logo

MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 2- BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20.7509765625 KB
MAVZU:  MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 2-
BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI  VA XARAKTERLI
XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Firmicutes bo’limining umumiy xarakteristikasi.
2. Firmibakteriyalar sinfi va uning muhim vakillari
3. Endospora hosil qiluvchi kok va tayoqchasimon bakteriyalar
4. Basillius avlodining saprofit va patogen vakillari
5. Tallobakteriyalar va uning muhim vakillari
                 Firmicutes gramm musbat koklar, endospora hosil qiluvchi tayoqchasimon 
bakteriyalar. Bu bo’limning guruhlarining hujayra po’sti gramm musbat bo’lishi 
bilan harakterlanadi. Bular koklar. Tayoqchasimon va ipsimon bo’ladi. Bular 
harakatsiz va harakatchan bo’lib, asosan bular bo’linib kupayadi. Ba’zilari spora
xosil kiladi. Bu bo’lim fotosintez qilmaydi. Xemotrof bo’lib, asosan anaerob 
fakultativ, anaerob va aerob nafas oladi. Bu bo’lim o’ziga 2 ta sinfni 
birlashtiradi.
1 – sinf. Firmibacteria
2 – sinf. Tallobacteria
1 – sinf . Firmibacteria bu sinf o’ziga 3 ta gruppani birlashtiradi.
1-gruppa gramm musbat kokklar, bu gruppa ham o’ziga 3 ta oilani
1- oila Mictococcaceae
2- oila Steptococcaceae
3- oila Peptococcaceae
1 – oila Mictococcaceae bularning hujayrasi sferik shaklda bo’lib, to’g’ri va 
noto’g’ri bo’linib paketni hosil qiladi. Bularning sporasi xarakatsiz va 
haraktchan. Xemoorganotrof. Aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi.
2 - oila Steptococcoceae buning 5 avlodi bor.
Strcptococcus, 2. Jcuconostoc, 3. Pcdiococcus, 4. Acrococcus, 5. Jemella
Bularning hammasi sut kislotali bijg’ish va silos tayyorlashda muhim rol 
o’ynaydi. Bularning hujayrasi ovalsimon bo’lib, diplokokk, tetrokokk yoki 
zanjirsimon tuzilishni xosil qilib, faqat anaerob nafas oladi.  Sporasiz. Bular 
uglevodlarning bijg’itib sut kislota, sirka, chumoli kislota va etil spirti hosil 
qiladi. Asosan bular tuproqda, o’simliklarning yuza qismlarida, sut va sut 
mahsulotlarida doimo uchraydi. Buning vakili sifatida Streptococcus Lactrs 
kiradi.
Endospora hosil qiluvchi kokk va tayoqchasimon bakteriyalar.  Bu gruppaning 
bitta oilasi va 3 ta avlodi bor.
1 – oila Bacillacyeaye, avlod Bacillus, Sporolacillus, Clostredium, 
Desulfomaculum va Shorosarina. Bu avlodlardan asosiylarini ko’rib chiqamiz. 1 – avlod Bacillus   -  bular tayoqcha shaklidagi 0.3dan 7 mkmgacha bo’lgan 
ko’pchilik vakillari hivchinli peritrixal, harakatchan, endospora hosil qiladi. 
Bular obligat va fakultativ aerob. Bularning vakillari o’zidan aktiv fermentlar 
ishlab chiqarib turli hil uglevodlarni oksidlab parchalaydi. Bu avlodning saprofit
va parazitlari bor.
2 – avlodi Clostridium – tayoqchasimon shaklda bo’lib, u o’zining spora hosil 
qilish va mutloq anaerobligi bilan farqlanadi. Buning energiya manbai moy 
kislotali bijg’ishdir. Clostridumning muhim vakillaridan saprofit tuproqda 
yashab molekulyar azotni fiksasiya qiluvchilardandir.
3 – gruppa Sporasiz grammusbat tayoqchasimon bakteriyalar. Bu gruppaning 
faqat bitta oilasi bor. Oila Zactobacilloccac. Bular to’g’ri yoki egilgan 
tayoqchasimon birikkan. Spora hosil qilmaydi. Harakatsiz anaerob yoki 
fakultativ anaerob bo’lib, sut va sut maxsulotlarini bijg’itib sut kislota hosil 
qiladi. Bular ko’proq o’simliklar tanasida hayvonlarning oshqozon ichaklarida 
ham uchraydi. Bu oilaning avlodi Zacrobacillus   , bo’lib uning 25 ta turi bor. 
Bular sut kislotasi bakteriyalari deyilib shuning uchun ham turli hil sut 
maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. 
2 – sinf Tallobacteria
Tallobakteriyalar   sinfi   o’z   ichiga   3   ta   gruppani   oladi.   1-   gruppa   Korinsporali
bakteriyalar.   Bu   bakteriyalar   4   ta   avlodni   birlashtiradi.   Corynebactrium,
Arthrobacter,   Cellulomonas,   Kurthia.   Bu   gruppalar   grammusbat   harakatsiz
tayoqchasimon   bo’lib,   ular   bulavkaga   o’xshab   ketadi.  Ayrimlari   kokk   shaklida
bo’ladi.   Buning   vakillari   aerob   yoki   fakultativ   anaerob   nafas   oladi,   ayrimlari
hayvon va odamlarda kasallikni keltirib chiqaradi.
2   –   avlod   Arteobacter   –   bu   avlodning   vakillari   sporasiz,   harakatsiz.   Bularning
hujayrasi koklar shaklida bo’lib, u hyech qachon kurtaklamaydi, ayrimlari yirik
limonsimon   hujayralar   hosil   qiladi.   Asosan   gumusli   organik   moddalarni
chirishida ishtirok etadi.
3   –   avlod   Cellulomonas   –   tayoqchasimon,   haraktchan,   grammusbat,   aerob   nafas
oladi. Bular asosan sellyulozani parchalash hususiyatiga ega. 2 – gruppa Propionibacteriaccac – propionbakterlar oilasi bo’lib, uning 2 ta avlodi
bor. 1 – avlod Propionobacterium, 2 – avlod Eubacterium
  1   –   avlod   Propionobacterium   avlodining   vakillari   tuzilishi   tayoqchasimon,
shohlangan,   koklar,   harakatsiz,   sporasiz,   anaerob   nafas   oladi.   Bular   yordamida
bijg’iganda   propion kislota sirka kislota va SO
2      hosil bo’ladi. Bular   o’simlik
tanasida   odam   terisida   hayvonlarning   ichak   oshqozon   sistemalarida   hayot
kechiradi.
2 - avlod Eubacterium sporasiz tayoqchasimon, harakatsiz va harakatchan bo’ladi.
Anaerob  bo’lib  ular   yordamida   bijg’iganda   moy  sirka   va   chumoli   kislota   hosil
bo’ladi, ayrimlari patogen hamdir. 
3   –   gruppa   Aktinomisetlar.   3   –   gruppaning   tartibi   Actinomecctales.   Bu   gruppa
vakillari grammusbat bo’lib shoxlangan tana gif hosil qilib, undan miseley o’sib
chiqadi.   Ana   shu   giflar   bir   hujayrali   bo’lib,   diametri   0.5   –   2   mkm   da   bo’ladi.
Aktinomisetlarni agarda o’stirilganda 2 xil miselliy hosil bo’ladi. 1). Substratga
o’rnashgan   va   2)   havoi   miselliysi.   Ana   shu   havoi   miselliyda   sporangiy   bo’lib,
unda sporalar hosil bo’ladi. Qattiq ozuqali kulturada zich koloniya hosil qilib, u
turli hil rangda bo’ladi. Ayrimlarida gifa hosil  qilmay tarmoqlangan tayoqchali
bo’ladi. 
Aktinomisetlar quyidagi oilalarni o’z ichiga oladi. 
1 – oila Actinomycetaceae
2 – oila Mycobacteriaceae
3 – oila Frankiaceae
4 – oila Nocardiaceae
5 – oila Streptomycctaceae
6 – oila Micromomyctaceae
1 – oila Actinomycetaceae tarmoqlangan gif hosil qiladi. Bulardan fragmentasion 
tana hosil bo’lib, undan tayoqcha, kok hosil qiladi. Xavoi miseliy va spora hosil 
qilmaydi. Xarakatsiz, bular faqat saprofit bo’lmay sharoit hamdir, ya’ni turli xil 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 2 – oila Mycobacteriaceae mikrobakteriyalar. Grammusbat harakatsiz 
tayoqchasimon. Buning tanasi sal egilib kam shoxlanganligi bilan 
xarakterlanadi. Oddiy bo’linib ko’payadi, spora hosil qilmaydi. Aerob nafas 
oladi, buning koloniyasi suyuq shilimshiq bo’ladi. Bularning ko’p vakillari 
tuproqda turli  xil chirindilarda uchraydi. Ammo parazit turlari ham 
mavjud.Masalan: sil kasalligini ko’zg’atuvchi.
3 – oila Frankiaceae  bularda xaqiqiy miseliy hosil qiladi. Bular 2-kallali 
o’simliklarni ildizida tuganak hosil qiladi. O’simlikning tuganagida ko’payib 
molekulyar azotni fiksasiya qiladi. Tuproqda erkin yashaydigan sporalari ham 
bor.
4 – oila Nocardiaceae bular aerob aktinomisetlar yaxshi rivojlangan miseliysi 
bor. Substratga o’rnashgan. Bularda oldingi tayoqchasimon shaklda, koklarga 
aylanadi. Ayrim nokardiyalarda havoi miseliy hosil bo’lib, uning zanjirsimon 
sporalar joylashadi. Bularning hammasi organik moddalarni oshiradi. Buning 1 
ta avlodi va 31 ta turi bor.
5 – oila Streptomycctaceae bularning ham yaxshi taraqqiy etgan miseliylari 
bo’lib sporalar hosil qiladi. Ko’pchilik vakillari tuproqda yashab chiritishda 
ishtirok etadi. Ammo ayrim  turlaridan medisinada antibiotiklar olinadi. Buning 
4 ta avlodi 450 ta turi bor.  ADABIYOTLAR
1.   M.Inog‘omova,   A.h.Vahobov.   Mikrobiologiya   va   virusologiya   asoslari.
Toshkent, “Universitet”, 2010, 203. 
2.  Mishustin E.N., Ems e v V.G. Mikrobiologiya. M. Kolos, 1987.
3.   Ag ol   V.I.,   Atabekov   I.G. ,   Tixonenko   T.I. ,   Kr o‘ lov   V.N.   Molekulyarnaya
biologiya virusov. M. Nauka, 1971.
Qo‘shimcha
4.     Bo y ko   A.L.   Ekologiya   virusov   rasteniy.   Uchebnoe   posobie   dlya   vuzov.
Kiev,1990.
5.Nizametdinova   YA.F.,     Mansurova   M.L.,       Muzaffarova     I.A.,
Kondratьeva   K.V.. Vahobov A.h. Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar.
Metodik qo‘llanma. Toshkent, ToshDU, 1992
8.  Gibbs A., Xarrison B. Osnov o‘  virusologii rasteniy. M.: Mir. 1978.
9.     Vahobov   A,h.   O‘simlik   viruslarini   aniqlashda   immunologiya   usullarini
qo‘llash (Uslubiy ko‘rsatma) ToshDU ,1991.

MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 2- BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI REJA: 1. Firmicutes bo’limining umumiy xarakteristikasi. 2. Firmibakteriyalar sinfi va uning muhim vakillari 3. Endospora hosil qiluvchi kok va tayoqchasimon bakteriyalar 4. Basillius avlodining saprofit va patogen vakillari 5. Tallobakteriyalar va uning muhim vakillari

Firmicutes gramm musbat koklar, endospora hosil qiluvchi tayoqchasimon bakteriyalar. Bu bo’limning guruhlarining hujayra po’sti gramm musbat bo’lishi bilan harakterlanadi. Bular koklar. Tayoqchasimon va ipsimon bo’ladi. Bular harakatsiz va harakatchan bo’lib, asosan bular bo’linib kupayadi. Ba’zilari spora xosil kiladi. Bu bo’lim fotosintez qilmaydi. Xemotrof bo’lib, asosan anaerob fakultativ, anaerob va aerob nafas oladi. Bu bo’lim o’ziga 2 ta sinfni birlashtiradi. 1 – sinf. Firmibacteria 2 – sinf. Tallobacteria 1 – sinf . Firmibacteria bu sinf o’ziga 3 ta gruppani birlashtiradi. 1-gruppa gramm musbat kokklar, bu gruppa ham o’ziga 3 ta oilani 1- oila Mictococcaceae 2- oila Steptococcaceae 3- oila Peptococcaceae 1 – oila Mictococcaceae bularning hujayrasi sferik shaklda bo’lib, to’g’ri va noto’g’ri bo’linib paketni hosil qiladi. Bularning sporasi xarakatsiz va haraktchan. Xemoorganotrof. Aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi. 2 - oila Steptococcoceae buning 5 avlodi bor. Strcptococcus, 2. Jcuconostoc, 3. Pcdiococcus, 4. Acrococcus, 5. Jemella Bularning hammasi sut kislotali bijg’ish va silos tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Bularning hujayrasi ovalsimon bo’lib, diplokokk, tetrokokk yoki zanjirsimon tuzilishni xosil qilib, faqat anaerob nafas oladi. Sporasiz. Bular uglevodlarning bijg’itib sut kislota, sirka, chumoli kislota va etil spirti hosil qiladi. Asosan bular tuproqda, o’simliklarning yuza qismlarida, sut va sut mahsulotlarida doimo uchraydi. Buning vakili sifatida Streptococcus Lactrs kiradi. Endospora hosil qiluvchi kokk va tayoqchasimon bakteriyalar. Bu gruppaning bitta oilasi va 3 ta avlodi bor. 1 – oila Bacillacyeaye, avlod Bacillus, Sporolacillus, Clostredium, Desulfomaculum va Shorosarina. Bu avlodlardan asosiylarini ko’rib chiqamiz.

1 – avlod Bacillus - bular tayoqcha shaklidagi 0.3dan 7 mkmgacha bo’lgan ko’pchilik vakillari hivchinli peritrixal, harakatchan, endospora hosil qiladi. Bular obligat va fakultativ aerob. Bularning vakillari o’zidan aktiv fermentlar ishlab chiqarib turli hil uglevodlarni oksidlab parchalaydi. Bu avlodning saprofit va parazitlari bor. 2 – avlodi Clostridium – tayoqchasimon shaklda bo’lib, u o’zining spora hosil qilish va mutloq anaerobligi bilan farqlanadi. Buning energiya manbai moy kislotali bijg’ishdir. Clostridumning muhim vakillaridan saprofit tuproqda yashab molekulyar azotni fiksasiya qiluvchilardandir. 3 – gruppa Sporasiz grammusbat tayoqchasimon bakteriyalar. Bu gruppaning faqat bitta oilasi bor. Oila Zactobacilloccac. Bular to’g’ri yoki egilgan tayoqchasimon birikkan. Spora hosil qilmaydi. Harakatsiz anaerob yoki fakultativ anaerob bo’lib, sut va sut maxsulotlarini bijg’itib sut kislota hosil qiladi. Bular ko’proq o’simliklar tanasida hayvonlarning oshqozon ichaklarida ham uchraydi. Bu oilaning avlodi Zacrobacillus , bo’lib uning 25 ta turi bor. Bular sut kislotasi bakteriyalari deyilib shuning uchun ham turli hil sut maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. 2 – sinf Tallobacteria Tallobakteriyalar sinfi o’z ichiga 3 ta gruppani oladi. 1- gruppa Korinsporali bakteriyalar. Bu bakteriyalar 4 ta avlodni birlashtiradi. Corynebactrium, Arthrobacter, Cellulomonas, Kurthia. Bu gruppalar grammusbat harakatsiz tayoqchasimon bo’lib, ular bulavkaga o’xshab ketadi. Ayrimlari kokk shaklida bo’ladi. Buning vakillari aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ayrimlari hayvon va odamlarda kasallikni keltirib chiqaradi. 2 – avlod Arteobacter – bu avlodning vakillari sporasiz, harakatsiz. Bularning hujayrasi koklar shaklida bo’lib, u hyech qachon kurtaklamaydi, ayrimlari yirik limonsimon hujayralar hosil qiladi. Asosan gumusli organik moddalarni chirishida ishtirok etadi. 3 – avlod Cellulomonas – tayoqchasimon, haraktchan, grammusbat, aerob nafas oladi. Bular asosan sellyulozani parchalash hususiyatiga ega.

2 – gruppa Propionibacteriaccac – propionbakterlar oilasi bo’lib, uning 2 ta avlodi bor. 1 – avlod Propionobacterium, 2 – avlod Eubacterium 1 – avlod Propionobacterium avlodining vakillari tuzilishi tayoqchasimon, shohlangan, koklar, harakatsiz, sporasiz, anaerob nafas oladi. Bular yordamida bijg’iganda propion kislota sirka kislota va SO 2 hosil bo’ladi. Bular o’simlik tanasida odam terisida hayvonlarning ichak oshqozon sistemalarida hayot kechiradi. 2 - avlod Eubacterium sporasiz tayoqchasimon, harakatsiz va harakatchan bo’ladi. Anaerob bo’lib ular yordamida bijg’iganda moy sirka va chumoli kislota hosil bo’ladi, ayrimlari patogen hamdir. 3 – gruppa Aktinomisetlar. 3 – gruppaning tartibi Actinomecctales. Bu gruppa vakillari grammusbat bo’lib shoxlangan tana gif hosil qilib, undan miseley o’sib chiqadi. Ana shu giflar bir hujayrali bo’lib, diametri 0.5 – 2 mkm da bo’ladi. Aktinomisetlarni agarda o’stirilganda 2 xil miselliy hosil bo’ladi. 1). Substratga o’rnashgan va 2) havoi miselliysi. Ana shu havoi miselliyda sporangiy bo’lib, unda sporalar hosil bo’ladi. Qattiq ozuqali kulturada zich koloniya hosil qilib, u turli hil rangda bo’ladi. Ayrimlarida gifa hosil qilmay tarmoqlangan tayoqchali bo’ladi. Aktinomisetlar quyidagi oilalarni o’z ichiga oladi. 1 – oila Actinomycetaceae 2 – oila Mycobacteriaceae 3 – oila Frankiaceae 4 – oila Nocardiaceae 5 – oila Streptomycctaceae 6 – oila Micromomyctaceae 1 – oila Actinomycetaceae tarmoqlangan gif hosil qiladi. Bulardan fragmentasion tana hosil bo’lib, undan tayoqcha, kok hosil qiladi. Xavoi miseliy va spora hosil qilmaydi. Xarakatsiz, bular faqat saprofit bo’lmay sharoit hamdir, ya’ni turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

2 – oila Mycobacteriaceae mikrobakteriyalar. Grammusbat harakatsiz tayoqchasimon. Buning tanasi sal egilib kam shoxlanganligi bilan xarakterlanadi. Oddiy bo’linib ko’payadi, spora hosil qilmaydi. Aerob nafas oladi, buning koloniyasi suyuq shilimshiq bo’ladi. Bularning ko’p vakillari tuproqda turli xil chirindilarda uchraydi. Ammo parazit turlari ham mavjud.Masalan: sil kasalligini ko’zg’atuvchi. 3 – oila Frankiaceae bularda xaqiqiy miseliy hosil qiladi. Bular 2-kallali o’simliklarni ildizida tuganak hosil qiladi. O’simlikning tuganagida ko’payib molekulyar azotni fiksasiya qiladi. Tuproqda erkin yashaydigan sporalari ham bor. 4 – oila Nocardiaceae bular aerob aktinomisetlar yaxshi rivojlangan miseliysi bor. Substratga o’rnashgan. Bularda oldingi tayoqchasimon shaklda, koklarga aylanadi. Ayrim nokardiyalarda havoi miseliy hosil bo’lib, uning zanjirsimon sporalar joylashadi. Bularning hammasi organik moddalarni oshiradi. Buning 1 ta avlodi va 31 ta turi bor. 5 – oila Streptomycctaceae bularning ham yaxshi taraqqiy etgan miseliylari bo’lib sporalar hosil qiladi. Ko’pchilik vakillari tuproqda yashab chiritishda ishtirok etadi. Ammo ayrim turlaridan medisinada antibiotiklar olinadi. Buning 4 ta avlodi 450 ta turi bor.