logo

TARBIYA PSIXOLOGIYASI MAQSADI, VOSITALARI VA METODLARI.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

55.1240234375 KB
TARBIYA PSIXOLOGIYASI: MAQSADI, VOSITALARI VA
METODLARI. 
REJA:
1.Maktab   yoshida   shaxsni   tarkib   toptirishning   psixologik   qonuniyatlari.
O’quvchilarga individual munosabatda bo’lish tamoyillari. 
2. Tarbiyaviy ish uslublari va formalarining psixologik asoslari. 
3. Jamoa va uning tarbiyaviy tasiri. Oilada va maktabda o’quvchi shaxsini
tarkib toptirish ominlari.  
4. Mehnat tarbiyaviy tasirining psixologik asoslari. 
5. Tarbiyada individual yondoshishning o’ziga xos xususiyatlari.
6. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari.
             O’quvchilarni individual munosabatda bo’lish orqali o’rganib boriladi. Individual
munosabat – o’quvchiga ta'sir etish yo’li bo’lib, o’quvchini o’rganishdagi dastlabki
bosqichlardan   biri   xisoblanadi.   O’qituvchi   bolalar   kollektivida   har   bir
o’quvchining xulq-atvorini, qiziqishini, qobiliyatini, bilimini, gayratini, xarakterini
xisobga olgan holda ta'lim-tarbiya ishlarini olib boradi. 
    Maktabda   o’quvchilar   uchun   xulq   va   maktab   qoidalari   bir   xil   bo`lsa   ham,
uning ijrosi turli o’quvchida turlichadir. Bu narsa har bir o’quvchining o’ziga xos
xsusiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
    O’quvchilarga   salbiy   xollarda,   ko’pincha   tezchora   ko’rishni   talab   qilish
lozim   bo’lgandagina   individual   munosabatda   bo’lish   bilan   chegaralanish
noto’g’ridir. Masalan, o’quvchi T. ga berilgan xarakteristikada «T. juda qobiliyatli
qiz.   Jamoaning   faol   a'zosi.   Sinfda   katta   obro’ga   ega»   deyiladi.   Bu
fikrgasoslanganda,   bu   o’quvchiga   individual   munosabatdabo’lish   talab   qilinmas
edi.   T.   ga   berilgan   xarakteristikada   Yana   shunday   fikrlarni   o’qiymiz:   « x arakter
jihatdan   u   o’zini   katta   tutuvchi,   injik,   gap   kutara   olmaydigan   qiz.   O’z   maqsatiga
erishishda   hech   narsadan   tortinmaydi».   Bundan   ma'lumki,   bu   «alochi»   o’quvchi
bilan albataindividual munosabatda bo’lish lozimdir.
    Ba'zan   o’quvchilarga   individual   munosabatni   har   bir   bolani   chuqurroq
o’rganish,   tushunish   bilangina   sheklab   qo’yadilar-da,   bu   sohadagi   ishni   davom
etirmaydilar.   Individual   munosabatning   bunday   chegaralanishi   uning
ta'sirchanligini, amaliyligini yukotib qo’yadi. 
    Pedagog   bolalarni   o’rganishda   hech   kachon   pedagogik   maqsadni
unutmasligi   kerak.   O’quvchini   o’rganishda   tarbiyaga   asos   buluvchiyaxshi
xsusiyatlarni   va   qayta   tarbiyalash   talab   etiladigan   salbiy   xsusiyatlar   bilan   birga,
ijobiy tomonlarni ham topish kerak. 
    O’quvchi   –   kamol   topib   boruvchi,   eng   avallo,   ta'lim-tarbiya   ta'siri   ostida
shaxs sifatida voyaga etuvchi odamdir.
    Yaxshi   o’qituvchi   o’quvchilarning   yaxshi-yomon   tomonlarini   biladi,   ular
uchun     nimalar   kiyin   ekanligini   puyqaydi,   bu   kiyinchiliklarning   oldini   oladi   va
kimlarga   yordamlashish   zarur   bulsa,   ushalarga   kumak   beradi.   Bunday   o’qituvchi g’oyat   darajada   xayajonli,   serharakat   bolalarni   tinchlantiradi,   uyatchan,
tortinchoklarni ma'qo’llaydi faol, iste'dodli bolalarga yana ish beradi, dangasalarni
«harakatga solishga» urunadi, qobiliyatsizlarga qo’shimcha yordam ko’rsatadi. 
    O’qish yoki mehnat natijalariga baho qo’yishda barcha uchun yagona me'yor
bulsa-da,   ayrim   holda   o’quvchilarning   individual   xsusiyati   nazarda   tutilib,   bu
muhim   koidadan   shekinishga   ruxsat   etiladi.   Individual   munosabat   murakkab   va
ko’p   irrali   protsessdir.   Individual   munosabat   o’quvchini   har   tomonlama   bilishda
foydalanadi.   O’quvchini   o’rganishda   unga   nisbatan   hamma   vaqt   odillik   bilan   ish
ko’rish   kerak.   Odillik   –   o’qituvchi   shaxsining   muxzim   xarakter   xislati   bo’lib,
o’quvchilar   buni   juda   kadirlaydilar.   Maktab   o’quvchilari   (ayniqsa,   o’smir   va
uspirinlar)   o’z   bilimlari   va   xatti-harakatlariga   baho   berishda   xakkoniyatsizlik
qilgan o’qituvchisini hech kachon kechirmaydilar. Ularning fikricha, xakkoniyatsiz
o’qituvchi eng yomon o’qituvchidir. 
    O’quvchitni   uning   kelajagini   oldindan   ko’ra   bilgan,   unga   ishongan   holda
o’rganish   kerak.   O’qituvchida:   «Agar   o’quvchidabugun   yomon   tomonlar   ko’p
bulsa,   ertaga   albata   yaxshi   tomonlari   ortib   boradi»,   degan   umid   bo’lishi   lozim.
O’quvchining   kuchiga   ishonish,   unda,   kichkinabulsa   ham,   yaxshi   xislat   borligini
bilish asosida uning shaxsini tarkib toptirish individual munosabatning eng yaxshi
tomonidir.   Xuddi   shunday   munosabatni   biz   yuqorida   F.N.Gonobolin   keltirgan
misolda yakkol ko’ramiz.
    O’quvchilarga   individualmunosabatda   bo’lishda   o’qituvchining   olidida
asosan quyidagi vazifalar turadi:  Har bir o’quvchini, uning o’ziga xos psixologik
xususiyatlarini yaxshi bilish . 
O’quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir ko’rsatish metodlarini va usullarini
tallashda   va   ularni   tadbiq   etishda   o’quvchilarning   individual   xsusiyatlarini
xisobga   olish,   bu   erda   pedagogik   tadbirlar   hamda   o’quvchilarga   bir   me'yorda
qo’llanilishga aloxida e'tibor berish.
O’quvchilar   bilan   to’g’ri   pedagogik   muomalada   bo’lish   uchun   qanday
munosabat o’quvchida qanday oqibatlarni keltirib chiqarishni oldindan bilish.       Shaxs   odam   ishtiroq   etadigan   ijtimoiy   munosabatlar   tizimsining   ta'siri
ostida va unda o’zi bajaradigan faoliyat ta'sirida tarkib topadi. 
      Ijtimoiy   muhitning,   jamoaning   shaxsga   ta'siri   to’g’risida   gapirilar   ekan,
sotsial   psixologiya   ishlab   chiqayotgan   referent   guruh   tushunchasiga   asoslanish
zarur.   Gap   shundaki,   hamma   odamlar   ham,   hatto   eng   yakin   tevarak-atrofdagi
odamlar   ham   maktab   o’quvchisining   shaxsiga   ta'sir   qilavermaydi,   ko’plarning
fikirlariga   u   befarq   karaydi.   Xar   bir   odam   uchun   bo’lganidek,   har   bir   maktab
o’quvchisi   uchun   ham   ayrim   guruhlar   (ba'zang   bunday   guruh   bir   kishidan   tarkib
topgan   bo’lishi   mumkin)   mavjut   bo’ladi,   u   shaxs   sifatida   bu   guruhning   fikirlari,
o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan xisoblashadi. 
Oila, sinf, sinefdagi ayrim o’quvchilar, ba'zi o’qituvchilar, xovlidagi ulfatlar,
yakin dust  va xokazolar  muayyan  maktab o’quvchisi  uchun ana shunday  referent
guruhlar   bo’lishi   mumkin.   Maktab   o’quvchisining   tez-tez   uchrab   turadigan
tirbiyaviy   ta'sirlarga   befarq   yoki   hatto   salbiy   munosabatda   bo’lish   xollarida
ko’pincha   o’quvchining   tarbiyachiga   ma'lum   bo’lgan   referent   guruh
pozitsiyasilaturishi   sabab   bo’ladi.   A.V.Petrovskiyning   oqilona   fikriga   ko’ra,   agar
tarbiyachi,   maktab   uo’quvchsisi   hech   narsa   va   hech   kim   bilan   xisoblashmaydi,
uning uchun hech qanday obro’li odamlar yuk, unga hech kim ta'sir qila olmaydi,
deb   davo   qiladigan   bulsa,   bu   narsa   odatdatarbiyachining   maktab   o’quvchisining
axloqiy   poeziyasining   belgilab   beradigan   ta'sirli   referent   guruhlardan   mutlako
xabarsiz eknligini bildiradi.
    Psixologlar   tarbiyaviy   ish   metodlarining   psixologik   asoslariniishlab
chiqayotganlarida,tarbiyaning   har   qanday   metodiga   abstrakt   tarzda   qarab   va   uni
baholab bo’lmaydi, degan fikrga asoslanadilar.
      Shaxsning   ijobiyt   yo’nalishini   tarkib   toptirish   uchun,   maktab   o’quvchisiningn
barcha vaziyat va holatlarda to’g’ri yo’l to’tishni istashi hamda to’g’ri yo’l to’tishi
uchun   uning   nima   qilishni   bilishi,   o’zi   xurmat   qiladigan   kishilarning   nima
qilayotganlarini ko’rishi va o’zi ham to’g’ri xulq-atvorli bo’lishni mashq qilish (bu
– eng muhimi) zarur.     Bilimlar   –   axloqiy   tasavvurlar   va   tushunchalarning   muayyan   tizimsini
egallamasdan   turib   haqiqiy   e'tikodlarni   tarkib   toptirib   bo’lmaydi.   O’z-o’zidan   bu
bilimlar   axloqiy   xulq-atvorni   belgilamasdan   turib,   unga   muhim   ta'sir   ko’rsata
olmaydi.
    Axloqiy   ongni   tarkib   toptirishning   eng   muhim   yo’li   o’quvchilarning
o’zlarida   to’g’ri   xulq-atvorni   yuzaga   keltirish   bilan   axloqiy   tajribani   boyitish   va
umumlashtirish   yo’lidir,   albata.   O’quvchilardagi   axloqiy   bilimning   turli-tuman
formalari,   ularning   ongi   va   xis-tuygulariga   jonli,   yorkin   otashin   so’zning
(tarbiyachilar,   maktab   kutubxonalari   tomonidan   uyushtirilgan   individual     va
kollektiv   etik   suhbatlari,   ma'r u zalar,   munozaralar,   kitobxonlar
konferentsiyalarining)    ta'siri bu ishni ancha tuldirishi mumkin .
    Hatto   faol   ta'sir   ko’rsatishning   ajoyib   ustasi   bo’lgan   A.S.   Makarenko   ham
axloqiy   (etik)   suhbatlarning   chinakam   tarafdori   edi.Uning   o’zi   nazariy   axloqiiy
turdagi   suhbatlarning   konspektini   yozar,   ularda   eng   yaxshi   axloqiynazariyaning
eng katta samaralarining ko’rar edi. 
    Muayyan   tamoyillar   ishlab   chiqilgan   bo’lib,   axloqka   doirsuhbatlar   usha
tamoyillar asosida tuzilishi kerak. 
Bu prinsiplar quyidagilardir:
    1.Axloqqa   doir   suhbatlar   mazmuni   jihatidan   tegishli   yoshdagilarga
tushunarli   bo’lishi   lozim.   Mavxum   va   abstrakt   tushunchalar,   murakkab
mulohazalar Bilan toliktirib qo’yishga yo’l quyib bo’lmaydi.
    2.Odatda, suhbat o’tkaziladigan kollektivni, uning yo’nalishini, bu kollektiv
a'zolarining   o’zaro   munosabatlarini,   o’qituvchiga,   o’qish   va   boshqalarga
munosabatini yaxshi bilish zarur. 
    3.Bunday   suhbatlarni   nihoyatda   tez-tez   o’tkazibyu   turmaslik   darkor.Agar
suhbatlar   konkret   sabablar   Bilan,   mamlakat   yoki   kollektiv   hayotidagi   biror
vokeaga,   masalan   oktabr',   revolyutsianing,   katnashuvchilari   bilan,   kaxramonlar
bilan uchurashuvlarga, Yangi  kitob yoki kinofilm  chiqqanligiga, maktab hayotida
yuz   bergan   biror   ijobiy   yoki   salbiy   vokeaga   tugirlab   o’tkazils,   juda   yaxshi   natija
beradi.      4.Suhbatni   erkin,   yaxshilab   tanlab   olingan   konkret   misollarni,   hayotiy
vokealar   yoki   adabiy   asarlardagi   faktlarni   hamda   kuzatishlarni   tahlil   qilishdan
boshlab, umumlashtirish hamda xulosalar chiqarishga o’tish tavsiya etiladi.
    5.Emotsional tarzda keltirilgan, erkin va ta'sirchan obrazga oqilona tayanish
(nafis san'atdan, adabiyot asarlaridan foydalanish, kinofilmlar yoki teatr asarlariga
kollektiv bo’lib borish yoxud ularni kollektiv bo’lib eslash) zarur.
    6.o’quvchilarning   ongiga   singdiriladigan   koidalarning   yaxshilab   asoslab
berilishi, isbotlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushunib
olishga   va   buning   oqibatida   dalil   qabul   qilishga,   uning   asoslanganligiga   ishonch
hosil   qilishga,   uning   asoslanganligiga   ishonch   hosil   qilishga,   oqilona   isbotlarga
rozi bo’lishga kodir bo’lgan o’smirlar va katta maktab yoshidagi o’quvchilar Bilan
suhbat o’tkazish paytida juda muhimdir.
    7.O’quvchilarda   maksimal   oktivlik   uyg’otish,   jonli   ravishda   fikr   almashish
istagini   uyg’otish,  ularning fikrin  avj  oldirish  va o’zlarini   axloq  masalalari  ustida
uylab   ko’rishga   majbur   qilish   zarur.O’quvchilarga   tayyor   haqiqatni   zo’rlab   qabul
qildirish yaramaydi, axloq normalari haqidagi xulosalarini ularning faol ishtiroqida
(amo   o’qituvchining   rahbarligida)   chiqartirish   kerak.   Buninng   uchun   suhbat
jarayonida   mux'okamaga   qo’yilishi   kerak   bo’lgan   masalalarni   oldindan   tayyorlab
qo’yish tavsiya etiladi. 
    8.O’quvchilarda   chuqur   va   ta'sirchan   amotsyalarini   uyxotishga   intilish
lozim. Bunda o’qituvchi suhbatni befarq va shavk-zavksiz emas, balki emotsional
tarzda jonli  qilib o’tkazganidagina erishish  mumkin. O’qituvchi  o’zining extirosli
e'tikodi o’smirlarga yukushini unutmasligi darkor. 
    Tarbiyachilarning   shaxsiy   namunasi   (shu   jumladan,   o’qituvchilarning
shaxsiy   n’amunasi)   o’quvchi   shaxsini   tarkib   toptirishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchi   ko’pincha   o’qituvchiga   taqlid   qilib,   unga
uxshahga   harakat   qiladi,   lekin   birinchidan,buni   ko’pincha   tushunib   etmasdan
qiladi,   ikkinchidan,   o’qituvchining   tashqi   kurinishi   va   qiliklaria   taqlid   qiladi,
chunki   u  xali   shaxsning   namoyon  bo’lishini   tahlil   qilishga  va  shaxsning  barqaror
xislatlarini anglab etishga kodir emas.  O’smir   va   katta   maktab   yoshidagi   o’quvchi   ko’pchilik   xollarda   namunaga
ongli   ravishda   taqlid   qiladilar.   O’smir   o’zini   katta   deb   xisoblay   loshlaganda
e'tiboran ktalarning xatti-harakatilari  va ishlariga taqlid kikishga intiladi. Shuning
uchun unda tevarak-atrofdagi kishilarning, ayniqsa o’ziga eng yakin va o’zi uchun
eng   obro’li   kishilarning   xatti-harakatlariga   qiziqish   hamda   e'tibor   berish   yuzaga
keladi.   O’qituvchi   qanchalik   obro’li   bulsa,   uning   e'tikodi,   bilimlari,   fikrlari,   didi
o’quvchilarga shunchalik ko’p ta'sir qiladigan bo’ladi. 
    O’qituvchilar   va   ota-onalar   bazan   tarbiyaviy   ishlarda   o’zlarining   shaxsan
namuna   ko’rsatishlarining   ta'siriga   etarlicha   baho   bermaydilar.   Xolbuki,   ularning
qilayotganishlari,   o’zlarini   qanday   to’tishlari   ularning   aytgan   gaplariga,   urgatgan
narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi. 
A.S.Makarenko   ta'kidlab   o’tgan   ediki,   bu   jihatdan   odam   xulq-atvorining
hamma   tomonlari,   hatto   odamning     qanday   o’quvonishi   va   xafa   bo’lishi,   uning
dustlari   hamda   dushmanlari   Bilan   qanday   munosabatda   bo’lishi,   uning   boshqa
kishilar   bilan   gaplashishi   va   boshqalar   to’g’risida   qanday   gapirishi   ham   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Tarbiyachi   xulq-atvorining   o’z   so’zlariga   zid   kelishi   xollari
ham   tarbiya   uchn   juda   zararlidir.   Agar   o’quvchi   bunday   xolni   bir   necha   marta,
uning   ustiga,   har   xil   kishilarda   kuzatiladigan   bulsa,   unda   ikki   yuzlamalik
tarbiyalanadi. 
    Agar   o’quvchi   axloqiy   jihatdan   xali   barqaror   bo’lmasa   (juda   ko’p
xollardashunday bo’ladi) yoki bunga uxshash namunalarni u bir necha marta qabul
qilgan   bulsa.   Unda   uning   xulq-atvori   usha   namunalarga   muvofiq   tarzda   yomon
tomonga o’zgarishi mumkin. 
    Tabiyki,   hamma   o’qituvchilar   va   ota-onalarning   kamchiliklaribo’lmasligini
hamda   o’z   xatti-harakatlarida   xatolarga   yo’l   kuymasliklarini   kutib   utirish
yaramaydi.   Amo   o’quvchilar   oldida   bunday   kamchiliklarni   ko’rsatmaslikni   talab
etish   mumkin   va   kerak.   Agar   shunga   uxshash   xoll   barii   bir   yuz   bersa,   yaxshisi
o’zining   noxaqligini   qo’lay   va   nazokatli   bir   tarzda   (bu   –   zaruriy   shart)   buyinga
olish kerak. Ko’pchilik tarbiyachilar oldida buyinga olish ularning ko’z ungida o’z
obro’sini yukotish demakdir, deb xisoblab, xato qiladilar. Eng yaxshisi xatoga yo’l kuymagan   ma'qo’l,   agar   xatoga   yo’l   qo’yilgan   bulsa,   ikkinchi   xatoni   takrorlab
utirish: ujarlik Bilan o’zining gunoxsizligiga ishontirishga yoki o’z xatti-harakatini
oklashga intilish yaramaydi. Bunday qilish chindan ham oruni tukadi. 
O’z   xatosini   oqilona   va   nazokatli   bir   tarzda   ochiqdan-ochiq   tan   olish   esa
(agar   shu   kishi   tajribasida   bunda   xatolar   kamdan-kam   uchiragan   xollarda)
tabiyatchining   obro’yiga   putur   etkazmaydi,   salbiy   namuna   esa   o’z   kuchini
yukotadi   .O’smirlarda   o’z   aybi   yoki   xatosini   mardlik   Bilan   vijdondan   va
to’g’ridan-tugir tan olgan katta kishiga nisbatan xurmat kuchayib ketadi. 
    To’g’ri xatti-harakatlarda Amaliy tajribani uyishtirish, yuqorida ta
Kidlab utilganidek, shaxsni tarbiyalashda, asosiy omildir. Tarbiyachi o’quvchilarda
xatti-harakatlarning   shunday   forma   va   usullarini   tarkib   toptirmogi   kerakki,   bu
forma va usullarida tarbiyaning xal qiluvchi ta'sir ostida yuzaga keladigan o’quvchi
e'tikodlari amalga oshsin. Xatti-harakatlarning aytib utilgan formalari motivlarini,
o’quvchining   ehtiyoj   va   munosabatlarini   «moddiylashtirish»   ifodasi,   vositasi,
formasiga aylanib kolgandagina barqaror omilga aylanib mustahkamlanadi.
    Avvolo gap bir xil ishlarning o’zini yoki o’z xarakteriga ko’ra bir xil bo’lgan
ishlarni   ko’p   martalab   shunchaki   bajarish   to’g’risida   bormaydi.   Axir,   bu   holda
xatti-harakatlarida   shablon,   stereotip,   turli   vaziyatlarda   to’g’ri   ish   tuta   olmaslik
hosilbulur  edi.  Mashq  qilish  –  bu turli   variantlardagi   xatti-harakatlarni   aslida  bir-
biriga   uxshash   vaziyatlarda   uyushgan   va   muayyan   maqsadni   ko’zlagan   holda
takrorlashdir.   Faqat   ana   shunday   qilingandagina   xatti-harakatlarning   barqaror   va
Ayni vaqti umumlashgan formalari tarkib topadi. Sun'iy mashqlar emas, o’quvchi
hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlari nazarda tutiladi, albata.
    Nihoyat,   tarbiyachi   mashq   qiladigan   qo’lay   payt   kelishini   kutib   utirmaydi,
balki   uning   o’zi   ana   shunday   sharoit   yaratadi,   o’quvchilar   oldiga   Amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar, muayyan talabalar qo’yadi.
    Odamning   yo’nalishi,   e'tikodlari   amalga   oshiriladigan   xatti-harakatlarning
mustahkamlangan   va   umumlashgan   usullari   bo’lgan   baxs   xislatlari   va
xsusiyatlarning tarkib topishi mashq qilish jarayonida xali shaxsning xsusiyatlarga
aylanmagan   psixik   holatlarning   tarkib   topishi   bosqichini   bosib   o’tadi,   chunki   u muvakkat hamda vaziyatli xarakterga ega bo’ladi. Psixik holatlar – muayyan vaqt
ichidagi   psixik   kurinish   va   xatti-harakatlarning   yaxlit   bir   xarakteristikasidir   ular
yuzaga kelgan o’ziga xos oralik narsalardir. Shaxsning psixik xsusiyatlariga o’tish
xuddi ana shu psixik holatlar orqali amalga oshiriladi. Agar psixik holatlar tez-tez
takrorlansa,   u   mustahkamlanishi   va   shaxsning   xislatigaylanib   qolishi
mumkin.xarakterni   tarbiyalashuchun   dastlab   bolaning   bir   necha   marta   hech
bo’lmaganda kat'iylikning muvakkat holatini boshdan kechirishiga erishish zarur.
      Xo’sh,   xulq-atvor   qanday   to’zatiladi?   Ma'qo’llash   va   koralash,
rrag’batlantirish   hamda   jazolash   o’z   o’quvchining   xulq-atvorini   boshqarish   va
to’zatishning haqiqiy vositalaridir. Maqullash, rag’batlantirish xatti-harakatlarining
to’g’ri   motivlari   vat   ugri   formalarini   mustahkamlash   hamda   rrag’batlantirish
vositasi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Qarorlash,   jazolash   xatti-harakatlardagi   salbiy
ko’zgalishlarni hamda noto’g’ri formalari turmozlab turish vositasidir.
    Maktab   o’quvchilarning   ishlariga   berilgan   ijobiy   baho,   uning   xatti-
harakatlarini   qo’llab-o’quvvatlash   maqo’llashning   har   xil   turlari   (ogzaki
rrag’batlantirish, maktab, minnadorchilik bildirish, maktab radio axboroti, devoriy
gazetadagi   makola,   ota-onalarga   yuborilgan   va   xokozalar)   o’quvchida   ijobiy
emoyiyalar,   qilingan   ishdan   o’quvonchli   kanotlanish   xissini   paydo   qiladi   va
bundan quyin ham ana shunday qilishistagini keltirib chiqaradi. 
Tanbe h   berish,   koralash   o’quvchidagi   noxush   kechilmalarni,   boshqa
kishilarga,   kollektivga   etkazilgan   jazodan   norozi   bo’lish,   kattalar   va   kollektivni
xafa   qilganlikdan   ranjish   hislariga   sabab   bo’ladi.   Buning   natijasda   o’quvchida
bundan keyin ana shunday ishlardan o’zini tiyishga intilish istagi paydo bo’ladi. 
    Rag’batlantirish   va   jazolash   tizimsini   qo’llanshdagi   xatolar   shaxsni
tarbiyalash jarayonida zararli aks etadi. 
    O’smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning Yangi omili – o’z-o’zini tarbiyalash
vujudga   keladi.   O’quvchilar   o’zlaridan   ijtimoiy   kimatga   ega   bo’lgan   shaxs
xislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvoridagi kamchiliklarga salbiy xislat va
sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar.  Odam   yuksak   darajada   o’z-o’zini   idora   qiluvchi,   o’z-o’zini   kamol
toptiruvchi   birdan-bir   tizimdir,   -   degan   edi   I.P.Pavlov.   Shaxsning   katta   ta'sirlari
bilan   tarakkiy   etishi,   uni   tashkardan   manaviy   psixologik   –   etuklikning   muayyan
darajasida   idora   qilish,   ichki   idora   qilish,   o’z-o’zini   idora   qilish   bilan   tuldirila
boshlaydi.   O’smir,   yigit   kizning   o’z-o’zini   tarbiyalashga   intilishi   (agar   to’g’ri
tashkil etilgan va jamiyat tomonidan ragbatlantirilgan bulsa) kollektivdan ajralish,
undan   o’zini   ustun   qo’yish   istagini   emas,   balki   o’z   burchini   yaxshilab   bajarish,
kollektivning munosib azosi bo’lish istagini takoza etadi. 
O’z-o’zini   tarbiyalashning   bunday   usuli   maktab   tarbiyasiga   qarshi
qo’yilmaydi,   balki   uni   tuldirib   boradi.   O’quvchii,   tarbiyachi   o’quvchilarning   o’z-
o’zidan   tarbiyalashiga   rahbarlik   qilishda   to’rta   vaziyatni   ko’zda   to’tishi   kerak.
Birinchi vazifa-o’quvchida o’zida shaxsning ijobiy xislatlarini tarkkiy etirishiga va
o’z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolos bo’lishga intilishi uyg’otish istagini
(yoki qo’llab- o’quvvatlash )dir. 
Agar   bunday   istak   h ali   bo’lmasa   ,uning   o’z-o’zidan   yuzaga   kelishini   kutib
utirmaslik   bunday   istakni   odam   o’z   xarakterini   o’zi   yuzaga   keltirishini   va   uning
uchun   javob   berishini   ishonarli   tarzda   ko’rsatib,   bazi   kishilarning   o’z-o’zini
tarbiyalashda   qa nday   yutuqlarga   erishganliklarini   aytib   berishi   kerak.
Tarbiyalashva   o’z-o’zini   tarbiyalash   imkoniyatlariga   ishonmaslik   o’smirlar,yitgit
va   kizlarning   bir   ksmiga   mos   xususiyat   bo’lib(yuqoriad   ko’rsatib   utilgandek)   u
xususiyat malum darajada passivlikka sabab bo’ladi. 
Ana shuundan  ikkinch i vazifa-o’quvchiga o’z shaxsiga tankidiy munosabata
bo’lishda,   o’z   xulq   atvoridagi   xususiyatlarni   diqqat   bilan   va   odilona   tushuntirib
olishda,   o’z   kamchiliklarini   yakkol   ko’rishda,o’z   nuksonlarini   faxmlab   olishda
yordamlashish   vazifasi   kelib   chiqadi.   O’z-o’ziga   baho   berish,bu   bahoning
obektivligi   yoki   subektivligi   shaxsninng   trkib   topishi   jarayonida   muhim   rol
uynaydi. 
Uchinchidan,   o’qituvchi   tarbiyachi   o’z-o’zini   tarbiyalash   dastursini
to’zishda,   shaxs   xulq-atvori   xislatining   qaysi   xususiyatlarini   (masalan,   o’zini
ushlay   bilish,   kat'iylik   shuning   singarilarni)tarakkiy   etish,   qaysilariga   (masalan, ujarlik,   yalkovlik,   ko’pollikka)   barham   berish   keraqligini   belgilab,   hamda   har   xil
qilib olishda o’quvchiga yordam beradilar. 
    Nihoyat,   turtinchi   vazifa   –   o’qituvchi,   tarbiyachi   o’z-o’zini   tarbiyalashning
oqilona yo’llarini ko’rsatib beradilar, o’quvchini shaxsning ijobiy xislatlarini tarkib
toptirish   va   kamchiliklarga   barham   berishga   oid   eng   maqsadga   muvofiq   va
samarali   ishlash   usullari   bilan   qurollantiradilar.   O’quvchining   shaxsning   real
tusiklarga   barham   berish   jarayonida,   kundalik   mehnat,   o’qish,   jamoat   ishida,
hayotiy,   hatto   kundalik   kiyinchiliklarga   qarshi   ko’rashda   tarkib   topishga
ishontirish lozim.
Agar   o’z-o’zini   tarbiyalash   o’quvchilar   jamoaning   rahbarligi   va   nazorati
ostida   amalga   oshirilsa,   juda   yaxshi   natija   beradi.   Agar   jamoaning   o’z-o’zi   o’z
a'zosiga kat'iy talablar qo’ysa va ularning bajarilishini muntazam ravishda nazorat
qilib   tursa,   bu   xoll   o’quvchining   o’z   ustida   ishlashga   nihoyatda   ragbatlantirib
yuboradi. 
Jamoa va uning tarbiyaviy ta'siri
Malumki,   yuksak   goyaviy   yo’nalishga   ega   bo’lgan,   umumiy   maqsad,
harakatlarining   birbiriga   mosligi   va   uyushkokligi   bilan   birlashgan   bir   butun,
nihoyatda   hamjihat,   soglom   hamda   muayyan   maqsadni   ko’zlovchi   jamoani
uyushtirish   orqali   tarbiyalash,   tarbiya   beruvchining   asosiy   prinyiplaridan   biridir.
Bunday jamoa tarbiyachining tayanchi, yordamchisi, tarbiyaviy ta'sirining kudratli
qurolidir. 
O’quvchi   faqat   jamoada   va   jamoa   ta'siri   ostida   jamoa   o’zaro   birdamlik
munosabatlar   tajribasini,   ijtimoiy   yo’nalishni   tarakkiy   etirish,   shaxs   va   jamiyat
o’rtasidagi   to’g’ri   munosabatlar   tajribasini   egallaydi.   Jamoadan   tashqaridabunday
sifatlarni umuman tarbiyalab bo’lmaydi. 
Jamoa   o’z   a'zolariga   ta'sir   ko’rsatadi,   ulardan   muayyan   xulq-atvorni   talab
etadi.   Jamoaning   soglom   va   obro’li   jamoatchilik   fikri   kuchi   nihoyatda   kattadir.
Jamoaning   ma'qo’llashi   yoki   koralashi,   jamoaning   soglom   ta'nkidi,   o’z   a'zolari
oldiga   qo’yadigan   ta'sirli   va   jiddiy   talablari   shaxsni   tarkib   toptiruvchi,   nazorat
qiluvchi va to’zatuvchi muhim omildir.  O’qituvchining   jamoa   qo’llab   o’quvatlaydigan   talablaridan   jamoa   o’z
a'zolariga   mustaqil   ravishda   hamda   o’z   tashabusi   Bilan   talablar   qo’yishga   va
ularning   bajarilishining   kontrol   qilishga   uta   olish,   o’qituvchining   bevosita
pedagoglik   ta'siridan   jamoa   orqali   bevosita   ta'sir   ko’rsatishiga   o’tish   kerak.
A.S.Makarenkoning paralell tarzda ta'sir ko’rsatuvchi yuksak goyaviy va talabchan
jamoani uyushtirish orqali shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. 
    Jamoaning  jipslashuvi  o’quvchilar   uchun  ular  faoliyatiga  ijtimoiy  ahamiyat
kasb etadigan qiziqarli faoliyat turini tanlab olishga, hamda o’zaro rahbarlik qilish
va   buysinishning   qiziqarli   tizimsini   tashkil   etishga   imkon   beradi.   Jamoaning
tashkil topishi va jipslashuvi odatda faolni tashkil etish hamda jipslashtirishdan va
uning obro’yini mustahkamlashdan boshlanadi.
    O’z   ijtimoiy   burchlarini     vijdonan   bajarish,   yuksak   tamoyiliallik,
jamoamizni   chuqur   xis   etish   –   o’quvchini   obro’li   qiladi   va   unga   o’z   urtoklariga
ta'sir ko’rsatish, ularga vazifalar va burslarga bo’lgan o’z munosabatlarini yuqtirish
imkonini beradi.   
    Ana   shundan   jamoaning   faqat   jipslashgan,   inoq   jamoa   bo’lishigina   emas,
balki   goyaviy   yo’nalishga,   soglom   jamoat   fikriga,   tanki   dva   o’z-o’zini   tankidga,
jamoaning har bir a'zosiga nisbatan yuksak talabchanlikka ham ega bo’lgan jamoa
bo’lishiga   erishishdan   iborat   ikkinchi   vazifa   kelib   chiqadi.   Agar   jamoa   oldiga
ijtioiy   foydali   va   Ayni   vaqtda   qiziqarli   maqsad   qo’yiladigan   bulsa,   ana   shunday
sifatlar   tarkib   topishi   mumkin.   qiziqarli   maqsad   qo’yish   juda   muhimdir,   chunki
o’smirlar va ayniqsa kichik maktab yoshidagi  bolalar  bu ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavermaydilar. 
    «Soglom   ijtimoiy   fikrga,   o’z   a'zolariga   nisbatan   rivoj   topgan   tankid   va
talabchanlikka   ega   bo’lgan   jipslashgan,   inoq   goyaviy   yo’nalishga   ega   bo’lgan
jamoa   o’z   a'zolariga   ta'sir   ko’rsatish   kuchiga   ega   bo’ladi   hamda   ularga   to’g’ri
yo’nalishda ta'sir ko’rsatadi. Ama buning o’zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday
jamoada   ta'sir   ko’rsatishning   to’g’ri   formalarini   qo’lana   olish,   individual
yondashish, nazokat usulini qo’llani xislatlarini tarkib toptirishdan iborat uchunchi
vazifa kelib chiqadi.      To’g’ri   barcha   xollarda   o’qituvchining   jamoa   ishiga   aralashish   va   uni
kuzatish   xuquqi   saqlanib   qoladi,   shunday   bulsa   ham,   jamoa   ta'sir   ko’rsatishining
to’g’ri   formalarini   tanlay   olishga   erishish   kerak.   O’smirlar   va   katta   maktab
yoshidagi o’quvchilar esa nihoyatda ixtirochi bo’lib tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishning
g’oyat samarali formalarining topishlari mumkin.
    Mehnatning   tarbiyaviy   ta'siri   to’g’risida   yuqorida   to’xtalib   utilgan   edi.   Bu
bulimda   biz   mehnatga   tarbiya   vositasiga   vositasi   va   kishisi   shaxsini   tarkib
toptirishining   asosiy   yo’llaridan   biridir.   Sifatida   umumiy   xarakteristika   berishga
harakat   qilamiz.   A.S.M a korenko   bu   fikrni   aniq   va   rovshan   formada   quyidagicha
qilib   ifodalab   bergan   edi:   « To’g’ri   tarbiyasini   mehnat   vositasiz   tarbiyalish
sifatida tasavvur etib bo’lmaydi… Shuning uchun tarbiyaviy ishda ham mehnat
eng asosiy elementlardan biri bo’lishi kerak». 
    Maktabdagi   mehnat   tarbiyasi   tajribasi,   pedagogik   psixologik   tadqiqotlarga
doir  matiriallar  mehnatni  haqiqatdan ham tarbiya omiliga aylantiradigan quyidagi
sharoitlarni ifodalab berish imkonini yaratadi. 
    1.O’quvchilar mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo’lishi kerak. O’quvchi o’z
mehnatining muayyan ijtimoiy kimatga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, kishilarga,
jamoaga, jamiyatga foyda keltirishni anglab olishi lozim.
    2.Muayyan   ijtimoiy   kimatga   ega   bo’lgan   foydali   maxsulot   mehnat   natijasi
bo’lishi, o’quvchi o’z mehnatining real samaralarini yakkot va aniq ko’rishi lozim.
Shu munomabat Bilan o’quvchini o’z mehnati natijalarining ijtimoiy vazifasi Bilan
mufassal  tanishtirish, o’quvchiga uning mehnati kimga keraqligini ko’rsatish juda
mo’zim.   Agar   o’quvchilar   o’z   ishlarining   foyda   keltirayotganligini   ko’rmasalar,
ularda mehnat qilishga bo’lgan har qanday istak yuqoladi, ular zo’rma-zo’rakiylik
Bilan ishlaydilar. Bunday ish esa mukarrar ravishda zerikishga, lokaylikka, salbiy
munosabatga sabab bo’ladi. 
    3.O’quvchilarning   mehnati   jamoa   mehnati   bulmogi   kerak.   Jamoa   mehnat
shunchaki birgalikda ishlashning, bir bino ichida, bir vaqtda ishlashni bildirmaydi.
Jamoa   mehnat   –   umumiy   mehnat   vazifalarini   birgalikda   bajaradigan   umumiy
maqsad,   umumiy   vazifalar   Bilan   birlashib   qilinadigan   mehnatdir.   Faqat   ana shunday   mehnatgina   kishining   o’z   xatti-harakatlarini   jamoa   irodasiga   buysindira
olish,   o’z   xatti-harakatlarini   jamoa   manfatlari   nuqtai   nazaridan   boshqara   olish
xislatlarini tarbiyalaydi. 
    4.O’quvchilarning mehnati tashabuskor va ijobiy mehnat bo’lishi kerak. Ana
shunda   mehnat   ishining   ijodiy   tomoniga   qiziqadigan,   shunchaki   biror   foydali   ish
qilishga   emas,   balki   yangilikka,   o’z   tashabusini   nomoyon   qilish   imkoniyatlarini
kidirishga   intiladigan   o’smirlari   katta   maktab   yoshidagi   o’quvchilarning   yosh
psixologik   xsusiyatlariga   mos   bo’ladi.   Mehnat   qanchalik   ko’p   intilektual   kuch
xayrat   sarflashni   talab   etsa,   o’quvchilar   unga   shunchalik   ko’p   tayyorgarlik
ko’radilar.   Bunda   shunga   erishish   kerakki,   o’quvchilarning   o’zlari   mehnat
vazifalarini xal qilishning eng yaxshi usullarini kidirib topsinlar, o’zlari (o’qituvchi
rahbarligi ostida) o’z faoliyatlarini rejalashtirsinlar.
    5.Imkoni   bo’lgan   joylarda   mehnatda   (ayniqsa   o’smirlar   va   katta   maktab
yoshidagi   o’quvchilar   mehnatida   o’z-o’zini   uyushtirish   va   mustaqil   mehnat
qilishning   har   xil   formalari   qo’llanishi   kerak.   Gap   faqat   o’quvchilarning
tashkilotchilik   malakalarini   (garchi   bu   joyda   muxm   bulsa   ham)   hosil
qilinishlaridagina   emas,   balki   o’z-o’zini   uyushtirishning   mustaqillikni   rahbarlik
qili   shva   buysinish   malakalarini,   ijodiy   tashabusini,   masuliyat   hamda   jamoa
xislatlarini tarakkiy etirishga yordam berishda hamdir. 
    6.O’quvchilarning   mehnati   ularning   o’zlari   uchun   qiziqarli   bo’lishi   lozim.
O’quvchilarning hayotida ularning shaxsiy qiziqishlari qanchalik katta urin to’tishi
va   qiziqishlarini   o’quvchilar   faoliyatlarini   qanday   rrag’batlantirishlari   yuqorida
ta'kidlab   utilgan   edi.   O’quvchilarning,   ayniqsa   kichik   yoshdagi   o’quvchilarning
faoliyati   hamisha   ham   bu   faoliyatning   ijtimoiy   ahamiyatini   anglashga
asoslanavermaydi. 
    7.O’quvchilarning mehnati ularning kuchiga yarasha mehnat bo’lishi kerak.
Bu   mehnat   o’quvchilarni   xaddan   tashqari   ko’p   kuch   sarflashga,   juda   tolikib
qolishga olib bormasligi lozim agar mehnat kuchga yarasha bo’lmasa, u psixikaga
katik   ta'sir   qiladi,   o’quvchi   o’z   kuchiga   bo’lgan   ishonchni   yukotadi,   ko’pincha umuman   hatto   kuchi   etadigan   ishni   bajarishdan   ham   buyin   tovlaydi,   chunki   uni
o’ziga ishonchsizlik xisi ta'kib qiladigan bo’lib qoladi. 
    8.Imkoni   bo’lgan   joylarda   o’quvchilarning   mehnatini   ularning   o’quv
faoliyati   bilan   boglash   kerak.   O’quvchilarning   nazariy   bilimlari   bilan   Amaliy
mehnat   faoliyatlarini   (har   xil   qishloq   xo’jalik   ishlarida,   maktab   yonidagi
uchuskada,   sport   maydonchasi   kurilishi   va   x.k   ishlarda)o’zviy   ravishda   shunday
o’zaro   boglash   zarurki,   bunda   ularning   mehnati   biologiya,   ximya,   fixika,
geometriyani   bilishni,   chizmalar   chizish   hamda   ularni   tushunib   ola   bilishni   talab
etsin.
    9.O’quvchilarni   mehnat   bilan   mutlaqo   yo’l   quyib   bo’lmaydi.   Mehnatda
tarbiyalish   zarur,   biroq   mehnat   bilan   jazolash   yaramaydi,   aks   holda,   o’quvchilar
ongida   mehnat   noxush   kechinmalar   bilan   assotsitsiyalanadi   (bog’lanadi)va
bolalarda mehnatga  nisbatan  salbiy  munosabat  mukarrar   ravishda  yo’zaga  keladi.
Mehnat   o’quvchi   uchun   majburiy,   noxush   mehnat   bo’lmagan   vaqtdagina
o’quvchini tarbiyalaydi. 
    10.Nihoyat,   o’quvchidan   ishni   shunchaki   bajarishni   emas,   balkisinchiklab,
puxta, vijdonan bajarishni, asbob – uskunalarga, materiallarga, mehnat qurollariga
ehtiyotkorlik munosabatida bo’lishni talab etish zarur. 
    Agar   yuqorida   ko’rsatib   utilgan   barcha   shartlarga   rioya   qilinsa,   mehnat
o’quvchilar uchun juda qiziqarli faoliyatga aylanadi. Ularda zug manaviy konikish
xissini uygotadi.Bunday mehnatda ular to’g’ri ijtimoiy xatti-harakatlarning Amaliy
tajribasini ortiradilar.
                        Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari. 
    Tarbiyachi  kator  individual  – psixologik xsusiyatlarga  ega bo’lib. Tarakkiy
etib   borayotgan   konkret   shaxs   bilan   shugillanadi.   Bir   o’quvchiga   nisbatan
muvaffaqiyat   bilan   qo’llanilgan   tarbiyaviy   tadbirlarni   boka   o’quvchiga   nisbatan
qo’llagan   vaqtda   kutilgan   samarani   bermasligi   ham   xuddi   ana   shu   bilan
izzo h lanadi.   Shuning   uchun   umumiy   tarbiyaviy   tadbirlar   individual   yondoshish
bilan tuldirilishi lozim. Individual yondoshish va jamoada jamoa orqali tarbiyalash
bir-biriga   zit   bo’lmaydi.   Individual   yondoshish   –   bu   «kush   pedagogik»   yakka, individual tarbiya emas, shu bilan birga « har bir tarbiyalanuvchi bilan va aloxida
shugullanish» emas(A.S.Makarenko).
    Individual   yondoshishda   tarbiyachining   o’quvchilarga   nisbatan   gamxorligi
va nazokati, o’z xatti-harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko’ra olishi
nazarda   tutilgan.   Individual   yondoshish   o’quvchi   shaxsining   xsusiyatlariga   va
uning   muayyan   vaqtdagi   psixik   holatiga   ko’proq   mos   keladigan   tarbiyaviy
tadbirlarning tanlashni  va amalga oshirishni talab etadi. Ana shunda bku tadbirlar
maksimal darajada Samara beradi.
    Individual   yondoshishda,   birinchi   novbatda,   shaxsda   biror   xislatning   tarkib
topishga   ta'sir   etadigan   individual   maxsus   sharoitlarni   bili   shva   xisobga   olish
nazarda   tutiladi.   Shaxsning   biror   namoyon   bo’lish   tabiyatini   tushungan
taqdirdagina   uni   to’g’ri   tushunish   mumkinligi   uchun   ham   bu   xolni   bilish   lozim.
Masalan,   tarbiyachi   o’smirning   ujarligiga   barham   berishni   maqsad   qilib   oldi
deylik. Avvalo tushunish, tushunganda ham to’g’ri tushunish uchun bu ujrlikning
tabiati   qandayligini,   uning   sababini,   qanday   harakaterda   ekanligini   bilib   olish
kerak. Turli tabiatdagi ujarlikni tushunib olish turlicha bo’lishi kerak.
    O’quvchilarning   (ayniqsa   o’smirlarning)   xatti-harakatlarida   tarqalgan
boshqa   kamchilik   ko’pollik,   kurslik,   surbetlik,   kattalarni   xurmat   qilmaslikdir.
O’quvchilarda   ko’pollik   va   surbetlik   ko’pincha   o’zlariga   nisbatan   kattalarning
adolatsiz munosabatiga – yolg’onchilik, nojoya xatti-harakat, yalkovlik, ko’pollik
bilan asossiz ayiblashga javoban yuzaga keladi. 
    Ko’pincha o’qituvchilar o’smir yoshidagi ugil bolalarning intizomsizligidan,
shuxligidan   noliydilar.   O’smirlarning   zo’r   faolligi,   jushib   to’rgan   kuch   gayrati,
tashabusi   ko’pincha   oqilona   yo’l   topa   olmaydi,   tupolonchilikda,   shuxlikda,
intizomni   bo’zishda   nomoyon   bo’ladi.   O’rtoqlarning   yomon   namunasi,   ishlamay
bekor   yurish,   karovsiz   qolish   intizomsizlikning   rivojlanishi   uchun   qo’lay   sharoit
tugdiradi.   Shuxlik   va   tupolonchilikni   yuzaga   keltiradigan   boshqa   sabab
o’smirlarning martlik-jasorat hamda dovyuraqlikni noto’g’ri tshunishlaridir.
    Yalqovlik   (normal   va   soglom   o’quvchilarda   mehnat   qilish   istagi   va
ehtiyojining,   mehnatda   zo’r   berishga   odatlanishning   yukligi)   singari   nuxsonga kelsak,  yalkovlikni  keltirib chiqaruvchi   eng ko’p tarqalgan  sabab  –  o’z  bolalarini
har   qanday   ahamiyatli   mehnatdan   saqlashga   harakat   qiladigan   ota-onalarining
urinsiz   mehir   muxabatidir.   Individual   yondoshishda   xatti-harakatlarning   affektiv
formalari deb atalmish formalariga ega bo’lgan o’quvchilarga aloxida etibor berish
nazarda tutiladi. 
    Nihoyat.   Individual   yondoshish   ishida   I,P.Pavlovning   katta   miya   yarim
sharlari   pustlarining   fazaliy   holatlari   to’g’risidagi   ta'limoti   muhim   ahamiyatga
egadir.   Agar   o’quvchi   ta'surotlar   Bilan   nihoyatda   xayajonlangan,   miyasi   juda
charchagan bulsa, so’z bolaga odatdagidek ta'sir ko’rsatmaydigan, balki aksincha,
o’quvchi muljallagan narsaga qarama-qarshi reaktsiya beradigan vaqtda (masalan,
dagdaga   yoki   kuchli   katik   bakirik   nerv   tizimsini   yanada   kuchliroq   ko’zgalishiga
olib borsa, Ayni paytda bosik, oxista so’z ijobiy natija beradi) paradoksl  yoki uta
paradoksal faza boshlanishi mumkin.
    Individual   yondoshish   jazo   choralari   va   formalarini   qo’llanishda   ham
ifodalanadi.   Bir   xil   o’quvchilarga   oddiygina   koralash   ta'sir   etsa   (bazan   istexzo
Bilan qarab qo’yishning o’zi kifoya qiladi), boshqa xil o’quvchilarga koralashning
bunga uxshashi formalari ta'sir qilmaydi va buni ular tarbiyachining muruvati yoki
bushangligi   deb   tushunadilar.   Bunday   o’quvchilarga   nisbatan   katikroq   jazo
choralari qo’llanish kerak. 
    Oxirida   hammaga   ma'um   bo’lgan   (lekin   hamma   vaqt   ham   xisobga
olinavermaydigan)   quyidagi   fikrni   ta'kidlab   utamiz:   individual   yondoshishda
tarbiyaviy ishda har bir o’quvchi shaxsidagi mavjud ijobiy fazilatlarga, chunonchi
uning   qiziqish   xavaslariga   (sport,   mo’zika,   rasm   chizish,   tabiat   hamda   boshqa
narsalarni   sevishiga),   soglom   axloqiy   intilishlariga   (garcha   ular   hatto   qo’llanib
bo’lmaydigan   formalardabulsa   ham),   urtoklariga   nisbatan   hatto   xazil   tarikasidagi
dustona munosabatlarga tayana olish nazarda tutiladi.  
    Konfutsiy:   «Eskini   o’zlashtirgan   va   yangini   tushunishga   qodir   insongina
tarbiyachi   bo’la   oladi   degan   edi.   Mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   butun
mamlakat   miqyosida   ta'lim-tarbiya,   ilm-fan,   kasb-hunarga   o’rgatish   sohalarini
isloh   qilishga   nihoyatda   katta   zarurat   sezila   boshladi.   Bugungi   kunda   tarbiya jarayonida Ham qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki,
ma'rifat   xalqimiz,   millatimiz   qonidadir.   An'anaviy   sharqona   qarashga   ko’ra,
ma'rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go’zal
axloq degani hamdir.
Bir   ijtimoiy   jamiyatning   ikkinchisiga   almashishi,   shuningdek,   milliy
mustaqillik   va   uning     ne'matlari   respublikamiz   fuqarolarida   tub   o’zgarishlarni
vujudga   keltirmoqda.   Milliy   tuyg’u,   qiyofa,   xarakter,   ta'b,   kuy,   raqs,   ma'naviyat,
qadriyat   hamda   ruhiyat   ta'siri   ostida   o’zining   tub   mohiyatini   aks   etira   boshladi.
O’tmishning   boy   merosi,   uning   an'analari   milliy   istiqlol   tufayli   o’z   egalariga
qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-syokin o’zgarib borishi natijasida
etnopsixologik   xususiyatlar   tiklana   boshladi,   milliy,   umumbashariylik   xislatlari
o’qishsida adolatlilik, teng huqqlilik aloqalari o’rnatilmoqda.
XXI   asrda   shaxs   shakllanishida,   uning   tarbiyalanganlik   darajasini   ortiradi
dinning,   xususan   «Hadis»   ilmining   ahamiyati   kattadir.   Shaxslararo   munosabatda
tenglik,   g’amxo’rlik,   samimiylik,   o’zaro   yordam,   simpatiya,   antipatiya,
Hamdardlik,   sevgi-muhabat   singari   milliy   xususiyatlarni   tarkib   toptirishda
Hadislarning roli yanada ortmoqda.
O’zbek   oilasida   tarbiya   mohiyati,   mazmuni   tarbitning   kundalik   va   istiqlol
rejasi,   bolalarga   ta'sir   o’tkazish   vositasini   tanlash   va   undaya   unumli   foydalanish
o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an'analari yotadi.
O’zbek   xalqining   etnopsixologik   xususiyatlaridan   unumli   foydalanish   har
tomonlama   tarakkiy   etgan   inson   shaxsini   tarkib   toptirishda   muhim   rol   o’ynaydi.
Abdulla Avloniy aytganidek:  « Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot,
yo xaloqat; yo saodat - yo faloqat  masalasidir».
Yosh   avaod   tarbiyasida   milliy   r o’ xiyat,   umuminsoniy,   xalqchil   milliy
kadriyatlar,   urf-odatlar,   an'analar   etakchi   urin   tutmogi   lozim   (tarbiya
etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). 
Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish;
b) xayrixohlik, odamlarga xurmat, mehr-shafqat; v) kattalarni xurmat qilish, e'zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy  tafakkur;
e) kichik yoshdan mehnatsevarlik;
j) jismoniy baquvvatlik;
z) ahlok-odoblilik; 
i) oilaparvarlik; 
k) ayollarga xurmat;
l) o’zaro hamkorlikka intiluvchanlik.
Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-aHloqiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta'lim
muassasalari,   omaviy   axborot   vositalari,   xuquqni   muxofaza   qiluvchi   tashkilotlar,
ilmiy-pedagogik kadrlar shug’ullanadilar. 
Tarbiya   jarayoni   barcha   ishtiroqchilarining   bahamjihatlik   bilan   olib
boradigan   ishlarigina   o’zining   ijobiy   natijalarini   berishi   mumkin.   «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish vazifalari ana shuni taqozo qiladi.
Tarbiya shaxsni shakillantirish maqsadiga qaratilgan va unda hayotiy e’tiqod
va   xis-tuyg’ular,   ma’naviy   xulq-atvor   hosil   qilish   jarayonidir.   «Ta’lim-tarbiyani
yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning
porloq   kelajagini   garmonik   o’stirish   imkoniyatini   yaratish»   (I.Karimov   Uzb.R
Prezidenti,   Oliy   Majlisning   IX   ses.Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi)   xozirgi
kunning asosiy masalasidir.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   shuni   nazarda   tutadiki,   boshqa   muqim
masalalar   katorida   Milliy   kayta   tiklanish   mafkurasi   va   jamiyat   boyliklari   asosida
o’quvchilarni   ma’naviy   va   axloqiy   xislatlarini   ustirish,   o’quvchilarning   xulq
madaniyatini   shaklantirish,   barkamol   naslni   tarbiyalab   yetishtirish   orqali   xaqiqiy
inson qilib tarbiyalash lozim.
Hozirgi   zamon   tarbiyasining   maqsad   va   vazifalari   avvalo,   yoshlarni
chinakam   ma’rifatli   kishi   qilib,   inson   qadrini,   milliy   qadriyatlarini   o’zligini
anglash,   erkin   va   ozod   jamiyatda   yashash,   mustaqil   davlatimizning   jahon hamjamiyatida   o’ziga   munosib,   obro’li   o’rin   egalaydigan   fidoyi   insonni
tarbiyalashdir.
II.Tarbiya   -   maxsus   faoliyat   sifatida   muayyan   dasturning,   anglab   olingan
maqsadining   mavjudligi   bilan,   ta’sir   ko’rsatishining   maxsus   ishlab   chiqilgan   va
asoslab berilgan vositalari shakllari hamda usullarini qo’llanishi bilan tasodifiy va
stixiyali   ta’sirlardan   ajralib   turadi.   Sog’lom   tarbiyaviy   vaziyatsiz   mukkammal
shaxs vujudga kelmaydi.
O’kuvchilarning   hayoti     va   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   qilish,   ijobiy   axloqiy,
ijtimoiy   xulq-atvor   tajribasi   shaxsning   tarkib   topishida   muhim   ahamiyatga   ega.
Ma’lumki, birgina faoliyatning o’zida shaxsning har-xil va hatto bir-biriga qarama-
qarshi sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Buning asosida maktab o’quvchisi amal
qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday
ma’noga ega bo’lishiga qarab, unda har-xil sifatlarni tarkib topishiga sabab buladi.
M:   O’quvchi   o’rtog’ini   prinsipial   asosda   tanqid   qilsa   –   unda   qat’iylik,
halollik; agar uz aybini o’rtogiga qo’yish bulsa – xudbinlik individualizm, egoizm
paydo buladi.
Faoliyat – odamni shaxs sifatida shakilantirish asosi  h isoblanadi. Bola  o’ yin,
o’ kish va mehnat faoliyatiga  q anday munosabatda b o’ lsa, unda shu faoliyat asosida
ijobiy va salbiy sifatlar shakllanishi mumkin.   O’ kish va uyinga ijobiy munosabat,
ilmga   intilishga   q izi q ish,   me h natsevarlik   kabilar   bilan,   salbiy   munosabat   esa
ishyo q maslik,   dangasalik   o’ zini   idora   q ila   olmaslik   kabilar   shakllanishiga   sabab
b o’ ladi.
Shuning uchun ham faoliyatining yetakchi tiplarini uyushtirish bola shaxsini
shakllanishiga ma q sadga muvofi q  ta’sir etish vositasidir. . . 
Axlo q iy e h tiyojlarning  tub mo h iyati  bu:   1)   insonning  axlo q iyligi   bosh q alar
bilan   mulo q otda   b o’ lishini   ijtimoiy   shart-sharoit   mavjud   bo’lishini;   2)   indivdual
ongning   axlo q iy   tomonlarni   shakillanishini   ijtimoiy   shart-sharoitdagi   tarbiyaga
bo g’ li q ligi bilan belgilanadi. Va ni h oyat,  h ayotning konkret  h ollarini  h isobga olgan
h olda axlo q iy e h tiyojni  h is-tuyguga, fikrlashiga bo g’ likligi mu h imdir. Axlo q iy   fazilatlarni   nam o yon   b o’ lishi   ijtimoiy   burch   tushunchasi   bola
ongiga   q anday   singdirilishiga   bo g’ lik.   Burch-   bu   jamiyat   va   jamoaning   inson
oldiga   qo’ ygan   turli-tuman   talablarini   ifodalovchi   tushunchadir.   Ijtimoiy   burch   –
keng   ma’nodagi   tushuncha   b o’ lib,   bu   odamiylik,   vatanparvarlik   burchi,   kasb
burchi, ota-ona oldidagi burchdir.
III.   Yoshlarning   axlokiy   fazilatlarini   tarbiyalashda   umuminsoniy   va   milliy
boyliklardan   foydalanish   mu h imdir.   Chunki   umuminsoniy   va   milliy   boyliklar
hamda   ularning   shaxs   shakllanishidagi   roli   a h amiyatlidir.   Milliy   an’analar,   urf-
odatlarimizning   tiklanishi   milliy,   umumbashariy   va   umumma’naviy   q adriyatlarga
asoslangan   axlo q   normalarini   yaratish   va   ularni   bolalarimiz,   yoshlarimiz   ongiga
singdirish   or q ali   ularni   jamiyatimiz   uchun   fidokor,   bilimdon   inson   kilib
tarbiyalashga asos b o’ la oladi.
Milliy   an’analar   -   h ar   bir   xal q ning   ma’naviy   h ayotining   ma h suli   b o’ lib,
usha   xalqning   ijtimoiy   fikri   milliy   an’analarni   ularning   ma’naviy   extiyojiga
aylantiradi.   Milliy   an’analar   yoshlarda   ijtimoiy   ongni   tarbiyalaydi,   ularning   xar
tomonlama   kamolga   yetgan   inson   bulib   yetishishida   muxim   urin   tutadi.   U   shaxs
xarakterini ijobiy tomonga shaklantirishda faol ishtirok etadi, yoshlar mafkurasiga
psixologik ta’sir kiladi.
IV.   Bola   shaxsini   tarbiyalashda   ijtimoiy   foydali   faoliyat   ham   muxim   rol
uynaydi. Chunki u tarbiyaning eng kulay sharti va vositasi xisoblanadi.
Ijtimoiy foydali faoliyat, mehnat tarbiya vositasi bo’lishi uchun: 
 bolaning mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo’lishiga;
 ijtimoiy  kiymatga ega  bulgan  foydali   maxsulot   mehnat  natijasi
bo’lishiga;
 mehnat jamoa mehnati bo’lishiga;
 u   tashabusskor va ijodiy mehnat bo’lishiga;
 mehnatda uz-uzini uyushtirish va mustakil faollik kursatishning
xar xil shakllari kulanilishiga ahamiyat berish kerak.
 O’quvchilarning   mehnati   -   ularning   uzlari   uchun   kizikarli
bo’lishi;  Bolaning kuchiga mos bo’lishi;
 O’quv faoliyati bilan boglik bo’lishi;
 Mehnat uchun jazolashga mutlako yul kuyilmaslik kerak.
 Shuni   sinchiklab   puxta,   vijdonan   bajarish   mehnat   anjomlarini
asrash va tejashga urgatadigan bo’lishi lozim.
V.  Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari. . . .
VI. Tarbiyasi « q iyin» bulgan bolalar bilan ishlash: 
a) ularning individual xususiyatlarini aniklash;
b)  q izi q ish va e’ti q odlarini  h isobga olish;
v) tarbiyaviy usullarini tanlash;
g) tarbiyaning maxsus sharoitlarini aniklash.  
VII.   Shaxsning   ma’naviy   sifatlarini   shakllantirishda   ma’naviy  ong     va  xulq-
atvor   birligi   muximdir.   Yoshlarni   uz-uzini   anglashi,   yaxshi-yomon   va   adolatli-
adolatsizlikni   h is   kilgan   xolda   uni   uz-o’ziga   tatbik   kilishi,   uzini   tarbiyalash
tarbiyaning psixologik mexanizmini tashkil kiladi.
O’ z –  o’ zini tarbiyalashda 4-ta vazifa nazarda tutiladi
1.O’zida shaxsning ijobiy xislatlarini tarkkiy etirishga va o’z xulq-atvoridagi
yomon tomonlardan xolis bo’lishga intilish.
2.O’quvchiga   uz   shaxsiga   tanqidiy   munosabatda   bo’lishiga,   o’z   xulq-
atvoridagi   xususiyatlarini   diqqat   bilan   va   oqilona   tushunib   olishida,   uz
kamchiliklarini yakkol kurishda, uz nuksonlarini fahmlab olishida yordamlashish.
3.Uz-uzini   tarbiyalash   rejasini   tuzishda,   shaxs   xulq-atvori   xislatlarini   kaysi
xususiyatlarini tarakkiy ettirish, kaysisiga barham berish kerakligini aniklash.
4. Tarbiyachi uz-uzini tarbiyalashning okilona yullarini aniklashi.
VIII. Vatanparvarlik ru h ida tarbiyalash
Vatanparvarlikni shakllantirishda:
A) Ona-vatanga muxabbat, uni sevish, e’zozlashga urgatish.
B)   Mustakil   Uzbekiston   tushunchasining   moxiyatini   o’quvchilar   ongiga
singdirish. V)   Yoshlarni   xalqimiz   an’analariga,   udumlariga,   tili   va   madaniyati,
ruxiyatiga xurmat bilan karashga urgatish.
G)   Buyuk   daxolarimiz   koldirgan   ma’naviy   meroslarni   asrab   avaylash,
ularning tarixini bugungi kun uchun ahamiyatini idrok etish
D) Yoshlarda soglom kuch, soglom tafakkur, iymon-e’tikodni uygotish
Ye) Vatan oldidagi mas’uliyat, millat manfaati uchun kurashning moxiyatini
anglash.
J)   O’quvchilarda   unib   usgan   yurtiga,   voyaga   yetkazgan   ota-onasiga   va
ta’lim-tarbiya bergan ustoziga ta’zim kilish malakasini shakllantirish. A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z
13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

TARBIYA PSIXOLOGIYASI: MAQSADI, VOSITALARI VA METODLARI. REJA: 1.Maktab yoshida shaxsni tarkib toptirishning psixologik qonuniyatlari. O’quvchilarga individual munosabatda bo’lish tamoyillari. 2. Tarbiyaviy ish uslublari va formalarining psixologik asoslari. 3. Jamoa va uning tarbiyaviy tasiri. Oilada va maktabda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish ominlari. 4. Mehnat tarbiyaviy tasirining psixologik asoslari. 5. Tarbiyada individual yondoshishning o’ziga xos xususiyatlari. 6. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari.

O’quvchilarni individual munosabatda bo’lish orqali o’rganib boriladi. Individual munosabat – o’quvchiga ta'sir etish yo’li bo’lib, o’quvchini o’rganishdagi dastlabki bosqichlardan biri xisoblanadi. O’qituvchi bolalar kollektivida har bir o’quvchining xulq-atvorini, qiziqishini, qobiliyatini, bilimini, gayratini, xarakterini xisobga olgan holda ta'lim-tarbiya ishlarini olib boradi. Maktabda o’quvchilar uchun xulq va maktab qoidalari bir xil bo`lsa ham, uning ijrosi turli o’quvchida turlichadir. Bu narsa har bir o’quvchining o’ziga xos xsusiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. O’quvchilarga salbiy xollarda, ko’pincha tezchora ko’rishni talab qilish lozim bo’lgandagina individual munosabatda bo’lish bilan chegaralanish noto’g’ridir. Masalan, o’quvchi T. ga berilgan xarakteristikada «T. juda qobiliyatli qiz. Jamoaning faol a'zosi. Sinfda katta obro’ga ega» deyiladi. Bu fikrgasoslanganda, bu o’quvchiga individual munosabatdabo’lish talab qilinmas edi. T. ga berilgan xarakteristikada Yana shunday fikrlarni o’qiymiz: « x arakter jihatdan u o’zini katta tutuvchi, injik, gap kutara olmaydigan qiz. O’z maqsatiga erishishda hech narsadan tortinmaydi». Bundan ma'lumki, bu «alochi» o’quvchi bilan albataindividual munosabatda bo’lish lozimdir. Ba'zan o’quvchilarga individual munosabatni har bir bolani chuqurroq o’rganish, tushunish bilangina sheklab qo’yadilar-da, bu sohadagi ishni davom etirmaydilar. Individual munosabatning bunday chegaralanishi uning ta'sirchanligini, amaliyligini yukotib qo’yadi. Pedagog bolalarni o’rganishda hech kachon pedagogik maqsadni unutmasligi kerak. O’quvchini o’rganishda tarbiyaga asos buluvchiyaxshi xsusiyatlarni va qayta tarbiyalash talab etiladigan salbiy xsusiyatlar bilan birga, ijobiy tomonlarni ham topish kerak. O’quvchi – kamol topib boruvchi, eng avallo, ta'lim-tarbiya ta'siri ostida shaxs sifatida voyaga etuvchi odamdir. Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarning yaxshi-yomon tomonlarini biladi, ular uchun nimalar kiyin ekanligini puyqaydi, bu kiyinchiliklarning oldini oladi va kimlarga yordamlashish zarur bulsa, ushalarga kumak beradi. Bunday o’qituvchi

g’oyat darajada xayajonli, serharakat bolalarni tinchlantiradi, uyatchan, tortinchoklarni ma'qo’llaydi faol, iste'dodli bolalarga yana ish beradi, dangasalarni «harakatga solishga» urunadi, qobiliyatsizlarga qo’shimcha yordam ko’rsatadi. O’qish yoki mehnat natijalariga baho qo’yishda barcha uchun yagona me'yor bulsa-da, ayrim holda o’quvchilarning individual xsusiyati nazarda tutilib, bu muhim koidadan shekinishga ruxsat etiladi. Individual munosabat murakkab va ko’p irrali protsessdir. Individual munosabat o’quvchini har tomonlama bilishda foydalanadi. O’quvchini o’rganishda unga nisbatan hamma vaqt odillik bilan ish ko’rish kerak. Odillik – o’qituvchi shaxsining muxzim xarakter xislati bo’lib, o’quvchilar buni juda kadirlaydilar. Maktab o’quvchilari (ayniqsa, o’smir va uspirinlar) o’z bilimlari va xatti-harakatlariga baho berishda xakkoniyatsizlik qilgan o’qituvchisini hech kachon kechirmaydilar. Ularning fikricha, xakkoniyatsiz o’qituvchi eng yomon o’qituvchidir. O’quvchitni uning kelajagini oldindan ko’ra bilgan, unga ishongan holda o’rganish kerak. O’qituvchida: «Agar o’quvchidabugun yomon tomonlar ko’p bulsa, ertaga albata yaxshi tomonlari ortib boradi», degan umid bo’lishi lozim. O’quvchining kuchiga ishonish, unda, kichkinabulsa ham, yaxshi xislat borligini bilish asosida uning shaxsini tarkib toptirish individual munosabatning eng yaxshi tomonidir. Xuddi shunday munosabatni biz yuqorida F.N.Gonobolin keltirgan misolda yakkol ko’ramiz. O’quvchilarga individualmunosabatda bo’lishda o’qituvchining olidida asosan quyidagi vazifalar turadi: Har bir o’quvchini, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilish . O’quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir ko’rsatish metodlarini va usullarini tallashda va ularni tadbiq etishda o’quvchilarning individual xsusiyatlarini xisobga olish, bu erda pedagogik tadbirlar hamda o’quvchilarga bir me'yorda qo’llanilishga aloxida e'tibor berish. O’quvchilar bilan to’g’ri pedagogik muomalada bo’lish uchun qanday munosabat o’quvchida qanday oqibatlarni keltirib chiqarishni oldindan bilish.

Shaxs odam ishtiroq etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimsining ta'siri ostida va unda o’zi bajaradigan faoliyat ta'sirida tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta'siri to’g’risida gapirilar ekan, sotsial psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yakin tevarak-atrofdagi odamlar ham maktab o’quvchisining shaxsiga ta'sir qilavermaydi, ko’plarning fikirlariga u befarq karaydi. Xar bir odam uchun bo’lganidek, har bir maktab o’quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba'zang bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo’lishi mumkin) mavjut bo’ladi, u shaxs sifatida bu guruhning fikirlari, o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan xisoblashadi. Oila, sinf, sinefdagi ayrim o’quvchilar, ba'zi o’qituvchilar, xovlidagi ulfatlar, yakin dust va xokazolar muayyan maktab o’quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo’lishi mumkin. Maktab o’quvchisining tez-tez uchrab turadigan tirbiyaviy ta'sirlarga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bo’lish xollarida ko’pincha o’quvchining tarbiyachiga ma'lum bo’lgan referent guruh pozitsiyasilaturishi sabab bo’ladi. A.V.Petrovskiyning oqilona fikriga ko’ra, agar tarbiyachi, maktab uo’quvchsisi hech narsa va hech kim bilan xisoblashmaydi, uning uchun hech qanday obro’li odamlar yuk, unga hech kim ta'sir qila olmaydi, deb davo qiladigan bulsa, bu narsa odatdatarbiyachining maktab o’quvchisining axloqiy poeziyasining belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutlako xabarsiz eknligini bildiradi. Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarining psixologik asoslariniishlab chiqayotganlarida,tarbiyaning har qanday metodiga abstrakt tarzda qarab va uni baholab bo’lmaydi, degan fikrga asoslanadilar. Shaxsning ijobiyt yo’nalishini tarkib toptirish uchun, maktab o’quvchisiningn barcha vaziyat va holatlarda to’g’ri yo’l to’tishni istashi hamda to’g’ri yo’l to’tishi uchun uning nima qilishni bilishi, o’zi xurmat qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko’rishi va o’zi ham to’g’ri xulq-atvorli bo’lishni mashq qilish (bu – eng muhimi) zarur.

Bilimlar – axloqiy tasavvurlar va tushunchalarning muayyan tizimsini egallamasdan turib haqiqiy e'tikodlarni tarkib toptirib bo’lmaydi. O’z-o’zidan bu bilimlar axloqiy xulq-atvorni belgilamasdan turib, unga muhim ta'sir ko’rsata olmaydi. Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo’li o’quvchilarning o’zlarida to’g’ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani boyitish va umumlashtirish yo’lidir, albata. O’quvchilardagi axloqiy bilimning turli-tuman formalari, ularning ongi va xis-tuygulariga jonli, yorkin otashin so’zning (tarbiyachilar, maktab kutubxonalari tomonidan uyushtirilgan individual va kollektiv etik suhbatlari, ma'r u zalar, munozaralar, kitobxonlar konferentsiyalarining) ta'siri bu ishni ancha tuldirishi mumkin . Hatto faol ta'sir ko’rsatishning ajoyib ustasi bo’lgan A.S. Makarenko ham axloqiy (etik) suhbatlarning chinakam tarafdori edi.Uning o’zi nazariy axloqiiy turdagi suhbatlarning konspektini yozar, ularda eng yaxshi axloqiynazariyaning eng katta samaralarining ko’rar edi. Muayyan tamoyillar ishlab chiqilgan bo’lib, axloqka doirsuhbatlar usha tamoyillar asosida tuzilishi kerak. Bu prinsiplar quyidagilardir: 1.Axloqqa doir suhbatlar mazmuni jihatidan tegishli yoshdagilarga tushunarli bo’lishi lozim. Mavxum va abstrakt tushunchalar, murakkab mulohazalar Bilan toliktirib qo’yishga yo’l quyib bo’lmaydi. 2.Odatda, suhbat o’tkaziladigan kollektivni, uning yo’nalishini, bu kollektiv a'zolarining o’zaro munosabatlarini, o’qituvchiga, o’qish va boshqalarga munosabatini yaxshi bilish zarur. 3.Bunday suhbatlarni nihoyatda tez-tez o’tkazibyu turmaslik darkor.Agar suhbatlar konkret sabablar Bilan, mamlakat yoki kollektiv hayotidagi biror vokeaga, masalan oktabr', revolyutsianing, katnashuvchilari bilan, kaxramonlar bilan uchurashuvlarga, Yangi kitob yoki kinofilm chiqqanligiga, maktab hayotida yuz bergan biror ijobiy yoki salbiy vokeaga tugirlab o’tkazils, juda yaxshi natija beradi.