logo

Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.611328125 KB
Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi
Reja:
1. Shaxsni tarixiy jihatdan rivojlanishi
2. Shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar. 
3. Evolyusion nazariyalar va shaxs. 
4. Shaxs filogenezi va ontogenezi.
5. Individ, subyekt, shaxs, individuallik tushunchasi. Shaxsni tarixiy jihatdan rivojlanishi
19   asrning   birinchi   o’n   yilliklarida   shaxs   psixologiyasi   muammolari   bilan
faylasuflar   bilan   bir   qatorda   shifokor-psixiatrlar   ham   shug’ullana   boshladi.   Ular
birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi  ustidan muntazam ravishda
kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor
hayoti tarixini o’rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda
aniqlanadigan   shaxs   xususiyatlari   bo’ldi.   Keyinchalik   ular   tomonidan   aniqlangan
o’ziga xos xususiyatlar  sog’lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin
ularda   kuchsiz   holatda,   bemorlarda   esa   o’ta   kuchli   tarzda   ifodalanishi   aniqlandi.
Bu,   masalan,   xavotirlik   va   rigidlik,   zatormojennosti   va   qo’zg’aluvchanlik
holatlariga tegishlidir. 
Shaxsni   aniqlash   qirralari   shifokor-psixiatrlar   tomonidan   shunday   atamalar
bilan   belgilangan   ediki,   ular   yordamida   ham   normal,   ham   patologik,   ham
aksentuirovannuyu   shaxsga   ta’rif   berish   mumkin   edi.   Shunga   qaramasdan,   ushbu
yondoshuv   psixologiya   nuqtai   nazaridan   mukammal   deb   hisoblanmaydi.   Bunday
yondoshuvlar   normal   shaxsni   yaxlit   holda   ta’riflash   uchun   juda   qisqa   va   yetarli
emas.   Bunday   aniqlash   turiga   turli   sharoitlarda   aniq   ifodalanuvchi,   doimo   ijobiy,
«mutanosib»   bo’lgan   shaxs   xususiyatlari   kiritilmagan   edi.   Bularga   misol   qilib,
layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. 
XX   asrning   dastlabki   o’n   yilliklariga   kelibgina,   shaxs,   ungacha   inson
holatlari   va   bilish   jarayonlarini   tadqiq   etish   bilan   shug’ullanayotgan   psixologlar
tomonidan   o’rganila   boshladi.   XX   asrda   psixologiyada   tajriba   tadqiqotlari   jadal
olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega
bo’lish   maqsadida   ma’lumotlarni   matematik-statistika   usulida   hisoblash
qo’llanildi. Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni
tadqiq   etishning   ishonchli   va   valid   test   metodlarini   ishlab   chiqish   birinchi
navbatdagi   vazifa   bo’lib   qoldi.   Shaxsga   tegishli   bo’lgan   nazariyalar   va
konsepsiyalarni   tasniflashga   nisbatan   yondoshuvlarning   turli   xillari   mavjud.
Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har
biri   tasniflashga   asos   bo’ladigan   besh   ko’rsatkich   bo’yicha   baholanishi   mumkin. Bularga   hulq-atvorni   tushuntirib   berish   usuli;   shaxs   haqida   ma’lumotlarga   ega
bo’lish   usuli;   shaxsga   burchak   ostidan   qarash;   yosh   darajalari;   shaxsni   tasvirlab
beruvchi tushunchalar kabi ko’rsatkichlar kiradi. 
Mavjud   bo’lgan   shaxs   nazariyalarining   barchasini   hulq-atvorni   tushuntirib
berish usuli bo’yicha   psixodinamik, ijtimoiydinamik   va   interaksion   nazariyalarga
bo’lish   mumkin .   Psixodinamik   nazariyalarga   shaxsning   ruhiy   yoki   ichki
xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta’riflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi
nazariyalar   kiradi.   Ijtimoiydinamik   nazariyalarning   nuqtai   nazariga   ko’ra,   hulq-
atvor   determinasiyasida   asosiy   o’rinni   tashqi   vaziyatlar   egallaydi.   Interaksion
nazariyalar   insonning   dolzarb   faoliyatini   boshqarishdagi   ichki   va   tashqi
omillarning o’zaro harakati tamoyiliga asoslangan. 
Shaxs   haqida   ma’lumotlarga  ega   bo’lish   usuliga   ko’ra  barcha   nazariyalarni
e ksperimental   va   noyeksperimental larga   bo’lish   mumkin .   E ksperimental   shaxs
nazariyalariga tajriba o’tkazish yo’li bilan to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va
umumlashtirishga asoslangan  nazariyalar, noyeksperimentallarga esa – mualliflari
tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga
tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi. 
Navbatdagi   nazariyalarni   tasniflashga   asos   bo’lib   xizmat   qiladigan   nuqtai
nazar   mualliflarning   shaxsni   tuzilishga   ega   bo’lgan   yoki   dinamik   hosila   sifatida
tasvirlovchi   qarashdir.   Tuzilishga   ega   bo’lgan   nazariyalar   qatoriga   tushunchalar
tizimi   yordamida   tasvirlanuvchi   shaxs   tuzilishini   aniqlash   asosiy   muammo   bo’lib
hisoblanadigan   nazariyalar   kiritiladi.   Dinamik   nazariyalar   deb,   asosiy   mavzusi
shaxs   taraqqiyotida   qayta   tuzish,   o’zgartirish,   ya’ni,   uning   dinamikasiga   taalluqli
bo’lgan   nazariyalarga   aytiladi.   Shuningdek,   yosh   va   pedagogik   psixologiyada
yuzaga   kelgan   bir   qator   shaxs   nazariyalari   mavjud.   Bunday   nazariyalar   shaxs
taraqqiyotining   inson   tug’ilganidan   boshlab   maktabni   bitirishigacha   bo’lgan,
chegaralangan   yosh   davrini   ko’rib   chiqishga   asoslangan.   Bundan   tashqari,
mualliflari   o’z   oldilariga   shaxs   taraqqiyotini   insonning   butun   umri   davomida
kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.  Shaxs   nazariyalarini   tasniflash   uchun   asos   bo’ladigan   yana   bir   holat,   bu
nazariyalardagi   shaxsning   ichki   xossalari,   qirralari   va   sifatlari   yoki   uning   tashqi
ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e’tibordir. Shu asosda
qirralar   nazariyalarini   ajratish   mumkin.   Nazariyalar   ushbu   guruhining   holatlarga
ko’ra, barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning rivojlanganligining
to’plami  va  darajasi   bilan  farqlanadi,  shaxs  haqidagi   ma’lumotlarni   esa,  test   yoki
shaxs   qirralarini   aniqlash   va   tasvirlashning   boshqa   usuli   yordamida,   masalan,
ma’lum insonni  kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish
asosida   olish   mumkin.   Shaxs   qirralariga   baho   berishning   ikkinchi   usuli   barcha
odamlarni   tipologik   guruhlarga   birlashtirishdan   iborat.   Bunda   bir   xil   tipologik
guruhga   tegishli   bo’lgan   odamlar   yaqin   psixologik   xususiyatlarga   ega   bo’ladilar,
va ular o’zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda o’xshash bo’ladilar. 
R.S. Nemov tomonidan ko’rib chiqilgan shaxs nazariyalarining tasniflaridan
tashqari,  boshqa  tasniflar   ham   mavjud. Shulardan biri  B.V.  Zeygarnik  tomonidan
ko’rib  chiqilgan  mavjud  bo’lgan   shaxs   nazariyalarini  mazmun-mohiyat  va  tarixiy
tamoyillarda,   ularning   yuzaga   kelishi   va   taraqqiyoti   sharoitlariga   bog’liq   holda
o’rganishdir.   Bunda   nazariyalarning   quyidagi   guruhlari   ajratiladi:   freydizm   va
neofreydizmning   shaxs   nazariyalari,   shaxsning   umuminsoniy   nazariyalari,   ekzist-
yensial   psixologiyaning   shaxs   nazariyalari,   fransuz   ijtimoiy   maktabining   shaxs
nazariyalari   va   boshqalar.   Qisqacha   asosiy   psixologik   shaxs   nazariyalarini   ko’rib
chiqamiz .   Amerikalik   ruhshunos   G.   Ollport   va   ingliz   ruhshunosi   R.   Kettel
tomonidan ishlab chiqilgan  shaxs qirralari nazariyasi  shular jumlasidandir. 
Shaxs   qirrasi   deganda   inson   tomonidan   hayoti   davomida   uning   tajribasi,
irsiyati   va   organizmining   fiziologik   xususiyatlari   asosida   egallanadigan   barqaror
xossa tushuniladi. Shaxs qirralariga xarakter qirralari kiradi. 
G.   Ollport   tan   olgan   shaxs   qirralarini   aniqlash   va   baholashning   usullaridan
biri chet tilini o’rganishga, shaxsni har tomonlama ta’riflash mumkin bo’lgan so’z-
tushunchani   tanlab   olishga   asoslangan.   Tanlab   olingan   so’zlarning   yetarli   tarzda
qisqartirish   yo’li   bilan   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   shaxsiy   qirralarning   ma’lum
odamda   ularni   keyinchalik   baholash   maqsadida   to’la   ro’yxati   tuziladi.   G.   Ollport shaxsiy   qirralarni   o’rganish   metodikasini   tuzishga   xuddi   mana   shu   yo’l   bilan
erishdi. 
Shaxs   qirralarini   baholashning   R.   Kettel   tomonidan   qo’llanilgan   boshqa
usulida   hozirgi   zamon   statistikasining   murakkab   metodi   –   omil   tahlili   ishlatiladi,
bu   metod   o’zini   tahlil   qilish,   so’rov   o’tkazish,   odamlarning   hayotiy   kuzatishlari
natijasida olingan ko’plab turli  ko’rsatkichlar va shaxsga  baho berishni  yetarlicha
kamaytirish imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan mustaqil holatdagi inson
shaxsining   alohida   qirralari   bo’lib   hisoblanadigan   omillar   to’plami   hosil   bo’ladi.
Ushbu   metod   yordamida   R.   Kettel   16   xil   turdagi   shaxs   qirralarini   namoyon
qilishga   muvaffaq   bo’ldi.   Ularning   har   biri   kuchli   va   kuchsiz   rivojlanganlik
darajasini   anglatuvchi   ikkita   nomga   ega   bo’ldi.   Tajribada   aniqlangan   qirralar
to’plami   asosida   R.   Kettel   16-omilli   shaxs   so’rovnomasini   tuzib   chiqdi.   Bu
so’rovnoma   haqida   to’liqroq   ma’lumot   bilan   laboratoriya   mashg’ulotlarida
tanishamiz. 
Shaxsning   psixoanalitik   nazariyasi   (Z.   Freyd,   A.   Adler,   K.   Yung 1
,   e.
Fromm, K. Xorni). Bu nazariyaga ko’ra, shaxs uch qism: Id, ego va Superegodan
iborat insonning ichk i, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga bi-
ologik   ichki   sezgilar   va   insonning   hayvonlar   bilan   umumiy   bo’lgan   organik
ehtiyojlari   kiradi.   Z.   Freyd   jinsiy   ehtiyojlar   va   tahdidlilikni,   A.   Adler   –
hokimiyatga   intilishni,   K.   Xorni   –   turli-tuman   komplekslarni,   e.   Fromm   –
odamning   ozodlikka   yoki   uni   cheklashga   intilishini   ajratib   ko’rsatadilar.   Bu   –
shaxsning   o’zini   anglashi.   Superegoga   inson   qadriyatlari,   uning   hayotiy
maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg’unlik
holatida   bo’lmaydi,   ular   o’rtasida   nevrozlarga,   inson   ruhiyati   va   hulq-atvoridagi
nuqsonlarga sabab bo’luvchi nizolar yuzaga keladi. 
K.   Yung   Freydning   undan   ajralib   chiqqan   birinchi   o’quvchilaridan   biri
bo’lib   hisoblanadi.   Ular   o’rtasidagi   turli   fikrlilikning   paydo   bo’lishiga   Z.
Freydning panseksualizm g’oyasi sabab bo’ldi. 
1
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р407 Yung bo’yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va
jamoaviy   anglanmaganlikdan   iborat.   Inson   shaxsi   tuzilishida   qadimgi   o’tgan
insoniyatdan   qolgan   xotiralardan   hosil   bo’lgan   jamoaviy   anglanmaganlik   asosiy
o’rinni   egallaydi.   Jamoaviy   anglanmaganlik   umumiylik   xususiyatiga   ega.   U   ham
o’z   navbatida   turli   darajalardan   iborat.   Bu   milliy,   irqiy   va   umuminsoniy   meros
bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo’lgan davrdan, ya’ni, odamning
avlodi   bo’lgan   hayvonlarning   tajribasidan   boshlanadi.   Shunday   qilib,   Yung
ta’rifiga   ko’ra,   jamoaviy   anglanmaganlik   –   bu   qadimgi   ajdodlarimizning   ongi
bo’lib, ular o’ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini
o’rganish vositalaridan iborat. 
Jamoaviy anglanmaganlik ba’zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki, real
ijodkorlikda   arxetiplar   ko’rinishida   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   ona   arxetipi   –   bu
hissiyot va obraz mazmuniga ega bo’lgan o’z onasidan kelib chiqqan umumiy ona
g’oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko’rinishda irsiyat orqali oladi va shu asosda o’z
onasining aniq obrazini yaratadi. 
Yung   fikriga   ko’ra,   jamoaviy   anglanmaganlikdan   tashqari   shaxsiy
anglanmaganlik   ham   mavjuddir,   lekin   u   ongdan   ajralmagan   holatdadir.   Shaxsiy
anglanmaganlik qachondir anglangan bo’lib, keyinchalik yoddan chiqarilgan yoki
ongdan   siqib   chiqarilgan   kechinmalardan   iborat.   Shaxsiy   anglanmaganlikning
tuzilish   birligini   mulohazalar   va   xotiralar,   tuyg’ular   qorishmasi,   yig’indisi   tashkil
etadi. 
Shuningdek,   Yung   «Men»   tushunchasini   kiritdi.   Bu   tushuncha   orqasiga
insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik va
anglanmaganlik o’rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. «Men» turlicha ifodalanishi
mumkin. Uning ifodalanishiga bog’liq ravishda odamlarni ma’lum tiplarga ajratish
mumkin.   Yung   insonning   o’ziga   yoki   obyektga   yo’nalganligi   asosida   shaxs
tiplarining   tasniflanishini   keltiradi.   Bunga   muvofiq   ravishda   u   barcha   odamlarni
ekstravertlar va introvertlarga bo’ladi.  Freydning   yana   bir   ustozidan   uzoqlashgan   mashhur   o’quvchilaridan   biri,
individual   psixologiyaning   asoschisi   –   Alfred   Adler 2
  hisoblanadi.   U   Freydning
biologiyalashtirish   nazariyasini   keskin   qoraladi.   Adler,   insonda   asosiysi   –   uning
tabiiy   ichki   sezgilari   emas,   balki,   o’zi   «umumiylik   tuyg’usi»   deb   nomlagan
ijtimoiy   tuyg’ulari   ekanligini   ta’kidladi.   Bu   tuyg’u   tug’ma   bo’lsada,   ijtimoiy
jihatdan rivojlantirilgan bo’lishi zarur. 
Bundan tashqari, Adler  Freydning shaxsni  uch bo’lakka bo’linishi  haqidagi
fikriga   qarshi   chiqdi.   Uning   fikricha,   shaxs   tuzilishi   bir   butun   bo’lib,   shaxs
taraqqiyotidagi   bo’linadigan   qism   bo’lib,   insonning   ustunlikka   intilishi   hisobla-
nadi.   Lekin   bu   intilish   har   doim   ham   amalga   oshavermaydi.   Masalan,   inson
tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o’zining mukammal emasligi tuyg’usini
boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg’u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar
tufayli paydo bo’lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg’usini yengish uchun
turli   ko’rinishdagi   to’ldiruvchilarni   izlay   boshlaydi.   Masalan,   Adler   yuqori
to’ldiruvchini   ishlab   chiqish   imkoniyati   haqida   fikr   yuritadi.   Bu   o’zining
mukammal   emasligiga   qarshi   reaksiyaning   o’ziga   xos   ko’rinishidir.   Yuqori
to’ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi,  jismonan zaif  va irodasiz odamlarning
matonat   bilan   faoliyat   yuritishlariga   sabab   bo’ladi.   Bundan   tashqari,   yuqori
to’ldiruvchanlikda Adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni ko’radi. Misol tariqasida,
u Napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va Napaleonning sarkarda sifatidagi
alohida layoqatlarini, xususan, undagi kichik bo’y o’lchami tufayli yuzaga kelgan
mukammal   emaslik   tuyg’usi   bilan   tushuntirib   berar   edi.   Shunday   qilib,
ko’rganimizdek,   mukammal   emaslik   tuyg’usi   o’z   tabiatiga   ko’ra   tug’ma   bo’lgani
uchun,   Adler   Freydning   nazariy   qarashlarini   ijtimoiylashtirishga   harakat   qilib
ko’rgan bo’lsada, biologiyalashtirishdan to’liq voz kecha olmadi. 
Z.   Freydning   izdoshlaridan   biri   Karen   Xornining   fikriga   ko’ra,   inson
mohiyatining   asosini,   bolada   tug’ma   bo’lgan,   xavotirlanish   tuyg’usida   ko’rish
mumkin   ekan.   Bu   tuyg’u,   Xorni   fikricha,   inson   muntazam   ravishda   boshidan
kechiradigan   dunyodagi   qarama-qarshiliklar   tuyg’usi,   va   uni   bartaraf   etish   istagi
2
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р407 inson   harakatlari   motivasiyasining   asosi   bo’lgan   xavotirlanishni   yuzaga
keltirishidan hosil bo’ladi. 
Xornining   ta’kidlashi   bo’yicha,   inson   ikki   tendensiya:   xavfsizlikka   intilish
va o’z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish ko’p
hollarda   bir-birini   inkor   etadi,   shunda   inson   hulq-atvorning   ma’lum   usullarini
ishlab   chiqqan   holda,   o’zi   so’ndirishga   harakat   qiladigan   asabiylashish   holati
yuzaga keladi. Xorni  hulq-atvorni  to’rt  turga ajratdi:  birinchi  turida «muhabbatga
asabiy   holatda   intilish»   hayotda   xavfsizlikni   ta’minlash   vositasi   sifatida   ifodala-
nadi; ikkinchisi qandaydir obyektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan
qo’rqinch   va   dushmanlik   bilan   tushuntiriladigan   «hokimiyatga   asabiy   holatda
intilish»   da   ifodalanadi;   uchinchi   turida   hulq-atvor   odamlardan   yakkalanishga
intilishda   ifodalanadi;   to’rtinchi   turi   o’zning   yordamga   muhtojligini   («asabiy
tobelik») tan olishda ifodalanadi. 
Xorni   yo’nalishlar   sonini   ko’paytirishga   harakat   qildi,   lekin,   umumiy
hisobda   uch   turida   to’xtaldi:   a)   odamlarga   intilish;   b)   odamlardan   uzoqlashishga
intilish,   mustaqillikka   intilish;   v)   odamlarga   qarshi   harakat   qilishga   (tahdid)
intilish.   Munosabatlarning   bunday   uch   xil   turiga   mos   ravishda   Xorni   shaxs   asab
tizimining uch  turini  ajratadi:  barqaror, bartaraf  etilgan va tahdid soluvchi.  Hulq-
atvorning   bunday   turlari   sog’lom   insonlarga   xosdir.   Sog’lom   va   nevrozga
chalingan   odamlar   o’rtasidagi   farq   shundan   iboratki,   nizoli   tendensiyalari
o’rtasidagi   qarama-qarshilik   sog’lom   odamda   kasallikka   chalingan   odamga
nisbatan ancha kam darajada bo’ladi. 
Shunday   qilib,   Xorni 3
  Freyd   ta’limotining   biologiyalashtirish   mohiyatini
keskin   tanqid   ostiga   olgan   bo’lsada,   o’zining   asosiy   holatidagi   «dastlabki
xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi. 
Shaxs   ijtimoiy   rollari   nazariyasi   (amerikalik   ruhshunos   e.   Bern   va   nemis
ruhshunosi   K.   Levin).   Ushbu   psixologik   nazariya   insonning   hayotda   ma’lum,
o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu
rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo’lib hisoblanadi. 
3
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р 411 Bunday   nazariyaning   ma’lum   bo’lgan   turlaridan   biri   amerikalik   ruhshunos
erik   Bern   tomonidan   taklif   etilgan.   Uning   nuqtai   nazariga   ko’ra,   odam   boshqa
rollardan   ko’proq   quyidagi   ijtimoiy   rollarni   ijro   etadi:   bola   roli,   ota-ona   roli   va
katta odam roli. 
Bola roli katta odamning o’zini boladek his etishda davom etishida va bola
sifatida tutishida namoyon bo’ladi (mas’uliyasiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor
va   g’amho’rlik   talab   etadi   va   h.k.).   Ota-ona   roli   odamning   boshqalar   uchun
mas’uliyatni,   ularga   g’amho’rlikni   o’z   yelkasiga   olishida,   boshqalarga   o’rgatishi,
jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo’ladi. 
Ota-ona   roli   odam   o’zini,   haqiqatdan   ham,   katta   odamlar   o’zlarini   bir-
birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo’lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har
kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar,
ishonadilar, qo’llaydilar va sh.o’. 
Fizikaviy   «maydon»   tushunchasi   va   topologiyada   qabul   qilingan   tasvirlash
tamoyillarini qo’llagan holda, K. Levin 4
  individ va muhit o’rtasidagi mutanosiblik
buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi. 
K.   Levin   konsepsiyasida   boshlang’ich   holat   sifatida   individning   «hayotiy
bo’shlig’i»   ichida   ma’lum   yo’nalish,   kattalik   va   tayanch   nuqtasiga   ega   bo’lgan,
uning   psixologik   kuchlari   (intilishlar,   istaklar   va   sh.o’.)   hosil   bo’ladigan   va
o’zgaradigan   yaxlit   maydon   sifatida   qabul   qilinadi.   «Maydon»ning   bir   xil
hududlari   individni   tortadi,   boshqalari   itaradi.   Obyektlarning   bu   sifati   hulq-atvor
«maydon»   kuchlari   bilan   harakatlanadigan   hulq-atvorning   motivasiyali   tuzilishini
xarakterlovchi   valentlik   (musbat   yoki   manfiy)   deb   ataladi.   Valentlik   shaxs   va
uning maqsadlari, yo’ldagi to’siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik «bo’shlig’ini»
o’z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo’lib hisoblanadi. 
Yuqorida   sanab   o’tilgan   nazariyalardan   tashqari,   turli   ilmiy-psixologik
yo’nalishlar   ham   mavjud.   Bunday   yo’nalishlardan   biri   bo’lib,   umuminsoniy
psixologiya   hisoblanadi.   Umuminsoniy   yo’nalish   psixologlari   uchun   shaxs   faqat
4
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р410 atrofdagi   voqyelikka   emas,   balki,   shaxsan   o’ziga   tegishli   bo’lgan   psixologik
hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar. 
Terapiyadagi   o’zining   metodini   K.   Rodjers   nodirektiv,   ya’ni,   bemorda
jamlangan   metod   deb   nomladi.   Bu   metodga   asosan,   shifokor   bemorga   bosim
o’tkazishi   kerak   emas.   Shifokor   va   bemor   o’rtasidagi   aloqa   bir-biriga   nisbatan
hurmatga   asoslangan   bo’lishi   kerak,   bunda   ularning   ikkisi   ham   suhbat   yoki
aloqaning   teng   huquqli   ishtirokchisi   bo’lib   hisoblanadilar.   Terapevtning   vazifasi
shifokorning   bemor   uchun   ikkinchi   «Men»i   sifatida   namoyon   bo’lishi   va   uning
ichki   olamiga   e’tiborli   bo’lgan   vaziyatni   yaratishdan   iborat.   Bunday   vaziyatda
mijoz   barcha   kechinmalari,   hissiyotlari   qiziqish   va   mamnuniyat   bilan   idrok
etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa  u yoki  bu
kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab yetishga yordam beradi. 
Keyinchalik   Rodjersning   nodirektiv   terapiya   g’oyasi   nodirektiv   hulq-atvor
psixologiya   nazariyasigacha   rivojlandi.   Bu   nazariyaga   asosan,   sog’lom
odamlarning o’zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo’lishi kerak. 
Rodjers 5
  shaxs   nazariyasining   markaziy   halqasi   bo’lib,   o’zini   baholash
darajasi   hisoblanadi.   Bolaning   kattalar   va   boshqa   odamlar,   bolalar   bilan   o’zaro
munosabatlarga   kirishishi   natijasida   unda   o’zi   haqida   tasavvur   paydo   bo’ladi.
Lekin   o’zini   baholashning   shakllanishi   nizolilarsiz   o’tmaydi.   Ko’p   hollarda
atrofdagilarning   baho   berishi   o’zini   baholash   bilan   mos   kelmaydi.   Inson   ko’pda
atrofdagilar   bahosini   qabul   qilish   yoki   o’z   fikrida   qolishdan   birini   tanlay   olmay,
qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo’ladi, buni Rodjers
«jonli   baholash   jarayoni»   deb   ataydi,   chunki   dastlab   baholash   manbai   bola
organizmida   bo’lib   o’tadi,   ya’ni,   bu   yerda   biz   yana   bir   bora   tug’ma   sifatlar
tushunchasi bilan to’qnashamiz. 
Psixologiyadagi   umuminsoniy   yo’nalishning   boshqa   vakili   amerikalik
ruhshunos   Abraxam   Xarald   Maslou 6
  bo’ladi.   Uning   nuqtai   nazariga   ko’ra,
insonning asosiy ehtiyoji – bu o’zini dolzarblashtirish, o’zini mukammallashtirish
va   o’zini   namoyon   etish.   A.   Maslouning   yozishicha:   «O’zini   dolzarblashtiruvchi
5
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р410
6
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р407 odamlarning   barchasi   qandaydir   faoliyat   bilan   mashg’ul   bo’ladi   …   Ular   bunga
berilgan bo’lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o’ziga xos layoqat»11. Bunday
turga   mansub   odamlar   yuksak   qadriyatlarni   amalga   oshirishga   intiladilar   (ular
ichida   –   yaxshilik,   haqiqat,   insoflilik,   go’zallik,   haqqoniylik,   yetuklik   va
boshqalar),   bunday   odamlar   uchun   bular   hayotiy   muhim   ehtiyoj   bo’lib   xizmat
qiladi. Shaxs tuzilishi Maslou bo’yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan
iborat.   Bu   ehtiyojlarni   tubandan   yuqoriga   sanab   o’tamiz:   fiziologik   (organik)
ehtiyojlar,   xavfsizlikka   bo’lgan   ehtiyojlar,   mansublilik   va   muhabbatga   bo’lgan
ehtiyojlar,   hurmat   qilish   ehtiyojlari,   bilish   ehtiyoji,   estetik   ehtiyoj   va   o’zini
dolzarblashtirish ehtiyojlari. 
Yuksak   taraqqiy   etgan   shaxs   insonda   mavjud   bo’lgan   o’zining   barcha
qobiliyatlarini   to’la   rivojlantirish,   ma’nan   o’sish   va   ahloqiy   yuksalishga   intilish
kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo’ladi. 
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan
o’rnining o’zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi
ehtiyojlar   insonning   quyiroq   darajadagi   ehtiyojlari   oz   darajada   bo’lsa,   ham
qondirilgan holatdagina  yuzaga kelib, muhim  va dolzarb ehtiyojga aylanadi;  agar
insonda   yangi   ehtiyoj   yuzaga   kelib,   dolzarblashganida,   uning   yaxlit   ehtiyojlar
darajasi   ham   qaytadan   tuziladi.   Maslou   fikricha,   o’zini   dolzarblashtirish   —   bu
doimiy   taraqqiyot   va   o’z   imkoniyatlarini   amaliyotga   joriy   etish   jarayoni.   Maslou
o’zini   dolzarblashtirish   –   tug’ma   hodisa   bo’lib,   inson   tabiatiga   kiradi   deb
hisoblaydi.   Inson   yaxshilik,   ahloqiylik,   samimiylikka   bo’lgan   ehtiyojlar   bilan
tug’iladi.   Ular   insonning   asosini   tashkil   etadi,   va   odam   bu   ehtiyojlarni   joriy
qilishni bilishi kerak bo’ladi. 
Rossiya   psixologiyasida   shaxs   sohasida   ma’lum   bo’lgan   tadqiqotlar   L.S.
Vigoskiy   maktabi   vakillarining   nazariy   ishlari   bilan   bog’liq.   Shaxs   muammosini
hal etishga A.N. Leontyev va L.I. Bojovich katta hissa qo’shganlar. 
L.S.   Vigoskiy,   L.I.   Bojovich   tomonidan   kiritilgan   yetakchi   faoliyat   va
taraqqiyotning   ijtimoiy   vaziyati   tushunchalariga   tayanib   ish   ko’rish   bola
hayotining   turli   davrlarida   faoliyatning   o’zaro   ta’siri   va   shaxslararo   muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh
bilan   qarash   shakllanishini   ko’rsatdi.   Bu   nuqtai   nazar   shaxsning   muhim
xususiyatlaridan biri, faoliyat yetakchi  motivlari  yig’indisi  sifatida tushuniladigan
taraqqiyotning sharti bo’lib hisoblanadi. 
A.N.   Leontyev   o’zining   markaziy   o’rinni   faoliyat   tushunchasi   egallagan
shaxs   tuzilishi   va   taraqqiyoti   konsepsiyasini   taklif   etdi.   L.I.   Bojovichning
konsepsiyasiga o’xshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati
shaxsning   motivasiya   sohasi   bo’lib   hisoblanadi.   Uning   nazariyasidagi   muhim
tushuncha   inson   faoliyati   maqsadlarining   uning   motivlariga,   ya’ni,   ayni   damda
bevosita qo’zg’atuvchiga yo’nalganlikka bo’lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy
mohiyatdir.   Shaxsga   tegishli   bo’lgan   faoliyat   turlari   qanchalik   keng,   turli-tuman
bo’lsa,   ular   shunchalik   taraqqiy   etgan   va   tartibli,   shaxsning   o’zi   esa   shunchalik
ma’nan boy bo’ladi. 
Xulosa   o’rnida,   shaxs   bo’yicha   tadqiqotlar   hozirda   ham   faollik   bilan   olib
borilayotganini   ta’kidlab   o’tish   joiz.   Hozirgi   zamon   tadqiqotlarining   muhim
xususiyati   nazariy   qarashlar   eksperimental   tadqiqotlar   asosida   shakllanishidan
iborat. 
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so’zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi
rus   tilida   «soxta   qiyofa»   so’zi   «rol»,   ya’ni,   odam   boshqalar   bilan   muloqotda
bo’lganida   kiyib   oladigan   biror-bir   ijtimoiy   niqob   ma’nosini   anglatuvchi   «rol»ni
bildirar edi.  Lotincha persone so’zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob
ortidan so’zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter
sahnaga   u   yoki   bu   –   yovuz,   laganbardor,   payg’ambar,   qahramon   xarakterlari
chizilgan   niqobda   chiqardi.   Niqobning   bo’yoqlari   ijtimoiy   vazifani   bajaruvchi,   u
yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi. 
Qadimgi   Yunonistonda   «shaxs»   tushunchasiga   mos   keluvchi   atama   ishlab
chiqilmagan   edi.   O’zining   betakror   taqdiriga   ega   bo’lgan   shaxs   haqida   Aflotun
bilmas edi, bilishni ham  xohlamasdi. Uning o’rnini ruh egallagan edi. Arastuning
«Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo’l ochib berdi.  Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning
yuz   qismini,   tashqi   ko’rinish,   bundan   tashqari,   tragediyada   ishtirok   etuvchi
ijrochini   belgilovchi   prosopon   o’rniga,   lotincha   persona   so’zi   qo’llanildi,   bu   so’z
avvaliga,   yunoncha   so’zga   o’xshab,   tragediyadagi   akterning   roli   va   niqobini
anglatar   edi.   Lekin   keyinchalik   alohida   individning   nomi   sifatida   saqlanib   qoldi.
Rim   fuqarosi   huquqiy   va   diniy   zot,   avlodlar   ismi-sharifi   va   mulk   egasi   sifatida
ta’riflanadi. 
Sharqda   umuman   boshqacha   holat   edi.   Induizm   va   buddizmda   shaxs   inkor
etilib, faqatgina «o’zlik» e’tirozsiz tan olinadi. 
K.   Yungning 7
  psixoanaliz   nazariyasiga   asosan   «shaxs»   tushunchasi
odamning   jamiyatdagi   ijtimoiy   roli   bilan   bog’liq.   Hayoti   jarayonida   u   ijtimoiy
talablarga   mos   ravishda   o’zini   tutishni   o’rganadi.   Har   bir   kasb   uchun,   masalan,
jamiyat   a’zosi   taqib   yuradigan   ma’lum   niqob   xosdir.   Shaxs   xarakterni   tashkil
etuvchi bo’lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog’liq bo’lib, ichki «Men»ning
himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. 
Ko’pgina   tillarda   mavjud   bo’lgan   «o’zlikni   yo’qotish»   iborasi   o’zining
egallab turgan o’rnini va darajasini yo’qotishni bildiradi. 
Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi  odamning yuzi bilan emas,
balki butun tanasi bilan bog’lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda
o’rganiladi,   chunki   inson   chehrasi   ruhining   timsolidir,   xitoyliklar   tafakkurida   esa
«hayotchanlik»   tushunchasiga   individning   ham   ma’naviy,   ham   vujudiy   sifatlari
kiradi. 
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni
ijro   etganda   o’ziga   xoslikka   ega   bo’ladigan   tashqi,   yuzaki   ijtimoiy   obraz   –
qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi . 
Pedagogika,   psixologiya   va   falsafada   shaxsga   o’xshash   ko’plab   qarama-
qarshi   ta’riflari   keltirilgan   ilmiy   tushunchani   uchratish   amri   mahol.   Mashhur
ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko’ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs»
tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda shaxsning
7
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р410 yigirmaga   yaqin   ta’rifini   ko’rib   chiqqandan   so’ng   uning   o’zi   shaxs   emasligini
xulosa qildi. 
Narx   tushunchasini   tilla   tanga   yoki   qimmatli   qog’ozning   fizik-kimyoviy
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug’dirgani kabi, faylasuf e.V.
Ilyenkovning   yozishi   bo’yicha,   shaxs   sir-cinoatini   inson   miyasi   xususiyatlariga
tenglashtirib bo’lmaydi. Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga
bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi. 
Voqyeiy shaxs o’zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo’lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Na-
poleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy
ahamiyatga   molik   ishlar   mujassam   bo’lgan   shaxslarni   boshqalar   bilan   adashtirib
yuborish mumkin emas. Shaxslar ko’lami, e.A. Ilyenkovning odilona fikriga ko’ra,
faqat   ularnigina   emas,   boshqalarni   ham   qiziqtiradigan   o’zlarining   faoliyatlari
ko’lami bilan o’lchanadi. 
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu
turmush   tarzi,   uning   shakli,   hayotning   alohida   holati,   evolyusiyasining   noyob
topilmasi.   Shaxs   –   bu   «tabiatning   yirik   mushohadasi».   Shunday   ta’rif   bergan
bo’lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa
yuksak   belgilarga   bog’liq   emas.   Tushunsangizchi,   axir   insonning   eng   muhim
ehtirosi – bu ro’yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo’lmoq»
Ruhshunoslar   individning   jamiyat   hayotidagi   faol   ishtirokini   shaxsning
asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananyev «shaxs»ga «jamiyatning insonga
uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko’rsatadigan ko’plab iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari obyekti» sifatida ta’rif beradi. A.N. Leontyev
fikriga   ko’ra,   «shaxs   insonning   ijtimoiy-tarixiy   va   ontogenezdagi   taraqqiyotining
nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o’zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu
biror-bir   ijtimoiy   guruh   tuzilishida   ma’lum   o’rinni   egallagan   insonning   kutilgan
hulq-atvoriga   javob   beradigan   dastur;   bu   insonning   jamiyat   hayotidagi
ishtirokining   tuzilishga   ega   bo’lgan   usulidir)».   Shaxs   taraqqiyoti   individning
ijtimoiylashuvi   va   tarbiya   topishi   sharoitlarida   amalga   oshiriladi.   Umumiy   psix- ologiyada ko’pchilik hollarda shaxs  sifatida qandaydir  yadro, mag’iz, individning
turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va
barqarorlik bag’ishlovchi yig’indi va amodal boshlang’ich modda tushuniladi. 
L.S. Vigoskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so’ngra uni yana
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning  taraqqiy
etishi   mumkin   emasligi   (interiorizasiya   va   eksteriorizasiya   qonunlari)   haqida
yozgan edi. 
Bu   xususda   psixologlarga   tarix   fanining   ba’zi   bir   namoyondalari   ham
qo’shiladilar.   G.S.   Knabening   ta’kidlashiga   ko’ra,   ««shaxs»   insonning   jamiyat
hayotidagi   ishtirok   i   va   hayotda   tutgan   o’rni   nuqtai   nazaridan   insonga
xosxususiyatdir».   V.A.   Shkuratov   quyidagi   definisiyani   keltiradi:   «Shaxs   jamiyat
a’zosi   va   faoliyatdagi   mavjudotning   ifodalanishini   ijtimoiy   turlarga   ajratish…
Shaxsni   uning   ijtimoiy   va   madaniy   doirasi,   kelib   chiqishi,   kasbi,   o’z   tipi   va
h.k.larning   xususiyatlaridan   yig’ib   olish   mumkin   ».   Hozirgi   kunda   psixologiya
shaxsni   insonning   jamiyatdagi   hayotida   shakllanadigan   ijtimoiy-psixologik   hosila
sifatida   tushuntiradi.   Odam   ijtimoiy   mavjudot   sifatida   boshqa   odamlar   bilan
munosabatlarga   kirishganida   va   bu   munosabatlar   uning   shaxsini   shakllantiruvchi
hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo’ladi. 
Chet   el   psixologiyasida   inson   shaxsi   sifatida   barqaror   belgilar   majmuasini
tashkil  etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli  hayotiy
vaziyatlarga   moslashayotganida   aynan   shu   insonga   xos   bo’lgan   fikrlar   oqimi   va
hulq-atvorini   belgilab   beradigan   ma’naviyat   tushuniladi.   J.   Godfruaning   fikricha,
shaxs   umumiy   holda   ham   irsiy,   ham   ijtimoiy-madaniy   ta’sirlar   bilan   belgilanadi.
«Shaxs» tushunchasi o’z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida
ijtimoiy   muhit   (oila,   maktab,   «boshqa   ahamiyatlilar»)   va   faoliyat   (o’yin,   bilish,
mehnat) bilan faol  o’zaro ta’sirlar  jarayonida hosil  bo’lgan individga xos bo’lgan
ijtimoiy sifatlar yig’indisini birlashtiradi. 
Inson   shaxsi,   keng   tarqalgan   tasavvurlarga   qarshi   o’laroq,   30-yoshga
yetgunicha   o’zgarmasdan   qolmaydi.   Misol   keltiradigan   bo’lsak,   Kaliforniya
Universitetining   bir   guruh   olimlari   130   mingdan   ortiq   odamlarning   «Katta Beshlik» (vijdoniylik, murosaga  kelish layoqati, nevrotizm  va ekstravertlik)  nomi
bilan   ma’lum   shaxsiy   sifatlarini   tahlil   qilganlar.   Bu   sifatlar   kayfiyatga   bog’liq
emas,   shuning   uchun   yetarlicha   ishonchli   tarzda   namoyon  bo’ladi.  Odamlar   yosh
o’tishi   bilan   hayotiy   ixtiloflarni   tezda   bartaraf   etishga   o’rganadilar,   xususan,
shafqatliroq va mehribonroq bo’lishga intiladilar. 
Aniqlanishicha,   ayollarda,   erkaklardan   farqli   o’laroq,   yosh   o’tishi   bilan
nevroz   holatlari   kamayadi.   Ikki   jins   vakillarida   samimiylik   bir   oz   kamayadi.
Olimlarning   fikriga   ko’ra,   20–30   yoshlilarda   murakkab   vazifalarni   bajarishda   va
tashkilotlar   tuzishda   ko’mak   beradigan   vijdoniylikning   kuchayishi   kuzatiladi.
Murosaga   kelishga   moyillik,   aksincha,   ko’pchilik   holatlarda   30   yoshdan   so’ng
yorqin namoyon bo’ladi. 
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs»
tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko’rsatganimizdek,
R.S.   Nemov   tomonidan   berilgan   shaxsning,   fikrimizcha,   yanada   aniq   va   to’liq
psixologik ta’rifidan foydalanamiz. 
Shaxs   asosini   uning   tuzilishi   tashkil   etadi,   bu   esa   shaxsning   yaxlit   hosila
sifatida   har   taraflama   nisbiy   barqaror   aloqa   va   o’zaro   ta’sirga   ega   bo’lishidan
iborat.   Psixologlar   shaxs   tuzilishida   turli   tarkibiy   qismlarni   ajratadilar.   S.L.
Rubinshteyn   temperament,   xarakter,   layoqatlarda;   bilimlar,   malakalar   va
ko’nikmalarda;   yo’nalganlikda   namoyon   bo’ladigan   individual-tipologik
xususiyatlarni ko’rsatib o’tadi. A.G. Kovalev yo’nalganlik, xarakter, imkoniyatlar
va   mashqlar   tizimini   ajratadi.   M.I.   Yenikeyev   temperament,   yo’nalganlik,
layoqatlar   va   xarakterni   sanab   o’tadi.   Mashhur   psixolog   K.K.   Aflotunov
yo’nalganlik   tarkibini,   ijtimoiy   tajriba   tarkibini,   psixologik   tarkibni   va   biologik
asoslangan tarkibni ajratib ko’rsatadi. 
Shaxs filogenezi va ontogenezi
«Shaxs   shakllanishi»   tushunchasi   ikki   ma’noda   qo’llaniladi:   1)   shaxs
shakllanishi   uning   rivojlanishi,   jarayoni   va   natijasi   sifatida.   Shaxs   shakllanishi
tushunchasining   xuddi   shu   ma’noda   qo’llanilishi   psixologik   o’rganish   predmeti
bo’lib   hisoblanadi,   uning   vazifasiga   esa   mavjud   bo’lganlarni   (mavjud,   tajribada ma’lum bo’ladigan) va rivojlanayotgan shaxsda maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy
ta’sirlar   sharoitida   mavjud   bo’lishi   mumkinlarni   aniqlash   kiradi.   Bu   shaxs
shakllanishini   o’rganishga   psixologik   yondoshuv dir;   2)   shaxs   shakllanishi
maqsadga yo’naltirilgan tarbiya sifatida. Bu shaxs shakllanishiga doir masalalarni
va   usullarni   hal   etishga   bo’lgan   pedagogik   yondoshuv .   Pedagogik   yondoshuv
jamiyatning   ijtimoiy   talablariga   mos   kelishi   uchun   shaxsda   shakllanishi   kerak
bo’lganlarni aniqlashtirish zarurligini belgilaydi. 
Inson   shaxs   bo’lib   tug’ilmaydi,   unga   aylanadi.   Shaxs   taraqqiyoti
bo’ysunadigan   qonunlarga   doir   turli   nuqtai   nazarlar   mavjud.   Turli   xil   shaxs
nazariyalari   ko’pchilikni   tashkil   etadi,   ularning   har   birida   shaxs   taraqqiyoti
muammosi   o’ziga   xos   holatda   ko’rib   chiqiladi.   Psixologik   tahlil   nazariyasi
rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda
ehtiyojlarni   qondirishning   ma’lum   himoya   mexanizmlari   va   usullarining
ishlanmasi   sifatida   tushuntiradi.   Xususiyatlar   nazariyasiga   ko’ra,   shaxs
xususiyatlari   hayoti   davomida   shakllanadi,   ularning   hosil   bo’lish,   o’zgarish   va
barqarorlashtirish jarayonlari  nobiologik qonunlarga bo’ysunadi. Ijtimoiy ta’limot
nazariyasiga ko’ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o’zaro ta’sirlashuvi ma’lum
usullarining   shakllanishi   sifatida   o’rganiladi.   Umuminsoniy   va   boshqa   noyob
hodisalar   bilan   bog’liq   nazariyalar   «Men»ning   vujudga   kelish   jarayoni   sifatida
tushuntiradilar.   Shaxs   taraqqiyoti   uning   ijtimoiylashuvi   va   tarbiyasi   jarayonida
sodir   bo’ladi.   Mavjudligining   birinchi   kunlaridan   boshlaboq,   inson   o’ziga
o’xshaganlar   qurshovida   bo’ladi,   turli   xil   ijtimoiy   munosabatlar   va   o’zaro
harakatlarda   qatnashadi.   Birinchi   ijtimoiy   tajribani   oilasi   sharoitida   orttiradi,
so’ngra   turli   jamoalar   sharoitida   shaxsining   ajralmas   qismiga   aylangan   subyektiv
tajribani   to’plab   boradi.   Bu   jarayon,   shuningdek,   individ   tomonidan   ijtimoiy
tajribaning faol tarzda ishlab chiqarilishi  ijtimoiylashuv  jarayoni deb ataladi. 
B.G.   Ananyev   konsepsiyasiga   ko’ra,   ijtimoiylashuv   jarayoni   insonning
shaxs   sifatida   va   faoliyat   subyekti   sifatida   bunyodga   kelishini   ikki   yo’nalishli
jarayon   sifatida   ko’rib   chiqiladi.   Bunday   ijtimoiylashuvning   yakuniy   maqsadi individuallikning shakllanishidan iborat bo’ladi. Individuallashtirish deganda aniq
shaxsning rivojlanish jarayoni tushuniladi. 
Ijtimoiylashuv   bilan   birgalikda   yana   bir   jarayon   –   madaniylashtirish   xam
amalga oshiriladi. Agar ijtimoiylashuv – bu ijtimoiy tajribani  o’zlashtirish bo’lsa,
madaniylashtirish   –   bu   individning   umuminsoniy   madaniyat   va   turli   davrlardagi
inson   faoliyatining   moddiy   va   ma’naviy   qadriyatlari   jamlangan   tarixiy   tarkib
topgan faoliyat usullarini o’zlashtirishdan iborat. 
Shaxs taraqqiyoti muammosining u yoki bu nazariya nuqtai nazaridan ko’rib
chiqishdan   tashqari,   shaxsni   turli   yondoshuvlar   nuqtai   nazaridan
integrasiyalashtirilgan holda, yaxlitligicha ko’rib chiqish g’oyasi ham mavjud. Shu
asosda, shaxs barcha qirralarining kelishilgan holda, tizimli shakllanishi va o’zaro
bog’liq bo’lgan o’zgarishlarini  e’tiboriga  qabul  qiluvchi  bir  qancha  konsepsiyalar
shakllandi. Ushbu taraqqiyot konsepsiyalari integrasiya konsepsiyalariga kiradi. 
Shunday   konsepsiyalardan   biri   amerikalik   ruhshunos   olim   e.   Erikson
tomonidan   ishlab   chiqilgan   nazariya   hisoblanadi,   u   taraqqiyotga   nisbatan   o’z
qarashlarida   e pigenetik   tamoyil :   inson   o’z   shaxsiy   taraqqiyotida   tug’ilishidan
boshlab, to so’nggi kunlarigacha majburiy ravishda bosib o’tadigan bosqichlarning
irsiy belgilanganligiga rioya qiladi. E.Yerikson har bir odamda muqarrar ravishda
ro’y beradigan sakkiz xildagi hayotiy ruhiy inqirozlarni ajratib, ta’riflab berdi: 
1. Ishonch inqirozi – ishonchsizlik (hayotining birinchi yili davomida). 
2.   Gumonsirash   va   uyatchanlikka   qarshi   o’laroq,   o’zini   idora   qilish   (2-3
yoshlar atrofida). 
3.   Aybdorlik   hissiga   qarshi   o’laroq,   tashabbuskorlikning   paydo   bo’lishi
(taxminan uchdan olti yoshgacha). 
4. Mukammal emaslik kompleksiga qarshi o’laroq, mehnasevarlik (7 dan 12
yoshgacha). 
5.  Individual   g’o’rlik  va   konformizmga   qarshi   o’laroq,  shaxsiy   yo’nalishga
ega bo’lish (12 dan 18 yoshgacha). 
6.   Shaxsiy   ruhiy   yakkalanishga   qarshi   o’laroq,   samimiylik   va
muloqotchanlik (20 yoshlar atrofida).  7.   «O’ziga   g’arq   bo’lish»ga   qarshi   o’laroq,   yangi   avlod   tarbiyasi   haqida
qayg’urish (30-60 yoshlar orasida). 
8. Umidsizlanishga qarshi o’laroq, bosib o’tilgan hayot yo’lidan mamnunlik
(60 yoshdan katta) (7.2 jadval).
Yerikson  konsepsiyasida   shaxsning  vujudga  kelishi   har  bir  bosqichda  sodir
bo’ladigan   inson   ichki   olami   va   atrofdagi   odamlar   bilan   munosabatlarining   sifat
o’zgarishlari   almashinuvi   tarzida   tushuniladi.   Buning   natijasida   u   shaxs   sifatida
rivojlanishning,   aynan,   hozirgi   bosqichiga   tegishli   bo’lgan   va   butun   umri
davomida   saqlanib   qoladigan   yangi   xususiyatlarga   ega   bo’ladi.   Bunda   yangi
shaxsiy qirralar, erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi. 
Inson shaxs  sifatida shakllanishi  va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga
kamchiliklarga   ham   ega   bo’ladi.   Turli   xildagi   ijobiy   va   salbiy   yangi   hosilalarni
birgalikda   yagona   nazariyada   izchil   tarzda   umuman   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.
Shuning uchun erikson o’z konsepsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikki keskin:
normal va anormal yo’nalishlarni aks ettirdi. Hayotda ular sof ko’rinishda deyarli
uchramaydi,   lekin   aniq   chegaralangan   qutblar   yordamida   inson   shaxsiyati
taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin. 
Shaxs   taraqqiyoti   muammosini   o’rganishda   mualliflar   inson   rivojlanishini
belgilab   beruvchi   sabablarni   aniqlashga   harakat   qiladilar.   Tadqiqotchilarning
ko’pchiligi   shaxs   taraqqiyotining   harakatlantiruvchi   kuchi   sifatida   turli
ko’rinishdagi   ehtiyojlar   majmuasini   tan   oladilar.   Bunday   ehtiyojlar   orasida   o’z-
o’zini   o’stirishga   bo’lgan   ehtiyoj   asosiy   o’rinni   egallaydi.   O’z-o’zini   o’stirishga
bo’lgan   intilish   qandaydir   erishib   bo’lmaydigan   yetuklikka   intilishni   bildirmaydi.
Shaxsning   aniq   maqsad   yoki   ijtimoiy   darajaga   erishishga   bo’lgan   intilishi   o’ta
muhimdir. 
Shaxs   taraqqiyotining   umumiy   muammolari   qatorida   o’rganiladigan
masalalardan   yana   biri   shaxsiy   xossalarning   barqarorlik   darajasi   haqidagi   masala
hisoblanadi.   Ko’pchilik   shaxs   nazariyalarining   asosida   shaxs   ijtimoiy-psixologik
noyob   hodisa   sifatida   o’zining   asosiy   ifodalanishida   hayotiy   barqaror   tuzilma
bo’lib   hisoblanishi   haqidagi   faraziy   tushuncha   yotadi.   Aynan   shaxs xususiyatlarining   barqarorlik   darajasi   harakatlarining   ketma-ketligini   va   ma’lum
hulq-atvorni  belgilaydi, uning harakatlariga  qonuniylik xususiyatini  beradi. Lekin
qator tadqiqotlar natijasida inson hulq-atvori anchayin o’zgaruvchanligi aniqlandi.
Shuning   uchun   qonuniy   ravishda   inson   shaxsi   va   hulq-atvorining   barqarorligi
haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tug’iladi. 
Tadqiqotlarning   natijalariga   ko’ra,   tug’ma   anatomik   va   fiziologik
xususiyatlar,   asab   tizimi   xossalari   bilan   bog’liq   bo’lgan   shaxsning   dinamik
xususiyatlari   yuqori   darajadagi   barqarorlikka   ega   bo’ladi.   Ularga   temperament,
emosional   reaktivlik,   ekstraversiya   –   introversiya   va   boshqa   ba’zi   bir   sifatlar
kiradi.   Shuningdek,   aniqlanishicha,   shaxsning   ham   barqaror,   ham   o’zgaruvchan
real hulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog’liqdir. 
«Umumiy  psixologiya»  (2002  y.)  darsligining  muallifi  A.G.   Maklakovning
fikriga   ko’ra,   inson   barcha   odamlarga   xos   bo’lganligidan   o’ta   barqaror   hosilani
tashkil   etuvchi   shaxsning   qator   xususiyatlariga   egadir.   Bular   integrativ
xususiyatlardir,   ularga   shaxsning   moslashuvchanlik   potensiali   kiradi.
Maklakovning   nuqtai   nazari   bilan   qaraganda,   har   bir   odam   shaxsiy
moslashuvchanlik   potensialiga,   ya’ni,   ijtimoiy   muhit   sharoitlariga   samarali
moslashish   imkonini   beruvchi   ma’lum   psixologik   xususiyatlar   to’plamiga   ega.
Shaxsiy   moslashuvchanlik   potensialining   rivojlanish   darajasiga   ko’ra   inson   turli
vaziyatlarda o’z hulq-atvorini u yoki bu darajada samarali shakllantiradi. Shunday
ko’ra,   hulq-atvorning   muntazamliligi   haqida   emas,   balki   turli   sharoitlarda
mutanosib hulq-atvorni belgilovchi qirralar doimiyligi haqida so’z yuritish lozim. 
Individ, subyekt, shaxs, individualliktushunchasi
Shaxs   –   psixologiya   fanining   asosiy   ilmiy   tushunchalaridan   biri   bo’lib
hisoblanadi.   Shaxsning   nimaligini   tushunish   va   uning   ruhiy   tuzilishini   ta’riflash
imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson
individ shaxs individuallik» qatorida ko’rib chiqamiz. 
Inson   o’ta   murakkab   mavjudot   sifatida   cheksiz   murakkab   dunyoda,
aniqrog’i, ko’plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur
faylasuflaridan   biri   Yurgen   Xabermas   asosiylari   sifatida   uch   dunyoni:   tashqi dunyo,   ijtimoiy   dunyo   («bizning   olam»),   ichki   dunyo   («mening   olamim»,
individuallik   va   betakrorlilik   «mening   mavjudligimning»   betakrorligi)   ajratishni
taklif etdi. 
Tashqi   dunyo   –   bu   insonning   tabiat   qonunlarini   bilishda   va   ularni   o’z
maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo’llashda egallaydigan tabiat olami. Bu
fan,   texnika,   amaliyot   olamidir.   Bu   barcha   narsa   isbot   talab   etuvchi   maqsadga
muvofiq faoliyat olamidir. 
Ijtimoiy   dunyo   –   bu   insonni   dunyoga   kiritishning   asosiy   vositasi   jismli
faoliyat   bo’lgan   olam.   Insonni   atrofdagi   olamga   va   o’ziga   nisbatan
munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va
yo’nalishini   anglash   uchun   insonning   olamda   tutgan   o’rnini   aniqlab   olish   zarur.
Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan
o’rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog’liqdir. Insonni
biologik  organizm,  tur   birligi   sifatida   hayvondan   farq  qiluvchi   tub  negizli   belgisi
jamiyatga   tegishlilik,   ijtimoiylik   hisoblanadi.   Bundan   kelib   chiqadiki,   shaxsni
o’rganishda   dastlabki   holat   bo’lib   uning   jamiyatdagi   o’rni,   ijtimoiy   munosabatlar
tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi . 
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi
va bu bilan bog’liq kechinmalar ma’nosida so’z yuritadigan bo’lsak, u holda inson
mavjud   bo’la   oladigan   keyingi   –   bu   «mening»   ichki   olamim   dunyosiga   murojaat
qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish,
u   yoki   bunga   shaxsiy   tegishlilik,   boshqa   odamlar   bilan   mavjudlikning
«hodisaviyligi»   bilan   to’la.   Bu   dunyoga   jismli   faoliyat   o’z   shaklini   o’zgartirgan
holda   oddiy   holatdagi   foydali   faoliyat,   shaklini   yo’qotgan   jismli   harakat   bo’lib
emas,   balki,   «shaxsiy»   faoliyat,   ijodiyot   sifatida   kiradi,   ijtimoiy   hulq-atvor   esa
«mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga
yaqinlashish, boshqalarga o’zini ochishning vositasi, o’zini namoyon etish sifatida
kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo’lgan maxsus faoliyat turlari: o’yin,
san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo’ladi.  «Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ
– bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiyens turiga mansub vakil.
Ushbu   holatda   individ   biologik   turning   umumiy   irsiy   xossalarini   tashuvchi
biologik   organizm   (har   bir   odam   individ   bo’lib   tug’iladi)   sifatida   tushuniladi,
ya’ni,   insonning   biologik   mohiyati   ta’kidlanadi.   Lekin   ba’zida   «individ»
tushunchasi   odamni   insoniy   umumiylikning   alohida   vakili,   mehnat   qurollaridan
foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo’llaniladi. 
Agar «inson» tushunchasi  o’z ichiga odamlarga xos bo’lgan barcha insoniy
sifatlarning   yig’indisini,   ularning   ma’lum   insonda   mavjudligi   yoki   mavjud
emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo’lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni
xarakterlaydi va qo’shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik
xossalarni   ham   kiritadi.   Bundan   tashqari,   ushbu   tushunchaga   ma’lum   odamni
boshqalardan   ajratib   turuvchi   sifatlar   bilan   birga,   aynan   shu   odamga   va   ko’plab
boshqa odamlarga tegishli bo’lgan umumiy xossalar ham kiradi. 
Shaxs   tushunchasining   mohiyatli   tomonlarini   belgilab   beruvchi   turli   xil
ta’riflar mavjud. A.N. Leontyev ta’rifiga ko’ra: «Shaxs – faoliyat subyekti», A.G.
Kovalevning   –   «shaxs   ijtimoiy   munosabatlar   subyekti   va   obyekti   sifatida»,   K.K.
Aflotunovning   –   «shaxs   –   o’z   o’rnini   anglovchi   layoqatli   jamiyat   a’zosi»,   S.L.
Rubinshteynning   –   «shaxs   –   tashqi   ta’sirlarning   oldini   oluvchi   ichki   sharoitlar
yig’indisi»,   A.V.   Petrovskiyning   –   «shaxs   –   individ   tomonidan   jismli   faoliyat   va
muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan
ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib
boruvchi o’ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo’lgan tafakkur
va   hulq-atvorni   belgilab   beruvchi   shaxs   qirralari   yig’indisi»   va   boshqalarning
ta’riflari shulardan iborat. 
Bizlar   esa   R.S.   Nemov   tomonidan   shaxsga   berilgan   ta’rifni   qo’llaymiz:
«Shaxs   –   bu   ijtimoiy   asoslangan,   ijtimoiy   tabiatga   ega   bo’lgan   aloqalar   va
munosabatlarda   namoyon   bo’ladigan,   barqaror,   odamning   o’zi   va   atrofidagilar
uchun   ahamiyatli   bo’lgan   ahloqiy   harakatlarni   belgilab   beruvchi   o’zining
psixologik xususiyatlari tizimidagi inson»8.  Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik obyekt sifatida,
ikkinchidan,   ongli   faoliyat   subyekti   sifatida   va,   uchinchidan,   ijtimoiy   mavjudot
sifatida   o’rganilishi   mumkin,   bu   uch   darajaning   yaxlit   uyushmaga   birlashishi
insonning yig’indi xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi. 
Individuallik   –   bu   ma’lum   insonning,   uning   noyobligi,   betakrorligi   nuqtai
nazaridan o’ziga xos bo’lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig’indisi. 
Individuallik – bu ko’rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko’ra eng
tor   tushuncha   hisoblanadi.   U   o’zida   insonning   boshqa   odamlardan   farq   qiluvchi
o’ziga   xos   va   shaxsiy   xossalarini   jamlaydi.   Individuallik   turli   xildagi   tajriba,
bilimlar,   fikrlardagi   tafovutlar,   xarakter   va   temperamentlardagi   farqlar,   o’zimiz
isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o’ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo’ladi. Mo-
tivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko’rsatkichlari.
«Individuallik»   tushunchasi   individning   faqat   o’ziga   xos   ruhiy   xususiyatlarini
emas,   balki   morfofiziologik   (bo’y   o’lchami,   tana   tuzilishi,   yuz   tuzilishi   va   h.k.)
xususiyatlarini ham aks ettiradi. 
Individuallik   –   o’z   mohiyatiga   ko’ra,   boshqalar   tomonidan   kuzatilishi
mumkin   bo’lgan,   tashqarida   joylashgan   narsa.   Faqat   boshqalar   bir   odamning
boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin. 
Shunday qilib, bizlar ko’rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik»
tushunchalari   hajmiga   ko’ra   turlichadir.   Bular   orasida   keng   ma’no   kasb   etib,
boshqa  tushunchalarni   ham   o’zida   jo  etadigan  tushuncha   «inson»  atamasidir,  eng
tor atama esa – «individuallik» tushunchasi. 
    A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston.  2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami.  1- 2 2  jildlar. T. O’zbekiston. 1996-201 4 .
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.  T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov I.A. “Ona  yurtimiz baxtu iqboli  va buyuk kelajagi  yo’lida xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
  Leontyev A.N. Leksii po obщyey psixologii: ucheb.posobiye dlya stud.vыssh.ucheb.zavedeniy. – 5-ye izd., ster. – M.: Smыsl; Izdatelskiy sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
5. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii.  –SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
6. Lyubimov V.V. Psixologiya vospriyatiya.  –  M.: Eksmo, 2007.  – 472 s.
7. Ob щ aya   psixoloriya:   v   7   t.:   uchebnik   dlya   stud.   v ы ssh.   ucheb.     Pod   red.
B.Bratusya. –  M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2007. 
8. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.   
9. Buss,   David   M.   Evolutionary   psychology:   the   new   science   of   the   mind   /   
David M. Buss. - 3rd ed .

Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi Reja: 1. Shaxsni tarixiy jihatdan rivojlanishi 2. Shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar. 3. Evolyusion nazariyalar va shaxs. 4. Shaxs filogenezi va ontogenezi. 5. Individ, subyekt, shaxs, individuallik tushunchasi.

Shaxsni tarixiy jihatdan rivojlanishi 19 asrning birinchi o’n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug’ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o’rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo’ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o’ziga xos xususiyatlar sog’lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o’ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti va qo’zg’aluvchanlik holatlariga tegishlidir. Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aksentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi. Shunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va yetarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo’lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. XX asrning dastlabki o’n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug’ullanayotgan psixologlar tomonidan o’rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo’lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo’llanildi. Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo’lib qoldi. Shaxsga tegishli bo’lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo’ladigan besh ko’rsatkich bo’yicha baholanishi mumkin.

Bularga hulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo’lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi ko’rsatkichlar kiradi. Mavjud bo’lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli bo’yicha psixodinamik, ijtimoiydinamik va interaksion nazariyalarga bo’lish mumkin . Psixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta’riflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga ko’ra, hulq- atvor determinasiyasida asosiy o’rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning o’zaro harakati tamoyiliga asoslangan. Shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo’lish usuliga ko’ra barcha nazariyalarni e ksperimental va noyeksperimental larga bo’lish mumkin . E ksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o’tkazish yo’li bilan to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, noyeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi. Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo’lib xizmat qiladigan nuqtai nazar mualliflarning shaxsni tuzilishga ega bo’lgan yoki dinamik hosila sifatida tasvirlovchi qarashdir. Tuzilishga ega bo’lgan nazariyalar qatoriga tushunchalar tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo bo’lib hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi. Dinamik nazariyalar deb, asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, o’zgartirish, ya’ni, uning dinamikasiga taalluqli bo’lgan nazariyalarga aytiladi. Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tug’ilganidan boshlab maktabni bitirishigacha bo’lgan, chegaralangan yosh davrini ko’rib chiqishga asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari o’z oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.

Shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo’ladigan yana bir holat, bu nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning tashqi ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e’tibordir. Shu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar ushbu guruhining holatlarga ko’ra, barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning rivojlanganligining to’plami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi ma’lumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa usuli yordamida, masalan, ma’lum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish mumkin. Shaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga tegishli bo’lgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega bo’ladilar, va ular o’zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda o’xshash bo’ladilar. R.S. Nemov tomonidan ko’rib chiqilgan shaxs nazariyalarining tasniflaridan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud. Shulardan biri B.V. Zeygarnik tomonidan ko’rib chiqilgan mavjud bo’lgan shaxs nazariyalarini mazmun-mohiyat va tarixiy tamoyillarda, ularning yuzaga kelishi va taraqqiyoti sharoitlariga bog’liq holda o’rganishdir. Bunda nazariyalarning quyidagi guruhlari ajratiladi: freydizm va neofreydizmning shaxs nazariyalari, shaxsning umuminsoniy nazariyalari, ekzist- yensial psixologiyaning shaxs nazariyalari, fransuz ijtimoiy maktabining shaxs nazariyalari va boshqalar. Qisqacha asosiy psixologik shaxs nazariyalarini ko’rib chiqamiz . Amerikalik ruhshunos G. Ollport va ingliz ruhshunosi R. Kettel tomonidan ishlab chiqilgan shaxs qirralari nazariyasi shular jumlasidandir. Shaxs qirrasi deganda inson tomonidan hayoti davomida uning tajribasi, irsiyati va organizmining fiziologik xususiyatlari asosida egallanadigan barqaror xossa tushuniladi. Shaxs qirralariga xarakter qirralari kiradi. G. Ollport tan olgan shaxs qirralarini aniqlash va baholashning usullaridan biri chet tilini o’rganishga, shaxsni har tomonlama ta’riflash mumkin bo’lgan so’z- tushunchani tanlab olishga asoslangan. Tanlab olingan so’zlarning yetarli tarzda qisqartirish yo’li bilan bo’lishi mumkin bo’lgan shaxsiy qirralarning ma’lum odamda ularni keyinchalik baholash maqsadida to’la ro’yxati tuziladi. G. Ollport

shaxsiy qirralarni o’rganish metodikasini tuzishga xuddi mana shu yo’l bilan erishdi. Shaxs qirralarini baholashning R. Kettel tomonidan qo’llanilgan boshqa usulida hozirgi zamon statistikasining murakkab metodi – omil tahlili ishlatiladi, bu metod o’zini tahlil qilish, so’rov o’tkazish, odamlarning hayotiy kuzatishlari natijasida olingan ko’plab turli ko’rsatkichlar va shaxsga baho berishni yetarlicha kamaytirish imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida qirralari bo’lib hisoblanadigan omillar to’plami hosil bo’ladi. Ushbu metod yordamida R. Kettel 16 xil turdagi shaxs qirralarini namoyon qilishga muvaffaq bo’ldi. Ularning har biri kuchli va kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega bo’ldi. Tajribada aniqlangan qirralar to’plami asosida R. Kettel 16-omilli shaxs so’rovnomasini tuzib chiqdi. Bu so’rovnoma haqida to’liqroq ma’lumot bilan laboratoriya mashg’ulotlarida tanishamiz. Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (Z. Freyd, A. Adler, K. Yung 1 , e. Fromm, K. Xorni). Bu nazariyaga ko’ra, shaxs uch qism: Id, ego va Superegodan iborat insonning ichk i, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga bi- ologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, A. Adler – hokimiyatga intilishni, K. Xorni – turli-tuman komplekslarni, e. Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko’rsatadilar. Bu – shaxsning o’zini anglashi. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg’unlik holatida bo’lmaydi, ular o’rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo’luvchi nizolar yuzaga keladi. K. Yung Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o’quvchilaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ular o’rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo’lishiga Z. Freydning panseksualizm g’oyasi sabab bo’ldi. 1 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р407