Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari
MAVZU: T arbiya jarayonini tashkil etish shakllari Reja 1. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish. 2. Tabiyaviy ishlar shakllarining tasnifi. 3. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari tanlash muammosi.
Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o’z yurti, o’z xalqiga fidoyi, har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash har bir ta rbiya beruvchining eng muhim vazifasidir. H ar bir pedagogdan yuksak bilim, ulkan mahorat, zamonaviy ilm-fanning yutuqlaridan xabardor bo’lish, xorijiy tillarni puxta egallash, kompyuter texnologiyalaridan, internetdan maqsadli foydalanish ko’nikmalariga hamda yuqori malakaga ega bo’lishni talab etmoqda. Uzluksiz ta rbiya tizimining oldida turgan eng muhim va eng dolzarb vazifalardan biri - bu tarbiya jarayoni da innavasion ta rbiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni tarbiya jarayoniga tadbiq etish va jahon standartlari talablariga bilimli, mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi dir . Pedagogning samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi tarbiya tadbirlarning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o’laroq, tarbiya texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hamda tarbiyachi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Tarbiya texnologiyasining markaziy muammosi - tarbiyalanuvchi shaxsini rivojlantirish orqali tarbiya jarayonini maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan «pedagogik texnologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V. P. Bespalko pedagogik texnologiyani «amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi [3]. O’z mohiyatiga ko’ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi. Tarbiyaning samaradorligini oshirish va bilim, ko’nikma, malakalarni to’la egallashlariga erishish, shaxsning tarbiya jarayonini diqqat markazida bo’lishini va
tarbiyalanuvchilarni ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’minlash uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol metodlarni biladigan, ulardan tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan o’qituvchilar kerak. Uzluksiz tarbiya tizimining oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq, o’quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so’nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida o’z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga etkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining bir tizimga solingan ilmiy-nazariy va metodik asoslangan yangi shakl, usul va vositalarining majmuidir. Bunda yangi mazmun, shakl, usul va vosita uyg’unligida maqsad, vazifa, faoliyat va pedagogik natija yaxlitligi ta’minlanadi hamda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Hozirgi kunda tarbiya jarayonida interfaol metodlar (innovasion pedogogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, tarbiyaning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Tarbiyachi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy figuraga aylanadi. Tarbiya jarayonida innovasion pedogogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi tarbiyalanuvchilarning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tarbiyalanuvchilardan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik
texnologiyaning o’quv - tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, tarbiyalanuvchini kim tarbiyalayotganligi va tarbiyachi kimni tarbiyalayotganligiga bog’liq. Innovasion pedogogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar tarbiyalanuvchining muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda tarbiya jarayonini samarali va natijali bo’lishini ta’minlashga yo’naltirilgan interfaol metodlarning va tarbiya texnologiyalarining barchasi mamlakatimizning barcha umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-xunar hamda oliy ta’lim muassasalari, o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarda keng miqyosda qo’llanilib kelinmoqda xamda ijobiy natijalar bermoqda. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda: Interfaol metodlar: «Keys-stadi» (yoki «O’quv keyslari»), «Blis- so’rov», «Modellashtirish», «Ijodiy ish», «Munosabat», «Reja», «Suhbat» va b. Strategiyalar: «Aqliy hujum», «Bumerang», «Galereya», «Zig-zag», «Zinama-zina», «Muzyorar», «Rotasiya», «T-jadval», «Yumaloqlangan qor» va h.k. Grafik organayzerlar: «Baliq skeleti», «BBB», «Konseptual jadval», «Venn diagrammasi», «Insert», «Klaster», «Nima uchun?», «Qanday?» va b oshqalar . Interfaol ta rbiya jarayoni bevosita interfaol metodlari yordamida tashkil etiladi. Tarbiya ning interfaol metodlardan foydalanishda tarbiyalanuvchi ite llektual, erkin fiklashni rivojlantirish, o’z fikrini asoslab berishga intilishi, o’zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy taraqqiyoti jarayonlariga samarali ta’sir etadi. Tarbiyachi tarbiya jarayonida ta rbiya metodlaridan foydalanganda, avvalo, bu metoddan foydalanishning o’rni, uning samaradorligini bilishi muhimdir. Buning uchun har bir pedagog hayotiy tajribaga ega bo’lgan, yetarli bilimlar bilan qurollangan, tarbiyalanuvchi ga nisbatan muammolarning yechimini oldindan hal eta oladigan va
ularni ta’lim oluvchilarga yetkazish malakasiga ega bo’lishi lozim. Shuningdek, innovasion texnologiya asosida o’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar tarbiyalanuvchi larning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogika fanida tarbiyaviy ishlar shakllari haqida umumlashtirilgan konsepsiya yo’q. Birinchidan, tushunchaning o’zi noan’anaviy tarzda belgilangan, ikkinchidan, tarbiyaviy ish shakllarining ko’plab tasniflari mavjud dir . Ta rbiya shakllari - tarbiya jarayonini tashkil e tish yo’llari, o’quvchilarning jamoaviy va individual faoliyatini tashkil e tish yo’llari dir . O’zbek tilining izohli lug’atida shakl - narsaning tashqi ko’rinishi, sirtqi qiyofasi, ifodasi [25] deb ifodalangan. Shakl (ped.) - ta’lim-tarbiya jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi va mazmuni uchun qobiqdir. Shakl, avvalo, tarbiyalanuvchilar soni, mashg’ulot vaqti va joyi, uni amalga oshirish tartibi bilan bog’liq [25] . Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalaniladi. Pedagogik adabiyotlarda “tarbiyaviy ishlar shakli” tushunchasini ta’riflashga yagona yondashuv mavjud emas. Tarbiyaviy ishlarning shakllari uning mazmuni amalga oshadigan shart- sharoitlardir. Tarbiyaviy ishlarning shakllari muayyan tarbiya jarayonini tashkil etishning variantlari; tarbiyaviy tadbirning kompozision qurilishi. Ular doimo mazmun va tarbiya vositalari bilan o’zaro bog’liqdir [32]. Ta’lim shakllari o’ziga xos tarbiyaviy aktni tashkil etish variantlaridir [31]. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari haqida gapirganda, birinchi navbatda, tarbiya mazmunini o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning muayyan tuzilishi orqali ifoda etishni anglatadi [33]. Funksiyalari . Birinchi funksiyas i tashkiliy hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarning har qanday shakli tashkiliy vazifani hal e tishni o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’ qituvchi