logo

Sport mashqining vositalari va metodlari.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.0517578125 KB
Sport  mashqining  vositalari va metodlari.
Reja:
1. Sport mashqining vositalari.
2. Musobaqa mashqlari.
3. Maxsus tayyorlov mashqlari.
4. Umumiy tayyorlov mashqlari.
  Sport mashqi, vosita musobaqa mashqi, maxsus jismoniy tayyorlov mashqi,
umumiy jismoniy tayyorlov mashqi, jismoniy sifatlar va h.k. 
Sport mashqining vositasi sifatda qo’llaniladigan jismoniy mashqlar harakat
amallari   qo’yidagilardan   iborat:   1)   tanlangan   (asosiy)   musobaqa   mashqlari:   2)
maxsus-tayyorlov mashqlari va 3) umumiy tayyorlov mashqlari.
Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat amalini bajarishdagi faoliyati bo’lib
(yohud harakat  faoliyatlarining yig’indisi  bo’lib)  sportchining ixtisoslanish  uchun
tanlab olgan sport turi bo’lib, mazkur sport turi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqa
shartlariga to’la rioya qilgan holda bajariladi.   «Musobaqa mashqlari» tushunchasi
ma’lum ma’noda «sport turi» degan tushunchaga o’xshaydi.
Maxsus   jismoniy   tayyorlov   mashqlari   musobaqa   harakatlari   elementlarini,
shuningdek, jismoniy qobiliyatlarni namoyon etish shakli va tavsifi jihatdan ularga
o’xshash harakat va holatlarni o’z ichiga oladi.
Maxsus jismoniy tayyorlov mashqlari nimaga ko’proq xizmat qilishga qarab
yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlarga bo’linishi mumkin.
Umumiy   jismoniy   tayyorlov   mashqlari   sportchining   umumiy   tayyorgarlik
vositasi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Bunday   mashqlar   sifatida   xilma-xil   mashqlardan
yaqin   bo’lgan   va   o’z   ta’sir   etish   xususiyatlari   bilan   unga   o’xshagan   mashqlar,
shuningdek,   ulardan   tubdan   farq   qiladigan   (shu   jumladan,   qarama-qarshi
yo’nalishdagi) mashqlar ham shu maqsadda foydalanishi mumkin.
Jumladan, barcha asosiy jismoniy sifatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik,
epchillik,   chaqqonlikning)   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatuvchi   hamda
sportchining harakat malakalari va mahorati zahirasini kengaytiradigan mashqlarni
tanlash kerak. Bunday mashqlarni yordamchi
- sport gimnastikasidan, harakatli o’yinlaridan hamda sportning qo’shimcha turlar
deb   atalgan   shakllaridan   tanlab   olinadi.   Hozirgi   paytda   qo’yidagilar   eng   ko’p
tarqalgandir:
-   umumiy   chidamlilikni   tarbiyalashda:   o’rtacha   va   o’zgaruvchan   shiddat
bilan uzoq vaqt yugurish, past, balandliklarda va tekis joylarda kroslar va shunga
o’xshash yugurish: -   kuch-quvvatni   o’stirishda   (umumiy   kuch-quvvat   tayyorgarligi   uchun):
og’ir   atldetikadagi   kabi   shtanga   bilan   bajariladigan   mashqlar,   shuningdek,   turli
og’irlik va qarshiliklar bilan bog’liq bo’lgan yordamchi hamda sport gimnastikasi
mashqlari:
-   harakat tezligini     hamda reaksiyasini  tarbiyalashda:  sprinter mashqlari va
sport o’yinlari, ayniqsa, basketbol:
-   chaqqonlikni   tarbiyalashda:   sport   gimnastikasi,   akrobatika,   harakatli   va
sport o’yinlari.
Umumiy tayrgarlik mazmunini belgilayotganda sport faoliyatining pirovard-
natijadagi   maqsadini,     hayotga   tayyorlash   maqsadini   unutmaslik   kerak.   Shuning
uchun   barcha   teng   sharoitlarda   bevosita   amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan
mashqlarga   (jumladan,   «Alpomish»   va   «Barchinoy»   kompleksi   mashqlariga)
ko’proq o’rin berish kerak.
Ikkinchidan, sportchining umumiy tayyorgarligi sport ixtisosining o’ziga xos
xususiyatlarini   ham   ifoda   etishi   kerak.   Turli   jismoniy   mashqlar   o’rtasida   o’zaro
ham ijobiy, ham salbiy munosabatlar bo’lishi mumkin. Bu turli jismoniy sifatlar va
harakat malakalarining «ijobiy va salbiy ko’chish» qonuniyatlari bilan izohlanadi.
Birgina   ana   shu   sabab   to’fayli   ham   sportning   xilma-xil   turlari   uchun   umumiy
tayyorgarlik   bir   xil   bo’lishi   mumkin   emas.   Ba’zi   bir   o’xshashlik   bo’lishi   bilan
birga   har   bir   aniq   holatda   o’zining   xos   jihatlari   ham   bo’ladi.   Bu   tayyorgarlik
vositalarini   tanlashga   ham,   ularga   mashq   qilish   jarayonida   qancha   joy   berishga
yoki vaqt ajratishga ham birdek taaluqlidir.
Masalan,   tezlik-kuch   talab   qilinadigan   sport   turlari   (sprint,   sakrash,
uloqtirish)   bo’yicha   ixtisoslashgan   sportchilar   trenirovkasida   og’irlik   ko’tarish
bilan  bog’liq  bo’lgan  mashqlar   (jumladan,   maksimal   ko’tara  oladigan   oqirlikning
75-90   foizidan   iborat   shtanga   bilan   bajariladigan   mashqlar)ni   tez   sur’atda   va
nisbatan   unchalik   ko’p   takrorlamay   bajarishdan   juda   keng   foydalaniladi.
Shuningdek,   chaqqonlikni   va   tezkorlikni,   chidamlilikni   o’stirishga   qaratilgan
mashqlarga   ham   anchagina   o’rin   beriladi.   Umumiy   chidamlilikni   o’stiruvchi
mashqlarning salmog’i esa ancha kam bo’ladi. Musobaqalar   jarayonida   uzoq   muddat   uzluksiz   ishlashni   nazarda   tutgan
sport turlarida (yengil atletikada uzoq va juda uzoq masofalarga yugurishda, kross
yugurishlarda,   velosiped   sportida   ham   shunday   masofalarni   o’tish   jarayonida)
umumiy   chidamlilik   alohida   rol   o’ynaydi.   Uning   uchun   sportning   mazkur   turlari
bilan   shug’ullanuvchilarda   bu   sifatlarni   tarbiyalash   umumiy   jismoniy
tayyorgarlikning   eng   muhim   qismlaridan   hisoblanadi.   Bir-biriga   yaqin   bo’lgan
davriy   mashqlar   (chang’ichilarning   eshkak   eshishi,   eshkak   eshuvchilarning
chang’ida yugurishi va hokazolar) yordamida kuch-quvvatni o’stirishga ham ancha
o’rin   ajratiladi.   Bu   yerda   kuch-quvvat   mashqlari   uncha   og’ir   bo’lmagan   yuklarni
ko’tarish,   biroq   takrorlash   miqdorining   ortishi   bilan   xarakterlanadi:   ular   asosan
seriyali   tarzda   bajariladigan   tezkor   kuch-qudratini   oshirishga   qaratilgan   mashqlar
bilan uyg’unlashtirib boriladi. 
Yakkama-yakka   olishuv   va   sport   o’yinlari   kabi   sport   turlaridagi   umumiy
tayyorgarlikda   jismoniy   sifatlarni   kompleks   rivojlantiradigan   xilma-xil   mashqlar
juda   ko’p   bo’ladi.   Bunda   tezkor-kuch   xarakterdagi   mashqlar   bilan   bir   qatorda
ko’pgina   kuch   talab  qiluvchi   elemntlari   bor,   shiddatligi   o’zgarib     turadigan  ishda
chidamlilikni o’stiradigan (ayniqsa, kurashchilar  va xokkeychilarda),   shuningdek
chaqqonlikni har tomonlama rivojlantiradigan mashqlarda ham keng foydalaniladi.
Ko’pkurashchilarda   umumiy   tayyorgarlik   vositalari   masalasi   o’ziga   xos
tarzda   hal   etiladi.   Gap   shundaki,   tanlangan   ko’pkurash   dasturi   uchun
qo’llaniladigan   maxsus   tayyorgarlik   ana   shu   ko’pkurashni   tashkil   etgan   ayrim
sport   turlariga   nisbatan   ko’p   jihatdan   umumiy   tayyorgarlik   hisoblanadi,   masalan,
1500   metrga   yugurish   mashqi   yengil   atletikaning   o’n   kurash   dasturi   bo’yicha
maxsus   tayyorgarlikning   bir   qismi   bo’lgani   holda,   o’n   kurashning   boshqa
bo’limlari   (sprint,   sakrash   va   uloqtirish)   uchun   umumiy   tayyorgarlikning   bir
elementi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Bu   narsa   ko’pkurashchiga   qo’shimcha   vositalarni
tanlashda   qo’l   keladi:   ixtisos   qilib   olingan   ko’p   kurash   turlari   qanchalik   ko’p
xilma-xil bo’lsa, shunchalik ko’p vosita «tejab» qolinadi .
Ko’rinib   turibdiki,   umumiy   tayyorgarlik   bir   vaqtning   o’zida   ham   har
tomonlama, ham  ma’lum  maqsadga  maxsus  qaratilgan bo’lmog’i  kerak. Umumiy tayyorgarlik   tanlangan   sport   turining   o’ziga   xos   tomoniga   bog’liq,   biroq   u   har
tomonlama tayyorgarlik bo’la turib, hyech qachon maxsus tayyorgarlikka aylanib
ketmaydi.
Yuqorida sanab o’tilgan sport mashqining o’ziga xos vositalarining barchasi
faqat   jismoniy   tayyorgarlik   vositasi   bo’libgina   qolmay,   balki   sportchini   texnik,
taktik va iroda, ruhiy tayyorgarligi vositasi bo’lib ham hisoblanadi. Mazkur o’ziga
xos vositalar bilan mushtarak holda aqliy, axloqiy va estetik   tarbiyaning xilma-xil
vositalaridan ham foydalaniladi. Asosiy adabiyotlar.
1. A.Abdullayev. Sh.Xonkeldiyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. Toshkent. 2005 u
2.
R.S.Salomov. Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari. T. 2005 yil
3. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T. 
2008.
4.
R.S.Salomov.  Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. T. 2014 y.
5. R.S.Salomov. Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. (II-jild) T. 
2015 y.
6. R.S.Salomov, Y.Y.Aripov. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy  tarbiyasi 
uslubiyati asoslari. T. “Molya” 2011 y.
7. U.S.Do’sanov.   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi .   O’quv
qo’llanma  Tashkent 20 19  y

Sport mashqining vositalari va metodlari. Reja: 1. Sport mashqining vositalari. 2. Musobaqa mashqlari. 3. Maxsus tayyorlov mashqlari. 4. Umumiy tayyorlov mashqlari.

Sport mashqi, vosita musobaqa mashqi, maxsus jismoniy tayyorlov mashqi, umumiy jismoniy tayyorlov mashqi, jismoniy sifatlar va h.k. Sport mashqining vositasi sifatda qo’llaniladigan jismoniy mashqlar harakat amallari qo’yidagilardan iborat: 1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari: 2) maxsus-tayyorlov mashqlari va 3) umumiy tayyorlov mashqlari. Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat amalini bajarishdagi faoliyati bo’lib (yohud harakat faoliyatlarining yig’indisi bo’lib) sportchining ixtisoslanish uchun tanlab olgan sport turi bo’lib, mazkur sport turi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqa shartlariga to’la rioya qilgan holda bajariladi. «Musobaqa mashqlari» tushunchasi ma’lum ma’noda «sport turi» degan tushunchaga o’xshaydi. Maxsus jismoniy tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, shuningdek, jismoniy qobiliyatlarni namoyon etish shakli va tavsifi jihatdan ularga o’xshash harakat va holatlarni o’z ichiga oladi. Maxsus jismoniy tayyorlov mashqlari nimaga ko’proq xizmat qilishga qarab yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlarga bo’linishi mumkin. Umumiy jismoniy tayyorlov mashqlari sportchining umumiy tayyorgarlik vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan yaqin bo’lgan va o’z ta’sir etish xususiyatlari bilan unga o’xshagan mashqlar, shuningdek, ulardan tubdan farq qiladigan (shu jumladan, qarama-qarshi yo’nalishdagi) mashqlar ham shu maqsadda foydalanishi mumkin. Jumladan, barcha asosiy jismoniy sifatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlikning) rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi hamda sportchining harakat malakalari va mahorati zahirasini kengaytiradigan mashqlarni tanlash kerak. Bunday mashqlarni yordamchi - sport gimnastikasidan, harakatli o’yinlaridan hamda sportning qo’shimcha turlar deb atalgan shakllaridan tanlab olinadi. Hozirgi paytda qo’yidagilar eng ko’p tarqalgandir: - umumiy chidamlilikni tarbiyalashda: o’rtacha va o’zgaruvchan shiddat bilan uzoq vaqt yugurish, past, balandliklarda va tekis joylarda kroslar va shunga o’xshash yugurish:

- kuch-quvvatni o’stirishda (umumiy kuch-quvvat tayyorgarligi uchun): og’ir atldetikadagi kabi shtanga bilan bajariladigan mashqlar, shuningdek, turli og’irlik va qarshiliklar bilan bog’liq bo’lgan yordamchi hamda sport gimnastikasi mashqlari: - harakat tezligini hamda reaksiyasini tarbiyalashda: sprinter mashqlari va sport o’yinlari, ayniqsa, basketbol: - chaqqonlikni tarbiyalashda: sport gimnastikasi, akrobatika, harakatli va sport o’yinlari. Umumiy tayrgarlik mazmunini belgilayotganda sport faoliyatining pirovard- natijadagi maqsadini, hayotga tayyorlash maqsadini unutmaslik kerak. Shuning uchun barcha teng sharoitlarda bevosita amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mashqlarga (jumladan, «Alpomish» va «Barchinoy» kompleksi mashqlariga) ko’proq o’rin berish kerak. Ikkinchidan, sportchining umumiy tayyorgarligi sport ixtisosining o’ziga xos xususiyatlarini ham ifoda etishi kerak. Turli jismoniy mashqlar o’rtasida o’zaro ham ijobiy, ham salbiy munosabatlar bo’lishi mumkin. Bu turli jismoniy sifatlar va harakat malakalarining «ijobiy va salbiy ko’chish» qonuniyatlari bilan izohlanadi. Birgina ana shu sabab to’fayli ham sportning xilma-xil turlari uchun umumiy tayyorgarlik bir xil bo’lishi mumkin emas. Ba’zi bir o’xshashlik bo’lishi bilan birga har bir aniq holatda o’zining xos jihatlari ham bo’ladi. Bu tayyorgarlik vositalarini tanlashga ham, ularga mashq qilish jarayonida qancha joy berishga yoki vaqt ajratishga ham birdek taaluqlidir. Masalan, tezlik-kuch talab qilinadigan sport turlari (sprint, sakrash, uloqtirish) bo’yicha ixtisoslashgan sportchilar trenirovkasida og’irlik ko’tarish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar (jumladan, maksimal ko’tara oladigan oqirlikning 75-90 foizidan iborat shtanga bilan bajariladigan mashqlar)ni tez sur’atda va nisbatan unchalik ko’p takrorlamay bajarishdan juda keng foydalaniladi. Shuningdek, chaqqonlikni va tezkorlikni, chidamlilikni o’stirishga qaratilgan mashqlarga ham anchagina o’rin beriladi. Umumiy chidamlilikni o’stiruvchi mashqlarning salmog’i esa ancha kam bo’ladi.

Musobaqalar jarayonida uzoq muddat uzluksiz ishlashni nazarda tutgan sport turlarida (yengil atletikada uzoq va juda uzoq masofalarga yugurishda, kross yugurishlarda, velosiped sportida ham shunday masofalarni o’tish jarayonida) umumiy chidamlilik alohida rol o’ynaydi. Uning uchun sportning mazkur turlari bilan shug’ullanuvchilarda bu sifatlarni tarbiyalash umumiy jismoniy tayyorgarlikning eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Bir-biriga yaqin bo’lgan davriy mashqlar (chang’ichilarning eshkak eshishi, eshkak eshuvchilarning chang’ida yugurishi va hokazolar) yordamida kuch-quvvatni o’stirishga ham ancha o’rin ajratiladi. Bu yerda kuch-quvvat mashqlari uncha og’ir bo’lmagan yuklarni ko’tarish, biroq takrorlash miqdorining ortishi bilan xarakterlanadi: ular asosan seriyali tarzda bajariladigan tezkor kuch-qudratini oshirishga qaratilgan mashqlar bilan uyg’unlashtirib boriladi. Yakkama-yakka olishuv va sport o’yinlari kabi sport turlaridagi umumiy tayyorgarlikda jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantiradigan xilma-xil mashqlar juda ko’p bo’ladi. Bunda tezkor-kuch xarakterdagi mashqlar bilan bir qatorda ko’pgina kuch talab qiluvchi elemntlari bor, shiddatligi o’zgarib turadigan ishda chidamlilikni o’stiradigan (ayniqsa, kurashchilar va xokkeychilarda), shuningdek chaqqonlikni har tomonlama rivojlantiradigan mashqlarda ham keng foydalaniladi. Ko’pkurashchilarda umumiy tayyorgarlik vositalari masalasi o’ziga xos tarzda hal etiladi. Gap shundaki, tanlangan ko’pkurash dasturi uchun qo’llaniladigan maxsus tayyorgarlik ana shu ko’pkurashni tashkil etgan ayrim sport turlariga nisbatan ko’p jihatdan umumiy tayyorgarlik hisoblanadi, masalan, 1500 metrga yugurish mashqi yengil atletikaning o’n kurash dasturi bo’yicha maxsus tayyorgarlikning bir qismi bo’lgani holda, o’n kurashning boshqa bo’limlari (sprint, sakrash va uloqtirish) uchun umumiy tayyorgarlikning bir elementi bo’lib xizmat qiladi. Bu narsa ko’pkurashchiga qo’shimcha vositalarni tanlashda qo’l keladi: ixtisos qilib olingan ko’p kurash turlari qanchalik ko’p xilma-xil bo’lsa, shunchalik ko’p vosita «tejab» qolinadi . Ko’rinib turibdiki, umumiy tayyorgarlik bir vaqtning o’zida ham har tomonlama, ham ma’lum maqsadga maxsus qaratilgan bo’lmog’i kerak. Umumiy

tayyorgarlik tanlangan sport turining o’ziga xos tomoniga bog’liq, biroq u har tomonlama tayyorgarlik bo’la turib, hyech qachon maxsus tayyorgarlikka aylanib ketmaydi. Yuqorida sanab o’tilgan sport mashqining o’ziga xos vositalarining barchasi faqat jismoniy tayyorgarlik vositasi bo’libgina qolmay, balki sportchini texnik, taktik va iroda, ruhiy tayyorgarligi vositasi bo’lib ham hisoblanadi. Mazkur o’ziga xos vositalar bilan mushtarak holda aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaning xilma-xil vositalaridan ham foydalaniladi.