SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASI TARIXIY JARAYONNING TAXLIL QILISHNING YANGICHA USULLARI
MAVZU: SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASI TARIXIY JARAYONNING TAXLIL QILISHNING YANGICHA USULLARI REJA: 1 SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASINING FANGA KIRITLISHI 2 SIVILIZATSIYA HAQIDA NAZARIYALAR 3 LOKOL SIVILIZATSIYALAR
Sivilizatsiya” tushunchasi: o‘tmish, hozir va kelajakning o‘zaro aloqadorligi evolyusiyasi va mohiyati Tarixiy jarayonni sivilizatsiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tarix va sivilizatsiya o‘zaro aloqador hodisalar. Ular bir - birini taqazo etadi. “Sivilizatsiya” hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biriga aylangan. Bu so‘zni tadqiqodchilar turli ma’nolarda qo‘llamoqdalar. Ushbu tushuncha evolyusiyasining tarixiga nazar solsak, bu tushuncha fransuz tarixchi olimi L.Fevrning aytishicha, birinchi marta 1766 yilda Fransiya ma’rifatparvarlari va Angliya ma’rifatparvarlari tomonidan 1773 yillarda qo‘llangan. “Madaniyat” tushunchasi esa ilk marotaba 1774 yilda ilmiy muomalaga kiritilgan.12 “Sivilizatsiya” tushunchasining o‘zagi lotincha “civis” bo‘lib, “shaharlik”, “shaharlashish” ma’nolarini anglatadi. Dastlab bu tushuncha “silvaticus”, ya’ni “yovvoyi”, “qo‘pol” tushunchalariga qarshi qo‘yilgan. YAngi davrga kelib “sivilizatsiya” “madaniyat”ning sinonimi sifatida ham qo‘llanila boshlandi. Hozirgi davrda ham u madaniy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotning bosqichi sifatida tushuniladi. Keyinroq sivilizatsiyani N.Danilevskiy “madaniy – tarixiy tur”, O.SHpengler “yuksak madaniyat”, Toynbi tarixning asosini tashkil etuvchi “lokal sivilizatsiya”, P.Sorokin “madaniy supertizim”, F. Brodel esa “madaniy – tarixiy zona” sifatida tasvirlaganlar. Keltirilgan tushunchalar bilan bir qatorda X1X asrda sivilizatsiyaga butunlay boshqa ma’no berila boshlandi. Jumladan, Amerika antropologi L.Morgan va uning ketidan “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” asarining muallifi nemis marksist olimi F.Engels ushbu tushunchani insoniyat tarixida yovvoyilik va varvarlik bosqichidan insoniyat haqiqiy jamiyatining bosqichiga o‘tish sifatida, aniqrog‘i, oila, xususiy mulk, sinflar va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarzda tushungan edilar. Dastlab “sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari deyarli bir xil ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsada, “Vaqt o‘tishi bilan bu ikki tushunchalar farqlana boshlandi. Sivilizatsiya tarkibiga rivojlanish holatida bo‘lgan bir butun mamlakatlar va xalqlarni kirita boshladilar. 1819 y. “sivilizatsiya” so‘zi birinchi marta ko‘plik ma’nosida qo‘llanilib, xalqlarning sivilizatsiya taraqqiyotida turli tumanlik tan olindi. F.Gizo “Evropada sivilizatsiya tarixi” (1828), so‘ngra “Fransiyada sivilizatsiya tarixi”ni
(1830) yozadi, R.Bokl “Angliyada sivilizatsiya tarixi”ni (1857-1861) nashr etdi”.13 Demak, X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab “sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari farqlana boshlandi. Dastlab sivilizatsiya yuksak iqtisodiy, madaniy – ma’naviy taraqqiyotni, ko‘p jihatdan diniy taraqqiyotni anglatgan bo‘lsa (masalan, SHpenglerning fikricha, har bir sivilizatsiyaning asosida din yotadi), keyinroq ma’naviy taraqqiyot ko‘proq madaniyat bilan bog‘lana boshlandi. Madaniyatning mohiyati endi yuksak sivilizatsiya hamda uning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarini ifoda etuvchi ma’naviyat shakllari va darajasi bilan bog‘lana boshlandi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, sobiq SSSR da marksistik mafkura doirasida sivilizatsiya va madaniyat sohasida qilingan tadqiqotlarda madaniyatning moddiy va ma’naviy turlari e’tirof etilgan bo‘lsada, unga asosan tarixiy materializm nuqtai nazaridan yondashildi, ya’ni har qanday sivilizatsiya va madaniyat taraqqiyoti va umuman jamiyatning madaniy taraqqiyoti eng avvalo, iqtisodiyot va moddiylik bilan bog‘landi. SHu sababli ham bu davrda ma’naviyat sohasi va uni tahlil etishga etarli e’tibor berilmadi. Bu sohada ayrim ilmiy asarlarni hisobga olmaganda, chuqur ilmiy-falsafiy tadqiqotlar olib borilmadi. Bularning oqibatida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sivilizatsiya va madaniyat sohalarini tadqiq etishda ham faqat materialistik yondashuv qaror topdi. “Madaniyat”tushunchasi o‘zining ko‘p jihatliligi va keng qamrovliligi bilan xususiyatlanadi. Madaniyat sohasida tadqiqotlar olib borgan YA.Uayt, K.Klakxon, A.Kreber kabi chet el mualliflari madaniyat hodisasini jamiyat a’zolarining birgalikda yashashining mazmuni, jamiyatni esa ana shu mazmunni qamrab oluvchi bir butun tizim sifatida tushunadilar. Qayd etilgan tushunchalar bilan bir qatorda so‘nggi paytlarda “dunyo sivilizatsiyasi” degan tushuncha ham keng qo‘llanilmoqda. Bu tushuncha avvalo dunyoning umumiy tarixi bilan bog‘liq holda qo‘llaniladi. Dunyo sivilizatsiyasi
dunyo tarixining ma’lum bir bosqichini ifoda etadi va bu tarixiy bosqichda insoniyat o‘zining ma’lum extiyojlari, manfaatlari va intilishlari bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari bunday sivilizatsiya o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy jihatlariga, moddiy ishlab chiqarishning bosqichiga, ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ma’naviy munosabatlariga ega bo‘lib, bu davr bir necha asrlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasi haqida gap ketganda ushbu sivilizatsiyaga o‘z xissasini qo‘shayotgan bir necha sivilizatsiyalar va madaniyatlarning yig‘indisi nazarda tutiladi. Hozirgi davrda sivilizatsiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi, kengayib borishi va ularning turli shakllarda namoyon bo‘lishi bu hodisani yanada dolzarb mavzuga aylantirdi. Bir tomondan SHarq sivilizatsiyasi va ikkinchi tomondan G‘arb sivilizatsiyasi dunyoda o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida tinmay turli yo‘llar bilan harakat qilmoqda. SHu sababli ham sivilizatsiyalarning dinamikasi, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning evolyusion taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar ham sivilizatsiya hodisasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi Sivilizatsiyaga berilgan ta’riflarning ayrimlariga e’tiborimizni qaratsak, bu ta’riflarda sivilizatsiya asosan uni tashkil etuvchi turli elementlarni birlashtiruvchi bir butunlik ekanligi nazarda tutiladi. Bir qator mualliflarningta’riflariga ko‘ra, ushbu butunlik o‘z navbatida tizimlilik xususiyati bilan ham tavsiflanadi. Masalan, sivilizatsiya axloq, san’at, din, til, fan, madaniy an’analarning birligi evaziga ma’lum bir butunlikka erishgan jamiyat sifatida ta’riflanadi. Rus olimi YU.YAkovets Sivilizatsiyalar tarixi asarida sivilizatsiya masalasiga atroflicha to‘xtab, uni ikki xil ma’noda: dunyo sivilizatsiyalari va lokal sivilizatsiyalar ma’nosida tasavvur etadi. Muallif dunyo sivilizatsiyasini quyidagicha ta’riflaydi: “Dunyo sivilizatsiyasi insonning ma’lum ehtiyojlar,
qobiliyatlar, bilim, ko‘nikmalar va manfaatlar darajasi va ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usuli, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar qurilmasi, ma’naviy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadigan insoniyat tarixining bosqichi; gap asosan o‘ta uzoq davrga (ko‘pasrlik) mo‘ljallangan tarixiy sikl haqida ketmoqda”.14 Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan ta’rif insoniyat taraqqiyotining aniq bir bosqichida jamiyat va shaxsni tavsiflashi mumkin bo‘lgan xususiyatlarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari ta’rifda jamiyat ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohalari: iqtisodiy, siyosiy, madaniy - ma’naviy, ilmiy sohalarining taraqqiyot darajasi jamiyatning ehtiyojlari va manfaatlari bilan bog‘liqlikda ifoda etiladi. Albatta, sivilizatsiyaga rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ushbu ta’rifda barcha sohalarning rivojlanish darajasi hisobga olingan va masalaga kompleks yondashilgan. “Lokal sivilizatsiyalar taqdirlari umumiy bo‘lgan, umumtarixiy progress sur’atini ba’zan uning epitsentrida turib, ba’zan undan yiroqlashib in’ikos etuvchi va unga ta’sir etuvchi alohida mamlakat, mamlakatlar guruhi va etnoslarning madaniytarixiy, etnik, diniy, iqtisodiy – geografik xususiyatlarini ifoda etadi”.15 Bizningcha, ushbu ta’rif asosan lokal sivilizatsiyalarni nazarda tutgan bo‘lsada, bu erda so‘z “umumiy tarixga ega bo‘lgan” etnoslar va “mamlakatlar guruhi” haqida boryapti.“Lokal” so‘zining o‘zi alohida, yakka, ajralib qolgan ma’nosini beradi. Bu tushunchani bizningcha, alohida tahlil etilayotgan madaniyatga nisbatan qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. CHunki lokal sivilizatsiyaning o‘zi garchi u lokal, ya’ni alohida bo‘lsada, bir necha mamlakat yoki millatni o‘z ichiga olishi mumkin. Demak, bu tushunchani ma’lum sabablarga ko‘ra, (masalan, tabiiy yoki ijtimoiy) taraqqiyotdan ajralib qolgan yakka mamlakat yoki millatga nisbatan qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi tarixning bosqichma-bosqich nazariyasiga qarshi bo‘lib, unga ko‘ra insoniyat tarixi barcha xalqlar uchun yagona jarayon sifatida emas,