logo

So‘zning morfеmik tarkibini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.8427734375 KB
So‘zning morf е mik tarkibini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar.
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morf е mik tarkibini o‘rganish tizimi. 
2. So‘zning morfеmik tarkibini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar
3. O‘zak va qo‘shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi.
4.  So’z yasalishini o’rgatish darslarini tashkil etish. Boshlang‘ich   sinflarda   so‘zning   morfеmik   tarkibini   o‘rganish   tizimi.
So’zning   leksik   ma’nosini   aniqlash   maqsadida   uni   morfemalarga
ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega. So’zning tarkibi
ya’ni   ma’noli   qismlarini   o’rganish   so’z   turkumlarini   o’rganishga   zamin
hozirlaydi.   So’zning   morfemik   tuzilishini   farqlamasdan   o’quvchilar   so’z
turkumining   mohiyatini   ongli   o’zlashtira   olmaydi.   Orfografiyaga   oid
morfologik   tamoyil   asosida   yoziladigan   so’zlarning   imlosini
o’zlashtirishda   ham   o’quvchilarda   so’zni   morfemalarga   ajratish
malakasi yetarli darajada bo’lishi lozim. Jumladan, talaffuzda   kelli, ketti
so’zlari   har   doim   morfologik   tamoyil   asosida   keldi,   ketdi   shaklida
yozilishida   kel   (asos)+di                                                 (qo’shimcha),   ket   (asos)+di
(qo’shimcha)  tarzida ma’noli qismlarga bo’linishini bilishi ahamiyatlidir.
Boshlang’ich   ta’limning   ona   tili   dasturiga   muvofiq   so’zning
morfemik   tarkibi   3-sinfida   o’rganiladi.   Bunda   ”so’z   tarkibi”,   ”so’zning
o’zagi”, ”so’z yasovchi qo’shimchalar”, ”so’z yasovchi qo’shimchalar”  haqida
elementar   bilim   beriladi.   4-sinfda   morfologiyani   tizimli   o’rganish
boshlanadi.   Bunda   so’z   tarkibi   bo’yicha   olgan   boshlang’ich   bilimlari
kengaytiriladi,   chuqurlashtiriladi,   murakkab   so’zlarning   tarkibi   tahlil
qilinadi.   So’z   tarkibini   o’rgatishda   o’zak   va   qo’shimchalardagi   unli   va
undosh   tovushlarning   o’zgarish   hollariga   alohida   e’tibor   qilish   talab
etiladi.  
Shuningdek, so’z tarkibini analiz qilishda o’qituvchi kichik yoshdagi
bolalar   uchun   ma’nosi   tushunarli   bo’lgan,   ularning   nutqida   tez-tez
uchraydigan   so’zlar   tanlab   olinsa   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Chunki
bolalar   tanlangan   so’zning   leksik   ma’nosini   tushunsagina   uning   o’zak va   qoshimchasini   ongli   farqlaydi   va   ajratadi.   Masalan,   kitobim   //   kitob
(o’zak)+im (qo’shimcha), gullar // gul (o’zak)+lar (qo’shimcha)  kabi.
Demak,   s o’zning   eng   kichik,   bo’linmaydigan   ma’noli   qismi
morfema  deyiladi. Morfema ikki turga bo’linadi: 
1. O’zak  morfema   – so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no
anglatadigan morfema.
2.   Qo’shimcha   morfema   –   mustaqil   holda   leksik   ma’no
anglatmay,   so’zning   leksik   va   grammatik   ma’nolari   shakllanishi   uchun
xizmat qiladigan morfema. 
Qo’shimchalar ma’no va vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: 
1.   So’z   y asov chi   qo’shimchalar.   Ular   so’zning   leksik   ma’nosini
shakllantirish   uchun   xizmat   qiladi.   Masalan,   bog’bon,   paxtakor,   gulzor,
ishchi  so’zlaridagi  -bon, -kor, -zor, -chi  so’z yasovchi affikslardir. 
2.   Shak l   y asov chi   qo’shimchalar.   Bu   qo’shimchalar   so’zlarni
grammatik   jihatdan   shakllantirib,   turli   grammatik   ma’nolarni
ifodalaydi.   Masalan,   maktablarimizni   so’zida   -lar,   -imiz,   -ni   shakl
yasovchi   qo’shimchalar   bo’lib,   -lar   ko’plik   ma’nosini,   -imiz   egalikning   I
shaxs ko’plik ma’nosini,  -ni  tush um kelishigi  ma’nosini ifodalaydi.
Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bun dan tashqari,
ko’pgina   o’zak   va   so’z   yasovchi   qo’shimchalar   ko’p   ma’noli.   Shunga
qaramay,   ko’p       so’zlarning   leksik   ma’nosini   uning   mor femik   tarkibiga
qarab   aniqlash   qiyin,   bu   maqsadda   so’zni   morfemalarga   ajratishdan
foydalanishga to’g’ri keladi.
O’quvchilar   so’zning   morfemik   tarkibini   va   so’z   yasalishini
o’rganishlariga qarab, so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar.   Ular   yasama   so’zlarning   leksik   ma’nosini   so’zlarning
semantik o’xshashligiga qarab bilib oladilar.
So‘z   morfеmik   t ark ibini   o‘rganish   y uzasidan   olib   boriladigan
ishlar .
So’zlarning   morfemik   tarkibi   ustida   ishlashning   ahamiyati   va
shunga mos ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.   So’zning   morfemik   tarkibi   ustida   ishlash   bilan   o’quvchilar
so’zning   leksik   ma’nosini   aniqlashning   asosiy   usullaridan   birini   bilib
oladilar.   Bunda   o’qituvchining   vazifasi   o’quvchilar   so’zlarning   leksik
ma’nosi   va   morfemik   tarkibi   bir-biriga   bog’liqligini   bilib   olishi   uchun
eng   qulay   sharoit   yaratish,   shu   asosda   ularning   lug’atiga   aniqlik
kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.
2.   So’z   yasalishi   haqidagi   elementar   bilim   ham   o’quvchilarning
tilimizning   yangi   so’zlar   bilan   boyishining   asosiy   manbasini
tushunishlari   uchun   muhimdir.   Yangi   so’z   tilda   mavjud   bo’lgan
morfemalardan,   ma’lum   usul   va   modellar   asosida   vujudga   keladi
(yasaladi).   So’z   yasalishini   kuzatish   o’quvchilarda   so’zga   faol
munosabatni   shakllantirishga   ijobiy   ta’sir   etadi,   tilning   rivojlanish
qonuniyatlarini tushunishga olib keladi.
3.   So’z   yasalishi   asoslari   bilan   tanishish   o’quvchilar   lug’atini   atrof-
muhit   haqidagi   bilimlar   bilan   boyitishga   imkon   beradi.   Predmet,
jarayon,   voqea-hodisalar  haqidagi   tushunchalar  so’z   bi lan   ifodalanadi.
So’zlar   o’rtasidagi   ma’no   va   tuzilish   jihatidan   bog’lanishni   belgilash
o’zaro   munosabatda   bo’lgan   tushunchalar   o’rtasidagi   bog’lanishga
tayanadi   (masalan,   traktor   v a   traktorchi       so’zlari   o’zaro   munosabatda bo’lgan   tushunchalar,   shu   tufayli   ma’ no   va   tuzilishiga   ko’ra
bog’langan).   O’quvchilar   so’zlarning   ma’no   va   tuzilishiga   ko’ra   o’zaro
munosabatini   haqiqatan   bilsalar,   atrof-muhitda   mavjud   bo’lgan
predmetlar,   jarayonlar,   voqealar   o’rtasidagi   bog’lanishni   chuqur
tasavvur etadilar, biladilar.
4.   So’zda   morfemaning   ahamiyatini   anglash,   shuningdek,
qo’shimchalarning   semantik   ma’nosini   bilish   o’quvchilarda   nutqning
aniq   shakllanishiga   ta’sir   etadi.   O’qituvchining   vazifasi   o’quvchilarning
so’zning   leksik   ma’nosini   tushunibgina   qolmay,   kontekstda   aniq
qo’shimchali   so’zlardan   ongli   foydalanishlarini   ham   o’rgatish
hisoblanadi.
5.   So’zning   morfemik   tarkibini   o’rganish   imloviy   malakalarni
shakllantirishda   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Fonetik   tamoyil   yangi
o’zbek   imlosining   yetakchi   tamoyili   bo’lib,   bunga   binoan   so’zlar   va
ularning   tarkibiy   qismi   (o’zak   va   qo’shimchalar)   ko’proq   talaffuziga
muvofiq   yoziladi.   O’zak   va   qo’shimchalarni   to’g’ri   yozish   malakasini
nazariy   asosda   shakllantirish   fonetik,     so’z   yasalishiga   oid,   grammatik
b ilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun
so’zning   morfemik   tarkibini   o’rganishning   muhim   vazifalaridan   biri
o’zak   va   qo’shimchalarni   to’g’ri   yozish   malakasini   shakllantirish   uchun
zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
6.   So’zning   morfemik   tarkibini   o’rganish   o’quvchilarning   aqliy
qobiliyatini o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish
uchun   zarur   bo’lgan   maxsus   aqliy   ko’nikmalarni   shakllantirishda   ham
ahamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan   o’quvchilarda   aqliy   faoliyatni   o’stiradigan,   analiz,   taqqoslash
ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.
O‘zak  v a qo‘shimcha ust ida ishlashning mazmuni  v a 
met odik asi.
“O’zak”   tushunchasini   shakllantirishda   o’quvchilar   o’zak   o’zakdosh
so’zlarning   umumiy   qismi   ekani   va   u   barcha   bir   xil   o’zakli   so’zlarning
ma’nosidagi umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi. O’zakdosh
so’zlarni   tahlil   qilish   bilan   o’quvchilar   so’zning   qaysi   qismi   shu
so’zlardan   o’zakdosh   so’zlar   hosil   qilayotganini   tushuntirishga   (bunda
ular   o’zakni   ajratadilar),   qaysi   qismi   har   xil   ma’noli   so’zlar   hosil
qilayotganini tushuntirishga (bun da ular so’z yasovchi qo’shimchalarni
ajratadilar)   o’rgatiladi.   Bunday   vazifalarni   to’g’ri   bajarish   natijasida
o’quvchilar o’zak  va  so’z yasovchi qo’shimcha  so’zning leksik  ma’nosini
hosil   qilishdagi   muhim   vosita   ekanligini   elementar   tarzda   bo’lsa   ham
tushunadilar,   shuningdek,   o’zak   o’zakdosh   so’zlarga   asos   bo’ladigan
qism ekanini bilib oladilar.
O’zak   ustida   ishlash   bu   bilan   tugamaydi,   balki   boshqa
morfemalarni maxsus o’rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va
keyinroq   so’z   turkumlari   o’rganilganda ,   so’z   yasashga   doir   mashqlar
bilan ham uzviy bog’lanadi.
S o’z   y asov chi   qo’shimchalar   ust ida   i shlash.   Bu   morf e mani
o’rganishning   asosiy   vazifasi   o’q uvchilarni   so’zda   so’z   yasovchi
qo’ shimchaning   ahamiyat i   bilan   tanishtirish   va   shu   asosda   so’z
yasovchi   qo’ sh i mchali   so’zdan   o’ z   nut q ida   ongli   foydalanish
k o’ nikmasini  o’ stirish  h isoblanadi.  O’quvchilar so’z yasovchi qo’shimcha yordamida   yangi   leksik   ma’noli   so’z   yasash   mumkinligini   tushunishi
muhim ahamiyatga ega.
So’z   yasovchi   qo’shimchalar   ustida   ishlash   ba’zi   so’z   yasovchi
qo’shimchaning   ma’nosini   va   yasama   so’zning   grammatik   belgilarini
aniqlash   bilan   birga   olib   boriladi.   So’z   yasovchi   qo’shimchaning
ma’nosini   tushuntirish   uning   so’z   yasashdagi   ahamiyatini   o’quvchilar
anglashiga   imkon   beradi,   ularning   diqqat-e’tibori   so’z   yasovchi
qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasalishiga    qaratiladi.
Masalan:  so’z – so’zla,  so’zsiz, . 
Yasalgan   so’z   qaysi   so’z   turkumiga   kirishini  aniqlash   so’z   yasovchi
qo’shimcha   yordamida   har   xil   so’z   turkumiga   oid   so’zlar   yasash
mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi.
So’z   yasovchi   qo’shimchani   ongli   o’zlashtirish   uchun   quyidagi
mashqlar guruhidan foydalanish yaxshi natija beradi:
Birinchi   guruh   mashqlar ga   har   xil   so’z   yasovchi   qo’shimcha
qo’shish   bilan   hosil   bo’lgan   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’no   jihatdan
farqini   qiyoslashga   oid   vazifalar   kiradi.   Masalan,   gul   so’zidan   -chi,   -zor
so’z yasovchi qo’shimchalari bilan yangi so’z yasang. Hosil bo’lgan so’zlarni
ma’nosi va tarkibiga ko’ra qiyoslang. Ularda nima o’xshash? So’zning qaysi
qismi ularni ma’nosiga ko’ra farqlayapti? Yangi so’zlarni qatnashtirib gap
tuzing.
I k k inchi   guruh   mashqlar ga   bir   so’z   yasovchi   qo’shimchani   har   xil
so’zlarga       qo’shishdan   hosil   bo’lgan   so’zlarda   so’z   yasovchi
qo’shimchaning   ma’nosini   qiyoslashga   oid   vazifalar   kiradi.   Bunday
mashqlarning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning   ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish hisoblanadi. Masalan,   ishchi,
suvchi,   gulchi   so’zlarini   taqqoslash,   ma’nosiga   ko’ra   o’xshash   tomonini
belgilash   (biror  ishni,    vazifani    bajaradigan  kishini  – shaxsni bildiradi),
so’zning   qaysi   qismi   bajaruvchi   shaxs   ma’nosini   bildirayotganligini
aniqlash  (so’z yasovchi qo’shimcha   -chi ).
Uchinchi   guruh   mashqlar ga   matnni   leksik-grammatik   va   leksik-
stilistik tahlil qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan o’zakdosh
so’zlarni   topish,   ularning   ma’nosidagi   farqni   aytish,   bu   farq   so’zning
qaysi   qismi   yordamida   berilayotganini   aniqlash;   berilgan   so’zlardan
namunadagidek gap tuzish (masalan,   Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi
yerni   traktor   bilan   haydaydi);   o’ zakdosh   so’zlarni   aniqlash   va   tarkibiga
ko’ra tahlil qilish va h.k.
Shak l  y asov chi  qo’shimchalarni  o’rganish  xususiy at lari.   Har bir
morfemaning   lingvistik   mohiyatida   o’ziga   xoslik   bo’lib,   uni   o’rganish
metodikasi   ham   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Shakl   yasovchi
qo’shimchada   grammatik   vazifa   yetakchi   hisoblanadi,   bu   bilan   u   so’z
yasovchi qo’shimchadan farqlanadi.       
Shakl   yasovchi   qo’shimcha   so’zning   grammatik   ma’nosini
ifodalovchi   vosita   hisoblanadi.   O’quvchilar   so’zning   grammatik
ma’nosini   bilmay   turib   shakl     yasovchi   qo’shimchaning   vazifasini   ham
anglab   yetmaydilar.   Bundan   tashqari,   shakl   yasovchi   qo’shimcha   bir
necha ma’no ifodalaydi (masalan,  ki tobni o’qidim  so’z birikmasidagi  -m  I
shaxs birlik ma’nosini bildiradi).
Shakl   yasovchi   qo’shimchani   o’rgatishda   uning   mana   shu
xususiyatlari   hisobga     olinadi,   boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   uning   ikki belgisi   bilan   (so’z   shaklini     o’zgartirishi   va   gapda   so’zlarni   bir-biriga
bog’lashi   bilan)   amaliy     tanishtiriladi.   O’quvchilar   otlarda     birlik   va
ko’plik,     bo’lishli   va   bo’lishsiz   fe’llar,   otlarning   egalik   va   kelishik
qo’shimchalari bilan o’zgarishi,  kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan
turlanishi,   fe’llarda   shaxs-son,       zamonni   (IV   sinf)   o’rganishlari   bilan
bog’liq   holda   ularning   shakl   yasovchi   qo’shimcha   haqidagi   bilimlari
asta-sekin chuqurlashtirila boriladi.
O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida
bog’lanishi haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida
hosil   qilinadi.   Masalan,   gapning   mazmuniga   mos   ravishda   ajratib
berilgan so’zning shaklini so’roqlardan foydalanib o’zgartirish va u so’z
gapdagi   qaysi   so’z   bilan   bog’langanini   aniqlash   so’raladi:   O’quvchi
(nimani?)   kitob...   sevadi.   U     (nimadan?)   kitob...   yaxshi   foydalanadi?
O’quvchilar   o’qituvchi   rahbarligida   “So’zning   shaklini   nima   uchun
o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga erishildi?”
savollariga javob beradilar. 
O’quvchilar   shakl   yasovchi   qo’shimchalarning   sintaktik   vazifasini
gapda         so’zlarning   bog’lanishi   va   so’z   birikmasini   o’zlashtirish
jarayonida   o’zlashtiradilar.   O’quvchilarning   so’zlarning   bog’lanishi
haqidagi   bilimi   elementar   xarakterda   bo’lsa   ham,   ularning   so’z
birikmasidagi   so’zlar   ma’no   va   grammatik   jihatdan   shakl   yasovchi
qo’shimchalar   yordamida   bog’lanishini   tushunishiga   erishiladi.
O’quvchilar   ot   va   kishilik   olmoshlarining   kelishik   qo’shimchalari   bilan
turlanishini   o’rganganlaridan   so’ng   gapda   ma’no   va       grammatik
jihatdan o’zaro bog’langan so’zlarni ajrata olish va nimalar   yordamida bog’langanini   tushuntirish   ko’nikmalariga   ega   bo’lishlari   mumkin,
so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini o’zlashtira
boshlaydilar.
O’quvchilar   har   bir   morfemaning   vazifasini   boshqa   morfemalar
bilan   qiyoslab   ko’rsatish   talab   qilingan   vazifani   bajarish   jarayonida
shakl   yasovchi   qo’shimchaning   o’ziga   xos   xususiyatini   yaxshi
o’zlashtiradilar. Masalan, o’zakdosh       so’zlar tanlash vazifasini bajarish
davomida   so’z   yasash   uchun   qanday   morfemalardan   foydalanilgani,
so’z   yasovchi   qo’shimcha   tufayli   so’zning     ma’nosi   qanday   o’zgargani
aniqlanadi.   Shundan   so’ng   o’quvchilarga   “Otni   shunday   o’zgartiringki,
u   birlikni   emas,   ko’plikni   bildirsin”   topshirig’i   beriladi.   Bolalar   bu
vazifani bajarib, otga shakl yasovchi ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda,
so’zning   leksik   ma’nosi   o’ zgarmaganini,   faqat   shakli   o’zgarganini,
ko’plik   bildirganini   aytadilar.   So’z   yasovchi   qo’shimcha   bilan   shakl
yasovchi   qo’shimchalarni taqqoslash  orqali o’quvchilar shakl yasovchi
qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini yaqqol ko’radilar.  
So’z y asalishini o’rgat ish darslarini t ashk il et ish.  
Til   materialini   o’rganish   tizimi   deganda   aniq,   ilmiy   asoslangan
izchillikdagi   va   o’zaro   bog’lanishdagi   bilimlar   yig’indisini   o’zlashtirishni
ta’minlaydigan  maqsadga  qaratilgan  jarayon,  shuningdek,  shu  asosda
amaliy   ko’nikmalarni   shakllantirish   tushuniladi.   So’zning   morfemik
tarkibiga   tatbiq   qilganda,   tizim   so’z   yasalishiga   oid   va   grammatik
bilimlarni o’zlashtirish: 
1) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfemik tarkibini
o’rganishning o’rni bilan;  2)   “o’zak”,   “o’zakdosh   so’z”,   “so’z   yasovchi   qo’shimcha”,   “shakl
yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 
3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga 
ta’sir qilishi bilan; 
4)   morfemalarni   to’g’ri   yozish   malakasini   shakllantirish   ustida
ishlash bilan bog’liqligini belgilab beradi.
Mavzuni o’rganishda to’rt bosqich ajratiladi:
Birinchi bosqich  – so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik bosqichi.
Bu   bosqichning  vazifasi  –  o’quvchilarni  bir  xil  o’zakli  so’zlarning  ma’no
va   tuzilishiga   ko’ra   bog’lanishini   tushunishga   tayyorlash.   Bunday
vazifaning   qo’yilishiga   sabab,   birinchidan,   so’zning   ma’no   va   tuzilishi
jihatidan   bog’lanishini   tushunish,   o’zining   lingvistik   mohiyatiga   ko’ra,
bir   xil   o’zakli   so’zlarni   va   so’z   yasalishini   o’zlashtirishga   asos
hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo’lgan so’zlar
bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanadi: ish – ishchi, g’alla –
g’allakor.   Ikkinchidan,   o’quvchilar   bir   xil   o’zakli   so’zlarni   va
morfemalarni   o’rganishda   qiyinchiliklarga   duch   keladilar:   ular   bir   xil
o’zakli   so’zlarnng   ma’nolaridagi   umumiylikni   tushunishda   qiynaladilar,
chunki   ularda   mavhum   tafakkur   hali   yetarli   rivojlanmagan   bo’ladi;
o’zak,   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi   qo’shimchalarning   vazifalarini
o’zlashtirishda   ularga   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’no   va   tuzilishi
jihatidan   o’xshashligi   va   farqini   aniqlash   anchagina   qiyinlik   qiladi.
Shuning uchun so’zning morfemik tarkibini maxsus o’rganishdan oldin
uning ma’no va tarkibiga ko’ra yaqinligi kuzatiladi. 1-   sinfda   kuzatish   o’rganiladigan   materialning   mazmuni   va   ayrim
so’zlarning   ma’nosini,   yozilishini  tushuntirish   bilan   uzviy   bog’lanadi.   1-
sinfda   kim?,   nima?   so’rog’iga   javob   bo’lgan   so’zlarni   o’rganish
jarayonida   o’qituvchi va o’quvchilarning “Nima uchun u yoki bu narsa
shunday   nomlangan?”   savoliga   birgalikda   javob   topishi   ularni   bir   xil
o’zakli   so’zlar   o’rtasidagi   munosabatni   tushunishga   tayyorlashda
anchagina   mos   va   qiziqarli   usul   hisoblanadi.   Bu   savolga   javob   topish
bilan   o’quvchilar   “Nega   so’zlar   o’zakdosh       hisoblanadi?”,   “Bir   so’zdan
boshqa   so’z   qanday   hosil   bo’ldi?”   savollariga   javob   berishga
tayyorlanadilar.
Tilda   juda   ko’p   so’zlar   shaxs   va   narsaning   nomi   hisoblanadi.
Shuning   uchun   o’quvchilar   bilan   nega   shaxs   yoki   narsa   shunday
nomlanganini  aniqlashdan  asta-sekin  tildagi bir so’z bilan  ikkinchi so’z
o’rtasidagi   bog’lanishni   aniqlashga   o’tish   mumkin.   Masalan,   “Nega
kishilar paxta ko’p ekilgan joyni     paxtazor   (paxta – paxtazor),   daraxt
ko’p   ekilgan   joyni   daraxtzor   (daraxt   –   daraxtzor)   deb   nomlashgan?”,
“Nega   kishilar   bir   uyni   g’ishtli   (g’isht   –   g’ishtli),   boshqasini   sinchli
deyishadi?” 
O’quvchilar predmet yoki  predmet belgisining nomlanish sababini
aniqlashdan   so’zlarning   ma’nosi   va   tarkibidagi   umumiylikni   topishga
o’rganadilar. Bularning hammasi o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning
yasalishi   mohiyatini   tushunishga   tayyorlaydi;   ular   bir   so’z   boshqa
so’zdan   o’zaro   ma’no   jihatdan   bog’lanishi   asosida   yasalishini,   o’z
navbatida,   shu   so’z   bilan   nomlangan   tushunchalar   o’rtasidagi
bog’lanishga   asoslanishini   tushuna   boshlaydilar.   O’quvchilar   so’zning yangi   so’z   hosil   qilishga   yordam   beradigan   qismini   bilib   olgan   sari
ularda so’z yasalishi  haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi.
Ikkinchi   bosqich   –   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   xususiyatlari   va   barcha
morfemalarning   mohiyati   bilan   tanishtirish.   Bu   bosqichning   asosiy
o’quv vazifasi – so’zlarning ma’noli qismlari sifatida o’zak, so’z yasovchi
va   shakl   yasovchi   qo’shimchalar   bilan   tanishtirish,   “o’zakdosh   so’zlar”
tushunchasini   shakllantirish,   bir   xil   o’zakli   so’zlarda   o’zakning   bir   xil
yozilishini kuzatish hisoblanadi.
“O’zakdosh   so’zlar”   tushunchasini   shakllantirish   ularning   ikki
muhim   belgisini,   ya’ni   mazmuniy   umumiylikni   (ma’nosida   qandaydir
umumiylik   borligini)   va   tuzilishiga   ko’ra   umumiylikni   (umumiy   o’zak
mavjudligini) o’zlashtirish bilan bog’lanadi. Shuning uchun bu belgilarni
o’quvchilar   o’zlashtirishiga   ta’lim   jarayonida   sharoit   yaratish   lozim.   Bu
o’quvchilarda bir xil o’zakli so’zlarning lug’aviy ma’nolari bilan morfemik
tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash ko’nikmasini rivojlantiradi. 
Bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’nolaridagi   umumiylik   o’zakning
umumiyligi   tufayli   vujudga   keladi,   ularni   bir   guruhga   birlashtiradi;
qo’shimchalar esa so’zning ma’nosiga o’ziga xos ma’no qo’shadi; ularni
bir-biridan   farqlaydi.   Bir   xil   o’zakli   so’zlar   ustida   bunday   ishlash   usuli
o’quvchilarning   bilish   faoliyatini   faollashtiradi,   ular   diqqatini   so’zning
umumiylikka   asoslangan   aniq   belgilariga   jalb   qilish   imkonini   beradi.
Masalan,   o’qituvchi   kombayn   rasmini   ko’rsatadi   va   «Kombaynni
boshqaradigan   kishi   nima   deb   nomlanadi?»   savolini   beradi.   Javob
xattaxtaga yoziladi: kombayn – kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab
kuzatish quyidagi aniq til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish   jarayonida   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   xususiyatlari   haqida   xulosa
chiqariladi: Avval so’zlarni ma’no va tarkibiga ko’ra taqqoslash asosida
“o’zakdosh   so’zlar”   atamasi   beriladi,   keyin   o’zakdosh   so’zlarning
umumiy qismi o’zak deyilishi, o’zakdosh   so’zlarni, boshqacha qilib, bir
xil   o’zakli   so’zlar   (ya’ni   o’zakdosh   so’zlar)   deb   nomlanishi   ham
tushuntiriladi.
O’quvchilarda   bir   xil   o’zakli   so’zlarni   ikki   muhim   belgisiga   ko’ra
aniqlash   ko’nikmasini  o’stirish   uchun   o’zakdosh   so’zlar  yaqin   ma’noli  –
sinonim so’zlar bilan, shakli o’xshash bo’lgan so’zlar bilan taqqoslanadi.
Masalan,   o’quvchilar   baxtli   –   baxtsiz   o’zakdosh   so’zlari   bilan   baxtli   –
saodatli   sinonim   so’zlarini   taqqoslab,   o’zakdosh   so’zlar   ham,   sinonim
so’zlar   ham   yaqin   ma’no   bildirishini   (o’xshash   tomonini),   o’zakdosh
so’zlarda umumiy qism (baxt) mavjud bo’lib, sinonim so’zlarda bunday
umumiy qism yo’qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar. Bunday mashqlar
o’quvchilarni  o’zakdosh   so’zlarni  yaqin   ma’noli  sinonim  so’zlardan,   bir-
biriga o’xshash bo’lgan so’zlardan farqlashga o’rgatadi.
Bir xil o’zakli so’zlar turli so’z turkumiga oid bo’ladi. Shuning uchun
bir   xil   o’zakli   so’zlarni   o’rganishning   bu   bosqichida   o’quvchilar   diqqati
o’zakdosh     so’zlar shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga
qaratiladi.   Shu   maqsadda   turli   so’z   turkumiga   oid   bir   xil   o’zakli   so’zlar
mavjud   bo’lgan   matnni   tahlil   qilib,   o’zakdosh   so’zlarni   aniqlash,
shuningdek,   kim?,   nima?,   qanday?,   nima   qiladi?   so’roqlariga   javob
bo’ladigan   bir   xil   o’zakli   so’zlar   tanlash   mashqlaridan   foydalanish
yaxshi   natija   beradi.   Bunda   so’zlarni   ma’nosi   va   tarkibiga   ko’ra
taqqoslab, o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart.  Bir   xil   o’zakli   so’zlar   bilan   tanishish   jarayonida   o’quvchilarda
so’zning   ma’noli   qismi   bo’lgan   morfemalar   (o’zak,   so’z   yasovchi,   shakl
yasovchilar)   haqida   boshlang’ich   tasavvur   hosil   bo’ladi.   Buning   uchun
so’z   yasashga   oid   vazifa   topshirish   maqsadga   muvofiq.   Bu   vazifani
bajarishda   o’quvchilar   morfemalardan   foydalanib   bir   xil   o’zakli   so’zlar
guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o’rni hamda vazifasi haqida
tasavvur hosil qiladilar. 
Shakl   yasovchi   qo’shimcha   bilan   elementar   tanishtirish   uchun
daftar   va   daftarlar   so’zlarini   ma’no   va   shakl   tomondan   taqqoslash
topshiriladi.   Suhbat   asosida   o’quvchilar   ma’noning   o’zgarmaganini,
shakli o’zgarganini (-lar qo’shilganini) aniqlaydilar.
Ta’limning   bu   bosqichida   o’quvchilarning   morfema   haqidagi
bilimlari   yetarli   emas,   ularni   bu   tushunchalar   bilan   amaliy   mashqlarni
bajarish   jarayonida   endigina   tanishtirilyapti.   Shuning  uchun   o’qituvchi
tarkibi va yasalish usuli o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos bo’lgan
so’zlarni   tanlaydi,   bu   so’zlarni   analiz   va   sintez   qilishni   boshqaradi,
so’zlarning   leksik   ma’nosi   bilan   morfemik   tarkibi   o’rtasidagi
bog’lanishni o’quvchilarning bilib olishlariga doimiy g’amxo’rlik qiladi.  
Uchinchi   bosqich   –   o’zak,   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi
qo’shimchalarning   xususiyatlari   hamda   tildagi   ahamiyatini   o’rganish
metodikasi.   Bu   bosqichning   o’quv   vazifasiga   “o’zak”,   “so’z   yasovchi
qo’shimcha”,   “shakl   yasovchi   qo’shimcha”   tushunchalarini
shakllantirish, so’zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi
bog’lanish  haqidagi  tasavvurlarni o’stirish,  o’zakda   jufti bor jarangli va
jarangsiz   undoshli   so’zlarni   to’g’ri   yozish   malakasini   shakllantirish, nutqda   so’z   yasovchi   qo’shimchasi   bor   so’zlarni   ongli   ishlatish
ko’nikmasini o’stirish kiradi.
Bu   bosqichning   vazifasi   bir-biri   bilan   ma’lum   bog’lanishda   hal
qilinadi. Masalan, so’zda har bir morfemaning ahamiyatini o’zlashtirish
asosida   o’quvchilar   so’zning   leksik   ma’nosi   bilan   uning   morfemik
tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy
bog’liq   holda,   so’zlarning   morfemik   tarkibini   hisobga   olib,   ulardan
nutqda   mumkin   qadar   aniq   va   ongli   foydalanish   vazifasi   ham
bajariladi.
To’rtinchi   bosqich   –   so’z   turkumlarini   o’rganish   bilan   bog’liq   holda
so’zning tarkibi ustida ishlash (III-IVsinflar). So’zning morfemik tarkibini
o’rganish   tizimida   bu   bosqichning   maqsadi   so’z   yasovchi
qo’shimchaning   so’z   yasashdagi   ahamiyati   va   shakl   yasovchi
qo’shimchaning   so’z   shaklini   o’zgartirishdagi     ahamiyati   haqidagi
bilimni   chuqurlashtirish;   o’quvchilarni   ot,   sifat,   fe’llarning   yasalish
xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi.
So’z turkumlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga so’z
yasalishi   asoslarini,   so’z   yasovchi   qo’shimcha   yordamida   bir   so’z
turkumidan   boshqasini   yoki   shu   so’z   turkumining   o’zini   yasash
mumkinligini   tushuntiradi.   Masalan,   ot       ko’proq   boshqa   bir   otdan
(ishchi,   baliqchi;   sinfdosh,   sirdosh;   bog’bon,   oshpaz,   kitobxon,   zargar),
shuningdek,   fe’ldan   (elak,   kurak,   yutuq,   o’roq,   yotoq,   terim,   bilim);   sifat
ko’proq   otdan   (suvli,   suvsiz;   yozgi,   qishki,   ishchan,   ishli,   ishsiz),
shuningdek,   fe’ldan   (maqtanchoq,   o’tkir,   sezgir);   fe’llar   otdan   (ishla,
gulla, gapir),  sifatdan  (oqla, yaxshila, oqar,  qoray)   yasaladi. O’quvchilarni   so’z   yasalish   xususiyatlarini   tushunishga   tayyorlash
uchun  o’qituvchi  ularga   muayyan  bir yangi so’z qaysi  so’zdan  va  qaysi
morfema   yordamida   yasalganini   aniqlashga   qaratilgan   top shiriq
beradi.   Masalan,   o’qituvchi   chegara   otini   aytadi   va   chegara ni
q o’riqlaydigan   kishini   bildiradigan   o’zakdosh   ot       tanlashni   topshiradi
(chegarachi).   Vazifani   boshqacharoq   berish   ham   mumkin:   o’qituvchi
so’zni   va   so’z   yasovchi   morfemani   beradi.   O’quvchining   vazifasi   yangi
so’zni   to’g’ri   yasash   va   leksik   ma’nosini   tushuntirish   hisoblanadi.
Masalan, b aliq   so’zidan   –chi   qo’shimchasi yordamida yangi so’z yasash
(baliqchi),   uning   leksik   ma’nosini   tushuntirish,   qaysi   so’z   turkumi
ekanini   aytish   topshiriladi.     Ikkala   topshiriqda   ham   o’quvchilar   so’zni
morfemik   tahlil   qiladilar.   Bunda     o’qituvchi   o’quvchilar   e’tiborini   hosil
bo’lgan   so’z   qaysi   morfema   yordamida,   qaysi   so’z   turkumidan
yasalganiga,   qanday   ma’no   anglatishi   va   qaysi   so’z   turkumi   ekaniga
qaratadi.   Bunday   mashqlarda   tilda   mavjud   bo’lgan   so’zlarning   leksik
ma’nosi   bilan   morfemik   tarkibining   o’zaro   bog’liqigiga   va   biror   so’z
turkumiga xarakterli bo’lgan so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.
Bunday mashq turlaridan namunalar:
1.   O’zakdosh   so’zlari   bo’lgan   matnni   leksik   –   so’z   yasalishi
tomonidan     tahlil   qilish.   Masalan,   quyidagi   kabi   matn   diktovka   bilan
yozdiriladi: 
Hovlimizda   gulzor   bor.   Gulzorga   har   xil   gul   ekilgan.   Ularni   gulchi
akam   parvarish  q iladi. Gullar chamand ek  ochiladi. O’qituvchi   rahbarligida   bir   o’zakdosh   so’zdan   boshqasi   qanday
morfema   yordamida yasalgani, u qaysi so’z turkumiga kirishi, qanday
ma’no bildirishi aniqlanadi.
2.   Leksik   ma’nosi   keng   tushuntirilgan   so’zni   o’zakdosh   so’z   bilan
almashtirish.
Topshiriq.   Ajratib   ko’rsatilgan   so’zga   o’zakdosh   bo’lgan   bir   so’z
toping. Uning qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uni   so’z tarkibiga
ko’ra tahlil qiling.
– Olma  daraxti ko’p joy  (Olmazor) 
– Paxt a y e tishtirish bilan shug’ullanadigan kishi  (Paxtakor) 
– Bog’   yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi  (Bog’bon) 
–  Trak t or  bilan ish bajaradigan kishi  (Traktorchi) 
–  Gul  solib  qo’ y i ladig a n idish   (Guldon)
O’quvchilar o’qituvchi yordamida shu so’z qaysi so’zdan va qanday
qo’shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar.
3.   Har   xil   so’z   turkumiga   kiradigan   o’zakdosh   so’zlardan
qatnashtirib gap tuzish.
4. So’z yasashga doir vazifalar:
–  Oq,  ish  so’zlaridan  -la, -chi  qo’ shimchalari yordamida yangi so’zlar
yasang.   Berilgan  va  siz  yasagan   so’zlar  qaysi      so’z  turkumiga   kirishini
ayting va fikringizni asoslang.
–   Ish,   paxta,   suv   otlaridan   o’zakdosh   otlar   yasang.   So’zlarni
tarkibiga ko’ra tahlil qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so’zning qaysi
qismidan foydalandingiz? –   C h iz,   o’r   fe’llaridan   o’zakdosh   otlar   yasang.   Otlarni   so’z   tar kibiga
ko’ra   tahlil   qiling.   Fe’ldan   ot   yasash   uchun   qanday   qo’shimchalardan
foydalandingiz?
Bu   vazifalar   o’quvchilardan   so’z   yasalishi   xususiyatlariga,
so’zlarning   morfemik   tarkibiga   e’tibor   berishni   talab   etadi   va   so’zning
morfemik   tarkibi   shu   so’zning   muayyan   bir   so’z   turkumiga   oid   ekani
bilan   bog’liqligini   aniqlashga   qaratiladi.   Boshlang’ich   sinflarda   u   yoki
bu   so’z   turkumining   yasalishini   kuzatish   propedevtik   xarakterda
bo’ladi,   uning   natijasi   mashqning   mavzuni   o’zlashtirish   maqsadiga
qaratilishi,   darsda   faol   va   individual   ishlarni   to’g’ri   uyushtirish,
foydalanilgan   leksik   mate rialning   o’quvchilar   saviyasiga   mosligi   va
ko’rgazmalilikka bog’liq.
O’qituvchi   o’quvchilarning   biror   morfemani   qay   darajada
o’zlashtirganini   ularning   morfemik   tarkibi   bolalar   saviyasiga   mos
so’zlardagi morfemalarni ajratish ko’nikmasiga, o’zak va shakl yasovchi
qo’shimchadan yo o’zak va so’z yasovchidan, yoki o’zak, so’z yasovchi va
shakl   yasovchidan   tuzilgan   so’zlarni   mustaqil   tanlay   bilishiga,   so’zdagi
morfemalarning rolini so’z bilan  tushuntirish  ko’nikmasiga, gapda  so’z
yasovchi   qo’shimchali   so’zlarni   to’g’ri   ishlatish   ko’nikmasiga   qarab
aniqlaydi.
Quyidagicha   savol   va   topshiriqlarni   bajarish   asosida   o’quvchilar
so’zning morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin:
I. Savollarga javob berish: 
1. So’zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?  2. So’z yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan
isbotlang. 
3.   So’zda   shakl   yasovchi   qo’shimcha   nima   uchun   xizmat   qiladi?
Isbotlang.
II.   Ikki   so’zning   ma’nosi   va   tarkibini   taqqoslash.   Buning   uchun
o’quvchilar   o’zak   va   so’z   yasovchi   qo’shimchalarning   semantik
ahamiyatini   qanchalik   tushunganini   aniqlashga   imkon   beradigan
so’zlar tanlanadi  (ishladi  va  boshladi, paxtakor  va  paxtazor).
III.   So’zlarni   taqqoslab,   o’zakdosh   yoki   o’zakdosh   emasligini
isbotlash   (tuz,   tuzdon,   tuzli,   tuzsiz,   tuzladi) .   Q aysi   qism   ularni   o’zakdosh
qilyapti?   Qaysi   qism   har   xil   ma’noli   so’z   hosil   qilyapti?   kabi   savollarga
javob berish.
IV.   Bog’bon,   o’roq,   bog’ni,   ishchidan   so’zlarini   tarkibiga   ko’ra   tahlil
qilish.   1)   o’zak   va   so’z   yasovchi   qo’shimchadan,   2)   o’zak   va   shakl
yasovchi   qo’shimchadan,   3)   o’zak   va   so’z   yasovchi,   shakl   yasovchi
qo’shimchalardan tuzilgan so’zlar tanlash.
V.   Tayanch   so’zlar   asosida   o’qituvchi   tavsiya   etgan   mavzuga   oid
kichik hikoya tuzish.
Xulosa   qilib   aytganda,   boshlang’ich   sinflarda   so’zning   morfemik
tarkibi   va   so’z   yasalishini   o’rgatish   o’quvchilarning   har  bir  so’zga   ongli
munosabatda   bo’lishlarini   ta’minlaydi,   so’z   tarkibi   va   uning   yasalishi
haqidagi dastlabki  tushunchalarni shakllantiradi. Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti.    –   T.: Yangiy o` l poligraf service,
201 7 .  – 14-79  b.  
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.    –   T.:  Yangiy o` l poligraf service, 201 7 . –
14-79  b.
3. Qosimova   K.,   Matjonov   S.,   G`ulomova   X.,   Yo`ldosheva   Sh.,   Sariyev   Sh.
Ona tili o`qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ld a sheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana
tilin oq ы tu  ә d і stemes і . – T .:  TDPU,  2013.  –    2 7 7   b .
5. Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka   rodnogo
yazыka.   –   T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
6. Husanboeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang`ich   sinflarda
adabiyot o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
7.   Ikromova   R.,   Gulomova   X.,   Yo’ldosheva.Sh.,   Shodmonqulova   D.
Ona tili (4-sinf uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2020. 
8.   Fuzailov  S.,   Xudoyberganova   M.,  Yo’ldosheva.Sh.   Ona   tili  (3-sinf
uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2019. 
9.   Qosimova   K.,   Fuzailov   S.,   Ne’matova   A.   Ona   tili   (2-sinf   uchun
darslik).  – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2018. 
10.   G’afforova.   T.,   Shodmonov   E.,   G’ulomova   X.   Ona   tili   (1-sinf
uchun darslik).  – T.: “Sharq”, 2019.

So‘zning morf е mik tarkibini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar. Reja: 1. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morf е mik tarkibini o‘rganish tizimi. 2. So‘zning morfеmik tarkibini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar 3. O‘zak va qo‘shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. 4. So’z yasalishini o’rgatish darslarini tashkil etish.

Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfеmik tarkibini o‘rganish tizimi. So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega. So’zning tarkibi ya’ni ma’noli qismlarini o’rganish so’z turkumlarini o’rganishga zamin hozirlaydi. So’zning morfemik tuzilishini farqlamasdan o’quvchilar so’z turkumining mohiyatini ongli o’zlashtira olmaydi. Orfografiyaga oid morfologik tamoyil asosida yoziladigan so’zlarning imlosini o’zlashtirishda ham o’quvchilarda so’zni morfemalarga ajratish malakasi yetarli darajada bo’lishi lozim. Jumladan, talaffuzda kelli, ketti so’zlari har doim morfologik tamoyil asosida keldi, ketdi shaklida yozilishida kel (asos)+di (qo’shimcha), ket (asos)+di (qo’shimcha) tarzida ma’noli qismlarga bo’linishini bilishi ahamiyatlidir. Boshlang’ich ta’limning ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi 3-sinfida o’rganiladi. Bunda ”so’z tarkibi”, ”so’zning o’zagi”, ”so’z yasovchi qo’shimchalar”, ”so’z yasovchi qo’shimchalar” haqida elementar bilim beriladi. 4-sinfda morfologiyani tizimli o’rganish boshlanadi. Bunda so’z tarkibi bo’yicha olgan boshlang’ich bilimlari kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi, murakkab so’zlarning tarkibi tahlil qilinadi. So’z tarkibini o’rgatishda o’zak va qo’shimchalardagi unli va undosh tovushlarning o’zgarish hollariga alohida e’tibor qilish talab etiladi. Shuningdek, so’z tarkibini analiz qilishda o’qituvchi kichik yoshdagi bolalar uchun ma’nosi tushunarli bo’lgan, ularning nutqida tez-tez uchraydigan so’zlar tanlab olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bolalar tanlangan so’zning leksik ma’nosini tushunsagina uning o’zak

va qoshimchasini ongli farqlaydi va ajratadi. Masalan, kitobim // kitob (o’zak)+im (qo’shimcha), gullar // gul (o’zak)+lar (qo’shimcha) kabi. Demak, s o’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi morfema deyiladi. Morfema ikki turga bo’linadi: 1. O’zak morfema – so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. 2. Qo’shimcha morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Qo’shimchalar ma’no va vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: 1. So’z y asov chi qo’shimchalar. Ular so’zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog’bon, paxtakor, gulzor, ishchi so’zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so’z yasovchi affikslardir. 2. Shak l y asov chi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar so’zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so’zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lib, -lar ko’plik ma’nosini, -imiz egalikning I shaxs ko’plik ma’nosini, -ni tush um kelishigi ma’nosini ifodalaydi. Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bun dan tashqari, ko’pgina o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma’noli. Shunga qaramay, ko’p so’zlarning leksik ma’nosini uning mor femik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so’zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to’g’ri keladi. O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga qarab, so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana

boshlaydilar. Ular yasama so’zlarning leksik ma’nosini so’zlarning semantik o’xshashligiga qarab bilib oladilar. So‘z morfеmik t ark ibini o‘rganish y uzasidan olib boriladigan ishlar . So’zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o’qituvchining vazifasi o’quvchilar so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog’liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. 2. So’z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o’quvchilarning tilimizning yangi so’zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so’z tilda mavjud bo’lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So’z yasalishini kuzatish o’quvchilarda so’zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. 3. So’z yasalishi asoslari bilan tanishish o’quvchilar lug’atini atrof- muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so’z bi lan ifodalanadi. So’zlar o’rtasidagi ma’no va tuzilish jihatidan bog’lanishni belgilash o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan, traktor v a traktorchi so’zlari o’zaro munosabatda

bo’lgan tushunchalar, shu tufayli ma’ no va tuzilishiga ko’ra bog’langan). O’quvchilar so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra o’zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo’lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 4. So’zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo’shimchalarning semantik ma’nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan ongli foydalanishlarini ham o’rgatish hisoblanadi. 5. So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek imlosining yetakchi tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (o’zak va qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so’z yasalishiga oid, grammatik b ilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. 6. So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish