logo

Tashqi muhitning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.7880859375 KB
Tashqi muhitning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi.
REJA:
1.Tashqi muhitda uchraydigan patogen va saprofit mikroorganizmlar.
2. Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroorganizmlar
3. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi tashqi muhit omillari. Tashqi   muhitdagi   mikroorganizmlar   dunyosi   juda   katta   bo’lib,   keng
tarqalgan. Tashqi muhit hayvonlardan ajralayotgan patogen va shartli patogen
mikroorganizmlar   uchun   tabiiy   yashash   joyi   hisoblanmaydi.   Chunki   tashqi
muhit  sharoitida  yashash   uchun   zarur  sharoit,  oziqa,  kerakli  harorat,   namlik
va   rN   muhiti   doimo   uchramaydi.   Shu   sababli   organik   moddalarni   ko’p
saqlaydigan   tashqi   muhit   -   patogen   mikroorganizmlar   yashashi   hamda
patogenlik xususiyatini saqlay oladigan sharoit hisoblanadi. 
Tashqi   muhit   omillaridan   havo,   suv,   tuproq   va   oziqalarda   doimo
uchrab turadigan mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi:
Bakteriyalar   -   shakli,   o’lchami   va   ba’zi   biologik   xususiyatlari   bilan
farq   qiladigan   bir   hujayrali   mikroorganizmlar   bo’lib,   sharsimon   (kokklar),
tayoqchasimon   (bakteriya,   basilla   va   klostridiylar)   va   burama   (vibrion,
spirillalar, spiroxetlar) shaklli bo’ladi. Bakteriya hujayrasi qobiq, sitoplazma
va o’zak apparatidan iborat   spora , k apsula, xivchinlar  bakteriyaning  doimiy
bo’lmagan elementidir.  
Rikketsiyalar   -   bir   hujayrali,   harakatsiz,   polimorf,   grammanfiy
organizmdir.   Shakli   va   o’lchami   bilan   bakteriyalarga,   kultural   va   biologik
xususiyatlari   bilan   viruslarga   o’xshaydi.   Tarkibida   DNK,   RNK,   oqsil   va   40
%   gacha   yog’lar   saqlaydi.   P.F.Zdrodovskiy   bo’yicha   kokksimon,
tayoqchasimon,   basillasimon   va   ipsimon   shakli   uchraydi.   Kapsula   va   spora
hosil qilmaydi. Rikketsiyalar sun’iy oziqa muhitlarda o’smaydi.
Mikoplazmalar   - polimorf bo’lib, 100 - 150 nm li filtrlardan o’tuvchi
grammanfiy,   harakatsiz   mikroorganizmlar   bo’lib,   spora   va   kapsula   hosil
qilmaydi, Tarkibida tirik to’qima hujayralari bo’lmagan oziq muhitda o’sadi.
Bo’linish   yo’li   bilan   ko’payadi.   Qoramol   plevropnevmoniyasi   kasalligining
qo’zg’atuvchisi hisoblanadi.
Aktinomisetlar  - nursimon zamburug’lar bo’lib, grek tilidan olinganda
actis - nur ,  mykes - zamburg’    ma’nosini bildiradi. Bir hujayrali grammusbat tarmoqlanuvchi   mikroorganizmdir.   Aktinomisetlar   orasida   saprofitlari   ham
bo’lib,   tuproq   hosil   bo’lish   jarayonida   faol   qatnashadi.   Aktinomisetlar
belgilari   bilan   bakteriya   va   zamburug’larga   o’xshaydi.   Bular   hayvonlar   va
odamlarda og’ir va surunkali kechadigan (aktinomikoz va h.k.) kasalliklarni
keltirib chiqaradi. 
Spiroxetalar   –   harakatchan   bo’lib,   ingichka   va   spiral   shaklda   juda
ko’p mayda burmalari bo’lgan mikroorganizmlardir. Hujayrasining tarkibida
to’g’ri   o’q   shaklida   ipi   bo’lib,   uning   atrofida   mayda   –   mayda   burmachalar
shaklda   yadro   moddasi   va   har   xil   kiritmalar   bo’lgan   sitoplazma   joylashadi.
Spiroxetlar   ayrim   belgilari   bilan   bakteriyalardan   farq   qiladi.   Shuning   uchun
ular   guruhga   ajratilgan   leptospiralarda   hujayra   qobig’i   bo’lmaydi,   spora,
kapsula   hosil   qilmaydi,   xivchinlari   yo’q,   ular   sitoplazmasi   qisqarishi
natijasida ilonga o’xshab harakatlanadi.
Zamburug’lar   - o’simlik dunyosiga kiradigan xlorofillsiz organizmlar
bo’lib,   evkariotlarga   kiradi.   Har   xil   substratlar   yuzasida   yashaydilar.
Zamburg’lar orasida saprofit va patgen turlari uchraydi. 
Viruslar   –   tirik   tabiatning   sodda   hujayrasiz   vakili   bo’lib,   barcha
turdagi   organizmlar   hujayrasi   ichida   parazitlik   qiladi.   Viruslar   biologik,
kimyoviy,   fizik   xossalari   va   boshqa   bir   qancha   belgilariga   qarab   quyidagi
ikkita   guruhga   ya’ni   DNK   va   RNK   saqlovchi   guruhlarga   bo’linadi.   Hozirgi
vaqtda   hayvonlar   organizmida   uchraydigan   viruslar   19   ta   oilani   o’z   ichiga
oladi.  Shundan 12 tasi RNK va 7 tasi DNK saqlovchi viruslardir. 
Tashqi   muhitning   patogen   mikroblar   bilan   ifloslanishi   yuqumli
kasalliklar   bo’lishi,   oqova   suvlarni   zararsizlantirilmasligi,   suyuq   go’ngning
dala   va   suv   manbalariga   tushishi   natijasida   ro’y   beradi.   Bundan   tashqari
ifloslanish   manbai   bo’lib,   yovvoyi   hayvonlarning   o’liklari   hamda   doimiy
yashirin   mikroorganizmlarni   tashuvchi   chorva   mollari   hisoblanadi.   Mikrob
tashuvchi   bo’lib   sog’lom,   biror   yuqumli   kasallik   bilan   kasallanib   tuzalgan hamda   tashqi   tomondan   sog’lom   lekin   yashirish   infeksiya   bilan   zararlangan
hayvonlar hisoblanadi.  
Organizmda   yuqumli   jarayonning   o’tishi   qo’zg’atuvchining
xususiyatlari   va   organizmning   reaktivligi   bilan   aniqlanadi.   Yuqumli
jarayonga   tashqi   muhit   omillari   ya’ni   saqlash,   sug’orish,   oziqlantirish   va
boqish   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   Hayvonlar   zararlanishi   natijasida   organizmda
yuqumli   jarayon   rivojlanadi.   Ba’zan   organizm   funksiyalari   sezilarli
buzilmasligi   va   kasal   hayvon   holati   o’zgarmasdan   yashirin   shaklda   davom
etishi   mumkin.   Ayrim   qo’zg’atuvchilar   organizmda   yillab   bo’lishi   va   klinik
ko’rinishdagi   kasallik   paydo   qilmasligi   mumkin,   masalan,   tuber kulyoz
qo’zg’atuvchisi,   paratifoz   mikroblari   va   boshkalar.   Hayvonlarning
kasallanish   darajasi   ko’pincha   qo’zg’atuvchining   turi   bilan   birga   uning
xususiyatlari   ayniqsa   virulentlik   da rajasi   bilan   aniqlanadi.   Ammo   yuqumli
jarayonning rivojlanishida asosan hayvon organizmining holati, reaktivligi va
rezistentligi   hal   qiluvchi   rol   o’ynaydi.   Bunday   holat   asosan   tashqi   muhit
sharoit lari   ta’sirida   paydo   bo’ladi.   Hayvonlar   yaxshi,   to’liq   va   sifatli
oziqlantirilsa qo’zg’atuvchini yuqtirmasligi, yuqqanda ham kasal bo’lmasligi
mumkin. Sovuq, zax binolarda saqlash, sifatsiz oziqa berish, haddan tashqari
ekspluatasiya   qilish   kasal likning   klinik   rivojlanishini   ishga   soluvchi
mexanizm hisoblanadi. 
Chorvachilik   xo’jaliklarida   patogen   mikroblar   bilan   ifloslanishni
oldini olishda asosiy e’tibor hayvonlarni saqlash, asrash, boqish sharoiti, to’la
qiymatli   oziqalar   bilan   ta’minlash,   molxonalarni   namlik   va   ortiqcha
shamollashdan saqlashga qaratiladi. 
Tashqi   muhit   sharoitida   keng   tarqalgan   mikroblar   -   guruhiga
salmonella,   brusella,   pasterella,   patogen   ichak   tayoqchalari,   viruslar   misol
bo’ladi. Salmonella   guruhiga   kiruvchi   bakteriyalar   barcha   qishloq   xo’jalik
hayvonlari,   parranda   hamda   yovvoyi   hayvonlar   orasida   keng   tarqalgan
salmonellyoz   kasalligini   keltirib   chiqaradi.   Hozirgi   paytda   1500   dan   ortiq
salmonella   serotiplari   mavjuddir.   Qo’y   va   echkilarda   -   s .   abortus   ovis ,
buzoqda   -   s .   enteritidis   gertneri ,   cho’chqada   -   s .   xolera   supe ,   otda   -     s .
abortus   ekvi ,   parrandalarda   -   s .   gallinarum,   s.   tifimurium   va   s .   pullorum
serotiplari   kasallik   qo’zg’atadi.   Shu   bilan   birgalikda   salmonellalar   insonda
ham kasallik chaqiradi. 
Tabiatda   salmonellyoz   manbai   bo’lib,   kasal   hayvonlar   ya’ni   mikrob
tashuvchilar   hisoblanadi.   Ular   siydik,   tezak,   so’lak   va   shilimshiqlar   bilan
tashqi muhitga qo’zg’atuvchini doimo ajratib ifloslantiradi. Zararlangan katta
yoshli hayvonlar salmonellyoz infeksiyasining manbai bo’lib, yangi tug’ilgan
hayvonlar   orasida   kasallikni   kelib   chiqishiga   sababchi   bo’ladi.   Salmonella
serotiplari   molxonalar   poli,   devori,   oxurlarida   43   kundan   110   kungacha
yashaydi.   Shu   sababli   go’ng   va   oziqa   qoldiqlari   bilan   ifloslangan
chorvachilik   inshoatlari   (molxonalar,   asbob   jihozlar)   sog’lom   hayvonlar
uchun katta xavf tug’diradi.
Chorva   mollari   uchun   yana   bir   xavfli   mikrob   bo’lib,   barcha   turdagi
hayvonlarni kasallantiradigan   ichak tayoqchalarining  ( E.coli ) entero patogen
tiplari hisoblanadi. Bu mikroblar bilan zararlanish 90 - 100 %ni tashkil etadi.
1 sm 2
 yuzada 50   000 tagacha uchraydi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra
molxonalardan   foydalanish   muddati   osha   borgan   sayin   ularda   uchraydigan
mikroblar turi ham ko’payib boradi. M: Birinchi ishlatilayotgan molxonadagi
oxurlar   yuzasida   buzoqlarni   o’stirishning   birinchi   kunlarida   o’nlab
stafilokokklar   va   bir   necha   ming   ichak   tayoqchalari   100   sm 2
  yuzaga   to’g’ri
kelganligi aniqlangan. Buzoqlarni 4 oy saqlagandan keyin stafilokokklar soni
9 – 28 mlrd gacha, ichak tayoqchalari soni esa 3 – 6 mlngacha ko’payganligi
aniqlangan.   Shu   bino   1   yildan   keyin   tekshirilganda   100   sm 2
  yuzada stafilokokklar   soni   2   –   28   mlrd   va   ichak   tayoqchalari   miqdori   150   –   280
mlnga yetgan. Tashqi muhitning mikroblar bilan ko’p ifloslanishi hayvonlar
orasida aerogen yo’l bilan kasallanish ko’payishiga sharoit yaratadi. 
Brusellalar   tashqi   muhitga   kasallangan   hayvonlar   bola   tashlaganda,
homila   suvi,   homila   yo’ldoshi   va   bachodondan   oqayotgan   suyuqliklar   bilan
ajratilib,   tashqi   muhit   omillarini   zararlaydi.   Tashqi   muhitga   so’lak,   siydik,
go’ng,   qin   suyuqligi,   sut,   yiring   va   burun   suyuqligi   bilan   brusellalarni
ajralishi   kasallikdan   tuzalgan   va   yashirin   kasal   hayvonlarda   kuzatiladi.
S.N.Vыshelesskiy ma’lumotlariga ko’ra poda orasida brusellalar tarqalishiga
nafaqat   katta   yoshli   brusellyoz   bilan   kasallangan   hayvonlar   balki   ulardan
olingan   sut   biln   oziqlantiriladigan   kasallikga   chidamli   yosh   buzoqlar   ham
o’zidan tashqi muhitga kasallik qo’zg’atuvchilarini ajratadi. 
Parrandalar orasida   pasterellyoz    kasalligini tarqalishida nafaqat kasal
parrandalar,   balki   klinik   sog’lom   parrandalarni   ham   pasterellalarni
tarqatishda   ahamiyati   kattadir.   Ko’pchilik   olimlarning   fikricha   pasterellyoz
infeksiyasining   tarqalishida   tashqi   muhit   sharoitida   kasallikdan   o’lgan
parrandalarni zararsizlantirilmagan o’liklari ham muhim ahamiyatga ega. 
Cho’chqalar   saramas   kasalligining   manbai   bo’lib,   kasallikdan
tuzalgan   va   organizmida   kasallik   qo’zg’atuvchisini   olib   yuruvchi   sog’lom
cho’chqalar   hisoblanadi.   Saramas   kasalligi   cho’chqalar   orasida   doimiy
mavsumiy xarakterga ega emas. Bu kasallikni mavsumiyligini turli yoshdagi
cho’chqalar guruhining yil davomda harakatlanishi bilan ifodalash mumkin.
Hayvonlar   orasida   uchraydigan   yaщur   (oqsil)   kasalligi   virusining
manbai   bo’lib,   kasal   va   kasllikdan   tuzalgan   hayvonlar   hisoblanib   ular   20
kundan   to   2,5   yilgacha   sut,   so’lak   va   aftalar   suyuqligi   bilan   virus   ajratib
tashqi muhit omillarini zararlaydi. Kasallikni generalizasiya jarayonida virus
siydik bilan 8-146 kungacha ajratilishi mumkin.  Ku   isitma   kasalligida   rikketsiyalarning   tabiiy   rezervuari   bo’lib,
kasallik   qo’zg’atuvchilarini   olib   yuradigan   yaylov,   argazid   va   gamazoid
kanalari   hisoblanadi.   Tabiiy   sharoitda   Ku   isitma   bilan   kasallangan
hayvonlarga   xujum   qilgan   kanalar   qon   bilan   birgalikda   rikketsiyalarni
so’radi.   Kana   organizmida   kasallik   qo’zg’atuvchi   rikketsiyalar   avloddan
avlodga   o’tadi.   Ku   tsitma   bilan   zararlangan   chorva   mollari   tashqi   muhitga
siydik, tezak, sut hamda asosan bug’oz hayvonlar tug’ish jarayonida homila
va   homila   yo’ldoshi,   suyuqliklar   bilan   tashqi   muhitga   ko’plab   kasallik
qo’zg’atuvchi rikketsiyalarni ajratadi.   
Yuqumli   kasalliklarni   tarqatuvchi   tashqi   muhit   omillari -havo,
tuproq,   suv   va   oziqalar   hisoblanib,   ular   tarkibida   uchraydigan   mikroblar
chorva   mollari   orasida   kasallik   tarqalishiga   sababchi   bo’ladi.   1   m 3  
havo
tarkibida   yuz   minglab   mikroblar   bo’lishi   mumkin.   Ularning   ko’pchiligi
qurg’okchilik,   qo’yosh   nurlari   ta’siri   va   havoda   ozuqa   muhitni   yo’qligidan
nobud bo’lib ketadi. Bahor va yozda qish va kuzga qaraganda ko’p bo’ladi.
Shamol   vaqtlarida   ularni   soni   ko’payib,   yomg’ir   va   qor   vaqtida   kamayadi.
Havo harakati tufayli mikroblar 30 km va undan ortiq masofagacha tarqalishi
mumkin. Atmosfera havosiga qaraganda molxonalar havosida mikroblar 50-
100   marta   ko’p   bo’ladi.   Havo   tarkibida   ko’kish   yiring   tayoqchalari,
stafilokok,   streptokok,     tuberkulyoz,   saramas,   qoqshol,   kuydirgi,   gazli
gangrena   mikroblari   borligi   aniqlangan.   Agar   molxonada   bakteriya,   virus
tashuvchi   hayvonlar   bo’lsa   havosida   paratuberkulyoz,   paratif,   brusellez,
pasterelez,   pulloroz,   manqa,   oqsil,   chuma   va   boshqa   kasalliklar   mikrobini
uchratish   mumkin.   Molxona   havosi   tarkibidagi   mikroblarni   yo’q   qilishda
binolarni doimo tozalab dezinfeksiya qilish,   begona kishilarni molxonalarga
qo’ymaslik,   kirish   joylariga   dezomatlar   qilish,   havoni   ultrabinafsha   nurlar
bilan nurlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish kerak. Kuydirgi,   qoqshol,   gazli   gangrena   botulizm   kasalligi   va   boshqalar
tuproq   infeksiyasi   deb   ataladi.   Chunki   bu   qo’zg’atuvchilar   tuproqda   spora
hosil   qilish   xususiyatiga   ega.   Tuproqda   spora   hosil   qilmaydigan   patogen
mikroorganizmlardan   sil,   brusellyoz,   cho’chqa   saramasi,   salmonellyoz,
parrandalar   pullorozi,   nekrobasillyoz,   oqsil,   dermatomikoz   va   boshqa
kasalliklar   qo’zg’atuvchilari   hafta   va   oylab   saqlanadi.   Molxonalar,   yayrash
maydonlari,   yaylovlar,   yozgi   lager,   hayvonlarni   ortish   va   tushirish   joylari,
go’sht   kombinatlari   va   boshqa   chorvachilik   mahsulotlarini   qayta   ishlash
korxonalari tuprog’ida patogen mikroblar ko’p bo’ladi.
Hayvonlar go’ngi bilan tuproqqa gijjalar tuxumi va bo’g’imlari tushib
turadi.   Tuproq   gelmintozlar   tarqalishida,   xususan   askaridozning   tarqalishda
katta   rol   o’ynaydi.   Bitta   urg’ochi   askarida   odam   yoki   hayvon   ichagida   bir
kecha-kunduz mobaynida 24000 gacha tuxum qo’yadi tezagi bilan tashqariga
chiqariladi. 
Suv   manbalarini   hayvonot   chiqindilari   bilan   ifloslanishi   natijasida
uning     tarkibiga   turli   patogen   mikroblar   tushadi.   Suv   bilan   organizmga
tushgan   mikroblar   yuqumli   kasalliklarni   tarqatish   manbasi   bo’lib   qoladi.
Shuning   uchun     ham   epizootologik   nuqtai   nazardan   qaraganda   suv
tarkibidagi patogen mikroblar alohida o’rin tutadi. Bakteriologik tekshirishda
suv   tarkibidagi   mikroblarning   umumiy   miqdori,   ichak   tayoqchalarining   titri
(koli titr), koli - indeksi hamda mikroblarning turi aniqlanadi.
Oziqalarda   parazitlik   qiladigan   mog’or   zamburug’larining   sporalari
tabiatda   juda   keng   tarqalgan.   Ko’pincha   oziqalar   Aspergillus,   Renicillium,
Misog, G’usarium, S1adosporium, Alterpagia, Tgihoderma   va boshqa oilaga
mansub zamburug’lar bilan zararlanadi. Oziqalarda zamburug’lar bilan birga
odatda   har   xil   kislotaga   chidamli   bakteriyalar   va   kokklar   rivojlanib,
oziqalarning chirishiga sabab bo’ladi. Zamburug’lar   orasida   zaharlilari   ham   uchrab   turadi.   Bularga
Aspergillus, Renicillium,   G’usarium,    Alterpagia,  va boshqalar misol bo’ladi.
Don   oziqalarni   zararlantirishda   Aspergillus,   Renicillium   va   G’usarium
oilasiga   mansub   zamburug’lar   alohida   axamiyatga   ega.   Hamma   xildagi
omuxta   yemlarda   Aspergillus,   Renicillium,   Mucoraceae   va   boshqa   oilaga
mansub   zamburug’lar   uchraydi.   Zamburug’lar   o’sishi   va   rivojlanishi   tufayli
oziqalarning   kimyoviy   tarkibi,   to’yimliligi   va   sifati   pasayadi.   Hayvonlar
orasida   kasalliklar   tarqatadigan   zamburug’larning   300   ga   yaqin   turlari
aniqlangan,   shundan   60   %   yuqorida   qayd   qilingan   zamburug’larga
mansubdir. A sosiy ad abiyotlar:
1. Suvanqulov Y.A. Qishloq xo’jalik hayvonlari gigiyenasi. Darslik. - T.:
Mehnat, 1994.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. 1
. Polyakov A.A. Rukovodstvo po veterinarnoy sanitarii. M.: 1996
2. 2 Kochish   I.I.,   Kalujin   N.S.,   Volchkova   A.A.,   Nesterov   V.V.
Zoogigiyena.    Uchebnik. Sankt-Peterburg-Moskva- Krasnodar, 2008

Tashqi muhitning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi. REJA: 1.Tashqi muhitda uchraydigan patogen va saprofit mikroorganizmlar. 2. Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroorganizmlar 3. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi tashqi muhit omillari.

Tashqi muhitdagi mikroorganizmlar dunyosi juda katta bo’lib, keng tarqalgan. Tashqi muhit hayvonlardan ajralayotgan patogen va shartli patogen mikroorganizmlar uchun tabiiy yashash joyi hisoblanmaydi. Chunki tashqi muhit sharoitida yashash uchun zarur sharoit, oziqa, kerakli harorat, namlik va rN muhiti doimo uchramaydi. Shu sababli organik moddalarni ko’p saqlaydigan tashqi muhit - patogen mikroorganizmlar yashashi hamda patogenlik xususiyatini saqlay oladigan sharoit hisoblanadi. Tashqi muhit omillaridan havo, suv, tuproq va oziqalarda doimo uchrab turadigan mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi: Bakteriyalar - shakli, o’lchami va ba’zi biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan bir hujayrali mikroorganizmlar bo’lib, sharsimon (kokklar), tayoqchasimon (bakteriya, basilla va klostridiylar) va burama (vibrion, spirillalar, spiroxetlar) shaklli bo’ladi. Bakteriya hujayrasi qobiq, sitoplazma va o’zak apparatidan iborat spora , k apsula, xivchinlar bakteriyaning doimiy bo’lmagan elementidir. Rikketsiyalar - bir hujayrali, harakatsiz, polimorf, grammanfiy organizmdir. Shakli va o’lchami bilan bakteriyalarga, kultural va biologik xususiyatlari bilan viruslarga o’xshaydi. Tarkibida DNK, RNK, oqsil va 40 % gacha yog’lar saqlaydi. P.F.Zdrodovskiy bo’yicha kokksimon, tayoqchasimon, basillasimon va ipsimon shakli uchraydi. Kapsula va spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalar sun’iy oziqa muhitlarda o’smaydi. Mikoplazmalar - polimorf bo’lib, 100 - 150 nm li filtrlardan o’tuvchi grammanfiy, harakatsiz mikroorganizmlar bo’lib, spora va kapsula hosil qilmaydi, Tarkibida tirik to’qima hujayralari bo’lmagan oziq muhitda o’sadi. Bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Qoramol plevropnevmoniyasi kasalligining qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Aktinomisetlar - nursimon zamburug’lar bo’lib, grek tilidan olinganda actis - nur , mykes - zamburg’ ma’nosini bildiradi. Bir hujayrali grammusbat

tarmoqlanuvchi mikroorganizmdir. Aktinomisetlar orasida saprofitlari ham bo’lib, tuproq hosil bo’lish jarayonida faol qatnashadi. Aktinomisetlar belgilari bilan bakteriya va zamburug’larga o’xshaydi. Bular hayvonlar va odamlarda og’ir va surunkali kechadigan (aktinomikoz va h.k.) kasalliklarni keltirib chiqaradi. Spiroxetalar – harakatchan bo’lib, ingichka va spiral shaklda juda ko’p mayda burmalari bo’lgan mikroorganizmlardir. Hujayrasining tarkibida to’g’ri o’q shaklida ipi bo’lib, uning atrofida mayda – mayda burmachalar shaklda yadro moddasi va har xil kiritmalar bo’lgan sitoplazma joylashadi. Spiroxetlar ayrim belgilari bilan bakteriyalardan farq qiladi. Shuning uchun ular guruhga ajratilgan leptospiralarda hujayra qobig’i bo’lmaydi, spora, kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo’q, ular sitoplazmasi qisqarishi natijasida ilonga o’xshab harakatlanadi. Zamburug’lar - o’simlik dunyosiga kiradigan xlorofillsiz organizmlar bo’lib, evkariotlarga kiradi. Har xil substratlar yuzasida yashaydilar. Zamburg’lar orasida saprofit va patgen turlari uchraydi. Viruslar – tirik tabiatning sodda hujayrasiz vakili bo’lib, barcha turdagi organizmlar hujayrasi ichida parazitlik qiladi. Viruslar biologik, kimyoviy, fizik xossalari va boshqa bir qancha belgilariga qarab quyidagi ikkita guruhga ya’ni DNK va RNK saqlovchi guruhlarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda hayvonlar organizmida uchraydigan viruslar 19 ta oilani o’z ichiga oladi. Shundan 12 tasi RNK va 7 tasi DNK saqlovchi viruslardir. Tashqi muhitning patogen mikroblar bilan ifloslanishi yuqumli kasalliklar bo’lishi, oqova suvlarni zararsizlantirilmasligi, suyuq go’ngning dala va suv manbalariga tushishi natijasida ro’y beradi. Bundan tashqari ifloslanish manbai bo’lib, yovvoyi hayvonlarning o’liklari hamda doimiy yashirin mikroorganizmlarni tashuvchi chorva mollari hisoblanadi. Mikrob tashuvchi bo’lib sog’lom, biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalgan

hamda tashqi tomondan sog’lom lekin yashirish infeksiya bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Organizmda yuqumli jarayonning o’tishi qo’zg’atuvchining xususiyatlari va organizmning reaktivligi bilan aniqlanadi. Yuqumli jarayonga tashqi muhit omillari ya’ni saqlash, sug’orish, oziqlantirish va boqish katta ta’sir ko’rsatadi. Hayvonlar zararlanishi natijasida organizmda yuqumli jarayon rivojlanadi. Ba’zan organizm funksiyalari sezilarli buzilmasligi va kasal hayvon holati o’zgarmasdan yashirin shaklda davom etishi mumkin. Ayrim qo’zg’atuvchilar organizmda yillab bo’lishi va klinik ko’rinishdagi kasallik paydo qilmasligi mumkin, masalan, tuber kulyoz qo’zg’atuvchisi, paratifoz mikroblari va boshkalar. Hayvonlarning kasallanish darajasi ko’pincha qo’zg’atuvchining turi bilan birga uning xususiyatlari ayniqsa virulentlik da rajasi bilan aniqlanadi. Ammo yuqumli jarayonning rivojlanishida asosan hayvon organizmining holati, reaktivligi va rezistentligi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bunday holat asosan tashqi muhit sharoit lari ta’sirida paydo bo’ladi. Hayvonlar yaxshi, to’liq va sifatli oziqlantirilsa qo’zg’atuvchini yuqtirmasligi, yuqqanda ham kasal bo’lmasligi mumkin. Sovuq, zax binolarda saqlash, sifatsiz oziqa berish, haddan tashqari ekspluatasiya qilish kasal likning klinik rivojlanishini ishga soluvchi mexanizm hisoblanadi. Chorvachilik xo’jaliklarida patogen mikroblar bilan ifloslanishni oldini olishda asosiy e’tibor hayvonlarni saqlash, asrash, boqish sharoiti, to’la qiymatli oziqalar bilan ta’minlash, molxonalarni namlik va ortiqcha shamollashdan saqlashga qaratiladi. Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroblar - guruhiga salmonella, brusella, pasterella, patogen ichak tayoqchalari, viruslar misol bo’ladi.

Salmonella guruhiga kiruvchi bakteriyalar barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, parranda hamda yovvoyi hayvonlar orasida keng tarqalgan salmonellyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda 1500 dan ortiq salmonella serotiplari mavjuddir. Qo’y va echkilarda - s . abortus ovis , buzoqda - s . enteritidis gertneri , cho’chqada - s . xolera supe , otda - s . abortus ekvi , parrandalarda - s . gallinarum, s. tifimurium va s . pullorum serotiplari kasallik qo’zg’atadi. Shu bilan birgalikda salmonellalar insonda ham kasallik chaqiradi. Tabiatda salmonellyoz manbai bo’lib, kasal hayvonlar ya’ni mikrob tashuvchilar hisoblanadi. Ular siydik, tezak, so’lak va shilimshiqlar bilan tashqi muhitga qo’zg’atuvchini doimo ajratib ifloslantiradi. Zararlangan katta yoshli hayvonlar salmonellyoz infeksiyasining manbai bo’lib, yangi tug’ilgan hayvonlar orasida kasallikni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Salmonella serotiplari molxonalar poli, devori, oxurlarida 43 kundan 110 kungacha yashaydi. Shu sababli go’ng va oziqa qoldiqlari bilan ifloslangan chorvachilik inshoatlari (molxonalar, asbob jihozlar) sog’lom hayvonlar uchun katta xavf tug’diradi. Chorva mollari uchun yana bir xavfli mikrob bo’lib, barcha turdagi hayvonlarni kasallantiradigan ichak tayoqchalarining ( E.coli ) entero patogen tiplari hisoblanadi. Bu mikroblar bilan zararlanish 90 - 100 %ni tashkil etadi. 1 sm 2 yuzada 50 000 tagacha uchraydi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra molxonalardan foydalanish muddati osha borgan sayin ularda uchraydigan mikroblar turi ham ko’payib boradi. M: Birinchi ishlatilayotgan molxonadagi oxurlar yuzasida buzoqlarni o’stirishning birinchi kunlarida o’nlab stafilokokklar va bir necha ming ichak tayoqchalari 100 sm 2 yuzaga to’g’ri kelganligi aniqlangan. Buzoqlarni 4 oy saqlagandan keyin stafilokokklar soni 9 – 28 mlrd gacha, ichak tayoqchalari soni esa 3 – 6 mlngacha ko’payganligi aniqlangan. Shu bino 1 yildan keyin tekshirilganda 100 sm 2 yuzada