logo

Tadqiqot metodi va metodologiyasi.Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

46.21484375 KB
Tadqiqot metodi va metodologiyasi.Empirik tadqiqot va eksperimental
tadqiqotlar usullari sharti 
Reja
 
1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul 
2. Metodologiya   tushunchasi     va   tadqiqot   usullari   tasnifi   3.   Empirik
tadqiqot   usuli tushunchasi va turlari 
a) kuzatish 
b) o’lchash 
v) taqqoslash 
     g) tavsiflash 
4. Eksperimental tadqiqotlar 
a) eksperiment va uning turlari 
b) eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish 
     v) eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash 
5.Umumilmiy eksperimentlar 
 
  1.  Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul 
Bilish   inson   faoliyatini   bir   ko’rinishi   bo’lib,   shu   faoliyat   natijasida   narsa   va
hodisalar   to’g’risida   tasavvurlar,   obrazlar,   tushunchalar   xosil   bo’ladi,   ularning
tizimlashgan   majmuasi   bilimda   ifodalanadi.   Tasavvur   va   tushunchalarni   bir   –   bir
bilan bog’laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan
ruhiy jarayon tafakkurdir.  
Inson   voqyelikni   o’zlashtirar   va   o’rganar   ekan,   uning   faoliyatiga   yordam
beradigan   vositalar,   hatti-harakat   tamoyillari,   qoidalari   shakllanadi,   ya’ni   faoliyat
usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida
aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. 
Shunisi   e’tiborliki,   yunon   tilida   usul   (methodos   –   tadqiqot   yo’li,   nazariya,
ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan
«usul»   so’zi   ko’proq   amaliy   faoliyat   yo’lini,   ya’ni,   bir   narsani   yuzaga   chiqarish,
amalga oshirish yo’li, harakat tarzi,  tartibi ma’nolarini ifodalaydi.  
Shunday   qilib,   faoliyat   bor,   faoliyatda   qo’llaniladigan   usul   bor.   Mehnat
tajribasining   umumlashmasi   muntazam   takrorlanadigan   faollik   tartibi,   qoidasi
sifatida  asrlar   davomida   shakllangan.   Shu  bilan   birga   aqliy  mehnat   sohasida   ham
ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini
paydo bo’lishi uchun zamin bo’lib xizmat qilishgan. 
Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan
tushuncha,   qoida   va   tamoyillar   tizimidir.   Bunday   tizimdan   foydalanish
faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo’nalish va energetik yutuq beradi. 
Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo’lmasin, usuldan foydalanish bir
qator ijobiy natijalarni beradi: 
- inson faoliyatini tartiblashtiradi; 
- natijaga erishish yo’lini qisqartiradi; 
- faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi;  - samaradorlik koefisiyentini bir necha barobar ko’paytiradi. 
Usul   faoliyat   samaradorligini   ta’minlaydigan   tizimli   qurol   ekan,   uning
unsurlari   aqliy,   amaliy   va   texnologik   amallar,   qoidalar   va   vositalardan   tashkil
topgan.   Tabiiy-ki,   ilmiy   tadqiqotda   aqliy   faoliyat   qoidalari,   tamoyillari   ustuvor
o’rinni egallaydi. 
Tadqiqot   usulini   turi,   xislati   o’rganilayotgan   obyektning   tuzilishi,   aniqrog’i,
murakkabligi   bilan   bog’langan.   Izlanish   obyekti   qanchalik   murakkab   bo’lsa,
shunchalik   takomillashgan   bilish   shakllari   va   usullarni   tatbiq   qilishga   to’g’ri
keladi.  
Usulda   obyektiv   (obyektni   mazmunidan   kelib   chiqish,   xossalari   va
parametrlari mavjudligini hisobga olish) va subyektiv (izlanish maqsadi, vositalari
va   qoidalari   mujassamlangan   yondashuv,   tizim)   tomonlar   birligi   mavjud   ekan,   u
ishlab chiqiladi. 
Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug’ullanishgan. 
O’yg’onish   davrini   buyuk   olimi   G.Galiley     oldingi   asrlarda   hukm   surgan
sxolastik   ilmi   an’analarini   ko’zda   to’tib,   haqiqatni   izlashda   mushohadali
mulohazalarga tayanish, tan olingan obro’li allomalar yozishgan mantlarga ixtibos
keltirish    emas, balki  kuzatish  va tajribaga asoslanish  zarurligini  ta’kidlagan.  Shu
bilan   birga,   olimni   fikricha   obyekt   haqida   ishonchli   bilimga   ega   bo’lish   uchun
kuzatish   usuli   bilan   cheklanmasdan,   rezolyutiv   (tahliliy)   va   kompozitiv   (sintetik,
umumlashtiruvchi) usullarni birga qo’shib tadqiqot olib borish kerak.  
Ayni   paytda   barcha   tadqiqot   sohalarigaga   tatbiq   qilinishi   mumkin   bo’lgan
universal   izlanish   usulini   ishlab   chiqishga   qaratilgan   urinishlar   paydo   bo’ldi.
Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday
narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi.  Bu usulning asosiy qoidalari: 
1. Ishonchli   bo’lmagan   bilimni   haqiqat   sifatida   qabul   qilmaslik,
mulohaza tarkibiga aniq, shubha tug’dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak.  2. Tadqiqot  qilinayotgan har  bir  muammoni  aniq anglash  imkoniyatini
beradigan darajada qismlarga bo’lish kerak. 
3. Predmetni izchil, bir tartibda o’rganish, birlamchi, sodda unsurlarini
aniqlashdan  murakkab xossani tadqiq qilishga  bosqichma-bosqich o’tish lozim. 
4. Natijaga   bo’lgan   ishonchni   mustahkamlash   uchun   tadqiqotda
uchraydigan   ziddiyat   va   nomuvofiqliklarni   to’la   ro’yxatini   tuzish,   paydo
bo’lganlarini aniqlab, bartaraf etish kerak.  
Universal   tushuntirish   usuli   bo’lishga   da’vo   qilgan   yana   bir   usullardan   biri
mexanisizm   bo’lib,   bu   usulga   shu   qadar   keng   ma’no   berish   asosida   barcha
narsalarning   xossalari   va   harakati   mexanik   qonuniyatlarni   amal   qilishi   bilan
belgilanadi, degan g’oya yotadi. 
XX   asrda   klassik   fanlar   paradigmasidan   noklassik   izlanish   paradigmasiga
o’tish,   uslubiy   yondashuvlar   xilma-xilligiga   erishish   jarayonida   universallikka
da’vo qiladigan tadqiqot usulini bo’lishi mumkin emasligi ayon bo’ldi. 
Obyektlarni,   shu   jumladan   inson   yaratgan   sun’iy   muhit   va   tuzilmalarni
cheksiz xilma-xilligi, izlanish predmeti doirasiga oldin ma’lum bo’lmagan tizimlar
va   xossalarni   to’xtovsiz   kiritilishi   uslubiy   yondashuv   plyuralizmi,   ya’ni,   tadqiqot
usullarini gorizontal va vertikal xilma-xilligi g’oyasini qaror topishiga olib keldi. 
Hox   tabiiy   fanlarda,   hox   ijtimoiy-gumanitar   fanlarda   bo’lmasin   tadqiqot
jarayoni   va   izlanish   tadbirlarini   turli   daraja   va   bosqichlarga   bo’linib   ketishi   hatto
bir  tadqiqot  dasturi  doirasida  induksiya  va deduksiya,  analiz va sintez,  analogiya,
mavhumlashtirish   va   boshqa   usullarni   izchil   tatbiq   qilish   zaruriyatini   taqozo
etmoqda. 
Ko’rinib   turibdiki,   tadqiqot   va   usul   o’rtasida   uzviy   bog’lanish   mavjud.
Tadqiqot   yangi   xossalar,   hodisalar   va   qonuniyatlarni   ochadi,   ularni   ifodalaydigan
g’oyalar,   tushunchalar,   tamoyillar   ishlab   chiqiladi.   Keyingi   tadqiqotlarda   bu
tushunchalar   va   tamoyillar   uslubiy   qoida,   tushuntirish   usuli   rolini   o’ynaydi.
Masalan, 1924 yilda fransuz olimi Lui de Broyl atom fizikasi  yo’nalishi  bo’yicha o’tkazilagan   tadqiqotlar   natijasini   umumlashtirib   elementar   zarrachalarning
korpuskulyar   –   to’lqin   dualizmi   g’oyasini   olg’a   surdi.   Aniqlanishicha,   har   bir
elementar zarracha ayni vaqtda ham korpuskulyar (modda), ham to’lqinli (maydon)
xossasiga ega. 
Korpuskulyar   –   to’lqin   dualizmini   har   tomonlama   tahlil   qilib,   nemis   olimi
V.Geyzenberg   1927   yilda   nomuayanlik   tamoyilini   ishlab   chiqdi.   Tamoyilning
mazmuni   shunday   iboratki,   mikrozarracha   bo’lgan   elektronni   koordinatasi   va
impulsini bir vaqtda baravariga o’lchash, aniqlash mumkin emas. 
 Elektronning fazoviy koordinatasini aniqlash ayni vaqtda impulsi qiymatini
topishni   imkonsiz   qiladi   va   aksincha,   impulsi   qiymatini   har   qancha   aniqlik   bilan
topilsada elektronning fazoviy koordinatasini aniq belgilash mumkin emas. 
Gap asbob-uskunaning yoki matematik hisoblash usulini kamchiligida emas.
Elektron ikki xil, o’zaro ziddiyatli xossaga – zarracha va to’lqinli xislatga ega. Shu
bois,   ayni   vaqtda   elektronning   (shu   jumladan   boshqa   mikrozarrachalarning)   ham
impulsi,   ham   fazoviy   koordinatalari   qiymatini   baravariga   aniq   belgilash   mumkin
emas. 
Geyzenberg   kashf   etgan   nomuayanlik   tamoyili   yadro   fizikasida   usul
darajasiga   ko’tarilib,   unga   ko’ra   tadqiqot   natijalarini   qayd   qilishda   koordinata   va
impuls   qiymatlari   faqat   bir-birini   to’ldirishi   mumkinligini   hisobga   olish   talab
qilinadi.   Tadqiqot   usuli   izlanish   samaradorligini   ko’taradigan   muhim   omildir.
Shuning   uchun   tadqiqot   dasturi   ishlab   chiqilganda   tatbiq   qilinadigan   usullar,
ularning izlanish obyekti va predmetiga muvofiqligi ko’rib chiqiladi. 
Tadqiqot usullarini tanlashda bir qator metodologik talablarni inobatga olish
lozim: 
- izlanish predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilash; 
- o’rganilayotgan obyektning sifat va miqdoriy xususiyatlarini  aniqlab
tadqiqot strategiyasini tuzish;  - izlanishda   tatbiq   qilinadigan   har   bir   usulni   o’rni   va   funksiyalarini
belgilash; 
- tadqiqot usullaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish kabi qoidalar
bajariladi. 
Tadqiqot   usuli   obyektga   berilgan   savolga   javob   olish   vositasidir.   Javoblar
miqdor,   qiymat,   koeffisiyent,   model,   umumlashma,   xulosa,   tushuncha   shaklida
ifodalandi. Natijada obyekt, uning xossalari va qonuniyatlari haqida aniq, konkret
tasavvur   hosil   qilamiz,   nazariy,   amaliy,   texnolgogik   tavsiya   va   loyihalar   ishlab
chiqish imkoniyatiga ega bo’lamiz. 
  
2.Metodologiya tushunchasi  va tadqiqot usullari tasnifi 
Ilmiy tadqiqot bilan shug’ulanadigan mutaxassis izlanish obyekti, predmeti,
tadbiq   qilinadigan   usullar,   uslubiy   va   konseptual   vositalar   to’g’risida   mulohaza
yuritadi. Bunday mulohaza metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi. 
Metodologik   mulohazalarga   bo’lgan   ehtiyojni   tadqiqotni   ko’p   bosqichli   va
ko’p   tomonlama     jarayonga   ko’p   bosqichli     aylanishi,   izlanish   obyekti,   obyektni
tushuntiradigan  g’oyalar  va  nazariyalarni  tobora  murakkablashib  borishi,  tadqiqot
usulini roli va ahamiyatini ortib borishi taqozo etadi. 
Metodologiyani   o’zini   quyidagicha   ta’riflash   mumkin:   metodologiya   –
insonning   ilmiy   va   amaliy   faoliyatini   tashkil   qilish,   tadqiqot   faoliyati
samaradorligini   ta’minlaydigan   usullar,   ularning   bilishdagi   roli   va     ahamiyati,
izlanishda   vujudga   keladigan   nazariy   va   uslubiy   muammolarning   xususiyati
haqidagi ta’limotdir. 
Tadqiqotda   ma’lum   mantiqiy   qoidalar,   tafakkur   shakllari   va   usullaridan
foydalaniladi. Bular orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilamiz, qayta ishlaymiz. U
yoki   bu   usuldan   foydalanish   uslubiy   faoliyatni   bildiradi.   Uslubiy   faoliyat   esa
tadqiqot faoliyatini tarkibiy qismini tashkil qiladi.  Oldingi   bo’limda   biz   ilmiy   tadqiqot   va   usul   o’rtasidagi   bog’lanish,   usulni
tadqiqotda   amalga   oshiradigan   funksiyalari   xususida   mulohaza   yuritdik.   Aslida
bunday mulohazalar metodologik mulohaza turiga kiradi. 
Metodologiyaning   mazmuni,   predmeti   va   vazifalarini   chuqur   anglashga
yordam beradigan fan falsafadir. Falsafa metodologiyaning metanazariy asosidir. 
Ayniqsa,   fan   bir   tarixiy   tipdan   boshqasiga,   xususan,   noklassik   ilmiy   bilish
bosqichidan   postnoklassik   ilmiy   bosqichga   o’tish   davrida   tadqiqot   obyekti,
predmeti,   tafakkur   tarzi   va   boshqa   tarkibiy   qismlarda   katta   o’zgarishlar   sodir
bo’ladi. Bu o’zgarishlarga talqin berish, ularning mohiyatini ochib berish falsafani
vazifasidir.   Bundan   tashqari   falsafa   metodologiya   masalalari   mazmuni,   istiqboli,
paradigmal   yangilanishini   tahlil   qilib   beradi,   yangi   falsafiy   -metodologik
muammolarni o’rtaga tashlaydi.  
Shunday   qilib,   tadqiqot   metodologiyasi   ilmiy   bilish   jarayonida   bevosita
tatbiq   qilinadigan   umumilliy   va   sohaviy   usullar,   yondashuvlar,   ilmiy   faoliyatni
tashkil qilish shakllari  va modellari, tadqiqot tuzilishi  va samaradorligi masalalari
bilan shug’ullanadi.  
Tadqiqot   metodologiyasiga   oid   nazariy   va   amaliy   bilish   usullari,   modellari
va   dasturiy   loyihalarni   o’rganish   mutaxassislarni   yangi   ilmiy   tamoyillar,
ko’rsatmalar va izlanish vositalari bilan qurollantiradi. 
Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal va vertikal aloqalarga
ega   bo’lgan,   cheksiz   kataklardan   iborat   global   golografik   tuzilmani   eslatadi.
Tadqiqot   obyekti,   predmeti,   qo’yilgan   maqsad   va   ishlab   chiqarishga   tatbiq   qilish
xususiyatiga   qarab   bunday   tuzilma   bilish   sohalari,   tarmoqlari   va   yo’nalishlarga
bo’linib   ketadi.   Ularni   tasniflashda   birinchi   navbatda   fundamental   va
amaliytexnologik fanlarni farqlaydilar. 
Fundamental   fanlarda   (metematika,   fizika,   umumiy   sosiologiya   va
boshqalar) nazariy bilish usullardan, amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik,
qishloq   xo’jaligi   fanlari,   tibbiy   fanlar   va   boshqalar)   tajribaviy   –   eksperimental usullardan   foydalanish   ustuvor   ahamiyatga   ega.   Tatbiq   qilish   sohalariga   qarab
izlanish   usullari   3   ta   katta   guruhga   bo’linadi.   Birinchisiga   eng   umumiy   tadqiqot
usullari-falsafiy   izlanish   usullari   kiradi.   Bular   plyuralistik   yondashuv,   tanqidiy
rasionalizm,   dialektik,   germenevtik,   fenomenologik   va   boshqa   falsafiy   tadqiqot
usullari   bo’lib,   ular   nazariy   tafakkurni   yuqori   qatlamlarida   amal   qiladi.   Bu
qatlamda   ilmiy   tadqiqot   usullarini   mohiyati,   funksiyalari,   o’zlariga   xos
xususiyatlari   tahlil   qilinadi,   yangi   g’oyalar   va   tamoyillarning   nazariy   va   uslubiy
mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi.  
Ikkinchisiga   umumilliy   tadqiqot   usullari   kiradi.   Bu     tadqiqot   usullaridan
fanning   turli   sohalari   va   tarmoqlarida   foydalanadilar,   shu   bois   ular   fanlararo,
tarmoqlararo tatbiq qilish xislatiga ega. 
Umumilmiy tadqiqot usullarini tasniflash ilmiy bilish darajalari tushunchasi
bilan   bog’langan.   Xususan,   empirik   bilish   darajasida   kuzatish,   taqqoslash,
eksperiment   usullari   qo’llaniladi.   Nazariy   tadqiqot   sohasida   tuzimli   yondashuv,
aksiomalashtirish,   mavhumlashtirish,   formallashtirish   usullaridan   foydalanadilar.
Hozirgi   paytda   umumilmiy   maqomga   ega   bo’lgan   obyektlarni   sinergetik
yondashuv     tamoyillari   asosida   o’rganish   keng   tarqalmoqda.   Ayni   paytda
sinergetik tadqiqot metodologiyasi ham shakllanmoqda. 
Shunday usullar mavjudki, ular  ham  empirik, ham  nazariy bilish darajasida
qo’llaniladi.   Masalan,   axborotli   (informasion)   yondashuv,   modellashtirish,
kompyuterli eksperiment va boshqalar. 
Uchinchi   guruhni     maxsus   ilmiy   tadqiqot   usullari     tashkil   qiladi.   Barcha
ilmiy   yo’nalishlarda   konkret   tizimlar,   xossalar   va   qonuniyatlarni   o’rganish
maqsaida juziy (maxsus) ilmiy usullar ishlab chiqiladi. Aytaylik, fizikada spektral
tahlil   usuli,   biologiyada   xromatografik   tahlil   va   modellashtirish   usuli,
matematikada   tenzor   hisoblash   usuli,   madaniyatshunoslikda   komparativistik
tadqiqot usuli va boshqalar shular jumlasidandir.  Xulosa   qilib   aytganda,   fanda   ilmiy   yutuq   va   samaradorlikka   erishishni
muhim shartini tadqiqot usulini  ishlab chiqish va tatbiq qilish, fan va texnologiya
taraqqiyotiga javoban usul va uslubiy yondashuvlarni yangilash tashkil qiladi. 
Tadqiqot   usuli   fanda   o’ziga   xos   richag   (pishang)   rolini   o’ynaydi,   obyektni
yangi   xislatlari   va   qonuniyatlarini   ochish,   olingan   ma’lumotlarni   tavsiflash,   tahlil
qilish, gipoteza, g’oya va nazariyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Shu bois
tadqiqot usuli masalalarini qo’yish, ularni ishlab chiqish, samaradorligini ko’tarish
fanda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.  
3.Empirik tadqiqot usuli tushunchasi 
  Tadqiqot oldiga qo’yiladigan maqsadlardan biri  izlanish obyektidagi  xossa
va qonuniyatlarini ochish, ularni tushuntiradigan nazariyani ishlab chiqishdir. 
Lekin izlanish obyekti bo’lgan xossalar, qonuniyatlar va funksional  munosabatlar
«yashiringan» bo’ladi, ularni bevosita mushohada qilib bo’lmaydi. 
Oddiy   savol.   Arximed   qonuni   ko’rinadimi   yoki   biron-bir   asbob   yordamida
qayd qilsa bo’ladimi? Yo’q albatta. Yoki, A.Eynshteynning Ye =M.S 2
 formulasida
ifodalangan massa, energiya va harakat tezligi o’rtasidagi bog’lanish qonuniyatini
bevosita mushohada qilish mumkinmi? 
Kashf   etiladigan   xossalar,   qonuniyatlar   va   funksiyalar   aslida   hodisalar,
belgilar   va   qiymatlar   ortida   «yashiringan»   bo’ladi.   Hodisalar   va   xossalar   qayd
etilgan faktlar bayoni berilgandan keyin ular tahlil qilinadi, umumlashtiriladi. 
Umumlashtirish jarayonida qonun va qonuniyatlar ochiladi, g’oya, nazariya ishlab
chiqiladi.   A.Eynshteyn   o’zini   mashhur   formulasini   ishlab   chiqishdan   oldin   fizika
fanida   qo’lga   kiritilgan   ko’plab   empirik   va   eksperimental   tadqiqot   natijalarini
o’rgandi,   faktlarni   shakllanayotgan   yangi   fizik   tamoyillar   asosida   tahlil   qildi.
Demak, har qanday nazariy kashfiyot, umumlashma va xulosani «tomiri» empirik
tadqiqotlarga borib taqaladi. 
Tadqiqot   ashyosi   bo’lgan   empirik   ma’lumotlar   va   faktlarni   qo’lga   kiritish,
qayta   ishlab   chiqish,   nazariy   tahlilga   tayyorlash   ham   ma’lum   faollikni,   izlanish vositalari   va   usullaridan   keng   foydalanishni   taqazo   etadi.   Bo’lib   ham,   hozirgi
zamon fani tobora murakkab, ko’p bosqichli, kompleks tadqiqotni talab qiladigan
obyektlarni izlanish doirasiga kirib bormoqda. Shunga muvofiq perarxik (sodda va
ko’p   tarkibli   usullar   tizimi)   ko’rinishiga   ega   bo’lgan,   bir   qancha   funksional
amallarni bajarishga mo’ljallangan usullar keng tatbiq qilinmoqda. Biotexnologiya,
ekologiya,   muxandislik   psixologiyasi,   notexnokologiya,   virtualistika   kabi   fan
tarmoqlarida shunday holat kuzatilmoqda. 
Tadqiqotni  boshida turgan, izlanish  dasturi  va rejasida birilganlardan bo’lib
foydalanish   ko’zda   tutilgan   empirik   tadqiqot   usullari   obyektga   oid   dastlabki
ma’lumotlarni   olish   va   birlamchi   qayta   ishlash   amallarini   bajarish   imkoniyatini
beradi.  
Empirik   tadqiqot   usulini   bilishdagi   asosiy   roli   nimadan   iborat?   Bu   savolga
quyidagi ta’rif bilan javob berish mumkin. Empirik tadqiqot usuli – bu obyektning
bevosita   yoki   asboblar   yordamida   idrok   qilsa   bo’ladigan   unsurlari,   belgilari   va
xossalari   haqida   ma’lumotlar   olish,   faktlarni   guruhlashtirish,   tavsiflash,   tasniflash
amallarini   bajaradigan   izlanish   vositasidir.   Bunday   usulning   qimmatli   tomoni
shundan   iboratki,   obyektni   tuzilishi,   mohiyati   yoki   funksiyaonal   qonuniyatlarini
namoyon   etadigan   xossalar,   ularning   miqdoriy   va   me’yoriy   qiymatlari   xususida
bevosita axborot olinadi. Shu turdagi empirik ma’lumot nazariy tadqiqot doirasiga
kiritiladi,   oqibatda   jiddiy   kashfiyotlar   qilinadi,   texnologik   loyihalar,   tuzilmalar
ishlab chiqiladi. 
Dastlabki qimmatli ma’lumotlar beradigan empirik usullar qatoriga kuzatish
va o’lchash kiradi. 
a) kuzatish;   Kuzatish empirik tadqiqotda birlamchi fakt va bilim beradigan
manba va usuldir. Manba sifatida kuzatish obyekt xususida  har tomonlama, ya’ni
uning idrok qilsa bo’ladigan unsurlar va xossalariga oid axborot va faktlarni olish
imkoniyatini beradi.  
Usul   sifatida   kuzatish   qanday   funksiyani   bajaradi?   Buni   quyidagi   ta’rifdan
bilish   mumkin.   Kuzatish   –   bu   reja   asosida   faol,   tizimli   va   maqsadga   muvofiq bevosita   yoki   asbob   yordamida   obyektning  tashqi   yoki   ichki,    o’zgaruvchan   yoki
barqaror xossalari, tuzilishi, miqdoriy qiymatlarini qayd 
etish, olingan axborotni ilmiy faktga aylantirish usulidir. 
Obyekt   va   uni   o’rganish   jarayoni   qanchalik   murakkab   bo’lmasin,   kuzatish
usuliga birlamchi tadqiqot yondashuvi sifatida har doim o’rin qoladi. 
Kuzatish usuli tarkibiga kirgan bir qator metodologik talablar mavjud: 
- faollik,   ya’ni   tadqiqotchini   qiziqtiradigan   xislatlarni   izlash   va   qayd
qilish; 
- bir   maqsadga   yo’naltirilganlik,   diqqat   e’tibor   faqat   qiziqish
o’yg’otadigan hodisalarga qaratish; 
- kuzatishni rejali va oldindan mo’ljallangan bo’lishi; 
- tizimli   bo’lishi,   ya’ni   obyektni   belgilangan   rejimda   izchillik   bilan
qo’yilgan maqsad uchun yetarli miqdorda idrok qilish. 
Kuzatish   jarayoni   va   natijalarini   nazorat   qilish,   uni   ya’ni,   idrok   qilish   va
qo’lga   olingan   faktlarni   boshqa   joy   va   vaziyatda   qaytarish   mumkinligi   muhim
metodologik qoida hisoblanadi. 
Kuzatish usuli bir qancha turlarga bo’linadi:  
- qayd   qiluvchi   (ayrim   tomonlar   va   holatlarni)   va   obyektni   bir
butunligicha idrok qiluvchi kuzatish; 
- bevosita   (obyekt   xossasini   to’ppa-to’g’ri,   bevosita   idrok   qilish)   va
bilvosita 
(obyektni o’zi emas, qoldirgan izi yoki oqibatini) kutazish; 
- bevosita sezish organlari va bilvosita asboblar yordamida kuzatishni
olib borish. 
Alohida e’tiborga molik metodologik masala – bu ijtimoiy fanlarda kuzatish
usulidan foydalanish. Bu sohada kuzatuvchi va obyekt munosabatini kuzatuvchi va
kuzatiluvchi   munosabati   shaklida   namoyon   bo’ladi.   Bu   yerda   kuzatiluvchi
shunchaki   idrok   qilish   obyekti   bo’lmasdan,   balki   jarayonning   faol   ishtirokchisi sifatida   hatti-harakatni   amalga   oshiradi,   kuzatishga   nisbatan   o’z   munosabatini
bildirishi, kuzatuvchi bilan muloqot qilishi mumkin. 
Sosiologiyada   kuzatishni   o’ziga   xos   usuli   ishlab   chiqilgan.   Bunda
kuzatuvchi   o’rganilayotgan   guruhni   hayoti   va   faoliyatiga   qo’shilib,   jarayonni
ichkaridan idrok qiladi, material yig’adi, faol muloqot qiladi. 
b) o’lchash.  Har qanday tadqiqot obyekti sifat va miqdor birligini tashkil 
qiladi.   Sifat   obyektning   bir   butunligi,   barqaror   muayyanligi,   mohiyatli   tomonini
bildiradi. 
Bir xil sifatga ega bo’lgan narsalar miqdorga ega bo’ladilar. O’xshash yoki
aynan  xossa,  tomon,  unsurlarni   birlashtirsak   to’plam,  son,   hajm,  sur’at   darajasida
namoyon bo’ladi.  
Har   bir   xossa,   sifat   o’zini   me’yoriy   chegarasiga   ega.   Me’yoriy   chegara
ma’lum miqdor  doirasida namoyon bo’ladi. 
Miqdorni   qanday   o’lchash   mumkin?   O’lchashni   amalga   oshirish   uchun
o’lchash   etaloni   (namunaviy)   biriligi   mavjud   bo’lishi   kerak.   Bunda   izlanayotgan
ko’plik   yoki   son   etalon   birligi   bilan   taqqoslanadi.     Masalan,   daraxt   bo’yi   x
ko’plikka ega. Biz etalon sifatida metr birligini olib o’lchashimiz – bu 900 sm yoki
9 metrni tashkil qiladi. 
Demak,   o’lchashni   amalga   oshirish   uchun   etalonda   ifodalangan   standart
birliklari   mavjud   bo’lishi   kerak.   Masalan,   metr,   santimetr,   millimetr   yoki   soat,
minut, sekund birliklari. 
Vaqt   o’tsa   ham   yoki   ijtimoiy   tizim   o’zgargan   bo’lsa   ham   etalon
o’zgarmasligi kerak. 
    Standart   birliklari   bilan   shug’ullanadigan   soha   metrologiya   (yunon.
Metrom   –   me’yor,   logiya   ta’limot)   deb   ataladi.   Metrologiya   o’lchovlar,   ularning
birligi va talab qilinayotgan aniqlikka erishish haqidagi fandir. 
Metrologiyaning asosiy vazifalari:  - o’lchashni umumiy nazariyasini yaratish; 
- fizik qiymat birliklari va birliklar tizimini yaratish; 
- o’lchash   birliklari   va   etalonlarni   bir   xilligini   ta’minlash
asoslarini ishlab chiqish; 
- o’lchash vositalari etalonlarini yaratish, o’lchashlar me’yori va
vositalarini tekshirish. 
O’lchashda   o’lchov   shkalasi   –   daraja   ko’rsatkichi   ishlatiladi.   Shkala   (lot.
scala   -   -   narvon)     birliklar   ifodalangan   chizg’idir.   Shkala   orqali   tadrijiy   yoki
sakrashsimon   tarzda   ko’payib   yoki   kamayib   boruvchi   holatlarni   ifodalaydigan
raqamlar,   belgilar   qayd   etiladi.   Har   qanday   model   singari,   o’lchov   shkalalari
o’rganilayotgan obyekt xislatlarini to’g’ri, mos holda ifodalashi lozim. 
Tadqiqotda 4 xil o’lchov shkalalaridan foydalanadilar. 
1. Nominal, ya’ni, nomlar, ifodalar shkalasi.  Bu shkala bir-birini kesib
o’tmaydigan   guruhlarni   ifodalaydi.   Masalan,   jins   va   millati,   ma’lumot   bo’yicha
mutaxassis,   qaysi   rangni   afzal   ko’rish   va   boshqalar.   Mazkur   atamalarni
belgilashda ko’p – oz ko’rsatkichlari ishlatilmaydi, ular raqamlar, hafrlar, so’zlar
yordamida ifodalanadi. Nominal shkalani funksiyasi obyektlarni aynan yoki turli
guruhlarga   tegishli   ekanligini   qayd   qilishdir.   Tadqiqotda   nominal   shkaladan
obyektlarni   tasniflash,   ularni   guruhlarga,   sinflarga,   sohalarga   bo’lish   maqsadida
foydalanadilar. 
2. Tartib   shkalasi.   Bu   shkala   nafaqat   obyektlarni   sinflarga   (turlarga)
bo’lish,   balki   ulardgi   belgilarni   o’sishi   yoki   kamayishiga   qarab   tartiblashtirish,
aniqlanilayotgan xislat  qaysi  obyektlarda ko’p yoki    oz miqyosda  xos ekanligini
qayd qilish imkoniyatini beradi. Masalan, kimyoviy elementlarni guruhlashtirish,
minerallar   qattiqligi,   jismlardagi   moda   zichligi,   bo’ron   yoki   zilzila   kuchi   kabi
qiymatlar tartib shkalasi asosida belgilanadi. 
3. Interval   (oraliq)   shkalasi.   O’lchanadigan   hodisani   qiymati   yoki
miqdori   nol  raqami  bilan  boshlanadigan,  keyingi   darajalar   o’sish   yoki  kamayish sonlari   bilan   belgilaydigan   o’lchagichlar   (termometr,   spektrofotometr   va
boshqalar)   yordamida   aniqlanadi.   Hodisani   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o’tishi
oraliq   daraja   qiymatida   namoyon   bo’ladi.   oraliq   holatlar   o’zgarishi   ko’tarilishi
yoki   pasayish   moyilligiga   ega.   O’lchagichlardagi   simvollar   (raqamlar)   bunday
o’zgarishlarni qayd qiladi. 
4. Munosabat  shkalasi.  Bunda munosabatlar  darajasi  miqdor shkalalari
yordamida belgilanib, bir obyektdagi xislatlar qiymati boshqasidagidan qanchalik
ko’p yoki oz ekanligi raqamlarda ifodalanadi. Masalan, demografik tadqiqotlarda
oilalardagi   bolalar   soni,   psixologik   eksperimentda   sinalayotgan   guruh
a’zolarining intellektual natijalari koeffisiyenti, test sinovlari natijalari munosabat
shkalasi simvollari yordamida aniqlanadi. 
Ilmiy   tadqiqotda   kompyuterdan   foydalanish   o’lchash   usuliga   inqilobiy
xarakterga   ega   bo’lgan   tub   o’zgartirish   kiritmoqda.   Izlanish   sohasida   kompyuter
texnologiyasini   tatbiq   qilish   shunday   holatga   olib   keladiki,   bunda   o’lchashni
amalga   oshirishda   subyektni   bo’lishi   shart   emas.   Axborot   tizimi   kompyuterga
ulanib,   undagi   maxsus   dastur   olinayotgan   ma’lumotlarni   mustaqil   qayta   ishlab
chiqishi mumkin. 
   v) taqqoslash;  Empirik tadqiqotda amalga oshirilgan kuzatish va o’lchash
natijalari   taqqoslash   va   tavsiflash   usullari   yordamida   qayta   ishlanadi.   Buning
oqibatida obyekt haqidagi tasavvur yanada konkretlashadi.  
Taqqoslash   jarayonida   obyektlardagi,   bir   tomondan   o’xshashlik,
umumiylik,   moslik,   aynanlik,   ikkinchi   tomondan,   farq,   xususiylik,   o’ziga   xoslik
(indivuduallik) kabi birlashtiruvchi yoki ajratuvchi belgilar, xossalar aniqlanadi. 
Taqqoslash   usuli   obyektlarni   guruhlash,   umumlashtirish,   aniqlash   va
tasniflashda   muhim   rol   o’ynaydi.   Bundan   tashqari   bu   usul   analogiya,   induksiya,
deduksiya   va   boshqa   rasional   –   mantiqiy   fikrlash   va   xulosa   chiqarish
operasiyalarida ham faol ishlatiladi.  Taqqoslash usuli tadbiq qilinganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
- faqat bir turdagi obyektlar taqqoslanishi lozim; 
- obyektlarning   eng   muhim   xossalari   bo’yicha   taqqoslash   amalga
oshiriladi; 
- bir   turga   oid,   lekin   har   xil   perarxik   darajada   turgan   obyektlarning
parametrlari va funksiyalari taqqoslanadi. 
Taqqoslash   usuli   tadqiqot   predmetini   o’rganishda   ustuvor   ahamiyatga   ega
bo’lgan ilmiy yo’nalishlar ham mavjud.Masalan, qiyosiy psixologiyada hayvonlar
va   inson   psixologiyasini   vujudga   kelishi   va   rivojlanishida   namoyon   bo’ladigan
umumilliy va farq o’rganiladi. 
Taqqoslash  va qiyosiy tahlil natijasida qo’lga kiritilgan natijalar  tavsiflash
yo’li   bilan   matnga   tushiriladi.   Bunda   tavsiflashga   oid   bir   qator   qoida   va   talablar
borki   ularni   bajarish   obyektdagi   xossa   va   funksiyalarni   bir   butun   tizim   sifatida
tasvirlash mumkin bo’ladi. 
g) tavsiflash;  Predmetni tavsiflash – bu obyektning belgilari va xossalariga
doir axborot va faktlarni ma’lum qoidalar asosida matnda qayd qilib, u haqda to’la
yoki   to’liqsiz   tasavvur   hosil   qilishdir.   To’liq   tasavvur   obyektning   xossalari   va
qonuniyatlarini tushuntirish uchun zamin bo’lsa, to’liqsiz tasavvur uni tushuntirish
yoki   tushunishga   yordam   beradigan   g’oyani,   gipotezani   ishlab   chiqishga   xizmat
qiladi. 
Tavsiflash   izlanishda   2   xil   funksiyani   bajarishi   mumkin:   1)   obyektlarni
kuzatish,   o’lchash,   ular   bilan   eksperiment   o’tkazish   natijasida   olingan   axborot   va
faktlarni   tabiiy-tarixiy   yoki   sun’iy,   formallashtirilgan   tilda   bayon   qilish;   2)
obyektlarning   ichki   xislatlari   va   bog’lanishlarini   anglashga   yordam   beradigan
tahliliy   bayonni   amalga   oshirish.   Birinchisi   empirik   tavsiflash,   ikkinchisi   nazariy
tavsiflash deb ataladi.  Tavsiflash   predmetni   ta’riflash   emas,   u   tushuntirishni   ham   o’rnini
bosmaydi.   Tavsiflashni   uslubiy   funksiyasi   obyektning   xolisona   va   mumkin   qadar
to’la tasvirini berishdir. Bu bilan tavsiflash ta’rif va tushuntirishni to’ldiradi. 
Tavsiflashda bir qator uslubiy qoidalarga rioya qilish kerak: 
- tavsif maqsadga yo’naltirilgan va xolis bo’lishi lozim; 
- tavsifda   mantiqiy   ziddiyat   bo’lmasligi   kerak,   aks   holda   izchillik   va
xolislik talablari buziladi; 
- tavsifni   tarkibiy   qismlari   tartiblashgan   va   tizim   holatiga   keltirilgan,
bayon tarzi esa sodda va ravshan bo’lishi kerak. 
Shakl   va   mazmun   jihatidan   tavsiflash   bir   qancha   turlarga   bo’linadi.
Xususan, biologik, sosiologik, madaniyatshunoslik, psixologik tadqiqotlarda sifatiy
va   va   miqdoriy,   strukturaviy   va   funksional,   morfologik   va   genetik,   to’la   va
to’liqsiz, empirik va nazariy tavsiflash amalga oshiriladi.  
Tavsiflash nazariyaga olib boradigan, unga muqaddima bo’ladigan izlanish
faoliyatidir. Tavsiflash tarkibiga hodisa sababini ko’rsatadigan bayonni kiritish uni
nazariyaga yaqinlashtiradi. 
Tavsif   har   qanday   tadqiqotning   muhim   bosqichi   va   bo’g’ini   sifatida   o’z
ahamiyatini har doim saqlab qoladi. 
4. Eksperimental tadqiqotlar 
a)eksperiment va uning turlari;  Antik va o’rta asr fanlari tizimida 
bilishning   asosiy   usuli   idrok   qilingan   hodisalar   ustida   mulohaza   yuritish   va
deduktiv   fikrlash   bo’lgan.   To’g’ri,   o’rta   asr   alximik   izlanishlarda   kimyoviy
tajribalar   o’tkazilgan,   hatto   turli   priborlar   yaratilgan.   Lekin,   bilish   strategiyasi
amalga   oshirib   bo’lmaydigan   maqsadga   –   «falsafiy   tosh»   va   «hayot,   mangu
yoshlik» eleksirini (sehrli suyuqlik) topishga qaratilgan. 
Uyg’onish   davrida   birinchilardan   bo’lib   F.Bekon   (1561-1626)   tajribaviy
fanlar metodologiyasini ishlab chiqdi. Galiley esa eksperimental tabiatshunoslikka
asos soldi,tadqiqot usullari xususida ayrim metodologik g’oyalarni olg’a surdi.  XX   asrgacha   olimlar   (Nyuton,   Faradey,   Makeavell   va   boshqalar)   nazariy
xulosalar   va   g’oyalarni   tekshirish   uchun   o’zlari   oddiy   predmetlardan   uskunalar
yasab eksperiment o’tkazishgan. 
O’tgan   asrni   boshlarida   olimlar   tajriba   priborlarini   takomillashtirib,   oldin
ma’lum bo’lmagan obyektlar olamini kashf eta boshladilar. 
Fan   taraqqiyoti   jarayonida   tadqiqotlar   doirasiga   shunday   obyektlar   jalb
qilindiki,   ular   to’g’risida   kuzatish,   idrok   qilish   orqali   axborot   olish
murakkablashadi, hatto mumkin bo’lmay qoladi. 
1874   yilda   Dj.   Stoney   elektr   toki   manfiy   zaryadlangan   zarrachalar   oqimi,
deb   faraz   qildi.   1891   yilda   olim   bu   zarrachalarni   elektronlar,   deb   atadi.   Bu
ko’rinmas zarrachalar haqidagi ilmiy farazni faktga aylantirish uchun eksperiment
o’tkazishga to’g’ri keldi. 
Djon   Tomson   1897   yilda   katod,   anod,   elektrod   va   ekrandan   iborat   bo’lgan
pribor   yasab   eksperiment   o’tkazadi   va   elektronni   kashf   qildi.   Lyuminissentli
ekranda paydo bo’lgan dog’lar, ularning harakatini o’rganib, olim elektron zaryadi
va   nisbiy   massasini   aniqladi.   Shunday   qilib,   eksperiment   orqali   tadqiqotchilar
ko’rinmas   mikroobyektalar   olamiga   kirishdi,   eksperimental   uskunalarni
murakkablashtirib,   bu   olamni   o’zlashtirish,   uni   inson   maqsadiga   bo’ysundirishga
olib keladigan atom va elektron texnologiyalar yaratish davrini ochib berdilar. 
Endi   «eksperiment»   tushunchasini   talqiniga   o’tamiz.   Eksperiment   lot.
«yexperimentum»   so’zidan   olingan   bo’lib,   «sinov»,   «tajriba»   ma’nolarini
anglatadi.   Tajriba   voqyelikni   empirik   bilish   turi   bo’lib,   unda   bilish,   tadqiqot
amaliyoti va tadqiqotchining mohirligi birlashadi. 
Eksperimental   ilmiy   yo’nalish   vujudga   kelgandan   keyin   «eksperiment»
tushunchasi yangi ma’noga ega bo’ldi. Ya’ni, eksperimentni shunchaki sinov yoki
tajriba (tadqiqot amaliyoti) emas, balki obyekt sun’iy sharoitga qo’yilib, unga turli
ta’sir   ko’rsatishdan   kelib   chiqadigan   oqibatlarni   o’rganish   usuli   sifatida   talqin
qilina boshlandi.  Eksperiment   eng   faol   empirik   bilish   usulini   tashkil   qiladi.   Bu   usulni
qo’llashda   obyekt   sun’iy   yaratilgan   sharoitga   quyiladi,   nazorat   rejimida(ostida)
bo’lgan   ta’sirlar   o’tkaziladi,   sodir   bo’lgan   o’zgarishlarni   o’rganish   jarayonida
uning tadqiqotgacha ma’lum bo’lmagan xossalari ochiladi, aniqlanadi. 
Shunday   qilib,   eksperiment   –   bu   obyektni   sun’iy   sharoitga   quyib,   nazorat
qilinadigan   ta’sirlar   o’tkazilgandan   keyin   sodir   bo’lgan   o’zgarish   larni   o’rganish,
yangi   xossala   va   qonuniyatlarni   ochish,   olg’a   surilgan   ilmiy   faraz   yoki   nazariy
xulosani tasdiqlash usulidir. 
Eksperimentda   tadqiqotchini   obyekt   bilan   bog’laydigan,   yangi   hodisani
ochishga   olib   keladigan   asosiy   tomon   asbob   (   pribor),   texnologik   uskuna   va
tizimlardir   (masalan,   kollayder).   Bu   usul   ilmiy   tadqiqot   samaradorligini   keskin
ko’tarishga,   foydalanish   maqsadida   oldindan   belgilangan   xossalarni   qo’lga
kiritishga,   tadqiqot   obyektiga   har   tomonlama   ta’sir   ko’rsatish   qurollari   va
texnologiyalarini yaratishga olib keldi. 
Eksperimentga xos bo’lgan asosiy xislatlar quyidagilardan iborat: 1) ikkinchi
darajali   yoki   halaqit   beradigan   omillarni   sun’iy   yo’l   bilan   bartaraf   qilib,   xodisani
«sof»   holda   o’rganish;   2)   obyektni   sun’iy   tarzda   yaratilgan   eksperemal   (eng   past
yoki eng yuqori  darajadagi ko’rsatkichga ega bo’lgan)  sharoitga quyib tekshirish;
3)   izlanayotgan   natijaga   erishish   uchun   obyektga   ko’rsatiladigan   ta’sirni   reja
asosida   o’zgartirish;   4)   eksperimental   jarayonni   qat’iy   belgilangan   va
qaytariladigan sharoitda ko’p marta takrorlash.Eksperimentning manna shu xislati
mikro-,makrova   mega   olamlarga   kirish,ularni   har   tomonlama   o’rganish
imkoniyatini beradi. 
Eksperiment   tasnifi.       Fan   tarmoqlari,   tarkibi,   namoyon   bo’lishi   va
funksiyalariga qarab eksperiment bir qator turlarga bo’linadi: 
- tarmoqlar bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik, psixologik, ijtimoiy va
hokazo eksperimentlar; 
- sharoitni tashkil qilish bo’yicha: tabiiy, sun’iy eksperimentlar;  - tadqiqot   maqsadiga   qarab:   o’zgartiruvchi,   aniqlashtiruvchi,   nazorat,
hal qiluvchi, xulosa yoki farazni to’g’riligini tekshiruvchi eksperimentlar; 
- obyekt va tadqiqot tarkibiga qarab: sodda, murakkab eksperimentlar; 
- obyektga   ko’rsatilayotgan   ta’sirni   xususiyatiga   qarab:   moddiy,
energetik va axborotli (axborotni aylanishini tekshiruvchi )eksperimentlar; 
- o’rganilayotgan   modellar   turi   bo’yicha:   moddiy,   mushohadali   va
kompyuterli modellashtirilgan eksperimentlar; 
- obyektga   ko’rsatilayotgan   ta’sirlar   miqyosi   bo’yicha:   bir   yoki   ko’p
faktorli eksperimentlar; 
- obyektni   xususiyatiga   qarab:   matematik,   texnologik,   sosiometrik
eksperimentlar; 
Qayd   etilgan   turlar   barcha   tipdagi   eksperimentlarni   qamrab   olmaydi.   Fan
paradigmasi   yoki   muammolarini   o’zgarishi,   yangi   tadqiqot   obyektlarini   ochilishi
bois   yangi   tipdagi   eksperimentlar   ishlab   chiqilishi   mumkin.   Xususan,   tabiat,
jamiyat   va   inson   faoliyatida   namoyon   bo’ladigan   oraliq   holat,   obyekt   va
strukturalarni   tadqiq   qilishda   vr-   eksperiment,   ya’ni   virtual   eksperiment   amalga
oshirilmoqda.   Bunday   eksperimentning   ilmiy   ahamiyati   va   istiqbolini
o’rganish,samaradorligini   belgilash   hozirgi   kunning   dolzarb   metodologik
muammosi bo’lib turibdi. 
b) eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish;   XX asrni o’rtalarida 
ayrim   fan   tarmoqlarida   mehnat   taqsimoti   yuz   berib,   tadqiqotchilar   2   guruhga,
nazariyotchilar va eksperimentatorlarga bo’linib ketdi. 
Yirik   ilmiy   markazlarda   bitta   nazariyotchiga   20   dan   30   gacha
eksperimentatorlar   to’g’ri   keladi.   Shu   bois,   eksperimentatorlar   jamoasining
samarali   faoliyati   ko’p   jihatdan   ilmiy   tadqiqot   natijasi   va   sifatini   belgilaydi.
Bunday   sharoitda   eksperimentni   o’tkazish   rejasini   ishlab   chiqish   muhim
ahamiyatni   kasb   etadi.   Rejada   asosan   quyidagi   ishlar   belgilanadi:   -   eksperiment
maqsadi va vazifalari;  - eksperimentni asoslanishi va parametrlari; 
- obyektga o’tkaziladigan ta’sirlar turi va ketma-ketligi; 
- o’tkaziladigan eksperimentni tavsifi; 
- eksperiment   natijalarini   tahlil   qilish   metodikasi   va   qayta   ishlash
yo’llarini asoslab berish. 
Tasdiqlangan   rejani   bajarishga   kirishishdan   oldin   bir   qator   tayyorgarlik
ishlarini amalga oshirish kerak: 
- tekshirish   kerak   bo’lgan   gipoteza   yoki   nazariy   g’oyani
eksperimentga   mutanosibligini   ko’rib   chiqish,   miqdoriy   qiymat   va
ko’rsatkichlarni aniqlash; 
- eksperiment dasturi va metodikasini ishlab chiqish; 
- obyektga   ko’rsatiladigan   ta’sirning   usuli,   vositalari   va   choralarini
belgilab olish; 
- eksperiment uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tayyorlab qo’yish;
- eksperiment   jarayoni   va   natijalarini   qayd   qiladigan   vositalar   bilan
ta’minlash; 
- eksperiment o’tkazadigan xodimlar faoliyatini belgilab quyish. 
Eksperiment   makoni   stasionar,   shartli   stasionar   (ko’chma   laboratoriya),
harakatchan   (stansport   vositasi   bilan   ko’chiriladigan   laboratoriya)   bo’lishi
mumkin. 
Eksperimentator   laboratoriyada   eng   mas’uliyatli   ishni   bajaradi,   shu   bois,
uning   faoliyatidagi   aniqlik,   sinchkovlik,   eksperimentni   o’tkazishda   puxtalik   bilan
ishlashi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. 
Barcha   analizlar   va   kuzatish   natijalari   maksimal   aniqlik   bilan   maxsus
jurnalda   qayd   qilinadi.   Agar   bir   statistik   qatordagi   qiymatlar   qo’shni   qatordagi
raqamlardan   farq   qiladigan   bo’lsa,   eksperimentator   bari   bir   ularni   xatosiz   qanday
holatda   sodir   bo’lganini   ko’rsatib   yozishi   lozim.   Bu   yo’l   qo’yilgan   chetlanish
(og’ish)   sababini,   birlamchi   baholashning   miqdoriy   me’yorini   qaytadan   aniqlash
imkoniyatini beradi.  Eksperiment   samaradorligini   oshirishadigan   texnik   vositalardan   biri
monitoringdir.   Monitoring   (lot.   monitor-eslatadigan,   nazorat   qiladigan)
videonazorat  yoki  displeydan iborat  texnik tuzilma bo’lib,   eksperimentni  qanday
o’tayotganligini   kuzatish   imkoniyatini   beradigan   vositadir.   Monitoring   obyektda
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni, unga ko’rsatilayotgan ta’sir natijasini qayd qilish,
nazorat ostiga olish uchun zarur bo’lgan ma’lumotni beradi.  
Alohida   ahamiyatni   kasb   etadigan   narsa   eksperiment   metodikasidir.   Unda
eksperiment maqsadi, bajariladigan amallar, natijalar tartiblash va umumlashtirish
vositalari   belgilanadi.   Shu   bilan   birga,   metodikada   eksperimentni   o’tkazish
jarayonini   tavsifi   beriladi,   eksperimentni   amalga   oshirishda   qo’llaniladigan
vositalar,   operasiyalar   izchilligi,   o’lchashni   me’yoriy   birliklari   va   matematik
apparati aniqlanadi. 
v) eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash;   Rejada belgilangan 
tayyorgarlik   va   ta’minot   ishlari   bajarilgandan   keyin   eksperiment   o’tkaziladi.
Eksperimentni   turi,   o’tkazish   usuli,   strukturasi   va   davom   etish   vaqti   quyilgan
maqsad, rejada qayd etilgan ssenariy bilan belgilanadi.  
Agarda hal etuvchi eksperiment o’tkaziladigan bo’lsa, unda oldindan ishlab
chiqilgan   g’oya   yoki   gipoteza   uzil   kesil   isbotlanadi   yoki,   aksincha,
tasdiqlanmasligi mumkin. 
Yana   bir   turdagi   eksperimentda   noma’lum   bo’lgan   xossa,   doimiylik
(konstanta), qiymat  aniqlanadi. Bunday natijani  har tomonlama tahlil  qilish fanda
yangilikni kashf qilishga olib keladi. 
Eksperimentdan   olingan   ma’lumotlar   o’qish   uchun  qulay   bo’lgan   yozuv   va
sxema   shakllariga   –   tavsif,   jadval,   grafik,   formulalar   ko’rinishiga   keltiriladi.   Bu
olingan natijani oldingi empirik ma’lumotlar bilan aniqroq taqqoslash va baholash
imkoniyatini beradi. 
Eksperiment   o’z   nihoyasiga   yetgandan   keyin,   qo’lga   kiritilgan   natijalarni
tekshirish va qayta ishlash zaruriyati tug’iladi.   Eksperimentdan   olingan   ma’lumotlarni   qayta   ishlash   barcha   raqamlarni,
monitoring   natijalarini   tartiblashtirishdan   iborat   bo’lgan   amalni   bildiradi.   Jami
o’zgaruvchan   miqdorlar   fizik   o’lchamlarning   yagona   birliklari   tizimiga   mos
ravishda baholanishi lozim. 
Eksperimentning   miqdoriy   ko’rsatkichlarini   qayta   ishlashda   3   ta   statistik
me’yoriy   talabga   rioya   qilish   kerak:   1)   qiymatlarni   baholash   aniqligi   (matematik
tahlil   yoki   umumlashmalarni   izlanilayotgan   parametrdan   chetlanishi   minimal
bo’limi);   2)   baholashlarni   asoslanganligi;   3)   baholashni   og’ishmasligi   (ya’ni,
parametrlar hisoblanganda me’yordan ortiq xatoga yo’l qo’ymaslik) qoidalari. 
Eksperiment   natijalarini   tekshirish   matematik   o’lchash   nazariyasi   asosida
amalga oshiriladi. 
Eksperiment qanchalik puxta va aniq o’tkazilmasin ba’ri-bir ma’lum nuqson
yoki xatolik paydo bo’ladi, xatoliklarning miqdoriy ko’rsatkichlari: 
A) eksperiment qilinayotgan obyektning tarkibi; 
B) obyekt unsurlarini o’zgarishi tezligi, uning parametrlari; 
V) ta’sir ko’rsatayotgan omil yoki kuchning qiymati; 
D) jalb etilgan texnik asboblarning takomil darajasi bilan belgilanadi. 
Xatoliklarni baholash, ularning qiymatini chiqarish tasodif xatolar nazariyasi
asosida yaratilgan matematik hisoblash metodikasi yordamida amalga oshiriladi. 
Xususan,   zarur   bo’lgan   o’lchashlarni   minimal   miqdori,   o’tkazilgan   o’lchashlarni
aniqligi va ishonchli bo’lishi baholanadi, natijalarning miqdoriy jadvalida berilgan
raqamlar   qatori   korrektirovka   (to’g’rilash)   qilinadi.   Shundan   keyin   eksperimental
ma’lumot   statistik   qayta   ishlashda   o’tkaziladi,   tasodif   holatdan   yoki
eksperimentning   nomukammal   o’lchash   matodikasidan   kelib   chiqqan   xatolar
aniqlanadi,   ayrimlar   olib   tashlanadi,   olingan   qiymatlar   tartiblashtiriladi,   tahlil
qilinadi. 
Korrektirovka,   miqdoriy   va   statistik   qiymatlarni   aniqlash   amalga
oshirilgandan keyin navbatdagi bosqich natijalarini taqqoslash va qayta ishlashdan iborat   bo’ladi.   Agar   taqqoslash   va   tahlil   qilish   natijasida   keyingi   umumlashtirish
uchun material   tayyorlansa,   unda yangi   xodisani   ochish,  qayd  qilish  imkoniyatini
beradigan   ma’lumot   hosil   bo’ladi.   Oqibatda   tushuntirish   va   anglash   uchun   yangi
ilmiy   fakt   paydo   bo’ladi,   yangi   hodisa   va   qonuniyatni   ochishga   xizmat   qiladigan
empirik zamin tayyorlanadi. 
Shu tarzda fanda ilmiy kashfiyot qilinadi. 
5.Umumilmiy eksperimentlar. 
5.1.   Xayoliy   eksperiment;   Ilmiy   bilish   usullari   masalasini   ko’rib
chiqqanimizda alohida umumilmiy bilish usullari guruhi mavjudligini qayd qilgan
edik.   Bu   usullar   tabiat   va   jamiyatda   keng   tarqalgan   xossalar   va   qonuniyatlarni
o’rganishda   samarali   natija   berishi   bois   fanning   deyarli   barcha   soha   va
tarmoqlarida   tatbiq   qilinadi.   Analiz   va   sintez,   formallashtirish,   analogiya,   tizimli
yondashuv va boshqalar shular jumlasiga kiradi. 
Umumilmiy   usullar   qatorida   xayoliy   eksperiment   o’ziga   xos   ijodiy
imkoniyatga ega bo’lgan usul hisoblanadi. 
Xayoliy   eksperimentda   obyekt   sifatida   uning   aqliy   analogi   (o’xshashi)
bo’lgan obrazli model tuziladi, shundan keyin bu model tasavvur qilish kuchi bilan
turli sharoitga qo’yiladi, tahlil qilinadi. 
Masalalan, tadqiqotchi uch o’lchovli golografik obrazni tasavvur qilib, uning
topologik ko’rinishini model sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda xayoliy model –
«obyekt»   paydo   bo’ladi.   tadqiqotchi   ongida   hosil   bo’lgan   modelga   fikran   ta’sir
ko’rsatib,   undagi   mumkin   bo’lgan   o’zgarishlarni   qayd   qiladi,   ularni   tahlil   qiladi.
Bu borada tadqiqotchi nazariy bilimidan foydalanib, turli birliklar, doimiyliklar va
postulatlarga   asoslanib   tasavvuridagi   modelning   miqdoriy   qiymati   va   o’zgargan
xossalarini aniqlaydi, uni har tomonlama o’rganadi. 
Demak, xayoliy  eksperimentning asosiy quroli – izlanish obyektining ongda
tuzilgan   modeli   bo’lib,   tadqiqotchi   o’zini   tasavvurida   uni   turli   sharoitga   qo’yadi,
ta’sirlar   o’tkazadi,   bo’lishi   mumkin   oqibatlarni   mantiqiy   tahlil   vositasida   ko’rib chiqib xulosaga keladi, xatto bashoratomuz g’oyani olg’a surish imkoniyatiga ega
bo’ladi. 
O’tgan   asrni   boshida   N.Bor   noklassik   fizikada   endi   shakllanayotgan
atomning   planetar   modeli   ustida   xayoliy   eksperiment   o’tkazib,   yadro   atrofida
aylanayotgan   elektronning   bir   qator   xossa   va   holatlarini   tasavvur   qildi,   qo’lga
kiritilgan   faktlarga   asoslanib   uchta   gipotetik   postulatni   (qoidani)   olg’a   surdi:   1)
atomda   tashqi   ta’sir   bo’lmaganda   stasionar   (o’zgarmas)   holat   mavjud;   2)   atom
stasionar holatda bo’lganda aylanayotgan elektronning impulsi diskret (uzuq-uzuq)
qiymatga   ega;   3)   elektron   bir   stasionar   orbitadan   ikkinchisiga   o’tganda   bir   kvant
energiyani chiqaradi yoki yutadi. Keyinchalik Borning bu g’oyalari o’tkazilgan bir
qator real fizik eksperimentlarda to’la tasdiqlandi. 
Xayoliy   eksperiment   tadqiqotchining   aqliy   faoliyatini   bir   ko’rinishi   bo’lib,
unda   tasavvurni   kuchi   bilan   real   eksperiment   strukturasi   ongda   qayta   tiklanadi,
obyektning haqiqiy yoki mumkin (ehtimolli) bo’lgan xislatlari aniqlanadi.  
Xayoliy   eksperiment   strukturasiga:   1)   tadqiqot   obyektining   tasavvurda
yaratilgan aqliy (ideal) modeli; 2) eksperimentning mavhumlashtirilgan sharoiti va
modelga   o’tkaziladigan   (xayolda)   ta’sirlar;   3)   obyektga   ko’rsatiladigan   ta’sirlarni
ongli va reja asosida o’zgartirish; 4) xayoliy eksperiment jarayonida fan qonunlari,
tamoyillari, fundamental birliklaridan aniq foydalanish kiradi. 
Shunday   vaziyat   ham   bo’ladiki,   tadqiqotchi   real   eksperimentni   o’tkazishga
to’sqinlik   qiladigan   tashqi   tabiiy   muhit   va   ta’sirlar   borligini   inobatga   olishga
majburdir.   Muammoni   bu   tamonini   hisobga   olsak   xayoliy   eksperiment   ma’lum
ustunlikka ega. Bunday eksperimentda chegara qo’yadigan va to’sqinlik qiladigan
tabiiy omillar fikrda inobatga olinmaydi, tasavvur qilish yo’li bilan tajribani ongda
mavhum model va jarayonlar shaklida amalga oshirish mumkin. 
Xayoliy va real eksperiment o’rtasida o’xshashlik mavjud, ya’ni har qanday
real   eksperimentni   amalga   oshirishdan   oldin   uni   tadqiqotchi   o’z     ongida
rejalashtiradi,   o’tkazish   jarayonini   bosqichlarga   bo’lib   tasavvur   qiladi.   Shu   bois, ko’p   hollarda   tadqiqotchi   real   eksperimentni   ideal   rejasi   sifatida   xayoliy
eksperimentni   ongida   o’tkazadi,   sodir   bo’lishi   mumkin   jarayonlarni   tasavvur
qiladi, natijasini ma’lum ehtimollik bilan ko’z oldiga keltiradi. 
Xayoliy   eksperiment   qayd   etilgan   ustunlikka   ega   bo’lgani   bois,   real
eksperimentga   qaraganda   tatbiq   qilinishi   sohasi   ancha   kengdir.   Ayniqsa   real
tajribani   o’tkazishni   iloji   bo’lmagan   vaziyatda   tadqiqotchilar   xayoliy
eksperimentga tez-tez murojaat qiladilar. 
Yana   fan   tarixiga   nazar   tashlaymiz.   Galiley   xayoliy   eksperiment   o’tkazib
jismlar holatida inersiyani mavjudligi haqida xulosaga keldi. Olimning kashfiyoti 
Aristotelning harakatdagi jismni itarayotgan kuch yo’qolsa u to’xtab qoladi, degan
fikri   umumiy   qonuniyatni   bildirmasligini   asoslab   berdi.   Galileyning   kashfiyoti
haqida A.Eynshteyn shunday deydi: «Biz ko’rdik – ki, inersiya qonunini bevosita
eksperimentda   namoyish   qilib   bo’lmaydi,   uni   faqat   kuzatish   bilan   bog’langan
mushohadali   tafakkurdan   keltirib   chiqarish   mumkin.   Bu   masalada   real
eksperimentni   o’tkazishni   iloji   yo’q».   Haqiqatan   ham   hyech   qanday   real
eksperimentda   inersiya   qonunini   kuzatib   bo’lmaydi,   biron   –   bir   asbobda   qayd
qilishni iloji ham yo’q. 
Xayoliy   eksperiment   real   eksperimentni   o’rnini   egallashi   borasida   bilish
chegarasini   kengaytiradi,   tasavvur   qilishni   kuchi   bilan   real   eksperiment   oldida
turgan to’siqlarni «bartaraf» etib, kashfiyotga olib boradigan g’oyani olg’a surish,
xulosa qilish imkoniyatini beradi.  
5.2.Matematik eksperiment            
Matematik   eksperiment   xayoliy   eksperimentga   o’xshash   moddiy
eksperimentga qaraganda bir qator afzalliklarga ega.  
Moddiy   eksperimentni   o’tkazish   uchun   ko’p   vaqt,   vositalar,   turli   ta’minot
zarur.   Bundan   tashqari   yana   bir   muammo   mavjud.   Agar   ishlab   chiqilgan   uskuna
o’rganilayotgan xodisa, uning xossalari haqida yetarli ma’lumot bera olmasa, unda
boshqa   yangisini   qurishga   to’g’ri   keladi.   To’g’ri,   fiziklarda   salbiy   natija   ham baribir   natija,   degan   naql   mavjud.   Ya’ni,   eksperiment   o’tkazishda   sodir   bo’lgan
muvafaqiyatsizlik   tadqiqotchini   qayerda   xatoga   yo’l   qo’yilganligini   izlashga
majbur  qiladi.  Matematik   eksperiment  arzon,  qisqa   vaqt   ichida  amalga  oshiriladi,
modelni   boshqarilishi   esa   yengil,ya’ni,matematik   operasiya   orqali   amalga
oshiriladi.  
Matematik   eksperiment   asosini   o’rganilayotgan   obyektning   matematik
modelini   tuzish   tashkil   qiladi.   Bu   model   matematik   struktura   ko’rinishiga   ega   ,
obyektning o’rganish uchun zarur bo’lgan tomonini ifodalaydi.  
Eksperimentda   matematik   struktura   va   uning   parametrlariga   fizik   yoki
obyektning tabiatiga  mos  keladigan  ma’no  beriladi,  shu  ma’nodan kelib   chiqqan
holda olingan natija tushuntiriladi.  
Tenglamalar   tizimidan   tashkil   topgan   model   kuzatsa   bo’ladigan   topologik,
grafik ko’rgazma shaklga keltirilgan bo’lishi mumkin. 
Matematik eksperimentning texnologik bosqichlari quyidagilardan iborat: 1.
Obyektning   matematik   modeli   tuziladi,   ko’rib   chiqilishi   kerak   bo’lgan   tomonlar,
masalalar   ahamiyatiga   qarab   birinchi   va   ikkinchi   darajaga   bo’linadi,   modeldan
foydalanish   sharti   va   chegarasi   aniqlanadi.   Model   differensial   yoki
integrodifferensial tenglamalardan iborat matematik formulalar asosida tuziladi. 2.
Eksperiment   oldiga   qo’yilgan   vazifa   matematik   masalaga   aylantiriladi.   Masala
algebraik   formulalar   majmuasi   bo’lib,   unda   xisob   va   yechimni   topish   shartlari
ifodalanadi.   Ko’p   xollarda   masala   algoritm   shakliga   keltiriladi.   Bunda
eksperimental   masala   turli   sinov   rejimidan   o’tayotgan   modelning   optimal
parametrik qiymatini topishdan iborat bo’ldi. 
3. Kompyuterdan   foydalanish   maqsadida   eksperimentga   oid   masalani
yechish algoritmi va dasturi ishlab chiqiladi. 
4. Matematik   amallarni   bajarilishi   davomida   natija   raqamli   axborot
shaklida paydo bo’ladi, ularning mazmuni aniqlanadi. Axborotni aniqligi modelni asosini   tashkil   qilgan   tenglamalar   va   algoritmlarni   naqadar   ishonchli   bo’lishi
bilan belgilanadi. 
5. Matematik   model   ustida   olib   borilgan   xisoblar   natijasi   qayta   ishlab
chiqiladi,   olingan   qiymatlar   va   raqamlar   bo’yicha   xulosa   chiqarish   amalga
oshiriladi. 
Fizikada   matematik   eksperiment   usuli   bilan   termoyadroli   sintez   jarayoni
o’rganildi.   Bunda   deytriy   va   tritiyni   sharik   shaklida   ifodalaydigan   sonlar   va
tenglamalar   tizimidan   iborat   model   ishlab   chiqildi.   Modelga   tenglamalarda
ifodalangan   «lazer   nuri»   yuborildi.   Ma’lum   algoritmlar   asosida   bajarilgan
matematik   operasiyalarni   ko’rsatishicha   modeldagi   markazni   qisilishi   haroratni
katta   darajaga   ko’tarilishishga   olib   keldi.   Natijada   parametrik   qiymatlar   keskin
o’zgardi,   termoyadroli   reaksiyani   ifodalaydigan   miqdoriy   o’zgarishlar   xosil
bo’layotgani ayon bo’ldi. 
5.3. Kompyuterli eksperiment 
Ilmiy   tadqiqotda   kompyuter   texnologiyasidan   foydalanish   yangi
imkoniyatlarni   ochib   beradi.   Bu   texnologiya   o’zida   matematik   va   xayoliy
eksperiment,   modellashtirish   va   analogiya   usullarida   mavjud   bo’lgan   afzallik   va
ustun tomonlarini birlashtiradi. 
Kompyuter   texnologiyasida   eksperiment   qo’yish   uchun   zarur   bo’lgan
mexanizm   va   vositalar   mavjud.   Bulardan   eng   muhimi   kompyuter   dasturida
mujassamlalangan sun’iy aqldir. 
Inson   aqli   bajaradigan   amallar   va   funksiyalarni   (xisoblash,   obrazlarni
tanish, boshqarish, tahlil qilish, umumlashtirish, baholash va boshqalar) kompyuter
tomonidan   bajarilishi   sun’iy   aqlni   namoyon   bo’lishidir.   Sun’iy   aql   faoliyatini
yuzaga   keltiradigan   struktura   kompyuter   dasturidir.   Kompyuterli   grafikani   ixtiro
qilinishi,   uni   fan   va   amaliyotning   turli   sohalarida   keng   tatbiq   etilishi   sun’iy   aql
texnologiyasini takomillashtirish ishida tub burilish yasadi.  Sun’iy   aql     (inson   aqlini   modeli,   analogi   sifatida)ikkilamchi   xislatga   ega
bo’lsada,   ko’p   jarayonli,   beqiyos   parametrli   va   o’ta   murakkab   obyektlarni
o’rganishda bugungi kunda tengi yo’q vosita hisoblanadi. 
Hozirgi   yaratilayotgan   kompyuterni   beshinchi   avlodi   bir   daqiqada   bir   va
undan ko’p milliard holat yoki variantlarni qayd qilishi mumkin. Uzaro bog’langan
prosessorlar   ansamblidan   tashkil   topgan   bunday   texnologiya   kampyuterli   grafika
yordamida   har   qanday   murakkab   obyektni   xossasi,   harakati   va   o’zgarishini
modellashtirish qobiliyatiga egadir. 
Kompyuterli   eksperimentda   asosiy   qurol-dastur   va   ekspertli   baholash
tizimidir.   Oxirgisi   ham   dasturni   maxsus   turini   tashkil   qiladi.   O’zaro   bog’langan
prosessorlar   tizimiga   o’xshash,   eksperimentni   o’tkazishda   turli   operasiyalarni
bajarishga muvofiqlashtirilgan dasturlar turini tuzib, undan foydalanish mumkin. 
Dastur   ko’rsatma,   algoritm,   freym   va   slotlardan   iborat   bo’lgan   tizimdir.
Freym   dasturga   kiritilgan,   obyektning   biron-bir   xossasi   yoki   belgisini
ifodalaydigan atama va hukm blokidir. 
Xar   bir   freym   obyektni   belgisi   haqida   axborot   beradigan   slotdan   tashkil
topgan.   Slot   freym   unsuri   bo’lib,   ayni   paytda   quyi   darajaga   nisbatan   mikrofreym
rolini   o’ynaydi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   har   bir   slotda   boshqa   bir   freymni
ko’rsatkichi   mavjud.   Demak,   freymlar   va   slotlar   kombinasiyasini   (o’zaro   uyg’un
birikmasini)   tuzish   orqali   har   qanday   obyektning   modelini   yaratsa   bo’ladi.
Ko’rgazma   vosita   sifatida   daraxt   obrazidan   foydalanish   mumkin.   Daraxt
ildiziaxborot banki (manbai), tanasi – dastur, undagi algoritm, shoxlari – freymlar,
barglari   –   slotlardan   iborat.   Bu   sxema   xolos,   chunki   aytganimizdek,   har   bir   slot
freym ko’rsatkichiga ham ega. 
Freymlar   tarkibiga   oldingi   tajribalarda   maymunlar   bilan   o’tkazilgan
eksperimental sinov natijalari ham kiritiladi. 
Tuzilgan   animasion   modelga   axborot   buyruq   shaklini   olgan   vazifa   (ta’sir)
sifatida   beriladi.   Natijada,   maymunlar   guruhini   tasvirlagan   model   muammoli vaziyatga   duch   keladi.   Vaziyat   model   uchun   noma’lum   holat,   model   vaziyatdan
chiqish uchun eng optimal harakat variantini tanlashga urinadi.  
Ijobiy natija bergan yechim tahlil uchun ekspert tiimiga topshiriladi va ballar
qiymatida primatlar faoliyatini intellektual darajasi baholanadi. 
Organik kimyo sohasida birikmalarning molekulyar strukturasini aniqlashga
qaratilgan   dasturlar   ishlab   chiqildi.   AQSh   olimlari   Feygenbaum   va   Lederberg
DENDRAL deb atalgan ekspert tizimini yaratganlaridan keyin, noma’lum organik
birikma   xossalarini   belgilashga   yordam   beradigan   kompyuterli   eksperiment
o’tkazish imkoniyati vujudga keldi. 
Hozirgi   vaqtda   bioximiya   va   genetikada   ishlab   chiqilgan   kompyuterli   –
virtual   eksperimentlar,   ayniqsa   ulardagi   jarayonlarni   tasvirlaydigan   animasion
modellardan ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o’rganish va namoyish qilish
vositasi sifatida foydalanilmoqda. 
 
Xulosa
- Usul-bu   amaliy   yoki   nazariy   natijaga   erishish   maqsadida   tatbiq
qilinadigan   qoida,   ko’rsatma   va   tamoyillar   tizimidir.   Usul   biron   –   bir
faoliyatni   amalga   oshirish   quroli   sifatida   oldin   jismoniy   mehnat,
keyinchalik aqliy faoliyat sohasida keng tatbiq qilingan. 
- Usul   izlanish   samaradorligini   ta’minlaydigan   tizimli   qurol   bo’lib,
ilmiy tadqiqotda belgilangan muammolarni hal qilishni muhim shartidir.  
- Tadqiqot   va   usul   o’rtasida   uzviy   bog’lanish   mavjud.   Yangi   ishlab
chiqilgan   g’oyalar   va   tushunchalar   keyingi   tadqiqotlarda   uslubiy   qoida,
tamoyil sifatida foydalaniladi. 
- Usulga doir mulohazalar metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.
- Fan   yoki   mavjud   nazariyada   tub   o’zgarish   sodir   bo’lganda,   tatbiq
qilinayotgan   usullar   qayta   ko’rib   chiqiladi,   yangi   tadqiqot   obyektiga   mos
izlanish usuli ishlab chiqiladi. Bu ish metodologik faoliyat doirasiga kiradi.  - Metodologiya   usul,   uning   mohiyati   va   funksiyalari,   usullarning
ijodiy   xislatlari   haqidagi   ta’limot   bo’lib,   doimo   tadqiqotchining   diqqat
markazida turadi. 
- Tadqiqot   usullari   tasnifini   bir   qancha   asos     yoki   belgi   bo’yicha
amalga oshirish mumkin:  
- yo’nalishlar bo’yicha, matematik, fizik, biologik va usullar; 
- soha va darajalar bo’yicha: tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-gumanitar 
tadqiqotlar usuli; 
          -   tatbiq   qilinish   miqyosi   bo’yicha   :   eng   umumiy,   umumilliy,   maxsus   ilmiy
usullar.   Tadqiqot   obyektlarida   mavjud   bo’lgan   qonuniyatlar,   bog’lanishlar,
me’yoriy qiymatlar o’zgaruvchan yoki barqaror xossalar, belgilar va holatlar orqali
namoyon bo’ladi. Harakat, o’zgarish va funksional  bog’lanishlarni  boshqaradigan
qonuniyatlar   xossasalar,   belgilar   va   hodisalar   ortida   «yashiringan»   bo’ladi.   Shu
xossasalar,   belgilar,   hodisalar   empirik   bilish   obyekti   bo’lib,   ularni   o’rganish
natijasida   «yashiringan»   mohiyatli   xossalar   va   qonuniyatlar   kashf   etiladi,
tushuntiriladi. 
-   Empirik   tadqiqot   usuli   obyekt   xususida   ma’lumot   va   faktlarni   olish,   ularni
birlamchi   qayta   ishlash   vositasidir.   Empirik   ma’lumotlar   va   faktlar   keyinchalik
nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi. 
-   Nazariy   tadqiqot   doirasiga   kirgan   ma’lumotlar   va   faktlarni   tushuntirish   kashf
etishga,   qonun   yoki   tamoyilni   ishlab   chiqishga,   texnologik   ixtiro   qilishga   olib
keladi. 
-     Empirik   tadqiqotda   kuzatish   va   o’lchash   natijalari   taqqoslash   va   tavsiflash
usullari yordamida qayta ishlanadi. 
-   Taqqoslashda   obyektlardagi   o’xshashlik,   umumiylik,   moslik,   aynanlik,   farq,
xususiylik,   individuallik   (betakror   xislat)   kabi   birlashtiruvchi   yoki   farqlanadigan
belgilar, xossalar aniqlanadi.  -   Tavsiflash   usulidan   foydalanishda   obyektning   belgilari   va   xossasalariga   doir
axborot va faktlarni birlamchi empirik qayta ishlash jarayonida u haqida to’liq yoki
to’liqsiz tasavvur (obraz, model) hosil bo’ladi. 
-   Eksperimental   vosita   va   asboblardan   foydalanish   tadqiqotchilarga   bevosita
kuzatib bo’lmaydigan obyektlar olamiga kirish imkoniyatini beradi. 
-   Eksperimentni   o’tkazishni   bir   qator   xislatlari   mavjud:   1)   obyektni   sun’iy
sharoitga qo’yish; 2) obyektga turli xil ta’sir ko’rsatish orqali uning xossalarini sof
holda yuzaga chiqarish, ularni kuzatish; 3) obyektni eksperemal (eng yuqori va eng
past   daraja)   holatga   quyib   o’rganish;   4)   eksperimentni   belgilangan   va
qaytariladigan sharoitda ko’p marta takrorlash mumkin. 
-  Real  eksperimentni   o’tkazishni  iloji   bo’lmaganda,  tadqiqotchilar  xayoliy  (aqliy)
eksperimentga murojaat qiladilar, uning afzalliklaridan foydalanadilar. 
- Xayoliy eksperimentda  tasavvur  qilish  kuchi  bilan  ongda obyektni  modeli  hosil
qilinadi, model turli sharoitga qo’yiladi, fikran unga ta’sir ko’rsatiladi. 
- Matematik  eksperiment  asosini  o’rganilayotgan obyektning matematik modelini
tuzish tashkil qiladi. Eksperimentda model parametrlari va qiymatlariga fizik yoki
boshqa turdagi ma’no beriladi, u xilma-xil sun’iy sharoitga quyiladi. 
-Kompyuterli   eksperimentni   asosi-   bu   dasturda   ifodalangan,   aniqrog’i   unda
mujassamlangan   sun’iy   aqldir.   Dastur   (sun’iy   aql)   ko’rsatma,   algoritm,   freym   va
slotlardan iborat bo’lgan tizimdir.  Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2019 
2. Karimov I.A. Yuqori malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. T.: 1995. 
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. - Toshkent: ―O’zbekiston, 2017.-491 b. 
2. Alemasov V., Mamadaliyev Sh.O. «Ilmiy tadqiqot: metodologiya, metodika,
ijodiyot»   kursidan   katta   ilmiy   xodimlar-izlanuvchilar   va   mustaqil   izlanuvchilar
uchun o’quv  qo’llanma.  –  T.:  O’zbekiston  Respublikasi  IIV  Akademiyasi, 2015.
– 102 b.  
5.   Davronov  Z.,  M.Primov “Ilmiy  tadqiqot   metodologiyasi”  fanidan  O’quv-uslubiy
majmua. – Toshkent: Moliya instituti. – 2014 y.
6.   Koxanovsiy   V.P.   Filosofiya   i   metodologiya   nauki.   –   Rostov   na   Donu.:   Feniks,
1999.  – S 576.
7. Новиков А.М. Как работать над диссертацией / Пособие для аспирантов и
соискателей. – М.: Эгвес, 1-е изд. 1994, 2-е изд. 1997, 3-е изд. 1999.
8.   Новиков   А.М.,   Новиков   Д.А.   Методология   научного   исследования.   –   М.:
Либроком.2010. – 280 с.
9.Peregudov   L.V.,   Saidov   M.X.,   Aliqulov   D.Ye.   Ilmiy   ijod   metodologiyasi.   –
Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 2002. 
10.   Saifnazarov   I.,   Muxtarov   A.,   Boboyev   A.   Iimiy   tadqiqot   metodologiyasi.
O’quv- uslubiy qo’llanma. -T.: TDIIJ, 2017. - 129 b.

Tadqiqot metodi va metodologiyasi.Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti Reja 1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul 2. Metodologiya tushunchasi va tadqiqot usullari tasnifi 3. Empirik tadqiqot usuli tushunchasi va turlari a) kuzatish b) o’lchash v) taqqoslash g) tavsiflash 4. Eksperimental tadqiqotlar a) eksperiment va uning turlari b) eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish v) eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash 5.Umumilmiy eksperimentlar

1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul Bilish inson faoliyatini bir ko’rinishi bo’lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to’g’risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar xosil bo’ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog’laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir. Inson voqyelikni o’zlashtirar va o’rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. Shunisi e’tiborliki, yunon tilida usul (methodos – tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so’zi ko’proq amaliy faoliyat yo’lini, ya’ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’li, harakat tarzi, tartibi ma’nolarini ifodalaydi. Shunday qilib, faoliyat bor, faoliyatda qo’llaniladigan usul bor. Mehnat tajribasining umumlashmasi muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidasi sifatida asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo’lishi uchun zamin bo’lib xizmat qilishgan. Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo’nalish va energetik yutuq beradi. Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo’lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi: - inson faoliyatini tartiblashtiradi; - natijaga erishish yo’lini qisqartiradi; - faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi;

- samaradorlik koefisiyentini bir necha barobar ko’paytiradi. Usul faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o’rinni egallaydi. Tadqiqot usulini turi, xislati o’rganilayotgan obyektning tuzilishi, aniqrog’i, murakkabligi bilan bog’langan. Izlanish obyekti qanchalik murakkab bo’lsa, shunchalik takomillashgan bilish shakllari va usullarni tatbiq qilishga to’g’ri keladi. Usulda obyektiv (obyektni mazmunidan kelib chiqish, xossalari va parametrlari mavjudligini hisobga olish) va subyektiv (izlanish maqsadi, vositalari va qoidalari mujassamlangan yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug’ullanishgan. O’yg’onish davrini buyuk olimi G.Galiley oldingi asrlarda hukm surgan sxolastik ilmi an’analarini ko’zda to’tib, haqiqatni izlashda mushohadali mulohazalarga tayanish, tan olingan obro’li allomalar yozishgan mantlarga ixtibos keltirish emas, balki kuzatish va tajribaga asoslanish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, olimni fikricha obyekt haqida ishonchli bilimga ega bo’lish uchun kuzatish usuli bilan cheklanmasdan, rezolyutiv (tahliliy) va kompozitiv (sintetik, umumlashtiruvchi) usullarni birga qo’shib tadqiqot olib borish kerak. Ayni paytda barcha tadqiqot sohalarigaga tatbiq qilinishi mumkin bo’lgan universal izlanish usulini ishlab chiqishga qaratilgan urinishlar paydo bo’ldi. Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi. Bu usulning asosiy qoidalari: 1. Ishonchli bo’lmagan bilimni haqiqat sifatida qabul qilmaslik, mulohaza tarkibiga aniq, shubha tug’dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak.

2. Tadqiqot qilinayotgan har bir muammoni aniq anglash imkoniyatini beradigan darajada qismlarga bo’lish kerak. 3. Predmetni izchil, bir tartibda o’rganish, birlamchi, sodda unsurlarini aniqlashdan murakkab xossani tadqiq qilishga bosqichma-bosqich o’tish lozim. 4. Natijaga bo’lgan ishonchni mustahkamlash uchun tadqiqotda uchraydigan ziddiyat va nomuvofiqliklarni to’la ro’yxatini tuzish, paydo bo’lganlarini aniqlab, bartaraf etish kerak. Universal tushuntirish usuli bo’lishga da’vo qilgan yana bir usullardan biri mexanisizm bo’lib, bu usulga shu qadar keng ma’no berish asosida barcha narsalarning xossalari va harakati mexanik qonuniyatlarni amal qilishi bilan belgilanadi, degan g’oya yotadi. XX asrda klassik fanlar paradigmasidan noklassik izlanish paradigmasiga o’tish, uslubiy yondashuvlar xilma-xilligiga erishish jarayonida universallikka da’vo qiladigan tadqiqot usulini bo’lishi mumkin emasligi ayon bo’ldi. Obyektlarni, shu jumladan inson yaratgan sun’iy muhit va tuzilmalarni cheksiz xilma-xilligi, izlanish predmeti doirasiga oldin ma’lum bo’lmagan tizimlar va xossalarni to’xtovsiz kiritilishi uslubiy yondashuv plyuralizmi, ya’ni, tadqiqot usullarini gorizontal va vertikal xilma-xilligi g’oyasini qaror topishiga olib keldi. Hox tabiiy fanlarda, hox ijtimoiy-gumanitar fanlarda bo’lmasin tadqiqot jarayoni va izlanish tadbirlarini turli daraja va bosqichlarga bo’linib ketishi hatto bir tadqiqot dasturi doirasida induksiya va deduksiya, analiz va sintez, analogiya, mavhumlashtirish va boshqa usullarni izchil tatbiq qilish zaruriyatini taqozo etmoqda. Ko’rinib turibdiki, tadqiqot va usul o’rtasida uzviy bog’lanish mavjud. Tadqiqot yangi xossalar, hodisalar va qonuniyatlarni ochadi, ularni ifodalaydigan g’oyalar, tushunchalar, tamoyillar ishlab chiqiladi. Keyingi tadqiqotlarda bu tushunchalar va tamoyillar uslubiy qoida, tushuntirish usuli rolini o’ynaydi. Masalan, 1924 yilda fransuz olimi Lui de Broyl atom fizikasi yo’nalishi bo’yicha

o’tkazilagan tadqiqotlar natijasini umumlashtirib elementar zarrachalarning korpuskulyar – to’lqin dualizmi g’oyasini olg’a surdi. Aniqlanishicha, har bir elementar zarracha ayni vaqtda ham korpuskulyar (modda), ham to’lqinli (maydon) xossasiga ega. Korpuskulyar – to’lqin dualizmini har tomonlama tahlil qilib, nemis olimi V.Geyzenberg 1927 yilda nomuayanlik tamoyilini ishlab chiqdi. Tamoyilning mazmuni shunday iboratki, mikrozarracha bo’lgan elektronni koordinatasi va impulsini bir vaqtda baravariga o’lchash, aniqlash mumkin emas. Elektronning fazoviy koordinatasini aniqlash ayni vaqtda impulsi qiymatini topishni imkonsiz qiladi va aksincha, impulsi qiymatini har qancha aniqlik bilan topilsada elektronning fazoviy koordinatasini aniq belgilash mumkin emas. Gap asbob-uskunaning yoki matematik hisoblash usulini kamchiligida emas. Elektron ikki xil, o’zaro ziddiyatli xossaga – zarracha va to’lqinli xislatga ega. Shu bois, ayni vaqtda elektronning (shu jumladan boshqa mikrozarrachalarning) ham impulsi, ham fazoviy koordinatalari qiymatini baravariga aniq belgilash mumkin emas. Geyzenberg kashf etgan nomuayanlik tamoyili yadro fizikasida usul darajasiga ko’tarilib, unga ko’ra tadqiqot natijalarini qayd qilishda koordinata va impuls qiymatlari faqat bir-birini to’ldirishi mumkinligini hisobga olish talab qilinadi. Tadqiqot usuli izlanish samaradorligini ko’taradigan muhim omildir. Shuning uchun tadqiqot dasturi ishlab chiqilganda tatbiq qilinadigan usullar, ularning izlanish obyekti va predmetiga muvofiqligi ko’rib chiqiladi. Tadqiqot usullarini tanlashda bir qator metodologik talablarni inobatga olish lozim: - izlanish predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilash; - o’rganilayotgan obyektning sifat va miqdoriy xususiyatlarini aniqlab tadqiqot strategiyasini tuzish;