O`rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida o`lchov birliklari
O`rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida o`lchov birliklari Reja; Kirish 1.Metralogiya fani nima. 2.O`rta asrlarda Fransiya o`lchov birligi 2.Rim o`lchov birligi Xulosa
"Metrologiya" so'zi grekcha metros-kenglik va logos o'qish ma'nosini bildirib, kenglik Haqida o'qish, aniqroq ma'noda esa o'lchovlar haqidagi fan demakdir. Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo'llanilgan o'lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o'lchov birliklariga muvofiqligini yoritish,ajdodlarimizning bebao merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Tarixiy metrologiya ijtimoiy- iqtisodiy, xo'jalik, huquq, madaniy tarixni o'rganishda zarurdir. O‘lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish holatlari bilan bog‘liqdir.Ba'zi manbalarda XIX asr oxiridan kitob va manbalarda metrologiya termini uchrashi qayd etiladi. Vaholanki o‘lchovshunoslik poydevoriga ham ajdodlarimiz juda qadimdan asos qo'yib kelishgan.O'lchov va o'lchov birliklari to'g‘risidagi bir qator ma'lumotlar buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida keltirilgan bo'lsa, ulug‘ olim Ahmad Farg‘oniy esa dunyoda birinchi bo'lib (861 yili suv sathini o'lchaydigan asbob (Miqyosi Nil kashf etgan va uni yasab amalda qo'llagan.Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda yozilgan Qutadg‘u bilig asarida‖ ‖ o'lchov va o'lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o'lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga chaqirilgan. Boy madaniy merosga ega bo'lgan, jahon fani xazinasiga bebaho hissa qo'shgan o'zbek xalqi qadimdan o'lchovshunoslik sohasiga va uning rivojlanishiga katta ahamiyat berib kelgan. O‘lchovshunoslik bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari bo'lgan.Mamlakatimiz kutubxonalari, arxiv va muzeylarida o'rganilmagan, 20 mingdan ortiq tarixiy yozma manbalar mavjud bo‘lib, albatta ularni varaqlasangiz uzoq o'tmishda qo‘llanilgan o'lchov birliklariga duch kelasiz.Qadimgi o'lchov birliklari poydevoriga ajdodlarimiz qadimdan tamal toshi qo'yib kelishgan. Dastlab ular, kundalik ishlarida zarur bo'lgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm va og'irliklarni o'lchash uchun kerak bo'lgan usullarni topib, ulardan amalda foydalanishgan. Eng qadimgi o‘lchash birliklari antropometrik, ya'ni insonning muayyan a'zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o'lchash birliklari hisoblanadi. Haqiqatdan ham ular vaqtni o'lchashda erta, kech, kun, tun, kun–tun kabi atamalardan foydalanishgan bo'lsa, uzunlikni o'lchashda qadam, qarich, quloch, barmoq, tirsak, shuningdek arpa yoki bug'doy donlaridan yoki ot yo‘lidan
foydalanishgan. Yuza va hajmlarni esa boshqa ma'lum yuza yoki hajmga nisbatan Qiyoslab o'lchashgan. Og'irlikni o'lchash uchun bir narsani vazni ikkinchi narsani vazni bilan solishtirilgan, bunda asosan don (arpa, bug'doy, no'xat va h.k. va meva (danak, yong‘oq va h.k. donalaridan foydalanishgan. O'lchashning mana shunday oddiy usullari ajdodlarimizning o'sha davrdagi kundalik ishlari uchun yetarli bo'lgan. Boy madaniy merosga ega bo'lgan, jahon fani xazinasiga ulkan hissa qo'shgan o'zbek xalqi qadimdan o'lchovshunoslik sohasiga va uning rivojlanishiga juda katta ahamiyat berib kelgan. Shuning uchun bo'lsa kerak xalqimiz tomonidan shu sohaga tegishli yuzlab naqllar yaratilgan: Bog'ni boqsang bog' bo'lur, botmon-‖ botmon yog' bo'lur , Yemak tuz bilan, tuz o'lchov bilan , Yetti o'lchab, bir kes , ‖ ‖ ‖ ‖ ‖ Har yerning oz botmoni bor , Har kim o'z qarichi bilan o'lchar , Har yerni ‖ ‖ ‖ ‖ ‖ qilma orzu, har yerda bor tosh –tarozu va h.k.Xalqimiz qadimdan dunyodagi ‖ ko'plab mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy va boshqa ko'pgina sohalar bo'yicha aloqalar qilishgan, savdo-sotiq bilan shug'ullanishgan. Mana shu aloqalarning samarali bo'lishida xalqimizning o'lchov va o'lchov birliklariga katta ahamiyat berishi va ulardan to'g'ri foydalanishi muhim bo'lgan. Ayniqsa, o'sha davrning o'qimishli kishilari o'lchash sohasiga tegishli ilmlarning yaratilishiga o'z hissalarini qo'shish bilan birga kishilarni shu sohadagi ilmlarni o‘ganishga ham chaqirishgan. Natijada yuzlab o'lchovlar va o'lchov birliklarini yaratishgan va amalda qo'llashgan.O'lchov va o'lchov birliklari to'g'risidagi bir qator ma'lumotlar buyuk Xorazmlik olim Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebraik risolasining geometriyaga doir qismi O'lchamlar haqida deb ataladi va ‖ ‖ geometriya (xandasa ga doir qismida keltirilgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o'lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob, gaz, barmoq kabi o'lchov birliklari va o'lchov yog'ochi kabi o'lchash vositalari to'g'risida yaxshi ma'lumotlar berilib, ularni amalda qo'llashning yo‘l- yo‘riqlari ko'rsatilgan. Xorazmiy Quyosh soatlari to'g'risida risola asarida ham ‖ ‖ o'lchash sohasiga munosib hissa qo'shgan.Ulug' olim Ahmad Farg'oniy dunyoda birinchi bo'lib (861 yil suv satxini o'lchaydigan (Miqyosi Nil asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo'llagan.7 U Quyosh soatini yasash haqida kitob asarini yozib ‖ ‖
o'lchovshunoslik sohasining rivojlarishiga munosib hissa qo'shgan.Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan yaratilgan asarlarda juda ko'plab o'lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda ham o'z kuchini yo‘qotmagan. Bobokalon shoirimiz Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda 1069-yili yozilgan Qutadg'u bilig asarida o'lchov va o'lchov‖ birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o'lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga ham chaqirilgan.8 Bu iboradagi iyyor ishi ‖ ‖ atamasi metall sofligini sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to‘g‘riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligini va og'irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma'nolarini bildiradi.Mamlakatimiz hududida o'lchash ishlariga, ya'ni o'lchovshunoslik sohasiga katta ahamiyat berilganini Noshruddin Burxonuddin o'g‘li Rabg‘uziy tomonidan 1310-yili turkiy tilda yozilgan Qissai ‖ Rabg‘uziy asaridagi, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur ‖ va boshqa o'nlab olimu-fozillarning asarlaridagi ma'lumotlardan ham bilsa bo'ladi.Suv sathini o'lchashda qo'llaniladigan o'lchov va o'lchov birliklari ham xalqimiz tomonidan yaratilgan, Quloq , Tegirmon singari o'lchov birliklari ‖ ‖ ‖ ‖ bunga misol bo'la oladi. XIX-asrda Rossiya O'rta Osiyoni bosib olganidan so'ng u mahalliy aholiga Evropa madaniyatini singdirish rejalarini amalga oshirdi. 1894 yili Rossiya hukumati rus o'lchovini Turkistonda so'zsiz qo'llash to'g'risida ko'rsatma e'lon qildi. O‘tish muddati yirik savdogarlar uchun 3 yil, boshqalar uchun esa 5 yil qilib belgilangan edi. Shundan keyin qadimgi mahalliy o'lchov va o'lchov birliklariga oid barcha ma'lumotlar asta-sekin muomaladan siqib chiqarila boshladi. Masalan, 30-yillarda tahlil o'rniga analiz, sarjin o'rniga sajen, tanob o'rniga desyatina,chaqirim o'rniga versta kabi o'lchov birliklari qo'llaniladi.Frantsiya kabi mamlakatlarda ham, O'rta asrlarda feodal knyazliklarda bir-biridan farq qiluvchi, turli o'lchov birliklari ishlatilgan. Sanoat inqilobi dunyo mamlakatlari o'rtasidagi savdosotiqning rivojlanishi turli o'lchov birliklaridan voz kechib, yagona metrik tizimga o'tishni taqozo etdi. 1875 - yilning 20 - mayida Parijda 17 mamlakatning diplomatik vakillari tomonidan metrik konvensiyaning hujjatlari imzolandi. Xalqaro birliklar tizimi (XBT 1960 yildan boshlab sobiq SSSRda qo‘llana boshladi. 9XTB joriy
qilinganiga qaramay hozir ham muomalada ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan birliklardan xalq orasida unumli foydalaniladi.Jahon xalqlari tomonidan bir necha ming yillar davomida kashf etilgan vaqt, uzunlik, yuza, Hajm, og'irlik va boshqa o'lchov birliklarining nomlari har xil bo'lgani bilan ularning qiymatlari bir-biriga juda yaqin. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichidayoq odamlarda u yoki bu kattaliklarni o'lchash ehtiyoji bo'lgan. O'rta Osiyoda qadimdan uzunlik o'lchovi inson tanasining biror a'zosi yordamida amalga oshirilgan, shuningdek don eni-yu ot yolining eni qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchidan, bug'doy, arpa donlarining og'irlik o'lchovi sifatida qo'llanilishidir. O'rta Osiyo hududidan buyuk ipak yo'lining o'tishi, g'arb bilan sharq o'rtasida joylashganligi uchun ajdodlarimiz tomonidan kashf qilingan o'lchov va o'lchov birliklari dunyoning to'rt tomoniga tarqalib, o'sha tomon xalqlari tomonidan ba'zan bizning tilimizda, yoki bo'lmasa, o'z tillariga tarjima qlinib qo'llanilgan.Nemis olimi V.Xints O'rta Osiyo davlatlarida qo'llanilgan o'lchov va o'lchov birliklari boyicha tadqiqod olib borgan. U Marokashdan to Hindistongacha bo'lgan hududdagi musulmon davlatlarida qo'llanilgan o'lchov va o'lchov birliklarini o'z qo'llanmasida keltirib, katta ish qilgan. Ayniqsa, o'sha vaqt o'lchov birliklarini metrik tizimga aylantirib berishi uning fanga qo'shgan katta hissasidir. Biroq u ba'zi noaniqliklarga yo'l qo'ygan. O'rta Osiyodagi O'rta asr o'lchov va o'lchov birliklari to'g'risida V. Xintsga nisbatan biroz aniqroq ma'lumotlar E. A. Davidovich tomonidan keltirilgan. Lekin E. A. Davidovich ham xatolarga yo'l qo'yilgan manbalardan foydalanib yozgan qo'llanmasida bir qancha noaniqliklarga yo'l qo'ygan, masalan uzunlik birligolchin to'g'risida so'z borganda; bu olchin o'lchov birligi 71,12 sm ga teng bo'lgan rus ar. Arshin (1 arshin = 65,2 — 112 sm rus o'lchov tizimiga I. Grozniy tomonidan 1550 yilda kiritilgan. Olchin o'lchov birligida esa olchin to'qmoq deb ataladigan uzun dastali katta yog'och to'qmoq dastasi‖ ‖ uzunligiga nisbatan olingan; uning uzunligi 71-72 sm ga teng bo'lib, qari, gaz o'lchov birliklariga teng va shu o'lchov birliklari bilan bir qatorda amalda qo'llanilib kelgan. Yana shuni aytish kerakki, olchin o'zbek xalqining tarkibiga kirgan urug'lardan birining nomi.11 Rus tadqiqodchisi N. V. Xanikov fikriga ko'ra, 45 ta o'lchov sharq xalqlari (eronliklar,arablar, turkiy urug'lar dan rus