logo

SSSRda jamoalashtirish siyosatining O`rta Osiyo va Qozog`istondagi oqibatlari 17v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

72.5 KB
• Mavzu :   SSSRda jamoalashtirish siyosatining O`rta
Osiyo va Qozog`istondagi oqibatlari
•
• Respubiika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning uchdan ikki 
qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O`lkaning ishlab chiqarish hayotida 
kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o`rinni egallab, aholining
poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro’zg`or buyumlariga bо`lgan ehtiyojlarini 
qondirar edi. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 % ni, oshlangan
terining 76%ni, kiyira-kechak va bosh kiyimlarining 85%ni, idish-tovoqlarning 
60%ni ishlab chiqarar edilar. 1925 yilning oxiriga kelib sobiq SSSRda xalq 
xo’jaligini tiklash ishlari asosan o’z nihoyasiga yetkazildi. 1925 yilning dekabrida
bo`lib o`tgan VKP(b) XIV qurultoyi sotsializm g`alabasining asosiy sharti 
sifatida sho`rolar mamlakatida "sotsialistik industrlashtirish"ni avj oldirishga 
e'tiborini qaratdi. Sanoatlashtirish O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga 
oshirildi. Chunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal 
industrlash uchun mablag` masalasi keskin munozaralarga sabab bo’ldi. 
Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag`ni qishloq xo’jaligi 
hisobidan olish rejasini ilgari surdilar, muxolif taraf esa, sanoatlashtirish 
siyosatini yoqlagani holda uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitini 
yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda 
amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi. Keskin siyosiy bahs 
munozaralardan keyin mablag`ni agrar sektordan olishga qaror qilindi. 
O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda 
qishloq xo`jiligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi edi. 
Respublikadagi mavjud sanoatning 90% ni qishloq xo’jalik xom-ashyosini  ishlashga ixtisoslashgan edi, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan iborat 
bo`lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi.
Birinchi   besh   yillik   (1928-1932)da   289   ta   yangi   sanoat   korxonasi,   jumladan,
Toshkent   qishloq   xo’jalik   mashinasozlik   zavodi,   Quvasoy   sement   va   ohak   zavodlari
ishga   tushirildi,   Chirchiqqurilish,   Olmaliqqurilish,   Toshkent   to`qimachilik   kombinati
qurilishi   davom   etdi.   Farg`onada   to`qimachilik   fabrikasi   va   yog`zavodi,   Toshkent,
Buxoro,   Marg`ilon   va   boshqa   shaharlarda   tikuvchilik   fabrikalari   ishga   tushirildi.
Sanoatlashtirish   yillari   respublika   paxta   tozalash   zavodlarining   texnik   imkoniyatlari
oshib, 1927-28 yillarda 3363 tonna paxta tolasi yetishtirdi va paxta tozalash sanoatining
yalpi mahsuloti esa 165,7 mln. rublni tashkil etgan edi.
Respublikani   sanoatlashtirishda   elektrlashtirish   ham   muhim   o`rinlardan   birini
egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent yaqinida
quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo’zsuv GESi barpo etildi. 1932 yilga kelib esa,
elektr   stansiyalarining   soni   49   taga   yetdi.   Shuningdek,   respublikada   neft   sanoati   hara
jadal   sur'atlar   bilan   o`sdi,   1925-26   yillarda   neft   ishlab   chiqarish   5,6   tonna   bо`lgan
bo`lsa, 1927-28 yillarda bu ko’rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi.
Ayrim sanoat mahsulotlari bo`yicha O’zbekiston sobiq Ittifoqda yetakchi o`ringa
chiqdi.   1932   yilda   paxta   tolasining   89,7   %,   sementning   54,2%,   o`simlik   moyining
56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.
Faqatgina   birinchi   besh   yillikning   o’zida   yirik   sanoatdagi   ishchilar   soni   deyarli
3,5   baravar   ko’paydi.   Lekin   ular   orasida   mahalliy   millat   vakillari   ozchilikni   tashkil
qilganligi  bois,  ularni  tayyorlashga  yordam  tariqasida  ittifoqdosh  respublikalar,  asosan
Rossiyadan   ko’plab   sanoat   mutaxassislari   kela   boshladi.   1926   yildan   1940   yilgacha
O’zbekiston  aholisi  yangi kelganlar  hisobiga  750 ming kishiga yoki  10%  dan ortiqroq
ko’paydi.   Markazning   rasiyzabon   aholining   ko`chirib   keltirishda   milliy   o`lkalarda
o’zining   tayanch   ijtimoiy   qatlamini   vujudga   keltirish   hamda   ruslashtirish   siyosatini
amalga oshirish manfaati yotar edi. Sanoatni   jadal   rivojlantirish   natijasida   O’zbekiston   Markazga   rangli   va   nodir
metallar,   oltingugurt,   ozokerit,   volfram,   molibden,   paxta   tolasi,   xom   ipak   bilan
ta'minlaydigan va sho`roIar mamlakatini xom ashyo qaramligidan xolos etishga yordam
beradigan   yirik   xom   ashyo   mintaqasiga   aylandi.   O’zbekistonning   oltin   sanoati   butun
mamlakatning   to`lov   balansini   mustahkamlash   uchun   katta   mablag`lar   berib   turdi.
Biroq,   aholining   ijtimoiy   ehtiyojlari   nazar-pisand   qilinmadi,   uning   moddiy
farovonligiga e'tibor berilmadi, bu esa turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi.
Sho`rolar   davrida   shahar   va   portlarni   birlashtiruvchi   yangi   terair   yol   liniyalari
qurilishiga ham e'tibor berildi. Farg`ona (Iskobil)-Quvasoy (1922), Qarshi-Kitob(1924),
Amudaryo   (Samsonovo)-   Termiz   (1925).   1928-29   yillarda   paxtachilikni   rivojlantirish
maqsadida   Asaka   Shahrixon,   Sirdaryo-Paxtaorol   temir   yo`llari   qurildi,   shuningdek,
Qorasuv-Osh   (1935)   va   boshqa   temir   yo'l   liniyalari   qurilib   foydalanishga   topishirildi.
1929-1931   yillarda   uzunligi   1452   km   bо`lgan   Turkiston-Sibir   (Turksib)   temir   yo`li
qurildi.
20-yillardan   O’zbekistonda   avtomobil   trasporti   vujudga   keltirildi   1921   yilda
respublika avtomobil transporti ixliyorida 40 yengil va 15 avtomobili hamda Toshkent
avtomobil ta'mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil
yo'li   (710   km),   Faro'
  avtomobil   yo`li   (343   km)   qayta   ta'mirlandi   va   bir   qancha   yangi
yo'li qurib bitkazildi.
Respublika   hukumati   1940   yilda   uzunligi   708   km   bо`lgan   katta   o’zbek   traktini
(Toshkent-Termiz avtomobil yo’li) qurish haqida maxsus qaror qabul qildi. Bu ycrlning
376   km   Toshkent.   222   km   Samarqand,   162   km   Buxoro   viloyatlari   mehnatkashlari
tomonidan 1941 yilning4 oyida qurib tugallandi.
1924-yilga   kelib,   respublikadagi   avtomobil   korxonalarida   223   avtomobil   bo`lib,
145   ming   tonna   yuk   tashildi.   30-yillarda   avtomobil   transportining   rivojlanishi   bilan
qattiq   qoplamali   yo`llar   qurilishi   boshlandi,   ta'mirlash   va   texnik   xizmat   ko’rsatish
korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi. Yangi   iqtisodiy   siyosat   (NEP)   tufayli   O’zbekiston   qishloqlaridagi   ahvol   ancha
yaxshilandi,   dehqonlar   o’z   mahsulotini   sotish,   g`o’za   va   boshqa   ekin   maydonlarini
kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Biroq, 20-
yillarning   ikkinchi   yarmidan   YAIS   (NEP)   o’z   mohiyatini   yo’qotib,   erkin   savdo   va
xususiy   tadbirkorlikka   chek   qo`yila   boshiadi.   Sho`rolar   boylarning   yerlarini   musodara
qilish hisobiga kambag`al dehqonlarni yer bilan ta'minlash orqali qishloqda "sotsialistik
Ijtimoiy   tuzum"   ning   asosi   bо`lgan   jamoa   bo`lib   xo’jalik   yuritishni   rivojlantirisbni
ko’zlab,   keng   miqyosli   agrar   islohoti   avj   oldirdilar.   1925   yil   2-dekabrdagi   o’z   SSR
MIQning Favqulodda Sessiyasida qabui qilingan "Yer va suvni natsionalizatsiya qilish"
to’g’risidagi dekreti qabul qilindi.
Yirik yer egalaridan tortib olingan yerlarda 60603 dehqon xo’jaligi tashkil etiladi.
Bulardan  tashqari, yangi   va  tiklangan  sug`orma yerlarida yana  14751  batrak  va  yersiz
dehqonlar xo’jaliklari tuzildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi yer-suv islohoti davomida
sug`oriladigan   20   ga   va   45   ga   ortiq   lalmi   yerlar,   sobiq   amir   va   xon   xizmatchilari,
ruhoniy hamda savdogar, sudxo`rlarning xo’jaliklari musodara qilindi, Umuman, 1925-
29 yillardagi yer-suv islohotini o`tkazish natijasida O’zbekistonda pomeshchik turidagi
4801   xo’jaliklar   tugatildi,   23036   xo’jaliklarning   ortiqcha   yerlari   musodara   qilindi,   yer
jamg`armasi 474893 desyatina yerga ega bo’ldi, 89729 liklar yer bilan ta'minlandi, Yer
bilan birga ko’pgina xo’jaliklar moli urug`. asbob-uskunalarga ham ega bo`Idilar.
Biroq islohot o`tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy yunonlarning davlat
tomonidan   terror   qilinishi   o’z   navbatida   ularning   kin   norozilik   chiqishlariga   sabab
bo’ldi.   Shu   tariqa,   yer-suv   islohoti   ahloqda   sinfiy   kurashning   keskinlashuviga   olib
kelgan   edi.   Davlat   o’z   batida   "boy-quloq   unsurlari"ning   qarshiliklarini   bartaraf   etish
uchun o’zining bor kuchini ishga soldi. Tortib olingan yerlarning asosiy qismi kolxozlar
va sovxozlar ixtiyoriga topshirilgan edi.
Islohotning   jiddiy   salbiy   oqibatlaridan   qishloq   iqtisodiy   hayotining
qashshoqlashishi,   fermerlik   kurtaklarining   bo`g`ib   qo`yilishi   va   bozor-savdo munosabatlarining   rivojlanishining   to`sib   qo`yilishi   hamda   ijara   jmkoniyatlarining
cheklanishi bo’ldi.
Shunday qilib, 1925-29 yillardagi yer-suv islohoti sho`ro hukumatining mulkdor
sinflarni   tugatish,   sinfsiz   jamiyat   qurish   uchun   qilgan   chora-tadbirlaridan   biri   bo’ldi.
Ushbu   jarayon   keyingi   yillarda   qishloq   xo’jaligini   majburiy   jamoalashtirishga   zamin
yaratgan edi.
1929 yil tarixga qora belgi ostidagi "buyuk burilish yili" deb nom olgan yil bo`lib
kirib keldi. Bu dehqonlar sinfmi ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli
yo’q   qilishning   boshlanish   davri   edi.   Bunda   "quloqlar"   va   "boylar"   toifasiga   asosan
yangi   iqtisodiy   siyosat   sharoitida   o’z   xo’jaliklarini   oyoqqa   turg`azib   olgan   o’rtahol
dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan
edi.   1929   yilning   yozida   "quloqlar"ni   jamoa   xo’jaliklariga   (kolxoz)   kiritishini
ta'qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7 noyabrida "xalqlar otasi" - Stalinning
matbuotda   bosilib   chiqqan   "Buyuk   burilish   yili"   nomli   maqolasi   hamda   27   dekabrda
qishloq xo’jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so’zlagan nutqi "quloqlar" ni sinf
sifatida   tugatish   va   jadal   jamoalashtirish   siyosatini   boshlab   berdi.   Yoppasiga
jamoalashtirish   bu-boy   va   o’rtahol   dehqonlarga   tegishli   ishlab   chiqarish   vositalari,
mollar,   uy-joy,   qishloq   xo’jalik   mahsulotlari   va   urug`   zahiralarini   tortib   olinishi
hisobiga kolxozlar tuzish degani edi.
O’zbekistonda   jamoalashtirish   o’z   KP   MQning   1930   yil   fevralda   qabul   qilgan
"Kollektivlashtirish   va   quloq   xo’jaliklarini   tugatish"   to’g’risidagi   qarori   e'lon
qilingandan so`ng boshlab yuborildi.
O’zbekistonda   yoppasiga   jamolashtirishni   tezlashtirish   hamda   "quloqlar"   bilan
kurash olib borishni kuchaytirishga yordam tariqasida Markaz 25 ming tashkiliy-siyosiy
tajribaga   ega   bо`lgan   rus   ishchilarni   yuboradi.   Bu   yerga   "25   mingchilar"   asosan
Moskva, Leningrad, Ivanovo- Voznesenk va SSSRning boshqa sanoat markazlaridan O’zbekistonga 433 ishchi
yuborildi.   Ulardan   tuziigan   brigadalar   o’zbek   qishloqlarida   kolxozlar   tuzish   hamda
"quloq qilish" kompaniyasida "faol" ishtirok etdilar.
1930-yilning o’zidayoq respublikada 2648 ta boy va "quloq" xo’jaliklari tugatilib,
qishloq   ahlining   tadbirkor   qisrai   oyog`iga   bolta   urildi.   "Quloq   qilish"   siyosati
dehqonlarda ishonchsizlik va xavotirni kuchaytirdi. Ko’plab dehqonlar o’z xo’jaliklarini
tashlab   qochdilar.   Chorva   soni   keskin   kamayib   ketdi.   Respublikadagi   siyosiy   vaziyat
keskinlashib   bordi.   Dehqonlarning   noroziligi   1930   yil   25   fevralda   Farg`ona   okrugida
g`alayonga   aylandi.   Norozilik   chiqishlari   Andijon,   Toshkent,   Xorazm,   Samarqand
okruglariga  ham  yoyildi.  Masalan,  Chust  va  Olmosda   boy  dehqonlar   chorva  mollarini
yoppasiga   sotishni   avj   oldirdilar.   Jamoalashtirishga   qarshi   bu   harakat   ba'zi   joylarda
sovet hokimiyatiga qarshi chiqishlarga aylandi. Mana shunday norozilik chiqishlarining
oldini olish uchun 1930 yilda o’z MQ KP (b)  qoshida  "quloq" va boylarni  yo’q qilish
bo`yicha   maxsus   respublika   komissiyasi   tuziladi   va   "quloq   qilish"   siyosati   yanada
shiddatliroq tus oladi.
O’zbekistonda jamoalashtirish asosan 1932 yilning oxiri 1933 yilning boshlarida
tugallandi.   Bu   davrga   kelib   respublikaning   79   dan   61   tumanida   barcha   dehqon
xo’jaliklarini   kolxozlarga   birlashtirish   nihoyasiga   yetkazilgan   edi,   Jami   O’zbekistonda
jamolashtirilgan   xo’jaliklar   74,9%ni   tashkil   etdi.   Birinchi   besh   yillik(   1928-1932)
oxirlarida respublikada 9734 kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgan edi.
1930-33   yillarda   O’zbekistonda   5550   dehqon   xo’jaligi   hibsga   olinib,   quloq
qilinadi   va   Ukraina,   Sibir,   Qozog`iston   va   boshqa   joylarga   zo`rlik   bilan   ko`chirildi.
Lekin   shuni   ham   aytish   joizki,   bunda   nafaqat   o’ziga   to`q   mol-mulkka   ega   dehqonlar,
balki   o’rtahol,   ayrim   hoilarda   esa   batrak   xo’jaliklarga   mansub   kishilar   ham   "quloq"
sifatida surgun qilindi.
Sovet   davlatining   bunday   g`ayriinsoniy   siyosatini   amalga   oshirishdan   maqsadi,
birinchidan,   qishloqdagi   o’ziga   to`q   kishilarning   yer-suvi,   mol-mulkini   tortib   olish,
ikkinchidan, tortib olingan boylik va ishlab chiqarish vositalari hisobiga jamoa va davlat
xo’jaliklarining   dastlabki   moddiy   bazasini   yaratish,   uchinchidan,   karabag`al dehqonlarning   bu   xo’jaliklarga   "o’z   xohishlari"   bilan   kirishlariga   erishish   va   ularning
arzon   mehnatidan   foydalanish,   to`rtinchidan,   "quloq"   bo'lib   surgun   qilingan   kishilar
yordamida   masalan,   Ukrainaning   iqlimi   O’zbekistonga   yaqin   zonasida   paxtachilik
sovxozlarini   tashkil   etish   va   pirovardida   paxta   yordamida   SSSRning   moddiy
imkoniyatlarini   yaxshilash   edi.   Sho`rolar   bu   maqsadlarga   asosan   erishdi.   Quloqlar
hisobiga   qaddini   tikladi,   sotsialistik   qurilishning   moddiy   bazasini   yaratdi.   paxta
mustaqilligiga   erishdi.   Barcha   xatti-harakatlarga   qaramay,   Ukrainada   paxtachilik
xo’jaligi qaror topmadi.
Majburiy   jamoalashtirish   siyosati   qishloqning   mustaqil   rivojlanishini   barbod
qildi,  qishloq   ahli   ongiga  salbiy  ta'sir   ko’rsatdi,  dehqonlarning  yerga  egalik  tuyg`usini
yo’q qildi.
O’zbekiston   uchun   suv   inshootlari   qurish   muhim   edi   va   shuning   uchun   1939
yildan  bunday  qurilishlar  umumxalq  hashar   yo`li  bilan  amalga   oshirila   boshladi.  1939
yil   l   avgustda   boshlangan   270   km   uzunlikdagi   Katta   Farg`ona   kanali   xalqning
mashaqqatli   mehnati   evaziga   45   kunda   barpo   etildi.   Kanal   qurilishida   160   ming   kishi
ishtirok etdi va asosan qo'1 mehnati bilan qurildi.
Chorvachilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining muhim sohalari qatorida sho`rolar
davrida   ham   muhim   o`rin   egalalab   keldi.   Xususan,   1932   yildan   1937   yilgacha   yirik
qoramollar  soni 150 raingga, qo`ylar 230 mingga ko’paydi. Lekin shunga qaramasdan
chorvachilik   qishloq   xo’jaligining   boshqa   sohalariga   qaraganda   orqada   edi.   Buning
asosiy   sababi   paxtachilikka   e'tiborning   kuchaytirilganligi   va   chorvadorlarning   moddiy
rag`batlantirilmaganligi bo’ldi.
O’zbekiston KPning 1934 yilda bo`lib o`tgan VI qurultoytdan so`ng, respublikaga
ko’p miqdorda qoramol keltirila boshladi.
Pillachilik   respublika   qishloq   xo’jaligining   asosiy   tarmoqlaridan   bir   edi.   1922
yilda   Toshkentda   "Turkipak"   aksionerlik   jamiyatining   tashkil   etilishi   pillachilikni
rivojlantirishda   muhim   bosqich   bo’ldi.   1927   yilda   Toshkent   ipakchilik   stansiyasi
negizida   O’rta   Osiyo   ipakchilik   ilmiy-tadqiqot   instituti   tashkil   etildi.   1930   yillarda   tut ko`chati   yetishtirishga   alohida   e'tibor   qaratildi.   Birinchi   va   ikkinchi   besh   yilliklarda
O’zbekiston ipak ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinda edi. 1932 yilda 5674 tonna
pilla yetishtirilgan bo`lsa, ushbu ko’rsatkich 1937 yilda 11 422 tonnaga ko’paydi.
Respublika   qishloq   xo’jaligida   mevalar   va   uzura   yetishtirish   qadimgi   va   oziq-
ovqat   hamda   sanoat   xom   ashyosi   beradigan   asosiy   tarmoqlar   qatoriga   kiradi.   20-
yillarning   2-yarmidan   ixtisoslashtirilgan   bog`dorchilik   va   tokchilik   davlat   xo’jaliklari
barpo   etila   boshladi,   tog`   va   tog`   etaklari   zonalarida   joylashgan   jamoa   xo’jaliklarida
ham bu tarmoqqa katta e'tibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadida
olma,   nok,   uzum   va   boshqalarning   Yevropa   mamlakatlarida   yetishtiriladigan   navlari
keltirilib   ekildi.   O’zbekistonning   1937   yilda   yetishtirgan   meva   hosili   800   ming
sentnerni   tashkil   etdi.   Shundan   uchdan   bir   qismi   sobiq   ittifoqning   turli   viloyatlariga
yuborilar edi.
Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri Yo`ldosh Oxunboboyevdir 
(1885-1943). U 1926-27 yillarda O’zbekistonda yer-suv islohotini o`tkazish markaziy 
komissiyasi raisi sifatida ish olib borgan, Farg`ona viloyati hamda respublika qishloq 
xo’jaligini tiklashda ishtirok etgan.  Yo`ldosh Oxunboboyev 1943 yilda Toshkentda 
vafot etgan.
Tariximizda o’zining o`chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-Fayzulla Xo’jayevdir 
(1896-1938). 1920 yili inqilobchi yosh buxoroliklar Turkiston   markaziy byurosi rayisi , 
1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining rayisi 
(shuningdek, Tashqi ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo`lib ishlagan.
Fayzulla Xo’jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o`tgan. 
O’zbekistonda yuz berayotgan o’zgarishlardan qoniqmaganligini u o’zining bir qancha 
tanqidiy chiqishlarida bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy  chegaralanishiga qarshi o’z fikrlarini ilgari surgan, "Buxoro inqilobi tarixiga doir" 
asarida Fayzulla Xo’jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu 
asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni 
ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi.
Fayzulla Xo’jayev ham mustabid tuzumning qatag`on qurbonlaridandir. U 1937 yil 
Moskvada "xalq dushmani" sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.
20-30 yillarda ko’zga ko’ringan milliy yetakchi - Abdulla Rahimboyevdir (1896-1938). 
Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo`lib, mustabid tuzum 
siyosatiga qarshi dadil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning 
dekabrida bo`lib -o`tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya 
hukumatiga ochiqdan-ochiq "Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday 
chegaralardan o`tib tushdi. Farg`ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor 
holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham 
hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar" degan 
bayonot bilan chiqdi, Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas 
edi va 1922 yilda ishda yo'1 qo`yilgan "qo`pol xatolari" uchun TASSR MIQ raisi 
A.Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o`tishi bilan Markaz unga "o’z 
xatolarini tuzatish" imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining a'zosi hamda TKP MQning ma'sul
kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni o`tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning
fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida 
milliy-hududiy chegaralanishi to’g’risida ma'ruza qildi. 1924 yilning 10 martida 
Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham 
ma'ruza qilib, Rahimboyev milliy-hududiy chegaralanishni " nisbatan ma'qul tarzda, 
og`riqsiz usullar" bilan o`tkazish kerakligini uqtirdi.
Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag`on to`lqinlari 
avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon bo’ldi. L.Xidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojeali tugaydi.
"Turkiston xalqlarining ildizi bir",- degan g`oya avloddan-avlodga o`tib, milliy 
yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o’z 
aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o`rniga yangi 
tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o`lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi 
bo’ldi. 1920 yil boshidayoq, Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo`lib tashlab, milliy til 
belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo`ygan edi. Bu o`sha yili
iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o’z aksini topdi. 
Lenin Turkistonning "O’zbekiya, Qirg`iziya, Turkmaniya" ga bo`lingan xaritasini tuzish
kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi.
Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O’rta Osiyo byurosi 
tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qafiylik bilan amalga oshirildi.
1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi   Turkiston , Buxoro, 
Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko`rib chiqdi va 
Y.A.E. Rudzutakka mazkur respublikalarning ma'sul xodimlari bilan birgalikda bu 
g`oyani amalda qanday ro`yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni 
topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo’jayevning milliy chegaralanish 
raasalasi bo`yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga 
olmayotganligi, chegaralash g`oyalari o`tinish istilochilari siyosatidan farq 
qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida tashkiliy va 
tashviqot ishlari olib borilgandan so`ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy 
byurosi O’rta Osiyoni qaytadan bo`lib chegaralash haqida o’zining so`nggi qarorini 
qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi milliy chegaralanish 
haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko`ra, O’rta 
Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari, o’z SSR 
tarkibida b о `lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg`iz 
(Qirg`iziston) va Qoraqalpog`iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston 
ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg`iziston (Qozog`iston) ASSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan 
qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida o’z SSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I-Umum o’zbek 
qumltoyida "O’zbekiston SSR tuzilgani to’g’risida deklaratsiya" qabul qilindi. 
O’zbekiston SSR sovetlari MIQ ning raisi etib Yo`ldosh Oxunboboyev saylandi. 
O’zbekiston XKS raisi etib - Fayzulla Xo’jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O’zbekiston 
SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg`ona va Samarqand viloyatlarining
katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g`arbiy qismi (Zarafshon, 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi 
kirdi.
Milliy-chegaralanishdan so`ng, O’zbekiston sovetlarining I-qurultoyi (1925 yil 13-17 
fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiya"ni tasdiqlagach, 
Ittifoq soyetlarining 3-qurultoyida (1925 yil,13 may) esa, O’zbekiston Respublikasi 
SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O’zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish 
jarayoni tugallandi.
O’zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining dastlabki yillarida 
3.963.285 kishini, ya'ni, O’rta Osiyo aholisining deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar
edi. 1926 yilda O`tkazilgan aholini ro`yxatga olish bo`yicha respublikada istiqomat 
qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: O’zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-
5,6%, qozoqlar-2,4%, qirg`izlar-2,04%.
Turkiston o`lkasini bo`lib tashlash bilan sho`rolar milliy davlatchiligimizning ming 
yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir qismi o’z ota-bobolari yerida 
yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko`ra, o’z sonli millafga aylanib qolgan edi. 
Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O’rta Osiyo xalqlari o`rtasidagi
bo`lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda 
portlab, turli nizolarga sabab bo’lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini "milliy 
davlatchilikning tashkil etilganligi", deb bahqlash xato bo`lsa kerak. Zero,  SSSRtarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo`lib, ilgarigidek unga arzon xom
ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo`lib qolaverdi.
1924-yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O’rta Osiyo xaritasida ittifoqchi 
respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar harn paydo bo’ldi. Shular orasida 
Qoraqalpog`iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg`iziston 
(Qozog`iston) ASSR tarkibida bo`lib, unga volostlardan iborat To'rtko'1, Chimboy, 
Xo’jayli va Qo`ng`irot okraglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To'rtko'1
shahrida "bo`lib o`tgan Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi 
qurultoyi "Qoraqalpog`iston avtonom viloyati tashkil topganligt to’g’risida 
Deklaratsiya" qabul qildi va "qoraqalpoq milliv davlatchiligi" tashkil etilganligini 
qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Ijroiya qo`mitasining raisi 
etib A. Qudaboyev saylandi. Qoraqalpog`istonda yashaydigan asosiy elatlar 
qoraqalpoqlar-38,5%, o’zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi.
Qoraqalpog`iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so`ng, sovetlar bu yerda ham 
sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni 
sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag`allar saylanib, 
ularning asosiylarini kommunist va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron 
b о `lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo’jaligi va sug`orish ishlarini tiklash amalga 
oshirildi. Qoraqalpog`iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega 
bo`lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini 
ta'minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq 
Komissariigi Qoraqalpog`istonni mamlakatni beda urug`i yetkazib beruvchi asosiy baza
deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo’jaligida ittifoqdosh 
respublikalar o`rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog`istonga oliy sifatli paxta, beda
hamda baliq bilan ta'minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva 
zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo’jaligining 
barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratildi va bu yerga ko’p miqdorda  qishloq xo’jalik   anjomlari keltirila boshlanib , boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar
hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta'minlandi.
1930-yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yiining 20-
martida esa, SSSR MIQ Rayosati "Qoraqalpog`iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet
Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to’g’risida" qaror qabul 
qildi. O`sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining ta'sis qurultoyi 
xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq 
Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko`ra QQASSRning O’zbekiston SSR 
tarkibiga kirishi ko’zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona 
tarixga ega b о `lganligi deb e'tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda o’z SSRning yangi 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. O`sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi 
Konstitutsiyasi e'lon qilinadi. Qoraqalpog`iston O’zbekiston tarkibida b о `lganida, 
o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o`rtasidagi do`stlik yanada mustahkamlandi.

• Mavzu : SSSRda jamoalashtirish siyosatining O`rta Osiyo va Qozog`istondagi oqibatlari • • Respubiika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning uchdan ikki qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O`lkaning ishlab chiqarish hayotida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o`rinni egallab, aholining poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro’zg`or buyumlariga bо`lgan ehtiyojlarini qondirar edi. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 % ni, oshlangan terining 76%ni, kiyira-kechak va bosh kiyimlarining 85%ni, idish-tovoqlarning 60%ni ishlab chiqarar edilar. 1925 yilning oxiriga kelib sobiq SSSRda xalq xo’jaligini tiklash ishlari asosan o’z nihoyasiga yetkazildi. 1925 yilning dekabrida bo`lib o`tgan VKP(b) XIV qurultoyi sotsializm g`alabasining asosiy sharti sifatida sho`rolar mamlakatida "sotsialistik industrlashtirish"ni avj oldirishga e'tiborini qaratdi. Sanoatlashtirish O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. Chunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal industrlash uchun mablag` masalasi keskin munozaralarga sabab bo’ldi. Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag`ni qishloq xo’jaligi hisobidan olish rejasini ilgari surdilar, muxolif taraf esa, sanoatlashtirish siyosatini yoqlagani holda uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitini yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi. Keskin siyosiy bahs munozaralardan keyin mablag`ni agrar sektordan olishga qaror qilindi. O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda qishloq xo`jiligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi edi. Respublikadagi mavjud sanoatning 90% ni qishloq xo’jalik xom-ashyosini

ishlashga ixtisoslashgan edi, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi. Birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi, Chirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to`qimachilik kombinati qurilishi davom etdi. Farg`onada to`qimachilik fabrikasi va yog`zavodi, Toshkent, Buxoro, Marg`ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Sanoatlashtirish yillari respublika paxta tozalash zavodlarining texnik imkoniyatlari oshib, 1927-28 yillarda 3363 tonna paxta tolasi yetishtirdi va paxta tozalash sanoatining yalpi mahsuloti esa 165,7 mln. rublni tashkil etgan edi. Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o`rinlardan birini egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent yaqinida quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo’zsuv GESi barpo etildi. 1932 yilga kelib esa, elektr stansiyalarining soni 49 taga yetdi. Shuningdek, respublikada neft sanoati hara jadal sur'atlar bilan o`sdi, 1925-26 yillarda neft ishlab chiqarish 5,6 tonna bо`lgan bo`lsa, 1927-28 yillarda bu ko’rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi. Ayrim sanoat mahsulotlari bo`yicha O’zbekiston sobiq Ittifoqda yetakchi o`ringa chiqdi. 1932 yilda paxta tolasining 89,7 %, sementning 54,2%, o`simlik moyining 56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi. Faqatgina birinchi besh yillikning o’zida yirik sanoatdagi ishchilar soni deyarli 3,5 baravar ko’paydi. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilganligi bois, ularni tayyorlashga yordam tariqasida ittifoqdosh respublikalar, asosan Rossiyadan ko’plab sanoat mutaxassislari kela boshladi. 1926 yildan 1940 yilgacha O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroq ko’paydi. Markazning rasiyzabon aholining ko`chirib keltirishda milliy o`lkalarda o’zining tayanch ijtimoiy qatlamini vujudga keltirish hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish manfaati yotar edi.

Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O’zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta'minlaydigan va sho`roIar mamlakatini xom ashyo qaramligidan xolos etishga yordam beradigan yirik xom ashyo mintaqasiga aylandi. O’zbekistonning oltin sanoati butun mamlakatning to`lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag`lar berib turdi. Biroq, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi, uning moddiy farovonligiga e'tibor berilmadi, bu esa turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. Sho`rolar davrida shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi terair yol liniyalari qurilishiga ham e'tibor berildi. Farg`ona (Iskobil)-Quvasoy (1922), Qarshi-Kitob(1924), Amudaryo (Samsonovo)- Termiz (1925). 1928-29 yillarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida Asaka Shahrixon, Sirdaryo-Paxtaorol temir yo`llari qurildi, shuningdek, Qorasuv-Osh (1935) va boshqa temir yo'l liniyalari qurilib foydalanishga topishirildi. 1929-1931 yillarda uzunligi 1452 km bо`lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo`li qurildi. 20-yillardan O’zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keltirildi 1921 yilda respublika avtomobil transporti ixliyorida 40 yengil va 15 avtomobili hamda Toshkent avtomobil ta'mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil yo'li (710 km), Faro' avtomobil yo`li (343 km) qayta ta'mirlandi va bir qancha yangi yo'li qurib bitkazildi. Respublika hukumati 1940 yilda uzunligi 708 km bо`lgan katta o’zbek traktini (Toshkent-Termiz avtomobil yo’li) qurish haqida maxsus qaror qabul qildi. Bu ycrlning 376 km Toshkent. 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari mehnatkashlari tomonidan 1941 yilning4 oyida qurib tugallandi. 1924-yilga kelib, respublikadagi avtomobil korxonalarida 223 avtomobil bo`lib, 145 ming tonna yuk tashildi. 30-yillarda avtomobil transportining rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo`llar qurilishi boshlandi, ta'mirlash va texnik xizmat ko’rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi.

Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) tufayli O’zbekiston qishloqlaridagi ahvol ancha yaxshilandi, dehqonlar o’z mahsulotini sotish, g`o’za va boshqa ekin maydonlarini kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Biroq, 20- yillarning ikkinchi yarmidan YAIS (NEP) o’z mohiyatini yo’qotib, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo`yila boshiadi. Sho`rolar boylarning yerlarini musodara qilish hisobiga kambag`al dehqonlarni yer bilan ta'minlash orqali qishloqda "sotsialistik Ijtimoiy tuzum" ning asosi bо`lgan jamoa bo`lib xo’jalik yuritishni rivojlantirisbni ko’zlab, keng miqyosli agrar islohoti avj oldirdilar. 1925 yil 2-dekabrdagi o’z SSR MIQning Favqulodda Sessiyasida qabui qilingan "Yer va suvni natsionalizatsiya qilish" to’g’risidagi dekreti qabul qilindi. Yirik yer egalaridan tortib olingan yerlarda 60603 dehqon xo’jaligi tashkil etiladi. Bulardan tashqari, yangi va tiklangan sug`orma yerlarida yana 14751 batrak va yersiz dehqonlar xo’jaliklari tuzildi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi yer-suv islohoti davomida sug`oriladigan 20 ga va 45 ga ortiq lalmi yerlar, sobiq amir va xon xizmatchilari, ruhoniy hamda savdogar, sudxo`rlarning xo’jaliklari musodara qilindi, Umuman, 1925- 29 yillardagi yer-suv islohotini o`tkazish natijasida O’zbekistonda pomeshchik turidagi 4801 xo’jaliklar tugatildi, 23036 xo’jaliklarning ortiqcha yerlari musodara qilindi, yer jamg`armasi 474893 desyatina yerga ega bo’ldi, 89729 liklar yer bilan ta'minlandi, Yer bilan birga ko’pgina xo’jaliklar moli urug`. asbob-uskunalarga ham ega bo`Idilar. Biroq islohot o`tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy yunonlarning davlat tomonidan terror qilinishi o’z navbatida ularning kin norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Shu tariqa, yer-suv islohoti ahloqda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelgan edi. Davlat o’z batida "boy-quloq unsurlari"ning qarshiliklarini bartaraf etish uchun o’zining bor kuchini ishga soldi. Tortib olingan yerlarning asosiy qismi kolxozlar va sovxozlar ixtiyoriga topshirilgan edi. Islohotning jiddiy salbiy oqibatlaridan qishloq iqtisodiy hayotining qashshoqlashishi, fermerlik kurtaklarining bo`g`ib qo`yilishi va bozor-savdo

munosabatlarining rivojlanishining to`sib qo`yilishi hamda ijara jmkoniyatlarining cheklanishi bo’ldi. Shunday qilib, 1925-29 yillardagi yer-suv islohoti sho`ro hukumatining mulkdor sinflarni tugatish, sinfsiz jamiyat qurish uchun qilgan chora-tadbirlaridan biri bo’ldi. Ushbu jarayon keyingi yillarda qishloq xo’jaligini majburiy jamoalashtirishga zamin yaratgan edi. 1929 yil tarixga qora belgi ostidagi "buyuk burilish yili" deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfmi ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo’q qilishning boshlanish davri edi. Bunda "quloqlar" va "boylar" toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o’z xo’jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o’rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. 1929 yilning yozida "quloqlar"ni jamoa xo’jaliklariga (kolxoz) kiritishini ta'qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7 noyabrida "xalqlar otasi" - Stalinning matbuotda bosilib chiqqan "Buyuk burilish yili" nomli maqolasi hamda 27 dekabrda qishloq xo’jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so’zlagan nutqi "quloqlar" ni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu-boy va o’rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo’jalik mahsulotlari va urug` zahiralarini tortib olinishi hisobiga kolxozlar tuzish degani edi. O’zbekistonda jamoalashtirish o’z KP MQning 1930 yil fevralda qabul qilgan "Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish" to’g’risidagi qarori e'lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. O’zbekistonda yoppasiga jamolashtirishni tezlashtirish hamda "quloqlar" bilan kurash olib borishni kuchaytirishga yordam tariqasida Markaz 25 ming tashkiliy-siyosiy tajribaga ega bо`lgan rus ishchilarni yuboradi. Bu yerga "25 mingchilar" asosan Moskva, Leningrad, Ivanovo-