Sinergetika – bilishda fanlararo (umumiylik) yondashuv uslubi.
Sinergetika – bilishda fanlararo (umumiylik) yondashuv uslubi. Reja: 1. “Sinergetika” tushunchasi o‘z – o‘zidan tashkillanuvchi sistemalar haqidagi fan. 2. “Sistema” tushunchasi. Ochiq va yopiq, chiziqli va chiziqsiz sistemalar. 3. Sinergetikaning ob’ekti. Sinergetik yondashuvdagi yangilik.
1-masala . XX asrda yagni nazariy va amaliy fanlar kashf etildi. Ular: nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, molekulyar genetika, atom va termoyadro energetikasi, reaktiv aviatsiya, kosmonavtika, mikro – megafizika, sun’iy sentetik materiallar kimyosi, kibernetika – informatika, informatsion texnalogiyalar, sinergetika. Sinergetika XX asrning to‘rtinchi choragida ko‘zga ko‘rina boshladi. Sinergetikaning asoschisi Nobel mukofotining lauriyati, Belgiyalik fizik – kimyogar Ilya Prigojindir. Sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik, birlashgan xolda, hamkorlik, ko‘maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamaning qo‘llash izlarini isixazm – Vezantiyadagi mistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin. U ilmiy tadqiqotlardan ko‘pincha muvofiqlashtirlgan xarakat, o‘zliksiz xamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma’nolarda qo‘llaniladi. 1973 yil nemis olimi G. Xaken o‘z –o‘zini tashkil etish muammolariga bag‘ishlangan birinchi konfirensiyada nutq so‘zlagan yil sinergetikaning tug‘ulgan yili xisoblanadi. G. Xaken “Sinergetika” asarida u ko‘pgina fanlarda – astralogiyadan tortib to sotsiologiyagacha – tizim alohida qismlarning birlashishi makrspkopik tuzulmalar yoki funksiyalarga olib kelinishini kuzatish mumkinligini qayd etadi. Sinergentika o‘zining hozirgi xolatida tizim tuzulmalari yoki funksiyalari makro darajada dramatik o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan vaziftlarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o‘z–o‘zini tashkil etish jarayonlariga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni qanday amalga oshiradilar, degan savol uni ko‘proq qiziqtiradi. Tartibsizlik xolatidan tartibli xolatga o‘tishda bu tizimlarning barchasi o‘zini o‘xshash tarzda tutishi ajablanarli hol bo‘lib tuyuladi.
Xaken yangi fanni nima uchun “sinergetika” deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda “makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko‘plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi”. Ikkinchidan, tizimlarning o‘z –o‘zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga u turli fanlarni jalb etadi. Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil o‘z – o‘zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumuiy aniqlovchilarini topish to‘g‘risida so‘z yuritish lozim. Sinergetika aynan mana shu umumiy aniqlovchilarni topishga yo‘naltirilgan. Sinergetika o‘z –o‘zini tashkil etish, stixiyali, strukturogenez, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so‘zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetika ochiq, ya’ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlarni o‘rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko‘pvariantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish xukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi. Sinergetika ilmi fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiyaga o‘xshagan maxsus fan bo‘lmay, shu fanlarda uchraydigan o‘z –o‘zidan tashkillanish ilmidir. Sinergetikaning mohiyati shundan iborat. Ilgari jonli va jonsiz tabiatlar orasidagi farq mutloqlashtirilar edi, ular bir –biriga zid deb qaralar edi. Endi ma’lum bo‘ldiki, ular orasidagi umumiylik moddiylikkina emas, balki dialektika qonunlaridan tashqari ba’zi qonunlarning baravar hukmronligida bo‘lib chiqdi. Masalan, o‘z – o‘zidan tashkillanish qonuniyati fizika –yu biologiyada ham, jonivorlar to‘dasi –yu odamlar jamiyatida ham bir xil ekan. Sinergetikaning asosiy masalalaridan biri termodinamika bilan
evolyusion nazariya orasidagi kelishmovchilik muammosi bo‘ldi. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni bo‘yicha sistema rivojlanmasdan so‘nib boradi, ayni shu paytda darvinizm ta’limoti bo‘yicha sistema rivojanib boradi. Sinergetika fani bu ziddiyatni hal qildi. Sinergetika fizika, biologiya va sotsiologiyaga qaraganda umumiyroq fan. Lekin dialektika, falsafa ilmi sinergetikaga qaraganda yanada umumiyroq. Sinergetika hech vaqt falsafa fani darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Chunki, sinergetikaning asosiy ob’ekti bo‘lgan o‘z –o‘zidan tashkillanish bir tomondan dialektika qonuniyatiga, ziddiyat qonuniga bo‘ysunadi, ikkinchi sinergetika falsafa singari bilish nazariyasi, dunyoqarashi, ob’ek – sub’ek muammolari bilan shug‘ullanmaydi. Darhaqiqat, materiya –ong, moddiylik – ma’naviylik, yaxshi –yomon, eski- yangi, progress – regress, e’tirof – inkor, miqdor – sifat kabi ziddiyatlar sinergetika doirasiga sig‘maydi –da dialektika mazmuniga kiradi. 2-masala . Sinergetika har bir narsani sistema deb qaraydi. Sistemani ikki toifaga ajratadi: biri – yopiq sistema, ikkinchisi – ochiq sistema. Olamdagi jonsiz sistemalar yopiq, jonli sistemalar ochiq deb xisoblanadi. O‘z – o‘zidan tashkil topish, tashkillanish, asosan, ochiq sistemaga taalluqli deyiladi. Sinergetikada bu masala tartiblilik va tartibsizlik, chiziqlilik va chiziqsizlik, barqarorlik va beqarorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va qaytishi, befurkatsiya va fluktuatsiya, energiya va entropiya, sababiyat va oqibat, qonuniyat va tasodif, tabiat va jamiyat munosabatlari misollarida bayon etiladi. Sinergetikaning mazmuni shu masalalardan iborat. “Sistema” so‘zi grekcha bo‘lib “butun”, “qo‘shma”, “birlashma”, “yig‘ma”, “uyushma” ma’nolarini anglatadi. Bu oddiy yig‘inda emas, balki o‘zaro bog‘lanishda va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan qismlardan,
elementlardan tashkil topgan majmuadir. Masalan, dasturxondagi noz – ne’matlar yig‘indisi sistema emas, ota, ona va farzandlardan tashkil topgan oila sistemadir, chunki ular orasida o‘zaro ta’sir bog‘lanishi bor. “Quyosh sistemasi” ham shunga o‘xshash. Odam miyasi o‘zaro bog‘langan milliardlab nerv xujayralaridan tashkil topgan. Bir neyron minglab boshqasi bilan bevosita aloqada. Gegel sistema xususiyatiga alohida e’tibor bergan. Uning fikricha, olamdagi narsalar sistemalardan iborat bo‘lgani uchun ularni bilish ham sistema shaklida bo‘lishi kerak. Sistemani bilish uchun uning elementlarini va ular orasidagi bog‘lanish xususiyatlarini bilish lozim. Bu esa dialektikaning talabidir. Sistemani har xil jihatdan klassifikatsiya qilish mumkin. Masalan, statik va dinamik, jonli va jonsiz, ochiq va yopiq. Statik sistema vaqt davomida muvozanatda, dinamik sistema esa, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishda. Masalan, tosh, tog‘ jinsi, bino karkasi, statik sistemalardir. Tirik organizm, Quyosh sistemasi, chumolilar tudasi, asalarilar hamjixatligi dinamik sistemalardir. Ochiq sistema yopiq sistemadan nima bilan farq qiladi? Farqi avvalo shundaki, yopiq sistemaga tashqaridan modda, energiya, informatsiya kirmaydi va undan ular chiqmaydi, deb xisoblanadi. Ochiq sistemaga ular kiradi, lekin, nima uchundir sinergetika asoschilari chiqishi haqida gapirmaydilar. O.Tofflerning ta’kidlashicha, biologik va sotsial sistemalar ochiq sistemalardir. Ammo ochiq sistemalar matematik modellarni yopiq desa bo‘ladi. Klassik fizika asosan yopiq sistemalarga e’tibor bergan. Sinergetikadagi sistemalar ochiqdir. Ochiq sistemaga – tashqaridan hamma narsa kirib kelavermaydi. Faqat faol hisoblanadigan energiya, modda va informatsiyalar kiradi.