu kayfiyat Koreyaning har ikki rahbari qalbidan joy olib ulgurgan, undan tashqari Li Sin Man ham, Kim Ir Sen ham allaqachon hokimiyat mazasini totib bo‘lgan, o‘z o‘rnini osonlikcha berib qo‘ya qolmasdi. SSSR va AQShning yagona Koreya bo‘yicha qarashlari avvalboshdan yagona va mustahkam kelishuvga ega bo‘lmagani uchun bir- biriga zid kela boshladi. Ular 1947-yilga qadar bu borada yakdil xulosaga kela olishmadi va masala yechimini yangi tuzilgan hamda ulkan umidlar bag‘ishlayotgan tashkilot – BMTga topshirishdi. Shu bilan birga, har ikki davlat o‘ziga tegishli hududda harbiy kuchlarini saqlab qoldi. Janub va Shimol tom ma'noda ikki tomonga qarab keta boshladi hamda 38-parallel davlatlar o‘rtasidagi ramziy jarlikka aylana bordi. 1948-yilga kelib har ikki tomon o‘z konstitutsiyasini qabul qilib oldi va bu konstitutsiyalarda o‘z davlatining mutlaq hukmronligini ta'kidlagan holda qo‘shnisining hududlarini egallab olgan «zolimlarni quvib solish muqaddas burch» ekanligi aytib o‘tilgandi. Shimoliy Koreya konstitutsiyasida hatto mamlakat poytaxti sifatida Seul shahri ko‘rsatilgan, Pxenyan esa Seul «ozod» qilingunga qadar muvaqqat hukumat vaqtincha faoliyat yuritayotgan shahar maqomida edi. Har ikki davlat qo‘shnisining huquqlarini tan olmagan holda o‘z mafkurasini mustahkamlashga kirishib ketdi. O‘sha paytlarda shimolda amalda bo‘lgan kommunistik tuzumning davlat boshqaruvida muxoliflarni shafqatsizlarcha yo‘q qilgani haqida ko‘p ma'lumotlar yoritilgan. Lekin tarix hozirgi natijalarga olib kelgan demokratik davlat poydevori qurilayotgan o‘sha yillarda Janubiy Koreyada ham aksil qarashdagi har qanday inson omadi kelsagina panjara ortiga ravona bo‘lgani, odatda dahshatli o‘lim topgani to‘g‘risida yetarlicha faktlarga ega. Li Sin Man AQShning qo‘llab-quvvatlashini o‘z bilganicha tushundi va demokratiyani mutlaq hokimiyatni egallash yo‘lidagi bir vosita deb bildi. Unga qarshi har qanday harakat shafqatsiz bostirilar, mamlakat hududidagi qamoqxonalarda minglab odamlar otilishi bilan birga 3

22 mingdan ortiq odam faqat siyosiy mahbus hisoblanardi. Ma'lumot uchun aytish mumkinki, hatto yapon mustamlakasi avjiga chiqqan mamlakatning eng qora kunlarida ham yaxlit Koreyadagi siyosiy mahbuslar soni 12 ming nafardan oshmagan. 1949 - yilning 1 dekabrida qabul qilingan qonun hammasidan oshib tushdi. «Dushman (Shimoliya Koreya) tomonga xayrixohlik bildirgan har qanday fuqaroni shafqatsiz jazo kutadi» degan mazmunni beruvchi bu qonunni xohlagancha talqin qilish mumkin edi. Li Sin Man 1947-yildayoq «Shimolda qo‘nim topgan xoinlarni quvish va separatistik hukumatni ag‘darib, hududni ozod qilish hamda yagona Koreya davlatini tuzish shart»ligi haqida ochiq da'vat qilgandi. Tabiiyki, yagona Koreya rahbari sifatida u yolg‘iz o‘zini ko‘rardi.Kim Ir Sen ham bunga javoban Koreya respublikasi degan davlat aslida yo‘qligini, xalqni janubiy hududda imperialistlar ko‘magida uya qurib, hokimiyatni egallab olganlardan qutqarish tez orada sodir bo‘lishini ta'kidlardi. Shonli chaqiriqlar faqat qog‘ozda qolib ketmadi, har ikki tomon tarafdorlari ko‘magida zo‘r berib qurollanishga kirishib ketdi. 4

1950-yilning 25-iyunida ochiqdan-ochiq boshlangan urushning asl sababchisi kimligi, janglar olovini dastlab qaysi tomon yoqqani borasidagi tortishuvlar hali ham davom etib kelmoqda va bu savollarga aniq javobni tarix o‘z qa'riga ko‘mib yuborgan bo‘lsa ajab emas.Anig‘i shuki, har ikki tomon o‘z harbiy harakatlarini ilojsiz mudofaa sifatida ko‘rsatishga urinar, raqibining to‘satdan uyushtirgan hujumlari haqida rad etib bo‘lmas dalillar taqdim etardi.Muhimi bu emas. Shunisi muhimki, kechagina og‘a-ini bo‘lib, yagona dushmanga qarshi kurashlarda qon to‘kkan bir millat ikkiga bo‘linib olib, ikki mafkura ostida bir-biriga qarshi shafqatsiz urush boshladz Dastlab Shimol kuchlari katta suratda janubga qarab siljiy boshladi va tez orada poytaxt Seul egallandi. Ammo ularning zudlik bilan g‘alabaga erishish hamda janubdagi hukumatdan ko‘p sonli norozilarning isyon ko‘tarib shimol kuchlarini qo‘llab-quvvatlashi rejasi amalga oshmadi. Shunday bo‘lsada, shimolliklar qadamba- qadam janub tomonga yurishda davom etdilar.1950-yilning iyun-avgustiga kelib, Janubiy Koreyaning 90 foiz hududi Shimol tasarrufiga o‘tdi va janubliklar ixtiyorida faqatgina bir yirik shahar – Busan (Pusan) qoldi. 5