Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Mavzu: Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. REJA: 1.Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari. 2. O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari oilaning ijtimoiy vazifalari. 3. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan. Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir. Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: reproduktiv -homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi. Iqtisodiy -oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini
to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi. Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy- biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy - oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi. Tarbiyaviy vazifa . Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi . Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi. O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari O’zbekistonda yuqori tug’ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi: -inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi, -erta nikohdan o’tish an’anasi, -ijtimoiy omillar-ayolning jamiyat va oiladagi o’rni. Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko’pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay bu masala yetarli darajada o’rganilmagan.
Ko’p bolali oila-kattalar va bolalardan iborat, o’ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulaysharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug’ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko’p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to’playdi deyishadi, chunki ko’p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg’urishlari teng taqsimlangan bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko’p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi. Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz. Ko’pbolali oilada individual yondashuv bo’ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko’p tamonlamaligi va standartlashuvi ro’y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o’tkazish kerak. Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida, xususan ko’pbolali o’zbek oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o’g’il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o’g’il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan o’zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o’qishiga umuman befarq bo’lishadi, ularga uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam barishmaydi. O’zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to’planishganda qilish odat bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor ko’rish, oila a’zolarining o’zaro suhbatlashishi qilishi, uy yumushlarini bajarish talabi. Ko’pgina oilalarda bolalarning o’qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo’ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik
maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim. O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuvigasiga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb uchun noto’g’ri tayyorlashni kiritsak bo’ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o’rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o’z talablarini qo’yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. SHu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb hisoblashadi. Avvalo, ko’pbolali oila pedagogik munosabatda qulay bo’lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir nechta bola mavjud bo’lganida ota-onalarning g’amxo’rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik boalar o’rtasida turli o’zaro munosabatlar shakllanadi. Ko’pgina ota-onalar ko’pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko’pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari muomula muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota- onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa oilalar farzandlari axloqiy hislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to’g’riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g’amxo’rlik ko’rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.