logo

TA’LIM JARAYONI YAGONA TIZIM SIFATIDA.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.6513671875 KB
TA’LIM JARAYONI Y AGONA  TIZIM SIFATIDA.
REJA
1. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. 
2. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. 
3. Ta’lim funksiyalari.   Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni. Ta’lim   jarayonining   yaxlit   tizim   sifatidagi   tavsifi.   Ta’lim   jarayonining
“yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas.
Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq.
Tizim   (mustaqil   tushuncha   sifatida)   o’zaro   bog’langan   ko’plab   elementlar
(tarkibiy   qismlar)   o’rtasidagi   mustahkam   birlik   va   o’zaro   yaxlitlikdir.   Demak,
ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga
oladi:   ta’lim   maqsadi,   o’quv   axborotlari,   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   ta’limiy
faoliyatlari,   uning   shakllari,   pedagogik   muloqot   vositalari,   shuningdek,   ta’lim
jarayonini boshqarish usullari.
Barcha   tarkibiy   qismlarning   o’zaro   birligi   va   yaxlitligi   sifatida   namoyon
bo’luvchi   ta’lim   jarayonining   negizini   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   ta’limiy
faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim   funksiyalari .   “Funksiya”   tushunchasi   “ta’lim   vazifalari”
tushunchasiga   yaqindir.   Ta’lim   funksiyasi   ta’lim   jarayoni   mohiyatini   ifoda   etadi,
vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko’rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funksiyasi   ta’lim  jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma
va   malakalarni   shakllantirishdan   iborat.   Ta’lim   natijasi   sifatida   bilimlarining
to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi  va amaliy xususiyat
kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri
tashkil etilganligini ifodalaydi. 
Ta’lim   jarayonida   o’quvchilarda   ular   tomonidan   o’zlashtirilgan   nazariy
bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham
alohida ahamiyatga ega. 
Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot
materiallaridan   foydalana   olish,   o’qish,   manbalar   bilan   ishlash,   referat   yozish,
mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’limning   rivojlantiruvchi   funksiyasi   ta’lim   jarayonida   bilimlarni
o’zlashtirish   jarayonida   o’quvchining   rivojlanishi   sodir   bo’lishini   ko’rsatadi. Rivojlanish   quyidagi   yo’nalishlarda   sodir   bo’ladi:   nutqi   rivojlanishi,   fikrlashi,
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy va ehtiyoj-sababli
sohalari   rivojlanadi.  To’g’ri  tashkil  etilgan  ta’lim   shaxsni  har   doim   rivojlantiradi,
lekin o’qituvchi  va o’quvchining shaxsiy  har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan
maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning   o’quvchi   shaxsini   rivojlantirishga   yo’naltirilganligi
“rivojlantiruvchi   ta’lim”   tushunchasi   bilan   ifodaniladi.   XX   asr   60-yillaridan
boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondashuvlar yuzaga
keldi. 
Bularning   hammasi   ta’limni   tashkil   etish   faqat   bilimlarni   shakllantirishga
emas,   o’quvchini   har   tomonlama   rivojlantirish   (birinchi   navbatda,   aqliy
rivojlantirish,   aqliy   faoliyat   usullari,   analiz   qilish,   taqqoslash,   turlarga   ajratish   va
boshqalarni   kuzatish,   xulosa   chiqarish,   obyektlarning   muhim   belgilarini   ajrata
bilish,   faoliyat   maqsadi   va   usullarini   aniqlashni   bilishga   o’rgatish,   uning
natijalarini   tekshirishni   bilish   malakasini   rivojlantirish)ga   xizmat   qilishini
anglatadi.
Ta’lim   jarayoni   tarbiyalovchi   xususiyatga   ham   ega.   Tarbiya   va   ta’lim
o’rtasidagi   bog’liqlik   obyektiv   va   qonuniy   hisoblanadi.   Biroq   shaxsni   ta’lim
jarayonida   tarbiyalash   tashqi   omillar   (oila,   mikromuhit   va   boshqalar)ning   ta’siri
tufayli qiyin kechadi. 
Tarbiyalash funksiyasi.  Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy
tuzum   hamda   sharoitda   ham   yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Tarbiyalash   funksiyasi
ta’lim mazmuni, shakli  va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi
hamda   o’quvchilar   o’rtasidagi   munosabatlarni   tashkil   etish   jarayonida   yetakchi
o’rin tutadi.
Ta’lim   jarayonida   shaxsning   ma’naviy-axloqiy   va   estetik   tasavvurlari,
xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati,   eng avvalo,  ta’lim  mazmunida  aks
etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik   imkoniyatiga   ega   emas.   Gumanitar   va   estetik   fanlarning   bu
boradagi imkoniyatlari yuqori. 
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning
munosabatlari,   sinfdagi   psixologik   muhit,   o’qish   jarayoni   ishtirokchilarining
o’zaro   munosabatlari,   o’quvchilarning   idrok   etish   faoliyatlariga   o’qituvchining
rahbarligi   hisoblanadi.   Zamonaviy   pedagogika   o’qituvchi   va   o’quvchilar
o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi.
Bu   usul   ta’lim   jarayonida   o’quvchilar   shaxsini   hurmat   qilish,   ularning   xohish-
istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi. 
O’qituvchi   va   o’quvchilarning   ta’lim   jarayonidagi   faoliyatlari.   O’qituvchi
faoliyatining vazifasi va tuzilishi.   Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar,   oliy   ta’lim   muassasalari)da   tashkil   etiluvchi   ta’lim   jarayonida
o’quvchining   faoliyati   o’qituvchi   rahbarligi   ostida   kechadi.   O’qituvchi
faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga
yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. 
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: 
1) rejalashtirish;
2) tashkil etish;
3) boshqarish (rag’batlantirish);
4) nazorat;
5) natijalarni baholash va tahlil qilish.
O’qituvchi   faoliyatini   rejalashtirish   bosqichi   kalendar-tematik   yoki   darslar
rejalarini   tuzish   bilan   yakunlanadi.   Rejalar,   reja-konspektlar   yoki   konspektlarni
tuzish   uchun   uzoq,   jiddiy   ishlash   kerak   bo’ladi.   O’qituvchi   o’quvchilarning
tayyorliklari   darajasi,   ularning   o’quv   imkoniyatlari,   moddiy   baza   holati,   shaxsiy
(kasbiy)   imkoniyatlarini   o’rganib   chiqishi,   o’quv   materiali   mazmunini   tanlab
olishi, dars  olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar   faoliyatini   tashkil   etish   o’quvchilar   oldiga   o’quv   masalalarini
qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati .   Bilim olish faoliyatning o’ziga
xos   ko’rinishi   sifatida   muayyan   tuzilish,   rivojlanish   va   faoliyat   qonuniyatlariga
ega.   Bilim   olish   borliqni   idrok   etish,   o’rganish,   mashq   qilish   va   muayyan   tajriba
asosida   xulq-atvor   hamda   faoliyat   ko’nikma,   malakalarining   mustahkamlanib,
mavjud   bilimlarning   takomillashib,   boyib   borish   jarayoni   hisoblanadi.   Bilim
olishning   muhim   komponenti   motiv,   ya’ni,   ta’limiy   xarakterdagi   harakat   yoki
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning   keyingi   komponenti   o’quv   harakatlari   (operasiyalari)   sanalaib,
ular   anglangan   maqsadga   binoan   amalga   oshiradi.   O’quv   harakatlari   o’quv
jarayonini   tashkil   etishning   barcha   bosqichlarida   namoyon   bo’ladi.   Harakatlar
tashqi   (kuzatiladigan)   va   ichki   (kuzatilmaydigan)   ko’rinida   bo’lishi   mumkin.
Tashqi   o’quv   harakatlariga   predmetli   harakatlar   (yozish,   rasm   chizish,   tajribalar
o’tkazish);   perseptiv   harakatlar   (tinglash,   fikrlash,   kuzatish,   sezish)   hamda
nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki   (mnemonik,   yunonchadan   «mnemonikon»   -   eslab   qolish   madaniyati)
harakatlarga   materialni   eslab   qolish,   uni   tartibga   solish   va   tashkil   etish,
shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga
ega   bo’lish   va   o’quv   materialini   anglab   yetish   talab   etadi.   Pedagogik   jarayonda
o’quvchilar   tomonidan   ilmiy   bilimlarning   ma’nosini   yetarli   darajada   tushunmay,
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir. 
O’quvchilarni   ilmiy   bilimlarni   ularning   mohiyatini   to’la   tushungan   holda
o’zlashtirish   shartlari   bilan   tanishtirib,   ularga   o’zini   o’zi   nazorat   qilishning
mohiyati   va   ahamiyatini   tushuntirish   maqsadga   muvofiqdir.   O’zini   o’zi   nazorat
qilishda   o’quvchilar   ular   qo’llayotgan   aqliy   mehnat   vositalarining   samaradorligi,
shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni   baholash,   nazorat   qilish   va   tahlil   etish   o’quv     harakatlarining
ajralmas   qismlari   hisoblanadi.   Ta’lim   jarayonida   o’quvchi   tomonidan   o’zini
nazorat   qilish,   o’zini   baholash   va   o’zini   analiz   qilish   amalga   oshirish
o’qituvchining   shunga   o’xshash   o’rgatuvchi   harakatlarini   kuzatish   asosida shakllanadi.   Bu   harakatlarni   shakllantirish   o’quvchilarni   o’z   tengdoshlari
faoliyatini   kuzatishga   jalb   etish,   o’zaro   nazoratni   tashkil   etish,   o’rnatilgan
mezonlar   asosida   o’z   faoliyati   natijalarini   o’zaro   baholash   va   tahlil   qilishga
yordam beradi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi . O’quvchilar o’quv idrok etish
faoliyatlarini   boshqarishga   o’rganib   olish   uchun   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayoni
tuzilishini     yaxshi   tasavvur   etish,   o’quvchilar   tomonidan   bilimlarning   egallash
bosqichlarini   bilishi   zarur:   idrok   etish,   o’quv   materialini   anglab   yetish,
mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.
Birinchi   bosqich   idrok   etish   hisoblanadi.   Psixologiyadan   ma’lumki,   idrok
etish   aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga
ega.   Shuning   uchun   birinchi   navbatda   o’quvchilarga   mavzuni,   ya’ni,   ularning
nimani   o’rganishlari   (masalani   qo’yish)ni   tushuntirib   berish   kerak.   Shu   asosida
o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki
hayoliy   predmet,   hodisa,   vaziyatlarni   kuzatish,   mumkin   bo’lgan   tajribalarni
o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqyealarni,
predmetlarni   o’rganish   haqida   yetarlicha   tasavvurga   ega   bo’lganida   va   o’quv
masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi   bosqich   –   o’quv   materialini   anglab   yetish .   U   ma’lumotlarning
nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni
topish,   tushunchani   ajratib   olish,   ularning   belgilarini   asoslab   berish,   tushuntirish
materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini
o’rganib   chiqish   kerak.   Bu   vaziyatda   bilimlar   o’rtasidagi   tizimlilik   muhim
ahamiyatga   ega.   Unda   o’quvchi   eng   asosiy,   ikkinchi   darajali   hamda   qo’shimcha,
tushuntiruvchi   elementlar ni   ajratib  ko’rsatsin.   O’quvchi  o’quv  masalasini  yechish
usulini   tushunsa,   bilimlar   o’rtasidagi   tizimni   anglab   yetsa   ushbu   bosqich
yakunlangan sanaladi. 
Uchinchi   bosqich   –   eslab   qolish   va   mustahkamlash .   Bu   bosqich
o’zlashtirilgan   bilimlarini   uzoq   vaqt   davomida     saqlab   qolishdan   iborat.   Unda
idrok   etish   faoliyati   ko’proq   mashqlar,   mustaqil   reproduktiv   va   ijodiy   masalalar xususiyatiga   ega   bo’ladi.   Nazariy   material,   tushuncha,   qoida,   isbotlar   turli   xil
mashqlarda   takrorlanadi.   O’qituvchi   o’quvchilar   topshiriqlarni   tushunib
bajarishlarini   kuzatib   borishi   kerak.   Ular   matnlarni   mexanik   ko’chirib   olishlari,
topshiriqlarni   bajarishlari,   qoida   va   tushunchalarni   chuqur   anglab   yetmay
bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar
va   ulardan   mashqlarni   bajarish,   masalani   yechish,   teoremani   isbotlashda
foydalanishni   biladilar.   Ularda   o’quv   malakalari   va   ko’nikmalari   shakllantirilgan
bo’ladi.
To’rtinchi   bosqich   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   amaliy   faoliyatda
qo’llash d an   iborat   bo’ladi.   Bilimlarini   qo’llash   o’rganilayotgan   materialning
mazmuni   xususiyatiga   qarab   faoliyat   turli   shakllari   va   ko’rinishlarida   amalga
oshirilishi mumkin. Bu o’quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari,
maktab yer maydonidagi ishlar bo’lishi mumkin. 
Ta’limning gnoseologik asoslari .  O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim
mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.
Gnoseologiya   (yunoncha   –   «gnosis»   («gnoseos»)-   bilim,   ong,   o’rganish,
logiya   –fan,   ta’limot )   –   bilish,   ilmiy   bilimlarning   shakllanishi,   xususiyatlari,
qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan
borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy   taraqqiyot   tarixida     insonning   atrof-muhitni     bilishi   umumiy
tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar
o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi. 
Muhammad   al-Xorazmiy   (IX   asr)   bilish   nazariyasi   rivojlanishiga   katta
hissasini   qo’shgan.   U   birinchi   bo’lib   koinot   obyektlarining   harakatlari   hamda
yerdagi   nuqtalarining  joylashishini   jadval  ko’rinishida   aks  ettirib,  tajriba-kuzatish
va   tadqiqotlar   metodlarini   ilmiy   jihatdan   asoslab   berdi,   yagonalikning   birligi
tamoyili,   shuningdek,   alohida   va   umumiy,   induksiya   va   deduksiyalarning
mohiyatini   aniqlashtirdi;   matematik   masalalarni   yechishning   algoritmik   metodini
ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Al-Kindiy   (IX   asr)   ilmiy   bilishning   uch   bosqichli   konsepsiyasini   ilgari
suradi.   Alloma   insonning   bilishini:   sezgiga   oid   va   rasional   bilish   tarzida   ikkiga
ajratadi.   Sezib   bilishning   predmeti   va   obyekti   barcha   jism   va   moddiy   narsalar
hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.
Faqatgina   aql   tashqi   dunyo   haqida   haqiqiy   bilim   va   tushunchani   ishlab
chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu   Nasr   Forobiy   (X   asr)   Kindiy   g’oyalarining   mohiyatini   aniqlashtiradi.
Biror   narsani   bilishga   intilgan   inson   avvalo   uning   ma’lum   holatini   o’rganadi,
o’zlashtirganlarini   o’zlashtirilishi   zarur   bo’lgan   bilimlarga   yo’naltiradi.   Alloma
fanlar klassifikasiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni
ishlab   chiqadi.   Yaxshi   nazariyotchi   bo’lish   uchun   deydi,   -   Abu   Nasr   Forobiy,   -
qaysi   fan   bilan   shug’ullanishidan   qat’iy   nazar   quyidagi   uchta   shartga   amal   qilish
kerak: 
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu   tamoyil   va   ma’lumotlar   asosida   zarur   xulosani   chiqarishi,   ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; 
3) xato   nazariyalarni   isbotlab   berish   va   boshqa   mualliflar   fikrlarini   tahlil
qilishni,   shuningdek,     haqiqatni   yolg’ondan   ajratish   va   xatoni   tuzatishni   bilishi
zarur.
Abu   Rayhon   Beruniy   Beruniy   (XI   asr)   bilishni   uzluksiz,   to’xtovsiz   davom
etadigan   jarayon   sifatida   tushunadi.   Allomaning   fikricha,   insoniyat   borliqning
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu   Ali   ibn   Sinoning   (XI   asr)   bilish   nazariyasida   sabab   haqidagi   ta’limot
alohida   o’rin   oladi.   U   sabablarni   aniq,   sezish   asosida   anglanadigan   va   yashirin,
tashqi   holatlarini   tahlil   etish     asosida   tushuniladigan   sabablar ga   ajratadi   va
hodisaning   mohiyati   uning   yuzaga   kelish   sabablarini   aniqlash   yo’li   bilan
anglanishi   mumkin   deb   hisoblaydi.   Alloma   ushbu   gnoseologik   qoidani   o’zining
tabiblik   amaliyoti,   kasalliklarni   ularning   simptomlari   bo’yicha   va   dorilar   ta’sirini
kuzatish asosida aniqlagan. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini
ilmiy   asoslashga   urindi.   Alloma   tomonidan   ilgari   surilgan   ta’limning   tabiiyligi
g’oyasi   ta’lim   jarayoni,   uning   tuzilishi,   tamoyil   va   metodlari   tabiat   qonunlariga
muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi. 
Ya.A.Komenskiyninng   tabiatga   bog’liqligi   haqidagi   g’oyasi   –   g’arb
olimlarining   ta’lim   jarayonining   gnoseologik   asoslarini   ochib   berish,   moddiy
dunyo   qonunlarining     o’quv   jarayoniga   ta’sirini   ko’rsatib   berishga   urinishlaridan
biridir.
XVIII   asrda   fransuz   olimi   Jan   Jak   Russo   ham   insonning   tabiat   va
jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib
berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning
atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda
rivojlanishi kerak. 
Bolaning   atrof-muhit   mohiyatini   tez   anglashini   xususiyatini   hisobga   olib
ekzistensiolizm   (yunoncha   «existetia»   -   mavjudlik)   vakillari   ta’lim   mohiyatini
quyidagicha   ifoda   etadilar:   maktabning   asosiy   maqsadi   intellektini   rivojlantirish
emas, balki bolani emosional tarbiyalashdir.
Ekzistensializm   rasional   bilishni   rad   etadi,   ta’lim   fandan   ko’ra   san’atga
yaqinroq   deb   hisoblaydi,   shuningdek,   borliqni   bevosita   bilish   metodini   ilgari
suradi. 
Ta’lim   mazmuni   masalalariga   boshqa   bir   yondoshish   “Pragmatizm
pedagogikasi”   yoki   progressivizm   AQShda   alohida   rivojlandi.   Uning   yetakchisi
Djon   Dyui   mazkur   ta’limotni   ifodalashda   pragmatizmning     falsafiy   g’oyalarini
asos   qilib   oldi.   Pragmatizm   (yunoncha   pragma   –   ish,   harakat,   falsafiy   amal)
zamonaviy   Amerika   falsafasida   idealistik   oqim.   Bu   oqim   haqiqatning
obyektivligini rad etadi, haqiqat bu obyektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy
foydali natijalar beradi.
D.Dyui   fikricha,   bilish   va   bilim   inson   o’z   hayotida   duch   keladigan   turli
muammo yoki qiyinchiliklarni   yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun
kurash   vositasi   va   shaxsning   rivojlanish   darajasini   ko’rsatuvchi   omil   hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning  boshlanish yo’li
har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
Bugungi   kunda   ham   ta’lim   mohiyatini   tushunishga   nisbatan   turlicha
yondoshishlar mavjud. Xususan:
1.   Sosiologik   yondoshish .   Unga   ko’ra   ta’limning   mohiyati   ijtimoiy
tajribalarni   yoshlarga   yetkazishdan   iborat.   O’quvchilar   insoniyatning   ijtimoiy-
tarixiy   tajribasi   natijalari   bo’lgan   bilimlarni     o’rganadilar.   Ta’limning   mazmuni
o’quvchilaring   ajdodlar   tajribasini   o’zlashtirishga   xizmat   qiluvchi   jarayonini
tashkil   etishdan   iborat.   Bu   falsafiy     qoida   ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyotning   muhim
omili   -   shaxs   kamolotini   tushunishga   ilmiy   yondashishni   anglatadi.   Ta’limga
bunday yondashish  ijtimoiy jarayon  hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni    xususiy pedagogik yoki didaktik   yondashish   deb
atash   mumkin.   Bu   yondashish   yaxlit     ta’lim   jarayonining   borishini   belgilab
beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv  materialini o’rganishni, uni anglab yetish,
mustahkamlash,   amaliy   faoliyatda   bilimlarini   qo’llash)ni   ifodalaydi.   Mazkur
yondashuvga   ko’ra   t a’lim   mazmuni   o’quvchilar   tomonidan   bilim   egallash
bosqichlarining   ketma-ketligiga   amal   qilish   asosida   faoliyatni   tashkil   etishdan
iborat. 
Konsepsiya   tarafdorlari   bilish   yo’lini   quyidagicha   formula   asosida
ifodalaydilar:   jonli   mushohadadan   abstrakt   fikrlashga   va   abstrakt   fikrlashdan
amaliyotga .
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan   psixologik    yondashish bilimlarni
o’zlashtirish va inson rivojlanishi  borasidagi  psixologik nazariyada ilgari surilgan
g’oyalarga tayanadi.
Bu   konsepsiyaning   kelib   chiqishi   L.S.Vgotskiyning   (1896-1934   yillar)
ta’limning   shaxs   rivojlanishida   asosiy   omil   bo’lishi   haqidagi   “yaqin   rivojlanish
zonasi”   deb   yuritiluvchi   qarashining   yaratilishi   bilan   bog’liq.   Unga   ko’ra,   ta’lim
faqat   yaqin   zonada   qurilganda,   hali   to’la   shakllanmagan,   lekin   o’quv   jarayonini
qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega
bo’ladi.  Psixologik   tadqiqotlar   pedagogik   nazariyani   so’zsiz   boyitadi.   Bilim   olish
jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo
faqat   psixologik   g’oyalar   asosida   ta’lim   mohiyatini   yoritish   pedagogik   jarayonni
bir tomonlama talqin etishga olib keladi.
XIX   asrning   40-yillarida   dialektik   materializm   nazariyasi   asoslandi.
Dialektik   materializm   tabiat,   jamiyat   va   fikrlashning   harakatlanishi   hamda
rivojlanishi   borasidagi   umumiy   qonunlarni   yorituvchi   falsafiy   ta’limotdir.   Bu
ta’limotda   Feyerbaxning   materializmi   va   Gegelning   dialektikasi   uzviy   ravishda
birlashadi. Bu ta’limot ta’lim  jarayoni inson ongining borliqni    aks  ettira olishiga
imkon   berishi   zarur   degan   g’oyani   ilgari   suradi.   Haqiqatni   bilish   murakkab
jarayon. Dialektik nazariya g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik
hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik   yondoshishga   binoan   ta’lim   jarayonining   asosiy   qarama-
qarshiliklari ni quyidagilar sanaladi:
1.   Ijtimoiy-tarixiy  (ilmiy)   bilimlar  hajmi  va  o’quvchi   o’zlashtirgan  bilimlar
hajmi   o’rtasidagi   qarama-qarshilik.   Bu   qarama-qarshilik   ta’lim     jarayonini
harakatlantiruvchi   kuch   hisoblanadi.   U   ta’lim   mazmunini   doimiy
takomillashtirishga   olib   keladi.   Umumiy   o’rta     va   o’rta   maxsus,   kasb-hunar
ta’limini   ijtimoiy-texnik   taraqqiyot   darajasiga   yaqinlashtirish   zaruriyati   ta’lim
mazmunini   tubdan   yangilash,   uni   yangi   tamoyil,   shakl,   metod   va   vositalarini
izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda. 
2.O’ quvchi   tomonidan   o’zlashtirilgan      o’rganishning      amaliy   jihatlari      ( shakl,
metod   va   vositalari)ning   darajasi   bilan   ijtimoiy-tarixiy   bilish   ( o’rganishning
o’quvchi   egallab   olishi   kerak   bo’lgan   shakl,   metod   va   vositalari)   darajasi
o’rtasidagi   qarama-qarshilik.   Bu   qarama-qarshilikni   hal   etish   o’quvchining
intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi
o’quv   materiali     aqliy   rivojlanishning   turli   ko’rsatkichlariga   namoyon   etishi
mumkin.
3. O’quvchining   mavjud   rivojlanish   darajasi   bilan   ijtimoiy   buyurtmada
ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik . Agarda ijtimoiy talab   bolaning   idrok   etish   imkoniyatidan   yuqori   bo’lsa,   unda   jiddiy   qiyinchilik
yuzaga keladi. 
XX   asrning   80-90-yillarida   pedagogik   hodisalar,   shu   jumladan,   ta’lim
muammolarini  ham  o’rganishda    MDH  davlatlarida   aksiologik yondashuv   ko’zga
tashlana   boshladi.   Aksiologiya   (yunoncha   «axios»   –   qimmatli,   logiya   -   fan)   –
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida
shakllangan.
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, Ye.N.Shiyanov) mazkur
yondashuvni   ta’limning   yangi   falsafasi   asosi   hamda   zamonaviy   pedagogikaning
metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar 1
. 
Hayot,  sog’liq,   muhabbat,   oila,   ta’lim,   mehnat,   tinchlik,   ishonch,   go’zallik,
ijod va shu kabi qadriyatlar hamma   davrlarda ham inson hayoti uchun o’ziga xos
ahamiyat   kasb   etgan.   Insonparvarlik   g’oyasi   asosini   tashkil   etuvchi   ushbu
qadriyatlar   tarixiy   taraqqiyot   jarayonida   vaqt   sinovidan   o’tgan.   O’zbekiston
Respublikasida   kechayotgan   demokratik   o’zgarishlar   mazkur   qadriyatlarni   qayta
tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Insonparvarlik   g’oyasi   markazida   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish
masalasi   yotadi.   Shaxsni   rivojlantiruvchi   ta’lim   nazariyasi   asoschilari   ushbu
masalani   nazariya   uchun   qilib   olganlar.   R ivojlantiruvchi   ta’lim   nazariyasining
g’oyalari   XX   asrning   80-yillarida   pedagogikaga   muqobil   sifatida   yuzaga   kelgan
hamkorlik pedagogikasi da  o’z aksini topdi. 
Hamkorlik   pedagogikasi ni   novator-pedagoglar   (Sh.A.Amonashvili,
S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Ye.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon
ishtirokchilari   (o’qituvchi   va   o’quvchilar)   o’rtasida   insonparvarlik   tamoyiliga
asoslangan   o’zaro   munosabatlari   tashkil   etishini   ta’kidlab   o’tadilar.   Hamkorlik
pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, G’.G’ulom,
K.D.Ushinskiy,   A.S.Makarenko,   V.A.Suxomlinskiy,   J.J.Russo,   Ya.Korchak,
K.Rodjers   va   boshqalarning   pedagogik   qarashlarida   o’z   ifodasini   topgan.
1 Pedagogik   hamkorlik   g’oyalari   bugungi   kunda   pedagogik   texnologiyalar
mazmuniga singdirilgan va  “XXI asr ta’limi Konsepsiyasi”  asosini tashkil etadi. 
Pedagogik   hamkorlik   mazmuni   va   metodikasi   xususiyatlari   quyidagilardan
iborat:
Bolaga   insonparvarlik   asosida   shaxsiy   yondashuv   maktab   ta’limi   tizimida
bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o’rin tutadi.
Maktabning   maqsadi   mavjud   qobiliyatlarni   rivojlantirish,   shaxsni   ijtimoiy
faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat. 
Shaxsga   yo’naltirilgan   (rivojlantiruvchi)   texnologiyalar   asosida   quyidagi
g’oyalar muhim o’rin tutadi:
1.   Shaxsga   ta’limning   maqsadi   sifatida   yangicha   qarash :   bola   maktabda   –
to’la huquqli  shaxs,  pedagogik jarayonda subyekt;  shaxsning  rivojlanishi  – ta’lim
tizimining   maqsadi;   har   bir   erkin,   o’z   fikrini   mustaqil   ifodalovchi,   barkamol
shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g’oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik   munosabatlarni   insonparvarlashtirish   va   demokratlashtirish
bolalarga   nisbatan   muhabbatli   bo’lish,   ularning   taqdiri   bilan   qiziqish;   bolaga   o’z
kuchi   va   iqtidoriga   ishontirish;   pedagogik   munosabatlar   jarayonida   u   bilan
hamkorlikka   erishish,   o’qituvchi   va   o’quvchining   huquq   jihatidan   tengligi;
bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o’z shaxsiy nuqtai nazariga ega
bo’lish   kabi   holatlarni   ifodalaydi.   Aksincha,   to’g’ridan-to’g’ri   majburlash   inkor
etiladi. 
3.   Individual   yondoshishning   yangi   talqini .   Uning   mazmuni   o’quv   fanini
o’quvchiga   emas,   balki   bolani   o’quv   faniga   yo’naltirishdan   iborat.   Individual
yondashish   quyidagilarni   o’z   ichiga   oladi:   materialni   o’rtacha   o’zlashtiruvchi
o’quvchilarga  mo’ljallashdan  chetlanish,  shaxsning  ijobiy    sifatlarini   ko’ra  bilish,
shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish. 
4.   Shaxsning   ijobiy   «Men-konsepsiyasi»ni   shakllantirish .   Men-konsepsiyasi   –
bu   shaxsning   o’zi   haqidagi   tasavvurlari   asosida   shaxsiy   xulqini   shakllantiruvchi
tizim   bo’lib,   ijobiy   Men-konsepsiyasi   (Men   o’zimga   yoqaman,   Men   har   ishga
qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag’batlantirib, shaxsning   ijobiy   namoyon   bo’lishiga   yordam   beradi.   Salbiy   Men-konsepsiyasi
(Men   o’zimga   yoqmayman,   Men   hyech   narsani   bajara   olmayman,   Men   hyech
kimga   kerak   emasman)   uning   turli   faoliyat   yo’nalishlarida   muvaffaqiyatga
erishishiga   halaqit   beradi,   o’qish   natijalarini   yomonlashtiradi,   shaxsda   salbiy
sifatlarning   shakllanishiga     olib   keladi.   O’qituvchining   vazifasi   har   bir   o’quvchi
timsolida   komil   shaxsni   ko’rish,   uni   tushunish,   qabul   qilish   va   unga   ishonishdan
iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).
5.  “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha 
yondashish . Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi 
sifatida tushunishdan iborat.  
6.   Zamonaviy   maktabda   tarbiyalash   konsepsiyasi .   Hamkorlik   pedagogikasi
quyidagi   muhim   g’oyalarni   aks   ettiradi:   bilimlar   maktabini   tarbiya   maktabiga
aylantirish,   o’quvchi   shaxsini   yaxlit   tarbiya   tizimining   markaziga   qo’yish,
tarbiyaning   insonparvarlik   xususiyatiga   egaligi,   umuminsoniy   va   milliy
qadriyatlarning   shakllanishi,   bolaning   ijodiy   qobiliyati   hamda   uning
individualligini   rivojlantirish,   individual   va   jamoaviy   tarbiyani   uyg’unlikda   olib
borish.
Pedagogik   hamkorlik   yuqorida   qayd   etilgan   g’oyalar   asosida   shaxsga
yo’naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining
mohiyati   shaxsni   rivojlantirish,   ta’lim   nazariyasini   asoslash   uchun   nazariy   shart-
sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o’zi o’zini
tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Adabiyotlar: 1. O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuni   Barkamol
avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq   nashriyot-
matbaa konserni, 1997.
2. O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»
Barkamol   avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O’qituvchi, 2001.
5. Podlasy I.P. Pedagogika. Novy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva,  Vlados,
1999.

TA’LIM JARAYONI Y AGONA TIZIM SIFATIDA. REJA 1. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. 2. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. 3. Ta’lim funksiyalari. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.

Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo’luvchi ta’lim jarayonining negizini o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi. Ta’lim funksiyalari . “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko’rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. Ta’lim berish funksiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi. Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi.

Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir. Ta’limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifodaniladi. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondashuvlar yuzaga keldi. Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi. Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik obyektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi. Tarbiyalash funksiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o’rin tutadi. Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek

tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish- istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi. O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: 1) rejalashtirish; 2) tashkil etish; 3) boshqarish (rag’batlantirish); 4) nazorat; 5) natijalarni baholash va tahlil qilish. O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi. O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati . Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operasiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi. Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi. Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir. O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak. Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilish amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida