Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi
Mavzu: Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi REJA: 1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. 2.Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta'lim- tarbiya muassasalari, madaniyat din va mahallaning o‘rni. 3. SHaxs taraqqiyotinining yoshga bog’liq xususiyatlari.
Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy- iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi. Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv- funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi. Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Biologik faktorlar . Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda tutiladi. Irsiyat deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o`ziga xos xususiyatlarining o`tishi nazarda tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar haqida unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o`rganadi. Lekin ushbu
kasalliklar bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi faktorlar ham ta'sir o`tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday shaxslar uchun jamiyat bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Turli davrlardagi preformizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga ortiqcha baho berishgan, rivojlanishni naslga bo g` lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni inkor etib bo`lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas deb tushunmaslik kerak. Rivojlanishga naslning ta'siri deganda ota-onaga, ajdodlarga o`xshashlikni ifodalovchi biologik takrorlanishni tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi, sochning, ko`zning, terining rangi kabilar. Nerv faoliyati ko`rinishlari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tu g` ma o`tishi mumkin,lekin inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tu g` iladi. Layoqat o`z holicha rivojlana olmaydi, uning uy g` onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yi g` indisini tushunamiz. Bunga tabiiy mu h it (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va ularning rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o`sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog`liq buladi. «Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi. (Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti bunga misol bo`la oladi)» Ijtimoiy faktorlar . Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning o`zi kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy sub'ektga aylanishi insonning ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali amalga oshiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta), mezo-(o`rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.
Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, xududiy sharoitlarning ta'siri aholi tipi singarilar kiradi. Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi. Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy jarayonlar(ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat hodisalari)kiradi. Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya oladi. Inson kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o`rin tutadi. Bola o`qish, yozishni, maxsus bilim, malaka, ko`nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanadi. Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri. Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli xil pozitsiyalarda bo`lishi mumkin. Ma'lum haq-huquqlar va majburiyatlar bilan tavsiflanuvchi insonning jamiyatdagi shunday pozitsiyasini egallashi ijtimoiy status deb ataladi. Bunday ijtimoiy statuslar tug`ma va egallangan bo`lishi mumkin. Tug`ma ijtimoiy statuslarga jinsi, millati, tug`ilgan joyi, familiyasi va boshqa faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi mumkinki, ular insonning o`z kuchi va xarakterlari bilan egallanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog statusi insonning maxsus o`quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha olgan diplomi asosida egallanadi. Ya'ni bu egallangan status qisoblanadi. Lekin qayotda shunday vaziyatlar bo`lishi ham mumkinki, inson o`zining xoxish irodasiga qarshi ma'lum hatti-harakatda bo`lishi mumkin. Bu uning jamiyatda tutgan statusi asosida yoki boshqa insonlar undan ma'lum xarakatlarni namoyon etishi mumkin. Bu xolat insonning jamiyatdagi roli deb ataladi. Lekin ijtimoiylashuv hamda rivojlanish jarayonida bola pozitiv va negativ ijtimoiy rollarni ham o`zlashtirishi mumkin. Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar
kirishi mumkin.Negativ ijtimoiy rolga esa daydilar, tilamchi-gadoylar, narkomanlar singari kategoriyadagi insonlar kiradi. Individ yuqoridagi kabi ijtimoiy rollarni o`zlashtirish mexanizmi natijasida ijtimoiy munosabatlarga kirishib o`sha ijtimoiy muqitga moslashib boradi. Individning o`sha ijtimoiy sharoitlarga moslashib borish jarayoni ijtimoiy adaptatsiya deb ataladi. Bunda muloqat, faoliyat va anglash jaryoni amalga oshiriladi. Ijtimoiy adaptatsiyalanish jarayonida bolada “hammaga o`xshash”ehtiyoj vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda unda “o`zini ko`rsatish”, “o`zini namoyon etish” ehtiyoji tug`iladi va u o`zini ko`rsatish usullari va vositalarini qidira boshlaydi hamda bu jarayon individualizatsiyalanish deb ataladi. Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish . Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi. Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy- ma'naviy fazilatlarning yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi. SHaxs indivudal taraqiyotining muxim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir.CHunki taraqqiyotining xar bir yosh bosqichi