O’zbek adabiy tanqidchilik janrlari


O’zbek adabiy tanqidchilik janrlari Reja: 1. O‘zbek adabiy tanqidining janriy tasnifi. 2. Taqriz janrining estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni. 3. Maqola istilohi haqida, maqola janrining tabiati. 4. Tarixiy-biografik yondashuvga asoslangan adabiy-tanqidiy janrlar. 5. Adabiy muloqotga asoslangan janrlar.
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Mumtoz adabiyotimiz ko ’ lami va miqyosi jihatidan qanday rivojlangan bo ’ lsa , bu davrda adabiy tanqidchilik ham shunday ravnaq topganligini ko ’ rishimiz mumkin . Akademik B . Valixo ’ jaev bu davr tanqidchiligi taraqqiyotini va uning janrlar tarkibini ikki yo ’ nalishda ta ’ kidlab o ’ tadi . 1. Bavosita janrlar . Bunga tanqidchilikka daxli bo ’ lmagan . ammo tarkibida adabiy - tanqidiy fikrlar yuritilgan asarlar . 2. Bevosita janrlar . Bunda adabiy tanqidning o ’ zak masalalari aks etgan alohida nazariy - tanqidiy asarlar nazarda tutilgan . Tanqid janrlarini shartli ravishda ikki yo ‘ nalishga – adabiy jarayonni hamda yozuvchi hayoti va ijodi masalalarini yorutuvchi yo ‘ nalishlarga ajratish mumkin . Ammo mazkur bo ’ linish o ‘ ta shartli , chunki adabiy jarayonni yorutuvchi sof janrlar bo ‘ lmaganidek , faqat ijodkor hayoti va ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar ham yo ‘ q . Haqiqatan ham , tanqidchilik janrlari qaysi janrda bo ’ lmasin , bevosita adabiy jarayon bilan bog ‘ liq holda ijodkor va uning asari haqida fikr yuritadi . Ma’lumki, o’tmishda adabiyotshunoslik va adabiyot tanqid tushunchalari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, adabiyotshunoslik atamasi hozir ishlatayotganimiz shaklda uchramaydi. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllar xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixo’jayev va Abdug’afur Rasulovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Shuning uchun ham biz mazkur mavzuni yoritishda ularning darslik va ilmiy maqolalari, maruza matnlari manbalariga asoslanib ish kurdik. “Tanqid” arabcha-naqada so’zidan tashkil topgan bo’lib, muhokama qilmoq, topshiriq, o’rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to’g’riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarni belgilamoq va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Demak, bu hol tanqid tushunchasi doirasining kengligi, uning hayotdagi barcha hodisa-voqyealarga tegishli ekanini ko’rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo’lsa, u shu nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo. San’atning turli-tuman sohalari va uning o’ziga xos xususiyatlari nazarga olinib, hozirgi kunda har bir sohaga tegishli tanqid bir-biridan farq qiladi. Bunga
teatr tanqidi, kino tanqidi va boshqalarni misol tarzida keltirish mumkin. San’atning sohalaridan biri bo’lmish adabiyot bilan bog’liq bo’lgan tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so’z orqali o’ymakorlarcha tasvirlash san’ati hisoblangan adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqid, bir tomondan, badiiy tanqidning shakllaridan hisoblansa, o’ziga xos xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi bo’ladi. O’tmish adabiy tanqidchiligini 2 guruhga bo’lish mumkin: Birinchi guruh: 1) Faxriya, 2) She’riy parchalar- g’azalning ayrim baytlari, qit’a, soqiynoma, kichik masnaviy; 3) Ilmi adabga bag’ishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin. 2- guruh. Bevosita “janr”lar, ya’ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi. Bu guruhga: 1) Tazkira; 2) Manoqib- holatlar, Faxriya; 3) Aruz, qofiya va she’riy san’atlarga bag’ishlangan risllalar; 4) Debocha; 5) Ro’znoma va oynomalarda (XIX asrning II yarmi va XX asrning avvali) e’lon qilingan taqriz va ixcham maqolalarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruhga kiritilganlarni o’tmish adabiyotshunosligi va adabiy tanqidning maxsus janrlari sifatida qarash mumkin. Tazkira-arabcha zikr so’zidan olingan bo’lib, esdalik daftari ma’nosini anglatadi. XIII asrda Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob ul-albob” (“Bilimlar mag’zi”) tazkirasi yaratilgan. Muhammad Avfiy aslan Buxorolik bo’lib, Samarqandda yashab, keyinchalik Xurosonga safar qilib va, nihoyat, Hindistonda turg’un bo’lib qolgan adiblardandir. Uning “Lubob ul-albob” tazkirasi 1221 yilda hind o’lkasida yozib tugatilgan. Taskirada she’r va shoirlar xususiyatlariga bag’ishlangan alohida boblardan tashqari uch asr mobaynida yashab ijod etgan 300 shoirlarning tarjimai holi va ijodi haqida ma’lumot hamda asarlardan namunalar keltirilgan. Muallif shoirlarni zikr etar ekan, o’sha davrdagi jarayonda mavjud bo’lgan ikki yo’nalishni ta’kidlab, bir guruh shoirlar ijodiyotini Rudakiy uslubiga (“Ravoni Ro’dakiy) mansubligini qayd qilsa, boshqa bir guruhdagi shoirlar ijodiyotini Unsuriy uslubiga (“Ravoni Unsuriy”) mansub deb biladi.
A.Navoiyning “Majolisun-nafois”i XV asr adabiy muhiti, aniqrog’i shu asrning 39-90 yillari orasida faoliyat ko’rsatayotgan 459 shoir haqida ma’lumot beradi. 20-yillardan boshlangan o’zbek professional tanqidchiligi taqriz, adabiy obzor, problematik maqola, badia, xotira-memuar, tanqidiy-biografik ocherk, adabiy portret, ilmiy-biografik tadqiqot singari janrlar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, taqriz- monografiya, maqola-dialog, maqola-suhbat, portret chizgilari, adabiy o’ylar singari shakllardan keng foydalanib keldi. Tanqidchilik janrlarini shartli ikki guruhga bo’lish mumkin. 1.Adabiy jarayonni tahlil etuvchi janr va shakllar. 2.Yozuvchining hayoti va ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllar. Umuman, adabiy jarayonni yorituvchi “sof” janrlar bo’lmaganiday, faqat ijodkor hayoti, ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar yo’q. Tanqidchilik va adabiyotshunoslik adabiyot tarixi bilan o’zviy birlik va bog’liqda rivojlangan. O’zbek adabiyoti tarixida adabiyotshunoslikka oid asarlarni, adabiy jarayon haqida ma’lumot beruvchi tazkiralar biz yuqorida qayd etib o’tgandik. Adabiyotshunoslik va tanqidchilikka oid asarlar janrini biz endigina belgilamoqdamiz. Bunda Navoiy, Boburlar ilmiy-nazariy tadqiqot yaratganligini, “Majolisun-nafois” adabiy portret va portret chizgilaridan tashkil topganligini, “Boburnoma”da, Ogahiy, Munis asarlarida xotira, portret chizgilari janrlari diqqatni jalb qilishligini, nihoyat klassik adabiyotda biografik asarlar paydo bo’lganligini nazarda tutmoqdamiz. XX asr arafasida taqriz, maqola singari janrlar vaqtli matbuotda uchray boshlaganligini aniq faktlar misolida aytish mumkin. Asrimiz boshlarida talay gazeta va jurnallar chop etildiki, ular tanqidchilik janr va shakllarining paydo bo’lishi, rivojlanishiga hissa qo’shdi. Taqriz Adabiy tanqidning eng qadimiy janri. V.G.Belinskiyning “Aqllilik balosi”, A.S.Griboyedov asari, “Zamonamiz qahramoni. M.Lermontov asari”, N.G.Chernishevskiyning “Kambag’allik ayb emas. A.Ostrovskiy komediyasi”, “N.Ogoryov she’rlari”, N.A.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur” singari monografik taqrizlari qimmatbaho uzukka qo’yilgan bebaho ko’z vazifasini o’tadi. Shoh asar shuhratini yetuk taqrizlar avloddan avlodga yetkazganday,