TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI.
MAVZU: TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI. R Е J А : 1. Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari 2. O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari
Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari . Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog’liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’gnikmalarni reproduktiv, reproduktiv- ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davr dafikrlash qobiliyati produktiv xususiyatiga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidiralayotgan yechimning izlanuvchi mutaxasisligiga bog’liq bo’lib unda qarayolayotgan muammoning yechimi bo’lib, xizmat qila oladigan xolatlar taxlil qilinadi. Uchinchi produktiv
davr da hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng ma’suyatli davri bo’lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tasir ko’rsatadi. Ya’ni, yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davr da taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba- sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Texnik yechim g’oyasini amalga oshirish davrlari. Har bir bosqichning natijaligi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari. O’quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik besh darajasini ko’rsatuvchi me’yoriy ilmiy jihatlar asoslangan. Ularqo’yidagilardaniborat: 1. O’quvchilarningbuyumniuningshaklinitakomillashtirishyokidetallarnirasionalj oylashtirishmaqsadidachizmaga, sxemagaqismano’zgartirishkiritib, berilganxujjatlarbo’yichatayyorlayolishi. 2. O’quvchininginstruksiyalanishioxirigayetkazibvaberilgantexnikxujjatgayokial ohidasxemagao’zigao’zgartirishlarkiritibbuyumlarniyasayolishi. 3. O’quvchiningbuyumni, unikonstruksiyasinidastlabkioriginaltakomillashtiribvatexnologiksxemagamustaq ilholdao’zgartirishlarkiritibtayyorlayolishi. 4. O’quvchiningoriginalkonstruktorlikg’oyasinimustaqilholdatexnologikjixatdan ishlabchiqishivaunitayyorlashniudalayolishi. 5. O’quvchi buyumning original konstruktorlik yoki rasionalizatorlik g’oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab beraoladi, xujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi. O’ quvchilar ijodkorlik g’oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari.
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo’lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g’oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o’zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o’ziga xos, ilgari mavjud bo’lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g’oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to’rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g’oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi. Keltirilgan tamoyillar har biri o’z o’rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g’oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tadbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini ta’kidlaydi. Shuning uchun ana shu tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi: 1. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi. 2. Tashqi muhit, o’simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy ta’sirlarni baholashda ular umumiy yig’indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Baholash har bir salbiy ta’sirning ko’rsatishi mumkin bo’lgan eng yuqori natija asosida olib boriladi. 4. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan ko’rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo’llashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha salbiy holatlar yig’indisiga nisbatan o’rganiladi. 5. Ijodkorlik g’oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko’rsatgichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko’ra amalga oshiriladi,
ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o’rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko’rsatkichlariga nisbatan baholanadi. 6. Yaratilayotgan ijodkorlik g’oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tadbiq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi. 7. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy ta’sirlarning eng og’ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig’indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi. Qarab chiqilgan ijodkorlik g’oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o’rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda yaratiladigan ijodkorlik g’oyalarining ekologiyaga ko’rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo’lishi ta’minlanadi. Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g’oyasi ishonchliligining eng maqbul ko’rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Ijodkorlik g’oyasi ishonchliligi ko’rsatkichlari bilan uni amalga oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o’rtasidagi bog’liqliklar topiladi. 2. Ishonchlilik ko’rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi. 3. Ishonchlilik ko’rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi. 4. 1,2,3, ko’rsatgichlarning o’zaro aloqadorligi aniqlanadi. 5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashda eng maqbul hisoblanadi. Yangi ijodkorlik g’oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda namoyon bo’ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqish