Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv (М.Қўшжонов ва О.Шарафиддинов қарашлари мисолида)
Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv (М.Қўшжонов ва О.Шарафиддинов қарашлари мисолида) Reja: 1. Badiiy so‘z estetikasi va adabiyotshunos-tanqidchi mahorati 2. Adabiy tanqidchilarning uslubiy o‘ziga xosliklari 3. Badiiy asar va individual yondashuv 4. Uslub – ijodkor siyratining aks etishi
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Uslub – ijodkor siyratining aks etishi. Siyrat – o‘zlik, individuallik, hech kimnikiga o‘xshamaydigan asos. Iste’dod individuallikning tiniq ko‘rinishi, shaxs betakrorligining yorqin ifodasi. Iste’dodli shaxs boshqalar orasida ajralib turadi. Asrlar bo‘yi shakllangan tartib, qonun-qoidalarga bo‘ysunavermaydi. Fojia shundaki, ba’zan tuzum, ijtimoiy mafkura iste’dodga qarshi chiqishi ham mumkin. Ma’lumki, adabiy tanqid ham fan, ham san’at. Tanqidchilik tarixida o‘z uslubiga ega, yorqin iste’dodli mu n aqqidlar ko‘p bo‘lgan. Mazkur faslda biz XX asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek tanqidchiligida iz qoldirgan, betakror uslubga ega bo‘lgan ikki munaqqid - Matyoqub Qo‘shjonov (1918-2005) va Ozod Sharafidsinov (1929-2005) uslubi xususida fikr yuritishni lozim deb bildik. Birinchidan, mazkur munaqqidlar ijodida aksariyat tanqidchilarimizga xos xususiyatlar aks etgan. Ikkinchidan, munaqqidlar uslubi talqini avvalgi bob, fasllarda bildirgan fikrlarimizni to‘ldiradi degan fikrdamiz. Iste’dodli ijodkor faoliyatida dadillik diqqatni darhol jalb qiladi. «Oybek 1936 yilda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy asarini yozib tugatdi, - deb yozadi Ozod Sharafiddanov. - Aytish kerakki, u vaqtlarda Navoiy haqidagi tasavvurlarimiz hali juda kambag‘al edi. Uning haqidagi ma’lumotlar har xil manbalarda tarqoq holda yotar, qat’iy bir sistemaga solinmagan edi... Oybek birinchi marta Navoiyning hayoti va ijodiga doir materiallarni qagiy sisgemaga soladi, ularga sinfiy pozitsiyadan yondashib, Alisher Navoiyning qiyofasini mukammal ochadi. Bu tadqiqotda Oybekning bilimi g‘oyat chuqur ekani, fikrlash doirasi benihoya kengligi, murakkab va chigal masalalarni dadil qo‘ya olishi aniq ko‘rinadi». Dadillik - mas’uliyatni his qilish. Mas’uliyat his qilinmas ekan, tanqidchilik ham, shoirlik ham ermak, shunchaki koyinmay, yurakni yondirmay yuraverishdir. «Meni eng ko‘p ranjitadigan narsa shuki, ba’zan yosh tanqidchi zimmasidagi ulkan mas’uliyatni mutlaqo his qilmagan holda qo‘liga qalam oladi. - deb yozadi Ozod Sharafidsinov, - maqolasida esa asar hakida ham, yozuvchi
haqida ham dabdurustdan esiga kelib qolgan gaplarni mulohaza qilib o‘tirmay, yozib tashlayveradi. Holbuki, eng kichkina taqriz ham bosilib chiqqanidan keyin minglab, ba’zan yuz minglab nusxada tarqaydi. Demak, siz minglab odamga gap aytasiz, ularni boshqa ishlardan ajratib olib, og‘zingizga qaratasiz». Dadillik nafaqat tanqidchilik, balki badiiy adabiyotning, umuman, san’atning barcha turlari uchun zarurdir. Ozod Sharafiddinov «She’r ko‘p, ammo shoir-chi?» maqolasida yozadi: «Xo‘sh, nega endi bugungi she’riyatimizda o‘rtamiyonachilik kuchayib ketyapti? ... Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?» Menimcha, bu hodisaning bosh sababi «shoir» degai tushunchani to‘la anglab yetmaslikda. Nazarimda, ko‘pgina yoshlarimiz shoirliqdan oson kasb yo‘q deb o‘ylaydi, shekilli; vazn nimaligini, turoq qanday bo‘lishini, qofiyalash hunarini o‘rganib olsang, o‘xshatish va majozlardan xabaring bo‘lsa bo‘ldi, she’r yozaverish mumkin». O. Sharafiddinov ijodkor uchun iste’dodning suv bilan havoday zarurligini ta’kidlaydi, iste’dod «ichki nigoh» ekanligini so‘qir Gomer, kar Betxoven asarlari misolida isbotlaydi. Nihoyat, munaqqid iste’dodning zarurligini qayta-qayta ta’kidlagach, «Shoirlik - hamisha e’tiqodliliqdir. Shoirlik - hamisha vijdonning uyg‘oqligidir. Shoirlik - hamisha bezovtaliqdir. Shoirlik — hamisha ulug‘ mas’uliyatdir», - degan xulosaga keladi. Boshqacha aytganda, dadillik - ulug‘ mas’uliyat, doimiy bezovtalik, yuksak e’tiqod. XX asr o‘zbek tanqidchiligida dadillik namunasini ko‘rsatgan munaqqidlar ko‘p. Lekin ular orasida Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Ozod Sharafidsinov, Matyoqub Qo‘shjonovlar alohida ajralib turadilar. Ozod Sharafiddityuv «Xarakger — badiiylik mezoni» maqolasida: «...xarakter yaratish masalasi badiiy adabiyotning eng murakkab va eng jumbokli vazifasidir. Jahon adabiyoti biri-biriga o‘xshamagai, biri-biridan mukammal ra n go- rang xarakterlarga nihoyatda boy... Turli tuman asarlarni tahlil qilib, ularda harakter qanday yaratilganini aniqlash mumkin, lekin uni qanday yaratish kerakligi haqida retsept berib bo‘lmaydi» 1 , - deb yo zadi. O‘tgan asrning 50-yillari oxirida o‘zbek adabiyotidagi badiiylik mezoni - xarakter muammosini teran tadqiq etish
mas’uliyatini dadillik bilan o‘z zimmasiga olgan m un aqqid paydo bo‘ldi. U Matyoqub Qo‘shjonov edi. O‘zbek adabiyotida hamisha adabiiy xarakgerlar bo‘lgan: asarni mukammal xarakgerlarsiz tasavvu r etib bo‘lmaydi. Matyoqub Qo‘shjonov faoliyati: xarakger masalasini badiiylikiing yuksak ko‘rinishi sifatida namoyon etdi. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunosli kning diqkati xarakger muammosiga jalb etildi. Jahon xalqlari adabiyotshunosli gi da «xarakger» (karayuye) atamasi keng qo‘llaniladi. Ingliz, nemis, yapon, turk adabiyotshunosligida xarakter masalasiga ba g‘ishlangan tadqiqotlar nihoyatda mo‘l. Qolarversa, adabiyotshunoslik ilmining boshlanishidayoq Aristotel’ «Poetika» va boshqa asarlarida inson tabiati, uning badiiy ijodda aks etishi — xarakter haqida to‘ x talingan edi. Badiiy adabiyot qahramonini simvol (yunoncha «simvo- lon») deb atash ham umumlashgan. O‘zbek adabiyotshunosligida «simvol», «ramz» so‘zlari teppa-teng qo‘llanilaveradi. Turk adabiyotshunosligida adabiy qahramonni «simge» (simvol) deb atash odat tusiga kirgan. XX asr o‘zbek adabiyotshunosli g ida adabiy qahramon ne-ne nomlar bilan atalmadi, deysiz?! Sotti Husayn «O‘tkan kunlar» ham o‘tgan kunlar» taqriz - risolasida Abdulla Qodiriy qahramonlarini «suvrat» deb ataydi (Chunki, realistlar qahramonlariga suvratni o‘zlarining ahvol ruhiyatlariga qarata qabul qildiradilar. Abdulla Qodiriy turli suvratlar yaratadi. Ammo suvratlar ustida o‘zi fikr yurgizib baho qo‘ya boradi»). Vohid Zohidovning ba’zi asarlarida «sajiya» atamasi xarakter ma’nosida qo‘llaniladi. Hozirgi adabiyotshunoslikda, xususan, maktab darsliklari, majmualarida «timsol» atamasi keng qo‘llanilmoqda. «A l isher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati»da (Toshkent-1984, II jild. 231-bet), «Farhangi zaboni to jik » (Moskva, «Sovetskgy ensiklopediya», 1969, II jidd, 363-bet) da timsol surat, naqsh, rasm ma’nosini anglatishi aytilgan. Navoiy asarlari tili lug‘atini tuzganlar timsolning yana bir qancha ma’nolarini keltiradilar.
O‘zbek mumtoz adabiyotida qo‘llanidgan tiynat (tinat) atamasi hozirgi adabiyotshunoslikka ham kirib kelmoqda. Alisher Navoiy adabiy qahramonga qarata «tiynati pokiza», «Ariq tiynatli» iboralarni qo‘llaydi. «Farhangi zaboni to jik » «tiynag» fe’l, tabiat, siri sh t, yaratilish ma’nosini a ng latishini bildiradi. «Tiynat» so‘ziga «nihod», «fitrat» ham ma’nodoshdir. Alisher Navoiy «nihod», «fitrat»ni tabiat, yaratilish ma’nolarida qo‘llayd i . Boshqacha aytganda, tiynat, nihod, fitrat so‘zlari, «o‘zlik», «asos», «o‘zak» ma’nolarini anglatadi. Biz xarakter haqida gapirar ekanmiz, uning individual, betakror, o‘ziga xos, yaratilishidayoq tabiiylik bo‘lish l igini naza r da tutamiz. Tiynat, figrat - xarakter asosi. o‘zagi, moyasi. A dabiy qahramonni «tiynat», «fitrat» iboralari bilan atasak, xarakterdagi «Ijtimoiy munosabatlar “ jamuljami»ni diqqatdan soqit qilayotganday bo‘lamiz. Asl i da-ku, tiynat, fitra t iboralarida ham ijtimoiy munosabatlar birli gi anglashiladi. Xarakter — insoniy muyaosabatlar yig‘indisi. Insoniy munosabatlar allaqanday, g‘ayrishuuriy tanlov yo‘li bilan asosga, tiynatga yo‘nalinib, k ir ib boradi. Aksariyat munosabatlar shunchaki, tiyiatdan tashqarida davom etaveradi. Tiynatga dahldor munosabatlar kam, ammo ulug‘vor bo‘ladi. Ota-onaga, yorga, do‘sti sodiqqa, farzandga munosabat tiynatga taalluqli bo‘lishi mumkin. Xulosa shuki, ijtimoiy munosabatlar hamisha ichki harakatda, o‘zgarishda bo‘ladi. Ba’zi munosabatlar tiynatga kirib boradi, ba’zilar o‘zak, asosdan chiqib ketadi. Yashash zavqi shundaki, inson hamisha munosabatlarni qiyoslab, tanlab, baholab, saralab boradi. Tiynatga kirib boradigan munosabatlar insonni ulug‘laydi, ruhini yoritadi. Aksincha, munosabatlarning buzilishi, insonga ruhiy azob beradi, hatto shaxs sifatida yemirilishiga olib keladi. Demak, inson tabiatidagi munosabatlarda harakat, yashovchanlik ruhi bor. Xarakterning asosi - o‘zlik, tiynat, af’ol, fitrat, «vatan ichra vatan»ni muqaddas xudbinlik, ruhiy-ma’naviy tashnalik nuqtasi, inson va insoniylik asrori, bezovta ruh maskani, tinib-tinchimagan xushyoqar og‘riq makoni deyish joiz. Boshqacha aytganda, barcha ijtimoiy munosabatlar jamuljami hisoblangan xarakterning asosini ruhiy-ma’naviy qadriyat, ilohiy ne’mat belgilaydiki, bu haqda Imom G‘azzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Immanuel Kant, Xeorg Xegel