logo

YoZUVChI USLUBI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.232421875 KB
YoZUVChI USLUBI
Reja:
1. Uslub masalasi va uning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi
2. Uslubni yuzaga chiqaruvchi omillar
3. Yozuvchi uslubining o‘ziga xos jihatlari Jahon   adabiyotshunosligida   uslub   -   davr,   yo‘nalish   hamda   individual
xususiyatni   qamrab   oluvchi   tushunchalardan   biri   bo‘lganligi   sabab   bu
masalaga   alohida   diqqat   qaratilmoqda.     Poetik   uslubni   shakllantiruvchi
vositalarni   aniqlash,   yangi   uslubiy   yo‘nalishlar   va   usullar   xususidagi   ilmiy -
nazariy yondashuvlar asosida shoir uslubi fenomeni, uslubni tashkil etadigan
unsurlar   va   ularning   asar   tizimidagi   ahamiyati   kabi   masalalarni   atroflicha
chuqur   tadqiq   etish   orqali   badiiy   ijodning   bahsli   masalalariga   aniqlik
kiritilayotganligi   kuzatilmoqda.   Ayni   paytda   o‘rganilayotgan   masalaga
biografik ma’lumotlarning o‘rnini, individual uslubda adabiy kompozitsiyani
belgilovchi   omillarni   aniqlash,   uslubning   usul,   manera,   metod
tushunchalaridan   farqli   jihatlarini   asoslash,   uning   o‘ziga   xos   poetik
kategoriya   ekanligini   ko‘rsatish,   ijodkorning   uslubi   va   davr   uslubi
masalalarini oydinlashtiradi.
Jahon   adabiyotshunosligida   ijodkor   uslubini   belgilovchi   omillar:   u
yashagan   muhit,   davrdagi   yetakchi   talablar,   ular   oziqlangan   manbalar,
adabiy-estetik   qarashlarning   shakllanishi,   “men”likning   ijodda   namoyon
bo‘lishi kabi masalalar bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilganligi alohida
ahamiyatga   ega.   Shu   bilan   birga   zamonaviy   adabiyotshunoslikda   individual
uslub   va   poetik   mahoratni   janrlar   va   shakllar   rang-barangligida,   syujet   va
kompozitsiya   yaxlitligi   nuqtai   nazaridan,   romantik,   realistik,   modern   va
postmodern   hamda   tasavvuf   andozalari   doirasida   ilmiy   nazariy   jihatdan
o‘rganish zarurati sezilmoqda.
Uslub     o‘ziga   xos   fenomen   hisoblanib,   u   davrlar   osha   muhim
muammolardan   biri   sifatida   nafaqat   adabiy   tanqidchilarni   balki
san’atshunoslarni,   tarixchilarni   hamda   faylasuflarni   jalb   etib   kelayotganligi
xususida   so‘z   yuritilgan.   G‘arb   va   Sharqda   uslub   muammosi   xususida   fikr
mulohazalar bildirilgan. Uslub   so‘zining   asl   vatani   qadimgi   Gresiya   bo‘lib   keyinchalik   qadimgi
Rim   bu   atamani   ( stylus)   termin   sifatida   kitoblarga   muhrlaydi.   Uslub
muammosiga   birinchilardan   e’tibor   qaratgan   shaxs   Aristoteldir.   U   o‘zining
“Ritorika”   asarida   bu   masalaga   alohida   to‘xtaladi.   Biroq   Aristotel   uslubni
notiqlik   san’ati   sifatida   tushunadi.   Keyinchalik   Goratsiy,   Sesiron,
Kvintilianlar   ham   bu   masalaga   maxsus   to‘xtalishadi.   Ularning   sa’yi -
harakatlari natijasida uslub notiqlik san’ati sifatida bo‘y ko‘rsatadi.
Qadimgi davr ijodkorlarining uslubga doir qarashlari o‘rta asrlarga kelib
yangi   qirralarda   ochila   bordi.   Biroq   uslub   notiqlik   san’ati   sifatida   o‘z
mavqeini   bir   necha   asrlar   saqlab   qoldi.   Yevropada,   aynan   Fransiya
ritorikasida X VIII   asrda “individual uslub” so‘zi yangray boshladi. Mashhur
so‘zshunos   P.Giro   ushbu   atamani   dunyoni   ekzistensiatistik   va   essensialistik
ko‘rish   orqali   real   hayotga   tadbiq   etdi.   U   uslubni   mana   endi   san’atning   bir
jihati   yoki   davrning   bir   ko‘rinishi   sifatida   emas,   balki   inson
dunyoqarashining   bir   ozuqasi   sifatida   ishlata   boshladi.   («une   genie
individuelle»).   Byuffon   ham   o‘zining   mashhur   ma’ruzalarida   «uslub–bu
insonning   o‘zidir»   deya   ta’kidlay   boshlaydi.   Fransuz   yozuvchisi   Marivo
birinchilardan bo‘lib uslubning normativ konsepsiyasini yaratishga muvaffaq
bo‘ladi.   Va   u   “yaxshi”   va   “yomon”   uslub   deya   ta’kidlay   boshlaydi.   Aynan
Marivo   yozuvchi   uslubini   yozuvchi   dunyoqarashi,   ruhiyati   bilan
bog‘laydi(«esprit»).
O‘zbek   adabiyotshunosligida   XX   asrning   boshlaridayoq   til   va   uslub
masalalariga   alohida   ahamiyat   qaratgan   va   unga   poetik   hodisa   sifatida
o‘rgana boshlagan adiblar A.Sa’diy hamda Fitratlar hisoblanishadi. A.Sa’diy
uslubni   til   jihatidan   o‘rganar   ekan,   uslubga   xos   bo‘lgan   qisqartma,   eskirgan
so‘zlar va varvarizmlar eng muhim belgi sifatida e’tirof etadi. Ularning uslub
mukammaligidagi   ahamiyatini   ko‘rsatadi.   Sa’diyga   ko‘ra:   “Uslub   shoir
miyasining   ko‘lankasidir”.   Shunga   asosan   olim   uslub   originalligini iste’dodda,   yangi   gap   aytishda,   xalqchillikda   ko‘radi - yu   asarning
yashovchanligi   ham   uslubga   bog‘liq,   deb   hisoblaydi.   Shuningdek,   uslub
ijtimoiy sharoit, ijtimoiy tabaqa va ijodkor shaxsi bilan o‘zgarishi mumkin.
Fitratning uslub borasidagi qarashlari A.Sa’diy qarashlariga yaqin turadi.
Ayniqsa,   Fitratning   sifatlash,   o‘xshatish,  istiora,   kinoya,  majoz,   jonlantirish,
saj’, mubolag‘a, kabi unsurlarning ichki unsurlar deya qarashlari bugun ham
o‘z   mavqeini   saqlab   qolgan.   “Demak,   Fitrat   va   A.Sa’diy   asarlarida   uslub
masalalari   keng   planda   o‘rganilgan.   Unga,   asosan,   poetik   hodisa   sifatida
qaralgan.   Uslubning   milliy   til,   milliy   adabiyot,   ijodkor   dunyoqarashi   va
ijtimoiy   muhit   bilan   bog‘liqligi,   badiiy   shakl   bilan   aloqadorligi   e’tibor
markazida turgan”.
O‘zbek   adabiyotshunosligida   uslubshunoslikka   e’tibor   XX   asrdan
boshlangan bo‘lsa - da, mumtoz adabiyotshunoslikda ham bu borada muayyan
ishlar amalga oshirilgan. Alisher Navoiy ham uslub xususida to‘xtalib, o‘ziga
xos uslubda uni ta’kidlashga muyassar bo‘ladi. Bu kabi qarashlarni adibning
“Majolisun nafois” asarida kuzatishimiz mumkin. Demak, sharq adabiyotida
birinchi   bo‘lib   Alisher   Navoiy   forsiy   va   turkiy   adabiyotning   uslub   jihatdan
dastlabki   tadqiqotchisidir.   Biroq   Alisher   Navoiy   asarlarida   uslub   so‘zi
ko‘pincha janr ma’nosida (g‘azal uslubi, qasida uslubi) ishlatiladi. Yo.Isoqov
uslub   xususida:   “...mumtoz   she’riyatimiz   taraqqiyotining   asosiy
tendensiyalari   va   bosqichlarini   to‘g‘ri   belgilash,   har   bir   adabiy   jarayonning
o‘ziga   xos   jihatlarini,   shu   jarayon   namoyandalarining   navotorligini   ob’ektiv
baholashga   imkon   beradi”   deydi.   Yo.Isoqov   o‘zbek   mumtoz   adabiyotida
uslubni   uchga   ajratib   tasnif   etadi.   Bular:   1.   Turkona   uslub;   2.   Mumtoz
(klassik)   uslub;   3.   Oliy   yoki   navoiyona   uslub.   Shu   bilan   bir   qatorda
Yo.Isoqov uslub haqida fikr yuritar ekan, u “Navoiy lirikasining poetikasiga
xos   xususiyatlar   murakkab   va   salmoqli   badiiy   uslubning   shakllanganligidan
dalolat beradi” degan to‘g‘ri xulosaga keladi. Adabiyotshunos   Izzat   Sulton   ham   Navoiy   ijodiga   to‘xtalar   ekan,   uning
“Farhod va Shirin” asari misolida uslubini oliy uslub deya tadqiq etadi. Izzat
Sultonning   e’tirof   etishicha:   “bu   uslub   uchun   fikrni   mumkin   qadar   ko‘proq
o‘xshatishlar, istiora va kinoyalar, obrazli parallelizmlar orqali ifoda etishga
intilish   xarakterlidir.   Buning   natijasida   shu   uslubda   yozilgan   asarning   tili
ancha   murakkablashadi,   uni   tushinish   uchun   o‘quvchidan   ma’lum   darajada
tayyorgarlik   talab   etiladi.   ...Alisher   Navoiy   asarlarining   tili   “yuqori   uslub”
deb   atalmish   ana   shunday   uslubning   namunasidir”.     Izzat   Sulton   boshqa
adabiyotshunoslarga   qaraganda   bu   davrda   yaratilgan   asarlarni   ikki   toifaga
ajratib o‘rganishni ilgari suradi. Biri yuqorida ta’kid etilganidek, oliy (yuqori)
uslub   bo‘lsa,   ikkinchisi   sodda   uslub   hisoblanadi.   Oliy   uslubga   Alisher
Navoiy   asarlaridan   tashqari   Furqat   asarlarini   kiritadi.   Sodda   uslubga   esa
Lutfiy va Bobur qalamiga mansub asarlar joy oladi.
Mumtoz   adabiyotda   uslub   masalasiga   akademik   B.Valixo‘jaev   ham
ahamiyat   qaratadi.   Olim   aynan   “turkcha”,   “turkiy”   so‘zlarni   ma’lum   til
ma’nosidan   tashqari   “Alisher   Navoiy   “turkiy”   so‘zini   faqat   bir   tilga
mansubiyat   ma’nosidagina   emas,   balki   adabiyotshunoslik   istilohoti   sifatida
ham qo‘llagan” degan to‘xtamga keladi.
Adabiyotshunos   D.Salohiy   esa   o‘zining   “Alisher   Navoiy   she’riyatida
turkona   uslub   an’analari”   nomli   uslubiy   qo‘llanmasida   Alisher   Navoiyning
poetik uslubi nazariy asoslaridan biri bo‘lgan turkona uslub xususiyatlarining
shoir   lirikasidagi   ijodiy   rivoji,   turkiy   va   turkiygo‘ylik   shamoyilining   o‘ziga
xos   ko‘rinishlari   va   ijodiy   yangilanishi   hodisalari   xususida   so‘z   yuritadi.
Bundan   tashqari   A.Hayitmetov,   H.Boltaboevlarning   ilmiy   izlanishlarida
uslub poetikasiga doir qimmatli fikrlar bildirilgan.
Forsiy   she’riyatdagi   asosiy   uslublar   (xurosoniy-turkistoniy,   iroqiy   va
hindiy) Sharq va G‘arb tadqiqotchilari tomonidan tadqiq etilgan. Lekin turkiy
she’riyat,   aniqrog‘i   mumtoz   o‘zbek   she’riyatining   uslubiy   xususiyatlari qadimda ham, shuningdek, yangi davrda ham to‘liq tadqiqot ob’ekti bo‘lgan
emas va monografik holatda o‘rganilmagan.
Aynan,   XX   asrda   ijodkorning   individual   uslubi   xususida   diskussiyalar
boshlandi.   XX   asrga   kelib   adabiyotshunoslar   uslub   nazariyasini   ishlab
chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu davrda tipologik tahlillar shuni ko‘rsatdiki,
adabiy   uslub   tushunchasi   diqqatni   jamlash,   o‘zlik   tushunchasini   yuqori
bosqichga ko‘tarish natijasida individual xususiyat kasb etishning turli tuman
ko‘rinishdagi   mahoratini   yuzaga   keltiradi.     Tizimli   tadqiqotlar   antik   davr
ritorikasidan   ilgarilab   ketib,   uslub   nazariyasi   xususida   so‘zlay   boshlashdi.
Rus   adabiyotshunoslarining   uslub   xususidagi   eng   mashhur   tadqiqotlari   bu   -
A.N.Sokolovning   “Uslub   nazariyasi”   (1968),   A.F.Losevning   “Badiiy   uslub
muammolari”   (1994)dir.   Umuman,     bu   davrda   uslubni   o‘rganish   natijasida
uslub   terminini   qaysi   sohada   qo‘llash   to‘g‘riroq   bo‘ladi   va   o‘zini   oqlaydi
singari   savolga   javob   berishga   intildilar.   Ko‘p   tadqiqotchilar   uslubni   shakl
bilan   bog‘lab,   tasvirlash   va   izohlash   kabi   tushunchalarni   o‘zida   aks   ettiradi
degan   mulohazaga   kelishdi.   Gyote   uslub   terminini   sodda,   taqlidchi,   manera
tushunchalarni   ifoda   etuvchi   atama   deya   ta’kidladi.   Gegel   esa   maneraning
turlari   xususida   so‘z   yuritib,   original   yondashish   orqali   uslub   jarayonni
izohlashi,   xayoldagi   narsalarni   jonlantirishi   va   bu   san’at   darajasida   ifoda
etishi mumkin degan to‘xtamga keldi.
Umuman,   uslub   bu   –   individual   xususiyat,   so‘z,   tarkib   topgan   jumla,
she’riyatda ishlatiladigan til, badiiy va tarixiy asarlardagi matn, tilning o‘ziga
xos   jihatlarini   aks   ettiruvchi,   ko‘rsatuvchi,   ifoda   etuvchi   vosita,   notiqlik
san’atidir. Har bir davr o‘sha davrni aks etuvchi voqealari, o‘ziga xos jihatlari
bilan ajralib turganidek, har bir davrning taraqqiyotini (shu bilan bir qatorda
illat   va   kamchiliklarini)   ko‘rsatuvchi,   zamonni   tasvirlovchi   ijodkorlari
mavjud.     Bu   ijodkorlar   o‘z   davrini   aks   ettirganida   o‘sha   davr   illati   va
kamchiliklari hamda yutuqlarini o‘ziga xos yo‘lda tasvirlab berishadilar. Bir xil   voqealarni   yoki   bir   xil   jarayonni   tasvirlashsa-da   biroq   bu   tasvirlarda
ijodkor “men”i ya’ni uslubi yarqirab turadi. Adabiyotlar:
T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  512-
519- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar.

YoZUVChI USLUBI Reja: 1. Uslub masalasi va uning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi 2. Uslubni yuzaga chiqaruvchi omillar 3. Yozuvchi uslubining o‘ziga xos jihatlari

Jahon adabiyotshunosligida uslub - davr, yo‘nalish hamda individual xususiyatni qamrab oluvchi tushunchalardan biri bo‘lganligi sabab bu masalaga alohida diqqat qaratilmoqda. Poetik uslubni shakllantiruvchi vositalarni aniqlash, yangi uslubiy yo‘nalishlar va usullar xususidagi ilmiy - nazariy yondashuvlar asosida shoir uslubi fenomeni, uslubni tashkil etadigan unsurlar va ularning asar tizimidagi ahamiyati kabi masalalarni atroflicha chuqur tadqiq etish orqali badiiy ijodning bahsli masalalariga aniqlik kiritilayotganligi kuzatilmoqda. Ayni paytda o‘rganilayotgan masalaga biografik ma’lumotlarning o‘rnini, individual uslubda adabiy kompozitsiyani belgilovchi omillarni aniqlash, uslubning usul, manera, metod tushunchalaridan farqli jihatlarini asoslash, uning o‘ziga xos poetik kategoriya ekanligini ko‘rsatish, ijodkorning uslubi va davr uslubi masalalarini oydinlashtiradi. Jahon adabiyotshunosligida ijodkor uslubini belgilovchi omillar: u yashagan muhit, davrdagi yetakchi talablar, ular oziqlangan manbalar, adabiy-estetik qarashlarning shakllanishi, “men”likning ijodda namoyon bo‘lishi kabi masalalar bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilganligi alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga zamonaviy adabiyotshunoslikda individual uslub va poetik mahoratni janrlar va shakllar rang-barangligida, syujet va kompozitsiya yaxlitligi nuqtai nazaridan, romantik, realistik, modern va postmodern hamda tasavvuf andozalari doirasida ilmiy nazariy jihatdan o‘rganish zarurati sezilmoqda. Uslub o‘ziga xos fenomen hisoblanib, u davrlar osha muhim muammolardan biri sifatida nafaqat adabiy tanqidchilarni balki san’atshunoslarni, tarixchilarni hamda faylasuflarni jalb etib kelayotganligi xususida so‘z yuritilgan. G‘arb va Sharqda uslub muammosi xususida fikr mulohazalar bildirilgan.

Uslub so‘zining asl vatani qadimgi Gresiya bo‘lib keyinchalik qadimgi Rim bu atamani ( stylus) termin sifatida kitoblarga muhrlaydi. Uslub muammosiga birinchilardan e’tibor qaratgan shaxs Aristoteldir. U o‘zining “Ritorika” asarida bu masalaga alohida to‘xtaladi. Biroq Aristotel uslubni notiqlik san’ati sifatida tushunadi. Keyinchalik Goratsiy, Sesiron, Kvintilianlar ham bu masalaga maxsus to‘xtalishadi. Ularning sa’yi - harakatlari natijasida uslub notiqlik san’ati sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Qadimgi davr ijodkorlarining uslubga doir qarashlari o‘rta asrlarga kelib yangi qirralarda ochila bordi. Biroq uslub notiqlik san’ati sifatida o‘z mavqeini bir necha asrlar saqlab qoldi. Yevropada, aynan Fransiya ritorikasida X VIII asrda “individual uslub” so‘zi yangray boshladi. Mashhur so‘zshunos P.Giro ushbu atamani dunyoni ekzistensiatistik va essensialistik ko‘rish orqali real hayotga tadbiq etdi. U uslubni mana endi san’atning bir jihati yoki davrning bir ko‘rinishi sifatida emas, balki inson dunyoqarashining bir ozuqasi sifatida ishlata boshladi. («une genie individuelle»). Byuffon ham o‘zining mashhur ma’ruzalarida «uslub–bu insonning o‘zidir» deya ta’kidlay boshlaydi. Fransuz yozuvchisi Marivo birinchilardan bo‘lib uslubning normativ konsepsiyasini yaratishga muvaffaq bo‘ladi. Va u “yaxshi” va “yomon” uslub deya ta’kidlay boshlaydi. Aynan Marivo yozuvchi uslubini yozuvchi dunyoqarashi, ruhiyati bilan bog‘laydi(«esprit»). O‘zbek adabiyotshunosligida XX asrning boshlaridayoq til va uslub masalalariga alohida ahamiyat qaratgan va unga poetik hodisa sifatida o‘rgana boshlagan adiblar A.Sa’diy hamda Fitratlar hisoblanishadi. A.Sa’diy uslubni til jihatidan o‘rganar ekan, uslubga xos bo‘lgan qisqartma, eskirgan so‘zlar va varvarizmlar eng muhim belgi sifatida e’tirof etadi. Ularning uslub mukammaligidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Sa’diyga ko‘ra: “Uslub shoir miyasining ko‘lankasidir”. Shunga asosan olim uslub originalligini

iste’dodda, yangi gap aytishda, xalqchillikda ko‘radi - yu asarning yashovchanligi ham uslubga bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuningdek, uslub ijtimoiy sharoit, ijtimoiy tabaqa va ijodkor shaxsi bilan o‘zgarishi mumkin. Fitratning uslub borasidagi qarashlari A.Sa’diy qarashlariga yaqin turadi. Ayniqsa, Fitratning sifatlash, o‘xshatish, istiora, kinoya, majoz, jonlantirish, saj’, mubolag‘a, kabi unsurlarning ichki unsurlar deya qarashlari bugun ham o‘z mavqeini saqlab qolgan. “Demak, Fitrat va A.Sa’diy asarlarida uslub masalalari keng planda o‘rganilgan. Unga, asosan, poetik hodisa sifatida qaralgan. Uslubning milliy til, milliy adabiyot, ijodkor dunyoqarashi va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi, badiiy shakl bilan aloqadorligi e’tibor markazida turgan”. O‘zbek adabiyotshunosligida uslubshunoslikka e’tibor XX asrdan boshlangan bo‘lsa - da, mumtoz adabiyotshunoslikda ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Alisher Navoiy ham uslub xususida to‘xtalib, o‘ziga xos uslubda uni ta’kidlashga muyassar bo‘ladi. Bu kabi qarashlarni adibning “Majolisun nafois” asarida kuzatishimiz mumkin. Demak, sharq adabiyotida birinchi bo‘lib Alisher Navoiy forsiy va turkiy adabiyotning uslub jihatdan dastlabki tadqiqotchisidir. Biroq Alisher Navoiy asarlarida uslub so‘zi ko‘pincha janr ma’nosida (g‘azal uslubi, qasida uslubi) ishlatiladi. Yo.Isoqov uslub xususida: “...mumtoz she’riyatimiz taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va bosqichlarini to‘g‘ri belgilash, har bir adabiy jarayonning o‘ziga xos jihatlarini, shu jarayon namoyandalarining navotorligini ob’ektiv baholashga imkon beradi” deydi. Yo.Isoqov o‘zbek mumtoz adabiyotida uslubni uchga ajratib tasnif etadi. Bular: 1. Turkona uslub; 2. Mumtoz (klassik) uslub; 3. Oliy yoki navoiyona uslub. Shu bilan bir qatorda Yo.Isoqov uslub haqida fikr yuritar ekan, u “Navoiy lirikasining poetikasiga xos xususiyatlar murakkab va salmoqli badiiy uslubning shakllanganligidan dalolat beradi” degan to‘g‘ri xulosaga keladi.

Adabiyotshunos Izzat Sulton ham Navoiy ijodiga to‘xtalar ekan, uning “Farhod va Shirin” asari misolida uslubini oliy uslub deya tadqiq etadi. Izzat Sultonning e’tirof etishicha: “bu uslub uchun fikrni mumkin qadar ko‘proq o‘xshatishlar, istiora va kinoyalar, obrazli parallelizmlar orqali ifoda etishga intilish xarakterlidir. Buning natijasida shu uslubda yozilgan asarning tili ancha murakkablashadi, uni tushinish uchun o‘quvchidan ma’lum darajada tayyorgarlik talab etiladi. ...Alisher Navoiy asarlarining tili “yuqori uslub” deb atalmish ana shunday uslubning namunasidir”. Izzat Sulton boshqa adabiyotshunoslarga qaraganda bu davrda yaratilgan asarlarni ikki toifaga ajratib o‘rganishni ilgari suradi. Biri yuqorida ta’kid etilganidek, oliy (yuqori) uslub bo‘lsa, ikkinchisi sodda uslub hisoblanadi. Oliy uslubga Alisher Navoiy asarlaridan tashqari Furqat asarlarini kiritadi. Sodda uslubga esa Lutfiy va Bobur qalamiga mansub asarlar joy oladi. Mumtoz adabiyotda uslub masalasiga akademik B.Valixo‘jaev ham ahamiyat qaratadi. Olim aynan “turkcha”, “turkiy” so‘zlarni ma’lum til ma’nosidan tashqari “Alisher Navoiy “turkiy” so‘zini faqat bir tilga mansubiyat ma’nosidagina emas, balki adabiyotshunoslik istilohoti sifatida ham qo‘llagan” degan to‘xtamga keladi. Adabiyotshunos D.Salohiy esa o‘zining “Alisher Navoiy she’riyatida turkona uslub an’analari” nomli uslubiy qo‘llanmasida Alisher Navoiyning poetik uslubi nazariy asoslaridan biri bo‘lgan turkona uslub xususiyatlarining shoir lirikasidagi ijodiy rivoji, turkiy va turkiygo‘ylik shamoyilining o‘ziga xos ko‘rinishlari va ijodiy yangilanishi hodisalari xususida so‘z yuritadi. Bundan tashqari A.Hayitmetov, H.Boltaboevlarning ilmiy izlanishlarida uslub poetikasiga doir qimmatli fikrlar bildirilgan. Forsiy she’riyatdagi asosiy uslublar (xurosoniy-turkistoniy, iroqiy va hindiy) Sharq va G‘arb tadqiqotchilari tomonidan tadqiq etilgan. Lekin turkiy she’riyat, aniqrog‘i mumtoz o‘zbek she’riyatining uslubiy xususiyatlari