Sinflar bilan amallar va Qt muhiti















![Satr chiqarish uchun write funksiyasidan foydalanishga misol:
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
char ss [] = "merci";
cout.write (ss,sizeof (ss)-1);
return 0;
}
Natija
merci
3. Qt dasturlash muhiti. Qt dasturlash muhitida sinflar va ob’ektlar yaratish.
Qt kutubxonasini yaratish bo’yicha ish 1990 yilda Xavard Nord (Trolltech
bosh direktori) va Erik Chambeng (Trolltech prezidenti) tomonidan boshlandi.
1993 yilga kelib ular birinchi grafik yadroni ishlab chiqishni yakunladilar va vizual
qismlarni yaratishni boshladilar.
1994 yil 4 martda ular keyinchalik "Troll Tech", keyin esa "Trolltech" ga
aylantirilgan "Quasar Technologies" deb nomlangan kompaniyani ro'yxatga olishdi
va Qt kutubxonasining birinchi namoyishi 1995 yil may oyida bo'lib o'tdi.
Keyinchalik Qtda Windows va Unix-da ishlay oladigan va ishlab chiquvchilarga
bitta API (Application Interface)da ishlash imkoniyati yaratildi. Kutubxona ikkita
litsenziya asosida chiqarildi: tijorat dasturlarini ishlab chiqish uchun tijorat va
ochiq kodli dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun. Bozorni kirish sekin kechdi,
ammo kutubxona izdoshlari soni barqaror o'sdi. Yildan yilga kompaniya har yili
sotuvlar sonini ikki baravar oshirdi. Muvaffaqiyat kutubxonaning yuqori sifati,
tarkibiy qismlarining nozik, puxta o'ylangan tuzilishi va ulardan foydalanish
qulayligi bilan ta'minlandi.
O'n yildan kamroq vaqt ichida Qt rivojlanib, kichik bir kutubxonadan butun
dunyo bo'ylab minglab va minglab dasturchilar foydalanadigan dasturiy](/data/documents/11b75963-4200-413e-9ec3-384a293f9a4e/page_16.png)

















Mavzu: Sinflar bilan amallar va Qt muhiti Reja: 1. Sinfning statik elementlari va metodlari. this ko’rsatgichi. 2. Sinflarni boshqa sinflardan tashkil topishi. Oqimli sinflar va ob’ektlar. 3. Qt dasturlash muhiti. Qt dasturlash muhitida sinflar va ob’ektlar yaratish.
1. Sinfning statik elementlari va metodlari. this ko’rsatgichi. Ma’lumotlar elementidan birgalikda foydalanish. Odatda, ma’lum sinf ob’ektlari yaratilayotganda, har bir ob’ekt o’z-o’zining ma’lumotlar elementlari to’plamini oladi. Biroq shunday hollar ham yuzaga keladiki, unda bir xil sinflar ob’ektlariga bir yoki bir nechta ma’lumotlar elementlaridan (statik ma’lumotlar elementlaridan) birgalikda foydalanish kerak bo’lib qoladi. Bunday hollarda ma’lumotlar elementlari umumiy yoki juz’iy deb e’lon qilinadi, keyin esa tur oldidan, quyida ko’rsatilganidek, static kalit-so’z keladi: private; static int shared_value; Sinf e’lon qilingach, elementni sinfdan tashqaridagi global o’zgaruvchi sifatida e’lon qilish kerak. Bu quyida shunday ko’rsatilgan: int class_name::shared_value; Navbatdagi dastur book_series sinfini aniqlaydi. Bu sinf (seriya)ning barcha ob’ektlari (kitoblari) uchun bir xilda bo’lgan page_count elementidan birgalikda foydalanadi. Agar dastur ushbu element qiymatini o’zgartirsa, bu o’zgarish shu ondayoq barcha sinf ob’ektlarida o’z aksini topadi: #include <iostream> using namespace std; class book_series { public: book_series(float); void show_book(void); void set_pages(int) ; private: static int page_count; float price; }; int book_series::page_count;
void book_series::set_pages(int pages) { page_count = pages; } book_series::book_series(float price) { book_series::price = price; } void book_series:: show_book (void) { cout << "Narx: " << price << endl; cout << "Betlar: " << page_count << endl; } int main() { book_series programming(213.95); book_series word(19.95); word.set_pages(256); programming.show_book (); word.show_book() ; cout << endl << "page_count ning o'zgarishi " << endl; programming.set_pages(512); programming.show_book(); word.show_book(); return 0; } Ko’rinib turganidek, sinf page_count ni static int sifatida e’lon qiladi. Sinfni aniqlagandan so’ng, dastur shu vaqtning o’zida page_count elementini global o’zgaruvchi sifatida e’lon qiladi. Dastur page_count elementini o’zgartirganda,
o’zgarish shu vaqtning o’zidayoq book_series sinfining barcha ob’ektlarida namoyon bo’ladi. Agar ob’ektlar mavjud bo’lmasa, public static atributli elementlardan foydalanish. Sinf elementini statik kabi e’lon qilishda bu element ushbu sinfning barcha ob’ektlari tomonidan birgalikda qo’llanadi. Biroq shunday vaziyatlar yuz berishi mumkinki, dastur hali ob’ektni yaratganicha yo’q, ammo u elementdan foydalanishi kerak. Elementdan foydalanish uchun dastur uni public va static sifatida e’lon qilishi kerak. Masalan, quyidagi dasturda, hatto book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo’lmasa ham, bu sinfning page_count elementidan foydalaniladi: #include <iostream> using namespace std; class book_series { public: static int page_count; private: float price; }; int book_series::page_count; int main() { book_series::page_count = 256; cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::page_count <<"ga teng"<<endl; return 0; } Bu o’rinda, sinf page_count sinfi elementini public sifatida e’lon qilgani uchun, hatto agar book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo’lmasa ham dastur sinfning ushbu elementiga murojaat qilishi mumkin.
Statik funksiya -elementlardan foydalanish. Avvalgi dastur ma’lumotlar statik elementlarining qo’llanishini ko’rsatib bergan edi. C++ xuddi shunday usul bilan statik funksiya-elementlar (usullar)ni aniqlash imkonini beradi. Agar static usul yaratilayotgan bo’lsa, dastur bunday usulni, hatto uning ob’ektlari yaratilmagan holda ham chaqirib olishi mumkin. Masalan, agar sinf sinfdan tashqari ma’lumotlar uchun qo’llanishi mumkin bo’lgan usulga ega bo’lsa, siz bu usulni statik qila olishingiz mumkin bo’lardi. Funksiyadan foydalanish uchun dastur uni public va static sifatida e’lon qilishi kerak. Masalan, quyidagi dasturda, hatto book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo’lmasa ham, bu sinfning show_count() usulidan foydalaniladi: #include <iostream> using namespace std; class book_series { public: static int show_count() { return page_count;}; private: float price; static int page_count; }; int book_series::page_count = 256; int main() { cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::show_count() <<"ga teng"<< endl; return 0; } This ko’rsatkichi. Agarda konkret ob’ektga ishlov berish uchun sinf a’zosi –funksiya chaqirilsa, unda shu funksiyaga ob’ektga belgilangan ko’rsatkich avtomatik va